«Yangiyo‘l Poligraf Servis» Toshkent – 2017 A.S. Sagdullayev, V.A. Kostetskiy TARIX QADIMGI DUNYO Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun darslik Tuzatilgan va to‘ldirilgan beshinchi nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan Taqrizchilar: tarix fanlari doktori, akademik Yu. F. Buryakov , tarix fanlari doktori O‘. M. Mavlonov, tarix fanlari nomzodi, O‘zbekiston xalg ta’limi a’lochisi N. T. Polvonov. Darslik materiallari umumiy o‘rta ta’lim maktab­ larining tarix fani bo‘yicha standartllashtirilgan o‘quv dasturlari asosida qayta ishlangan. Davlat ta’lim standartiga muvofiq. Darslik O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tarix o‘qituvchilarining ish tajribalari asosida yaratilgan. SamISI qoshidagi 1­akad. litsey rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz. UO‘K: 94(100)=512.133(075.2) KBK: 63.3(5O‘) S 16 Sagdullayev, A. Tarix. Qadimgi dunyo 6-sinf: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik / A. Sagdullayev, V. Kostetskiy. - Tuzatilgan va to‘ldirilgan beshinchi nashr. - Toshkent.: «Yangiyo‘l poligraf servis», 2017. ­ 192 b. UO‘K: 94(100)=512.133(075.2) ISBN 978-9943-382-89-3 KBK: 63.3(5O‘)ya72 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. © «Yangiyo‘l Poligraf Servis», 2013, 2017 © A. Sagdullayev, V. Kostetskiy, 2013, 2017 ISBN 978-9943-382-89-3 3 M U N D A R I J A Kirish................................................................................................... 5 I-BO‘LIM Eng qadimgi tuzum 1-§. Qadimgi tarix – taraqqiyotning boshlanishi ................................. 8 2-§. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari .................... 13 3-§. Urug‘chilik jamiyati .................................................................... 18 4-§. Eneolit va bronza davri .............................................................. 22 5-§. Temir davriga o‘tishda O‘rta Osiyoning rivojlanishi ............................................................................... 25 II-BO‘LIM Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo 6-§. Nil vodiysi va uning aholisi ........................................................ 28 7-§. Qadimgi Misr ............................................................................. 32 8-§. Qadimgi Misrda din ................................................................... 35 9-§. Piramidalar va daxmalar ........................................................... 37 10-§. Qadimgi Misr madaniyati ......................................................... 40 11-§. Mesopotamiya sivilizatsiyalari ................................................. 43 12-§. Bobil podsholigi ....................................................................... 49 13-§. Old Osiyo davlatlari ................................................................. 53 14-§. Ahamoniylar davlati ................................................................. 57 15-§. Qadimgi Hindiston sivilizatsiyasi ............................................. 61 16-§. Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston ............................... 65 17-§. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalari .................................................. 68 18-§. Miloddan avvalgi III-mil. II asrlarda Xitoy ................................. 72 19-§. O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar ........................................ 75 20-§. Zardushtiylik ............................................................................ 80 III-BO‘LIM Qadimgi Yunoniston 21-§. Antik tarixning boshlanishi ....................................................... 84 22-§. Qadimgi Yunonistonning yuksalishi ......................................... 86 23-§. Yunon koloniyalari ................................................................... 91 24-§. Afi nada demokratiya ................................................................ 93 25-§. Yunon-fors urushlari ................................................................ 98 4 26-§. Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi................................................................................... 102 27-§. Fuqaro tarbiyasi..................................................................... 104 28-§. Qadimgi Yunoniston madaniyati ............................................ 107 29-§. Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari ........................111 30-§. Qadimgi Yunoniston afsonalari ...............................................115 IV-BO‘LIM Miloddan avvalgi VI – milodiy III asrlarda O‘rta Osiyo 31-§. O‘rta Osiyoda ahamoniylar hukmronligi .................................118 32-§. O‘rta Osiyo xalqlarining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi .................................................. 123 33-§. Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi ............................................................................. 129 34-§. Qadimgi Xorazm, Qang‘ va Dаvan davlati ............................ 133 35-§. Kushon davlati ...................................................................... 137 36-§. Buyuk Ipak yo‘li ..................................................................... 142 V-BO‘LIM Qadimgi Rim 37-§. Qadimgi Italiya....................................................................... 145 38-§. Rim respublikasi .................................................................... 148 39-§. Rim respublikasining hayoti................................................... 152 40-§. O‘rtayer dengizida hukmronlik uchun kurash ........................ 155 41-§. Qullar va gladiatorlar ............................................................. 160 42-§. Rim respublikasining qulashi ................................................. 164 43-§. Rim imperiyasining qulashi va zavolga yuz tutishi .................................................................................... 168 44-§. Qadimgi Rim madaniyati ....................................................... 172 Xulosa................................................................................... 179 Tarixiy atamalar lug‘ati .................................................................... 181 Yakuniy takrorlash .......................................................................... 184 Qadimgi dunyo tarixiga oid tarixiy va geografi k atamalar.......................................................................................... 185 Qadimgi dunyo tarixidagi nomlar .................................................... 186 Qadimgi dunyo tarixi sanalarda ...................................................... 187 5 K i r i s h 5-sinfda «Tarixdan hikoyalar» bilan tanishgan edingiz. Siz uzoq o‘tmish haqida bilimlar qanday qilib jamlanishini bilib ol- dingiz. 6-sinfda olis-olis zamonlarga sayohatimizni davom ettirib, eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishib chiqamiz. Jahonda shaharlar va davlatlar paydo bo‘lgan davrlardan beri ming yillar o‘tdi. Ammo qadim zamonlarda odamlar yaratgan ko‘pdan ko‘p narsalardan bugun ham kundalik hayotda foyda- lanib kelinmoqda. Bu mehnat qurollari, sopol buyumlar, g‘ildirak, sopol suv quvurlari, gazlamalar, yozuv va boshqa ko‘pgina narsalardir. Qadimgi zamon muallifl ari yozib qoldirgan asarlar hali-hanuz kishilarga saboq berib, tarbiyalab kelmoqda. Olimlar Yer yuzida qachonlardir ro‘y bergan voqealarni qay- tadan tiklash uchun katta kuch-g‘ayrat sarfl aganlar. Ular qadim- gi shaharlarni topib tekshirishdi va charmga, sopolga, toshga, shu ningdek, tangalarga bitilgan sirli yozuvlarni o‘qishdi. Siz endi ar xeologik topilmalar nimalar haqida so‘zlab berishini bi- lasiz. Qadimgi bitiklarni o‘rganish bilan epigrafi ka, tangalarni o‘rganish bilan esa numizmatika degan maxsus fanlar shug‘ullanadi. Insoniyat sodda mehnat qurolla rini yasashdan to hunarmandchilik dur- donalarini yaratishga qadar, eng oddiy uy-joylarni qurib olishdan to shahar- larni bunyod etishga qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil topishi va ri- vojlanishi davrini olimlar ilk sivilizat siya deb ataydilar. Dastlabki sivilizatsiya lar tarixi Qadimgi Sharq da, so‘ngra Yu- nonistondagi Krit orolida boshlangan Qadimiy yozuv namunasi 6 edi. Qadimgi sivilizat siyalar jahonning ko‘pgina o‘lkalarida, jum- ladan, O‘zbekiston hududida ham vujudga kelgan. Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan to milodiy 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar ta- rix fanida Qadimgi dunyo tarixi deb ataladi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o‘rganiladi. Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim sa- roy a’yonlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma- yil qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografi yalari (tarjimayi hol)da aks ettirilgan. Ularda yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal’alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi. Olimlar o‘qigan qadimgi matnlar, masalan, «Piramidalar matn- lari» va «Marhumlar kitobi» misrliklar tarixi haqida, «Rigveda» – hindlar, «Avesto» esa O‘rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi. Nil vodiysidagi Misr piramidalari, Dajla va Frot oralig‘idagi Bobil, Hind vodiysidagi Moxenjodaro, Erondagi Persepol, Yuno- niston, Rim va O‘rta Osiyoning ko‘plab qadimgi shaharlari butun jahonga mashhurdir. Biroq qadimgi dunyo tarixiga oid hali ochilmagan sirlar oz emas. Balki birortangizga ularni ochish nasib etar. Tarix bizni ko‘p narsaga o‘rgatadi. Uni «buyuk o‘qituvchi» deb bejiz aytishmagan. Shu bois har birimiz o‘z Vatanimiz tarixini bilishimiz va boshqa mamlakatlar xalqlarining tarixi va madaniyatiga hurmat bilan qa- rashimiz kerak. Ushbu darslikni o‘qir ekansiz, ko‘plab tushunilishi qiyin so‘zlarga, tarixiy atama va iboralarga duch kelasiz. Ularni yodlash, esda saqlash kerak bo‘ladi. Tangalardagi yozuvlar 7 Ushbu maslahatlarimizni diqqat bilan o‘qing, ular o‘rganilayotgan mavzuni es- lab qolishingizga yordam beradi. Uyga berilgan topshiriqlarni tayyorlashda quyidagilarga ri- oya qiling: 1. Darsda yozib olganlaringizni bir necha bor o‘qing. 2. O‘qishdan oldin mavzu sarlavhasiga diqqat qiling, darsda nimalar deyilganini eslang. 3. Har bir mavzu oxirida berilgan savollarni o‘qing. Shunda siz yozganlaringizni o‘qiganingizda nimalarga e’tibor berish lo- zimligini va o‘qiganlaringizni qay tartibda bayon etish kerakligini bilib olasiz. 4. Matnni taxminiy qismlarga bo‘ling va har birining asosiy mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan ayting, keyin butun mavzuni ga- pirib bering. Aytib bera olmasangiz, qiyin joylarini qayta-qayta o‘qing. Takrorlang. 5. Matnni o‘qish jarayonida unda eslatilgan rasm va jadval- larni toping, izohlarini o‘qing, matnda uchragan shaharlar, mam- lakatlar nomlarini xaritadan toping. 6. Savollarga javob bering va mavzu oxiridagi topshiriqlarni bajaring. Agar Siz har bir paragraf oxirida berilgan tayanch konspektlari bo‘yicha tarixni o‘rganishga qaror qilsangiz, quyidagi vazifalarni bajarishingiz lozim: 1. Darslik mavzulari matnini tayanch konspekt so‘zlari bilan taqqoslab o‘qing. 2. Konspektdan foydalanib mavzuni bir necha marta so‘zlab bering. 3. Tayanch iboralarni yoddan aytib berishga harakat qiling. 4. Bir necha soatdan so‘ng yana bir marta tayanch konspektni takrorlang. Biz, darslik muallifl ari, ustozingiz bilan birga Sizga uzoq o‘tmishga sayohat qilishga, madaniy yodgorliklar bilan tani shish va qadimgi dunyo tarixini o‘rganishga ko‘maklashamiz. Darslik matni bilan ishlash 8 1-§. Qadimgi tarix – taraqqiyotning boshlanishi Qadimgi tarixni o‘rganish Insoniyatning qadimgi tarixini turli ixtisosdagi olimlar o‘rganadilar. Arxeologlar qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar. Antropologlar qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasi- ni tiklaydilar va rivojlanishini o‘rganadilar. Etnografl ar qadimgi odamlarning ko‘pgina udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlar- ning qadimdan saqlab qolgan xo‘jalik va madaniy an’analarini o‘rganadilar. Qadimgi tarix bo‘yicha manbalar Biz o‘lkamizning qadimgi tari- xini qanday o‘rganamiz? O‘l- kamiz qadimgi tarixining keng o‘rganilgan manbalari arxe- ologlar tomonidan topilgan moddiy manbalardir. Mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan hamma narsalar shular jumlasiga kiradi. Qadimiy qo‘lyozmalar qoldiqlari Qadimiy shahar xarobalari I-BO‘LIM ENG QADIMGI TUZUM O‘zingizni sinang! Arxeologlar – ... Etnografl ar – ... Antropologlar – ... 9 Yozma manbalar topilishi bilan olimlarga qadimgi ming yilliklar tarixini tiklash oson- lashdi. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadim- gi yozma manba zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari – Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm aholisi madaniyati to‘g‘risida hikoya qilinadi. Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma manba Behistun qoyasidagi yozuvlardir. Be- histun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Fors shohi Doro I buyrug‘i bilan qoyaga o‘yib yozilgan yozuvlarda, Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya sanab o‘tiladi. Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib to‘qqiz kitobdan iborat «Tarix» asarini yozdi. Unda o‘lkamizning qadimgi aholisi to‘g‘risida ham ma’lumotlar beriladi. Miloddan avvalgi I asr oxirlarida qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon «Geo- grafi ya» nomli asarida O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma’lumotlar keltiradi. Milodiy I asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf «Makedoniyalik Alek sandr tarixi» nomli asarni yozib, makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlarni keltirgan. Milodiy II asrda yunon tarixchisi Arrian ham «Aleksandrning harbiy yurishlari» («Aleksandr anabasisi») deb nomlangan asar yozgan. Ushbu manbalar, shuningdek, keyinchalik yaratilgan ilmiy ishlar tufayli olimlar yurtimiz- ning qadimiy tarixini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldilar. Sopol lavhadagi yozuv. Mixxat Gerodot – qadimgi yunon tarixchisi «Avesto» qo‘lyozma- sining sahifasi 10 O‘rta Osiyo tog‘lari Omadli ovdan so‘ng O‘zbekiston va jahon sivilizatsiyasi Geografi k jihatdan O‘zbekiston ancha katta hududni egal- laydi. Amudaryo va Sir- daryo oralig‘i, Farg‘ona, Zarafshon vodiy- lari va Surxondaryo vohasi o‘zining serhosil- ligi va iliq iqlimi tufayli uzoq qadimdayoq obod bo‘lgan. Qulay geografi k joylashuvga ega bu zamin Sharq va G‘arb mamlakatlarini bog‘lab turgan. Bunda O‘zbekistonning qadimgi sha- harlari orqali o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘zbekiston kishilik madaniyati tarixi ning eng qadimgi maskanlaridan biridir. Bu yerda mahalliy aholi qadimgi zamon- lardan boshlab yashagan. Daryolar vohalari bo‘ylab muhim savdo yo‘llari o‘tgan. Olis o‘tmishda O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o‘rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Ko‘hna qadamjolarni qazish chog‘ida arxeologlar Hindiston, Eron va Mesopotamiya hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan. Eng qadimgi tuzumni davrlashtirish Jahondagi barcha xalqlarning tarixi ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlangan. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilar- ning ibtidoiy to‘daga birlashuvi bo‘lib, bu to‘da o‘zida eng qadimgi odamlarning katta jamoa- sini mujassam etgan. O‘zingizni sinang! Gerodot – ... Strabon – ... Arrian – ... Kvint Kursiy Ruf – ... Behistun yozuvlari – ... 11 Ibtidoiy to‘da asta-sekinlik bilan qarindosh- larning alohida uyushmasiga – urug‘ jamoasi- ga aylana borgan. Dastlabki urug‘ jamoalari ayol kishi, ya’ni ona atrofi da jipslasha boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug‘i davri – matri- arxat deb ataladi. Ancha keyinroq, mehnat qurollari va xo‘ja- lik yuritish shakllari takomillashgani sayin ja- moadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o‘ta boshladi, endi u urug‘ga sardor bo‘lib qoldi. Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patriarxat – ota urug‘i davri – deb ata- shadi. Patriarxat bilan eng qadimgi urug‘chilik tuzumi ham yakunlanadi. Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeo- loglar insoniyat tarixining boshlanishini «tosh davri» deb atashadi. Tosh davri ancha uzoq davom etgan, shuning uchun ham uni quyida- gi bosqichlarga ajratishadi, jumladan: Eslab qoling! Olis o‘tmishda O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o‘rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Odamlar birgalikda mehnat qilganlar To‘lib oqayotgan Amudaryo Ibtidoiy jamoa tuzumi – insoniyat tarixi- ning boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. Ibtidoiy to‘da bu – turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi. Urug‘ bu – birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan qarin- doshlar jamoasi. 12 Yovvoyi otlarni ovlash manzarasi 12 Toshdan yasalgan mehnat qurollari – qadimgi tosh davri – paleolit (yunoncha «paleos» – «qadimgi» va «litos» – «tosh» so‘zlaridan); – o‘rta tosh davri – mezolit («mezos» – «o‘rta»); – yangi tosh davri – neolit («neos» – «yangi»); – mistosh davri – eneolit (lotincha «eneus» – «mis» va yunoncha «litos» – «tosh»). Tayanch konspekt moddiy (ashyoviy) manbalar tarixiy manbalar yozma manbalar mehnat qurollari taqinchoqlar qurol-aslahalar «Avesto» Gerodot Strabon Kvint Kursiy Ruf Arrian paleolit → mezolit → neolit → eneolit matriarxat → patriarxat arxeologlar antropologlar etnografl ar Paleolit ilk → mil.avv. 1 mln. – 100 ming yil. o‘rta → mil.avv. 100 – 40 ming yil. so‘nggi → mil.avv. 40 –12 ming yil. Eslab qoling! 13 Savol va topshiriqlar 1. Olimlar tomonidan tarixni qayta tiklaydigan manbalar nomini aytib bering. 2. Tarixni o‘rganishda foydalanilgan qaysi moddiy manbalarni bilasiz? 3. Arxeologlar, antropologlar va etnografl ar ni- malarni o‘rganadilar? 4. Nima uchun arxeologlar insoniyat tarixi ibti- dosini «tosh davri» deb atashadi? 5. Tosh davrlarini sanab bering. Nega ular shunday nomlangan? 2-§. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari Eng qadimgi odamlar Odam qanday paydo bo‘l- ganligi haqida ilmiy, diniy, af- sonaviy va dunyoviy naql lar mavjud bo‘lib, biz bu masalani ilmiy asosda, antropologiya va arxeologiya ma’lumotlariga ta yangan holda o‘rganamiz. Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qo- matini tik tutib yurgani, mehnat qurollarini ya- sash va ularni ishlatishni bilgani uchun hayvo- not dunyosidan farqlanib turishgan. Olimlar turli mintaqalardan o‘ta sodda tosh mehnat qurollari ya sashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlarini topib o‘rganganlar, jumladan, Janubiy Afrikadan – avstralopitek, Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiy- sidan – zinjantrop, Yava orolidan (Indoneziya) – pitekantrop, Xitoy hududidan – sinantrop, shuningdek, Germaniyadan – neandertal va Fransiyadagi Kromanyon g‘oridan – hozirgi qiyofadagi odam – kromanyon suyaklari to- pilgan. So‘nggi paleolit davri manzilgohi Tog‘ darasi 14 Yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan davrlarda odam larning makonlari kichik daryolar yoki buloqlar yaqinidagi tepaliklarda joylashgan. Ilk paleolitning oxirlariga kelib Buyuk muzlik davri boshlandi. Ibtidoiy odamlar o‘ta qattiq sinovga duch keldi. Bu hol odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi. Bunday payt- da kuchlilargina yashab qolgan. Enq qadimgi odamlarning mashg‘ulotlari Tarix fanida enq qadimgi odamlar ibtidoiy odamlar deb ataladi. Ularning ma- konlari Afrika, Osiyo va Yevropaning ko‘pgina hududlaridan topilgan. O‘rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg‘ona vodiysidagi Se- lungur makonidan va Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq manzilgohidan ham topilgan. Bular qo‘pol tosh qurollar bo‘lib, ularning bir tomoni urib o‘tkirlangan. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan. Mehnat qurollari odamlarga yegulik topish uchun kerak bo‘lgan. Dastlabki mehnat qurol- lari sodda edi. Uchi o‘tkirlangan tosh va tayoq bilan qurollangan odam hayvonlarni ovlagan, uchi o‘tkir tayoq yordamida o‘simliklarning iste’molga yaroqli ildizlari va ildizmevalarini kovlab olgan. Tabiat insonga nimani in’om etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoat- langan. Shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg‘uloti bo‘lgan termachilik va ovchilik o‘zlashtiruvchi xo‘jalik deb ataladi. Boysun tog‘laridan topilgan Teshik- tosh g‘ori o‘rta paleolit davri madaniyati- ning jahonga mashhur yodgorligi hisob- lanadi. Teshiktosh g‘oridan tosh qurollari va Ayiq ovi Eslab qoling! O‘rta Osiyoda toshdan yasal- gan qadimiy mehnat qurol- lari Farg‘ona vodiysidagi Selungur makonidan va Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq manzilgohidan ham topilgan. 15 ularning parchalari, tog‘ echkisi, kiyik, yov- voyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan. Teshiktosh g‘orida topib tekshirilgan, tosh as- riga mansub 8 – 9 yashar neandertal bolaning suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir. Bola jasadi qabrga ko‘milgan. Jasad atrofi ga tog‘ echkisi shoxlari qadab chiqil- gan. Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Diniy e’tiqodlarning vujudga kelishi Mehnat faoliyati, tevarak olam haqida to‘plangan bilimlar asta-sekin inson- ning fi krlash qobiliyati va tafakkurini o‘zgartirib bordi. Odamlar o‘zlariga tushunarsiz bo‘lgan hodisalar haqida o‘ylay boshladilar: kun bi- lan tun, yil fasllari almashishi, vulqonlar otili- shi, yer qimirlashi va boshqa tabiat hodisalari odam e’tiborini o‘ziga tortgan. Ana shu hodisalarning sabablarini tushu- na olmagan inson momaqaldiroq, yashin, shamol, yomg‘ir kabi tabiat kuchlariga sig‘ina boshladi. Ovchilik va termachilik rivojlangan davrda inson o‘zini tabiiy muhitdan hamda o‘rab olgan hayvonot va o‘simliklar olamidan ajratmagan. U tabiatni jonli deb hisoblagan. Odamlar tabiatdagi turli hodisalar negizida g‘ayritabiiy kuchlar yashiringan deb o‘ylaganlar. Ular ana shu kuchlarga e’tiqod qilishgan. Teshiktosh g‘ori topilmalari Paleolit davri manzilgohlari Kapova g‘ori Selungur Teshiktosh O‘zingizni sinang! Chopperlar – ... O‘zlashtiruvchi xo‘jalik – ... 16 Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki o‘simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish totemizm deb ataladi. Odamni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod fanda animizm nomini olgan. Qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishi- ga ham e’tiqod qilganlar. Bu e’tiqod fetishizm nomini olgan. So‘nggi paleolit davriga oid g‘orlar de- vorlarida topib tekshirilgan rasmlar ham qadimgi odamlarning diniy tasavvurlari to‘g‘risida hikoya qiladi. Bunday rasmlardan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransi- yadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova g‘orlaridan topilgan. Odamlar mazkur rasmlar bo‘lajak ovda u larga yordam beradi, deya ishonishgan. Ra smlar qarshisida hayvonlar harakatlariga taqlid qilib, raqsga tushishgan, ov manzarala- rini tasavvurga keltirishgan, nayza uloqtirishni mashq qilishgan. Qadimgi rasmlar qimmatli tarixiy manbalar- dir. Ular inson nimalar haqida o‘ylagani, te- varak dunyoni qay yo‘sinda tasavvur etgani, qaysi hayvonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol-yarog‘dan foydalanganini bilib olish va tushunishga yordam beradi. Odamning o‘zini qurshab turgan tevarak olamni tushunishga intilishi eng qadimgi tas- viriy san’at rivojlanishi uchun asos bo‘lib xiz- mat qildi. Neandertal bola (Teshiktosh) «Qadimgi rassom» O‘q-yoy bilan ov qilish tasviri 172 – Tarix, 6-sinf. Qadimda devoriy rasmlarni chizish Ovga tayyorgarlik marosimi Savol va topshiriqlar 1. Eng qadimgi odamlar haqida nimalarni bila- siz? 2. O‘zbekiston hududidagi qaysi paleolit manzilgohini bilasiz? 3. Eng qadimgi odamlarning mashg‘ulotlarini sanab bering. 4. Diniy e’tiqod kurtaklari vujudga kelishi sa- bablarini ayting. 5. Ilk rasmlar qaysi davrda paydo bo‘lgan? Tayanch konspekt ilk paleolit o‘rta paleolit so‘nggi paleolit avstralopitek zinjantrop pitekantrop va sinantrop neandertal → Teshiktosh kromanyon   eng qadimgi rasmlar Altamir Lasko Kapova g‘ori diniy e’tiqodlar → totemizm → → animizm → fetishizm     Eslab qoling! G‘or devorlari- dagi rasmlar- dan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko, Bosh- qirdistondagi Kapova g‘orlaridan topilgan. 18 3-§. Urug‘chilik jamiyati So‘nggi paleolit davri So‘nggi paleolit davrida (milod- dan avvalgi 40 – 12-ming yil- liklarda) toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o‘zgardi. Odamning aqliy qobiliyati ham, tash- qi qiyofasi ham o‘zgarib bordi. Mazkur davrda hozirgi qiyofadagi odam – kromanyon odami yashagan. So‘nggi paleolit davri odami manzilgohlari Samarqand shahri hududidan, Toshkent vilo- yati Ohangaron daryosi vohasidagi Ko‘lbuloq makonidan, shuningdek, Farg‘ona vodiysidan topilgan. So‘nggi paleolit davrida odamlar ancha ta- komillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishgan. Inson endi- likda taqinchoqlar – munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshlagan. Shunday qilib, so‘nggi paleolitda insoniyat o‘z rivojida yana bir pog‘onaga yuksaldi. Odam- lar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham gu- ruhlarga – urug‘ jamoalariga birlashdilar. Urug‘ a’zolari bitta manzilgohda yashagan. Bir joyda yashab turgan bir qancha urug‘lar qabilani tashkil etgan. Turar joylar qurilishi so‘nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bo‘ldi. Kiyim-ke- chak tayyorlashda hayvonlar terisidan foy- dalanishgan. Inson bu davrda sun’iy tarzda (yog‘ochni bir-biriga ishqalash, chaqmoqtosh- ni bir-biriga urish orqali) olov hosil qilishni ham o‘rganib oldi. Mezolit davri Mezolit davri (o‘rta tosh davri) mi- loddan avvalgi 12 – 7-ming yil- liklarni o‘z ichiga oladi. Qishning boshlanishi Muzlik davrida yashagan sher. Tiklangan Kromanyon 19 Mezolit davri boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga yetdi. Bu voqea iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushining o‘zgarishiga olib kel- di. Mezolit davrida inson o‘q-yoy yasashni o‘rganib oldi. O‘q-yoy kashf etilishi bilan odam- larda chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyati vujudga keldi. Mezolit davri oxirida inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladi. Ovchilar itni qo‘lga o‘rgatdilar. Itlar bilan birga ov qilinganda o‘lja oldingisiga qaraganda mo‘l-ko‘l bo‘ldi. Tiriklayin tutib olingan hayvonlar (qo‘zichoqlar, uloqchalar, to‘ng‘izchalar)ni endi odam lar o‘ldirmasdan, yegulik zaxirasi sifatida saqlab qo‘yadigan bo‘ldilar. Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo‘jalik- ning yangi tarmoqlari – ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi. Bugungi kunda O‘rta Osiyoda mezolit davriga oid yuzdan ziyod manzilgohlar ochil- gan. Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li tumanlarida, Toshkent vohasida hamda O‘zbekistonning janubida bunday manzil- Mamont suyagidan qurilgan turar joy. Tiklangan Rangli toshlardan yasalgan munchoq Olov chiqarish jarayoni Urug‘chilik jamoasi 20 gohlar ko‘plab uchraydi. Obishir, Qo‘shilish va Machay manzilgohlari, shuningdek, Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari ancha mufassal o‘rganilgan. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi Neolit – yangi tosh davrida inson Qadimgi Sharq ning turli viloyatlarida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik – deh- qonchilik va chorvachilikka o‘ta boshlaydi. Chorvachilik va dehqonchilik neolit davrining eng katta ixtirosi hisoblanadi. O‘rta Osiyoda neolit davri miloddan avvalgi 6– 4-ming yilliklar hisoblanadi. Arxeologlar neolit davri boshlanishini sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar. Bu davrda qadimgi odamlar mezolit davrida kashf qilingan mayda tosh qurollari – mikrolit- lardan foydalanib, toshga ishlov berishning ol- din ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilishgan. Neolit davrida qabilalar o‘troq turmush tarziga o‘tib, doimiy turar joylar qura bosh- laganlar. Shu davrda paxsadan uylar qurila bosh langan. Asta-sekin urug‘ jamoalarining manzilgohlari shakllanib borgan. O‘troq turmush tarzi va mehnat qurol- larining yanada takomillashishi jamoalar- ning dehqonchilikka o‘tib bori shiga imkon yaratgan. Dehqonchilik va chorvachilikning rivoj lanishi hunarmandchilikning shaklla- nishiga olib keldi. Mehnat qurolini yasash Toshdan yasal- gan mehnat qurollari – mikrolitlar O‘zingizni sinang! Mikrolitlar – ... Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik – ... Eslab qoling! Ishlab chiqa- ruvchi xo‘- jalik – deh- qonchilik va chorvachilik xo‘jaligi bo‘lib, u zarur mah- sulotlarni o‘zi ishlab chiqar- gan. 21 Loydan yasalgan va olovda pishirilgan idishlarni yasash sohasi – kulolchilik, tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog‘i – to‘quvchilik neolit davrining muhim kashfi yot va ixtirolaridir. Loydan yasalgan va olovda pishirilgan idish Sopol idish yasash Savol va topshiriqlar 1. So‘nggi paleolit davri odamining tashqi qi- yofasini tasvirlab bering. 2. So‘nggi paleolit davrining muhim ixtirolarini ayting. 3. O‘zbekiston hududidan topilgan mezolit davriga oid qaysi arxeologik yodgorliklarni bilasiz? 4. Neolit davriga oid manzilgohdagi arxeo- logik qazishmalarni tasavvur qiling. Bu manzilgohda nimalarni topish mumkin? Tayanch konspekt So‘nggi paleolit davri (mil. avv. 40 – 12-ming yilliklar) kromanyon odami sun’iy olovning kashf qilinishi Ko‘lbuloq manzilgohi (Toshkent viloyati), Samarqand makoni, Farg‘ona vodiysi urug‘ jamoalari taqinchoqlar, turar joylar qurilishi, kesadi- gan, arralaydigan mehnat qurollari Mezolit davri (mil. avv. 12–7-ming yil- liklar) o‘q-yoy, hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish Obishir, Qo‘shilish, Machay, Zarautsoy dehqonchilik va chorvachilik (Old Osiyo) Neolit davri (mil. avv. 6 – 4-ming yilliklar) ishlab chiqaruvchi xo‘jalik mikrolitlar, kulolchilik, to‘quvchilik o‘troq turmush tarzi 22 4-§. Eneolit va bronza davri Metall davrining asosiy xususiyatlari Neolit davrining oxirida odam lar misdan foydala- nishga, undan mehnat qu- rollari yasashga o‘tishdi. Misdan yasalgan mehnat qurollarining tosh qurollar bilan birgalikda ishlatilish davri eneolit – mis-tosh asri deb ataladi. Bu davr mil. avv. 4 – 3- ming yillikning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Mil. avv. 4-ming yillikda Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi. O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi, xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdon- laridan foydalanishga kirishildi. Sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o‘simlik naqshlari (yaproqlar, gul- lar) bilan bezatila boshlandi. Odamlar misni eritib, qalay, qo‘rg‘oshin yoki rux bilan qo‘shib, bronza olishni o‘rganganlar. Bronza misdan ko‘ra ancha qattiqligi tufayli mi l. avv. 3-ming yillik o‘rtalaridan boshlab asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy ashyoga aylanib qoldi. Bronza mehnat qurollariga ega bo‘lgan odamlar endi dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish im- konini qo‘lga kiritdi. Natijada ular ixtiyorida or- tiqcha miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlari vujudga keldi. Chorvachilik asta-sekin deh- qonchilikdan ajralib chiqa boshladi. Sopol idishlar Kamon o‘qlarining uchlari Bronzadan yasalgan to‘g‘nog‘ich va tosh munchoqlar. Mil. avv. XVII asr 23 Patriarxatning boshlanishi Tarixning ko‘p davrlari davomida uruq‘ jamoasida- gi muhim ishlar ayollar zimmasida bo‘lib (bolalarni tarbiyalash, ovqat tayyorlash, hayvon terilarini tozalash, kiyim- bosh tayyorlash), jamoada ular ning, ayniq- sa, yoshi katta ayollarning mavqei erkaklarni- kiga nisbatan ancha baland bo‘lgan. Omoch bilan yer haydab, ziroatchilik qilish, chorvachilik, hunarmandchilikning vujudga ke- lishi natijasida urug‘ni yetarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkaklar qo‘liga o‘tdi. Uy xo‘jaligi yumushlari ayollar zimmasida qoldi. Endi urug‘chilik oilasida erkaklar muhim o‘rin tuta boshladi. Qarindoshchilik erkaklar tomonidan belgilanadigan bo‘ldi va patriar- xat davri boshlandi. Oila ota tomonidan ya- qin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topadigan bo‘ldi. Bronza davri manzilgohlari Mil. avv. 3-ming yillik oxirla- ri – 2 ming yillikka oid man- zilgohlardan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamon- bobo ko‘li yaqinidan topilgan (Buxoro viloya- ti, Qorako‘l tumani). Xorazm vohasida ham bronza davriga oid manzilgohlar o‘rganilgan. Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qa- dimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo‘l gan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani). Qazishmalar davomida bu yer- dan xom g‘ishtdan qurilgan uy-joylar, so- pol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan usta- xona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan. Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor. Mil.avv. 2-ming yillik. Farg‘ona vodiysi Bronzadan yasalgan bilaguzuk. Mil. avv. XII asr Eslab qoling! Patriarxal oila – ota to- monidan yaqin qarindoshlar- ning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila. 24 Jarqo‘ton manzilgohida qazishmalar Bronza ko‘zgular. Zamonbobo manzilgohi Naqshlar bilan bezatilgan sopol idish Surxon vohasida (hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo‘lmagan joy) Jarqo‘ton man- zilgohi vujudga kelgan. Jarqo‘ton qurilishi ta- rixida ilk shahar alomatlari ko‘zga tashlanadi. U ikki qismdan iborat bo‘lgan: qal’a va uning atrofi da jamoa a’zolari bo‘lmish hunarmand va dehqonlarning uylari joylashgan. Jarqo‘tonda ibodatxona qoldiqlari topilgan. Bronza davri manzilgohlari aholisi har xil hunarmandchilik, to‘quvchilik, kulolchilik- ni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlarini yasash, qurilish sohasida katta yutuqlarga erishgan. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar. Shu tariqa dastlabki aravalar vujudga kelgan. misdan yasalgan mehnat qurollari sug‘orma dehqonchilik (sun’iy sug‘orish) ko‘p xonali uylar Sharqdagi ilk davlatlar va shaharlar patriarxat Zamonbobo, Jarqo‘ton,Sopollitepa kulolchilik charxi, g‘ildirak ibodatxona  Tayanch konspekt Eneolit davri (mil. avv. 4-ming yillik – 3-ming yillik o‘rtalari)  Bronza davri (mil. avv. 3-ming yillik o‘rtalari – 2-ming yillik)       25 Savol va topshiriqlar 1. Eneolit davrining neolit davridan asosiy farqlarini ayting. 2. Misning kashf etilishi qachon ro‘y bergan? 3. Nega matriarxatdan patriarxatga o‘tish ja- rayoni sodir bo‘ldi? 4. Bronza davri Sopollitepa manzilgohi haqida hikoya qi ling. 5. Bronza asriga sayohat qiling. Bu davr odamlari qanday yashagani haqida so‘zlab bering. 5-§. Temir davriga o‘tishda O‘rta Osiyoning rivojlanishi Temirdan foydalanish Odamlar mis va bronzaga ishlov bergan davrlardan ko‘p asrlar o‘tib, temirdan mehnat qu rollari ya sash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu ja rayon ancha sermashaqqat bo‘lgan, negaki temir misdan ko‘ra ancha yuqori haroratda (1500°C) eriydi. Ammo temir mis va bronzaga nisbatan qattiqroq edi. Sopol idishlar Qadimgi temirchilar Eslab qoling! Temirdan birinchi bo‘lib Kichik Osiyo- dagi xettlar foy dalana boshlagan- lar (mil. avv. XIV–XIII asr- lar), keyinroq ularga qo‘shni bo‘lgan Mesopota- miya, Eron, Kavkazorti mamlakatlari- ning aholisi ham temirdan foydalanishga o‘tganlar. 26 Temirdan birinchi bo‘lib Kichik Osiyoda- gi xettlar (mil. avv. XIV–XIII asrlar), so‘ngra qo‘shni mintaqalardagi (Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti) xalqlar foydalana boshlaganlar. Temir buyumlarning tarqalishi sekinlik bilan borgan. Sof temir tabiatda kamyob metal bo‘lgani uchun undan dastlab zeb-ziynat buyumlari yasashda foydalanishgan. Shunday buyum- lar Misr fi r’avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo‘rg‘oni yodgorligidan topilgan. Mehnat qurollarining temirdan yasalishi eng avvalo, dehqonchilikning rivojiga ta’sir qildi. Temir omoch va boltalar paydo bo‘ldi. Bu mehnat qurollari katta maydonlarda dehqon- chilikning rivojlanishiga imkon yaratib berdi. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda te- mirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O‘rta Osi yodan ham topilgan. Ijtimoiy tuzum Temir qurollarning keng tar- qalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu esa ishlab chiqa- rishning yanada rivojlanishiga zamin yaratdi. Qabila-urug‘ oqsoqollarining ta’siri tobora kuchaya borgan. Doimiy harbiy to‘qnashuvlar sharoitida qabilalar ittifoqlari paydo bo‘ldi. Bu ittifoqlarga harbiy sardorlardan saylangan kishilar rahbarlik qilganlar, jamiyat esa harbiy demokratiya tamoyillari asosida yashay bosh- ladi. Temir asri boshlarida O‘rta Osiyoda aholi to‘rtta guruhga bo‘lindi: kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar. Kamon o‘qlarining temir uchlari Bronzadan yasalgan qozon. Mil. avv. VI–V asr Eslab qoling! Harbiy demo- kratiya – ilk davlatchilikka o‘tish davrida qabilalar ittifoq- lariga saylab qo‘yilgan har- biy sardorlar boshchilik qil- gan boshqaruv shakli. 27 O‘rta Osiyo jamiyati asosini tashkil et- gan «nmana» – katta patriarxal oilasi ha- qida «Avesto»dan bilamiz. Bir necha «nma- na»lar urug‘ jamoasi – «vis»ni tashkil etgan. Hududiy qo‘shnichilik jamoasi esa «varzana» deb nomlangan. Bunday jamoalar qabilaga – «zantu»ga birlashgan. O‘z hududini himoya qilish uchun bir qancha qabilalar ittifoqqa – «dax’yu»ga uyushishgan. O‘rta Osiyoda temir asriga o‘tish davrida jamiyatning tuzili- shi shunday bo‘lgan. Savol va topshiriqlar 1. Temir buyumlardan foydalanish qachon boshlangan? 2. Temirdan mehnat qurollari yasash- ning b oshlanishi jamiyatda qanday o‘z- garishlarga olib keldi? 3. «Avesto»da patriarxal oila, urug‘chilik jamoasi va qabila qanday nomlangan? Temirdan ishlangan xanjar va qin. Mil. avv. I ming yillik Temir pichoq. Mil. avv. VII –VI asrlar mil. avv. XIV–XIII asrlar – xettlar (Kichik Osiyo) birinchi bo‘lib temir- dan mehnat qurollari yasaganlar mil. avv. IX–VIII asrlar – O‘rta Osiyoda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari urug‘chilik jamoasi – qo‘shnichilik jamoasi harbiy demokratiyaga o‘tish «Avesto»: nmana, vis, varzana, zantu, dax’yu Tayanch konspekt      Eslab qoling! Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti: ibtidoiy to‘da → urug‘ → qabila → qa- bilalar ittifoqi. 28 6-§. Nil vodiysi va uning aholisi Misr – Nil in’omi O‘zi bilan birga huzurbaxsh salqin havo va mo‘l-ko‘l hosilni olib kelguvchi sersuv Nil viqor bilan oqadi. Ulug‘vor daryo Afrikaning shi- moli-sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun zamin yaratgan. Bir qancha shoxob- chalarga bo‘linib oquv chi Nil daryosi borib- borib O‘rtayer dengiziga quyiladi. Nil daryosi quyilish joyini yunonlar delta deb atashgan. Chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalar ning to‘la-to‘kis manzarasi uchburchaksimon, ya’ni yunoncha «delta» harfi ga o‘xshash bo‘lgan. Nil 6 ming kilometr uzunlikdagi to‘lib oqadigan katta daryodir. Daryoning guyi gismi 3 km dan 22 kilometrgacha kenglik- dagi qora tuproqli serhosil dalalardan iborat. Vodiyliklar yurtga – «Qora tuproq» yoki «Nil in’omi» deb nom berishgan. Qadim o‘tgan zamonlarda Nil vodiysi odam o‘tolmaydigan, papirus butalari bir- biriga chirmashib ketgan botqoqliklar bilan qoplangandi. Suvlarda son-sanoqsiz yirtqich timsohlar kun kechirar, quruq yerlarida yov- voyi hayvonlar galasi sang‘ib yurar, botqoq- zorlarida esa zaharli ilonlar yashar edi. Vaqt o‘tgani sayin iqlim o‘zgarib bordi, suv ham yildan-yilga kamayaverdi, Shimoliy Afrika ham cho‘lga aylana bordi. Odamlar Nil vodiysi va deltasini o‘zlashtira boshladilar. Shu tarzda II - BO‘LIM QADIMGI SHARQ VA O‘RTA OSIYO Nil daryosi qirg‘oqlarida Nil vodiysi Eslab qoling! Nil daryosi borib-borib O‘rtayer den- giziga quyiladi. Nil daryosi qu yilish joyini yunonlar delta deb atashgan. 29 ziroatchilik aholining asosiy mashg‘ulotiga aylandi. Mil. avv. 4 ming yillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga bel bog‘ladilar. Misrliklarning mashg‘ulotlari Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo‘l oqqan yillarda misrlik dehqonlarning hosili ham ba- rakali bo‘lgan. Misrlik dehqonlar bug‘doy va arpa, shu- ningdek, poliz ekinlarini ekishgan, yetishtiril- gan kanopdan esa gazlama to‘qishgan. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, bodring, loviya kabi meva va sabzavot yetish- tirilardi. Qadimgi zamonda yerga omoch bi- lan ishlov berib, urug‘ qo‘lda sepilgach, urug‘likni yerga singdirish uchun qoramol- larni daladan haydab o‘tishgan. Mehnat qurollari takomillashishi bilan ziroatchilar omoch va hayvonlar kuchidan foydala- na boshlashdi. Misrliklar sigir, qo‘y-ech- ki, cho‘chqalarni boqishgan. Ziroatchilar ho‘kizlardan dala ishlarida foydalanishgan. Misr dehqonlari yerga urug‘ sochish va hosilni yig‘ishtirib olish ishlarini g‘ayriodatiy muddatda o‘tkazishgan. Iyul-sentabr oylarida ular dam olishar va urug‘likni ekishga hozir- lashardi. Negaki, bu mahalda barcha dalalarni suv bosardi. Kuzda dalalarga urug‘ ekilgan. Qishda esa hosil yig‘im-terimi boshlangan. Boshoqlarni mis o‘roqlar bilan o‘rib olib, so‘ngra maxsus joyga tashib, bug‘doy yoki arpa bog‘lamlari ustidan hayvonlarni haydab o‘tib, hosilni yan- chishgan. Xirmonjoydan chiqqan don sopol xumlarda saqlangan. Bu tadbir donni son- Misr podshohligi Tutmos II va Tutmos III hukmronligi davrida Misr chegaralari. Misr fir’avnlari muhim yurishlarining yo‘nalishlari. Asosiy dehqonchilik yerlari. Nil daryosi vodiysi Quddus Fa la st in Bibl Kadesh Tir Asvon Kipr o. 30 sanoqsiz kemiruvchilar – zararkunandalardan omon saqlardi. Hunarmand- chilikning rivojlanishi Qadimgi Misr hunarmandla- rining 30 dan ziyod kasb-kor- lari bo‘lgan. Misgarlar misni eritib, undan mehnat qurollari quyishardi. Ku- lollar loydan turli-tuman idish-tovoqlar yasab, idishlarni xumdonda pishirishgan. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etish- gan. Oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan pa- pirus poyalaridan, zodagonlarning uylari esa oftobda quritilgan xom g‘ishtdan qurilgan. Fir’avnlarning saroylari va ibodatxonalar toshdan barpo etilgan. Duradgorlar deraza va eshiklar yasashardi. Kemasozlar qamishdan qayiqlar, yog‘ochdan esa kema lar yasagan- lar. To‘quvchilar kiyim-ke chak uchun gazmol- lar tayyorlashar, tikuvchilar esa liboslar tiki- shardi. Misr davlatining tashkil topishi Odamlar Nil vodiysidagi ser- mashaqqat turmush sharoiti- ga moslasha boshladi. Tar- qoq manzilgohlar «nom» deb atalgan kichik davlatlarga birlashdi. Har bir davlatni «nomarx» – boshqargan. Vaqt o‘tishi bilan nomarxlar hukmdorlarga – podsholarga aylanishdi. Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilgan. Bittasi Quyi (Shimoliy) Misrda, boshqasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 3000-yilda ikkala davlat o‘rtasida boshlangan urushda Yuqori Misr hukmdori Menes g‘alaba qozondi. U birlashgan mam- lakatning birinchi hukmdori – fi r’avni bo‘ldi. Yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt bo‘lmish Memfi s shahri barpo etildi. Savdo-sotiq Misr fi r’avnlarining tojlari 31 Dalada yerga ishlov berish Kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni sug‘orish O‘zingizni sinang! «Nom» – ... Menes – ... Memfi s va Fiva – ... Fir’avn – ... Ko‘p yillar mobaynida «nom»lar hukmdor- lari o‘z mol-mulkini ko‘paytirib oldi, natijada Misr mustaqil davlatlarga aylangan alohida «nom»larga parchalanib ketdi. Vaqt o‘tishi bi- lan mamlakatning qayta birlashuvi ro‘y berdi. Bu davlatning poytaxti Fiva shahri bo‘lgan. Olimlar Misr tarixini Ilk, Qadimgi, O‘rta, Yangi va So‘nggi podsholik davrlariga ajratishgan. Tayanch konspekt Afrika shimoliy-sharqi – mil. avv. 4-ming yillik boshi Nil uzunligi – 6 ming km → delta → O‘rtayer dengizi Nil vodiysi – kengligi 3 km dan 22 km gacha, dehqonchilik, chorvachilik papirus – uylar qurilishi davlatlar – «nom» – «nomarx» mil. avv. 3000- yil – Yagona birlashgan Misr poytaxt – Memfi s        Savol va topshiriqlar 1. Nega misrliklar o‘z mamlakatini «Nil in’omi» deya ta’rifl ashgan? 2. Qadimgi Misrning tabiiy sharoiti nima sa- babdan dehqonchilik uchun qulay edi? 3. O‘zingizni Qadimgi Misr dehqoni sifa- tida t asavvur qilib, misrlik dehqonlarning mehnati haqida hikoya qiling. Eslab qoling! Olimlar Misr ta rixini Ilk, Qadimgi, O‘rta, Yangi va So‘nggi podsholik davrlariga ajratganlar. 32 7-§. Qadimgi Misr Qadimgi misrliklarning qo‘shnilari Misr janubdan Nubiya bi- lan chegaradosh bo‘lgan. Bu mamlakatga misrliklar Nil bo‘ylab oltin, qatron, fi l suyagi, nodir navli yog‘ochlarni ayirboshlash uchun borganlar. Misr g‘arbida, Liviya cho‘lida shu nomdagi mamlakat joylashgan edi. Sahro aholisi ko‘ch- manchi chorvadorlar bo‘lgan. Quyi Misrdagi Memfi s shahri orqali o‘tadigan yo‘l Sinay yarim oroliga olib borgan, bu yerda esa mis qazib olingan. Sinay yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan. Bu mamlakatlar mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy bo‘lgan. Misrliklar Falastin va Suriyadan hunar- mandlar yasagan nodir buyumlar va qimmat- baho toshlarni olib kelishgan. Fir’avnlarning istilolari Qadimgi podsholik davri- da Sinay yarimoroli bosib olinadi, mahalliy qabilalar Misrga soliq to‘lay boshlashdi. Fir’avnlar Nu- biya va Liviyaga ham yurish qilib, shaharlar- ni taladilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar. O‘rta podsholik fi r’avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo‘shib olishga erishdilar. Mil. avv. XVIII asr oxirida ko‘chmanchi gik- soslar qabilalari Misrga hujum qildi. Misrliklar- ning piyoda qo‘shinlaridan farqli o‘laroq giksos- larning asosiy kuchi otlar qo‘shilgan jangovar aravalari bo‘lgan. Bir askar otlarni boshqarib turgan, ikkinchisi esa kamondan dushman- larni nishonga olib o‘q uzgan. Quyi Misrni bo- Tutanxamon taxti Qadimgi Misr jangchilarining sopoldan yasalgan haykallari Eslab qoling! Nubiya, Fa- lastin, Liviya, va Suriya mamlakatlari qadimgi misr- liklarga qo‘shni bo‘lgan. 33 sib olgan giksoslar misrliklarning shahar va qishloqlariga hujum qildi, ularni ayovsiz taladi va odamlarni asirlikka haydab ketdi. Bu vaqtda O‘rta podsholik ko‘plab mayda «nom»larga bo‘linib ketgandi, ular giksoslarga soliq to‘lardi. Faqat Fiva shahri hukmdorlari- gina giksoslarga itoat qilmadilar. Bosqinchilar zulmidan xalos bo‘lish tarad- dudiga tushib qolgan «nom»lar hukmdorlari Fiva shahri atrofi ga birlasha boshladilar. Bir qancha janglarda Fiva «nom»ining fi r’avni Yaxmos giksoslarni tor-mor etib, bos- qinchilarni Misrdan haydab chiqardi. Itoatsiz hukmdorlarni o‘ziga bo‘ysundirgan Yaxmos yangi fi r’avnlar sulolasi asoschisiga aylandi, ana shu fi r’avn zamonidan Yangi podsholik davri boshlandi. Yangi podsholik hukmdor- lari qo‘shni davlatlar bilan kurashni endi bosqinchi sifatida davom ettirishdi. Fir’avnlar Nubiya va Old Osiyo mamlakatlariga hujumni boshlab yubordilar. Fir’avn Tutmos II Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilishni boshladi. Undan keyin fir’avn Tutmos III yurishlarni davom etdi. Old Osiyoda misrliklar hukmronligi o‘rnatildi. Bo‘ysundirilgan xalqlar misrliklardan naf- ratlanib, o‘z erk va ozodliklari uchun kurash- ganlar. Misr fi r’avnlari bir necha yil mahalliy qabilalar bilan urushdilar. Bu fi r’avnlar sillasini quritdi, davlat zaifl ashib qoldi, Yangi podsholik ham alohida «nom»larga tarqalib ketdi. Tutmos III jangchilari shaharga hujum qilmoqda 3 – Tarix, 6-sinf. Fir’avnlar yurishlarining natijalari Eslab qoling! Fir’avn Yax- mos giksoslar- ni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan hay- dab chiqardi. Yaxmos yangi fi r’avnlar sulo- lasi asoschisi- ga aylandi va Yangi podsho- lik davri bosh- landi. 34 Mil. avv. VII asrda Misr yana yagona davlatga birlashdi, mamlakat iqtisodiyoti va madaniyatida yuksa lish boshlandi. Ammo tez orada Misrga yangi bir dushman bostirib ki- radi. Forslardan ulkan lashkar to‘plagan sha- hanshoh Kir II ning o‘g‘li Kambiz II mil. avv. 525-yilda Misrni bosib oldi. Savol va topshiriqlar 1. Qadimgi Misrga qo‘shni bo‘lgan davlatlarni sanab bering va ularni xaritadan ko‘rsating. 2. Qadimgi Misr fi r’avnlari qaysi mamlakatlarni bosib olgan edi? 3. Nima sababdan ko‘chmanchi giksoslar Misr uchun dahshatli kuchga aylandi? 4. Qaysi fi r’avn hukmronligi davrida giksoslarni mamlakatdan haydab chiqarishga erishildi? Apis. Buqa timsolidagi hosildorlik xudosi Misrliklarni qadimgi fors podshosi Kambiz II asirlikka olib ketmoqda O‘zingizni sinang! Giksoslar – ... Yaxmos – ... Tutmos III – ... Tayanch konspekt Misr qo‘shnilari – Nubiya, Liviya, Falastin, Suriya Qo‘shni mamlakatlarning Misr tomonidan bosib olinishi Quyi Misrning giksoslar tomoni dan bosib olinishi – mil. avv. XVIII asr Yaxmos → giksoslarning quvg‘in qilinishi → Yangi podsholik Mil. avv. 525-yil – Misrning fors shohi Kambiz II tomonidan bosib olinishi      Eslab qoling! Kir II ning o‘g‘li Kambiz II mil. avv. 525-yilda Misrni bosib oldi. 35 8-§. Qadimgi Misrda din Misrliklarning xudolari Misr aholisi uchun din kun- dalik turmushning ajralmas bir bo‘lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosi- ga o‘tib olib, mushuk, qo‘y, ho‘kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi, deb hi- soblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mav- jud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi, deb o‘ylashgan. Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari, xudolarni dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqish kerak, deb ishonishgan. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfi sning bosh xudosi – Ptax bo‘lgan. Ptax misrliklar e’tiqodicha, shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko‘rishning iloji yo‘q. Shu sa- babli ham bu xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis bo‘lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo‘lgan qora ho‘kiz timsolida tasavvur etilgan. Mil. avv. 2-ming yillikdan boshlab esa Qu- yosh xudosi Amon-Ra fi r’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo‘lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so‘ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan. Fir’avnlar Quyosh xudosining o‘g‘illari dir, hukmdorlar hamma ishni o‘zining samoviy o tasi amri bilan amalga oshiradi, degan qa- rash mavjud bo‘lgan. Xapi – Nil xudosi – Misrdagi hayotning bir- lamchi manbai va posboni, Osiris – yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda ayti- lishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo‘lib, o‘z xalqini dehqonchilikka o‘rgatgan. Bi- Isida – Osi- risning xotini Quyosh xu do- si – Amon-Ra Tot – Oy, donishmandlik va tabobat xudosi 36 rodari Set esa, Osirisni o‘ldiradi. Ammo Osiris- ning xotini Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O‘shandan boshlab jon qaytib keladigan bo‘lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanadi. Kohinlar va ibodatxonalar Kohinlar xudolar va odamlar o‘rtasida vositachi bo‘lishgan. Kohinlar diniy marosimlarni bi- lar, qurbonlik o‘tkazar edilar. Kundalik turmush- da ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi. Kohinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug‘lik sochish va hosilni yig‘ishtirib olish muddatini aniq bilishgan. Barcha «nom»larda ibodatxo- nalar bo‘lgan, fi r’avnlar ularga katta-katta boy- lik va yerlar hadya etishardi. Savol va topshiriqlar 1. Misrliklarning hayvon timsolidagi xudolarga sig‘inishi haqida so‘zlab bering. 2. Nima uchun fi r’avnlar Quyosh xudosi o‘gillari hisoblangan? Anubis – marhumlar va mumi- yolanganlar xudosi Maat – haqiqat va adolat ilohasi Xatxor – musiqa, go‘zallik va sevgi ilohasi O‘zingizni sinang! Ptax – ... Xatxor – ... Apis – ... Isida – ... Amon-Ra – ... Maat – ... Tot – ... Osiris – ... Tayanch konspekt misrliklar, xudolar odamlar orasida ya- shaydi, deb hisoblashgan Amon-Ra Ptax → Apis Xapi, Osiris, Tot, Set, Isida, Xatxor, Anubis, Maat ibodatxonalar → kohinlar → qurbonlik qilish      37 3. Rivoyatlarga ko‘ra, qaysi xudo misrliklarni dehqonchilikka o‘rgatgan? 4. Qadimgi Misr xudolarini sanab bering. 5. Misr kohinlari nufuzi va kuch-qudratining sababi nimada? 9-§. Piramidalar va daxmalar Hamma narsa vaqtdan qo‘rqadi, vaqt esa piramidalardan! Qadimgi va O‘rta podsho- liklar davrida misrliklar barpo etgan ulkan pirami- dalar, (fi r’avnlar dafn etila- digan joy) – maqbaralar bo‘lgan. O‘tgan ming yilliklar davomida ko‘pdan ko‘p shaharlar va davlatlar yo‘q bo‘lib ketdi, ibodatxonalar va saroylar xarobaga aylandi. Faqat piramida- lar vaqtdan qo‘rqmaydi. Faqat piramidalar- gina to‘rt ming yildan oshiq vaqt davomida o‘zgarmasdan turibdi. Eng mashhur piramidalar Memfi s shahri yaqinida uch fi r’avn – Xufu, Xafra va Men- kaura uchun bunyod etilgan. Bu piramida- lar jahonning yetti mo‘jizasidan biri bo‘lib, ular hozirga qadar saqlanib qolgan birdan- bir inshootlardir. Eng katta piramida Xufu uchun (yunonlar uni Xeops deb atashgan) mil. avv. 2600-yil atrofi da qurilgan. Uning ba- landligi 147 metr bo‘lgan. Piramidalar qurilishi uchun toshlar Nil daryosining o‘ng sohilidagi yassi tog‘lardan olib kelingan. Piramida har biri ikki tonnadan og‘irroq bo‘lgan 2,5 million dona tosh bo‘laklaridan tashkil topgan. Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalardan iborat bo‘lgan. Ulardan birida fi r’avnning mumiyolangan jasadi solin- gan toshtobut – sarkofag joylashgan. Piramida qurilishida Qadimda piramidalar vodiysining ko‘rinishi «Sahro shohi» – sfinks 38 Daxmalar ichi devorlari esa munojotlar va qarg‘ishlardan iborat bitiklar bilan qoplangan. Ular fi r’avnni himoya qilishi va o‘zga hayotga o‘tayotganida unga yordam berishi nazarda tutilgan. Piramidalarni sfi nks – tanasi sherniki va boshi odamniki bo‘lgan ulkan haykal qo‘riqlaydi. «Sahro shohi» – sfi nks haykali toshdan ishlan- gan bo‘lib, uning balandligi 20 metrga teng. Yangi podsholik davriga kelib ehrom qur- may qo‘yishdi. Fir’avnlarni tog‘larga o‘yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo‘lishdi. Eng mashhur maqbara fi r’avn Tutanxamonga tegishli bo‘lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig‘maydigan boyliklar bizga qadar yetib kel- gan. Mumiyolash Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin marhumlar saltanatiga ketadi, o‘sha yer- da umrini davom ettiradi, deb hisoblashgan. Ammo marhumlar saltanatidagi hayot, misrlik- lar fi kricha, Osiris sudining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo‘yiladi. Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak in- son bu dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo‘ladi, u vafot etganidan keyin ajo- yib bir sharoitda umrini davom ettiradi. Yurak og‘irroq kelsa, inson bir talay yomon ishlarni qilgan bo‘lib chiqadi va badbashara max- luqlarga yemish bo‘ladi. Osiris qarshisida go‘zal qiyofada qad rost- lash uchun misrliklar inson jasadini mumi- Ibodatxona devorlari va ustun Tutanxamon 39 yolashgan. Mumiyolash bilan tibbiy bilimlarga ega kohinlar shug‘ullanishgan. Odatda mumiyolash qariyb 70 kun davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilgani- dan keyin ko‘pdan-ko‘p matolar bilan o‘rab chirmashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan. Matolar qati orasiga omad kelti- ruvchi tumorlar qo‘yilgan. Mumiyolash faqat marhumning izida qolgan boy-badavlat qarin- doshlarga nasib etgan. Savol va topshiriqlar 1. Qadimgi Misr hukmdorlari piramidalarni qanday maqsadda barpo ettirishgan? 2. «Hamma narsa vaqtdan qo‘rqadi, vaqt esa piramidalardan!» degan iborani qanday tushunasiz? 3. Misrdagi eng mashhur piramidalar qayerda barpo etilgan? 4. «Sahro shohi» – sfi nksni ta’rifl ab bering. Mushuk ko‘rinishidagi go‘zallik xudo- si – Bastet Osiris – marhumlar dunyosining xudosi O‘zingizni sinang! Piramidalar – ... Mumiyolash – ... Toshtobut – ... Sfi nks – ... Tayanch konspekt piramida – fi r’avn maqbarasi Xufu → Xafra → Menkaura Xufu (yunoncha – Xeops) – mil. avv. 2600- yillar sfi nks Tutanxamon mumiyolash – 70 kun Bastet – go‘zallik ilohasi        40 10-§. Qadimgi Misr madaniyati Yozuv Qadimgi misrliklar yozuvi insoni- yatning ilk yozuvlaridan biri edi. Avvaliga har bir so‘z rasm ko‘rinishida yozil- gan. Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan. Shuning uchun ham uni «muqaddas» yoki «xudolar kalomi» deb nomlashgan. Qadimgi yunonlar ularni «iyeroglifl ar» de- yishgan («toshga chekilgan muqaddas bitiklar» ma’nosini ang latadi). Yozuvlar maqbaralar- ning devorlariga va xudolar haykallariga o‘yib yozilgan. Yozuv uchun tosh va sopoldan ham foydalanilgan. Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo‘lgan. Har bir so‘z o‘zida bir qancha ramz- lar va timsollarni ifoda etgan. Iyeroglifl arni o‘rganish ancha qiyin ish bo‘lib, savod chiqa- rish ko‘pchilikka ham nasib etavermagan. Iyeroglifl arni qamish qilqalam bilan papirusga, ya’ni papirus poyasidan ishlangan qog‘ozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo‘yoqlar siyoh vazifasini o‘tagan. Ta’lim ola yotganda sopol buyumlar parchasiga yoki ohaktoshga yozishgan. Husnixat san’atini egallagan kishi- lar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, ular katta imtiyozlarga ega bo‘lib, izzat-hurmatda bo‘lganlar. Iyeroglifl ar sirining kashf etilishi Taniqli fransuz olimi Jak-Fran- sua Shampolyon 1822- yil- da jahonshumul aha mi yatga molik kashfi yot qildi: u birinchi bo‘lib Misr matnlarini o‘qishga erishdi. Bu kashfi yotga Qohira shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Rozett shahri yaqinidagi bir toshga chekil- Xattot haykali Papirus Tosh lavha 41 gan qa dimgi Misr va qadimgi yunon tillarida- gi bir xil ma’nodagi bitik sabab bo‘ldi. Yunon tilidan tarjima qilish qiyinchilik tug‘dirmadi, matnlarni taqqoslab ko‘rib, har bir iyeroglif ang latgan ma’noni tushuntirib berish imkoni topildi. Ana shu kashfi yotdan keyin papiruslarga bitilgan ko‘plab matnlar, ibodatxonalar va pi- ramidalar devorlaridagi bitiklar ko‘p asrlik jim- jitlikdan so‘ng «tilga kirdi». Tarixchilar esa Qa- dimgi Misr sivilizatsiyasini o‘rganish uchun muhim va ishonchli manbaga ega bo‘lishdi. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Nazariy bilimlarning dunyoga kelishi Misrda nazariy bilimlarning dunyoga kelishi va rivoj topishi misrliklar ning kun- dalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan. Ziroatchilar qachon urug‘likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig‘ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniq- laganlar. Shu tariqa, astronomiya, ya’ni yul- duzlar haqidagi fan dunyoga keldi. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil da- vomiyligini 365 kun etib aniq-raso belgi- ladilar, birinchi bo‘lib taqvim tuzdilar, 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimladi- lar, ortib qolgan 5 kunni bayram kunlari sa- nab, hisobga kiritishmadi. Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etayotganda maydon hajmini Astronom-olim Nefertiti – Misr malikasi Misrliklarning tibbiyot asboblari O‘zingizni sinang! Iyeroglifl ar – ... Papirus – ... J.-F. Shampolyon – ... Rozett bitiktoshi – ... 42 o‘lchash zarur edi, shu tariqa geometriya fani – yer yuzasini o‘lchash ilmi dunyoga keldi. Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblash- ni, qolaversa kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan. Matematika fani ana shu asosda taraqqiy etdi. Misrda asosiy o‘lchov birligi «tirsak» bo‘lib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo‘lgan uzunlikka teng edi. Qo‘llar uzunligi turlicha bo‘lgani sababli «podsho tirsagi» degan yago- na o‘lchov joriy etilgan, u 52,5 santimetrga teng bo‘lgan. Bundan ham qisqa uzunliklarni o‘lchashda kaft yoki barmoqlardan foydalanil- gan. Misrda vaqt 24 ta bo‘lmaga ajratilgan max- sus idishdan iborat bo‘lgan suv soatlari yor- damida o‘lchangan. Bir bo‘lmadan ikkinchisi- ga oqib o‘tadigan suvning hajmi bir soat deb hisoblangan. Savol va topshiriqlar 1. Qadimgi Misr yozuvining o‘ziga xosligi ni- mada? 2. Nima uchun misrliklar iyeroglifl arni «mu- qaddas kalom» deb atashgan? 3. Misr yozuvini birinchi bo‘lib kim o‘qishga musharraf bo‘lgan? Qanday qilib? Osiris – marhumlar dunyosi hukmdori «Podsho tirsagi» – o‘l- chov birligi Qadimgi Misr suv soati Tayanch konspekt iyeroglifl ar – 750 ta – «xudolar kalomi», «ilohiy bitiklar» papirus Jak-Fransua Shampolyon (1822- yil) Rozett bitiktoshi – qadimgi misr va qadimgi yunon tillari astronomiya → taqvim → geometriya      43 11- §. Mesopotamiya sivilizatsiyalari Tabiiy sharoiti va aholisi Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nom- lashgan, bu atamaning tarjimasi Ikki daryo oralig‘i degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda ko‘chib joylashganlar. Mesopotamiyaga daryolarning toshqin suvlari turli tuproq va tog‘ jinslaridan ibo- rat loyqalarni oqizib kelgan. Ular yerlarni o‘g‘itlagan. Shu sababli Mesopotamiya yer lari ishlov berish uchun qulay, serunum bo‘lgan. Qishda surunkali yomg‘ir va daryolar tosh- qini bo‘lib turgani sababli Mesopotamiyada jahondagi eng qadimiy rivoyatlardan biri – Yer yuzini butunlay suv bosishi to‘g‘risidagi To‘fon rivoyati dunyoga kelgan. Mil. avv. 4 ming yillikda Mesopotami- y a da shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joy- lashib, bu yurtni Shumer deb ataydilar. Mam- lakatning Akkad deb atalgan shimoliy qismiga chor vadorlar – akkadlar o‘rnashdi. Mesopotamiya aholisining mashg‘ulotlari Mesopotamiya aholisi- ning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan. Dajla va Frot daryolarining har yilgi toshqinlari mahalida suv bilan birga dalalarga unumdor loyqa oqib kelgan. Kotib ish ustida Shumer sopol idishlari O‘zingizni sinang! Shumer – ... Akkad – ... 44 Mesopotamiyada yog‘och va metall singari xo‘jalik uchun zarur materiallar bo‘lmagan, ammo don mo‘l-ko‘l yetishtirilgan, chorva mol- lari ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun Mesopota- mi ya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug‘ulla- nardi. Qo‘shni Kavkazorti va Eron o‘lkalaridan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qalayi va noyob toshlarni keltirishardi. Mesopotamiya Mesopotamiyada turli mahsulotlar va hunar mandchilik buyumlari bilan savdo qilish- gan. Metall buyumlar, zeb-ziynatlar, qurol- yarog‘ va kulolchilik buyumlari ayniqsa qadr- langan. Savdo-sotiqda kumush quymasi pul o‘rnida ishlatilgan. Mesopotamiyadagi og‘irlik o‘lchovi «mino» 550 gramm kumushga baro- bar bo‘lgan. Mil. avv. 4-ming yillikda shumerlar ja- hondagi eng qadimgi yozuvlardan biri mixxat- ni ixtiro qilishgan. Shumerlar uchi o‘tkirlangan tayoqchalar bilan loy taxtachalarga yozish- gan. Shumerlar bilimdon, tajribali quruv chilar va hunarmandlar bo‘lishgan. Shahar- davlatlar Vaqt o‘tishi bilan asta-sekin man- zilgohlar nihoyatda kengayib ket- di. Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Xurmo daraxti – «Hayot daraxti» Qadimgi shumerlar Shumer ta’siri doirasi Frot Umma Sippar For s ko ‘rfa zi Dajla UrukLagash Ur Kish AKKAD SHUMER ELAMEslab qoling! Shumerlar Janubiy Meso- potamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb atadilar. Mesopotami- yaning Akkad deb atalgan shimoliy qismi- ga ko‘chmanchi chorvadorlar – akkadlar o‘rnashdi. 45 Ur va boshqa shaharlar vujudga kela bosh- ladi. Ular shahar va unga tutash dehqonchilik tumanlaridan iborat bo‘lgan shahar-davlatlar edi. Har bir shaharning hukmdori oliy xudo – shahar homiysi hisoblangan. Xudo nomidan kohinlar hukmronlik qil- gan. Xudolar ibodatxonasi esa davlatdagi hokimiyat markazi bo‘lgan. Mesopotamiya- ning qadimiy ibodatxonalari – zikkuratlar xom g‘ishtdan terib chiqilgan muhtasham zinapo- yali inshoot bo‘lgan. Quyosh xudosi Shamash alohida ehtirom- ga sazovor bo‘lgan iloh, oliy hakam hisoblanib, yovuz ishlari uchun odamlarni sud qilgan. Shuningdek, shumerliklar Oy xudosi Sina, suv xudosi Ea, hosildorlik va sevgi, urush va g‘alaba ilohasi Ishtarga sig‘inganlar. Mesopotamiyaning katta yer-mulklari hukmdorlar va kohinlar qo‘l ostida bo‘lgan. Dalalarga qullar va erkin yollanma ishchilar ishlov berishgan. Shaharlar tevaragida is- tiqomat qiluvchi aholi kichik-kichik yer ulush- lariga ega bo‘lgan. O‘z oilasini boqish uchun kambag‘allar podsho va ibodatxona mulklari- da ishlaganlar. Shumer shaharlari mudofaa devorlari bi- lan o‘rab olingan edi. Shaharning bosh darvo- zasidan boshlangan ko‘chalar markaziy may- donga, ibodatxona va hukmdor saroyiga olib borgan. Qurilish tosh, xom va pishgan g‘isht bilan amalga oshirilgan. Ibodatxonalar xudolar haykallari bilan hashamatli bezatilgan edi. Urush paytida shahar aholisi sardorni say- lagan. Bora-bora ularning nufuzi ortib, sar- dorlar muntazam hukmronlik qila boshladi- lar. Ularni podsholar deb atashgan. Podsho Shumerning Ur shahri Mixxat yozuvi Eslab qoling! Mesopotami- yada Uruk, Umma, La- gash, Ur va boshqa sha- harlar yuzaga kelgan. Ular shahar-davlat- lar edi. 46 shahar-davlatni aslzodalar, kohinlar va harbiy qo‘shinlarga tayangan holda amaldorlar yor- damida idora qilgan. Gilgamish haqidagi rivoyat Mesopotamiya rivo- yatlarining eng sevimli qahramoni Gilgamish Uruk shahri podshosi bo‘lgan. Uning hayoti keyinchalik ko‘plab afsonalarga aylangan. Afsonada aytilishicha, Gilgamish dun- yoga kelgandan keyin, mamlakat hukmdori bo‘lmish bobosi nevarasi undan taxtni tortib olishidan vahimaga tushib, Gilgamishni jar- ga tashlab yuborishga farmoyish beradi. Jarga uloqtirilgan Gilgamishni uchib ketayot gan burgut tutib olib, ko‘tarib ketadi va uni bir bog‘bonga eltib beradi. Bog‘bon Gilgamishni mehr bilan parvarishlab tarbi- yalaydi. Balog‘atga yetgan Gilgamish bobo- sidan hokimiyatni tortib oladi va o‘zi Uruk shahrini boshqarishga kirishadi. Gilgamish Enkidu degan pahlavon bilan do‘st tutinadi. Ikkalasi bir bo‘lib yovuz maxluqotlarga qar- shi kurashadilar, shu sababli ma’budlar En- kiduni jazolaydilar va u halok bo‘ladi. Boqiy hayotga erishish uchun Gilgamish dengiz tubida o‘sadigan sehrli giyohni izlab topadi, uni o‘z xalqi bilan baham ko‘rishga qaror qiladi. Ammo iziga qaytayotganida bir ko‘lga cho‘milgani tushadi, bu paytda, gul- ning isini ilon sezib qoladi va mehrigiyoni o‘g‘irlab ketadi. O‘shandan beri, afsonada aytilishicha, ilonlar har yili po‘stini tashlab yasharishar emish. Gilgamish esa jonajon shahri devor- lari uni himoya etishini, ezgu ishlari uni umr- boqiy qilishini tushunib yetadi. Uruk shahri podshosi Gilgamish. Ossuriya bo‘rtma tasviri Ishtar – hosildorlik, sevgi va urush ilohasi 47 Akkadning yuksalishi Shahar-davlatlar bir-birlari bi- lan tinimsiz urishar edi. Ana shu urushlar natijasida Sar- gon I butun Mesopotamiya podshosi bo‘ladi. U mil. avv. 3-ming yillikning ikkinchi yarmida Akkad va Shumer shaharlarini o‘z hokimi yati ostida birlashtiradi. Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida S argon I barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchovini joriy etadi. U jahon tarixida birinchi bo‘lib muntazam qo‘shin tuzadi. Bu lashkar 5400 na- far jangchidan iborat bo‘lgan, keyinchalik esa ular Sargon I ga ko‘plab shaharlar va qo‘shni mamlakatlarni zabt etishga imkoniyat yarat- gan katta qo‘shinning asosiy kuchiga aylan- gan. Sargon I vafotidan keyin uning taxtiga o‘tirgan vorislariga mamlakatda alanga olib turgan qo‘zg‘olonlarni bostirishga to‘g‘ri keldi. Mil. avv. 2-ming yillikning boshlarida Shu- mer-Akkad davlati ko‘chmanchi qabilalar zar- basidan parchalanib ketdi. Urdagi katta zikkurat (ibodatxona) Sargon I – Shumer-Akkad shohi Gulni olib qochayotgan ilon.Gilgamish haqidagi afsonaga ishlangan rasm Eslab qoling! Mesopotamiya rivoyatlari ning eng sevimli qahramoni Gil gamish hisob lanadi. U Uruk shahri- ning podshosi va ko‘plab afso nalar qahramoni bo‘lgan. 48 Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan Ikki daryo oralig‘ida joylashgan shahar-davlatlarni toping. 2. Tarixiy atamalar lug‘atidan foydalanib, «si- vilizatsiya» tushunchasiga izoh bering. 3. Ikki daryo oralig‘i qadimda qanday atalgan? 4. Mesopotamiyaning qaysi qismlari shumer- lar va akkadlar tomonidan o‘zlashtirilgan edi? Qachon? 5. Tasavvur qiling, qadimgi savdogar sifatida siz Dajla daryosi orqali kemada turli mah- sulotlar bilan suzib, Shumerning qaysi sha harlarida savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lardingiz? Xa- ritadan foydalanib hikoya qiling. Tayanch konspekt Mesopotamiya → Ikki daryo oralig‘i (Dajla va Frot daryolari oralig‘i) dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo- sotiq shaharlar – Uruk, Umma, Lagash, Ur zikkuratlar – ibodatxonalar xudolar – Shamash, Sina, Ea, Ishtar Gilgamish – Uruk shohi Sargon I – Shumer-Akkad shohi mil. avv. 2-ming yillik – Shumer-Akkad davlatining parchalanishi.         Gilgamish haqidagi rivoyat. Mixxat Eslab qoling! Shoh Sar- gon I mil. avv. 3-ming- yillikning ik- kinchi yarmida o‘z hukmronligi ostida Akkad va Shumer shaharlarini birlashtirdi, qo‘shni mam- lakatlarni zabt etib, «to‘rt iqlim mamlakatlari podshosi» un- vonini oldi. 49 12-§. Bobil podsholigi Bobil – «xudolar darvozasi» Miloddan avvalgi II-ming yil- likda Bobil podsholigi Meso- potamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografi k o‘ringa ega bo‘lib, Frot va Dajla daryolari- ning o‘zanlari bir-biriga yaqinlashib ketadi- gan hududda joylashgandi. Kemalarda turli mahsulotlar bilan suzib kelgan savdogar lar bu shaharga qo‘nib o‘tishar. «Bobil» so‘zining o‘zi esa «xudolar darvozasi» degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodat xonalar bo‘lgan. Bobilning bosh ko‘chasi g‘alaba ilohasi Ishtar darvozasidan boshlangan. Bobil davla- tida dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo- sotiq rivojlangan. Ammo o‘zaro urushlar ham bo‘lib turgan. Mil. avv. XVIII asrda Bobil podshosi Xam- murapi butun Mesopotamiyani yagona dav- latga birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Xam- murapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. Xammurapi qonunlari Xammurapi tarixda qonunlar tuzgan birinchi hukmdor sifatida nom qoldirgan. Uning qonun- lari ilgari mavjud bo‘lgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi. Xammurapi qonunlari hamma uchun – badavlat va qashshoq kishilar uchun birdek bo‘lgan. Qonunlarning matnlari mam- lakatning barcha shaharlarida o‘rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo‘yilardi. Xammurapi qonunlari qat’iyligi bilan kishini lol qoldiradi. Xususan, shifokor amalga oshirgan jarrohlik muolajasi nati- Bobil 4 – Tarix, 6-sinf. Navuxodo- nosor II. Zamonaviy rasm 50 jasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokor- ning qo‘llari kesib tashlanishi shart bo‘lgan. Binokor qurgan uy to‘satdan qulab, biror kishini bosib qolsa, binokor qatl etilishi qayd qilingan. Yong‘in mahalida o‘g‘rilik ustida qo‘l- ga tushgan kimsa o‘sha zahoti olovga otilgan. Qulfbuzar o‘g‘ri ham qattiq jazoga mahkum etilgan. Xammurapi qonunlari nomigagina pod- shoning qarori bo‘lmasdan, xudolar xohish- irodasi sifatida talqin etilgan. Shuning uchun ham ularni so‘zsiz, og‘ishmasdan bajarish ta- lab qilinardi. Xammurapi qonunlari ta lon-taroj va o‘g‘rilik kabi jinoyatlarni to‘xtatishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Xammurapi vafotidan keyin tog‘lik kassitlar qabilalari shaharni bosib oladi. Ularning bos- qini Bobilning inqiroziga sabab bo‘ladi. Inqiroz uzoq davom etadi va miloddan avvalgi VII asr- da Yangi Bobil podsholigi vujudga kelganda- gina, Bobil qayta yuksaladi. Yangi Bobil podsholigi Navuxodonosor II hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigi o‘z ravnaqining cho‘qqisiga eri- shadi. Bu hukmdor Misrni Yangi Bobil pod- sholigiga qo‘shib oladi, Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa mustahkam qal’aga aylantiradi. Navuxodonosor II turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pish- gan g‘ishtdan foydalanish to‘g‘risida farmon beradi. Jangdagi kamonchilar Jangchilar qal’aga hujum qilmoqdalar O‘zingizni sinang! Bobilning ma’nosi – ... Xammurapi – ... 51 U hukmronlik qilgan davrda Bobil shahri- ning sakkizta darvozasi bo‘lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan birining nomi bilan atalgan. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafi s bo‘lib, afsonaviy hay- vonlar tasviri tushirilgan koshin toshtaxtacha- lar bilan bezatilgan. Qadimgi forslar lashkari mil. avv. 539-yilda Bobilga bos tirib kiradi va shaharni zabt etadi. Shu paytdan boshlab Yangi Bobil podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi. Bobil madaniyati Shumer va Akkad Bobil madani- yatining eng qadimiy o‘choqlari edi. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri bo‘lmish Shumer mixxati dastavval «suv», «quyosh» va boshqa alohida so‘zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo‘lgan. Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlar va badavlat odamlar oilalarining farzandlari ta’lim oladigan maktablar tashkil qilingandi. O‘quvchilar nam loy taxtachalarga suyak va yog‘ochdan yasalgan tayoqchalar bi- lan yozganlar. Loy taxtachalar avval oftobda quritilgan, so‘ngra xumdonlarda pishirilgan. Bu taxtacha- lar ilk kitoblar bo‘lib, o‘quvchilar asotirlar va afsonalarni ko‘chirib yozishgan, o‘simliklar, qushlar, hayvonlar va qumursqalar nomlari qayd etilgan ro‘yxatlar tuzishgan. Loy tax- tachalarda mamlakatlar va shahar nomlari ham sanab o‘tilgan. Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini ham yaratdilar. Quyosh yili davomiy- ligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oy yili esa 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar – munajjimlar astronomiyaga oid bilim- Shumer mixxati Iloha Ishtar nomidagi darvozaning naqshlari Eslab qoling! Mil. avv. 539-yilda fors lar Bo bilni bosib oldilar. Yangi Bobil podsho ligi Fors davlati tarkibiga kirdi. 52 larga ega bo‘lishgan. Eng qadimgi rasadxonalar baland, ko‘pzinali ibodatxonalar – zikkuratlar te- palikdagi maydonchada barpo etilgan. Mesopotamiyada turli-tuman dori-darmon- larni tayyorlash bo‘yicha dasturilamal tuzilgan. Geografi ya sohasidagi bilimlar shumer- liklar va bobilliklarga kemalarda dengiz bo‘ylab suzishga imkoniyat yaratib bergan. Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan. Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan Bobil podsholigi va uning poytax- tini toping. 2. Qaysi hukmdor davrida va qachon Bobil yagona davlatga aylandi? 3. Xammurapi qonunlari qaysi maqsadda ya- ratilgan edi? 4. Shumer o‘quvchisi, zamonaviy maktab o‘quv chisi singari, erta bilan maktabga shoshilardi, u darsga kech qolishdan qo‘r- qardi, maktabga kelib… Hikoyani davom ettiring. Qadimiy yozuvning vujudga kelishi Bobil minorasi. P. Breygel rasmi 1563 y. Tayanch konspekt mil. avv. 2-ming yillik – Bobil podsholigi Bobil – «xudolar darvozasi» mil. avv. XVIII asr → Xammurapi – yagona podsholik Xammurapi qonunlari Navuxodonosor II hukmronligi – ravnaq topishi mil. avv. 539-yil – Bobilning forslar tomonidan zabt etilishi mixxat, taqvim        Eslab qoling! Qadimiy yozuv- lardan biri – shumer mixxati – mil. avv. 4- mingyillikda vujudga kel- gan. Shumer- liklar o‘zlarining sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini yaratdilar. 53 13-§. Old Osiyo davlatlari Mil. avv. 2-ming yillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi: Ossuri- ya, Xett, Mitanni kabi davlatlar va Finikiya shahar-davlatlari shular jumlasidandir. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlari olib borganlar. Ossuriya podsholigi Qadim zamonlarda ossuriya- liklar Frot va Dajla daryolari yuqori oqimidagi kichik hududni egallashgan. Avval Oshshur shahri, keyin esa Nineviya shahri poytaxt bo‘lgan. Aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va savdo-sotiq edi. Ossuriyaliklar jangari xalq bo‘lgan. Ular qo‘shni yerlarga tez-tez hujum qilib turardi- lar. Ossuriyaliklarning qudratli lashkari har yili yangi yerlarni zabt etishga erishganlar. Bo‘ysundirilgan xalqlar Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda o‘lpon to‘lagan. Ossuriyalik kamonchi Sher bilan jang. Nineviya saroyi devoriga o‘yib ishlangan tasvir Ossuriyaliklar- ning shaharni bosib olishi tasviri Ossuriya podsholigi 54 Shaharni bosib olgan ossuriyaliklar qal’a devorlarini, uylar va ibodatxonalarni buzib tashlab, aholini asirlikka haydab ketganlar. Yurishlarda raqiblardan tortib olingan ham- ma narsa poytaxtga oqib kelar edi. Ulug‘vor sa- roylar va ibodatxonalar boylikka to‘lib ket gan. Oshshurbanapal hukmronligi davrida Nineviya- da Old Osiyodagi eng yirik sopol tax tachalardan iborat kutubxona jamlangan edi. Asta-sekin Ossuriya davlati zaifl ashib bor- di. Mil. avv. 605-yilda Ossuriya qo‘shinlari Bobil va Midiya tomonidan qirib tashlangan- dan keyin davlat zavolga yuz tutdi. Xett va Mitanni podsholigi Taxminan mil. avv. XVIII asrda Kichik Osiyo markazida (hozirgi Turkiya hududida) xettlar degan shimollik xalq o‘z davlatiga asos soladi. Xattusa shahri ana shu davlatning poytaxti bo‘lgan. Aholining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik edi. Xettlar qo‘shni mamlakatlar bilan doimiy urushlar olib borishgan. Jangovar aravalar va temir uchli nayzalardan foydalanishgan. Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan qo‘shni Mitanni podsholigi xettlarning xavfl i raqibiga aylandi. Urushlarda mitanniliklar ot- liq qo‘shindan foydalanishgan. Tarixda nomlari noma’lum xalqlar (ular- ni «dengiz xalqlari» deb atashgan) xettlar poytaxtini bosib olib, shaharni butunlay vay- ronaga aylantirdilar. Davlat nuradi, xettlar esa boshqa xalqlarga singishib ketdi. Urartu podsholigi Urartu davlati Kavkazortidagi, hozirgi Turkiya sharqiy qismi- da va Armaniston hududlari- da joylashgan. Aholisini urartlar deyishgan. Ossuriya poytaxti Nineviya shahri. Tiklangan Oshshurba- napalning mixxat yozuvidagi kutubxonasi Eslab qoling! Ossuriya dav- lati Frot va Daj la daryolari yu qo ri oqimida vu judga keldi, mil. avv. 605-yilda tarix sahna si dan ketdi. 55 Yagona davlat tashkil topishini mudofaa qilish zarurati Ossuriya hujumlaridan tezlashtiradi. Mil. avv. IX–VIII asr boshlarida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri Urar- tu davlati poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlariga chiqadi lar va ossuriyaliklar ustidan g‘alaba qozona dilar. Ammo keyinroq ossu ri yalik larning qo‘shinlari urartlarni tor-mor etib tashladi. Teyshebaini shahridagi qal’a ish g‘ol etildi va vayron qilib tashlandi. Shundan ke yin Urartu podsholigi ancha zaifl ashib qoldi. Finikiya va Falastin Qadim zamonlarda Finikiya O‘rtayer dengizining sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylash- gan. Savdo-sotiq fi nikiyaliklarning asosiy mash g‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Finikiyaliklar qo‘shnilariga yog‘och, metallar va gazlama- lar sotardilar. O‘rtayer dengizi sohilida Tir, Sidon, Ugarit singari yirik dengiz bo‘yi sha- harlari vujudga keladi. Mil. avv. X asrda Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo‘lgan alifbo yaratildi. Yunonlar ana shu alifboni o‘zlashtirib oldilar va ularga unli harfl arni ham qo‘shib qo‘ydilar. Mil. avv. XI asrda Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi, keyinchalik u Ya- hudiy podsholigi bilan birlashdi. Ko‘p o‘tmay Yahudiya Bobil podsholigi tomonidan bosib olindi. Qadimiy yahudiylarning afsonalari diniy kitoblarga yozib borilgan. Bu kitoblar to‘plami «Bibliya»ga jamlangan, bu so‘z yunonchada Teyshebaini shahridagi qal’a Xettlar jang oldidan. Eslab qoling! Xett podsho- ligi hozirgi Turkiya, Mi- tanni dav lati esa – Suriya hu dudida joy- lashgan. 56 «kitob» degan ma’noni anglatadi. «Bibliya»da Olam, Yer yuzidagi ilk odamlar – Odam ato va Momo havoning yaratilishi, Yer yuzini To‘fon bosishi haqida va boshqa rivoyatlar mavjud. Savol va topshiriqlar 1. Old Osiyo hududida ilk davlatlar qachon vu- judga kela boshladi? 2. Ossuriya podsholigi haqida nimalarni bila- siz? 3. Ossuriya hukmdori Oshshurbanapal tarix- da nimasi bilan nom qoldirgan? 4. Xett podsholigi qay tariqa tashkil topdi? Xett podsholari hukmronligining o‘ziga xos- ligi nimada? 5. Xett podsholigi qanday zavol topdi? Yahudiya podsholarining qasri. Tiklangan Finikiyaliklar O‘zingizni sinang! Nineviya – .. Oshshurbanapal – ... Xettlar – ... Mitanni – ... Urartu – ... Tushpa – ... Tayanch konspekt mil. avv. 2-ming yillik – ilk davlatlar: Ossuriya, Xett, Mitanni Ossuriya podsholigi – poytaxti Oshshur → Nineviya Oshshurbanapal – mixxat yozuvidagi kutubxona mil. avv. 605-yill – Ossuriya Bobil va Midiya tomonidan bosib olindi mil. avv. XVIII asr – Xett podsholigi, poytaxti Xattusa – «dengiz xalqlari» tomonidan Xattusani vayron qilinishi, davlatning parchalanishi Urartu davlati, poytaxti – Tushpa mil. avv. IX–VIII asr boshlari – Urartu davlatining gullagan davri Finikiya – Tir, Sidon, Ugarit shaharlari mil. avv. XI asr – Isroil davlatining vujudga kelishi          57 6. Urartu davlatining ravnaq topishi va zavol- ga yuz tutish sabablari nimada? 14-§. Ahamoniylar davlati Qadimgi Eron aholisi Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulola- siga mansub shohlar asos sol- gan Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniy- lar davlati jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lgan. Hozirgi Eron hududida qadim zamonlar- da kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashab kelgan. Qadimgi Fors davlati Vaqt o‘tib bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko‘chib o‘rnashadi. Tog‘oldi vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan, dasht mintaqalarida chorva- dorlar kun kechirgan. Eron turli mamlakatlarni bog‘lab turgan karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan. Mil. avv. 3-ming yil- likda Eronning janubi- g‘arbiy qismida Elam Yahudiy xalqini bobilliklar asirlikka olib ketmoqda Qadimiy qo‘lyozma FORSELAM BOBIL MIDIYA MISR XORAZM SO‘G‘D PARFIYA OSSURIYAIONIYA LIDIYAYUNONISTON Eron hududida qadimgi davlatlar Doro I hukmronligi davrida saltanatning kengayishi Eslab qoling! Mil. avv. VI asrda ho zirgi Eron hududi (Fors bo‘g‘ozi qirg‘oqlari) da Ahamo- niylar sulola- siga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vu- judga kelgan. 58 davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo‘lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan. Kaspiy dengizidan janubi-g‘arbda joylash- gan Midiyada qabilalar ittifoqlari vujudga keldi. Mil. avv. VII asrda podsho Kiaksar hukm - ronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylan- di. Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo‘lib Os- suriyani bosib oladi. Eronning janubida, Fors ko‘rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors vi- loyati – qadimgi forslar o‘rnashgan o‘lka joylash gan. Kir II – Fors hukmdori Mil. avv. 558-yilda ahamoniy- lar sulolasidan bo‘lmish podsho Kir II barcha forslarni o‘z ho- kimiyati ostida birlashtirdi. Midiya pod sholigini bo‘ysundirganidan so‘ng, Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini da vom ettirdi. Armaniston, Lidiya va Bobil zabt etildi. Forslar O‘rtayer dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani bo‘ysundirdilar. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz II va Doro I davom ettirdi. Kambiz II Misrni zabt etish orqali Fors davlati hududini nihoyatda kengaytirdi. Doro I ning islohotlari Miloddan avvalgi 522- yilda shoh Doro I Qadimgi Fors davla- ti taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo‘zg‘olonlar avj olib ketgan edi. Ammo ahamoniylar shohi Doro I ularni bostirishga erishdi. Doro I Qora dengiz bo‘ylarida yashovchi skifl ar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyodagi yunonlar koloniyalari va Bolqon yarimoroli sharqida joylashgan Frakiyani bo- Forslar jangda Eslab qoling! Mil. avv. 3- ming-yillikda Eronning janubi-g‘arbiy qismida Me- sopotamiya bi- lan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo‘lgan. Eslab qoling! Mil. avv. VII asr da podsho Kiaksar hukm- ronligi davrida Midiya qudrat- li davlatga aylandi. 59 sib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ke- tishiga sabab bo‘ldi. Doro I hukmronligi davri- da Hindiston shimolidan O‘rtayer dengiziga qadar cho‘zilgan ulkan davlat barpo etildi. Doro I butun mamlakat uchun «darik» deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. U qadimgi Fors podsholigi qarorgohi Persepol shahridan O‘rtayer dengiziga qadar «shoh yo‘li» degan savdo yo‘lini qurdirgan edi. Doro I qo‘shinlarni qaytadan tuzdi, saltanatni «satrapliklar» deb nomlangan alohida harbiy- ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330-yil- da Fors davlatini bosib oldi. Suza, Ekbatana va boshqa shaharlar Ahamoniylar davla- tining muhim savdo markaz- lari bo‘lgan. Persepol shahrida Doro I va Kserksning yuz ustunli zali bo‘lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan beza- tilgandi. Persepol saroyi devorlaridagi bo‘rtma naqshlarda ahamoniylar bo‘ysundirgan ko‘p- gina elatlar vakillarining tasvirlari saqlanib qol- gan. Ular asosan Fors shohlariga o‘lpon kelti- rayotgan holatda tasvirlangan. Qadimgi forslar mixxat belgi yozuvidan foydalanishgan. Fors shohlarining bitiklari Doro I taxtda Kir II Oltin tanga Qadimgi forslar madaniyati Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330- yilda Fors davlatini bosib oldi. Ahamoniylar davlati ikki yuz yildan ziyod hukmronlik qilgan. Eslab qoling! 60 Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga, shuningdek, Persepol saroyi devorlariga o‘yib yozilgan. Ular yurishlar, qo‘zg‘olonlar va davlat hayotidagi muhim voqealar haqi- da ma’lumot beradi. Savol va topshiriqlar 1. Fors podsholigi qachon tashkil topgan? 2. Qaysi sulola hukmdorlari Fors podsholigiga asos solgan? 3. Elam davlati qachon vujudga kelgan? 4. Kir II qaysi davlatlarni bosib oldi? 5. Doro I o‘z davlatida qanday islohotlar o‘tkazdi? Doro I soqchilari Asirlikka olingan qo‘z- g‘olon boshliq- larining Doro I huzuriga olib kelinishi. Behistun qoyasi Tayanch konspekt kassiylar, elamiylar, midiyaliklar, forslar Elam, Midiya davlatlari mil. avv. 558- yil – Kir II – Fors davlatining hukmdori Kir II – Armaniston, Bobil va Midiyaga bosqinchilik yurishlari mil. avv. 522- yil – Doro I saltanatning satrapliklarga bo‘linishi mil. avv. 330- yil – Ahamoniylar saltanatining Makedoniyalik Aleksandr tomonidan zabt etilishi        61 15-§. Qadimgi Hindiston sivilizatsiyasi Hududi va tabiiy sharoiti Hindiston mamlakati shu nomdagi yarimorol ham- da Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylarining bir qismini egallagan. Iqlimining issiqligi va keng yo- yilib oqadigan daryolar suv bilan birga ser- unum loyqani oqizib kelishi dehqonchilik vujudga kelishi va rivoj topishi uchun im- koniyat yaratdi. Himolay tog‘lari shimoli- sharqdan dushmanlar va sovuq shamollar ta- jovuzidan o‘ziga xos tabiiy «mudofaa devori» bo‘lib xizmat qilgan. Gang vodiysidagi tropik o‘rmonlar ulkan daraxtlar va rang-barang o‘simliklarga boy bo‘lgan. Mil. avv. 3-ming yillikda Hind dar- yosi vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi. Hind daryosi vodiysi Jangovor fi l Pataliputra Hindiston ya. Moxenjodaro Xarappa BENGALIYA KO‘RFAZI ARABISTON DENGIZI Hi nd Gang Hindistonning qadimiy shaharlari Magadha davlatining hududi Maurya davlatining hududi Qadimgi Hindiston Eslab qoling! Hindiston mamlakati shu nomdagi yarim-orol hamda Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylarining bir qismini egallagan. 62 Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi hav- zasining eng yirik shaharlari edi. Ikkala shahar ham mus- tahkam mudofaa devorlari bilan himoyalan- gan. Ko‘chalar bilan biri-biridan ajratilgan mav zelardan pishiq va xom g‘ishtdan quril- gan binolar (turar joylar, omborxonalar, saroy va ibodatxonalar) topilgan. Katta va chiroyli shahar – Moxenjodaroda mohir hunarmandlar ko‘p bo‘lgan. Aholisining asosiy mashg‘uloti dehqon- chilik edi. Dehqonlar shakarqamish, paxta o‘simliklarini yetishtirganlar, fi llarni qo‘lga o‘rgatganlar. Biroq miloddan avvalgi XVIII asrdan Hind daryosi vodiysi shaharlari tez-tez ro‘y beruvchi toshqinlar, o‘rmonlar va changal- zorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutib, butunlay vayronaga aylanadi. Diniy e’tiqodlar Qadimgi hindlar xuddi misr- liklar va bobilliklar singari tabiatning ko‘pdan ko‘p hodisalari qarshi- sida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari qurg‘oqchilikdan qo‘rqardilar. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada os- mon bo‘ylab yo‘lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug‘lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko‘taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra Bu kabi sherlar tasviri bilan ibodatxona ustunlari bezatilgan Moxenjoda- rodagi ko‘cha O‘zingizni sinang! Hindiston – ... Xarappa – ... Moxenjodaro – ... Eng qadimgi Hindiston sivilizatsiyasi 63 osmondagi suvni tutqunlikdan xalos etgach, Yer yuzida qurg‘oqchilik poyoniga yetibdi. Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvon- lar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, ular sig‘ingan xudolardan biri, boshi fi lnikiga o‘xshagan donishmandlik xudosi Ganesha bo‘lgan. Sigir hindlar orasida muqaddas hay- von hisoblanib, sigirni o‘ldirish taqiqlangan. Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko‘chib o‘tishiga e’tiqod qilishgan. Ular vafot etgani- dan keyin odam butunlay o‘lmaydi, balki boshqa bir mavjudotga aylanib, o‘z tashqi qi- yofasini o‘zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o‘simlikka aylanadi, deb hisoblashgan. Kastalar Qadimgi hindlar qanday yu- mushlar bilan shug‘ullanishiga qarab to‘rt guruhga ajratilgan edi. Bu tabaqa- lar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: kohinlar – braxmanlar (hind ruhoniylari), jangchilar – kshatriylar, deh qon, hunarmand va savdogarlar – vayshilar, xizmatkorlar va qullar – shudralardan iborat bo‘lgan. Hindlarning e’tiqodicha, tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o‘z jismining qaysidir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, kohinlar uning og‘zidan chiq- qan, jangchilar qo‘llaridan, dehqonlar qo- vurg‘asidan, xizmatkorlar esa Braxmaning tovonidan yaratilgan, deb hisoblangan. Bo- lalar hamisha ota-onalari tabaqasiga man- sub deb topilgan. Bir tabaqadan boshqasiga o‘tishning ham iloji bo‘lmagan. Turli kastalarga mansub odamlar o‘rtasida nikohga ham yo‘l qo‘yilmagan. Tabaqalardan birortasiga ham mansub bo‘lmaganlarni esa «chandal», ya’ni «ha- Hind tabaqalari Ganesha – do- nishmandlik xudosi Sigir Hindistonda muqaddas hisoblanadi 64 zar qilinadiganlar» deyishgan. «Chandallar» kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxon- ga o‘tirish taqiqlangan. Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan Hindistonni toping. Hindiston geografi k o‘rnining xususiyatlari haqida so‘zlab bering. 2. Hindiston jamiyati qaysi tabaqalarga bo‘lingan? 3. Sizningcha, nima uchun bir tabaqadan boshqasiga o‘tishga ijozat berilmagan? 4. Moxenjodaro va Harappa shaharlariga hayolan sayohat qilib, bu shaharlar haqida hikoya tuzing. Xudo Braxma Indra – mo- maqaldiroq xudosi O‘zingizni sinang! Hind va Gang – ... Tabaqalar – ... Chandallar – ... Tayanch konspekt Hindiston yarimoroli (Hind va Gang daryolari) mil. avv. 3- ming yillik – Moxenjodaro va Xarappa shaharlarining vujudga kelishi xudolar – Indra, Ganesha, Braxma kasta (varna)lar: – kohinlar – braxmanlar – jangchilar – kshatriylar – dehqon, hunarmand va savdogarlar – vayshilar – xizmatkorlar va qullar – shudralar «chandallar»      65 16-§. Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston Hindiston davlatlari Mil. avv. VII-VI asrlarda Hindistonda bir nechta dav- latlar, jumladan: Magadha, Koshala, Malla va boshqalar vujudga keladi. Makedoniyalik Aleksandr O‘rta Osiyoni zabt etganidan so‘ng Panjob o‘lkasi hududi- ga bostirib kiradi. Mazkur o‘lka aholisi bos- qinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Aleksandr katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib borib, shundan keiyn Bobilga qaytib ketadi. Aleksandr qoldirgan qo‘shin mahalliy aholining qarshiligiga bar- dosh bera olmay, Hindistondan ketishga maj- bur bo‘ladi. Yunon-makedon qo‘shinlariga qarshi kurashga mashhur hind sarkardasi Chan- dragupta sardorlik qiladi. Chandragupta Shi- moliy Hindistondagi barcha davlatlarni o‘z tarkibiga olgan Maurya davlatiga asos solgan. Pataliputra shahri esa Maurya davlati poytaxtiga aylandi. Mil. avv. III asrda pod- sho Ashoka hukmronligi davrida Maurya rivoj- lanishda yuksak taraqqiyotga erishdi. Fan va madaniyat Qadimiy Hindistonda ilm- fan, xususan, astronomiya va matematika sohasi yuk- sak darajaga erishadi. Hindlar yil hisobining 360 kundan tarkib topgan taqvimini tuzadilar. Bu davrda sanash va hisoblashning o‘nlik tizi- mi keng tarqaladi: hindlar «nol»ni ifodalovchi maxsus belgini o‘ylab topishadi, raqamlarni 5 – Tarix, 6-sinf. Maurya davlati podshosi – Ashoka Sarkarda Chandragupta. Zamonaviy rasm 66 esa bugungi kunda butun dunyo qo‘llaydigan bir tartibda yozadigan bo‘ladilar. Biz bu raqam larni arab raqamlari deb ataymiz, negaki hindlardan qabul qilingan bu raqamlar arab tilida yozilgan asarlar orqali dunyoga keng tarqalgan. Hindistonda ixtiro qilingan, hindlarning o‘zi «qo‘shinning to‘rt turi» deb ataydigan o‘yin bu- gungi kunda butun jahonda «shaxmat» nomi bilan ma’lum va mashhurdir. Hindlar birinchi bo‘lib shakarqamishdan shakar olganlar. Metallarga ishlov berish so- hasida ham hindlar kishini lol qoldirgulik nati- jalarga erishdilar. Qadimiy hind tillari asosida yangi ada biy til bo‘lmish sanskrit tili vujudga kelgan. «Ma- habharat», «Ramayana» dostonlari hamda boshqa asarlar ana shu tilda yozilgan bo‘lib, ular bugungi kunga qadar yetib kelgan. «Xudolarsiz din» Jamiyatdagi o‘zgarishlar ta’si- rida hindlarning diniy e’tiqodlari ham o‘zgarib borgan. Mil. avv. VI asrda yangi buddaviylik dinining yaratilishi Budda taxallusini olgan shahzoda Siddhar- tha Gautama nomi bilan bog‘liq. Rivoyatda naql qilinishicha, shahzoda Siddhartha Gautama 20 yoshga to‘lguniga qadar hukmdor otasi saroyida betashvish kun kechirgan. U kunlardan bir kuni sayr qilib yurgan paytda munkillagan, bedavo dardga yo‘liqqan bir kishiga, keyin esa dafn maro- Siddhartha Gautama. Zamonaviy rasm Hindlar ixtiro qilgan shaxmat donalari Sanskrit yozuvi O‘zingizni sinang! Pataliputra – ... Sanskrit – ... «Qo‘shinning to‘rt turi» – ... 67 simiga ko‘zi tushadi. Shunday qilib shah- zodaga insonning azobi va ajali ma’lum bo‘ldi. Bu Siddhartha Gautama hayotini tamomila o‘zgartirib yubordi. U saroydagi farog‘atli turmushdan voz kechdi, hayot mazmunini izlab topish maqsadida dunyo bo‘ylab sayohatga otlandi. Bir kuni ma’rifatga erishgan Budda in- son son-sanoqsiz marotaba tug‘ilishi va va- fot etishini tushunib yetadi. Keyingi hayotda odamning kim bo‘lib tug‘ilishi ham uning sa’y-harakatlari va amallariga bog‘liq bo‘ladi, degan xulosaga keladi. Budda va uning izdoshlari bo‘lgan bud- daviylar inson yolg‘on so‘zlamasligi, mol- davlat to‘plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to‘kmasligi lozim, deb hisoblaydilar. Shu sa- babli inson har qanday xohish-istaklardan voz kechishi zarur, negaki har qanday xo- hish-istak azob-uqubatga olib keladi. Avvaliga buddaviylarda xudo bo‘lmagan, chunki ular xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblaganlar. Bi- roq ko‘p o‘tmay, Buddaning o‘zi xudoga ayla- nadi. Bugun ham buddaviylik ibodatxonalari- da uning haykallarini ko‘rish mumkin. Budda nilufar gulida teran o‘ylarga cho‘mgancha qilt etmay, ko‘zlarini yumib, chordona qurib o‘tirgan holatda tasvirlanadi. Budda O‘zingizni sinang! Chandragupta – ... Buddaviylik – ... Ashoka – ... Budda – ... Eslab qoling! Budda diniga Budda nomini olgan shahzo- da Sid dhartha Gautama asos solgan. 68 Savol va topshiriqlar 1. Mil. avv. VII–VI asrlarda Hindistonda qaysi davlatlar vujudga keldi? 2. Buyuk jahongirlardan qaysi biriga Hindiston davlatini bo‘ysundirish nasib etmadi? Nima uchun? 3. Maurya davlati asoschisi kim? 4. Qaysi hukmdor davrida Maurya davlati ri- vojlanishda yuksak pog‘onalarga erishdi? 5. Hindlarning eng ahamiyatli kashfi yot va ixti- rolarini aytib bering. 6. Hindlar qaysi dinni «xudolarsiz din» deyish- gan? 17-§. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalari Xitoyda sivilizatsiya ildizlari Misr, Mesopotamiya va Hin- distondagi kabi Xitoyda ham qadimgi sivilizatsiyalar Xu- anxe va Yantszi degan katta Xuanxe daryosi Tayanch konspekt mil. avv. VII–VI asrlar – Magadha, Koshala, Malla davlatlari mil. avv. 327-yil – Makedoniyalik Alek- sandrning Hindistonga yurishlari Chandragupta – Maurya davlatining asos- chisi, poytaxti Pataliputra bo‘lgan mil. avv. III asr – Ashoka hukmronligi – Hindistonning gullab-yashnashi davri ixtirolar: raqamlar, «nol» raqami, shaxmat «Mahabharat», «Ramayana» – xalq dos- tonlari buddaviylik – «xudolarsiz din»        Eslab qoling! Avvaliga buddaviy- larda xudo bo‘lmagan. Chunki ular xudolar inson azob- uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblaganlar. 69 daryolar bo‘ylarida vujudga kelgan. Mil. avv. 3-ming yillikning oxirlarida qadimgi Xitoy hududida ilk davlat Xuanxe daryosining o‘rta oqimida paydo b‘oladi. Bu davlatni Sya sulo- lasi hukmdorlari boshqarib turganlar. Shan qabilasining boshlig‘i Sya sulolasi podshosini taxtdan ag‘darib, davlatni o‘ziga bo‘ysundir- gan. Xitoy amaldori Sholi dalasi Shu tariqa davlat nomi ham uning bosh shahri nomi kabi «Shan» deb atal- gan. Mil. avv. 3-ming yillikning Shan- ga qo‘shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning hukmdori Shan yerlarini o‘zinikiga Qadimgi Xitoy Chendu Dunxuan Chansha Loyan Xao (Sian) Szi (Pekin) Tayvan o. Xaynan o. Mil. avv. II ming yillikda Shan davlatning hududi Milodiy II asrda xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tgan joylar JANUBIY XITOY DENGIZI Panyuy (Guanchjou) Buyuk Xitoy devori Xuanxe Yantszi Eslab qoling! Xitoyda qadimgi sivi- lizatsiyalar Xuanxe va Yantszi daryo- lari bo‘ylarida vujudga kel- gan. 70 qo‘shib oladi va «Chjou» degan katta davlat- ni bunyod etadi. Davlat ulkanligi bois hukm- dorlar uni «Osmon ostidagi podsholik», o‘zlarini esa «Osmon o‘g‘illari» deb atash- gan. Butun Shimoliy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgan. Xitoy aholisi mashg‘ulotlari Dehqonchilik Xitoyda azal- dan e’tiborli va faxrli kasb hisoblab kelingan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug‘doy bo‘lgan. Keyinchalik xitoyliklar sholi yetishtira boshladilar, sholi urug‘i Hindistondan keltiril- gan. Xitoy aholisi «choy» daraxtini ham yetish- tirganlar, uning barglaridan shifobaxsh ichim- lik bo‘lmish «choy» tayyorlanadi. Choy tez orada butun jahonga tarqaldi. Tut daraxtini yetishtirish Xitoy aholisining asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Tut bargi bilan ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari pillalarga tolalarni o‘raydi, pilladan esa nihoyatda yengil va nafi s mato bo‘lmish ipak shoyi tayyorlanadi. Xitoy «ko‘p podsholiklar» davrida Miloddan avvalgi VIII –VII asrlarda Chjou davlatining markaziy hokimiyati zaifl a- sha boshladi. Ayrim viloyatlar noiblari pod- sho hokimiyatidan ozod bo‘lishga intilar edi- lar. Xitoyga ko‘chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka vilo yatlar aholisi ajralib chiqib, o‘z davlatilarini tashkil Boy amaldorning turar joyi Chjou davlati hukmdori O‘zingizni sinang! Xuanxe va Yantszi – ... Shan – ... Chjou – ... 71 eta boshladi. Shu taxlit, miloddan avvalgi VII–V asrlardagi davr tarixda «ko‘p podsho- liklar» davri nomini olgan. Xitoyda ayni ma- halda «kurashayotgan podsholiklar» davri ham boshlanadi. «Zafaryor» – imperiyaning oliy hukmdorlari bilan ajralib chiqqan davlat- lar hukmdorlari o‘rtasida boshlangan urush- lar ikki yuz yildan uzoqroq davom etdi. Bu davr Sin davlati hukmdori o‘zining bar cha ra- qiblarini yo‘q qilib yagona davlat tuzishi b ilan yakunlandi. Savol va topshiriqlar 1. Qaysi daryolar vodiysida Xitoyning ilk sivili- zatsiyalari vujudga kela boshladi? 2. Xitoyda birinchi davlat qachon tashkil top- di? U qanday atalgan? 3. Xitoyning qaysi qadimgi davlati «Osmon ostidagi podsholik» degan nomni olgan edi? 4. Qadimgi Xitoy aholisining asosiy mashg‘u- lotlarini sanab bering. Qog‘oz ishlab chiqarish. Zamonaviy rasm Sin Shixuandi – mar kazlashgan Xitoy hukmdori. Zamonaviy rasm Tayanch konspekt mil. avv. 3-ming yillikning oxirlari – Xitoyda ilk davlatning vujudga kelishi mil. avv. 2-ming yillik – Shan, Chjou davlatlari dehqonchilik – sholi – choy – ipakchilik mil. avv. VII –V asrlar – «ko‘p podsholiklar davri»     72 18-§. Miloddan avvalgi III- milodiy II asrlarda Xitoy Markazlashgan davlatning tashkil topishi Mil. avv. 246-yilda Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan hukmdor Sin Shixu- andi nomini qabul qilgan. Bu nom «Sin- ning birinchi hukmdori» degan ma’noni bildiradi. O‘z davlati hududini 36 vilo- yatga taqsimlagan hukmdor har biriga noib- larini rahbar etib tayinladi. Sin Shixuandi hali tirikligidayoq o‘ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari bilan bellasha oladi. Maqba- rani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod etgan. Maqbara bir necha kvadrat kilometr maydonga joylashgan. Sin Shixuandi qabri- dan hukmdorni «qo‘riqlash» uchun o‘rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari topilgan. Buyuk Xitoy devori Sin Shixuandi o‘z davla- tini ko‘chmanchi xunnlar- ning hujumlaridan himoya qilish uchun Shimoliy Xitoy bo‘ylab qurilgan mudofaa devorini yanada mustahkamlash- ni buyurgan. Devorni qurish ishlari dast- lab mil. avvalgi IV asrda boshlangan. Bu devor tarixda Buyuk Xitoy devori deb atal- gan. Uning balandligi 6-10 metr, qalinligi 5-8 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. U qadim zamonlarda dushman qo‘shinlari uchun jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qilgan: otliq qo‘shinlar undan oshib o‘ta ol- mas, qal’alarni hujum bilan zabt etishni esa ko‘chmanchilar hali uddalay olishmasdi. Askarlarning sopol haykallari. Sin Shixuandi maqbarasi Eslab qoling! Sin Shixuandi Shimoliy Xi- toy bo‘ylab qurilgan mu- dofaa devorini yanada mus- tahkamlashni bu yurgan. 73 Podsho va amaldorlar devor qurilishida minglab dehqonlarni majburan ishlatganlar. Xitoyda xalq qo‘zg‘olonlari Mil. avv. 206-yilda Sin su- lolasiga qarshi dehqon- lar qo‘zg‘oloniga Lyu Ban boshchilik qilgan. Qo‘zg‘olonchilar poytaxtni egallab oladilar. Shu tariqa Sin podsholigi tugatildi va Xan sulolasi hukmronligida yan- gi davlat barpo etildi. Bu sulola davlati U-Di hukmronligi davrida eng qudratli davlatga aylandi. Sharqning boshqa davlatlaridagi kabi Xi- toyda ham mavjud yerlar hukmdorniki hi- soblangan, aholi soliqlar to‘lab, turli mehnat majburiyatlarini bajarishgan. Og‘ir mehnat evaziga yetishtirilgan hosil ko‘pincha dehqon- ning o‘ziga nasib etavermasdi. Jabr-zulm hamisha xalqning noroziligini kuchaytirib yuboradi. Davlatning turli joyla- rida qo‘zg‘olonlar boshlanib ketadi. Ulardan biri milodning boshlarida «qizil qoshlilar» qo‘zg‘oloni nomini olgandi, chunki qo‘zg‘olon ko‘targanlar o‘z odamlarini chalkashtirib qo‘ymaslik uchun qoshlarini qizil rangga bo‘yab olgan edilar. «Sariq ro‘mollilar» qo‘zg‘oloni II asrda- gi eng yirik isyon bo‘ldi. Qo‘zg‘olon butun mamlakatni qamrab oldi. Faqat hukmdorning yaxshi qurollangan va harbiy ta’lim ko‘rgan qo‘shinlarigina uni bostirishning uddasidan chiqishdi. Xunnlar hujumlari kuchayishi bilan davlat ham zaifl ashdi. Milodiy III asrda Xan davlati uchta podsholikka parchalanib ketdi. Xan sulola- sining hukm- dori – U-Di Xitoydagi xalq qo‘zg‘oloni Buyuk Xitoy devori 74 Qadimgi Xitoy madaniyati Qadimgi Xitoyda o‘ziga xos yuksak madaniyat yaratilgan. Mahalliy aho- lining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmand- chilik, binokorlik va boshqa sohalar bilan bog‘liq bo‘lib, ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan. Shu tariqa matematika, astronomiya va geografi ya fanlari rivoj topgan. Shuningdek, qadimiy xitoyliklar me’morchilik va haykalta- roshilik sohalarida katta yutuqlarga erish- ganlar. Qadimgi Xitoyda so‘z va jumlalarni ifodalagan iyeroglif yozuvi mavjud bo‘lgan. Avvaliga xitoyliklar bambuk taxtachalarga yozishgan. Bundan 2,5 ming yil muqaddam yozuv uchun bambuk o‘rnida shoyidan foyda- lanishga o‘tildi. Shoyi matolariga mo‘yqalam bilan yozilgan. Endi kitob uzun shoyi par- chasiga o‘xshar va tayoqchaga o‘ralardi. Mil. avv. I asrda esa qog‘oz ixtiro qilindi. Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri kompas bo‘lgan. U magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali katta qoshiqni esla- tar edi. Bu moslamani kataklarga ajratilgan zarhallangan yog‘ochga o‘rnatishgan, uning dastasi esa hamma vaqt janubni ko‘rsatgan. Xitoyda zilzilani oldindan aniqlab beruvchi seysmograf ham ixtiro qilingan. Seysmograf Xitoy chinnisi Bambuk taxtachalardagi yozuvlar O‘zingizni sinang! Sin Shixuandi – ... Iyeroglif – ... Buyuk Xitoy devori – ... Xitoyda ixtiro qilingan kompas 75 Savol va topshiriqlar 1. Xitoyni yagona davlatga birlashtirgan hukmdor nomini ayting. Bu voqea qachon bo‘lgan? 2. Hukmdor Sin Shixuandi haqida so‘zlang, uning shaxsiyatiga baho bering. 3. Buyuk Xitoy devori haqida nimalarni bila- siz? Devor binokori nomidan hikoya tuzing. 4. Xitoyliklarning ixtirolarini sanab bering. Qay silaridan hozir ham foydalanamiz? 19-§. O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar Qadimgi aholining etnik tarkibi va hududiy joylashuvi Yozma manbalarning gu- vohlik berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘zbekiston hamda qo‘shni hududlarda so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar hamda sak va massaget gabilalari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma man- balarida bu hudud So‘g‘diyona deb nom- Suyakka bitilgan Xitoy yozuvi Qadimgi Xitoy tarixchisi Sim Syan Tayanch konspekt Sin Shixuandi – Sin davlatining hukmdori Buyuk Xitoy devorining qurilishi xalq qo‘zg‘olonlari: – mil. avv. 206-yil – Lyu Ban – «qizil qoshlilar» qo‘zg‘oloni – milodiy II asr – «sariq ro‘mollilar» qo‘zg‘oloni ixtirolar: iyeroglifl ar, qog‘oz, kompas, seysmograf     Sak jangchisi. Tiklangan 76 langan. Mazkur hududda yashaydigan aholi so‘g‘diylar deb atalgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan. So‘g‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baq triyaliklar bo‘lib, ular Surxon vohasi, Afg‘onistonning shimoliy, Tojikiston ning janu- biy hududlarida joylashgan. Yu non-rim mual- lifl ari u yerlarni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Cho‘llar va Amudaryo (daryoning qadimgi nomi Oks) bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashagan. O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan. Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishla- richa, saklar uch guruhga bo‘lingan. Ularning ko‘pchilik qismi saka-tigraxauda, ya’ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Ja- nubiy Qozog‘iston yerlarida yashaganlar. O‘rta Osiyo elatlari Mil. avv. VI asr. Tiklangan O‘rta Osiyo va Qadimgi Sharq BOBIL NIL MIDIYA ELAM MARG‘IYONA HINDISTON BAQTRIYA PARFIYA XORAZM ARMANISTON OSSURIYA SO‘G‘D Saklar Saklar MISR LIDIYA Eslab qoling! So‘g‘d – Za- rafshon va Qashqadaryo vohasida, Xorazm – Amudaryoning quyi qismida, Baq triya – Surxon- daryo vohasi, Afg‘oniston- ning shimoliy, Tojikistonning janubiy hudud- larida joylash- gan. 77 Ikkinchi guruhi saka-tiay-taradarayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi sak- lar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo‘ylarida, Sirdaryoning (qadimgi nomi Yaksart) quyi oqi- mida yashaganlar. Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg‘o- nada saka-xaumovarka deb ataluvchi ya’ni muqaddas ichimlikka sig‘inuvchi saklar ya- shagan. Mil. avv. VII–VI asrlarda xo‘jalikning rivoji Bu davrlarda Xorazm, So‘g‘d va Baqtriya aholi- sining asosiy mashg‘uloti sun’iy sug‘orishga asos- langan dehqonchilik bo‘lgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq ham ancha rivoj topqan. Man- zilgohlardan yuqori sifatli kulolchilik idishlari, temir va bronza bu yumlar topilgan. Ko‘chmanchi sak va massaget qabilalari- ning asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, ular tuya, ot, qo‘y va echkilarni boqqanlar. Chorvadorlar hayvon terisidan poyabzal, kiyimlar, chodirlar tikib, g‘alla va mevaga ayir- boshlaganlar. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida mil. avv. VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan. Ular hunar- mandchilik ishlab chiqarishi va savdo markaz- lari edi. Qadimshunoslar Afrosi- yob (Samarqand), Yer- qo‘r g‘on va Uzunqir (Qash qadaryo vohasi), Kulolchilik charxida sopol idish yasash Baqtriya uy-joy qoldiqlari. Mil. avv. VI-V asrlar Ko‘chmanchi O‘zingizni sinang! Saka tigraxauda – ... tiay-taradarayya – ... xaumovarka – ... Mil. avv. VII – VI asr larda qadimgi shahar madaniyati 78 Ko‘ zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxon- daryo vohasi) kabi qadimiy shaharlarni o‘rganishgan. O‘zbekistonning bunday qa- dimiy shaharlari qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? Qadimgi shaharlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Shaharda hokim yashaydigan qal’a bo‘lgan. Qal’ada xom g‘ishtdan qurilgan katta saroy joylashgan. Devorning burjlari va o‘q otish uchun maxsus shinaklari ham bo‘lgan. Shahar ichkarisida turar joylar va hunarmand- chilik ustaxonalari joylashgan. Shaharlarning bir guruhi savdo va hunar- mandchilik markazlari bo‘lsa, boshqalari alo- hida tuman va viloyatlar markazlari hisoblan- gan. Qadimgi davlatlar Mil. avv. VII asrda tashkil topgan Qadimiy Baqt- riya davlati O‘rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlardan biri sana- ladi. Marg‘iyona va So‘g‘d Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta’sirida bo‘lgan. Mazkur davrda Surxondaryo, Qashqadar- yo, Zarafshon vohalarida gadimgi shaharlar rivojlangan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va Afrosiyob o‘rnida Baqtriya va So‘g‘dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu qadimgi shaharlarning yoshi 2700 yildan kam emas. Yana bir qadimiy davlat Xorazm hudu- dida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo‘lgan yerlarni ham birlashtirgan. Qadimgi Xorazm vohasi markazlaridan biri Ko‘zaliqir qal‘asi edi. U qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Vohaning aholisi dehqonchilik Qiziltepa sopol idishlari Qadimiy Baqtriya uy-qo‘rg‘oni. Surxondaryo vohasi. Mil.avv.VII–IV asrlar 79 va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Qadim- gi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlangan. Mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug‘i o‘zga yurtlarga ham tarqalgan edi. Xorazmliklar mohir quruvchi va hunarmand bo‘lganlar. Savol va topshiriqlar 1. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘rta Osiyo hududida qaysi qabila va elatlar yashagan- lar? 2. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekiston hududida rivoj topgan hunarmandchilik tur- larini sanab bering. 3. O‘rta Osiyoning qadimgi davlatlari qaysilar? 4. O‘zbekistonning ilk shaharlari qanday kori- nishga ega bo‘lgan? Arxeologik tadqiqotlar qatnashchisi nomidan so‘zlab bering. Qadimgi shahar xarobalari Tayanch konspekt mil. avv. VII–VI asrlar – so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, saklar, massagetlar So‘g‘diyona Xorasmiya Baqtriana (Baqtriya) Amudaryo – massagetlar, Sirdaryo – saklar mil. avv. VII asr – Qadimiy Baqtriya davlati Qiziltepa, Yerqo‘rg‘on, Uzunqir, Afrosiyob Xorazm – Ko‘zaliqir        Eslab qoling! Afrosiyob – hozirgi Samarqand- ning sharqiy chegarasi hududlarida mil. avv. VIII-VII asrlarda asos solingan qadimiy sha- har xaroba- laridir. 80 20-§. Zardushtiylik Zardushtiylik- ning vujudga kelishi tarixi Mil. avv. 1- ming yillikda O‘rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqa- ladi. Bu din hali odamlar ta- biatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov, tuproq, suv va yulduzlarga sig‘inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan. «Zardushtiylik» so‘zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. U mil. avv. 1-ming yillikning birinchi yarmida yashab o‘tgan tarixiy shaxs. Keyinroq Yunonistonda Zardushtning ismi «Zoroastr» shaklida jaranglaydi (yunoncha «astron» – «yulduz»), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand, munajjim sifa- tida bilishgan. Zardushtiylik paydo bo‘lishi haqida shun- day bir afsona bor. Bir kuni erta tongda Zardusht suv olish uchun daryo bo‘yiga boribdi. Zilol suvda u Ahuramazda elchilaridan birining siymosini ko‘rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo‘l ko‘rsatibdi. Zardusht sehrli nur izidan ergashibdi, ko‘p o‘tmay oliy iloh Ahuramazda qarshisiga bo- rib qolibdi. Ahuramazda xudosi uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun Zardishtni tanlaganini ma’lum qilibdi. Shu tarzda Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta’limot payg‘ambariga aylangan. «Pay- g‘ambar» so‘zining o‘zi esa «ezgu amallar ha- qida xabar beruvchi» ma’nosini anglatadi. Zardusht. Zamonaviy rasm Eslab qoling! Zardusht – zardushtiy- lik dinining asoschisi. 81 Zardushtiylikning tarqalishi Zardushtiylik tarqala boshlagan paytlarda ibodatxonalar va odam- lar duo matnlarini o‘rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo‘lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan yonida yoki uy- dagi o‘choq olovi atrofi da o‘tkazilgan. Avval turli qabilalarni istilochilarga qar- shi kurashga birlashtirish uchun Zardusht ularni birlikka da’vat qilgan. Zardushtning so‘nggi va’zlari din xiz- matchilari – kohinlar tomonidan yozib olin- gan. Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o‘qib berishgan. Zardushtning vafotidan keyin bir necha asrlar o‘tgach, barcha diniy marosimlar, mad- hiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqad- das bo‘lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi «Avesto» bo‘lib, «qat’iy belgilangan qo- nun-qoidalar» degan ma’noni anglatadi. «Avesto»ning ilk qismi mil. avv. IX – VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Zardusht va’zlari matnlarining hammasi mil avv. III asrda 21 ta kitobda jamlangan, bu kitoblar «Avesto» asosini tashkil etgan edi. «Avesto» matnlariga sharh esa «Zand» deb yuritiladi. Olimlarning izlanishlari tufayli bugungi kunda biz zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» matnlari bilan tanishish imkoniyati- ga ega bo‘ldik. Fransuz olimi A.Dyuperron ilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tar- jima qilgan. Ahuramazda Zardushtiylar ta’zim qiladigan quyosh chiqishi 6 – Tarix, 6-sinf. Eslab qoling! Astrolog (mu- najjim) – yul- duzlar joy- lashuviga qarab kelajakni bashorat qilish bilan shug‘ul- lanadigan odam. 82 Zardushtiylik xudolari, ta’limoti va marosimlari Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari Ahuramaz- da, Mitra va Anaxitadir. Ahuramazda zardushtiylar- ning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra – Quyosh va yorug‘lik xudosidir. O‘tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o‘lim xudosi bo‘lmish Ahriman bilan jang qiladi. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amaldan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qi- lish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish lo- zim edi. Zardushtiylarda vafot etgan odamlarni dafn etish borasida alohida marosim yuza- ga kelgan. Inson vafot etganida marhum- ning jasadini yerga ko‘mish ham, olovda kuydirish ham, suvga tashlab yuborish ham ta’qiqlangan. Shu sababdan ham murdani yirtqich qushlar va hayvonlar yeb ketishi uchun jasadni toshli va qumli tepaliklarda qoldi- rishgan. Yomg‘irlarda yuvilgan va oftob qoqlagan suyaklarni maxsus sopol to- butchalar – ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan. Zardushtiylik kohini Eslab qoling! «Avesto»ning ilk qismi mil. avv. IX – VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Zardusht va’zlari matn- larining ham- masi milod- dan avvalgi III asrda 21 ta ki- tobga jamlan- gan, bu kitob- lar «Avesto» asosini tashkil etgan. 83 Xudo Ahuramazdaning saroy devoridagi tasviri. Persepol Ossuariy Savol va topshiriqlar 1. Zardushtiylikning ilk targ‘ibotchisi kim? 2. O‘rta Osiyo hududida zardushtiylik tarqal- gan davrni ayting. 3. O‘ylab ko‘ring, nima uchun ezgulikka inti- lish va yaratuvchanlik doim qadrlanib kel- gan? 4. Zardushtiylarning qaysi marosimlarini bila- siz? 5. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Aves- to» ning ahamiyati nimada? Tayanch konspekt Zardusht – yangi din asoschisi Zoroastr – «astrolog» «Avesto» qabilalar birlashishi zarurati olovga sig‘inish Ahuramazda, Mitra, Anaxita, Ahriman Zand – «Avesto»ga sharh Ezgulik va Yovuzlik kurashi dafn marosimlari, оssuariylar.         M il. a vv . 1 -m in g yi lli kd a za rd us ht iy lik  Eslab qoling! Zardushtiy- lar umrining tub ma’nosi ezgu fi kr, ezgu so‘z va ezgu amaldan iborat bo‘lishi lozim. Insonning aso- siy burchi eng avvalo adolatli tur mush tarzi hisoblangan. 84 21-§. Antik tarixning boshlanishi Hudud va mashg‘ulotlar Bolqon yarimoroli va O‘rtayer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi Qadimgi Yunoniston deb atalgan. Shi- mol tarafi dan tashqari, Qadimgi Yunonistonni O‘rtayer dengizi suvlari o‘rab turadi. Yunoniston hududining uchdan bir qismini tog‘lar egallagan. Yunonistonning eng baland tog‘i Olimpdir. Bu tog‘ mamlakatning shimoli- sharqiy qismida joylashgan. Serunum dalalar faqat vodiylarda bo‘lgan. Tog‘lar o‘t-o‘lanlar va butalar bilan qoplangan. Yunonistonning shimolida va Peloponnesda yunonlar uchun nihoyatda qadrli bo‘lgan nina- III - BO‘LIM QADIMGI YUNONISTON Qadimgi Yunonistonning qoyali qirg‘oqlari Qadimgi Yunoniston Miloddan avvalgi 1 ming yillik boshlarida yunonlar joylash- gan hududlar chegarasi Krit Knoss Rodos o. Rodos Knid Milet Efes SpartaPilos Messena Olimpiya Itaka Miken Agros Delf Fern Olimp tog‘i Afi na Marafon SHIMOLIY YUNONISTON O‘RTA YUNONISTON Eretriya EGEY DENGIZIPELOPONNES IO NIYA D ENG IZI 85 bargli o‘rmonlar o‘sgan. Yunonlar qadim za- monlardan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. Mil. avv. 2- ming yil- likda Janubiy Yuno niston va Krit orolida ilk shahar- davlatlar vujudga kela boshladi (Knoss, Mik- en). Krit orolidagi sivilizatsiya afsonaviy pod- sho Minos nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi deb atalgan. Mazkur sivilizatsiya kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo‘lgan vulqon otilishi oqibatida vayron bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay qayta tiklangan. Qit’adagi Yunoniston hududidan jangovar qabilalar bostirib kiradi, ularni axeylar deyish- gan. Aynan axeylar Minoy sivilizatsiyasi bar- bod bo‘lishini nihoyasiga yetkazdilar. Doriylar- ning Janubiy Yunonistonga bostirib kirishi Miken davlatining tugatilishi va Sparta davla- tining vujudga kelishiga olib keldi. Yunonlarning dengiz sayohatlari Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlari va qo‘l- tig‘lari yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratib ber- di. Biroq yunonlarda katta kemalar bo‘lmagan, kichik eshkakli qayiqlarda esa sohildan yiroq- qa suzib borish ancha xatarli bo‘lgan. Yunon- lar adashib qolishdan xavfsirab, ko‘z ilg‘aydigan qisqa masofalarga – oroldan orol- ga yoki sohil yaqinida suzishgan. Tajribali den- gizchilar esa yelkanlardan foydalanib, olis sayohatlarga – Misrga hamda O‘rtayer va Qora dengiz sohillaridagi shaharlarga suzib borishgan. Yunonlar odamlar yashaydigan hududlarni Oykumena deb atashgan. Yunonlar dengizda. Zamonaviy rasm Minoy sivilizatsiyasi imoratlarining xarobalari Sivilizatsiyaning vujudga kelishi 86 Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan Qadimgi Yunoniston va Krit oroli hududlarini ko‘rsating. Mamlakatning geo- grafi k o‘rnini tavsifl ang. 2. Qadimgi Yunonistonda ilk sivilizatsiya qa- yerda vujudga keldi? Nima uchun u za- volga yuz tutdi? 3.Yunonlarning dengiz sayohatlari haqida so‘zlab bering. 22-§. Qadimgi Yunonistonning yuksalishi Yunon shaharlari Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bi- lan shaharlar soni ham ortib bo- radi. Yunon shaharlarining ko‘pchiligi bir q an- cha manzilgohlar birlashishi yo‘li bilan t ashkil topadi. Bunday shaharlar yunoncha «polis», ya’ni «shahar» deb atalgan. Ular shahar- davlatlarni tashkil etgan. Barcha shahar-dav- latlar o‘z qo‘shinlariga ega bo‘lgan. Polislar bir-birlari bilan tez-tez urushib turganlar. Shu sababli yunonlar askarlarga ta’lim-tarbiya be- rishga va durust qurollantirishga intilar edilar. Qo‘shinlarning asosini og‘ir qurollangan as- karlar – goplitlar tashkil etgan. Ular to‘rtbur- Afi na bandargohida Yunon gopliti Tayanch konspekt Bolqon yarimoroli, Peloponnes yarimoroli mil. avv. 2-ming yillikda – Miken, Krit davlatlari mil. avv. 1200-yil – doriylar Miken davlatini vayronaga aylantirdilar    Eslab qoling! Afi na va Sparta davlat- lari Qadimgi Yunoniston- ning eng yirik shahar-davlat- lari bo‘lgan. 87 chak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga zich joylashgan qatorlar bilan jang qi lishgan. Bun- day jangovar safga tizilish falanga deb atal- gan. O‘rta Y unonistoning ja nu bi- sharqiy qismid a tog‘ lik At- tika viloyati joylashgan y arimorol mav jud edi. Mil. avv. 2-ming yillikda Attikaning g‘arbiy qismida yu nonlar «Akropol», ya’ni «Yuqori shahar» deb atalgan qal’a quradilar. Bora- bora Akropol tevaragiga odamlar ko‘chib kelib o‘rnasha boshladilar. Shu tariqa Afi na shahri vujudga keldi. Attika aholisi uchta katta guruhga bo‘lingan, jumladan: fuqarolar, chet elliklar – meteklar va qullar. Otasi va onasi ozod afi nalik bo‘lgan erkaklargina Afi na fuqarosi bo‘la olgan. Afi na davlati fuqarosi bo‘lish faxrli edi. Faqat fuqarolargina barcha huquqlardan foydalana olardilar. Ular og‘ir mehnat va salomat likka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan edilar. Afi na davlatiga kumush konlarining mah- suloti va tuz qazib olish katta daromad keltir- gan. Bundan tashqari, Afi na dengiz ittifoqi mustahkamlanishi bilan dengiz savdosi ham rivoj topadi. Afi naning asosiy portiga aylangan Pirey bandargohidan mamlakatga xilma-xil to- varlar bilan qullar ham keltirilgan. Afi na fuqarolari Yunon piyodalarining safga zich tizilishi (falanga) O‘zingizni sinang! Shahar-davlatlar – ... Goplitlar – ... Polislar – ... Falanga – ... Afi na davlati Eslab qoling! Attika aholisi uch katta guruhga bo‘lingan edi, jumladan: fuqarolar, meteklar va qullar. 88 Afi nada ta’lim Afi nada davlat maktablari bo‘l- magan. Ota-onalar o‘z bolala- rini pedagogga (yunonchada «pedagog» so‘- zi «bolani yo‘lda kuzatib boruvchi» ma’nosini a nglatadi) haq to‘lab o‘qitishgan. Qonun bo‘yicha faqat o‘g‘il bolalar uchun ta’lim olish majburiy bo‘lgan. Yetti yoshdan boshlab bolalarga yozuv va hisob o‘rgatilgan. Stil bilan mum surkalgan tax- tachalarga harfl arni metall tayoqcha bilan yo- zishgan. Aksariyat fuqarolar uchun ta’lim shun- dangina iborat bo‘lgan. Puldor ota-onalarning farzandlari esa palestra – xususiy gimnastika maktablarida tahsilni davom ettirishgan. Pales- trada adabiyot o‘qitilar, she’r yozish va musiqa ham o‘rgatilar edi. O‘g‘il bolalar 14 yoshdan gimnastika bi- lan shug‘ullanardilar. Ayni paytda ularga kurash, nayza otish va disk uloqtirish, uzun- likka va balandlikka sakrash hamda yugurish ham o‘rgatilardi. O‘spirinlar, shuningdek, qo‘l jangi, harbiy ishlar va otga minib yurishni o‘rganishgan. Palestralarda mashhur haykaltaroshlar ishlagan haykallar turgan. Masalan, pales- tralardan birida Mironning «Diskobol» («Disk uloqtiruvchi») degan haykali o‘rnatilgan. Haykal vositasida yigit kishi qanday bo‘lishi – kuchli, jismonan barkamol va o‘z vatani himoyasiga shay turishi kerakligi uqtirilgan. Afi nada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lgan. Ammo ularda faqat o‘ta boy ota-onalarning farzandlarigina o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishgan. Bunday ta’lim muassasalarida astronomiya, geometriya, geografi ya, tarix o‘qitilardi. Disk uloqtiruvchi. Haykaltarosh Miron Eslab qoling! Yunon haykal- taroshlari haykallar orqa- li har bir o‘spi- rin – kuchli, jismonan baquvvat va o‘z vatanini himoya qi- lishga tayyor bo‘lishi lozim- ligini ifodala- ganlar. 89 Ta’lim olish muddati 3 -4 yil davom etgan. Ana shundan keyin davlat ishlarida ma’lum bir lavozimni egallash imkoniyati vujudga kel- gan. Mil. avv. XII asrda Janubiy Yunonis ton (Lakonika) hududiga d oriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular Sparta shahar-davlatiga asos soldi- lar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan mahal- liy aholi – ilotlar ham aslida yunonlar bo‘lib, ular bilan bir tilda so‘zlashgan. Ilotlar spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o‘z hukmronligini faqat kuch bilan saqlab qolish mumkin bo‘lgan. Shuning uchun ham spartaliklar o‘z davlatlarida alohi- da shart-sharoitlar yaratdilar, jumladan, ham- ma qat’iy intizomga amal qilar, yengilganlar shafqatsiz jazolanardi. Sparta urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir shaharga o‘xshab qolgan. Chet elliklar Spartaga kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan. Hamma uylar bir-biriga o‘xshatib qurilgan. Ilotlar kichik-kichik qishloqlarda yashagan- lar. Ular butun boshli davlatning mulki hisob- lanardilar. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berib, chorvani boqishgan va boshqa majburiyatlarni bajarishgan. Spar- taliklar esa faqat jangchi edilar. Ular deh- qonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug‘ullanmaganlar. Sparta fuqarolari (spartaliklar) Spartaliklar jangda Spartalik jangchi O‘zingizni sinang! Pedagog – Palestra – ... Stil – ... Miron – ... 90 Ilotlardan tashqari Spartada to‘la-to‘kis huquqlarga ega bo‘lmagan, shaxsan ozod kishilar – perieklar ham yashagan. Qadimgi Spartada kuchli va chidamli jangchilar nihoyatda qadrlangan. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan. Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o‘rgatib bo‘lajak jangchilar va Spartaning so- diq himoyachilari etib tarbiyalashardi. Spar- talik o‘smirlar ota-onalaridan alohida yasha- ganlar. Yigirma yoshga to‘lgan hamma yigitlar jangchi qo‘shinlariga qabul qilinib, qo‘shinda keksa yoshga qadar xizmat qilganlar. Ilotlar hosil yig‘imida Periek kulollar ish ustida Savol va topshiriqlar 1. Yunon shaharlari qay tariqa tashkil topdi? 2. Polis nima? Polisning o‘ziga xosligi nima- da? 3. Attika aholisi qaysi guruhlarga ajratilgan? 4 «Olis zamonlarda, men palestra – gimnas- tika maktabida ta’lim olganimda…». Hiko- yani davom eting. 5. Sparta maktabida bolalarga nimalar o‘r- gatilgan? Tayanch konspekt manzilgohlarning shahar-davlat (polis) larga aylanishi goplit → falanga Akropol → «yuqori shahar» fuqarolar → meteklar → qullar pedagog – «bolani yo‘lda kuzatib boruvchi» stil → metall tayoqcha → palestra Miron – «Disk uloqtiruvchi» mil. avv. XII asr – doriylar Spartaga asos soldilar periyeklar → ilotlar         91 Yunon tangalari Yunon koloniyalari 23-§. Yunon koloniyalari Yangi hududlarni o‘zlashtirish sabablari Qadimgi Yunonistonda zodagonlardan qarzdor bo‘lib qolgan, o‘z yer va mulkiga ega bo‘lmagan ko‘plab kishilar o‘z vatanini tark etishga, be- gona yurtlarda omadini sinab ko‘rishga majbur bo‘lganlar. Yersiz, nochor yunonlar safarga chiqishga hozirlana boshlaydilar. Jo‘nab ketish oldidan ular xudolarga qurbonliklar bag‘ishlashgan. O‘zlari bilan birga loy surtilgan qamishdan to‘qilgan savatchalarda olov ham olishgan. Olov ayni mahalda ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi edi. Yunon koloniyalarining tashkil topishi Yunonistondan ko‘chib kel ganlar Sitsiliya oroli so- hili va Apennin yarimoroli janubiga o‘rnashdilar. Yunonlarning Qora dengiz sohillariga joylashishi Olviya Pantikapey Xersones Kichik Osiyo ya. Milet Tir Kipr o. Krit o. Kirena Afi naSparta Bolqon ya. Apennin ya. Dunay Rim Sardiniya o. Korsika o. Sitsiliya o. Karfagen Vizantiya 92 Ularning manzilgohlari O‘rtayer va Qora dengiz bo‘ylarida ham vujudga keldi. Yunonlarning koloniyalari sekin-asta sha- har-davlatlarga aylana bordi. Bu shaharlar- ning o‘z hokimlari, qo‘shinlari, qonunlari va tangalari bo‘lgan. Ularda savdo-sotiq va hu- narmandchilik rivojlangan. Koloniyalarning aholisi Yunoniston shahar- lari – polislari bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Yunonlar o‘zini yagona xalq – ellinlar deb, o‘z vatanini esa Ellada deb atashgan. Yunon- lar o‘zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo‘lmagan xalqlarni «varvarlar» deb atashgan. Mil. avv. VIII – VI asrlarda ko‘pdan-ko‘p yunon koloniyalari tashkil topdi. Bu davr ta- rixda Buyuk Yunon koloniyalashtirishi nomini olgan. Qora dengiz sohillarida Olviya, Xer- sones, Pantikapey va boshqa yirik koloni- yalar vujudga keldi. Yangi mamlakatlar bilan tanishuv yunon madaniyatini boyitdi. Masalan, miloddan av- valgi VIII asrda Yunonistonda Finikiya alif- bosiga asoslangan yangi yozuv vujudga kel- di. Alifbo 24 ta harfdan iborat bo‘lgan. Ular orasida unli harfl ar paydo bo‘ldi. Koloniyalar va yunon shaharlari o‘rtasida mahsulot ayir- boshlanishi savdo-sotiq va hunarmandchilik ravnaq topishiga asos yaratdi. Koloniyalardan Elladaga g‘alla, metallar va qullar keltirilar edi. Xersones shahridagi ibodatxona ustunlari Pantikapeydagi Xalq majlisi Tayanch konspekt mil. avv. VIII-VII asrlar – yunon koloniya- larining tashkil topishi mil. avv. VIII – VI asrlar – Olviya, Xersones, Pantikapey koloniyalari   Eslab qoling! Mil. avv. VIII – VI asrlarda ko‘pdan ko‘p y unon koloni- yalari tashkil topdi. 93 Savol va topshiriqlar 1. Yunon koloniyalari qachon tashkil topgan? 2. Qora dengiz sohillarida qaysi shaharlar vu- judga keldi? 3. Yunonlar o‘zlarini va o‘z vatanini qanday atashgan? 4. Yunonistondan ko‘chib kelgan kishi nomi- dan hikoya tuzing. Nima uchun siz Yuno- nistonni tark etishga majbur bo‘ldingiz? Yangi yurtlarda nimalarni ko‘rdingiz? 24-§. Afi nada demokratiya Demokratiyaning shakllanishi Afi na shahrida markaziy maydon bo‘lib, uning te- varagini turli-tuman imo- ratlar qurshab turgan. Maydon esa agora deb yuritilgan. U xalq yig‘ini maydoni bo‘lgan. Sha- har aholisining ko‘pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etgan. Afi na shahrida barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o‘z fi kr-mulohazalarini bayon eta olar edilar. Ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qo- nunlarni muhokama qilish uchun har oyda to‘rt marta agorada yig‘ilardilar. Barcha qarorlar ovoz berish yo‘li bilan qabul qilingan. Boshqaruvning bu shakli demokrati- ya deb ataladi, ya’ni bu atama «xalq hokimiya- ti» degan ma’noni anglatadi («demos» – xalq + «kratos» – hokimiyat). Notiqning Afi na fuqarolari huzuridagi nutqi Afi na. Akropol   Ellada – ellinlar – «varvarlar» Mil. avv. VIII asr – 24 ta harfdan iborat alifbo 94 Drakont qonunlari Afi nani idora qilishda Oq- soqollar kengashi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu kengash hokimlar va sudyalarni sayla- gan. Ular kengash a’zolari singari faqat Afi na aslzodalaridan iborat bo‘lgan. Afi nada aholi- ning bir qismini zodagonlar (aristokratlar) tashkil etib, boshqa bir qismi oddiy xalq – «de mos» ular ning foydasiga ishlashga maj bur edi. Shu bois Afi na davlati aholisi o‘rtasi da ke- lishmovchilik va nizolar vujudga kelgan. Adolat qaror topishini xohlagan har ikkala tomon Drakont ismli hukmdorga murojaat eta- di. Ular Drakontdan huquq va majburiyatlar borasida hammani tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qilishadi. Mil. avv. 621-yilda Drakont xalq boshqa- ruvini bekor qilgan qonunlarni yozdi va amalga kiritdi. Bu qonunlar shu qadar qattiq va ayov- siz ediki, afi naliklar ularga «siyoh qolib, qon bilan yozilgan», deya ta’rif berishgan. Qonun- larni arzimas darajada buzganlik uchun ham Drakont bitta jazo – o‘lim jazosi belgilagan. Avvaliga afinaliklar bu qonunlarga itoat etishgan, so‘ngra norozi bo‘la boshlashgan va Drakontni shahardan haydab yuborish- gan. Solon islohotlari Afi na davlatida xalq aslzo dalar hukmronligidan norozi edi. Xalqning ahvoli tobora yomonlashaver- di, shunda odamlar o‘z haq-huquqlari uchun kurashga bel bog‘ladilar. Ular zodagonlarning uy-qo‘rg‘onlariga hujum qila boshladilar. O‘z yeri va jonidan xavotirlangan zodagonlar yon berishga va xalq talablarining bir qismini ba- jarishga majbur bo‘lishadi. Qarzrdor yunonlarning Solon islohotlaridan keyin qullikdan qaytishlari Drakont qonunlariga binoan qatl jazosi Eslab qoling! Afi naning aholisi aristokratiya va demos nomli ikki qismga bo‘lingan. 95 O‘ta bilimdon va tajribali Solon degan zodagon, xalqqa yon berishning qattiq taraf- dori bo‘lgan. Zodagonlar Solonga ishonishdi va uni Afi na hukmdori etib saylashdi. Mil. avv. 594-yilda Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o‘zgartirdi. Avvalgi boshqaruv tizimi – aris- tokratiya (aslzodalar hokimiyati)ni demokrati- ya (xalq hokimiyati)ga almashtirdi. Davlatni boshqarishda faqat erkak fuqarolar ishtirok eta olardi. Ayollar va chet elliklar (ularni me- teklar deyishgan) qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdilar. Solonning taklifi bilan dehqonlarning qarz- lari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilinadi. Davlat boshqaruvidagi islohotlar Xalq majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’iy na- zar afi naliklar uchun ham davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko‘zda tutar edi. Erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar 20 yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardi- lar. Xalq majlisining katta qismi badavlat bo‘lmagan hunarmandlar, savdogarlar va dehqonlardan iborat bo‘lgan. Xalq majlisida omma uchun foydali qarorlar qabul qilingan. Navbatdagi majlis bo‘ladigan kun oldindan e’lon qilinardi. Majlis ertalab barvaqt tayinla- Xalq majlisi ↓ Strateg ↓ Beshyuzlar kengashi ↓ Xalq sudi Solon – Afi na hukmdori O‘zingizni sinang! Aristokratiya – ... Meteklar – ... Islohotlar – ... Afi nada demokratiya ravnaqi Eslab qoling! Mil. avv. 594-yilda Solon davlatni idora qilish- ning oldingi aristokra tiya tizimini demokratiyaga almashtirdi. 96 nar, chunki mehnatkash odamlar kunduz kuni majlisga kela olishmasdi. Afi nada mansabdor shaxslar Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylanib, maj- lisga hisobot berishgan. Mabodo mansabdor shaxs o‘z majburiyatlari ijrosini uddalay olma- sa, Xalq majlisi bu odamni muddatidan oldin lavozimidan bo‘shatgan. Xalq majlisi yangi qonunlarni tasdiqlar, boshqa qarorlar, masalan, yangi inshootlar qurilishiga, armiyaga va boshqalarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida ham qaror qabul qilar edi. Har yili saylanadigan Beshyuzlar kengashi kundalik joriy masalalarni hal qilardi. Beshyuz- lar kengashiga strateg rahbarlik qilgan. Ken- gash qarorlari Xalq majlisida tasdiqlangan. Xalq sudi ham Afi nada muhim davlat or- gani bo‘lgan. 30 yoshga to‘lgan fuqarolar uning faoli- yatida ishtirok etardilar. Sudda ayblanuvchi shaxs o‘zini-o‘zi himoya qila bilishi yoki chi- royli so‘zlay oladigan va qonunlarni biladigan odamni yollashi kerak bo‘lgan. Perikl asri Mil. avv. 443 –429-yillarda 15 marotaba strateg lavozimi- ga saylangan Perikl hukmron- ligi davrida Afi na eng qudratli davlatga aylandi va mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham «Perikl asri» deb atalgan. Ajoyib yunon yozuvchilari, olimlari va rassomlari Periklning do‘stlari bo‘lishgan. Perikl tarixchi Gerodot, haykaltarosh Fidiy bi- lan do‘st tutingan edi. Perikl Xalq majlisi dagi lavozimlarga ish haqi to‘lashni joriy qildi. Perikl hukmronligi davrida Afi nada katta quri lish ish- lari amalga oshirildi. U Akropolda qu rilgan Beshyuzlar kengashining yig‘ilishi Xalq majlisi 97 mashhur inshoot Parfenon – iloha Afi na ibo- datxonasining tashabbuskori bo‘lgan. Periklning faoliyati badavlat shaharliklarga yoqmasdi. U zodagonlarning hamlalarini qay- tarib turgan. Perikl vafot etganidan keyin u joriy etgan ko‘pgina qonunlar bekor qilingan. Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan Afi na davlatini ko‘rsating va uni tasvirlab bering. 2. Demokratiya nima? Afi nada demokratiya qaysi shaklda namoyon bo‘ldi? 3. Solon islohotlari o‘tkazilgandan keyin aholi turmushida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? 4. Solon islohotlari bo‘yicha Afi na davlat boshqaruvining asosiy organlarini sanab bering. Afi naliklar homiysi – ilo ha Afi na Perikl – Afi na strategi 7 – Tarix, 6-sinf. O‘zingizni sinang! Beshyuzlar kengashi – ... Strateg – ... Perikl – ... Parfenon – ... Tayanch konspekt agora – xalq yig‘ilishlari uchun maydon demokratiya – xalq hokimiyati zodagonlar → oddiy xalq mil. avv. 621-yil – Drakont qonunlari mil. avv. 594-yil – Solon islohotlari mil. avv. 443– 429-yillar – Perikl 15 marta strateg lavozimiga qayta saylangan Parfenon – iloha Afi na ibodatxonasi         98 25-§. Yunon-fors urushlari Yunon-fors urushlarining sabablari Mil. avv. V asr boshlarida Yunonistonga forslar tah- did sola boshladi. Doro I hukmronlik qilayotgan Fors davlati yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilgan. Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo‘lib, ular: «Bizning hukmdo- rimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha mamlakatlarning bir- dan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoq- dadir», deb baralla aytishardi. Yunonistondagi ayrim shaharlar aholisi forslarga qarshilik ko‘rsatishning sira iloji yo‘q deb hisoblab, shoh Doro I ning shartlarini qa- bul qilishga rozi edilar. Afi na va Sparta bosqinchilarga itoat et- maslikka ahd qildi. Fors elchilari Afi naga kelganda, shahar aholisi g‘azabdan ularni o‘ldirib, qoyadan tashlab yubordilar. Elchilar- ni chuqur quduqqa tashlab yuborgan sparta- liklar esa zaharxandalik bilan: «Suvni ham, yerni ham quduq tubidan yetarlicha olasizlar» deyishgan ekan. Fors shohi dastlab Kichik Osiyodagi yu non shaharlarini bosib olib. Mil. avv. 490-yil fors harbiy fl o- ti Egey dengizini kesib o‘tdi va Attika sohiliga langar tashladi. Marafon tekisligiga nayza, xanjar va o‘q-yoy- lar bilan qurollangan fors suvoriylari va piyoda jangchilari kemadan tushadilar. Yunonlar forslarga qaraganda kam son- li edi. Shuning uchun ular fors suvoriylari Yunoniston qirg‘oqlaridagi fors kemalari Fors jangchilari Marafon jangi 100 Fermopil jangi Yangi urushga tayyorgarlik keta- yotgan paytda Doro I vafot etdi. Yunonistonga qarshi uning o‘g‘li Kserks yurish boshladi. Mil. avv. 480 - yilda Kserks qo‘shini shi- moliy Yunonistonni ishg‘ol giladi. Tog‘lardagi Fermopil darasi Yunoniston shi- molidan janubiga olib boradigan birdan-bir yo‘l edi. Yunonlar o‘sha joyda pistirma qo‘yishga qaror qilishdi. Yunonlar qo‘shiniga Sparta pod- shosi Leonid boshchilik qilgan. U forslarning hujumlarini qaytarib turgan. Biroq bir sotqin forslarga tog‘lar orqali o‘tgan boshqa yo‘lni ko‘rsatib bergan. Bundan xabar topdan Leonid 300 spartalik- dan boshqa barcha yunon jangchilariga che- kinishni buyurgan. Spartaliklarning barchasi jang maydonida qahramonlarcha halok bo‘ldi. Ushbu voqea «Uch yuz spartalik jasorati», deb tarixda mashhur bo‘lib qolgan. Fermopil jangidan keyin Kserks qo‘shinlari O‘rta Yuno- nistonga yetib borib, Afi nani ishg‘ol qilganlar. Salamin jangi Yunonlar va forslar o‘rtasidagi hal qiluvchi dengiz jangi mil. avv. 480-yilda tor Salamin bo‘g‘ozida bo‘lib o‘tdi. Yunonlarda 200 ta har- biy kema – triyeralar mavjud edi. Bu kemalar qoyalar orasidan va sayoz joylardan oson suzib o‘tar, o‘sha davr uchun katta tezlikda – soatiga 18 kilometr tezlikda suza olgan. Yunon shahar-davlatlarining birlashgan fl o ti forslarning harbiy fl otidan kuchli bo‘lgan. Yengilganidan keyin Kserks Yunonistonni tark etishga majbur bo‘ldi. Mil. avv. 479- yilda forslar Afi nani bosib o lishga yana bir marta urinib ko‘radilar. Bi- Fermopil jangi Fermopil darasi Eslab qoling! Fermopil jangi mil. avv. 480-yilda bo‘lib o‘tgan. 101 roq yunonlarning birlashgan lashkari Plateya shahri yaqinida fors qo‘shinlarini tor-mor etdi. Bu yunon-fors urushlaridagi eng yirik jang bo‘l gan. Yunon-fors urushlari yunonlarning to‘- liq g‘alabasi bilan, mil. avv. 449 yildagi sulh natijasida yakunlandi. Savol va topshiriqlar 1. Forslarning Yunonistonga bostirib kirishi sabablarini aytib bering. 2. Xaritadan forslar Yunoniston ustiga yurish- larining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsating. 3. Marafon jangi qatnashchisi (forslar yoki yunonlar armiyasi jangchisi) nomidan hikoya tuzing. 4. Salamin jangining borishi va yakuni haqida gapirib bering? 5. Salamin orolida Fors davlati fl oti mag‘- lubiyatining asosiy sabablarini ayting. Salamin jangidagi yunonlar kemasi O‘zingizni sinang! Mil. avv. 490-yil – ... Mil. avv. 480-yil – ... Mil. avv. 479-yil – ... Tayanch konspekt mil. avv. 490-yil – Marafon jangi mil. avv. 480-yil – Fermopil jangi – uch yuz spartalik jasorati mil. avv. 480-yil – Salamin jangi mil. avv. 479-yil – Plateya jangi – yunonlar g‘alabasi     Eslab qoling! Salamin bo‘g‘ozidagi jang mil. avv. 480-yilda bo‘lib o‘tdi. 102 26-§. Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi Yunonistoning gulashi sabablari Yunoniston shaharlari bir- birlari bilan urushayotgan paytda Makedoniya pod- shosi Filipp II Yunonistonni bosib olishni ko‘zlaydi. Uning qo‘shinlari su- voriylar va piyodalardan tashkil topgandi. Pi- yoda qo‘shinlar 16 qatordan iborat falangada safl anardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muhofaza etardi. Jang paytida butun falanga zirhlangan temir maxluqotga o‘xshab qolar edi. Falanga qanotlarini otliqlar himoya qilardilar. Filipp II Yunonistonga qarshi harbiy yurish qilishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Mashhur notiq Demosfen Ellada shaharlarini kezib, ularning aholisini birlashish va makedon- larga qarshi kurashishga da’vat etadi. Fiva va ayrim boshqa shaharlar aholisi Filipp II qo‘shinlariga qarshi Afi na ittifoqiga qo‘shiladi. Xeroniya ostonasidagi jang Mil. avv. 338- yilda yu- nonlar va makedonlarning asosiy kuchlari Beotiya- dagi Xeroniya shahri yaqinida to‘qnashadilar. Qattiq jang uzoq davom etadi. Harbiy hiyla qo‘llagan yunonlar ustunlikni qo‘lga oladilar. Makedonlar chekina boshlaydilar. G‘alaba qi- layotganiga ishona boshlagan yunonlar ular ni quvishga tushadilar. Yunonlarning qo‘shinlari shunda ikki bo‘lakka ajraladi. Ana shu bo‘laklardan biri- ga Filipp II ning o‘g‘li Aleksandr qo‘mondonlik qilayotgan suvoriy qo‘shinlar qaqshatqich Makedoniyalik Filipp II Eslab qoling! Falanga – pi- yodalarning 16 qator bo‘lib zich joyla- shuvi. 103 zarba beradi. Yunon qo‘shinlari chekina bosh- laydi va tor-mor etiladi. Jangda yunonlar- ning aksariyati halok bo‘ldi. Xeroniya osto- nasidagi jangdan so‘ng mag‘lubiyat oqibatida Yunoniston Makedoniyaga qaram bo‘lib qoldi. «Yunonlar ozodligi Xe- roniya ostonasida halok bo‘lganlar bilan birgalikda dafn qilindi», degan edi De- mosfen. Bu mag‘lubiyatdan keyin Yunoniston aholisi o‘z qismatini qo‘rquv bilan kutib turish- di. Biroq Filipp II o‘zini yunonlar podshosi deb e’lon qilmaydi. Filipp II yunonlar bilan birlashib, forslarga qarshi ittifoq tuzadi. Mil. avv. 337-yilda Spartadan tashqari barcha yunon shahar-davlatlarining vakillari Korinfga yig‘ildilar va Makedoniya hokimiyati ostida forslarga qarshi yurish maqsadida yu- non shaharlari ittifoqini tuzdilar. Ular muro- sada tinch-totuv yashash, o‘zaro urushlar olib bormaslik va bir-birining ichki ishlariga ara- lash maslik to‘g‘risida bir qarorga keldilar. Biroq Filipp II forslarga qarshi yurishini amalga oshira olmasdan vafot etdi. Uning o‘g‘li Makedoniyalik Aleksandr hukmdor bo‘ldi. Filipp II piyodalarining falangasi Yunoniston Makedoniya tarkibida Demosfen o‘smirligidanoq notiq bo‘lishni orzu qilardi. Lekin u juda past ovozda gapirar va duduqlanardi. Ovozi balandli- gini oshirishni mashq qilarkan, u dengiz shov- qinidan baland- roq baqirishga harakat qilardi. Eslab qoling! Makedoniya Yunonistonni mil.avv. 338- yi li Xeroniya yaqinidagi jangdan so‘ng bosib oldi. 104 Savol va topshiriqlar 1. Sizningcha, nima uchun yunonlar o‘z mam- lakati mustaqilligini saqlab qola olmadilar? 2. Demosfenning Ellada aholisi oldidagi xiz- matlari nimada? 3. Xaritadan Filipp II ning yurishlari yo‘- nalishlarini ko‘rsating. 4. Makedonlar qo‘shinlari yunonlarnikidan ni- masi bilan farqlangan? 5. Yunonistonning bosib olinishi qachon va qaysi jangda ro‘y berdi? 6. Filipp II Yunonistonni bosib olganidan keyin yunon shaharlarining boshqaruvida qan day o‘zgarishlar bo‘ldi? 27- §. Fuqaro tarbiyasi Fuqaro tarbiyasi Yunonlar maktablarida faol fuqarolar, davlat himoya- chilarini tarbiyalanishi lo- zim edi. Sportni rivojlantirish va Olimpiya o‘yinlariga qiziqish ham shunga xizmat qilgan. Bolalikdanoq o‘g‘il bolalarga she’riyat va mu- siqaga muhabbat hissi singdirilardi. Geraklning sher bilan jangi Ta’lim jarayoni Tayanch konspekt Makedoniya podshosi Filipp II mil. avv. 338-yil – Xeroniya jangi mil. avv. 337-yil – Korinf ittifoqining vu- judga kelishi barcha kelishmovchilik va nizolarni yunon shahar-davlatlari kengashi hal qilishi     105 Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon haykaltaroshi Ge- raklni barvasta pahlavon sifatida tasvirlagan. Orqa oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon esa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo nega Gerakl libossiz tasvirlangan? Bu qadimgi yunon tasviriy san’atining o‘ziga xos jihatlaridan biridir. Haykaltarosh nazarida Geraklning kuch-qudratini ko‘rsatish muhim bo‘lgan. Haykaltarosh bahodirni ki yimda tas- virlasa, uning arslonni yengayotgan qudratli mushak va changallari, mashq ko‘rgan tanasi- ning go‘zalligini his etmagan bo‘lardik. Umumiy ta’limdan tashqari, yigitlar ikki yil harbiy ta’lim ham olishgan. Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo‘lishni o‘rganishardi. Ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qal’alarida harbiy xizmatni o‘tashar, boshqalari Pirey bandargohida dengizchilik san’ati asoslarini o‘rganishar edi. Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 30 yoshga to‘lmagan erkak- larning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy ki- yim-kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan. So‘ngra ular o‘z xudolari, jonajon kul- basi va mamlakati uchun janglarga kirishgan. Vatanga muhabbat har bir fuqaroning fi doyi- ligi va jasorati hisoblangan. Olimpiya o‘yinlari Sport barcha yunonlar uchun sevimli mashg‘ulot bo‘lgan edi. Mil. avv. 776-yilda ilk bor Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Ana shu sanadan boshlab har to‘rt yilda bir marta Olimp tog‘ida muqaddas olov Quyosh nurlaridan yondirilib, Yunonistonning to‘rt ta- Olimpiya o‘yingohiga kirish Geraklning to‘qqiz boshli ajdar bilan jangi Gerakl Frakiya podshosi Diomedning yovvoyi otlarini bo‘ysundir- moqda 106 rafi dan kelgan sportchilar beshkurashda bel- lashar edi Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va ku- rashdan iborat bo‘lgan. Otchoparda aravalar- da va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odam lar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishlari uchun o‘yinlar o‘tkazilayotgan payt- da urushlar to‘xtatilgan. Yunonistondagi Olimpiya o‘yinlari Olimp xudosi Zevs sharafi ga bag‘ishlab o‘tkazilgan. Afsonalarga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari asoschi- si Gerakl hisoblangan. Olimpiya o‘yinlarida faqat jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog‘ tushirmagan ozod yunon ishtirok etishi mum- kin bo‘lgan. Musobaqalarda uch karra g‘alaba qo- zongan sportchi Olimp tog‘ida o‘z hayka- lini o‘rnattirishga haqli bo‘lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiya o‘yinlariga qarab yuritganlar. G‘oliblar muqaddas zaytun da- raxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar bilan taqdirlanganlar. Xristian dini tarqalishi natijasida xudo Zevs sharafi ga bag‘ishlangan Olimpiya o‘yinlari man qilinadi. Mil. 394-yilda sodir bo‘lgan zil- zila oqibatida Olimpiya o‘yin maydoni vayron bo‘lib, qadimgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish butunlay to‘xtab qoladi. Nihoyat, 1896-yilda Olimpiya o‘yinlari qayta tiklandi. Olimpiya o‘yinlari ochiladigan kunda qadimgi mash’ala yoqish odati hozir- gacha saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mash’ala Olimpiya musobaqalari o‘tkaziladigan joyga keltiriladi. Olimpiya o‘yinlaridagi yugurish musobaqasi. Idishga chizilgan rasm Eslab qoling! Ilk Olimpiya o‘yinlari mil. avv. 776-yildan mil. 394-yil- ga qadar o‘tkazilgan. 1896-yilda O limpiya o‘yinlari qayta tiklanib, hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. 107 Savol va topshiriqlar 1. Qadimgi Yunoniston o‘qituvchilari oldiga qanday maqsad qo‘yilgan? Yunon mak- tablari hozirgi maktablardan nimasi bilan farqlanadi? 2. Olimpiya ishtirokchisi nomidan hikoya tu- zing. Siz u yerda nimalarni ko‘rganingizni so‘zlab bering. 28- §. Qadimgi Yunoniston madaniyati Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari Yunonlar Kichik Osiyoda joy- lashgan Troyaga mo‘l-ko‘l o‘lja ilinjida urush boshlaganlar. Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham ba- yon qiladi. Eng chiroyli ayol Sparta podshosi- ning rafi qasi Sohibjamol Yelena edi. Troya podshosining o‘g‘li Paris Sparta podshosini- kiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o‘g‘irlab ke tadi. Voqeadan xabar topgan Spar- ta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qila- di va barcha yunonlarni Troya bilan urushga chaqiradi. Yu nonlar to‘qqiz yil Troyani behuda qamal qiladilar. Qadimgi yunon shoiri Gomer «Iliada» va «Odisseya» poemalarini yozdi. «Iliada» ana shu urushning oxirgi, o‘ninchi yili haqida hikoya qiladi. Odisseyning maslahati bilan yunonlar Bokschi haykali. Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Gomer – qa- dimgi yunon shoiri Tayanch konspekt Olimpiya o‘yinlari mil. avv. 776-yil – birinchi marta 394-yil – oxirgi marta 1896-yil – qayta tiklandi  108 ayyorlikni ishga soladilar: ichi bo‘m-bo‘sh ul- kan yog‘och ot yasashadi. Ana shu yog‘och ot ichiga yunon qo‘shinlarining bir qismi yashi- ringan, qo‘shinning boshqa bir qismi esa ya- qindagi orollardan biriga o‘rnashib olgan edi. Troyaliklar yunonlar qamal qilishni to‘xtatishdi va Troya homiysi Afi na Palladaga xush kelishi uchun bizga ot sovg‘a qilibdi, degan xulosaga kelib, yo‘g‘och otni shaharga olib kiradilar. Kechasi otning ichidan chiqqan jangchilar darvozalarni ochadilar va Troya bosib olinadi. Hozirgi tillarda «Troya oti» iborasi xosiyatsiz sovg‘a-salom ma’nosini anglatadi. «Iliada» dostonining bosh qahramoni Axil- lesdir. O‘g‘lining mangu barhayot bo‘lishini istagan ona chaqalog‘ini Stiks daryosiga bo- tirib oladi. Ayni paytda Axillesning onasi ush- lagan tovoniga suv tegmasdan qoladi. Jang- lardan birida Axilles tovoniga tekkan o‘qdan halok bo‘lgan. O‘sha kezlardan beri «Axilles tovoni» iborasi nozik joyni anglatadi. Troya urushi nihoyasiga yetdi. Yunon- lar Troyani taladilar va mo‘l-ko‘l o‘ljalar bilan uyga qaytmoqchi bo‘lishdi. Ular Egey dengizi orqali uzoq va xatarli yo‘llardan o‘tishlari ke- rak edi. XIX asrning oxirida nemis olimi Genrix Shli- mann Gomer hikoyalarini tadqiq qilib, Troya joylashgan yerni aniqladi. Olim Turkiyadagi Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazish- ma ishlarini boshlab yubordi va chindan ham Troya qoldiqlarini topdi. Troya oti «Axilles tovoni» Troya urushi 109 Yunonistonda teatr Bundan ikki yarim ming yil muqaddam Yunonis- tonda teatr dunyoga kel- di. «Teatr» so‘zi yunonchadan tarjima qilgan- da «tomoshalar joyi», «tomoshaxona» degan ma’nolarni anglatadi. Tomoshalar faqat bay- ramlarda uyushtirilgan. Erta tongdan boshlan- gan tomoshalar kun bo‘yi davom etardi. To- moshabinlarga bir necha pyesalar namoyish etilardi. Teatrga kirish uchun arzimagan tomosha haqi yig‘ilgan. Qashshoq fuqarolarga teatrga borishi uchun pul berilar edi. Sahnada barcha rollarni faqat erkaklar ijro etishgan. Namoyish ishtirokchilari quvnoq, qayg‘uli va yovuz qiyofadagi turli niqoblardan foydalanganlar. Teatrlarda o‘zaro kurash na- moyish etilgan, odatda qatnashuvchi kishilar halok bo‘lishi bilan tugaydigan pyesalar trage- diya deyilgan. «Shoh Edip» va «Antigona» singari eng mashhur tragediyalarni Sofokl yozgan. Ajoyib qochiriqlar, quvnoq sahnalar, nozik yumorga boy komediyalar esa inson nuqson- lari ustidan kuladi. Aristofan komediyalar usta- si edi. Teatr niqoblari Yunon teatri Sofokl O‘zingizni sinang! Troya – ... Gomer – ... Shliman – ... «Axilles tovoni» iborasi ... O‘zingizni sinang! «Teatr» yunon tilidan tarjima qilinganda ... Tragediya – ... Komediya – ... Eslab qoling! Mashhur tragediyalarni Sofokl yoz- gan. Aristofan esa kome- diyalar ustasi bo‘lgan. 110 Zevs va Apollon Parfenon Afi na shahri Aristofan – ko mediyalar muallifi O‘zingizni sinang! Fidiy – ...Parfenon – ... Dedal – ... Haykaltaroshlik va me’morchilik Yunonlar nafaqat podsho- lar va zodagonlar uchun saroylar, balki hamma odamlar foydalanadigan jamoat binolarini ham barpo etishgan. Haykallar va boshqa haykaltaroshlik asarlari faqat saroy a’yonlari uylarini bezamasdan, ayni paytda shahar maydonlari, ibodatxonalar, hammaga ochiq tomoshabog‘lar va stadionlarni ham bezab turgan. Ibodatxonalar va boshqa jamoat bino- lari toshdan barpo etilgan. Xususiy uylar esa g‘ishtdan va paxsadan qurilgan. Yunon haykaltaroshlari o‘z xudolari hamda mashhur olimlari, Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari yoki jangda zafar quchgan qahramonlar sharafi ga haykallar tiklashgan. Eng buyuk yunon haykaltaroshlaridan biri Fidiy edi. U Afi nada Parfenon barpo etilishi va Akropolning qayta qurilishiga boshchilik qil- gan. Uning mashhur asari, Yer yuzidagi yetti mo‘jizaning biri hisoblangan olimpiyalik Zevs haykalidir. Arxitektor va haykaltarosh Dedal Minos degan podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan. Akropol markazida bunyod etilgan Parfe- non Yunonistondagi eng a’lo marmar toshlar- dan qurilgan. Yorug‘lik tushishiga qarab u o‘z rangini oltin rangidan havorang yoki kulrang- gacha o‘zgartirib, tuslanib turgan. 111 Savol va topshiriqlar 1. Qaysi dostonda Gomer Troya oti haqidagi afsonani tasvirlaydi? Sizningcha, shunday voqea chindan ham ro‘y berishi mumkin- midi? 2. Qadimgi Yunonistonda teatr qanday ko‘- rinishda bo‘lgan? 3. Yunon me’morchiligining o‘ziga xosligi ha- qida so‘zlab bering. 4. Qaysi yunon haykaltaroshlari va ularning asarlarini bilasiz? 29-§. Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari Fan Qadimgi Yunonistonda faylasuf- larni donishmandlar, hayot murab- biylari sifatida bilishgan. Yunon faylasufl ari olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga hara kat qilish- gan. Ular o‘simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o‘rganishga harakat qilganlar. Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yer yu- zidagi hamma narsa, olovdan kelib chiqqan, Diogen bir bochkada kun kechirgan. Zamonaviy rasm Diogen Tayanch konspekt Gomer «Iliada» – Troya urushi haqida «Odisseya» – Odissey sarguzashtlari haqida Genrix Shlimann – Troya shahri joylashuv o‘rni teatr tragediyalar → Sofokl komediyalar → Aristofan Fidiy → Parfenon → Zevs haykali     112 deb uqtirgan. «Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas», «Hamma narsa oqadi, ham- ma narsa o‘zgaruvchandir» degan mashhur hikmatlar unga teqishlidir. Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Gerak- lit fi kriga e’tiroz bildirib, u bizni qurshab turgan hamma narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda- mayda zarralar – atomlardan tashkil topgan degan ma’nodagi fi krni bayon etgan. Yunon faylasufi Diogen «Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart» degan fi krni o‘z ta’limotiga asos qilib oldi. Hayot- dagi barcha qulayliklardan voz kechgan Dio- gen bir bochkada kun kechirgan. Afsona larga ko‘ra, Makedoniyalik Aleksandr undan: «Sen- ga qanday yordam berishim mumkin?» deb so‘raganida, Diogen: «Nariroq tursang-chi, quyoshni to‘sma!» deya kinoya qilgan ekan. Mil. avv. V asrda yashagan Gerodot «Ta- rix» deb nomlangan kitob yozgan. Qadimda Gerodotga «tarixning otasi» degan nom beril- gan. Qadimgi yunon olimi Aristotel to‘plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta’rifl ab berdi. Aristotel- ni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan. Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fi zigi va matematigi Arximedning «Evrika!» («Topdim, topdim!») qiyqirig‘ini takrorlab yurishadi. Arximedning yorug‘likni ko‘zgu orqali jam- lab, Sirakuza ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani ha- qida hikoya mavjud. Arximed richag (dastak) qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo‘lib ket- Faylasuf Geraklit Arastu (Aristotel) Gerodot 113 gan bir iborani aytdi: «Menga tayanch nuqta- sini topib bersangiz, Yerni ag‘darib yubora- man!». Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzani bosib olganlarida, Arximed matematikaga oid bir masalani yechishga urinib qumda chiz- malar chizgayotgan bo‘lgan. Rimlik askar uni qilich bilan urganida «Mening chizmalarimga tegma!» deyishga ulgurgan, xolos. Afi nalik donishmandlar Afi nalik mashhur faylasuf Sokrat (Sharqda keyin- chalik «Suqrot» tarzida aytilgan) o‘zining dono hikmatlari tufayli sha- harning eng aqlli kishisi deb e’lon qilingan edi. Bunga javoban Suqrot shunday debdi: «Hech narsani bilmasligimni bilganim uchun ham meni donishmand deb hisoblashsa kerak». Suqrot o‘z fi krlarini og‘zaki bayon qilgan. Uning g‘oyalari Platon degan boshqa bir yu- non faylasufi orqali bizgacha yetib kelgan. Platonni biz «Afl otun» sifatida bilamiz. Suqrot fuqarolarning axloqiy-ma’naviy tarbiyasiga katta ahamiyat bergan. Delfi ya ibodatxonasidagi bitik uning sevimli hikmati bo‘lgan: «O‘z-o‘zingni angla!» Suqrot, ayniqsa, ochko‘zlik va molparastlik singari nuqsonlarni qattiq tanqid qilgan. Bozor bo‘ylab sayr qilib yurganida shunday degan 8 – Tarix, 6-sinf. Arximed va rimlik askar Faylasuf Afl otun Arximed tomonidan rimliklar kemalarining yondirib yuborilishi O‘zingizni sinang! Geraklit deydiki... Demokrit deydiki... Diogen – ... Falsafa – ... Gerodot – ... Arximed – ... 114 ekan: «Shuncha narsadan bemalol voz kechib ham yashash mumkinligi naqadar ajoyib!» Suqrot Afi nadagi ba’zi tartiblarni qo‘rq- masdan tanqid qilgani uchun o‘limga mahkum etilgan. Olimning boshqa bir davlatga qochib ketish imkoniyati bo‘lsa-da, uni rad etgan. Suqrot tarixda odamgarchilik, sabr-matonat va jasurlik timsoli bo‘lib qolgan. Savol va topshiriqlar 1. Yunon olimlarining kashfi yotlari va yutuqlari haqida so‘zlab bering. 2. Arximedning «Menga tayanch nuqtasini topib bersangiz, Yerni ag‘darib yubora man!» degan iborasi ma’nosini tushuntirib bering. 3. Sizningcha, Suqrotning «O‘z-o‘zingni ang- la!» hikmati nimani anglatadi? 4. Suqrot haqida nimalarni bilasiz? Suqrotning g‘oyalari sizga ma’qulmi? Qo‘lyozmani o‘qiyotgan olimning tasviri Tayanch konspekt Geraklit Demokrit Diogen Arastu Afl otun Suqrot  faylasufl ar Gerodot → «Tarix» – «tarix otasi» Arximed – «Evrika!» Platon → Afl otun → Aristotel → Arastu    Suqrot 115 30-§. Qadimgi Yunoniston afsonalari Afsonalar: haqiqat va uydirma Yunon afsonalari – xudolar va bahodirlar haqidagi rivoyatlar- dir. Ularning qahramonlari turli xil titanlar, yovuz maxluqotlar, sirenalar (yarim qush, yarim ayol- lar), kentavrlar (yarim otlar, yarim odamlar), sikloplar – peshanasida bitta ko‘zi bo‘lgan af- sonaviy mavjudotlar va boshqalardir. Afsonalar (yunon tilida «mif ») mamlakat tarixidagi qadimgi davr haqida ko‘p narsalarni bilishga imkon beradi. Ular Olamning yara- tilishi, Yer yuzida hayot va odamning paydo bo‘lishi, qahramonlar jasorati va dengiz sayo- hatlari haqida hikoya qiladi. Yunon afsonalari rang-barang va qiziqarli- dir. Olam va xudolarning kelib chiqishi haqi- dagi afsona ham maroqli. Eng avvalo (Yer va Osmon) Geya va Uran paydo bo‘ldi. Ularning farzandlari – titanlar Olimp tog‘ida yashovchi xudolar ularni taxtdan ag‘darmaguncha olam- ga hukmronlik qilganlar. Afsonalarda aytilishicha, azalda Yer ham- ma tomondan dengizlar bilan o‘ralgan. Dastlab ularning hukmdori Okean degan titan bo‘lgan. Atlas degan titan ulkan osmon gumbazini yel- kalasida suyab turgan. Yunonlarning rivoyatlari Gerakl, Axilles va boshqa bahodir qahramonlar jasorati haqida ham hikoya qiladi. O‘n ikki jasorati tufayli Ge- Sirenalar tasviri Siklop Kentavr va jangchi O‘zingizni sinang! Titanlar – ... Kentavrlar – ... Sirenalar – ... Sikloplar – ... 116 rakl Olimp tog‘idagi xudolar saltanatida faxrli o‘ringa ega bo‘lgan ekan. Qadimgi yunonlarning xudolari Qadimgi yunonlar ham ularning hayoti va te- varak olam ko‘zga ko‘ rinmas sirli kuchlarga tobe ekanligiga ishonganlar. Bu ko‘rinmas kuchlarni yunonlar xudolar deb atadilar. Xudolar ularning Yer yuzi va marhumlar saltanatidagi hayotida hukmron edi. Qadimgi yunonlarning uch xudosi Olamni boshqarar edi: Zevs osmon- da, Poseydon dengizda, Aid marhumlar sal- tanatida oliy xudo, deb hisoblangan. Qolgan xudolar esa dehqonchilik va hunarmandchi- lik, san’at va she’riyat, muhabbat va go‘zallik homiylari bo‘lishgan. Urush va g‘alaba, adliya, uyqu va tonggi shafaq xudolari, shuningdek, past tabaqali ma’budlar satirlar va nimfalar ham mavjud bo‘lgan. Ular o‘rmonlar, daryolar va tog‘larda yashaydilar, deb tasavvur etilgan. Qadimgi yunonlarning xudolari Zevs oliy xudo va qolgan barcha xudolarning rahnamosi Poseydon Zevsning inisi, dengiz hukmdori Aid Zevsning inisi, marhumlar saltanati xudosi Afi na Zevsning qizi, jangari ayol, donishmandlik ilohasi Apollon Zevsning o‘g‘li, yorug‘lik, musiqa va she’riyat xudosi Gelios Quyosh xudosi Demetra dehqonchilik va hosildorlik ilohasi Gefest – te- mirchilik va hunarmand- chilik xudosi Ares – urush xudosi Artemida – ov xudosi 117 Geya Yer ilohasi Femida adliya ilohasi Gefest temirchilar va hunarmandlar xudosi Qadimgi yunonlarning xudolari va ilohalari ham odamlarga ancha o‘xshaydi. Yunonlar Olimp tog‘i xudolari timsolini tasvirlar ekanlar, ularni qizg‘anchiq va shafqatsiz, kunni bazmi jamshid va ermakbozlikda o‘tkazadi, bir-biri bilan tortishadi, deb hisoblashgan. Xudolar qattiqqo‘l va qasoskor. Yunonlarning xudolari xohish-irodasiga qarshi borganlarni shafqatsiz jazolaydi. Shuning uchun ham yunonlar o‘zlari yaratgan xudolardan qo‘rqishar, ular sharafi ga ko‘plab ibodatxonalar barpo etib, qurbonliklar qilganlar. Savol va topshiriqlar 1. Qadimgi Yunoniston tarixini o‘rganishda af- sonalar qanday ahamiyatga ega? 2. Yunonlar xudolar to‘g‘risidagi afsonalarda, Qadimgi Yunoniston asotirlarida tabiat- ning har xil hodisalarini qay tarzda tushun- tirishgan? 3. Sizningcha, nima sababdan yunonlar xu- dolarni qizg‘anchiq va shafqatsiz, kunni bazmi jamshid va ermakbozlikda o‘tkaza di, bir-biri bilan tortishadi, deb hisoblashgan? Demetra – dehqonchilik va hosildorlik xudosi Dionis – uzumchilik xudosi Aid – mar- humlar saltana- tining xudosi Tayanch konspekt Afsonalar qahramonlari titanlar kentavrlar sikloplar Gerakl (12 qahramonlik)  Qadimgi yunon xudolari  118 31-§. O‘rta Osiyoda ahamoniylar hukmronligi Kir II va uning bosqinchilik yurishlari Kir II O‘rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko‘rgan dastlabki fors pod- shosi bo‘lgan. U Parfi ya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massaget- lar ustiga yurish qildi. Bu yurish to‘g‘risida «tarix otasi» Gero- dot hikoya qilib bergan. Forslar massagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning malika- si To‘maris bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo fors shohi bu tak- lifni rad etadi va Amudaryodan kechib o‘tishni boshlash to‘g‘risida farmon beradi. Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi to‘g‘risida shunday hikoya qiladi: «Bu jang... barcha janglardan ham dahshatliroq edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o‘q yog‘dirishdi. O‘qlari tugagach, qo‘llariga xanjar va nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom etdi. Hech kim chekinishni xayoliga keltirmas- di. Ko‘p qon to‘kildi. Nihoyat, massagetlar- ning qo‘li baland keldi. Fors qo‘shinlarining ko‘pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o‘zi ham halok bo‘ldi». IV – BO‘LIM MILODDAN AVVALGI VI – MILODIY III ASRLARDA O‘RTA OSIYO To‘maris – mas sagetlar malikasi. Zamonaviy rasm Eslab qoling! Ko‘plab davlat- larni bosib olgan aha moniylar sulola si vakili Kir II – mil. avv. 530-yildagi massagetlar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. 119 Doro I ning saklarga qarshi yurishi Doro I hukmronligining bi- rinchi yili Marg‘iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonga Frada rahbarlik qiladi. Qo‘z- g‘olonchilar bilan fors qo‘shinlari o‘rtasida hal qiluvchi jang mil. avv. 522-yilda bo‘ladi. Fradaning o‘zi asirlikka olinadi va qatl etiladi. Bu voqea haqidagi ma’lumotlar Behistun qo- yatosh yozuvlarida qayd etilgan. Doro I hukmronligining uchinchi yili da saklar ustiga yurish qiladi. Bu yurish ha- qida ham Behistun bitiklarida shunday de- yilgan: «Shoh Doro ayturki: keyin qo‘shin bi- lan saklar mam lakatiga yurish qildim. Keyin uchi o‘tkir kuloh ki yib yu ruv chi saklar jangga kirdilar. Men daryo dan o‘tgach, saklarni ta- moman tor-mor keltir dim, qolgan qismini asir- ga ol dim... U larning Skunxa degan sardorini qo‘lga tu shirib, huzurimga keltirdilar. Shunda men u larga boshqa bir sardor tayinladim. Men shunday bo‘lishini xohladim. So‘ngra bu mamlakat menga tobe bo‘ldi». Shiroq. Zamonaviy rasm O‘rta Osiyo Ahamoniylar davlati tarkibida Olviya Armaniston Lidiya Efes Krit o. Afi na Memfi s O‘rtayer dengizi Misr Suri ya Fi ni kiy a Midiya Elam Suza Persepol Parfi ya Araxosiya Bobil Baqtriy a Marg‘iyona Hindiston So‘g‘diyona Xorazm Pantikapey Qora dengizi Eritrey dengizi Ka sp iy d en gi zi Fors shohi. Zamonaviy rasm 120 Ayni paytda bu yurish haqida tarixchi Poli- yen (miloddan avvalgi II asr) keltirgan bosh- qa bir rivoyat ham mavjud. Saklar rivoyatiga asoslanib, unda hikoya qilinishicha, forslar- ning qoshiga sak qabilasidan bo‘lgan cho‘pon Shiroq keladi, u fors qo‘shinlarini o‘zidan boshqa hech kim bilmaydigan so‘qmoq bilan saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. Suvsiz cho‘lu-biyobon bo‘ylab yetti kun yo‘l bosishgach, tashnalikdan do‘zax azo- bini chekayotgan forslar o‘zlarining aldangan- liklarini sezib qoladilar. Forslar jasur cho‘ponni o‘ldiradilar, Doro I ning saklar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ahamoniylar hukmronligi davrida davlat boshqaruvi Bosib olingan mamlakat- larni itoatda tutmoq uchun ahamoniylar yagona dav- lat ni alohida viloyat – sat- rapliklarga bo‘lib tashladilar. Bu so‘z fors- cha «xshatra» – «viloyat» so‘zidan kelib chiqqan. Viloyat boshlig‘i – satrapga cheklan- magan hokimiyat berilgan edi. Satraplarning ko‘pchiligi ahamoniylar sulolasining vakillari bo‘lgan. O‘rta Osiyoning forslar bosib olgan vilo- yatlari uch satraplikka bo‘linadi. Har bir sat- raplik yillik soliq to‘lagan. Bundan tashqari, qaram xalqlar saroy va ibodatxonalar quri- lishiga ham safarbar etilgan. Soliqni kumush, chorva mollari (otlar, tuyalar, qo‘ylar), hunar- mandchilik buyumlari (sopol idishlar, qurol- Shiroq forslarni boshlab bormoqda O‘rta Osiyolik jangchining bronzadan yasalgan dubulg‘asi O‘zingizni sinang! Doro I – ... Frada – ... Shiroq – ... 121 yarog‘, zeb-ziynatlar), kiyim-kechak va hay- vonlar terisi bilan to‘lashgan. Doro I va uning vorisi Kserks hukmron- ligi davrida bosib olingan viloyatlardagi O‘rta O siyo xalqlari yunon-fors urushlarida ham qatnashganlar. Mashhur Marafon jangida (mil. avv. 490-yil) fors qo‘shinlari markazida bo‘l- gan saklar muvaffaqiyatli urushgan. Gerodot Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan o‘rtaosiyolik jangchilar qurol-yarog‘larini mufassal tasvirlagan. Baqtri- yaliklar kamon va nayzalar bilan, saklar xan- jar va jangovar boltalar bilan, xorazmiylar va so‘g‘diylar baqtriyaliklarniki kabi qurol-asla- halari bilan jangga kirishgan. Sak va baqtriya suvoriylari Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan. Madaniyatning rivojlanishi Mil. avv. VI – IV asrlarda madaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik man- balar asosida o‘rganilgan. Ular O‘rta Osiyo xalqlarining hunarmandchilik, zargarlik, ti- kuvchilik, kulolchilik va binokorlik sohala ri- da yuksak darajaga erishganligidan dalolat beradi. O‘lkamizda Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘r- g‘on, Afrosiyob va boshqa shu kabi yirik qadimiy shahar-qal’alar ri vojlan gan. Yozma manbalarda oltin, kumush, la’l, fi ruza ma’danlari qazib olingani, hunarmand- chilik rivojlangani, O‘rta Osiyoning Sharq mamla katlari bilan bog‘langan qadimiy kar- von yo‘llarida olib borilgan savdo-sotiq ishlari to‘g‘risida xabar beriladi. O‘rta Osiyolik jangchilar Massagetlar kiyimi va qurollari. Tiklangan 122 Mil. avv. V-IV asrlarda O‘rta Osiyo hudu- dida dastlabki tanga pullar tarqalgan. Zargar- lik san’atining yuksak darajada rivoj topganiga bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlana- yotgan, 1877-yilda Amudaryo xazinasidan to- pilgan oltin va kumush buyumlar yorqin misol bo‘la oladi. Har bir shaharda ichki qal’a bo‘lgan. Sha - harlarning atrofi ni egallagan dehqon xo‘ ja- liklarida ota urug‘iga mansub katta-katta oila- lar kun kechirishgan. Dehqonlar qo‘rg‘onlari uy-joy va xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan. Arxeologlar shahar va uy – qo‘rg‘onlar at- rofi da dalalarga suv olib kelgan anhorlar va ariqlar izlarini topganlar. Savol va topshiriqlar 1. Kir II massagetlar yurtiga qachon bostirib kirdi? 2. Kir II qo‘shinlari va To‘maris boshchiligida massagetlar o‘rtasidagi jangni tafsifl ab be- ring. 3. Shiroq tutgan yo‘lni qanday baholaysiz? Shiroq jasorati haqida hikoya qiling. Oltin bilaguzuk. Amudaryo xazinasidan Oltindan yasalgan ot-arava nusxasi. Mil. avv. V-IV asrlar Tayanch konspekt mil. avv. 530-yil – Kir II massagetlar bilan jangda halok bo‘ldi (To‘maris) mil. avv. 522-yil – Frada qo‘zg‘oloni mil. avv. 519-yil – Doro I → saklar (Polien Shiroq jasorati haqida) satrapliklar → O‘rta Osiyo – uchta satraplik qadimiy shahar-qal’alar – Qiziltepa, Yer- qo‘rg‘on, Uzunqir, Afrosiyob      123 32-§. O‘rta Osiyo xalqlarining yunon- makedon istilochilariga qarshi kurashi O‘rta Osiyo xalqlarining qurol-yarog‘i va harbiy san’ati Mil. avv. VII-IV asrlarda O‘rta Osiyo jangchilari ni- ma bilan qurollangan edi? Jangchilar jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg‘a bo‘lgan. Xanjar, jangovar oybolta va nayzalar bilan qurollanganlar. Kamon o‘qi va xanjar temir va bronzadan yasalgan. Jangchilar otda ham, pi- yoda ham jang qila olganlar. Xanjar – «akinak», jangovar oybolta esa «sagaris» deb nomlangan. Uzoq masofadan turib jang qilish quroli sifatida kamondan foy- dalanilgan. Jangovar otlar ustiga va ko‘kragiga temirdan yasalgan bargustvon yopilgan. Dushmanga qarshi hujumni suvoriylar boshlab berganlar. Ular ot choptirib kelayotib o‘q-yoy, nayza yoki xanjar bilan dushmanga hamla qilganlar. Qal’a va shaharlarni himoya qilishda o‘q- yoy va palaxmondan foydalanganlar. Mudofaa maqsadida tosh va pishirilgan loy to‘p o‘qlari ham qo‘llanilgan. Shaharlar burjlar va shinaklari bo‘lgan mustahkam devorlar bilan o‘rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo‘laklar qurilgan. Tashqi devorlar bo‘ylab joylash- gan dumaloq burjlar ichida ham kamonchilar joylashganlar. Suv to‘latilgan chuqur va keng xandaq qal’aga kiradigan yo‘lni to‘sib turgan. Makedoniyalik Aleksandr O‘rta Osiyo aholisi vakillari. Mil. avv. VI asrO‘zingizni sinang! Akinak – ... Sagaris – ... 124 Makedoniyalik Aleksandrning istilochiligi Aleksandr miloddan av- valgi 336-yilda Makedoniya podshosi bo‘ladi. Shu yili u 20 yoshga to‘lgan edi. Make- doniyalik Aleksandr g‘ayrioddiy kuch-g‘ayrat va jasurlik sohibi bo‘lgan. Safdoshlari va qo‘shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suri- ya, Misr, Eron va Hindistonda katta-kat- ta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda o‘z hukmronligini mustahkamlash maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Mil. avv. 330-yilda Makedoniyalik Alek- sandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniy- lar sulolasidan bo‘lgan oxirgi shoh Doro III ning qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindis- tonga yurish qilishdan oldin qo‘shinlarining orqa tomonini xavfsizlantirish maqsadida Amudar yoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo‘ysundirishga qaror qildi. Birinchi bo‘lib uning yo‘lini to‘sgan sha- har Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo‘ldi. Bu vaqtda ahamoniylar sulolasining vakili Bess Baqtriyaning satrapi bo‘lgan. U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafi ga qochib ketadi. Makedoniyalik Aleksandr o‘z ustozi, qadimgi yunon fayla- sufi Aristotelning Amudaryodan ikki podsho – Kir II va Doro I kechib o‘tgani, ikkalasi ham mag‘lubiyatga uchragani, shu bois u yurishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi lozimligi to‘g‘risi- dagi maslahatini yodda tutar edi. Makedoniyalik Aleksandr jangchilari Sagaris – jan- govar oybolta Akinak 125 Maroqandaning bosib olinishi Mil. avv. 329-yilda Makedoniyalik Alek- sandr qo‘shinlari Oks – Amudaryodan o‘tib oldilar. Qo‘shinlar yurishlari yo‘nalishida esa Nautaka (Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi) va Maroqanda shahri (Samarqand) tu- rar edi. Miloddan avvalgi 329-yilda yunon-make- donlar Maroqandani egalladi. Aleksandr qo‘- shinlarning bir qismini shu yerda qoldirib, o‘zi Kurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish u chun asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg‘oq- lari sari yurdi. Rivoyatga ko‘ra, bu shaharga fors shohi Kir II asos solgan ekan. So‘g‘diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga chiqadi. Tez orada so‘g‘diylarga baqtriyaliklar va saklar qo‘shiladilar. Qo‘z- g‘olonga iste’dodli tashkilotchi va harbiy yo‘lboshchi Spitaman boshchilik qiladi. Baqtriyalik tuyakash Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari Janglar joylari 126 Ancha qo‘shin to‘plagan Spitamаn Ma- roqandani qamal qildi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga uch mingga yaqin jangchidan iborat qo‘shin jo‘natadi. Qadimda «Politimet» deb atalgan Zarafshon daryosi bo‘yida makedonlarga pistirma qo‘ygan Spita- man dushman guruhini tamomila qirib tash- laydi. Shunda Aleksandrning o‘zi qo‘zg‘olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitaman qamalni to‘xtatadi va o‘z qo‘shinlarini sahro sari boshlab ketadi. Saklarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo‘yida, Xo‘jand yaqinida qal’a barpo etish to‘g‘risida buyruq beradi. Bu qal’a Alek- sandriya Esxata (Chekka Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandada maxsus harbiy qo‘shin qoldirib, asosiy qo‘shinlari bilan qish- lash uchun Zariasp (Baqtra)ga jo‘nadi. O‘sha yilning bahorida Aleksandr qo‘z- g‘olonni bostirish chorasini ko‘radi. O‘z lashkarlarini uch qismga bo‘lib, So‘g‘diyonani u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholini qirib tashlaydi. Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitaman yen- gilib, yana cho‘lga chekinadi. O‘sha yerda u xoinlarcha o‘ldiriladi. Spitaman. Zamonaviy rasm Pistirma O‘zingizni sinang! Oks – ... Nautaka – ... Maroqanda – ... Kurushkat – ... Spitaman – ... Baqtriya – ... Eslab qoling! Mil. avv. 329-yil da yunon-make- don qo‘shinlari Maroqandani egalladilar. Ularga qarshi qo‘zg‘olonga Spitaman boshchilik qildi. 127 Kurashning davomi Spitamanning o‘limi so‘g‘diylar va baqtriyaliklar irodasini buka olmadi. Aleksandr so‘g‘d zo- dagonlari – Xoriyen va Oksiartning Hisor tog‘larida joylashgan qal’alarini qo‘lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. Shun- day qilib, Makedoniyalik Aleksandr e’tiborli so‘g‘d zodagonlaridan biri bilan qarindosh tuti- nadi. O‘rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo‘lmagan hududni: Marg‘iyona, Baqtri- ya, So‘g‘diyona, hozirgi Bekobod va Xo‘jand orasida Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi, xolos. Xorazm, Toshkent vo- hasi va Farg‘ona mustaqilligicha qoldi. Bosqin oqibatlari Yunon-makedon qo‘shinlari- ning bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi, ko‘plab shaharlar vayron etildi. Yunon tarixchilarining yozishicha, Make- doniyalik Aleksandr O‘rta Osiyoda bir nechta shaharlar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Es- xata, Marg‘iyona Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Ularning ba’zilari vayron etilgan So‘g‘- diyona va Baqtriya shaharlari o‘rnida, bosh- qalari esa tayanch qal’alar sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedonlar- ning piyoda va otliq askarlari joylashtirilgan. Bu askarlarning siyraklashgan safl ari Ma- kedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So‘g‘diyona yoshlari hisobiga to‘ldiriladi. Jang ko‘rinishi Eslab qoling! Aleksandr O‘rta Osiyo yerlari ni bosib olish uchun uch yil harakat qildi. Lekin u u ncha ham katta bo‘lmagan hududnigina o‘ziga bo‘y- sun dirishga muvaffaq bo‘ldi. 128 Bora-bora hunarmandchilik va savdo qay- ta tiklandi. Mahalliy va yunon madaniyatlari an’analarining qo‘shilishi yuz berdi. Shu asos- da Salavkiylar, Yunon-Baqtriya va Parfi ya sin- gari antik davlatlar vujudga keldi. Savol va topshiriqlar 1. O‘rtaosiyolik jangchining qurollarini tavsif- lab bering. 2. Makedoniyalik Aleksandr So‘g‘diyonaga qachon yurish boshladi? 3. Makedoniyalik Aleksandr bosib olingan hududlarda o‘z hokimiyatini qaysi yo‘llar bi- lan joriy etgan? 4. Spitaman qo‘zg‘oloni qachon bo‘lib o‘tdi? Qo‘zg‘olon qanday yakunlandi? 5. Yunon-makedon qo‘shinlarining O‘rta Osi- yoga bostirib kirishining salbiy oqibatlarini sanang. Aleksandr tangasi Tayanch konspekt mil. avv. 334-yil. – Aleksandrning Sharqqa yurishi Aleksandr – Makedoniya podshosi qurol-yarog‘: akinak, sagaris Baqtra – Naytaka – Maroqanda Bess – Baqtriya satrapi mil. avv. 329-yil – Maroqandaning bosib olinishi → Spitaman, Politimet (Zarafshon daryosi) bo‘yidagi jang Aleksandriya Esxata mil. avv. 328-yil – Spitamanning halok bo‘lishi.         Eslab qoling! Mil. avv. 323- yilda Makedoniya- lik Aleksandr vafot etdi. U tuzgan davlat uch qismga bo‘linib ketdi: Makedoniya, Misr, Suriya. O‘rta Osiyo hududi Suriya davlati tarkibi- da bo‘lgan. 129 33-§. Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi O‘rta Osiyo Salavkiylar davlati tarkibida Mil. avv. 323-yil Make- doniyalik Aleksandr vafot etdi. U barpo etgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketdi. Bu davlatlar Alek sandr ning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarildi. Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan ke- yin, mil. avv. 312-yilda kichik Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavk Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo‘ldi. Salavka davlatining tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfi ya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona kirar edi. Salavk o‘z davlati tarkibiga kirgan O‘rta O siyoni alohida viloyatlar – satrapliklarga ajrat- di. Ularning har biriga boshliq sat rap hu kmronlik qilar edi. Davlat mudofaasi va qo‘shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateglar shug‘ullanar edi. Salavk o‘z o‘g‘li Antioxni Sharqiy viloyatlar – Parfi ya, Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyonaga noib etib tayinladi. Antiox ulkan davlat boshida turib, uni 20 yilga yaqin boshqardi. Asta-sekinlik bilan So‘g‘diyona, Baqtriya va Marg‘iyonada tinch hayot tiklana bosh- landi. Bu yerlarda yangi manzilgohlar, sha- har lar bunyod etildi, savdo-sotiq, dehqon- chilik va hunarmandchilik rivojlandi. Baqtra, Maroqanda, Marg‘iyona Antioxiysi (Marv), Termiz yirik shahar va madaniyat markaz- lariga aylandi. 9 – Tarix, 6-sinf. Salavkiylarning jangchilari Salavkiylarning qoshinlari 130 Yunon-makedon istilolaridan keyin O‘rta Osiyo tarixida antik davr boshlandi. Bu yu- rishlar oqibatida G‘arb va Sharq o‘rtasida madaniy munosabatlar kengayishi sodir bo‘ladi. Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og‘irlik o‘lchov birliklari, pul munosabatlari, hunar- mandchilik va san’at buyumlari tarqaldi. O‘z navbatida yunonlar ham Baqtriyaning bi- nokorlik va hunarmandchilik an’analarini o‘zlashtirdilar. Yunon- Baqtriya davlati Mil. avv. 250-yilda Baqtriya Sa- lavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilari- ning xabar berishicha, mingta Baqtriya shahri hukmdori bo‘lmish Diodot o‘zini podsho deb e’lon qiladi. Shu voqeadan boshlab Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshla- nadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfi ya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya pod- sholigi tarkibiga So‘g‘diyona va Marg‘iyona ham kirgan. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukm- ronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirma- gan Yevtidemga o‘tadi. Yevtidemning o‘g‘li Demetriy hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo‘ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo‘shib olindi. Qadimgi Baqtriya tog‘lari Salavk 131 Parfi yada hokimiyat Mitridat I qo‘liga o‘tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytira- di.Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo‘ladiki, bu hol uning kuch- sizlanishiga sabab bo‘ldi. Bundan foydalan- gan ko‘chmanchi yuechji qabilalari mil. avv. 140 –130-yillar oralig‘ida Yunon-Baqtriya dav- latini bosib oladilar. Yunon-Baqtriya davlatining tangalari Mil.avv. II asr boshlaridagi Yunon-Baqtriya davlati Eslab qoling! Mil. avv. 140–130-yil- larda Yunon Baqtriya dav- lati yuechji qabilalari to- monidan bosib olindi. 132 Savol va topshiriqlar 1. Makedoniyalik Aleksandr davlati qaysi mus- taqil davlatlarga bo‘linib ketdi? 2. Salavk va Antiox haqida nimalarni bilasiz? 3. Parfi ya va Baqtriya qachon Salavkiylar dav- latidan mustaqil bo‘ldi? 4. Yunon-Baqtriya podsholigi qachon tashkil topdi? 5. Yunon-Baqtriya davlati tarixida ko‘chmanchi yuechjilarning o‘rni qanday bo‘lgan? 6. Yozuvsiz xaritada Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi hududlarining chegarasini belgilang. Qadimgi xorazmlik- larning qiyofalari. Tiklangan Diodot Yevtidem Demetriy mil. avv. 312-yil → Salavk mil. avv. 280-yil → Antiox antik davri mil. avv. 250 yilda – Yunon-Baqtriya mil. avv. 323-yil – Makedoniyalik Aleksandr- ning vafoti podsholik Makedoniya Misr Suriya mil. avv. 140 – 130-yillar – Yunon- Baqtriyaning yuechjilar tomonidan bosib olinishi            Tayanch konspekt Eslab qoling! Baqtra, Ma- roqanda, Marg‘iyona Antioxiysi (Marv)va Termiz – Sa- lavkiylar davlatining yirik shaharlari hisoblangan. 133 34-§. Qadimgi Xorazm, Qang‘ va Davan davlati Qadimgi Xorazm Mil. avv. IV asrda Xorazm Aha- moniylar davlatidan ajralib chi- qib, mustaqil davlatga aylan- di. Makedoniyalik Aleksandr va salavkiylar hukm ronligi davrida ham Xorazm davlati mus- taqil edi. Bu o‘lka aholisi xo‘jaligining asosini d ehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaharsozlikning boshlani- shi miloddan avvalgi VII asrga borib taqaladi (Ko‘zaliqir shahri xarobalari). Bu yerda ma- halliy hukmdorning qarorgohi bo‘lgan ulkan qal’a bunyod etilgan edi (Qal’aliqir shahri xa- robalari). Miloddan avvalgi III–II asrlarda Jonbosqal’a Xorazmning qadimgi shahri bo‘lgan. Qo‘y- qirilganqal’a xarobalaridan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari t opilgan. Milodiy II–III asrlarda Tuproqqal’a shah- rida bundan ham ulug‘vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o‘ralib, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o‘tgan ko‘cha shaharni ikki qismga bo‘lgan, undan esa, yon-atrofga ko‘chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxona- lar joylashgan. Qasrdagi saroy devorlari shohlar, lashkar- lar, sozandalar, shuningdek, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan. 20 dan or- tiq bo‘yalgan loy haykallar zallardan biridagi tokchalarda devor bo‘ylab o‘rnatilgan. Qadimgi Xorazm jangchisi. Tiklangan Qo‘yqiril- ganqal‘a. Tiklangan Mudofaa devori xarobalari 134 Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik yuk- sak darajada rivoj topgan. Kulolchilik, temir, mis asboblar, qurollar, zargarlik buyum- lariga talab katta bo‘lgan. Xorazm aholisi So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht ko‘chmanchilari bilan yaqindan savdo mu- nosabatlarini o‘rnatgan. Bu o‘lkadan muhim karvon yo‘llari o‘tgan. Mil. avv. I asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda ku- mush va mis tangalar zarb qilingan. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yo- zuv Xorazm hududidan topilgan. Bular Oybo‘yirqal’a (miloddan avvalgi V–IV asrlar) yodgorligidan xum sirtiga bitilgan yozuv va Qo‘yqirilganqal’adan topilgan ayrim mahal- liy yozuvlardir (miloddan avvalgi III–II asrlar). Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalanishgan. Qang‘ davlati Xitoy manbalaridan bu dav- latning Qang‘yuy deb atal- gani ma’lum. Mil. avv. III asrda unga saklar asos solishgan. Qadimshunoslarning aniq- lashicha, Toshkent vohasida miloddan avval- gi III asrda asos solingan, Qanqa – Qang‘xa shahar-qal’asi saklarning o‘sha kezlardagi poytaxti Qang‘dez bo‘lgan. Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan. Qang‘ davlatining asosiy shaharlari Sir- daryo sohillari bo‘ylab joylashgan. Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang‘ qud- ratli davlat birlashmasiga aylanadi. U ning hu kmdorlari o‘z nomidan tangalar zarb qildir ganlar. Qang‘ davlatida istehkomlar, ibo- datxonalar, savdo va hunarmandchilik mahal- lalari barpo etilgan. Qadimgi Xorazm qal’asi Eslab qoling! Mil. avv. I asr da Xora- zmda ma halliy taqvim ish lab chiqilgan. Eslab qoling! Qang‘ dav- lati mil. avv. III asrda vu- judga kelgan. 135 Davlatning madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroatchilik va hunarmandchilik madaniyati v ujudga kelgan. Uning hududidan Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tganligi davlat iqtisodi- ning gullab-yashna shi ga imkon yaratdi. Le- kin ayni shu hol ko‘chmanchi qabilalar bilan u rushlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu urushlarda qang‘arlar (Qang‘ davlati aholisini shunday atashgan) ko‘pincha g‘olib chiqar edilar. Milodiy III asrda Qang‘ davlati parchalanib ketdi. Davan davlati Davan davlati (Xitoy manbalari- da bu o‘lka shu nom bilan tilga olinadi) taxminan, mil. avv. III asrda paydo bo‘lib, Farg‘ona vodiysida joylashgan. Xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlat- ni bosib olmoqchi bo‘ldilar, biroq ularning harakatlari behuda ketdi. Harbiy yurishlarning birida ular Davan davlatining poytaxti Ershini qo‘lga kiritdilar, biroq aholisining tovon to‘lashi evaziga uni tashlab chiqishgan. Davan davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo‘lgan xalqaro savdo- da muhim o‘rin tutgan. Xitoy hukmdorlarini ko‘proq Farg‘onaning zotli otlari qiziqtirardi. Otlar naslining biriga hatto ular «Samoviy» deb nom berganlar. «Samoviy otlar» baquv- vat va chopqir bo‘lgan. Ot haykalchasi Jang manzarasi. Zamonaviy rasm O‘zingizni sinang! Qang‘xa – ... Qangyuy – ... Qang‘dez – ... Qang‘– ... 136 Qadimshunoslar topgan dalillar Xitoy sol- nomalaridagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Ko‘p sonli aholiga, yaxshi qurollangan va mashq ko‘rgan qurolli kuchlariga ega bo‘lgan Da- van mil. avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. Davan davlatining Sho‘rabashat, Uchqo‘rg‘on singari shaharlari atrofi dagi aholi yerni ishlash, sholi va bug‘doy yetishtirish, bog‘dorchilik va uzum yetishtirish- da katta yutuqlarga erishgan. Olimlarning aniqlashicha, milodiy III asrda Davan davlati barham topgan. «Samoviy ot» Tayanch konspekt Q ad im gi X or az m (m il. a vv . I V a sr – m ilo di y III a sr ) sug‘orish tarmoqlari hunarmandchilik va savdo shahar va qal’alar qurilishning yuqori darajasi haykaltaroshlik va devoriy sur’at Qadimgi Xorazm yozuvi Jonbosqal’a, Qo‘yqirilganqal’a, Tuproqqal’a  Davan Xitoy bilan urushlar Ershi – poytaxt «samoviy otlar» Sho‘rabashat, Uchqo‘rg‘on barham topishi Q an g‘ d av la ti (m il. a vv . I II as r – m il. II I a sr ) Qangyuy (Qang‘xa) qang‘arlar Qanqa – Qangxa – Qang‘dez (Bityan) ko‘chmanchilar bilan urushlar parchalanib ketishi D av an d av la ti (m il. a vv . I II as r – m il. II I a sr )                  Eslab qoling! Davan mil. avv. II – I asr- larda yuksak taraqqiy etgan davlat bo‘lgan. 137 Savol va topshiriqlar 1. Qadimgi Xorazm shaharlari haqida nima- larni bilasiz? 2. Xorazmning o‘ziga xos madaniyati haqida so‘zlang. 3. Qang‘ davlati gachon tashkil topdi va man- balarda qanday nomlangan? 4. Davon davlati va uninq madaniyati to‘g‘risi- da nimalarni bilib oldingiz? 35-§. Kushon davlati Kushon davlatining tashkil topishi Mil. avv. 140–130-yil- lar oralig‘ida ko‘ch- manchi yuechji qabi- lalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. Yuechjilar Baqtriya yerlariga kelib o‘rnashadilar va milodiy I asrda Guyshuan (Kushon) xo- nadonining boshlig‘i barcha yuechji mulklarini o‘z hokimiyati ostida birlashtirib, Kushon dav- latiga asos soladi. Kushon podsholigi Kushon hukmdori O‘smirning tasviri. Devoriy sur’at Mil.avv. II–I asrlarga oid ko‘za 138 Birlashgan yuechji qabilalarining birinchi hukmdori Kudzula Kadfi z bo‘lgan. Kudzula Kadfi z hukmronligi davrida Afg‘oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo‘shib olingan. Uning vorisi Vima Kadfi z hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada ken- gaydi. Podsho Kanishka hukmronligi zamo- nida poytaxt Baqtriyadan Peshovar (hozirgi Pokiston)ga ko‘chiriladi, Kushon podsholigi esa ulkan davlatga aylanadi. Uning hududiga Hindiston, Xo‘tan, Af- g‘oniston va O‘zbekistonning janubigacha bo‘lgan yerlar kirgan. Rim, Parfi ya, Xitoy davlatlari qatorida Kushon davlati ham ulkan podsholiklardan biriga aylangan. To‘xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga yuz tutdi va parchalanib ketdi. Xo‘jalikning rivojlanishi Vima Kadfi z hukmronligi dav- ridan Kushon podsholigida hukmdor nomi ko‘rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi. Hukmdor pul is- lohoti o‘tkazadi, zarb qilingan tangalar qadri ortadi. Tangalar oltin, kumush va misdan zarb qilingan. Kanishka hukmronligi davrida Kushon podsholigi o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga eri- shadi. Yangi-yangi shaharlar bunyod etildi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo va elchilik munosabatlari yo‘lga qo‘yildi. Chang chalayotgan ayol tasviri Kushon podsholigi tangalari O‘zingizni sinang! Kudzula Kadfi z – ... Kanishka – ... Vima Kadfi z – ... 139 Hunarmandchilik ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Surxon vohasidaqi Kushon davlati yodgorliklari Xolchayon, Dalvarzinte- pa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa va boshqalar- ni o‘rganish jarayonida aniqlangan topilmalar ham buni tasdiqlaydi. Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunar- mandchilik tashkil qilgan. Kushon davlati davrida suv tegirmoni, chig‘ir turlaridan keng foydalanildi, yerga ishlov berish qurollari takomillashtirildi. Kushon davlati yozuvi Kushon davlatida yashagan xalqlarning o‘zaro madaniy va savdo-sotiq aloqalari tu- fayli O‘rta Osiyoda qadimgi oromiy yozuvi keng tarqaladi. Bu yozuv G‘arbiy Osiyoda paydo bo‘lib, alifboga asoslangani tufayli o‘zlashtirish ancha oson bo‘lgan. Qadimgi Termiz yodgorliklarini o‘rganish natijasida oromiy yozuvi asosidagi kushon- baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari to- pilgan. Kushon mamlakatida yana kushon shaklli yozuvi mavjud bo‘lgan, bunda harfl ar burchakli, to‘rtburchak va aylana shaklida yozilgan. Kushon podsholigida yozuv qadimdan mavjudligini Surxko‘tal (Afg‘onistondagi Qun- duz shahri yaqinida) yodgorligidan topilgan yunon alifbosidagi kushon bitiklari ham tas- diqlaydi. Amudaryoning quyi oqimida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida oromiy alifbosi asosidagi xorazmiy va so‘g‘diy yozuvlari ham keng tarqalgan edi. Ayol kishi bosh tuzilishining haykali. I-II asr Chig‘ir – suv chiqaradigan moslama. 140 Yozuvning turli ko‘rinishlariga oid topilma- lar Kushon podsholigining jahondagi ko‘plab davlatlar bilan keng ko‘lamdagi aloqalaridan guvohlik beradi. Diniy e’tiqod Kushon davlati tashkil topa- yotganda Baqtriya, So‘g‘di- yonaning asosiy aholisi zar- dushtiylik dinida edi. Kanishka hukmronligi davrida Hindistonning bir qismi qo‘shib olinib, yaqindan aloqalar o‘rnatilgach, Kushon dav- lati hududiga kirib kelgan buddaviylik dini zar- dushtiylik bilan birga milodiy VIII asrgacha O‘rta Osiyoda saqlanib qoldi. Aynan Surxon vohasi orgali buddaviylik O‘rta Osiyo bo‘ylab tarqala boshladi. Me’morchilik va san’at Kushonlar davrida binokor- lik va me’morchilik yuksak darajada taraqqiy etgan. Dalvarzintepa va Eski Termiz singari shahar- lar xom g‘ishtdan qurilgan mustahkam isteh- kom devorlari bilan o‘ralgan edi. Shaharlar- ning o‘zi hunarmandlar mahallalariga va turar joy mavzelariga ajratilgan. Xolchayondagi kushon hukmdorlari saroyi, Eski Termiz (Qoratepa, Fayoztepa) va Dalvar- zintepadagi buddaviylik ibodatxonalarida o‘sha davr devoriy tasvirlari va haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari o‘rganilgan. Shahzodalar, saroy a’yonlari, jangchilar tasviri, Budda haykali va Ayritomda topilgan Kushon shahzodasining tasviri Budda boshining tasviri. Dalvarzintepa. II–III asr boshlari O‘zingizni sinang! Chig‘ir – ... Kushon yozuvi – ... Buddaviylik – ... Oromiy yozuvi – ... 141 do‘mbirachi hamda ud cholg‘u asbobini cha- layotgan musiqachilar tasvirlari shular jumla- sidandir. Kandakorlik yuqori rivojlangan. Dalvar- zintepadan fi l suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan. Kushon san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yuno- niston ellinistik san’ati uslublari muvofi qlash- gan. Savol va topshiriqlar 1. Yuechjilar Baqtriyaga qachon bostirib keldi- lar? 2. Kanishka davrida Kushon podsholigida qanday o‘zgarishlar bo‘lgan? 3. Qaysi podsho davrida hukmdor nomi yozil- gan tangalar zarb qilina boshlandi? 4. Kushon davri yozuvi, san’ati va diniy e’tiqodi haqida gapirib bering. Do‘mbirachi. Ayritom yodgorligidan namuna Tuyadagi chavandoz haykalchasi Tayanch konspekt mil. avv. 140–130- yillar – yuechjilar bosqini yuechjilar → kushonlar Baqtriyaga joylashuvi Dalvarzintepa, Ayritom, Xolchayon Kudzula Kadfi z Vima Kadfi z Kanishka yozuvlar zardushtiylik, buddaviylik K us ho n da vl at i (m il. I as r. – m il. II I a sr )          142 Sopol idishlar Fil suyagidan ishlangan shaxmat donalari 36-§. Buyuk Ipak yo‘li Vujudga kelishi va tarmoqlari Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G‘arb xalqlari o‘rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadim- gi dunyoda mashhur bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan edi. Bu yo‘l miloddan av- valgi II asrda vujudga kelgan va «Buyuk me- ridianal yo‘l» deb atalgan. Bu yo‘lga «Ipak yo‘li» degan nom 1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan. Buyuk Ipak yo‘li tashkil topmasdan avval O‘rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida sav- do va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yo‘llar mavjud bo‘lgan. Buyuk Ipak yo‘li 12 ming kilometrgacha uzunlikda bo‘lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O‘rtayer dengizi sohillarigacha borgan. Bu yo‘lda Sian, Dun- xuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha shaharlar joylash- gan. Buyuk Ipak yo‘li Rim Edessa Dunxuan Chayan Pataliputra Baqtra Persepol Salavkiya Arabiston Memfi s Eslab qoling! Buyuk Ipak yo‘li mil. avv. II asrda vujudga kelgan. U «Buyuk meridi- anal yo‘l» deb atalgan. Bu yo‘lga «Ipak yo‘li» degan nom 1877-yil- da nemis geo- grafi F. Rixtgo- fen tomonidan berilgan. 143 So‘g‘diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmat- baho toshlar olib borilgan; Baqtriyadan tu- yalar, Farg‘onadan zotli otlar, Badaxshondan la’l; O‘rta Osiyo viloyatlaridan Xitoyga uzum, yong‘oq, anor va boshqa dehqonchilik mah- sulotlari yetkazilgan. Hindistondan O‘rta Osiyo viloyatlariga ip-gazlama va paxta chigiti or- tilgan karvonlar kelgan; Xitoydan guruch va ipak matolar keltirilgan. Buyuk Ipak yo‘li Chjan Syan tavsifi da Xitoy imperatori U-Di elchi Chjan Syanni ko‘ch- manchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo‘natadi. Xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qi- lar edilar. Elchi xunnlar qo‘liga asir tushadi va o‘n yilcha hibsda bo‘ladi. U asirlikdan qochib Farg‘ona vodiysiga keladi. Bu yerda o‘zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu sha- harlar Farg‘ona davlatiga qarashli ekanligini bilib oladi. Chjan Syan Oloy vodiysidan o‘tib vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga ko‘rgan-bil- ganlarini so‘zlab beradi. U Xitoyga Farg‘ona otlaridan birini va beda urug‘idan olib kelgan edi. Bu otni xitoyliklar «samoviy» deb atagan- lar. Imperator U-Di o‘z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo‘ylab ekiladigan bo‘ldi. Chjan Syan yurgan yo‘l bo‘ylab Xitoy mamlakatini Markaziy va G‘arbiy Osiyo bilan bog‘lovchi jahon ahamiyatiga ega «Buyuk Ipak yo‘li» deb ataluvchi karvon yo‘li o‘tadigan bo‘ldi. Cho‘ldagi qum tepaliklar Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab Eslab qoling! Сhjan Syan- ning yurgan yo‘li Buyuk Ipak yo‘liga asos bo‘ldi. 144 Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati Buyuk Ipak yo‘lining tarixi Sharq va G‘arb xalqlari- ning keng miqyosdagi madaniy aloqalari va sav- do ayirboshlashi tarixidir. Bu o‘zaro hamkorlik va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo‘lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan. O‘rta Osiyo bu yo‘lning asosiy yo‘nalishlari kesib o‘tadigan markazida joylashgan. Bu yer- ga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunar- mandlar, olimlar va musiqachilar tashrif buyu- rar edilar. Savol va topshiriqlar 1. Jahonning ko‘plab mamlakatlarini bog‘lab turuvchi karvon yo‘llari tarmog‘ini birinchi bo‘lib kim «Ipak yo‘li» deb atadi? 2. Buyuk Ipak yo‘lining uzunligi qancha? 3. O‘zbekistonning qaysi shaharlari Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan edi? 4. Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qiling. Olis yurtlar va shaharlar haqida qisqacha hikoya tuzing. 5. Savdogarlar Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab qaysi mamlakatlardan nimalarni keltirishgan? Ipak qurti pillasi Buyuk Ipak yo‘li 1877 – F. Rixtgofen 12 ming km. Xitoy, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya, Old Osiyo o‘zaro aloqalar: madaniy va savdoB uy uk Ip ak y o‘ li (m il. a vv . I I a sr - X V I a sr ) Tayanch konspekt     Eslab qoling! Buyuk Ipak yo‘li Sharq va G‘arb mam lakatlari xalqlarini o‘za- ro madaniy aloqalaridan bahramand bo‘lish imkoni- ni berdi. 145 37-§. Qadimgi Italiya Tabiiy sharoiti va qadimgi aholisi Apennin yarimorolida iq- lim iliq bo‘lib, yil bo‘yi o‘rtacha yomg‘ir yog‘ardi. Yarimorolni to‘liq egallagan Italiya zami- nida qurg‘oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo‘lmasdi. Yegulik mahsulotlar mo‘l-ko‘lligi va tuproq unum dorligi tufayli ko‘p asrlar davomida qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Qadim zamonlardan boshlab Apennin yarimorolida turli xil qabilalar yashagan. Lig‘urlar Italiyaning qadimgi qabilalaridan biri bo‘lib, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. «Italiya» so‘zi (yunoncha «vitulus» so‘zi- dan) buqa, buzoqcha ma’nosini bildiradi. Mil. avv. VIII-VI asrlarda Italiya sohillarida koloni- yalarga asos solgan yunonlar bu mamlakatda sigirlarni o‘tlatish uchun ajoyib o‘tloqlarni top- ganlar. Apennin yarimorolidagi eng katta daryo Po daryosidir. Yarimorolning qabilalari italiklar deb nomlangan. Italiyaning shimoli-g‘arbiy qismi- da etrusklar yashagan. Ularning asosiy mash- g‘uloti dehqonchilik bo‘lgan. Mil. avv. VIII asr- da etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlatning ittifoqini tuzishadi. Etrusklar Sharq mamlakat- lari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalariga qarshi kurash boshladilar. Afri- V - BO‘LIM QADIMGI RIM Rimliklarning qadimiy manzilgohi 10 – Tarix, 6-sinf. Qadimgi Italiya Rim Piza Neapol Messana Sirakuza Sitsiliya o. Sardiniya o. Adriatika dengizi Apennin Ya.Ko rs ika o . O‘rtayer dengizi 146 kaning shimoliy sohilida joylashgan Finikiya koloniyasi Karfagen shahar-davlati ham ular- ga qo‘shildi. Avvaliga karfagenliklar va etrusk- lar g‘alaba qozonishdi, ammo ko‘p o‘tmay yunon qo‘shini ularni quruqlik va dengizda tor- mor qildi. Rimga asos solinishi Rim shahri Tibr daryosi bo‘yidagi dehqonchilik man- zilgohlaridan boshlangan. Tibr bo‘ylab joylashgan kichik manzilgohlar bir- lashib, katta shaharga aylandi. Rim yettita te- palikda joylashgan. Tibr toshgan kezlarda te- paliklar o‘rtasidagi yerlar odam o‘tolmaydigan botqoqlikka aylanib qolar edi. Shahar joylashi- shi harbiy nuqtai nazardan juda ham qulay bo‘lgan. Daryo va botqoqlik lotinlarni qo‘shni qabilalar hujumlaridan himoya qilar edi. Rivoyatga qaraganda, mil. avv. 753-yilda Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomo- nidan asos solingan. Dunyo ga kelganlaridan so‘ng chaqaloq larni savatga solib, Tibr dar- yosi bo‘yiga tashlab ketadilar. Daryo bo‘yida ularni Ona bo‘ri topib olib, emizadi va boqa- di. Keyin aka-ukalarni bir cho‘pon topib olib tarbiya laydi. Voyaga yetganlarida esa ular Tibr bo‘yida shahar barpo etishga ahd qilishadi. Aka-uka- lar janjallashib qolib, Romul o‘z inisini o‘ldirib qo‘yadi, shaharga esa o‘z nomini beradi. Bugungi kunda, afsonada aytilganidek, egi- zaklarni emizgan Ona bo‘ri Rimning timsoli Rem va Romulni topib olgan Ona bo‘ri tasviri Qadimgi Rim aholisi. Pompeya shahridagi devorga ishlangan tasvir O‘zingizni sinang! Italiklar – ... Etrusklar – ... «Italiya»ning ma’nosi – ... Eslab qoling! Mil. avv. 753- yil Rimga asos solin- gan sana deb qabul qilingan. 147 hisoblanadi. Rim katta shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himo- yalanish u chun qal’a bunyod etiladi. Qadimgi Rimda boshqaruv Ilgari rimliklar o‘z hukm- dorlarini saylashardi. Hu km dorlar ham harbiy boshliq, ham sudya, ham kohin bo‘lishgan. Laqabi Mag‘rur Tarkviniy degan kishi mam- lakatga saylab qo‘yilgan hukmdorni o‘ldirib, hokimiyatni egallab oldi. Bundan darg‘azab bo‘lgan aholi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Tarkviniyni shahardan haydab yu- bordi. Shahar ahli butun hokimiyat bir ki- shi qo‘lida jamlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan boshqaruv shakliga o‘tishga qaror qiladi. Podsho hokimiyatining ag‘darilishi Rim res- publikasi a sosini yaratdi. Tarkviniyning shahardan quvg‘in qilinishi Rim ibodatxonasi. Tiklangan Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan Italiya hududini ko‘rsating va u ning geografi k xususiyatlarini so‘zlab be- ring. 2. Italiyaning aholisi qanday atalgan? 3. «Italiya» so‘zi qay tariqa vujudga kelgan? 4. Nima uchun Ona bo‘ri Rimning timsoli hi- soblanadi? Tayanch konspekt Apennin yarimoroli Italiya – «buzoqchalar o‘lkasi» ligurlar, italiklar mil. avv. VIII asr – 12 shahar-davlat ittifoqi mil. avv. 753-yil – Tibr daryosi bo‘yida Rim shahriga asos solinishi      Eslab qoling! Mag‘rur Tark- viniy quvg‘in qilinganidan keyin, mil. avv. 509-yilda Rim respub- lika deb e’lon qilindi. 148 38-§. Rim respublikasi Respublikani boshqarish Rim hukmdorlari muhim masalalarni muhokama qi- lish uchun Xalq majlisini cha- qirganlar. Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni tasdiqlar va bekor qilar, barcha muhim mansabdor shaxslarni tayin- lar edi. Bu majlisning qarorini Senat tasdiqla- gan, lotinchadan tarjima qilinganda «senat» so‘zi «oqsoqollar kengashi» degan ma’noni anglatadi. Rimning tub aholisi patritsiylar, Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning av- lodlari plebeylar deb atalgan. Rim boshqaru- vida faqat patritsiylar ishtirok eta olar edi. Mil. avv. VI asr oxiridan Rim davlati respublika deb yuritila boshlangan. Lotinchadan tarjima qilinganda «respub- lika» so‘zi «xalq ishi, umumiy ish» degan ma’nolarni anglatadi («res» – ish, «publika» – xalq). Xalq majlisi patritsiylardan ikki kishini bir yil muddatga hokim qilib saylagan. Ular kon- sullar deb atalgan. Badavlat odam turli yo‘llar bilan say- lovchilarni o‘z tarafi ga og‘dirib, bepul tushlik uyushtirishgan, sovg‘a-salom tarqatishgan va shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirishgan. Saylov kuni konsullikka o‘z nomzodini qo‘ygan badavlat kishilar «kandida» deb ataluvchi oq-harir libos kiyib olishgan. Ho- zirgi «kandidat», ya’ni qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma’nosini beruvchi so‘z ham «kandida»dan kelib chiqqan. Oq rang nomzodning vijdo- ni ham uning libosidek beg‘ubor va pokiza bo‘lishi kerakligini bildirgan. Rimning markaziy qismi Eslab qoling! Mil. avv. VI asrning oxiri- dan boshlab Rim davlati respublika deb atala boshlangan. 149 Senat mamlakatda katta hokimiyatga ega bo‘lgan. Birorta ham qonun Senatda muhoka- ma etilmasdan turib, Xalq majlisi tomonidan qabul qilinmasdi. Asosiy mansabdor shaxs- lar – konsullar esa bevosita davlatni boshqa- rar edilar. Qadimda eng tajribali va hurmatli kishilar Senatda o‘rin egallagan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan konsullar hech bir saylovsiz Se- natda o‘rin egallab oladigan va uning umrbod a’zosiga – senatorga aylanadigan mavqega erishdilar. Urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo‘zg‘oloni ro‘y berganda diktator va uning o‘rinbosari – qo‘shinlar boshlig‘i etib tayinla- nardi. Diktator cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan. Ammo u hokimiyatda olti oydan ko‘p tura olmas edi. Xalq majlisi Xalq tribunlari SenatKonsul Konsul Rim respublikasi boshqaruvi Har bir konsulni 12 kishidan iborat faxriy qorovul – liktorlar qo‘riqlab yurardi. Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati sifatida liktorlar yelkalariga o‘rtasiga boltacha sanchilgan qayishqoq arqonchalar- dan bog‘lama taqib yurishardi. Plebeylar qo‘zg‘oloni Konsullar O‘zingizni sinang! Senat – ... Plebeylar – ... Patritsiylar – ... Respublika – ... Eslab qoling! Senat 300 kishidan ibo- rat bo‘lgan. Birorta ham qonun Senat- da muhokama etilmasdan turib, Xalq maj lisi tomo- nidan qabul qilinmadi. 150 Konsullar ikki nafar bo‘lib, ular muhim masalalarni hal etayotganda bir-birlari bilan maslahatlashib olishi kerak bo‘lgan. Konsul- lar yil davomida Rim respublikasini boshqarib, rimliklarni sud qilar edilar. Harbiy davrlarda esa ular qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilishgan. Har yili ular Xalq majlisiga hisobot berar edilar. Rim respublikasida xalq tribuni lavozimi ham ta’sis etilgan. Xalq tribunlari qashshoq rimlik- lar manfaatlarini ifoda etgan. Ular majlislarda barcha fuqarolarning teng va yashirin ovozi bi- lan saylanar edi. Xalq tribuni «veto» (taqiqlay- man) so‘zini aytishi mumkin bo‘lgan, bunday holda qonun qabul qilinmas edi. «12 jadval qonunlari» Qadimgi Rim qonunchiligi og‘zaki qonunlarga asoslan- gan edi. Sudlarda ko‘pincha adolatsiz qarorlar chiqaruvchi patritsiylar maj- lis tuzar edilar. Plebeylar talabiga ko‘ra, o‘nta patritsiydan iborat hay’at tuzilib, ular qonun- larning yozma majmuasini tuzishlari kerak bo‘lgan. Ammo hay’at bu ishni oxiriga yetkaza olmagan. O‘shanda asosan plebeylardan iborat bo‘lgan Rim qo‘shinlari isyon ko‘taradi. Ular Rim atrofi dagi Muqaddas tog‘ga ketib qoladi- lar va o‘z qonunlariga ega bo‘lgan yangi sha- har tashkil qilamiz, deb ogohlantiradilar. Shu tariqa 12 ta mis lavhaga o‘yib yozilgan qonun- larni hamma ko‘rishi uchun Rimning markaziy Qonunbu- zarlarga nisbatan tan jazosi qo‘llanilar edi O‘zingizni sinang! Diktator –... Konsullar – ... Liktorlar – ... Xalq tribuni – ... Eslab qoling! Mil. avvalgi III asr boshlariga kelib Rimning barcha fuqarolari, mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilindi. 151 maydoni – Forumga joylashtiradilar. Patritsiy- lar 12 jadvaldan tashkil topgan yangi qonun- larni qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Mazkur qonunlar xususiy mulkni daxlsiz deb e’lon qildi, ammo ular asosan plebeylar va patritsiylar tengsizligini qonunlashtirgan. Faqat miloddan avvalgi III asr boshlariga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng, deb hisobla- nadigan qonunlar qabul qilindi. Savol va topshiriqlar 1. Rimda respublika boshqaruvi qay tarzda amalga oshirilgan? 2. «Respublika» so‘zi qanday ma’noni ang- latadi? 3. Diktator kim? Qaysi hollarda u Rim hukm- doriga aylangan? 4. Rim qonunchiligi haqida so‘zlab bering. U ning o‘ziga xosligi nimada? 5. «12 jadval qonunlari» kimlarning manfaatla- rini himoya qilgan? Forum – Rim- ning markaziy maydoni. Tiklangan Qonunlar qullarga taalluqli emas edi. Ularni bozorlarda bemalol sotardilar Tayanch konspekt respublika oliy hokimiyati – Xalq majlisi Senat – «oqsoqollar kengashi» patritsiylar plebeylar respublika – «xalq ishi» konsullar – respublikaning bosh man- sabdor shaxslari diktator – urush davrida Rim hukmdori xalq tribuni – Senatda Rim qashshoq aholisi vakillari veto – «taqiqlayman» «12 jadval qonunlari»           152 39-§. Rim respublikasining hayoti Shaharlardagi hayot Davlatning hududi kenga- yib borgani sayin shaharlar ham ko‘paydi. Rim shahar- lari oldindan puxta ishlangan reja asosida bar- po etilgan. Shaharlarda ko‘plab chiroyli jamoat va turar joy binolari, ibodatxonalar, hammom- lar, savdo rastalari va dorixonalar bo‘lgan. Ko‘pchilik odamlar 2–3 qavatli bino- larda istiqomat qilgan. Badavlat odam- lar esa o‘zlariga koshona qurib olar edi- lar. Bunday uylarda markaziy isitish tizimi bo‘lgan: pollar isitilar, quvurlar orqali uylar- ga suv oqib kelar edi. Uy mozaikalar – shi- sha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar bilan bezatilgan. Shohona bo‘lgan uy-joylar – villalar devorlarini freskalar – xom suvoq- qa ishlangan rasmlar bezatib turgan. Har bir shahar markazidagi Forumda bozor maydoni, xalq yig‘ilishlari uchun joy va markaziy ibo- datxona bo‘lgan. Suv shaharga bir necha qa- vatli ko‘prikka o‘xshab ketuvchi akveduk orqali oqib kelgan. Rim bozorlarida katta tovar bo‘lmish qul- larga talab ko‘p edi. Har bir shaharning qullar sotiladigan bozorlari bo‘lgan. Odamlar kiyib yuradigan liboslari ular- ning jamiyatdagi mavqeini bildirgan. Masalan, o‘g‘il bolalar 14 yoshga to‘lgunga qadar pushti yo‘llik toga kiyishgan. 14 yoshga kirganlarida ular voyaga yetgan shaxs hisoblanar va op- poq toga kiya boshlar edilar. Xuddi shunday harir togani senatorlar ham kiyishgan. Rimlik ayollar turli rangdagi ko‘ylaklar kiyib, bosh va yelkalariga ro‘mol tashlab yurganlar. Merkuriy – savdo-sotiq xudosi Akveduk (osma suv quvurlari) Rimliklar kiyimi – toga 153 Yupiter – chaq- moq va moma- qaldiroq xudosi Vulqon – olov va temirchilar xudosi Neptun – den- giz xudosi O‘zingizni sinang! Mozaika – ... Freska – ... Akveduk – ... Toga – ... Qadimgi rimliklarning xudolari Kundalik hayotda rimliklar o‘z xudolariga madad va homiylik istab murojaat etishardi. Xu- dolar uchun ulug‘vor ibodatxo- nalar barpo etilgan. Rimliklar xudolarining ko‘pchiligi yunonlar xudolarini esga soladi. Muhim ishni boshlashdan oldin rimliklar xu- dolarga qurbonliklar bag‘ishlar edilar. Turfa xudolar hayotning turli jihatlarini boshqarar edi. Masalan, jangda mag‘lubiyat- ga uchragudek bo‘lishsa, demak, qaysidir ish bilan urush xudosi Marsning jahlini chiqardik, degan xayolga borishgan. Rimning bosh xudosi, osmon, momaqal- diroq va yashin podshosi Yupiter Rim dav- la tining homiysi bo‘lgan. Rimda xudo larga sig‘inish keng tarqalgan. Neptun dengiz xu- dosi, uyqu xudosi Morfey, ov xudosi Diana, olov va temirchilik xudosi Vulqon, bahor va sevgi xudosi Venera, may xudosi Baxus, sudlov ilohasi Yustitsiya, taqdir ilohasi esa Fortuna hisoblangan. Ibodatxonada Rimning bosh xudosi Yupi- terning ulkan haykali o‘rnatilgan. Ibodatxona yonida altar – qurbonlik baxshida etiladigan ko‘tarma joy bo‘lgan. Odatda ho‘kizlar, qo‘ylar, cho‘chqalar yoki echkilar qurbonlik qilingan. O‘zingizni sinang! Qadimgi rimliklarning xudolari – ... Altar – ... Ibodatxona – ... 154 Diniy marosimlar Diniy marosimlar qat’iy bel- gilangan qoidalar bo‘yicha o‘tkazilgan. Marosimlar o‘tkazilishi ustidan kohinlar – pontifi klar – Rim ruhoniylari nazorat qilishgan. Ular bayramlar taqvimi, marosimlar tantanalari tartibini tuzishardi. 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylardan jamlangan pontifi klar hay’atiga Buyuk pontifi k rahbarlik qilgan. Buyuk pontifi k xudolar bilan maslahatlashib, xulosa beradi, deb hisob lashgan. Rimliklar barcha muhim ishlarni fol ochish- dan boshlashgan. Fol ochish kohinlar – avgur- lar yordamida amalga oshirilgan. Avgurlar qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks- sadoga va hokazolarga qarab fol ochar, alo- matlar ko‘ngildagidek bo‘lmasa, ishlar ma’lum muddatga kechiktirilar edi. Xonadon o‘chog‘i ilohasi Vesta ibodatxo- nasida muqaddas olov saqlangan. Muqad- das olovni saqlash ayol kohinalar vestalkalar majburiyatlari sirasiga kirardi. Olov yonib turar ekan, hayot mavjuddir, deya hisoblashgan. Rim ibodatxonasi Fortuna – taq- dir ilohasi Yustitsiya – odil sudlov ilohasi 155 Savol va topshiriqlar 1. Rim shahri aholisi hayoti haqida so‘zlab be- ring. 2. Rimliklar liboslari nimasi bilan ajralib turar edi? 3. Rim xudolarini sanab bering. Ular yunon xu- dolaridan nimasi bilan farqlanar edi? 4. Pontifi k kohinlar va avgur kohinlar kim? 5. Vestalka kohinalarning asosiy majburiyati nimalardan iborat bo‘lgan? 40-§. O‘rtayer dengizida hukmronlik uchun kurash Rim armiyasi Rimning kuchli go‘shini tashqi dushmanlardan himoyalanish va qo‘shni mamlakatlarning yerlarini bosib o lish uchun zarur edi. Dastlab qo‘shinga yer- mulkka ega bo‘lgan rimliklar olingan. Keyin- Rim askarlari jangda Yarador Rim askari Rimdagi G‘alaba – triumf arkasi xudolar Tayanch konspekt mozaika freskalar forum akveduk Mars Yupiter Neptun Morfey Vulqon Yustitsiya Fortuna kohinlar – pontifi klar, kohinlar – avgurlar, kohinalar – vestalkalar       156 chalik qo‘shin doimiy harbiy kuchga aylan- gan. Armiyada 17 yoshga yetgan erkak fuqarolar xizmat qila olgan. 80 kishidan ibo- rat jangchilar guruhi senturiyalar deb yuritil- gan. Bir necha senturiyalar kogortani, 10 ta kogorta legionni tashkil etgan. Jangchilar ning ko‘pchiligi yaxshi ta’lim olgan askarlar bo‘lib, ular maosh olishlaridan tashqari kiyim va yarog‘-aslahalar bilan ta’minlangan. Xizmat muddati 25 yil bo‘lgan. Shuncha muddatda- gi xizmati evaziga legio ner uy-joy, durustgi- na oylik maosh olish va Rim tarkibidagi turli o‘lkalarda xizmat qilish imkoniyatlariga ham ega bo‘lar edi. Rimliklar o‘ziga xos jang olib borish tak- tikasini ishlab chiqishgan: avvaliga shahar qurshab olinar, so‘ngra esa katapulta degan qamal quroli bilan devorlarni teshishar va shaharga bostirib kirishar edi. Pishiq me tal taxtachalardan tiklangan uzun ko‘tarma mi- noralar yordamida baland devorlardan o shib o‘tardilar. Harbiy guruhlar davlat hududi bo‘ylab tez- roq harakatlanishi uchun mamlakatda soz (tekis) yo‘llar tarmog‘i barpo etilgan, bu yo‘llar bilan mamlakatning har qanday o‘lkasiga bo- rish mumkin bo‘lgan. Davlat chegaralarida tosh qal’alar qurilgan. Janglardagi zafardan so‘ng Senat qaro- riga ko‘ra, Rim qo‘shinlari g‘alaba (triumf)ni n ishonlaganlar. Tantanada qo‘shinlar boshida lavr gulchambari taqib olgan g‘olib sarkarda to‘rtta oq arg‘umoq qo‘shilgan aravada kirib kelgan. Uning ortidan o‘ljalar ham keltirilgan. O‘q otish qu- roli – katapulta Rim harbiylarining himoya ashyolari Gannibal 157 Puni urushlari Mil. avv. III asr o‘rtalariga kelib, Rim butun Italiyani zabt etishga erishdi. Shu tariqa Rim davlati- ning hududi kengayib bordi. Bu paytda Shimoliy Afrikaning sohillarini, Sardiniya, Korsika orollarini o‘z ichiga olgan qudratli davlat – Karfagen quldorlari Sitsiliya orolining g‘arbiy qismini egallab olgan edilar. Aynan Sitsiliya masalasi Rim va Karfagen o‘rtasidagi urush boshlanishiga sabab bo‘ladi. Rimliklar Karfagen bilan uch marotaba urushdilar. Bu urushlar tarixga Puni urush- lari nomi bilan kirgan edi, negaki, rimliklar Karfagenni Puna deb atashardi. Birinchi urushda rimliklar g‘alaba qozondilar va Sitsi- liyani bosib olib, karfagenliklarni o‘zlariga o‘lpon to‘lashga majbur qildilar. Karfagen quldorlari Ispaniyaning katta qis- mini bosib oldilar. Karfagen armiyasiga tajri- bali sarkarda Gannibal boshchilik qilardi. Karfagenning vayron etilishi Gannibal qo‘shinlarining Ispaniyadan Italiyaga qar- shi yurishlari tufayli ikkin- chi Puni urushi boshlandi. Karfagen armi- yasi Alp tog‘lari etaklariga yetib bordi. O‘tib bo‘lmasdek tuyulgan tog‘lardan oshgan Ga n- Gannibal jangchilari Rim piyodalari jangda O‘zingizni sinang! Senturiyalar – ... Kogorta – ... O‘zingizni sinang! Karfagen – ... Gannibal – ... Puna – ... Legion – ... Triumf – ... Eslab qoling! Karfagen armi- yasiga tajribali sarkarda Gan- nibal bosh- chilik qilar edi. Rim armiyasini esa – sar- karda Ssipion boshqargan. 158 nibal Shimoliy Italiya hududiga bostirib kirdi va mil. avv. 216-yilda Kann yaqinidagi jang da rimliklar armiyasini tor-mor etdi. Bu jangda 70 ming rimlik legioner halok bo‘lgan. Mag‘lubiyatdan keyin rimliklar hal qiluvchi janglarga botina olmaganlar. Italiya aholisi Gannibalni qo‘llab-quvvatlamadi, chunki Kar- fagen yollanma qo‘shinlari mamlakatni talon- taroj qilib tashlagan edi. Rimlik sarkarda Ssi- pionning kutilmaganda o‘z qo‘shinlari bilan Afrika qirg‘og‘iga kelib tushganidan xabar top- gan Gannibal Karfagenni himoya qilishga otla- nadi, ammo mil. avv. 202-yilda uning lashkari Zama shahri yaqinida (Shimoliy Afrika) rim- liklar tomonidan tor-mor etildi. Karfagen Rimga taslim bo‘lib, katta miq- dordagi boylik bilan tovon to‘lashi kerak edi. Bi- roq vaqt o‘tib, Karfagen o‘z qudratini tiklashga harakat qiladi. Uchinchi Puni urushida rimliklar Karfagenni qamal qildilar. Shahar aholisi ikki yil Karfagen- ni mudofaa qildi, shaharda ochlik boshlandi. Rimlik legionerlar shaharga hujum qilib, o‘t qo‘yishar edi. Shunday qilib, mil. avv. 146-yilda Kar- fagen butunlay vayronaga aylantirildi. Rim qo‘shinlari esa g‘alaba sururi, talangan o‘lja va minglab qullar bilan Italiyaga qaytib keldilar. Rim tomonidan bosib olingan hududlar Puni urushlaridan keyin Italiya sarhadidan ancha uzoqda bo‘lgan katta-katta hududlar ham Rim hokimiyati tasarrufi ga o‘tdi. Bosib olingan yerlarni rimliklar provinsiya de- yishgan. Sitsiliya, Korsika, Sardiniya, Ispaniya Rim armiya- sining «Tosh- baqa» deb nomlangan himoya qalqoni Karfagenning vayron qilinishi Eslab qoling! Mil. avv. 202- yi li Zama shahri yaqi- nida Gannibal armiyasi rim- liklar tomo- nidan yakson qilingan. 159 va boshqa hududlar ana shular sirasiga kirar edi. Provinsiyalarni boshqarish uchun noiblar – prokonsullar tayinlangan. Ular cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘- lishgan. Prokonsullar odatda bir yilga sayla- nardi. Provinsiyalar Rimga qarshi kurashga birlashmasliklari uchun rimliklar «Bo‘lib tash- lab, hukmronlik qil!» tamoyilida ish ko‘rishgan. Tayanch konspekt senturiy → kogorta → legion Triumf Puni urushlari mil. avv. 216-yil – Rim armiyasining tor-mor qilinishi – Kann jangi mil. avv. 146-yil – Karfagenning vayron eti- lishi provinsiyalar prokonsullar «Bo‘lib tashlab, hukmronlik qil!» Karfagen → Gannibal Rim → Ssipion         Savol va topshiriqlar 1. Triumf nima? Qaysi hollarda triumf nishon- langan? 2. Rim qo‘shinlari kimlardan tashkil topgan edi? 3. Puni urushlarining asosiy sababini ayting. 4. Xaritadan Gannibal yurishi yo‘nalishini ko‘rsating. Rim suvoriylari Eslab qoling! Bosib olgan yerlarini rim- liklar provinsi- ya de yishgan. Provinsiyalarni boshqarishga noiblar – pro- konsullar tayinlanar edi. 160 41-§. Qullar va gladiatorlar Rimda quldorlik Zafarli yurishlar natijasi- da Rimda qullar soni ni- hoyatda ko‘payib ketdi. Erkin rimliklar tasavvuricha, qul butunlay quldorning ixtiyorida bo‘lgan bir buyumdek edi. Qullarning qadri bo‘lmagan, chunki ular judayam arzon turardi. Rim davlatidagi qullarda mehnatdan man- faatdorlik hissi mutlaqo bo‘lmagan. Ularga haq to‘lanmas edi. Shuning uchun qullar mumkin qadar kamroq va yomonroq ishlardilar. Bora- bora qullar mehnatining unumdorligi kamayib ketdi. Qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo‘ldi. Ko‘plab quldorlar qul- larni yer ijarachilariga aylantira boshlashadi. Qullar qo‘zg‘olonidan qo‘rqqan, hosildorlikni oshirishga intilgan zamindorlar o‘z yerlarini ki- chik-kichik mulklarga bo‘lib tashladilar va erkin kambag‘allarga ijaraga tarqatib bera boshladi- lar. Ana shu yerlarda ijarachilar dehqonchi- lik bilan shug‘ullandilar. Ular yerga qancha yaxshi ishlov bersalar, hosilning shuncha ko‘p ulushi o‘zlariga nasib etardi. Mayda yer ijarachilari kolonlar deb atalgan. Yerdan foydalanganlik uchun ular yer egasi- ga o‘zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan to‘lov berishardi. Bora-bora mutlaq qaram qullarning soni kamaydi. Ayrim yer egalari qullarga kichik yer- larni mehnat qurollari, urug‘lik bilan birga be- rishar va bu yerlarda hatto oila qurib yashash ham mumkin edi. Bunday qullar «kulbali qul- lar», ya’ni uy-joyli qullar deb nomlangan. Tosh yo‘nayotgan qullar Rim quldori 161 Rimliklarning sevimli tomo- shalaridan biri gladiatorlar jan- gi bo‘lgan. Aksariyat gladiator- lar qullar yoki jinoyatchilar bo‘lishgan. Ularga maxsus yopiq maktablarda ta’lim berishar, so‘ngra tomoshabinlar ko‘nglini xushlash uchun bir-birlari bilan olishishga majbur qili- shar edi. Har bir gladiatorning hayot-mamoti to- moshabinlar xohish-istagiga bog‘liq edi. Jang so‘ngida tomoshabinlar yengilgan gladiator- ning tirik qolish-qolmasligini hal qilishardi. Agar tomoshabinlarning ko‘pchiligi o‘ng qo‘lining bosh barmog‘ini yuqoriga ko‘tarsa – yengilgan gladiator tirik qolar, aksincha, pastga qaratish- sa – u tomoshabinlar ko‘z o‘ngida o‘ldirilardi. Janglar ulkan tosh stadionlar – amfi teatrlarda bo‘lib o‘tardi. 50 ming tomoshabin sig‘adigan Kolizey eng katta amfi teatr hisoblangan. Ba’zida gladiatorlar katta-katta guruhlarga bo‘linib jang qilishgan, shunda sahna jang may- doniga o‘xshab qolar edi: o‘ldirilgan, yaralan- gan va jon berayotgan gladiatorlar hamma- yoqda ag‘anab yotardi. Yanada qiziqarliroq bo‘lishi uchun gladiatorlar janglari kuchi teng raqiblar o‘rtasida o‘tkazilgan. Biri faqat qilich va qalqon bilan, boshqasi esa to‘r va changak (uch ayrili nayza) bilan qurollangan. To‘r va chan- gak bilan qurollangan gladiator o‘zini hech narsa bilan himoya qila olmasa ham, u ra qibini to‘r bilan o‘rab tashlashi va changak bilan Kolizeyning tashqaridan korinishi 11 – Tarix, 6-sinf. O‘zingizni sinang! Kolonlar – ... «Kulbali qullar» – ... Gladiatorlar janglari Eslab qoling! «Kulbali qul- lar» – quldor- lar tomonidan kichik yer, mehnat qurol- lari, urug‘ bilan ta’minlangan qullardir. Ular- ga oila va turar joy qurish uchun ham ruxsat berilgan. 162 o‘ldirishi mumkin edi. Gladiatorlarning yovvoyi arslonlar, qoplonlar, darg‘azab ho‘kizlar bilan oli shuvlari ham o‘tkazilgan. Kolizey Spartak qo‘zg‘oloni (mil. avv. 74-71-y.) Mil. avv. 74-yilda bosh- langan Spartak bosh- chiligidagi qullar qo‘z- g‘oloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo‘zg‘olonlardan biri bo‘ldi. Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tort- ganligi uchun Kapuya shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spar- tak qullarni qo‘zg‘olon ko‘tarishga undadi. Ammo kimdir bu haqda rimliklarga xabar yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga hujum qiladi- lar va qochib chiqib ketadilar. Ular Vezuviy tog‘idagi qoyaga chiqib oladilar. Asta-sekin boshqa qullar ham ularga kelib qo‘shila bosh- ladi va qo‘zg‘olon ko‘targanlar safi kengaya bordi. Ko‘p o‘tmay ularning soni 10 ming kishi- ga yetdi. Gladiatorlar jangi Rim burguti. Rim hukmdorlari ramzi hisoblangan O‘zingizni sinang! Gladiatorlar – ... Kolizey – ... Amfi teatr – ... Changak – ... 163 Qo‘zg‘olon ko‘targan qullarni tor-mor etish- ga jo‘natilgan uch ming kishilik qo‘shin Vezu- viy tog‘lari yaqinida harbiy lager tikladi. Qamal boshlandi. Spartak kutilmagan- da dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan narvon to‘qib, ko‘rinmaydigan tarafdan cho‘qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar guruhining orqasidan zarba ber- gan Spartak ularni tor-mor etdi. Ammo ko‘p o‘tmay qo‘zg‘olon ko‘targanlar orasida ixti- lof paydo bo‘ldi. Qullarning bir qismi Rim- ni tark etib, o‘z yurtlariga qaytishni afzal bildilar. Ko‘pgina qullar esa mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor etish- ga va quldorlardan qasos olishga ahd qilishdi. Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko‘p ming sonli qo‘shin jo‘natildi. Mil. avv. 71-yilning bahorida ro‘y ber- gan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor- mor etildi, uning o‘zi esa ana shu jangda halok bo‘ldi. 6 mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oralig‘idagi yo‘l bo‘ylaridagi xochlarga mixlab tashlandi. Tayanch konspekt qullar mehnatidan naf yo‘qligi ma’lum bo‘ldi kolonlar – mayda yer ijarachilari «kulbali qullar» gladiatorlar Kolizey amfi teatri mil. avv. 74-yil – Spartak qo‘zg‘oloni Vezuviy tog‘idagi qarorgoh mil. avv. 71-yil – Spartak armiyasining tor- mor etilishi         Savol va topshiriqlar 1. Rimda qullar soni kimlarning hisobiga ko‘paydi? Spartak qo‘zg‘oloni Spartakning halok bo‘lishi Eslab qoling! Spartak qo‘z g‘oloni mil. avv. 74–71- yil- lar davomi da bo‘lib, qo‘z- g‘olon qullar mag‘lubiyati bilan yakun topgan. 164 2. Qullar, kolonlar va «kulbali qullar»ning mav- qeyi bir-biridan qanday farqlanar edi? 3. Rimliklar qullarga nisbatan qanday muno- sabatda bo‘lishgan? 4. Spartak boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tar- gan qullar bilan jang bo‘lgan joylar va isyonkorlar harakatlanishi yo‘nalishlarini xaritada ko‘rsating. 42-§. Rim respublikasining qulashi Sabablari Qullar qo‘zg‘olonlari quldor- larni qattiq qo‘rquvga solib qo‘ydi. Quldorlar qarshisida kuchli hokimiyat bo‘lmish harbiy diktatura o‘rnatilishi zarurligi to‘g‘risidagi masala ko‘ndalang turar edi. Se- natorlar va kam sonli mansabdor shaxslar ulkan davlatni risoladagidek boshqarishni ta’minlay olmas edilar. Mil. avv. I asrda muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar. Yollanma askarlarni Rimning harbiy kuch-qudrati va davlatning kuchayishi emas, faqat o‘lja qiziqtirardi. Yol- lanma askarlar uchun kimlar bilan jang qi lish yoki kimlarni talashning farqi bo‘lmagan. Rimda esa davlat boshlig‘i bo‘lishni xohlov- chi bir qancha sarkardalar bor edi. Sezar hokimiyatining qaror topishi Spartak qo‘zg‘oloni bos- tirilib, tor-mor etilganidan keyin Krass va Pompey hokimiyat uchun ancha vaqt kurash olib bordi- lar. Ammo Rim davlati olib borayotgan urush- lardan birida Krass halok bo‘ladi. Endi Pom pey uchun birdan-bir xavfl i raqib Yuliy Sezar bo‘lib qoldi. Galliya urushlaridagi g‘alabalar tufayli Sezarning nufuzi va obro‘yi ancha ortgandi. Rim askarlari hordiqda Rimliklarning bayroqlari 165 Yuliy Sezar mil. avv. 49-yilda Galliyadagi zafarli urushdan keyin Rimga qaytayotganida Rubikon daryosidan kechib o‘tar ekan, yak- ka hokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yubordi. Sezar o‘shanda o‘zinig mashhur: «Qur’a tashlandi!» iborasini aytgan. Rim aholisining qo‘llab-quvatlashi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Pompeyning qo‘shinlari Ispaniyada edi. Sezar g‘alaba qo- zondi. U Rim imperatori va diktatori – cheklan- magan hokimiyatga ega hukmdoriga aylandi. Sezarning xohish-irodasi Rim uchun qonun kuchiga ega bo‘ldi. Bu hol uzoq davom etmadi. Sezarning cheklanmagan hokimiyatidan norozi bo‘lgan senatorlar fi tna uyushtirdilar. Ular Sezarni o‘ldirishga va Senatning burungi mavqeini qaytarishga ahd qildilar. Fitnaga Sezarning yaqin do‘stlaridan bo‘lmish Brut boshchilik qildi. Senatdagi majlis paytida fi tnachilar Sezarni qurshab oldilar va unga xanjarlar bilan zarba bera boshladilar. Sezar shu yer- ning o‘zida halok bo‘ladi. Mil. avv. 44-yilda Yuliy Sezar hukmronligi tugadi. Ammo uning o‘limi respublika qayta tiklanishiga olib kelmadi. Sarkardalar o‘rtasida kurash avj oldi va bu fuqarolar urushiga ay- lanib ketdi. Hokimiyat uchun kurash oqibatlari Sezar o‘ldirilganidan ke yin Brut respublikani qayta tiklashga urinib ko‘radi. Biroq hamma senatorlar ham avvalgi tartibotlarga qaytish- Sezar – Rim imperatori Sezarning o‘ldirilishi O‘zingizni sinang! Krass, Pompey, Sezar – ... Brut – ... Imperator – ... 166 ni istamasdi. Ular ning ko‘pchiligi o‘z boyligini Sezar hukmron ligi davrida qo‘lga kiritgan edi. Brut va uning ta rafdorlari Yunonistonga qochib ketishga maj bur bo‘ladilar. Ayni paytda Rimda Sezarning jiyani Ok- tavian paydo bo‘ldi. U Brut va unung tarafdor- lariga qarshi kurash boshladi. Shimoliy Yunonistonda Brut ham qo‘shin to‘p lab, Rimga jiddiy xavf sola boshladi. Ammo Ok tavian Mark Antoniy bilan ittifoq tuzadi va Brut boshliq respublika tarafdorlarini tor-mor etadi. Shundan keyin Oktavian Rim davlatining G‘arbiy qismini, Antoniy esa Sharqiy qismini boshqarishni o‘z qo‘liga oladi. Misrga kelgan Antoniy Misr malikasi Kleopatraga uylanadi. Nikoh sovg‘asi tariqasi- da Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini (viloyatlarini) beradi. Bu Okta- vianning noroziligiga sabab bo‘ladi. Mil. avv. 31-yilda Yunoniston qirg‘oqlarida Antoniy va Oktavian fl otlari o‘rtasida jang bo‘ldi. Jang qizigan bir pallada Kleopatra va Antoniy Aleksandriya shahriga qochadilar. Armiya va fl ot Oktavianga taslim bo‘ladi. Ke- yingi yili Oktavian qo‘shin bilan Misrga yetib keladi. Antoniy va Kleopatra o‘z-o‘zini o‘ldiradi, Misr esa Rim davlati provinsiyasiga aylanadi. Shu tariqa Oktavian butun Rim imperiyasining yakka hukmdori bo‘lib oladi. Mil. avv. 29-yilda Oktavian Senatdan im- perator unvonini va Avgust laqabini oladi. U Rim imperiyasining asoschisiga aylanib, bir qator islohotlar o‘tkazdi. Imperator keng ko‘lamda qurilish ishlari olib bordi. Uning davri- da Rimda ko‘plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi. Kleopatra – Misr malikasi Yuliy Sezar tangalar mil. avv. 49–48-yy. 167 Oktavian Avgust vafotidan so‘ng uning vorislari Kaligula va Neron hukmronligi dav- rida imperiyada inqiroz boshlandi. Faqat milodiy II asrning boshlarida Rimning kuch- qudrati qayta tiklandi. Bu asr Rim imperiya- sining «oltin asri» degan nom olgan. Milodiy 98-yilda Trayan Rim impera- tori taxtini egalladi. Trayan zamonida Du- nay daryosi bo‘ylarida yashovchi daklar bi- lan urushlar olib borildi. Balandligi 40 metrga teng Trayan ustuni sirtidagi tasvirlar dak- lar bilan urush manzaralari haqida hikoya qila- di. Bu davrda Suriya va Mesopotamiya hudud- lari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. Savol va topshiriqlar 1. Rimda respublika qulashining asosiy sa- babini ayting. Mark Antoniy Imperator Oktavian Avgust O‘zingizni sinang! Oktavian Avgust – ... Kleopatra – ... Sezar – ... Trayan – ... Tayanch konspekt hokimiyat uchun kurash: Krass va Pompey mil. avv. 49-yil – Yuliy Sezar – Rim imperatori Sezarning o‘ldirilishi → Brut mil. avv. 31-yil – Antoniy va Oktavian jangi Oktavian – imperator Avgust milodiy II asr – Rim imperiyasining «oltin asri» milodiy 98-yil – imperator Trayan → Trayan ustuni        Eslab qoling! Mil. avv. 29- yil da Okta- vian Senatdan imperator un- voni va Av- gust laqabini oldi. U Rim imperiyasi- ning asoschisi bo‘ldi. 168 2. Rimda Sezar hokimiyati qaror topishi qan- day ro‘y berdi? 3. Yuliy Sezar o‘ldirilishini kim va nega uyushtir- di? 4. Yuliy Sezar o‘ldirilganidan keyin Rimda qan- day o‘zgarishlar bo‘ldi? 5. Yakkahokimlik uchun kurashda nega Okta- vian g‘olib chiqdi? 43-§. Rim imperiyasining qulashi va zavolga yuz tutishi Imperiyaning qulashi Imperator Trayan davridan so‘ng rimliklar yirik bos- qinchilik urushlarini olib borolmaganlar. Milodiy III asrda Rim imperi- yasining kuch-qudrati zaifl asha boshladi. Im- peratorni endilikda armiya saylar, armiyaning o‘zida ham turli guruhlar o‘rtasida kurash bo- rar edi. Ayni paytda imperiya chegaralarining shi moli-g‘arbiy tarafi dan jangovar qabilalar paydo bo‘ldilar. Rimliklar ularga «varvarlar» degan laqab berishgan, ya’ni rimliklarga nis- batan madaniy rivojlanish jihatidan ancha quyi pog‘onasida turuvchi qabilalar sifatida ularni shunday kamsitishgan. Shu bois rimliklar che- garada katta armiya saqlab turishga majbur bo‘lishgan. G‘arbiy va Sharqiy Rim imperiyalari Imperator Konstantin zamo- nida, milodiy 330-yili Bosfor bo‘g‘ozidagi Vizantiy shahri Rim imperiyasining poytaxti Trayan ustuni Rim piyodalari O‘zingizni sinang! «Varvarlar» ... 169 deb e’lon qilindi. Imperatorning buyrug‘i bilan shahardagi barcha eski binolar buzib tashlan- di va yangi shahar qurildi. Shahar imperator sharafi ga Konstantinopol deb atala boshlandi. Ulkan imperiyani Konstantinopoldan turib boshqarish mushkul edi. Imperator Feodosiy o‘limidan so‘ng milodiy 395-yili Rim imperi- yasi uning ikki o‘g‘li o‘rtasida G‘arbiy va Shar- qiy qismlarga ajrab ketdi. G‘arbiy qismga Ita- liya, Yevropa va Shimoliy Afrikadagi vilo yatlar, Sharqiy qismga esa Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Misr yerlari kirgan. Sharqiy Rim im- periyasida imperatorning yagona hokimiyati saqlanib qolgan, G‘arbiy Rim imperiyasi esa alohida davlatlarga parchalana boshladi. Gotlar Rimda Milodiy 410-yilda Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni qurshab oldilar. Rimliklar ular bilan muzokara boshladilar, ammo tunda qul- lar darvozalarni ochib berdilar, bosqinchilar shaharga yopirilib kirdilar. Gotlar haykallarni yo‘q qilib, bebaho kitoblarni yondirib, Rimni roppa-rosa uch kun taladilar. Talon-taroj qilin- gan Rim shahri huvillab qoldi. Germanlar savodsiz bo‘lib, teatrlar, ku- tubxonalarni ko‘rishmagan edi. Rim imperi- yasi sarhadiga kirganlaridan keyin ular Rim imoratlari, arxitekturasi va haykallarining go‘zalligi va ulug‘vorligini munosib baholay olishmadi. Bularning barini shafqatsizlar- cha yo‘q qilib tashladilar. Germanlar qo‘r- g‘onchalarini o‘rab turgan devorlarni mus- tahkamlash uchun Rim ibodatxonalari va kutubxona binolaridan tosh taxtalarni ko‘chi- Rim ostonasidagi varvarlar Eslab qoling! Imperator Feo- dosiy o‘limidan so‘ng milo- diy 395-yili Rim imperi- yasi u ning ikki o‘g‘li o‘rtasida G‘arbiy va Sharqiy qism- larga ajralib yoki bo‘ linib ketdi. 170 rib olib ketdilar. Kitoblar, haykallar va boshqa san’at asarlari ham nobud bo‘ldi. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi Gotlarning Rimni ishg‘ol etishi imperiya aholisini larzaga soldi. Yuz yillar davomida rimliklar o‘zlarining barcha raqib- lari ustidan g‘alaba qozonishgan, o‘zlarini jahon hukmdori hisoblashgan. Rimni esa «boqiy shahar» deya ta’rifl agan edilar. Rim aholisining ko‘pchiligi Rim zavolga yuz tutishi bilan butun jahon nes-nobud bo‘lib ketishiga ishonar edi. Alarix ham o‘ldi, biroq Rimning undan dah- shatliroq dushmani – Attila boshchili gidagi xunn qabilalari paydo bo‘ldi. Attila Sharqiy Rim imperiyasiga hujum uyushtira boshladi. Milodiy 452-yilda xunnlar Italiyaga bostirib kirdilar. Milodiy 455-yilda Rimga germanlarning vandal qabilalari hujum qildi. Ular ikki hafta davomida shaharni taladilar. Vandallar o‘zlari bilan olib ketolmaydigan hamma narsani no- bud qildilar. Milodiy 476-yilda german qabilalari- ning Rimdagi yollangan qo‘shini sarkardasi Odoakr so‘nggi imperator Romulni taxtdan ag‘darib tashladi va imperator unvoni nisho- nini Konstantinopolga jo‘natdi. Sobiq G‘arbiy Rim imperiyasi sarhadlarini german qabilalari egallab oldilar. Shu tariqa milodiy 476-yil G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi va qadimgi dunyo tarixining yakun- lanish sanasi sifatida qayd qilindi. Mazkur sanadan boshlab o‘rta asrlar tarixi boshla- nadi. Gotlar Rimni talamoqdalar Vandal askari Eslab qoling! Rim 410- yilda Alarix bosh- chiligidagi got- lar tomonidan yakson qilindi. 171 Savol va topshiriqlar 1. Rim armiyasi haqida so‘zlab bering. 2. Rimliklar kimlarni «varvarlar» deyishgan? Rimliklar varvarlarning qaysi qabilalari bilan to‘qnashishdi? 3. Rim imperiyasining G‘arbiy va Sharqiy im- periyalarga bo‘linishi sababi nimada? 4. Rimning bosib olinishi haqida so‘zlab be- ring. 5. G‘arbiy Rim imperiyasi qulashi sabablarini sanang. Rimliklarning vandallar qo‘shinlari bilan bo‘lgan jang tasviri Jang ko‘rinishlari Tayanch konspekt 330-yil – Rim imperiyasining poytaxti – Vizantiy (Konstantinopol) 395-yil – Rim imperiyasi 410-yil – Rimning gotlar tomonidan vayronaga aylantirilishi – Alarix 452-yil – xunnlarning Italiyaga bostirib kirishi – Attila 455-yil – german vandal qabilalarining bostirib kirishi 476-yil – G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi G‘arbiy Sharqiy       Eslab qoling! Milodiy 455-yilda Rimga ger- man lar ning vandal qabi- lalari hujum qildi, ular ikki hafta davo- mida sha harni taladilar. Eslab qoling! 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi quladi. 172 44-§. Qadimgi Rim madaniyati Rimliklarning turmush tarzi Qadimgi zamonlarda rim- lik zodagonlar bo‘lmish patritsiylar bir qavatli od- diy uylarda yashardilar, xo‘jalikda qullar ham unchalik ko‘p emasdi. Vaqt o‘tib rimliklar turmushida keskin o‘z- garishlar ro‘y berdi. Badavlat ki shi lar ya- shaydigan tepaliklar bag‘rida tomosha bog‘lar va chorbog‘lar ko‘p, havosi esa pastlikdagi joylardagiga qaraganda ancha toza bo‘lgan. Imperatorning yaqin kishilari muhtasham ko- shonalarga egalik qilar edilar. Oddiy rimliklar tepaliklar o‘rtasidagi tekis joylarda yashagan. Bu yerlarda ko‘chalar tor va ifl os bo‘lgan: axlatni to‘g‘ri ko‘chaga tash- lashgan. Ustiga-ustak Rim aholisi soni ham mun- tazam ortib bordi. Chunki Italiyaning to‘rt tomo- nidan xonavayron bo‘lgan dehqonlar poytaxt- ga ko‘chib kelardilar. Rimlik imperatorlar poytaxt aholisi uchun «termalar» deb atalgan ko‘rkam hammomlar qurdirgan edilar (yunoncha «termos», «is- siq» so‘zidan kelib chiqqan). Arzimas to‘lov evaziga har bir rimlik termalarga tushish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu yerda su zish uchun hovuzlar, sport zallari mavjud edi. Termalar qoshida ta’lim olish va fanlar bilan shug‘ullanish uchun kutubxona ham bo‘lgan. Ta’lim Madaniyatning asosiy belgisi bo‘lgan ta’lim Rimda o‘ziga xos edi. Bolalarning maktab da ta’lim olishi ota- onalarning tahsil uchun haq to‘lash imkoniyat- lariga bog‘liq bo‘lgan. Kambag‘al rimliklarning Rim termalari. Zamonaviy rasm Badavlat rimlikning uy-qo‘rg‘oni Mum bilan qoplangan yozuv taxtasi 173 farzandlari xo‘jalik ishlarida ota-onalariga yor- dam berganliklari sababli maktab da o‘qimas edilar. Badavlat xonadon farzandlari esa 6 yosh- dan maktabga qatnagan. Yozuvni o‘rga- nayotgan bolalar stil degan metall tayoqcha bilan harfl arni mum qoplangan taxtachalarga o‘yib yozardilar. O‘qish, yozish va hisoblashni o‘rganga- nidan keyin ko‘pchilik ta’lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada (o‘rta maktabda) tahsilni davom ettirgan. U yerda tarix, geo- grafi ya, geometriya, musiqa va astronomiya o‘qitilardi. Yunon tilini o‘rganishga alohida e’tibor qa- ratilgan, chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgan edi. Siyosiy arbob bo‘lishni istagan har bir ki- shi ritorikani – chiroyli so‘zlasni o‘zlashtirgan. Me’morchilik va haykaltaroshlik Rim imperiyasida quri- lish ishlari ayniqsa taraq- qiy etgan edi. Amfi teatr- lar, sirklar, teatrlar, ibodatxonalar, saroylar, triumfal arklar va ko‘p qavatli uylar barpo etildi. Shaharni baland devorlar o‘rab turardi. Rim me’morchiligi yunon me’morchiligi- dan imoratlari rang-barangligi va muhtasham- Lotincha sonlar Rimdagi yo‘l qurilishi Eslab qoling! Stil – mum bilan qoplangan taxtachaga yozish uchun mo‘ljal- langan temir tayoqcha. 174 ligi bilan farqlangan. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko‘p shaharga aylangan. O‘sha kez larda hatto shunday bir maqol to‘qilgan: «Barcha yo‘llar Rimga boradi». O‘rmonlar, tog‘lar va botqoqlar orqali yo‘llar o‘tkazilgan. Yo‘llar bilan bir qatorda, Rimda suv o‘tkazish tizimi – suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Quvurlar nishablik asosida qurilgan bo‘lib, tog‘dagi buloqlardan suvning o‘zi oqib kelar edi. Suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiy- lardan o‘tkazish uchun akveduklar – anhor- larning yuqori qismidan o‘tkazilgan ko‘priklar qurilgan. Ulkan ko‘priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo‘lmish be- tonni ixtiro qilishgan. Akveduk qurilishi Panteon – barcha xudolar ibodatxonasi (kesimda) Eslab qoling! Barcha xu- dolar ibodat- xonasi – Pan- teonga Rim imperiyasida yashayotgan har bir ki- shi kelib o‘zi e’tiqod qil- gan xudoga sig‘inish im- koniga ega bo‘lgan. 175 Qotganidan keyin u toshdan ham mus- tahkam bo‘lib qolgan. Beton ishlatilishi rim- liklarga tez va pishiq inshootlar qurishga im- kon berdi. Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gum- baz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo‘ldi. Rimdagi Panteon (yunonchada «barcha xu- dolar ibodatxonasi» ma’nosini anglatadi) shu taxlitda qurilgan. Rimning eng katta amfi teatri bo‘lmish Kolizey o‘tmishdagi ulug‘vorlik namunasi sifatida hozirgacha saqlangan. Qadimgi Rimda mashhur tarixiy asarlar yaratilgan. Tarixchi Tit Liviy «Rim tarixi»ni yozgan. Plutarx yunon-rim sarkardalari hayo- ti haqida kitob yozib qoldirgan. Kvint Kursiy Ruf «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» asarini yaratgan. Mazkur asarlar bizgacha yetib kel- gan. Me’morchilik uslublari. Ustunlar Korinf uslubi Ion uslubi Doriy uslubi Aralash uslub Kvint Kursiy Ruf Plutarx Tit Liviy Rim tarixchilari: 176 Xristianlikning vujudga kelishi Milodiy I-asr boshlarida Rim hokimiyati ostida bo‘lgan Falastin yerlaridagi Vifl eem shahrida «Xudoning o‘g‘li» nomini olgan Iso tug‘ilganligi haqida rivoyatlar keng tarqala boshlagan. Rivoyatlarga ko‘ra, 30 yoshida Iso o‘n ikki nafar havoriylari (apostollar) bi- lan Falastin bo‘ylab sayohat qilib, Xudo oyat lari haqida hikoya qilib beradi va mo‘jizalar ko‘rsatadi – yashashdan umidini uzgan, tuzalmas xastalarni davolaydi. Mahalliy ruhoniylar Iso payg‘ambarni mav- jud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o‘lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlagan. Rivoyatlarga ko‘ra, Isoni yer yuzidagi ilk inson – Odam ato dafn etilgan Golgofa tog‘ida xochga tortganlar. Vafotidan keyin murdasini bir g‘orga qo‘yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganlarida Iso Masih jasadi qo‘yilgan joyida yo‘qligini ko‘rishadi. Odamlar Iso payg‘ambarning qayta tirilib, me’rojga ko‘tarilishiga va Yer yuziga qaytib kelishiga ishonganlar. Iso Masih haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qil- ganda bu so‘z «Xushxabar» ma’nosini angla- tadi. Iso payg‘ambar ta’limoti izdoshlari xris- tianlardir. Shogirdlari apostollar (havoriylar) deb atalgan. Xristianlar jamoalariga yepis- koplar peshvolik qiladi. Milodiy I asr – xris- tianlik vujudga kelgan sana hisoblanadi. Xristianlarning dastlabki ibodatxonasi Isoning xochga tortilishi 177 Imperator Konstantin Rim hukmdorlari xristianlarni ta’qib etadi- lar, yirtqich hayvonlar changaliga tashlaydi- lar, turli qiynoqlarga soladilar. Bu esa odam- larning noroziligiga sabab bo‘lardi. Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlarga teng dindir degan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibo- datxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi. Rivoyatga ko‘ra, imperator Konstantin xristianlik ramzini o‘z askarlari qalqonlariga chizishga buyurgan va g‘alabaga erishgan. 12 – Tarix, 6-sinf. Eslab qoling! Xristianlik dini milodiy I asrda vu- judga kelgan. 178 Savol va topshiriqlar 1. Rimliklarning turmush tarzi haqida hikoya tuzing. 2. Rim davlatida ta’limning qaysi turlari mavjud bo‘lgan, nimalarni o‘qitishgan? 3. Rim me’morchiligining xususiyatlarini a yting. 4. Rimdagi eng katta inshoot nomini ayting. 5. Rim Panteoni haqida nimalarni bilasiz? 6. Iso payg‘ambar kim? Xristianlik haqida ni- malarni bilasiz? Tayanch konspekt termalar ritorika me’moriy uslublar betonning ixtiro qilinishi Panteon tarixchilar Iso Masih Kvint Kursiy Ruf Tit Liviy Plutarx Pontiy Pilat Golgofa I asr Yevangeliya        Korinf Ion DoriyEslab qoling! Milodiy 313-yilda im- perator Kon- stantin xris- tianlik boshqa dinlar bilan teng bir din deb e’lon qi- lingan farmon chiqardi. 179 Xulosa Odamzod qadimdan yaratilgan bebaho ixtiro va kashfi yot- lardan foydalanib keladi. Bular ziroatchilik usullari, g‘ildirak, suv quvurlari, alifbo, taqvim, sonlar, me’morchilik va shu kabi yu- tuqlardir. Biz hanuz qadimgi dunyo xalqlari yaratgan madaniy yod- gorliklardan hayratlanamiz. Qadimgi muallifl arning ko‘plab asarlari bizni mardlikka, mehnatsevarlikka, Vatanga muhab- batga undaydi. Yaratuvchanlik doim qadrlanib kelingan. Hatto qadim davr- da uzoq ajdodlarimiz hayoti xavf-xatar, tashvishlarga to‘la bo‘lganda ham, insoniyat olamni anglashga harakat qi lib kel- gan. Bu esa ma’naviy madaniyat rivojlanishi uchun poy devor bo‘lib xizmat qiladi. Yunon va rimliklarning Sharq madaniyati bilan o‘zaro alo- qasi fan va san’at yuksalishining tezlashuviga, dunyo mada- niyatining taraqqiyotiga olib keldi. Endi siz qadimgi dunyo tarixi va O‘zbekiston tarixi necha ming yillarga borib taqalishini yaxshi bilasiz. Aynan uzoq o‘tmishda bizning yurtimizda boy madaniy meros rivojla nishi uchun asos solingan edi. Bu yerda qadimgi shaharlar va davlatlar tashkil topgan. Ziroatchilar, hunarmandlar va quruv chilar o‘zining yaratuvchanlik mehnati bilan o‘lka dovrug‘ini olamga yoygan. Vatanga muhabbat ko‘p sonli bosqinchilarga qarshi ku- rashgan xalq qahramonlari jasoratida namoyon bo‘ladi. To‘maris, Shiroq, Spitamаn va boshqa ko‘plab jasur qahramon- lar yurt ozodligini o‘z hayotidan ustun qo‘yganlar. Ilk yozma manba – «Avesto»da eng yaxshi mamlakat sifatida O‘zbekistonning qadimgi dehqonchilik hududlari ta’kidlab o‘tiladi. 180 Amudaryo etaklarida, qadimgi Xorazm yerlarida, Sur xon, Qashqadaryo va Zarafshon vohalarida zardushtiylik kohinlari yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi mangu kurash haqidagi muqad- das qasidani kuylashgan. Ular kishilarni tinchlikka, adolat va ezgulikka chorlaganlar. Odamlar oilaga, uyga, suv va yerga nisbatan hurmat bilan qarashgan, farzandlariga insonning jamiyatdagi yuksak o‘rni haqidagi tasavvurni singdirishgan. Ajdodlarimizning tarixdagi yaratuvchanlikka intilishi va jaso- rati vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi, o‘z Vatani manfaatlarini himo ya qilishga o‘rgatadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari- mov milliy istiqlol g‘oyasining mohiyatini ochib bera turib, mam- lakatimizning rivojlanishini millati, tili va dinidan qat’iy nazar bu- tun O‘zbekiston fuqarolarini tashkil etgan jamiyatning ma’naviy gullab-yashnashi va komil insonni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘lab, ajdodlarimizdan qolgan boy madaniy merosni qadrlash va asrab-avaylash zaruriyatini u‘qtirib o‘tgan. Xalqimiz ezgulikka, tinchlik va bunyodkorlikka intiladi. Bu inti- lish boy ma’naviyatga asoslangan va mamlakatimizning buguni va kelajakdagi rivojlanishi, gullab-yashnashi bilan bog‘liq. Biz Vatanimizning moddiy va ma’naviy madaniyatini asrab- avaylab, to‘plangan ma’naviy qadriyatlarni ko‘paytirgan holda ajdodlarimizning ezgu ishlarini davom ettirishimiz lozim. Ma’naviyatimizni yuksaltirish borasidagi maqsad va vazifa- larni amalga oshirish uchun har bir inson o‘zini o‘z mamla- katining haqiqiy fuqarosi deb his qilishi uchun qadimiy, ko‘hna tarixni, buyuk ajdodlarimizning boy merosini va madaniya- tini chuqur o‘rganishi bugungi kundagi olamshumul o‘zgarish- larga boy voqelikni ongli ravishda idrok qila bilish, jamiya- timiz va davlatimiz taraqqiyotiga o‘zining ham daxldor ekanligini anglab yetishi kerak. 181 TARIXIY ATAMALAR LUG‘ATI Avstralopitek – eng qadimgi odam turi. Agora – Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig‘ilish joyi, markaziy maydon. Akveduk – Rim davrida shaharga suv keltirish uchun qurilgan va ustida ari g‘i bo‘lgan baland ko‘prik. Altamir – Ispaniyadagi so‘nggi paleolitga oid qoyatosh rasm- lari topilgan g‘or. Amfi teatr – sahna atrofi da tomoshabinlar o‘tirishiga mo‘l- jallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoat. Animizm – insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlar- ning mavjudligiga ishonch. Lotincha «anima» so‘zi «jon», «ruh» tushunchalarini anglatadi. Antik – lotincha «qadimgi» ma’nosini bildiradi. Antik tarix – Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim davri ta rixi. Antropologiya – yunoncha «antropos» – odam, «logos» – fan so‘zlaridan iborat bo‘lib, «odam haqidagi fan» ma’nosini angla- tadi. Argonavtlar – oltin mo‘ynani (sehrli qo‘chqor terisini) izlab, «Argo» degan ko‘p eshkakli kemada dengiz sayohatiga chiqqan Ellada qahramonlari. Arxeologiya – yunoncha «arxayos» – qadimgi, «logos» – fan, degan so‘zlardan tashkil topgan, ashyoviy manbalarni o‘rga- nuvchi va ular bo‘yicha tarixiy o‘tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik ma’nolarini anglatadi. Budda – Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi; «ma’rifatlangan» tarzida tarjima qilinadi. Buddaviylik – miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Sid d- hartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta’limot. Varvar – dastlab: yunon tilida so‘zlashmaydigan har qanday chet ellik kishi; keyinchalik bu so‘z madaniylashmagan odam- larga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi. Gilgamish – Mesopotamiyaning afsonaviy qahramoni, tarixiy shaxs, Uruk shahri podshosi. 182 Goplit – Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyalarining og‘ir qurollangan piyoda jangchisi. Demokratiya – yunoncha «xalq hokimiyati», har bir fuqaro o‘z mamlakatini boshqarish masalasi bo‘yicha o‘z fi krini bayon eta- digan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum. Zikkurat – tepasida ibodatxonasi bo‘lgan zinapoyali yirik va baland inshoot. Zinjantrop – ibtidoiy odam, bu odamning nomi uning suyak qoldiqlari topilgan joy – «Zinj» vodiysi va yunoncha «antropos» – odam so‘zlari bilan bog‘langan. Ibodatxona – odamlar xudolarga sig‘ingan muqaddas bino yoki joy. Ibtidoiy odam – ilk, eng qadimgi odam. Imperator – lotincha «hukmdor», Rimda dastlab – faxriy har- biy unvon, keyinchalik mutlaq hukmdorga tegishli nom. Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari. Koloniyalar – qadimgi davrlarda o‘z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar. Konsul – Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim. Har yili saylangan ikki nafar konsul Senat va armiyaga rahbarlik qilgan. Neandertal odami – o‘rta paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam. Uning suyak qoldiqlari dastlab Germaniyadagi Neandertal vodiysidan topilgan. N’om – yunoncha «viloyat» tushunchasini anglatagi. Misrdagi ilk davlat. Nomarx – Qadimgi Musrda ilk davlatning hukmdori. Papirus – yozuv yozish uchun ishlatiladigan qamish poya- sining mag‘zi. Patritsiylar – Rimning qadimgi tub aholisi. Piramida – mahobatli tosh inshoot, fi r’avnlar maqbarasi. Pitekantrop – Antropologiya fanida zinjantrop va sinan trop singari «tik turib yuruvchi odam» deb atalgan. Ilk paleolit dav- rida yashagan ibtidoiy odam. 183 Plebeylar – Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlod- lari. Polis – yunoncha «shahar». Respublika – «umumiy ish» ma’nosini anglatadi; tuzum nomi. Sinantrop – «xitoy odami» ma’nosini anglatadi. Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam. Senat – «Oqsoqollar kengashi» ma’nosini anglatadi. Sun’iy sug‘orish – kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni sug‘orish. Sfi nks – gavdasi sherniki va boshi insonniki bo‘lgan, pirami- dalarni qo‘riqlovchi ulkan haykal – afsonaviy mavjudot. Termalar – Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari. Falanga – og‘ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf tortishi. Falsafa (fi losofi ya) – yunoncha «fi lo» – sevish, «sofi ya» – do- nishmandlik tushunchalarini anglatadi. Fir’avn – Misr hukmdori; «ulug‘ xonadon» ma’nosini angla- tadi. Forum – Rimda yig‘ilish joyi va savdo-sotiq maydoni bo‘lib xizmat qilgan shahar markazi. Xronologiya – asrlar, davrlar, vaqt o‘lchovi haqidagi fan; turli- tuman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi. Sivilizatsiya – qadimdagi jamiyat taraqqiyotining ancha yuk- sak darajasi (shaharlar, yozuv va davlatlarning rivojlanishi). Shahar-davlat – tevaragidagi hududlarni tasarrufi ga olgan o‘zini-o‘zi boshqaruvchi shahar. Ellinlar – qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday atalgan. Etnografi ya – yunoncha atama bo‘lib, «xalqlar tavsifi » ma’nosini anglatadi. Qul – o‘zga bir kishining mulki bo‘lgan va ishchi kuchi sifati- da ishlatiladigan erksiz odam («so‘zlovchi mehnat quroli»); qul ni sotib olish va sotib yuborish mumkin bo‘lgan. 184 YAKUNIY TAKRORLASH Qadimgi dunyo tarixini o‘rganishda tarixiy atama va nomlarni qanday o‘zlashtirganingizni sinab ko‘ring. Javoblaringizni tekshirish uchun mazkur atamalar berilgan betlar ham keltirilgan. avgurlar – 154 avstralopitek – 13 agora – 93 akveduk – 152, 174 akinak – 124 аkropol – 87 altar – 153 amfi teatr – 161 animizm – 15 antropologlar – 8 aristokratiya – 93 arxeologlar – 8 buddaviylik – 66 gladiatorlar – 161 giksoslar – 32 goplitlar – 86 demokratiya – 93 doriylar – 85 yozma manbalar – 6,9 zardushtiylik – 80 zikkurat – 45, 47 zinjantrop – 13 ieroglifl ar – 40 ilotlar – 89 imperator – 165 ishlab chiqaruvchi xo‘jalik – 20 kasta (varna)lar – 63 kohin – 36, 81 koloniyalar – 91 kolonlar – 160 konsul – 148 kromanyon – 14,18 kulolchilik – 45 liktor – 149 legion – 156 liqurlar – 145 lingvistlar – 8 matriarxat – 11 meteklar – 87, 94 mezolit – 12, 18 mikrolitlar – 20 mixxat – 44, 51, 60 mozaika – 152 mumiyolash – 38 neandertal – 13 neolit – 12,20 «nom»lar – 30, 31 numizmatika – 5 oromiy yozuvi – 139 ossuariy – 82 paleolit – 12, 23 palestra – 88 papirus – 28, 40 patriarxat – 12 patritsiylar – 148, perieklar – 90 pitekantrop – 13 plebeylar – 149 polislar – 86 pontifi k – 154 prokonsullar – 159 provinsiyalar – 159 qoyatosh rasmlari – 16 sagaris – 124 sarkofag – 37 sanskrit – 66 satrap – 120, 125 sfi nks – 38 sinantrop – 13 sopol idish – 21, 77 stil – 88, 173 strateg – 95 termalar – 172 triyera – 100 urug‘ – 11 urug‘ jamoasi – 11 faylasuf – 112 falanga – 87, 99, 102 fetishizm – 16 fi r’avn – 30 sivilizatsiya – 5, 28 chig‘ir – 138 chopperlar – 14 ellinlar – 92 ellinlashtirish – 129 epigrafi ka – 5 etnografl ar – 8 o‘zlashtiruvchi xo‘jalik – 15 185 QADIMGI DUNYO TARIXIGA OID TARIXIY VA GEOGRAFIK ATAMALAR Ayritom – 139 Akkad – 43, 47 Aleksandriya Esxata – 126 Altamir – 16 Apennin – 90,145 Afi na – 87, 93 Afrosiyob – 78,124 Baqtra (Zariasp) – 125,126 Baqtriya – 76 Behistun – 9, 60 Bobil – 49, 51 Vezuviy – 162 Vizantiy – 169 Gang – 61 Golgofa – 176 Davan – 135 Dajla – 43 Dalvarzintepa – 139 Yerqo‘rg‘on – 78 Jarqo‘ton – 24 Jonbosqal’a – 133 Zamonbobo – 23 Zarautsoy – 19 Zartepa – 139 Zinj – 13 Ikki daryo oralig‘i – 43 Italiya – 145 Karfagen – 146,157 Ko‘zaliqir – 78 Konstantinopol – 168 Korinf – 103 Korsika – 157 Koshala – 65 Krit (Knoss) – 85 Kurushkat (Kiropolis) – 126 Lagash – 45 Lakonika – 89 Lasko – 16 Liviya – 32 Magadha – 65 Makedoniya – 102 Malla – 65 Marafon – 98 Marg‘iyona – 118 Maroqanda – 126 Maurya – 65 Machay – 19 Memfi s – 30 Mesopotamiya – 43 Midiya – 58 Miken – 85 Misr – 28 Mitanni – 54 Moxenjodaro – 62 Nil – 28 Nineviya – 53 Nubiya – 32 Obishir – 19 Oks (Amudaryo) – 125 Olviya – 91 Olimpiya – 106 Ossuriya – 53 Oshshur – 53 Pantikapey – 91 Parfi ya – 130 Pataliputra – 65 Peloponnes – 84 Persepol – 59 Pirey – 88 Rim – 146 Rozett – 40 Sardiniya – 157 Selungur – 14 Sidon – 55 So‘g‘diyona – 76 Sopollitepa – 23 Sparta – 89 Suza – 59 Suriya – 32 Teyshebaini – 55 Teshiktosh – 14 Tir – 55 Troya –107 Tushpa – 55 Uzunqir – 78 Ur – 45 Urartu – 54 Uruk – 45 Falastin – 55 Finikiya – 53, 55 Fiva – 31 Frot – 43 Xarappa – 62 Xattusa – 54 Xersones – 91 Xolchayon – 140 Xuanxe – 68 Shumer – 43, 47 186 QADIMGI DUNYO TARIXIDAGI NOMLAR Alarix – 169 Antiox – 130 Antoniy – 166 Aristofan – 109 Arrian – 9, 76 Arximed – 112 Attila – 170 Ashoka – 65 Bess – 124 Brut – 165 Budda – 66, 67 Vima Kadfi z – 138 Gannibal – 157 Geraklit – 112 Gerodot – 9, 96, 112 Gilgamish – 46 Gomer – 108 Demetriy – 131 Demokrit – 112 Demosfen – 102 Diodot – 130 Diogen – 112 Doro I – 9, 59, 98,119 Doro III – 124 Drakont – 93 Dyuperron A. – 82 Zardusht – 80 Iso Masih – 176 Kaligula –167 Kambiz II – 34 Kanishka – 138 Kiaksar – 58 Kir II – 34, 58 Kleopatra –166 Konstantin – 169 Krass – 163 Kserks – 100 Kudzula Kadfi z – 138 Kvint Kursiy Ruf – 9 Leonid – 100 Lyu Ban – 73 Makedoniyalik Aleksandr – 65, 112 Menes – 30 Menkaura – 37 Menua – 55 Miltiad – 99 Miron – 88 Mitridat I – 131 Neron – 167 Oktavian Avgust – 166 Oshshur- banapal – 54 Perikl – 96 Platon (Afl otun) – 113 Poliyen – 120 Pompey – 164 Pontiy Pilat – 176 Rixtgofen F. – 141 Romul – 146, 170 Salavk – 130 Sargon I – 47 Sin Syan – 143 Sezar – 165 Shixuandi – 72 Skunha – 119 Sofokl – 109 Sokrat (Suqrot) – 113 Solon – 94 Spartak – 162 Spitaman – 126 Strabon – 9 Ssipion – 158 Tarkviniy – 147 Tit Liviy – 175 To‘maris – 118 Trayan – 167 Tutanxamon – 38 Tutmos II – 33 Tutmos III – 33 U-Di – 73, 143 Feodosiy – 169 Fidiy – 110 Filipp II – 102 Frada – 119 Xammurapi – 49 Xafra – 37 Xufu (Xeops) – 37 Chjan Chandragupta – 65 Shampol yon J.F. – 40 Shiroq – 120 Yevtidem – 131 Esxil – 121 Yaxmos – 33 187 QADIMGI DUNYO TARIXI SANALARDA Mil. avv. 1 million – 100-ming yil – O‘rta Osiyoda ilk paleolit davri. mil. avv. 100 – 40-ming yil – o‘rta paleolit davri. mil. avv. 40 – 12-ming yil – so‘nggi paleolit davri. mil. avv. 12 – 7-ming yilliklar – mezolit davri. mil. avv. 6 – 4-ming yilliklar – neolit davri. mil. avv. 4 – 3-ming yillik o‘rtalari – eneolit davri. mil. avv. 4-ming yillik. – Mesopotamiyada shumer va akkadlarning manzilgohlari. mil. avv. 4-ming yillik. – Nil qirg‘oqlarida manzilgohlarning vujudga kelishi. mil. avv. 2600-yil – Misrda Xeops (Xufu) piramidasining qurilishi. mil. avv. 3-ming yillikning oxirlari – Xitoyda ilk davlatning vujudga kelishi. mil. avv. 3-ming yillik – Moxenjodaro va Xarappa shaharlari- ning vujudga kelishi. mil. avv. 3-ming yillikning o‘rtalari – 2-ming yillik – bronza davri. mil. avv. 2-ming yillik – Old Osiyo hududida ilk yirik davlatlar- ning vujudga kelishi: Ossuriya, Xett, Mitanni. mil. avv. 2-ming yillik – Bobil podsholigining tashkil topishi mil. avv. 3-ming yillikning oxirlari – 2-ming yillikning boshlari – Zamonbobo va Sopollitepa manzilgohlarining tashkil topishi. mil. avv. 2-ming yillik – Miken va Krit davlatlarining tashkil topishi. mil. avv. XVIII asr – Bobil hukmdori Xammurapi (mil. avv. 1792–1750-yillar) Mesopotamiyaning yagona davlatga birlash- tirilishi. mil. avv. XVIII asr – Moxenjodaro va Xarappa shaharlarining inqirozi. 188 mil. avv. XII asr – doriylar Lakonikani zabt etdilar va Sparta shahriga asos soldilar. mil. avv. XI asr – Isroil davlatining tashkil topishi. mil. avv. IX-VIII asr boshlari – Urartu davlatining gullagan davri. mil. avv. VIII-VI asrlar – Yunon koloniyalarining tashkil topishi. mil. avv. VIII-VI asrlar – Olviya, Xersones, Pantikapey koloniyalarining vujudga kelishi. mil. avv. 1-ming yillik – zardushtiylikning O‘rta Osiyo hududida tarqalishi. mil. avv. IX-VIII asrlar – O‘rta Osiyoda temir asriga o‘tish davri mil. avv. VIII asr – Italiyada 12 shahar-ittifoqining vujudga kelishi. mil. avv. 776-yil – Olimpiya o‘yinlarining birinchi bor o‘tkizilishi mil. avv. 753-yil – Rimning tashkil topishi. mil. avv. VII asr – Misrning yana yagona davlatga birlashishi. mil. avv. VII asr – Qadimgi Baqtriya podsholigining tashkil topishi. mil. avv. VII-VI asrlar – Qiziltepa, Afrosiyob, Uzunqir, Yer- qo‘rg‘on, Ko‘zaliqir shaharlarining rivojlanishi. mil. avv. VII-VI asrlar – Hindistonda Magadha, Koshala, Malla davlatlarining vujudga kelishi. mil. avv. VII-V asrlar – Xitoyda «ko‘p podsholik» davri. mil. avv. 621-yil – Drakont qonunlarining qabul qilinishi. mil. avv. 605-yil – Ossuriya podsholigining qulashi. mil. avv. 594-yil – Afi nada Solon islohotlarining o‘tkazilishi. mil. avv. 558-yil – Kir II – Fors podsholigining hukmdori. mil. avv. 539-yil – Bobilning forslar tomonidan bosib olinishi. mil. avv. 530-yil – Kir II ning O‘rta Osiyoda halok bo‘lishi (To‘maris). mil. avv. 525-yil – Misrning qadimgi fors shohi Kambiz II tomonidan zabt etilishi. mil. avv. 522-yil – Doro I – saltanatining satrapliklarga bo‘linishi. mil. avv. 522-yil – Doro I ga qarshi Frada qo‘zg‘oloni. mil. avv. 519-yil – sak qabilalariga qarshi Doro I ning bosqin- chilik yurishlari (Shiroq jasorati). 189 mil. avv. 509-yil – Rimda Respublikaning e’lon qilinishi. mil. avv. V-IV asrlar – O‘rta Osiyo hududida ilk tangalarning tarqalishi. mil. avv. 490-yil – Marafon tekisligidagi jang. mil. avv. 480-yil – Fermopil jangi (uch yuz spartalik jasorati). mil. avv. 480-yil – Salamin jangi. mil. avv. 479-yil – Plateya shahri yaqinidagi jang – yunonlar g‘alabasi. mil. avv. 443 – 429-yillar – Afi nada strateg Perikl hukmronligi. mil. avv. IV asr – Xorazmning Ahamoniylar zulmidan ozod bo‘lishi. mil. avv. 338-yil – Xeroniya yaqinidagi jang – makedoniyaliklar tomonidan yunonlarning tor-mor qilinishi. mil. avv. 337-yil – yunon shaharlarining Makedoniya hokimiyati ostida shahar-davlatlar Ittifoqiga birlashishi. mil. avv. 334-yil – Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishi. mil. avv. 330-yil – Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Ahamoniylar saltanatining zabt etilishi. mil. avv. 329-yil – Makedoniyalik Aleksandr boshchiligidagi yunon-makedonlar tomonidan Maroqandaning bosib olinishi. mil. avv. 329-yil – Zarafshon daryosi qirg‘oqlaridagi jangda yunon-makedon qo‘shinlarining tor-mor qilinishi (Spitaman). mil. avv. 328-yil – Makedoniyalik Aleksandr armiyasi bilan jangda Spitamanning mag‘lubiyati. mil. avv. 323-yil – Makedoniyalik Aleksandrning vafoti. mil. avv. 312-yil – Salavk hukmronligining boshlanishi – Sa- lavkiylar davlatining asoschisi. mil. avv. 280-yil – Antiox – Salavkiylar davlatining hukmdori. mil. avv. III asr – Zardusht ta’limotining barcha matnlari 21 ta kitobga jamlanishi. mil. avv. III asr – Qang‘ davlatining tashkil topishi. mil. avv. III asr – Davan davlatining tashkil topishi. mil. avv. 246-yil – Sin Shixuandi – Sin davlatning hukmdori. mil. avv. 216-yil – Kann yaqinida Rim armiyasining tor-mor qilinishi. 190 mil. avv. 206-yil – Lyu Ban qo‘zg‘oloni. mil. avv. 202-yil – Zama shahri yaqinida rimliklar tomonidan Karfagen armiyasining tor-mor qilinishi. mil. avv. II asr – Buyuk Ipak yo‘lining vujudga kelishi. mil. avv. 146-yil – rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi. mil. avv. 140 – 130-yillar – Yunon-Baqtriya davlatining yuechji- lar tomonidan bosib olinishi. mil. avv. I asr – Xitoyda qog‘ozning kashf qilinishi. mil. avv. 74-yil – Spartak qo‘zg‘oloni. mil. avv. 49-yil – Yuliy Sezar – Rim imperatori. mil. avv. 29-yil – Oktavianga Senat tomonidan imperator unvo ni va Avgust laqabining berilishi. milodiy 98-yil – Rim imperiyasida Trayan hukmronligining boshlanishi. milodiy I asr – xristianlik dining vujudga kelishi. milodiy I asr – Kushon podsholigining gullagan davri. milodiy III asr – Kushon davlatining inqirozga yuz tutishi. milodiy 330-yil – Rim imperiyasining poytaxti – Vizantiy (Konstantinopol). milodiy 394-yil – Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishining to‘xtatilishi. milodiy 395-yil – Rim imperiyasining bo‘linishi: G‘arbiy va Sharqiyga. milodiy 410-yil – Alarix boshchiligida gotlar tomonidan Rimning yakson qilinishi. milodiy 452-yil – Attila boshchiligida xunn qabilalarning Italiya- ga bostirib kirishi. milodiy 455-yil – Rimga vandallarning hujum qilishi. milodiy 476-yil – G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi. ANATOLIY SAGDULLAYEVICH SAGDULLAYEV VASILIY ANUFRIYEVICH KOSTETSKIY O‘quv nashri TARIX QADIMGI DUNYO Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun darslik (O‘zbek tilida) Tuzatilgan va to‘ldirilgan beshinchi nashr Toshkent – «Yangiyo‘l poligraf servis» – 2017 Nashriyot litsenziyasi AI №185, 10. 05. 2011 y. Muharrir Q. Islomov Texnikaviy muharrir M. Riksiyev Sahifalovchi K. Kostetskiy Musahhih Z. Zamonov Bosishga ruxsat etildi 17.07.2017. Ofset bosma. Bichimi 70x90 1/16. «Arial» garniturasi. Kegli 11,10. Ofset qog‘ozi. Ofset bosma usulda bosildi. Bosma tabog‘i 12,0. Sh. b. t. 14,04. Adadi 58070. Buyurtma № 17-302. «O‘zbekiston» NMIU bosmaxonasida bosildi. 100129, Toshkent sh., Navoiy k., 30. Darslik ijaraga berilib, o‘quv yili yakunida qaytarib olinganda yuqoridagi jadval sinf rahbari tomonidan quyidagi baholash mezonlariga asosan to‘ldiriladi: O‘quvchining ismi va familiyasi O‘quv yili Sinf rahbari- ning imzosi Darslikning topshiril- gandagi holati T/r 1 2 3 4 5 6 Darslikning olingandagi holati Sinf rahbari- ning imzosi Darslikning birinchi marotaba foydalanishga berilgandagi holati. Muqova butun, darslikning asosiy qismidan ajralmagan. Barcha varaqlari mavjud, yirtilmagan, ko‘chmagan, betlarida yozuv va chiziqlar yo‘q. Muqova ezilgan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan, darslikning asosiy qismidan ajralish holati bor, foydalanuvchi tomonidan qoniqarli ta’mirlangan. Ko‘chgan varaqlari qayta ta’mirlangan, ayrim betlariga chizilgan. Muqovaga chizilgan, yirtilgan, asosiy qismdan ajralgan yoki butunlay yo‘q, qoniqarsiz ta’mirlangan. Betlari yirtilgan, varaq-lari yetishmaydi, chizib, bo‘yab tashlangan. Darslikni tiklab bo‘lmaydi. Yangi Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz Ijaraga berilgan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval