OZBEKISTON TARIXI Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 4-nashri O ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi vazirligi tomonidan nashrga tavsiya etilgan „O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAAIJODIY UYI TOSHKENT —2019 UO‘K: 94(575.1)(075.3) KBK 63.3(50‘) U 73 Respublika ta'lim markazi tarix fanlari ilmiy-metodik kengashming 2019-yil 4-martdagi birinchi sonli yig‘ilishida nashrga tavsiya etilgan. Mualliflar: Usmon Jo'rayev, Qamar Usmonov, Gulira’no Jo‘rayeva, I Naim Norqulov Taqrizchilar: Y. Boltaboyev - Namangan davlat universiteti ,,Tarix“ kafedrasi katta o‘qituvchisi; N. Hakimov - Respublika taTim markazi metodisti; Z. Mirzayeva - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 295- maktab tarix fani o'qituvchisi; M. Majidova — Toshkent shah o‘qituvchisi; ITLI BELCILAR 7 ...................... - mavzu ustida mustaqil ishlash; - savol va topshiriqlar,• Jx) - esda tuting; a - tarixiy sanalar; - atamalar mazmuni; I - diqqat bilan o'qing.• Respublika maqsadli kitob jamg'armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. ISBN 978-9943-22-371-4 © U. Jo‘rayev va b. © „O‘qituvchi“ NMIU, 2019 KIRISH „Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi^ Shavkat Mirziyoyev Aziz o‘quvchilar! VIII sinf „O‘zbekiston tarixi“ darsligi Sizga Vatanimizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixi haqida bilim beradi. Tarixchi olimlar Vatanimiz tarixining bu davriga „So‘nggi o‘rta asrlar“ yoki „Uch xonliklar davri“ deb nom berishgan. Bu davr ta- riximizning eng murakkab, ziddiyatlarga toTa davridir. Chunki bir vaqtlar dunyoda mashhur boTgan, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan Temuriylar davlati XVI asr boshlarida toTa barham topdi. Siz buning sabablarini VII sinf ,,0‘zbekiston tarixi“ darsligidan bilib olgansiz. VIII sinfda ularni yana bir bor esga tushirasiz. Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shay- boniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqa- rish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davrida erishilgan ulkan yutuqlarni saqlab qola olmadilar. Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt (udel) qilib boTib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning zaiflashuviga, yurt hokimlari hokimiyatining kuchayishiga, siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga olib keldi. Natijada, XVIII asr boshla- rida Buxoro xonligi ikkiga boTinib ketdi. Xonliklarda yuz bergan kuchli siyosiy tarqoqlik va markaziy hokimiyatning nihoyatda zaif- lashuvi oxir-oqibatda dastlab shayboniylar, so‘ng ashtarxoniylar, Xiva xonligida esa arabshohiylar sulolasi hukmronligining barham topishiga olib keldi. Ulaming o'rnida urug‘-qabila (Buxoro xonligida o‘zbek- larning mangTtlar qabilasi, Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar qabilasi va Qo‘qon xonligida minglar urug‘i) sulolalari hukmronligi qaror topdi. Bu hodisa bir tomondan urug‘-qabila sulolalariga markazdan qo- chuvchi mahalliy hukmdorlaming qarshiligini sindirib markaziy ho- 3 kimiyatni kuchaytirishga imkon berdi. Ikkinchi tomondan esa bir xalqning uch davlatga bo'linib yashashiga olib keldi. Ya’ni bu uch o‘zbek davlati aholisining katta qismini tashkil etuvchi o‘zbeklar o‘z- larining yagona o‘zbek xalqiga mansubligini to‘la his eta olmadi. Biroq yuqorida aytilgan fikrlardan XVI-XIX asr birinchi yarmigacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi 350 yillik tariximiz faqat qoron- g‘ilikdan iborat bo‘lgan ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz lozim. Zero, o‘zbek davlatlarining taraqqiyotda orqada qolishi sabablarini faqat hukmdorlar yuritgan siyosatdangina izlash adolatsizlik bo‘ladi. Chunki bu davrda faqat O‘rta Osiyo emas, balki butun islom olami tushkunlik davrini boshdan kechirayotgan edi. Siz darslikdan bular- ning sabablarini bilib olasiz. Shunday qiyinchiliklarga qaramay, ajdodlarimiz Yevroosiyo karvon savdosini rivojlantirdilar. Ayni paytda, dunyo ahlini hayratga soladigan darajada me’morchilik obidalarini bunyod etdilar. Qo‘lingizdagi darslik Sizni yuqorida qayd etilgan fikrlarning sa- bablari bilan tanishtiradi va Sizga XVI-XIX asr birinchi yarmida kechgan tariximizni puxta o'rganib olishga yordam beradi. Darslikdan foydalanayotganingizda har bir mavzuni o‘rganishda sizga yordam beruvchi belgilarga e'tibor bering. Ular sizga tarixiy bilimlarni puxta o'rganib olishingizda ko‘makchi bo‘ladi. 4 I BOB. XV ASRNING OXIRI - XVI ASRNING BOSHLARIDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDAGI SIYOSIY VAZIYAT l-§. Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida „Dashti Qipchoq“ deb ataluvchi geografik atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyan- Dashti Qipchoq haqida hudud tilga olinadi. Bu shanning g‘arbiy yonbag‘ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho‘zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga ajratib turgan. Bu hududlar rus manbalarida „Poloveslar yeri“ nomi bilan yuritilgan. Chunki ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida ular „kumanlar“, sharq manbala- rida esa „qipchoqlar“ nomlari bilan qayd etilgan. Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o‘zbeklar deb atalgan. („O‘zbek“ atamasining ma’nosini siz VII sinf „O‘zbekiston tarixi“ darsligidan bilib olgansiz.) 1240-yilda Chingizxonning nabirasi, Jo‘jixonning (Chingizxonning katta o‘g‘li) o‘g‘li Botuxon Oltin O‘rda xonligiga asos soldi. Bu davlat Jo‘ji ulusi deb ham ataladi. U Xorazm, Shimoliy Kavkaz, Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim va G‘arbiy Sibir hu- dudlarini o‘z ichiga olgan. Rus esa unga o‘lpon to‘lab turgan. Oltin O‘rda Jo‘jixonning o‘g‘illari o‘rtasida uluslarga bo‘linishi natijasida, Dashti Qipchoqning sharqiy qismi Jo'jixonning beshinchi o‘g‘li Shay- bonga tegdi. Sharqiy Dashti Qipchoqda o'zbek davlatining tashkil topishi Vaqtlar o‘tishi bilan o‘zaro ichki nizolar natijasida Shaybon ulusida markaziy hoki- miyat zaiflasha bordi. Oxir-oqibat ulus mayda-mayda qismlarga bo‘linib ketdi. Ayni paytda, toj-u taxt uchun o‘zaro kurash kuchaydi. Bu kurash, ayniqsa, ulusning Shaybon naslidan bo‘lgan hukmdori Davlatshayx 1425-yilda vafot etgach yanada avj oldi. Ana shunday og‘ir vaziyatda Davlatshayxning o‘g‘li Abulxayrxon siyosat maydoniga chiqdi. Abul- 5 xayrxon yosh bo'lishiga qaramay kuchli sarkardalik qobiliyatiga ega edi. Taxt uchun kurashda uni ulusdagi doimiy nizolardan aziyat che- kayotgan boshqa o‘zbek qabilalari hamda ruhoniylar qo‘llab-quvvat- ladilar. Natijada, Abulxayrxon 1428-yilda „O‘zbek ulusi“ deb atal- gan davlatga asos soldi. Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Tura shahri bu davlatning poytaxti deb e'lon qilindi. 1431-yilda esa o‘z davlatini Oltin O‘rdadan mustaqil deb e’lon qildi. 1446-yilda esa Sirdaryo- ning o‘rta oqimida joylashgan Sig'noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, O‘zgan va Suzoq shaharlarini bosib oldi. Davlat poytaxtini esa Sig‘noqqa ko‘chirdi. Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga qarshi kurashga kirishganligini anglatar edi. Temuriylar o‘rtasida Samarqand tax- ti uchun kurash kuchaygan bir paytda Abulxayrxon vaziyatdan foy- dalanishga harakat qildi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan temu- riyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami evaziga kattadan katta sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytdi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga nikohlab berdi. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etgach, u tuzgan davlat parchalanib ketdi. Uning dushmanlari tomonidan Abulxayrxonning qarindoshlari va tarafdorlari qirg‘in qilindi. Faqat nabiralari - aka-uka Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton, o‘g‘illari Ko‘chkunchixon va Suyunch- xo‘jaxon kabi juda ozchilik omon qoldi. . Muhammad Shayboniy va uning ukasi Muhammad Sha^moniy Mahmud gultonlar Abulxayrxonning o‘g‘li siyosiy kurash ivr..siyosiy kuras maydonida Shohbudog‘ Sultonning o‘g‘illari edi. Mu- hammad Shayboniy 1451-yilda tug‘ilgan. Otasi yosh vafot etgan edi. Shuning uchun ham bobosi Abulxayrxon ularning tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaradi. Uyg‘ur qavmidan bo‘lgan, Shohbudog1 Sultonga otaliq qilgan amir Boyshayxni bu ikki shahzodalarga ham otaliq etib tayinladi. Shahzodalar o‘z davrining yetuk shaxslari bo‘lib yetishdilar. Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi. Shayboniy Buxoroda ilm olishdan tashqari nufuzli davlat va din arboblari bi- lan yaqinlashib ham oldi. Uning ko‘nglida bobosi Abulxayrxon dav- latini tiklash orzusi jo‘sh ura boshladi va Dashti Qipchoqqa yo‘l 6 oldi. Bu davrda Dashti Qipchoqda toj-u taxt uchun ayovsiz kurash davom etardi. Aholining turli tabaqalari ulusda tinchlik o‘rnatilishini xohlamoqda edi. Bu omil yaxshi harbiy ta’lim olgan, mustahkam intizomli yollanma qo‘shin tuza olgan Shayboniyga juda qo‘l keldi. Biroq qo‘shinni saqlash katta xarajat talab qilar edi. Shuning uchun to‘lov evaziga Movarounnahr va Xuroson temuriyzodalariga hamda Mo‘g‘u- liston hukmdorlariga ichki raqiblariga qarshi kurashda harbiy yordam ko‘rsata boshladi. Bu harbiy yurishlarda Shayboniy o‘zining mo- hir lashkarboshilik qobiliyatini namoyon etdi. Turli temuriy hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yanada yaxshi bilib olishga imkon berdi. Shayboniyxon Shayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda bo‘- lib ketgan qabilalami birlashtirdi va beayov kurashlar natijasida XV asrning 80-yillarida bobosi bunyod etgan O'zbek ulusi davla- tini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi hamda xonlik taxtiga o'tirdi. Vaqtlar o‘tib, Shayboniyxon Sirdaryo bo‘ylaridagi qo‘rg‘onlarni ham egalladi. Bu qo‘rg‘onlar kelgusida unga Movarounnahrni istilo qilish uchun tayanch vazifasini o‘tadi. 1428-yil — Sharqiy Dashti Qipchoqda O‘zbek ulusi davlati tuzildi. 1451-yil — Muhammad Shayboniyxon tug‘ildi. 1468-yil — O‘zbek ulusi davlati parchalandi. 1480-yil - Muhammad Shayboniyxon bobosi bunyod etgan 0‘zbek ulusi davlatini qayta tikladi. 1. Dashti Qipchoq deyilganda qaysi geograflk hudud tushuniladi? 2. Abulxayrxon qachon, qayerda va qanday davlatga asos soldi? 3. Abulxayrxonning temuriy hukmdorlar bilan siyosiy aloqasi haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Qanday omillar Muhammad Shayboniyga Temuriylar davlatidagi ichki vaziyatni yaxshi bilib olishiga imkon berdi? Mulohaza yuriting! Nega Chingizxon avlodlari bora-bora turkiylashib ketgan? 7 2-§. Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat „ . . x . . Sizga VII sinf „O‘zbekiston tarixi“ dars-Movarounnanrda temuriylar , ,, , . . . ... „ .,.... , . hgidan malumki, Amir lemur vatotidanortasidagi o‘zaro kurash , . . . . , ... , .. .so ng toj-u taxt uchun ohb borilgan ku- rashlarda oxir-oqibat uning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzo g‘olib chiqdi. Shohrux Mirzo davrida Temuriylar saltanati amalda ikki mustaqil davlatga boTib boshqarildi. Ularning biri Xuroson (poytaxti Hirot), ikkinchisi esa Movarounnahr (poytaxti Samarqand) davlatlari edi. Xu- rosonda Shohrux Mirzo, Movarounnahrda esa o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek hukmronlik qildi. Mirzo Ulug‘bek oTimidan so‘ng Movarounnahrda toj-u taxt uchun o‘zaro kurash kuchaydi. Bu kurashda oxir-oqibat 1451-yilda Mi- ronshohning nabirasi Sulton Abu Said Mirzo Abulxayrxon yordamida g‘alaba qozondi. 1458-yilda Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur vafot etgach Xurosonni ham egalladi. 1469-yilda Abu Said Mirzo avval temuriylar tasarrufida boTgan Eronning g‘arbiy qismini egallab olgan oq qo‘yun- lilarga qarshi kurashda halok boTdi. Bu halokatdan so‘ng Mova- rounnahr uning o‘g‘illari hukmdor boTgan amalda uch mustaqil davlatga boTinib ketdi. Chunonchi, Samarqandda Sulton Ahmad, Far- g‘onada Umarshayx Mirzo, Hisor, Xuttalon va Badaxshonda Sulton Mahmud Mirzo hukmronlik qildilar. Shunday bo‘lsa-da, Sulton Ahmad rasman Movarounnahr hukmdori hisoblanardi. Uning davrida aholi tinchlik va osoyishtalikda yashadi. Uning vafotidan so‘ng Movarounnahr taxtini ukasi Sulton Mahmud Mirzo, 1495-yilda esa o‘g‘li Boysung'ur Mirzo egalladi. Tez orada Movarounnahr taxti uchun kurashga Farg‘ona hokimi Bobur Mirzo ham qo‘shildi. U 1497-yilda Boysung‘urni qal’aga yashirinishga maj- bur etdi. Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi vujudga kel- ganligi tufayli Boysung‘ur askarlari orasida parokandalik ro‘y berdi. Qamalga bardosh berishga ko‘zi yetmagan Boysung‘ur Turkistonda (Yassida) turgan Shayboniyxondan yordam so‘radi. Shayboniyxon qulay fursatdan foydalanib, tez orada Samarqandga kelib, Bobumi sarosimaga solib qo‘ydi. Buning ustiga Boburning askarlari sovuq tufayli tevarak-atrofdagi qishloqlarga tarqalib ketgan edi. Oz sonli as- kar bilan Shayboniyxonga yuzma-yuz kelish xatarli edi. Lekin bundan boshqa yo‘1 ham yo‘q edi. Bobur bor askari bilan dushmanga qarshi 8 chiqishga majbur bo‘ldi. Biroq kutilmaganda Shayboniyxon shahar ichkarisiga qarab yurdi, lekin Boysung‘ur uni shaharga kiritmadi. Chunki Boysung‘ur uni shahar tashqarisida bo‘ladigan jangda itti- foqchi bo‘lishga taklif qilgan edi. Bundan ranjigan Shayboniyxon Turkistonga qaytib ketdi. Samarqand qamali 7 oydan ziyod davom etdi. Shayboniyxondan yordam ololmagan Boysung'ur qochib ketishga majbur bo'ldi. Bobur esa Samarqand taxtini egallashga muvaffaq boTdi. U bobosi Amir Temur taxtining sohibi deb e’lon qilindi. Biroq sohiblik uzoqqa cho‘zilmadi. Bunga Bobuming dushmanlari Farg‘ona taxtiga ukasi Jahongirni o‘tqazish uchun ko‘targan isyon sabab boTdi. Vujudga kelgan harbiy-siyosiy tanglikni tushungan Bobur qanday boTmasin Farg‘onada hokimiyatini saqlab qolishga qaror qildi va Samarqandga o‘z beklaridan birini qo‘yib Andijonga qaytishga majbur boTdi. Bo- buming yo‘qligidan Boysung‘urning ukasi Sulton Ali Mirzo foydalanib qoldi va 1498-yilda Movarounnahr taxtini egalladi. 1500-yilda aka- uka Bobur va Jahongir Mirzolar o‘rtasida sulh tuzildi. Unga ko‘ra, Sirdaryoning shimoliy tarafl Axsi shahri bilan Jahongirda va daryoning janubiy tomoni Andijon shahri bilan Boburda qoldi. Xurosondagi Amir Temuming to‘rtinchi o‘g‘li, Xuroson hukm- siyosiy ahvol dori shohrux Mirzo 1447-yili vafot etgach, toj-u taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Natijada, Xuroson davlati o‘n bir qismga boTinib ketdi. Ularning har biri amalda mustaqil davlatlar edi. Va nihoyat, 1458-yilda Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshohning nabirasi Sulton Abu Said Mirzo te- muriylar davlatini bir qadar birlashtirishga muvaffaq boTdi. 1469-yili Abu Said Mirzo halok boTgach, Amir Temurning ikkinchi o‘g‘li Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi. Salkam 40 yil hukmronlik qilgan Sulton Husayn Boyqaro davrida ham mamlakatda toTa osoyishtalik o'rnatilmadi. Shunday boTsa-da, Xuroson davlatining xo‘jalik va madaniy hayoti ancha yuk- saldi. Mamlakat obodonchiligi yoTida katta ishlar amalga oshirildi. Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi. Bunda Hu- sayn Boyqaroning hukmdorlik salohiyati muhim o‘rin tutdi. Vazir Alisher Navoiyning xizmatlari ham benihoya katta boTdi. Biroq Hu- sayn Boyqaro bilan o‘g‘li Badiuzzamon o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik vujudga keldi. Bu holat ota va o‘g‘il o‘rtasiga nizo urugTni sochgan qora kuchlarning Badiuzzamonning 11 yoshli begunoh o‘g‘li, 9 komil nabira, Alisher Navoiy chuqur e’tiqod qo‘ygan Mo‘min Mir- zoning qatl etilishiga erishganlaridan so‘ng yanada kuchaydi. Qora kuchlarning maqsadi taxtga Boysung‘urni emas, uning o‘gay ukasi Muzaffar Husaynni o‘tqazish edi. Badiuzzamon oqil va tadbirkor, harbiy salohiyati yuqori, adolatpe- sha shahzoda edi. U o‘z saroyida olimlar, shoirlar, ulamolar, san’at- korlarni yig‘ib anjumanlar o‘tkazardi. O‘zi ham go‘zal g‘azallar bi- tardi. Ulug‘ Alisher Navoiy uning bu fazilatlariga juda yuqori baho bergan. Otasi Sulton Husayn Boyqaroning Muzaffar Husayn Mirzoga no- haq yon bosishi, o‘g‘li Mo‘min Mirzoning qatl etilishi oxir-oqibat Badiuzzamon va otasi o‘rtasida urush keltirib chiqardi. Urushda Ba- diuzzamon yengildi. O‘zaro qirg‘inbarot urushlar oxir-oqibat sulh tuzish bilan yakunlandi. 1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi. Shundan keyin mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga keldi. Badiuzzamon va Muzaffar Husaynlar bir vaqtda hukmdor deb e’lon qilindilar. Bu esa shuningsiz ham og‘ir kunlami kechirayotgan Xu- roson davlatini parokandalikka olib keldi. Temuriylar saltanatida boshlangan toj-u taxt uchun ayovsiz kurash oqibatida saltanat inqirozga yuz tutdi. Natijada, ko‘pdan buyon Te- muriylar saltanati hududlarini egallashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni egallab olishi uchun qulay sharoit vujudga keldi. 1447-yil - Shohrux Mirzo vafot etdi. 1458-yil - Sulton Abu Said Mirzo vaqtincha boTsa-da Temuriylar saltanatini birlashtirdi. 1506-yil - Husayn Boyqaro vafot etdi. Xurosonda qo‘shhokimi- yatchilik vujudga keldi. 1. Movarounnahrda temuriylar hukmronligining inqirozga yuz tutishiga nimalar sabab boTdi? 2. Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Xurosonda temuriylar hukmronligining zaiflashib qolishiga nimalar sabab bo'ldi? /37\ Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy ahvolni taqqoslang. O‘zaro o'xshash va o‘ziga xos jihatlarni aniqlang hamda ularni yozma ravishda qayd eting. 10 3-§. Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad Shayboniyxon munosabatlari „ . . . Avvalgi mavzuda ta’kidlanganidek, XVI asr o urning siyosa^ bo‘sag‘asida Temuriylar davlati taxti uchun ku- may oniga c lqis 1 maydoniga Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo ham chiqdi. Bobur Mirzo Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi edi. U 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug‘ildi. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o‘tdi. shayx Mirzo (1455-1494) saroyida o‘z davriga yarasha bilimlarni egalladi. Abu Said Mirzo o‘g‘li Umarshayx hukmronligi davrida, dastlab Kobul viloyatiga, so‘ng loyatiga hokim etib tayinladi. Keyinchalik akasi Sulton Ahmad hukm- ronligi davrida Toshkent va Sayram ham Umarshayx Mirzoga berildi. Biroq o‘zaro ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qo‘1 ostida faqat Farg'ona, Xo‘jand va O‘ratepagina qoldi. Umarshayx Mirzo 1494-yilda baxtsiz hodisa tufayli halok boTgach, hokimiyat 12 yoshli o‘g‘li Bobur Mirzo qoTiga o‘tdi. Otasi Umar- barcha zarur Mirzoni o‘z Farg‘ona vi- Bobur yosh boTganligi uchun davlat ishlarini ishonchli bek- rfjjj lardan Hojiqozi va o'qimishli, oqila onasi Qutlug* Nigorxonim yordamida boshqarardi. Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda ogTrlashgan sharoitga to‘g‘ri keldi. U ham barcha taxt da'vogarlariga xos xususiyatlardan xoli emasdi. Uning orzusi ulug‘ bobosi Amir Temur saltanatining poytaxti boTmish Samarqand taxtini egallash edi. Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temu- riylar saltanatiga butunlay barham berish edi. Bobur Mirzo bilan uning o‘rtasidagi munosabat Shayboniyxonning ana shu niyatini yaqqol ko‘rsatib berdi. Onasining gapi bilan ish tutgan Movarounnahr hukmdori Sulton Ali Mirzoning kaltabinligi sababli Shayboniyxon 1500-yilda Samarqandni jangsiz egalladi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo qayg‘uga botdi. Bu safar ham orada xiyonat borligi uni chuqur iztirobga soldi. Shayboniyxon Samarqandni egallagach, Sulton Ali Mirzoni qatl ettirdi. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr uchun kurashga qo'shilishi 11 Zahiriddin Muhammad BobuT Movarounnahrning nufuzli davlat ar- boblari shayxulislom Abulmakorim bosh- chiligida Bobur Mirzoni Samarqand taxtini egallashga da'vat etdilar. Sulolasi man- faatiga sadoqatli bo‘lgan Bobur Mirzo 1500-yiLning kuzida Samarqandga yurish bosbladi va taxtni ikkinchi marta egalladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida - Konigil (shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da tu- rar edi. Shayboniyxon bu voqeani eshitgach, bo‘lajak hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rdi. Bobur Mirzo bu galgi urush hal qiluvchi urushligini bilib Andijon, Toshkent, Hisor, Hirot va boshqa yerlarga yordam yuborishlarini so‘rab elchilar yubordi. Biroq amakisi - Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va Qashqardagi tog‘asi Sulton Mahmudxondan yordam kuchi kelmadi. 1501-yilda olti oylik qamaldan so‘ng Shayboniyxon Bobur Mirzoga sulh taklif etdi. Bobur Mirzo hech qayerdan yordam ololmagach, no- iloj, sulhga rozi boTdi. Sulh shartlari Bobur Mirzo uchun juda ha- qoratli boTsa-da, unga rozi boTmaslikdan boshqa chorasi yo‘q edi. Og'ir va nochor ahvolga tushib qolgan Bobur Mirzo Samarqandni tark etib, ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirib, o‘zga yurtlarga ke- tishga majbur boTdi. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim (1523- 1603-yillarda yashagan) o‘zining „Humoyunnoma“ asarida bu haqda quyidagilarni yozgan edi: „Xudoga tavakkal qilib Badaxshonot va Kobulga yuzlandilar“. 1504-yilda Kobul viloyatida (Kobul - hozirgi Afg'oniston davlati- ning poytaxti) o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Bu yerda mustaqil davlat tuzishga jadal kirishdi. Qattiq intizomga bo‘ysunuvchi qo‘shin tuzdi. Qurilish, obodonlashtirish ishlariga katta e'tibor berdi. Ko‘plab bog‘- rogTar yaratdi. Ulaming ichida Bog‘i Bobur ayniqsa mashhurdir. Kobuldagi Bolo Hisor qaFasini o‘zining qarorgohiga aylantirdi. Shayboniylaming tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birga- likda chora ko‘rish maqsadida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Bobur Mirzoni ham maslahat yigTniga taklif 12 etganligi, uning yuksak nufuzga ega bo‘lganligini tasdiqlaydi. Bobur Mirzo shu taklifga ko‘ra Hirotga otlandi. Biroq Husayn Boyqaroning 1506-yilda to‘satdan vafot etishi vaziyatni og‘irlashtirdi. O‘zaro nizo- lari kuchliligi tufayli temuriyzodalar dushmanga qarshi ittifoq tuza olmadilar. Bu esa oxir-oqibat Temuriylar saltanatining butunlay bar- ham topishiga olib keldi. Bobur Mirzo tariximizda buyuk shoir, Movarounnahmi shayboniylar istilosidan saqlab qolish yoTida sobitlik bilan kurashgan hukmdor va sarkarda sifatida nom qoldirdi. 1494-yil — Bobur Mirzo Andijon taxtiga o‘tqazildi. 1500- yil — Shayboniyxon Samarqandni egalladi. 1501- yil — Bobur Mirzo Shayboniyxondan yengildi. 1504-yil — Bobur Mirzo Kobulda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. 1. Bobur Mirzo qanday sharoitda siyosat maydoniga kirib keldi? 2. Nima uchun Muhammad Shayboniyxon g‘alaba qozondi? < V**Mulohaza yuriting! Temuriylar davlati qulamasligi mumkin edimi? 4-§. Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi ning qirg‘inga yo‘1 qo‘ymasligiga ishonch paydo boTdi. Bundan tashqari, Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalari ko‘pdan buyon toTa o‘troq tarzda yashashni umid qilib kelardilar. Bu umid- ning ushalishi o‘zgalaming unumdor yerlari hisobiga ro‘yobga chiqishi mumkin edi. Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishi Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalarining rahna- molari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan o‘zaro qirgTnlaming yana takrorlanishini aslo is- tamas edilar. Ularda Muhammad Shayboniyxon- O‘zbek qabilalarining sardorlari Muhammad Shayboniyxonni o‘z umidlarini ro‘yobga chiqarishga qodir birdan bir shaxs deb hisob- lardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar Muhammad Shayboniyxonni qoTlab-quvvatladilar. 13 Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o‘lkalarda, birinchi navbatda, Movarounnahrda Muhammad Shayboniyxon hoki- miyatining o‘rnatilishi o‘troq hayotga o‘tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movaroun- nahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufczini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-u taxt uchun o‘zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Movaroun- nahr zodagonlari va hatto oddiy aholining ma’lum qismi ham Mu- hammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o‘rnatishga qodir yagona shaxsni ko‘rdilar. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar saltanati hu- dudlarida ham o‘z hokimiyatini o‘matishi uchun barcha zarur shart- sharoit yaratildi. Ayni paytda, Rossiyaning sharqqa qarab tobora kengayib borishi ham Shayboniyxonning Movarounnahrga yurishini tezlatib yubordi. Shayboniyxon Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish maqsadida boshlagan harbiy yu- rishi paytida raqiblarini sarosimaga solib qo‘y- gan jang usuli — to'lg'amani qo‘lladi. U Sa- marqandni dastlab 1500-yilda qisqa muddatga boTsa-da egalladi va yangi o‘zbek davlati — Shayboniylar davlatiga asos soldi. 1501-yilda esa Samarqandni uzil-kesil bo‘ysundirdi. Endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi. 1503- yilda Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi. Shaybo- niyxon Ulug‘bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sul- tonbegimning o‘g‘illari boTgan amakilari Ko‘chkunchi Sultonni Tur- kistonga va uning ukasi Suyunchxo‘ja Sultonni Toshkentga, o‘zining ukasi Mahmud Sultonni Buxoro viloyatlariga hokim etib tayinladi. 1504- yilda esa Farg‘ona egallandi. Shayboniyxonning harbiy yu- rishlarida eng faol qatnashgan amakisining o‘g‘li Jonibek Sultonga Axsi va Andijonni tortiq qildi. Jonibek Sulton Abulxayrxonning boshqa bir o‘g‘li Xo‘ja Mahmud Sultonning o‘g‘li edi. Shu tariqa, butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukm- ronligi o‘rnatildi. Samarqand shahri esa poytaxt etib belgilandi. Movaronnnahrda Shayboniyxon hukmronligining o‘rnatilishi 14 Movarounnahrda mustahkamlanib olgan Shaybo- niyxon 1505-yilda Xorazmga yurish qildi va uni ham egalladi. Xorazm va Xurosonning egallanishi 1505-yilning kuzida esa Xurosonga yurish boshladi. So‘nggi yil- larda o‘zaro ichki nizolar oqibatida inqirozga yuz tutgan temuriy- larning Xuroson davlatini egallash Shayboniyxon uchun qiyin kech- madi. 1506-yilda Balx, 1507-yilda esa Hirot egallandi. Shundan so'ng Hirot o‘zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo‘qotdi. Xurosonning ham bo‘ysundirilishi bilan amalda Shayboniyxon bu- tun mintaqani yagona bir markaz - Samarqand qo‘l ostida birlashtira oldi va temuriyzodalar amalga oshira olmagan ishni bajardi. Bu uning davlatchiligimiz oldidagi xizmatidir. Shu tariqa, Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni o‘z ichiga olgan hududda Shayboniyxon hukm- ronligi o‘rnatildi va shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi. Etnik ‘ara on sinfda bilib olganingizdek, Movarounnahr va Xorazmda o‘zbek xalqi IX-XII asrlarda shakl- langan. To‘g‘ri, bu hududlarda yashagan ajdodlarimiz XVI asrgacha o‘zbeklar deb atalmaganlar. Qadim-qadimdan tarixiy turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki boshqa o‘lkalarda, shu jumladan, Dashti Qipchoqda ham uzoq yillar davomida yashab keldilar. Dashti Qipchoqni XIII asr boshlarida zabt etgan mo‘g‘ullar bora-bora bu o‘lkada yashovchi turkiy qabilalar tarkibiga singib ket- dilar va o‘z milliyligini yo‘qotdilar. Shayboniylar yurtimizni egalla- gach esa Dashti Qipchoqda yashovchi turli o‘zbek qabilalari Mova- rounnahr va Xorazmga ko‘chib kela boshladilar. Bu hududidagi etnik jarayonga ta'sir etmay qolmadi. Avvalo, XVI asrdan boshlab yurtimizda o‘zbek kengayib bordi. Ikkinchidan, ko‘chib kelgan turli iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jihatidan o‘zlaridan ustun bo‘lgan mahalliy qardoshlari bilan yaqinlashdilar. Uchinchidan, ular mahalliy aholi turmush tarziga xos hamma ijobiy jihatlarni qabul qildilar. Bora- bora esa Movarounnahr va Xorazmda awaldan yashab kelayotgan qardoshlari tarkibiga singib ketdilar. „O‘zbek“ nomi O‘zbekiston tarixining XVI asrdan keyingi taraq- qiyot bosqichlarida mahalliy aholi ruhiga singdi. O‘zbek atamasi bu- tun bir xalqning etnik nomiga va milliy iftixoriga aylandi. hodisa Vatanimiz xalqining tarkibi o‘zbek qabilalari 15 Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qonli to‘qnashuv Ismoil Safaviy tuzgan mashhur. Bu vaqtda Eronda shoh Ismoil Safaviy hukmdorlik qilayotgan edi. U o‘z davri uchun katta va qudratli qo‘shin tuza oldi. saltanat tarixda Safaviylar davlati nomi bilan Shoh Ismoil davlati kattagina hududlarni o‘z ichiga olardi. Bu davlatning bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli davlati bilan tutashgan edi. Shoh Ismoil boshliq Eron safaviylarining Xurosonga tazyiqi tobora kuchayib, talonchilik harakatlari avj oldi. Endi bu ikki hukmdor o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar bo‘lib qoldi. Nihoyat, 1510-yilda ikki hukmdor qo‘shini to‘qnashdi. Marv (ho- zirgi Turkmaniston hududi) yaqinida bo‘lgan jangda Eron qo‘shini g‘alaba qozondi. Shayboniyxon va uning safdoshlari jangda halok bo‘lishdi. Bu g‘alaba natijasida shoh Ismoil butun Xurosonni egalladi. To‘lg‘ama — jang chog‘ida dushman qo‘shinini qanotlaridan aylanib o‘tib, quTshab olib zarba berish usuli. 1500-yil - Movarounnahrda yangi o‘zbek davlati - Shayboniylar davlatiga asos solindi. 1503- yil - Toshkent egallandi. 1504- yil - Farg‘ona egallandi. 1505- yil - Xorazm cgallandi. 1507-yil - Hirot egallandi. 1. Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga sabab bo‘lgan omillar nimalardan iborat edi? 2. Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni nisbatan oson egal- lab olishiga nimalar asosiy sabab bo‘ldi? 3. Shoh Ismoilning g‘alabasi oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Yurtimizga Dashti Qipchoqdan turli o‘zbek qabilalari ko‘chib kel- gach, etnik jarayon qanday kechdi? 16 II BOB. BUXORO XONLIGI VA BUXORO AMIRLIGI 5-§. Buxoro xonligining tashkil topishi Shayboniyxon halok bo‘lgach, uning o‘rniga amakisi Ko‘chkunchixon taxtga o‘tirdi. Biroq 1511-yilda Bobur Mirzo Samarqandni uchinchi marta egallaganida shayboniylar vaqtinchalik bo‘lib qoldilar. 1512-yil 28-apreldagi jang- Ko‘chkunehixon va Ubaydullaxon hnkmronligi hokimiyatdan mahrum da shayboniylar Bobur Mirzo bilan uning ittifoqchisi safaviylar qo‘shinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qayta qo‘lga kiritdilar. Ko‘chkunchixon 1530-yilgacha hukmronlik qildi. Ko‘chkunchixondan so‘ng taxtga o‘g‘li Abu Said (1530-1533) o‘tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mah- mud Sultonning o‘g‘li Ubaydullaxon (1533-1540) qo‘liga o‘tdi. U 1533-yilda xonlik poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko‘chirtirdi. Shu tariqa, Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshladi. Ubaydullaxon Buxoroga otameros mulk deb qarar edi. Chunki Shay- boniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sultonga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil et- gan davlatlari endilikda Buxoro xonligi deb ataladigan boTdi. Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy qo‘shinining hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahmi ular- ning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o‘zining ma’naviy il- homchisi Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo‘lgan din peshvosi Ab- dulla Sabroniy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. U Ubaydullaxonning do‘sti ham edi. Ubaydullaxon safaviylar ustidan erishgan g‘alabasi tufayli Vatan mustaqilligini, xalq erkini va din-u diyonatini, or-no- musini saqlab qoldi. Ubaydullaxon bu g‘alabani Mir Arabga bag‘ish- ladi va 1533-1536-yillarda Buxoroda uning nomi bilan mashhur madrasa qurdirdi. Mir Arab madrasasi hali-hamon ilm-ma’rifat o‘cho- g‘i bo‘lib qolayotir. Tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriy bekorga „Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab- yashnadi", deb yozmagan edi. 2—O‘zbekiston tarixi, 8-sinf 17 Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama o‘sdi. Ubaydullaxon o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Ilirotni ishg‘ol etgan Eron qo‘shinini bir necha marta mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda, u mamlakat ichkarisidagi siyosiy tarqoqlikka barham berdi. „,.... . Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullaxon I . , . . . . . . ning qLsqa hukmronligidan so ng Movaro-kurashmng kuchayishi . , , ,, , . . , . , .unnahrda qo shhokimiyatchilik, ya ni bir vaqtning o‘zida ikki hukmdor hokimiyati o‘matildi. Ulardan biri - Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi Ko‘chkunchixonning yana bir o‘g‘li Abdulatifxon Samar- qandda hukmronlik qila boshladilar. Biroq ularning hokimiyati mustahkam emas edi. Mamlakat amalda bir nechta mustaqil qismlarga bo‘linib ketdi. Chunonchi, Balx va Badaxshonda Pirmuhammadxon I, Toshkent va Turkistonda Navro‘z Ahmadxon, Karmana va Miyonqolda Iskandarxon mustaqil bo‘lib oldilar. Mamlakatda ro‘y bergan siyosiy tanglikdan Toshkent va Tur- kiston hukmdori, Suyunchxo‘janing o‘g‘li Navro‘z Ahmadxon foy- dalanib qolishga qaror qildi. Samarqand hukmdori, amakivachchasi Abdulatifxon bilan ittifoq tuzib 1540-yilda Buxoroni egalladi va ho- kimiyatni o‘z tarafdorlariga topshirdi. 1548-yilda Abdulatifxon vafot etgach, Samarqand taxtini egalladi. O‘z nomidan tanga pul zarb et- tirdi. Movarounnahrning ko‘p shaharlarida uning nomi xutbaga qo‘- shib o‘qildi. Biroq Karmana va Miyonqol hukmdori Iskandarxon va uning o‘g‘li Abdullalar Navro‘z Ahmadxonga itoat etishni istamadilar. Bunga qarshi Navro‘z Ahmadxon Miyonqolga yurish boshladi. Kuchlar nis- batida Navro‘z Ahmadxonning ustunligini bilgan ota-o‘g‘il Balxga ketishga majbur bo‘ldilar. Abdullaxon Balx hukmdori - amakisi Pir- muhammadxonning yordamida Navro‘z Ahmadxonga qarshi bir necha bor yurish qilganidan so‘nggina g‘alabaga erishdi. MagTub boTgan Navro‘z Ahmadxon Buxoroni tashlab Samarqandga qaytdi. So‘nggi jangda har ikki tomon ham g‘alaba qilishga ko‘zlari yetmagach, o‘r- tada sulh imzolandi. Sulhdan so‘ng Abdullaxon Amudaryodan o‘tib Maymanaga, Navro‘z Ahmadxon esa Buxoroda noibini qoldirib Sa- marqandga qaytdi va 1556-yilda vafot etdi. 18 1512-yil - Shayboniylar Movarounnahr taxtini qayta egalladilar. 1533-yil - Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshlandi. 1. Nega shayboniylaming Movarounnahrda tashkil etgan davlati Bu- xoro xonligi deb ataldi? 2. Shayboniy Ubaydullaxonning davlatchiligimizdagi tarixiy roli nima- dan iborat? 3. Navro'z Ahmadxonning Movarounnahr hukmdori taxtini egallashiga qanday omillar sabab bo'ldi? Mulohaza yuriting! Nega shayboniylar davrida ham ichki nizolar barham topmadi? Abdullaxon Ilnmg hokimiyat tepasiga kelishi va kuchaytirish zarur 6-§. Abdullaxon II davrida Buxoro xonligining yuksalishi Navro‘z Ahmadxon vafot etgach, mamlakat- dagi siyosiy tarqoqlik xavfi yanada kuchaydi. Mamlakatdagi parokandalikka chek qo‘yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash edi. Bu zaruriyatni urushlarsiz amalga oshirib bo‘lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hokimi Iskandar Sultonning o‘g‘li Abdullaxon II (1534-1598) chiq- di. U shayboniylar sulolasining yorqin va- killaridan biri, nomi 4-mavzuda qayd etilgan Jonibek Sultonning nabirasi edi. Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinida- gi Jo‘ybor qishlog‘ida istiqomat qiluvchi, g‘oyatda katta nufuzga ega bo‘lgan shayx Muhammad Islomning ixlosi baland bo‘lgan- ligi Abdullaxon II ga bu kurashda juda katta madad bo'ldi. Muhammad Islom va uning avlodlari o‘zlarining kelib chiqishini ota tomonidan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona tomonidan esa Chingizxon va Jo‘jiga bog‘lar Abdullaxon II edilar. XVI asrning ikkinchi yarmida Mu- (miniatura, 1572) 19 Davlatning markazlashtirilishi hammad Islom, keyinchalik uning o‘g‘li Abubakr Sa’d Buxoroda shayxulislom lavozimida faoliyat yuritdilar. 1556-yilda Navro‘z Ahmadxon vafot et- gach, Abdullaxon II darhol Karmana va Shahrisabzda o‘z hukmronligini tikladi. Mu- hammad Islomning ko‘magi bilan esa Buxoro taxtini egalladi va uning poytaxt maqomini qayta tikladi. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan Samarqand, Toshkent, Sayram, Turkiston va Farg‘ona qilich kuchi bilan bo‘ysundirildi. Biroq raqiblarining taxtga yoshi katta shayboniy o‘tirmadi-ku, deb qilishi mumkin bo‘lgan ta’nalariga o‘rin qoldirmaslik uchun bir oila doirasida bo‘lsa-da, dastlab amakisi Pir- muhammad Ini, uning vafotidan so‘ng esa otasi Iskandarxonni taxtga o‘tqazdi. 1583-yilda otasi vafot etgach, Abdullaxon II rasman xon deb e’lon qilindi. Shu tariqa, Abdullaxon II Movarounnahrda o‘z hokimiyatini to‘la o‘rnatdi. Shuningdek, Xuroson tarkibidagi, lekin shayboniylar qo‘lida qolgan Balx, Maymana, Badaxshonda markaziy hokimiyatga qarshi ko‘tarilgan isyonlarni bostirdi. Safaviylarga qarshi olib borilgan kurash natijasida Xurosonning sharqiy qismi egallandi. Binobarin, butun Movarounnahr, Xorazm va Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan hududlar yagona hukmdor qo‘li ostida birlashtirildi. Shu tariqa, Abdullaxon II ning jasoratli ku- rashi natijasida XVI asr oxirida Buxoro xonligi markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Bunday ulkan natijaga buyuk Amir Temurdan keyin Abdullaxon II erisha oldi, xolos. Rossiyada bu davlatga nisbatan bekorga „Ben0Kaa Byxapna“ (Bu- yuk Buxoro) iborasi qo‘llanilmagan edi. Abdullaxon II mamlakatni birlashtirish ja- rayonida shayboniy sultonlarning markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi. Bu maqsad yo‘lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. Biroq Abdullaxon II qanchalik urinmasin, ichki nizolarga to‘la barham bera olmadi. Toj-u taxt masalasida hatto o‘zining o‘g‘li Abdulmo‘min bilan kelisha olmadi. U valiahd sifatida Balx viloyatini boshqarar edi. Shayboniylar sulolasi hukmronligining barham topishi 20 Abdullaxon II 1598-yilda vafot etgach, taxtni o‘g‘li Abdulmo‘min egalladi. Biroq o‘sha yilning o‘zidayoq Abdulmo‘min fitnachilar to- monidan oTdirildi. Undan qolgan ikki yashar o‘g‘ilning xonlik hu- quqini hech kim tan olmadi. Taxt uchun boshlangan kurash nati- jasida taxtga Abdullaxon II ning amakivachchasi - Balx hokimi Pirmuhammad II o‘tqazildi. Ichki nizolar tufayli Buxoro xonligida sodir boTgan og‘ir vaziyatdan foydalangan Eron hukmdori shoh Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egalladi. Xorazm esa xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab oldi. Pirmuhammad II Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. 1601-yilda u bilan kelib chiqishi ashtarxoniylardan boTgan, Samar- qand hokimi Boqi Muhammad o‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz ber- di. MagTub boTgan Pirmuhammadxon II oTdirildi. Shu tariqa, Ab- dullaxon II vafotidan atigi 3 yil o'tgach, bir asr hukmronlik qilgan shayboniylar sulolasi barham topdi. E* 1556-yil - Abdullaxon II amalda, 1583-yilda esa rasman xonlik taxtini egalladi. • 1598-yil - Abdullaxon II vafot etdi. • 1601-yil - Buxoro xonligida shayboniylar hukmronligi barham topdi. 9 1. Abdullaxon II ning o‘zbek davlatchiligi oldidagi xizmati nimadan iborat? 2. Shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topishining sabablarini tartib bilan yozing. 3. Nega Abdullaxon U ham davlatni sulola vakillari bilan bahamjihat boshqara olmagan? 7-§. Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi . , . . ... O zaro tchki mzolar oqibatida Jonxon ulu-Ashtarxoniylar haqida . , ,, , . xst - Oltin O rda amalda btr nechta mus- taqil xonliklarga boTinib keta boshladi. Ulardan biri XV asrning 30-yillarida Volgabo‘yi yerlarida tashkil topgan Ashtarxon (Hoji 21 Tarxon) xonligi edi. Hozirgi Rossiya Federatsiyasiga qarashli Astraxon (Ashtarxon) shahri uning poytaxti boTgan. Rossiya bu xonlikni 1556-yilda bosib oldi. Ashtarxon xonligi tugatilgach, xon xonadoniga mansub kishilar jon saqlash uchun turli taraflardan boshpana izlashga majbur boTdilar. Ana shulardan biri shayboniylarga amakivachcha Yormuhammadxon xonadoni edi. Yormuhammadxon va uning xonadoni Buxoro xonligidan boshpana topdi. U Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) bilan yaqin munosabatda boTgan. Iskandarxon ularni izzat-ikrom bilan ku- tib oldi va qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o‘g‘li Jonibek Sultonga turmushga berdi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o‘g‘il (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko‘rdi. Ota- o‘g‘illar Buxoro xonligida yuksak mavqega erishdilar. Shayboniylar sulolasidan taxt vorisi qolmagach, Jonibek Sulton xonlik taxtiga eng munosib nomzod boTib qoldi. Xonlikning nufuzli kishilari unga taxtni taklif etdilar. Lekin u o‘g‘li Din Muhammad foydasiga taxtdan voz kechdi. Biroq bu orada Xurosonda Eron hukmdori Shoh Abbos qo‘shini bilan yuz bergan jangda Din Mu- hammad halok boTdi. Natijada, 1601-yilda Jonibek Sultonning ikkinchi o‘g‘li, Sa- marqand hokimi Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o‘tqazildi. Shu tariqa Buxoro xonligi tarixida yangi sulola - ashtarxoniylar sulo- lasi hukmronligi boshlandi. Markaziy boshqaruv hokimiyatini mustah- kamlash uchun kurash Boqi Muhammad (1601-1605) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, bosh- qaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. 1602-yilda Eron safaviylariga zar- ba berib, Balxni bo‘ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1603-yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo‘shinlarini magTubiyatga uchratdi. 1605-yilda Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga o‘tqazildi. Biroq qabila amirlari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon 22 Siyosiy tarqoqlikning knchayishi uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muhammad qochih ketdi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxonning o‘g‘li Imomqulixonni (1611 — 1642) o‘tqazdilar. Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, jung‘orlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. 1613-yilda Toshkentni qozoqlardan ozod etdi. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mus- tahkamlandi. Imomqulixondan keyin taxtni egallagan ukasi Nodir Muhammad (1642-1645) davrida esa siyosiy tarqoqlik kuchaydi. Bunga xonning mamlakat viloyatlarini o‘g‘illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qi- lib taqsimlab berganligi sabab boTdi. Oqibatda, davlatchilik asoslari zaiflashdi. 1645-yilda qozoqlar yana Movarounnahrga yurish qilib, Xo'jandgacha yetib keldilar. Nodir Muhammad ularga qarshi o‘g‘li Abdulaziz boshchiligidagi katta qo‘shinni safarbar etdi. Xondan norozi boTgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e’lon qildilar va uni taxt- ga o‘tqazdilar. Nodir Muhammad esa Balxga hokim etib tayinlandi (1645-1651). Nodir Muhammad toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so‘radi. Shoh Jahon Balx viloyatini o‘ziga bo‘ysundirish maqsadida qo‘shin yubordi. Uning asl niyatini payqab qolgan Nodir Muhammad hind qo‘shiniga qarshi chiqdi. Biroq u jangda yengildi va Eronga qochib ketdi. Ab- dulazizxon Balxni ikki yildan so‘nggina qaytarib oldi. 1649-yilda otasi Nodir Muhammadni yana Balx hokimi etib tayinladi. Biroq otasining Eron yordamida o‘z mavqeyini mustahkamlashga uringanligi Abdulazizxonni tashvishga solib qo‘ydi. Endi u otasiga qarshi ukasi Subhonqulixon yetakchiligida qo‘shin yubordi. 1651-yilda Subhonqulixon Balxni egalladi. Ayni paytda, u Balx hokimi etib tayinlandi. Otasi Nodir Muhammad esa Makkaga hajga borayotib yoTda vafot etdi. Buxoro Xiva ®uxoro xonligidagi o‘zaro kurashlardan foydalangan munosabatlari Xiva xonlarining Buxoroga talonchilik yurishlari kuchaydi. 1655-yilda Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon katta qo‘shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qildi. 23 1681-yilda keksayib qolgan Abdulazizxon ichki ziddiyatlar va tashqi hujumlar Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini mu- rakkabiashtirib yuborganligi va siyosiy vaziyat izdan chiqqanligi tu- fayli taxtdan voz kechdi. Abdulazizxondan keyin taxtga o‘tirgan Subhonqulixon (1681-1702) davrida ham ahvol o‘nglanmadi. Subhonqulixon bir tomondan o‘g‘il- lariga qarshi, ikkinchi tomondan viloyatlardagi amir va beklaming markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lish yo'lidagi harakatlariga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Xonlikdagi o‘zaro ichki kurashlar Xiva xonligiga qo‘l keldi. Bu- xoroga qarshi yurish boshlagan Xiva xoni Anushaxon ma’lum muddat Samarqandni egalladi. Hatto o‘z nomiga xutba ham o‘qittirdi va tanga pullar zarb ettirdi. Biroq Subhonqulixon qatag‘on urug‘idan bo‘lgan Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo‘shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi. U Xiva hujumiga chek qo‘- yish uchun Anushaxonga qarshi fitna tayyorladi. Buning natijasida Anushaxon taxtdan tushirildi va 1688 -yilda xonlikni Buxoro tasar- rufiga kiritdi. Subhonqulixon Mahmudbiy otaliqqa Xiva xonligiga qarshi kura- shida bergan yordami evaziga Balx hokimligini ham topshirdi. Xon- ning bu qarori ko‘plab kishilarni norozi qildi. Ichki nizolar oxir-oqi- bat mamlakat iqtisodiyotini chuqur tanazzulga uchratdi. • 1601-yil — Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi o'matildi. ■ 1688-yil - Xiva xonligi Buxoro tasarrufiga kiritildi. 1. Shayboniylar sulolasining barham topishiga nimalar sabab bo'ldi? 2. Ashtarxoniylar kimlar edilar va ular Buxoroga qanday kelib qol- dilar? 3. Boqi Muhammadning Buxoro xonligi taxtini egallashi haqida ni- malami bilib oldingiz? 4. Imomqulixon mamlakat mustaqilligini saqlash yo'lida qanday tad- birlar ko‘rdi? 5. Subhonqulixon davrida Buxoro-Xiva munosabatlari qanday kechdi? 24 8-§. Buxoro xonligida markaziy hokimiyatning zaiflashuvi 1702-yili Subhonqulixon vafot etdi. Taxtni o‘g‘- li Ubaydullaxon II (1702-1711) egalladi. Ubay- dullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni edi. U ana shu maqsad yo‘lida goh isyonkor goh bo‘ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh dav- bosh- uchun hoki- e’lon Buxoro xonligi Ubaydnllaxon II davrida tugatishdan iborat qabilalarga qarshi, lat sarhadlariga bostirib kirgan ko‘chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo‘ldi. Dastlab u Balxni bo‘ysundirish yo‘lini izladi. Ma’lumki, Ubay- dullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni qatag‘on qabilasi lig‘i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy Balxda miyatni to‘liq o‘z qo‘liga oldi va o‘zini 1706-yilda xon deb qildi. Bu Mahmudbiyga qarshi bir necha bor uyushtirilgan harbiy yurishlar natija bermagach, Ubaydullaxon uning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi. Ubaydullaxon II o‘tkazgan islohotlar ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. MaTumki, ichki va tashqi dushmanlarga qarshi tinimsiz urushlar olib borish katta mablag‘ talab etardi, albatta. Ubaydullaxon aholidan yig‘iladigan soliqlami 4 barobarga ko‘paytirdi. Natijada, xalq xonavayron boTdi. Ana shunday bir sharoitda pul islohotini ham o‘tkazdi. Xonlikda tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi tanga pul ishlatilardi. 1708-yilda esa bu tangalaming bittasidan 4 ta yangi tanga zarb etila boshlandi. Natijada, yangi pulning tarkibidagi kumush miqdori 4 marta, binobarin, amalda pulning qadri marta kamaygan boTsa-da, yangi tanga avvalgi eski tangaga jihatdan teng deb belgilandi. Tanga tarkibida kumush foizining kamayishi do‘kondor narmandlarning keskin noroziligiga sabab boTdi. Endi ular o‘z mah- sulotlarini sotmay qo‘ydilar. Savdo ishlari susaydi va oqibatda, mam- lakat iqtisodiy hayoti inqirozga yuz tutdi. OgTr ahvolga chiday olmagan xalq qo‘zg‘olon ko‘tardi, biroq qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostirildi. Ubaydullaxon markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida hatto o‘sha davrning eng ta’sirchan kuchi - yirik yer egalari hamda Jo‘y- bor shayxlarining ta’sirini kamaytirishga ham urindi. Ubaydullaxon 25 ham 4 qiymat va hu- ularni soliq to‘lamaslik imtiyozidan mahrum etdi. Natijada, ular Ubaydullaxonning eng xatarli dushmaniga aylandilar. Ayni paytda, Ubaydullaxon tanhodorlami o‘z mulkidan keladigan daromadlaridan mahrum etdi, soliq va majburiyatlar miqdorini ko‘- paytirdi. Bunday keskin o‘zgarishlarga toqat qila olmagan qudratli kuchlar Ubaydullaxonga qarshi fitna tayyorlay boshladilar. 1709-yilda Far- g‘ona vodiysining Buxoro xonligidan ajralib chiqishi esa siyosiy ah- volni yanada murakkablashtirdi. Va nihoyat, fitnachilar 1711-yilda Ubaydullaxonni o‘ldirdilar. Taxtga fitna ishtirokchisi, Ubaydullaxonning ukasi Abulfayzxon o'tqazildi. Ubaydullaxon tariximizda mahalliy hokimlaming o‘zboshimchaligiga chek qo‘yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirdi. Taxtga o‘tqazilgan Abulfayzxon kundan kun- mamlakat hayotida nufuzi kuchayib bo- rayotgan amirlar va zodagonlar qo‘lidagi bir qo‘g‘irchoqqa aylandi. Uning farmonlari sa- o‘tmaydigan bo‘lib qoldi. likning yanada kuchayishi roy ostonasidan nariga Xon hokimiyatining bu darajaga tushib qolishiga xonlikning mun- tazam qo'shinga ega bo'lmaganligi ham sabab bo‘ldi. Muntazam qo‘shin tuzishga va uni saqlashga esa mablag‘ yetishmasdi. Bunga esa xonlik iqtisodiyotining nochorligi sabab bo‘ldi. Abulfayzxon davrida o‘zbeklarning mang‘it qabilasidan chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo‘lib oldi. U barcha shah- zodalar otaliqlarining boshlig‘i deb tan olindi. Bu boshqa qabilalar aslzodalarining qat'iy noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijada, Shahrisabz hokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo‘lgan davlat tuzishga qaror qildi. 1723-yilda Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni taxtga o‘tqazdi. Ibrohimbiy o‘ziga „amir ul-umaro“ („ulug‘ amir“) unvonini oldi. Ibrohimbiyning navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash, Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o‘tqazish hamda shu yo‘l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo‘lib olish edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi bo‘lgan amirlar Ibrohimbiyga qo‘shildilar. Ibrohimbiy Buxoroga yurish boshladi. U va Rajab Sultonlar ularga qo‘shilganlarga g‘alabadan 26 so‘ng juda katta boylik va amal va’da qildilar. Jangda Muhatnmad Hakimbiy otaliq boshchiligidagi Buxoro qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da. Rajab Sulton Buxoro shahrini egallay olmadi. Ibrohimbiy va Rajab Sulton oqibatini chuqur o‘ylab ko‘rmasdan, o‘z maqsadlariga erishish maqsadida, ko‘chmanchi qozoqlardan yor- dam so‘radilar. Ularga katta o‘ljalar va’da qildilar. Jung‘or ko‘chmanchilarining bosqinidan katta talafot ko‘rgan, talangan hamda ocharchilikka duchor etilgan qozoqlar bu taklifga rozi bo‘ldilar. Biroq mamlakatga kirib kelgan qozoqlar talon-tarojni avj oldirdilar. Na Buxoroda, na Samarqandda ularni to‘xtatishga qodir kuch topilmadi. Bunday sharoitda ichki nizolar yanada avj oldi. Aholining Abulfayzxondan noroziligi kuchayib ketdi. Nihoyat, Abulfayzxon yaqinlarining talabi bilan Muhammad Hakimbiyni Bu- xorodan chiqarib yuborishga qaror qildi. Hakimbiy Qarshiga hokim etib tayinlandi. Biroq u qulay fiirsat tug‘ilishi bilanoq, Buxoroda ho- kimiyatni yana o‘z qo‘liga olish niyatidan qaytmadi. Abulfayzxon esa vaqtini ko‘ngilxushlik ishlariga sarflab, davlat ishlarini deyarli nazorat qilmay qo‘ydi. Samarqand, Qarshi, Balx, Farg‘ona va Badaxshon amalda mustaqil bo‘lib oldilar. Parokandalik - mamlakat viloyatlarining markaziy hokimiyatga bo‘y- sunmasligi, siyosiy tarqoqlik. 1708- yil - Ubaydullaxon II pul islohoti o‘tkazdi. 1709- yil - Farg'ona vodiysi Buxoro tarkibidan ajralib chiqdi. 1711-yil - Ubaydullaxon II fitna qurboni bo‘ldi. 1. Markaziy hokimiyat zaiflashuvining asosida doimo nima yotgan? 2. Nega Ubaydullaxon II o'tkazgan pul islohoti natija bermadi? 3. Nega Ubaydullaxon II fitna qurboni bo‘ldi? 4. Mang‘it qabilasi sardori Muhammad Hakimbiy hokimiyatining ku- chayib ketishiga qanday omillar sabab bo‘ldi? Shayboniylar va ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligidagi ichki siyosiy holatni taqqoslang. Xulosalaringizni daftaringizda qayd eting. 27 9-§. Buxoro xonligida davlat boshqaruvi Xonlik hududi, geografik joylashuvi va aholisi Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan davlat hududining chegarasi har doim ham muqim bo‘lmagan. Xususan, Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Xorazm va Xuroson hududlari ham kirgan. Uning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo'ldan chiqdi. Xurosonning katta qismi esa Eron safaviylari tomonidan egallab olindi. Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi. Chunonchi, Xorazm va Xuroson yana Buxoro xonligiga bo‘ysundirildi. Uning vafotidan so‘ng esa Eron Xuroson hududini bo‘ysundirgan bo‘lsa, Xorazm yana mustaqil davlatga aylandi. XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida Movarounnahr va Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq o‘zbeklari kirib kelgan. XVI asr boshlarida xonlik aholisi ko‘chib kelgan o'zbeklardan tashqari „turk chig‘atoy“ va tojiklardan iborat bo‘lgan. Manbalarda XVII asr oxirlarida esa o‘zbek va tojiklardan iboratligi qayd etilgan. Markaziy boshqaruv Buxoro ma’muriy jihatdan viloyatlar va tumanlarga bo‘lindi. Xonlikda oliy dav- lat idorasi temuriylar davridagidek dargoh, ijro etuvchi hokimiyat esa avvalgidek devon (vazirlik) deb atalishda davom etdi. Unga de- vonbegi (Bosh vazir) rahbarlik qildi. Devonbegi, ayni paytda, davlatning moliya va xo‘jalik ishlarini ham boshqarardi. Biroq shayboniylar davrida devon faoliyati temu- riylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi. Yana bir katta davlat mansabi - otaliq edi. Xon viloyatlardagi ta’siri otaliq mansabiga tayinlanganlaming belgilangan. Xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab ularga ustoz, rahnamo etib o‘z nazoratchisini, ishongan yinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb nom otaliq qiluvchi, otasining o‘mini bosuvchi ma’nolarini anglatgan. Yana bir davlat mansabi - parvonachi deb atalgan. Uning vazifasi xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazishdan iborat bo‘lgan. siyosatining nufuzi bilan berar ekan, kishisini ta- atalgan. Bu 28 Dodxoh mansabida ishlagan amaldor esa dargohga tushgan ari- zalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek, dodxoh mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini ham nazorat qilib borgan. Eng muhim davlat mansablaridan yana biri - ko'kaldosh mansa- bi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina ta- yinlangan. Ko‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o‘r- gangan va bu siyosatning daxlsizligini ta'minlagan. Bugungi kun voqeligi bilan aytganda, ko‘kaldosh davlat xavfsizlik xizmati idorasi rahbari bo‘lgan. U nafaqat oddiy kishilarning, balki davlat amaldorlarining va hatto valiahdlarning ham hukmdorga nis- batan qiladigan munosabatiga javobgar bo‘lgan. Xon va shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasi bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug‘ullangan. Xonlikda eshikog'aboshi lavozimi ham muhim sanalgan. Chunki bu mansabga tayinlangan shaxs dargoh x :ligi va unda o‘rnatilgan tartibga rioya qilinishi uchun I Katta mavqega ega bo'lgan shayxulislom lavozimini egallagan shaxs shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan. Qozikalon (Bosh qozi) esa barcha bosqichlardagi sudlov ishlariga boshchilik qilgan. Muhtasib (rais) lavozimni egallagan shaxs esa mamlakatda jamoat tartibining saqlanishi, diniy marosim va amallarga rioya etilishi, bo- zorlarda narx-navo va tarozilaming to‘g‘riligi uchun mas’ul bo‘lgan. Mehtar lavozimiga tayinlangan mansabdor esa zakot va boshqa tushumlaming zarur o‘rinlarda ishlatilishini nazorat qilardi. Xonlikda davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, naqib un- voniga sazovor bo‘lgan shaxsning xon saroyida nufuzi baland edi. Chunonchi, u xonning yaqin va ishonchli kishisi sanalgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning mas- lahatchisi ham hisoblangan. Zarur bo‘lganda elchilik vazifasini ham bajargan. Avvalgi mavzularda aytilganidek, shayboniylarning davlat boshqa- ruvida dastlab an’anaviylik saqlandi. Oliy hukmdorlik, ya’ni xonlik otadan bolaga emas, balki sulolaning yoshi eng katta vakiliga o‘t- gan. Xususan, Muhammad Shayboniyxondan keyin taxtga o‘tirgan 29 Ko‘chkunchixon Shayboniyxonning farzandi emas, amakisi bo‘lgan- ligini bilib olgan edingiz. U shayboniylarning yoshi eng kattasi bo‘lganligi uchun taxtni egalladi. Ikkinchi yoshi katta - shayboniy Ko‘chkunchixonning ukasi Suyunchxo‘ja valiahd etib tayinlandi. Bi- roq u Ko‘chkunchixondan avval vafot etganligi uchun xonlik taxtini egallash unga nasib etmadi. Biroq XVI asming 40-yillaridan boshlab o‘zaro nizolar oqibatida bu an:ana buzildi. Endi taxt otadan bolaga meros bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. Mahalliy boshqaruv Yuqorida ta’kidlanganidek, shayboniylar davri- da xonlik viloyat va tumanlarga bo‘lingan. Viloyatlar, asosan, sulola namoyandalari orasidan tayinlangan hokimlar tomonidan boshqarilgan. Hokimlar ham markazdagidek o‘zlarining boshqaruv mahkamasini tuzishgan. Keyinchalik, markaziy hokimiyat zaiflashgach, ayrim qudratli qa- bila boshliqlari - amzrlar ham shu mansabga tayinlangan. Tumanlarni tuman hokimiari boshqargan. Boshqaruvning eng quyi tizimi amlok deb atalgan (ya’ni bir nechta katta-kichik qishloqdan iborat boshqaruv tuzilmasi). Amloklarni tuman hokimi tomonidan tayinlangan shaxs - amlokdor boshqargan. Amlok boshqaruvi ma’muriyati amlokdor, mirzo (kotib), mirob (suv taqsimlovchi), amin (soliq yig‘uvchi) va oqsoqol (har bir qish- loqning boshlig‘i)dan iborat bo‘lgan. Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi . , . . ., . o‘z tuzilishi, mohiyati iihatidan shayboniy-davlat boshqaruvidagi ’ J J J J ayrim o‘zgarishlar davridagidan deyarli farq qilgan bo‘l- sa-da, ayrim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Chunonchi, shayboniylar davrida otaliq lavozimidagi shaxs xondan keyingi o‘rinda turuvchi devonbegi lavozimidagi shaxs martabasiga tenglashtirildi. Bora-bora u amirlar amiriga aylandi. Shuningdek, ash- tarxoniylar davrida saroy qutvoli davlat lavozimi joriy etildi. U davlat mablag'i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, qal'a devorlari va imoratlarni ta’mirlash, shuningdek, obodonchilik ishlarini boshqarardi. Shuningdek, ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘ldi. Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qoldi. Natija- da, devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Bu esa, o‘z navbatida, viloyatlarda butun hokimiyat viloyat 30 hokimlari va ulami qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo'lida to‘p- lanib qolishiga olib keldi. Bu omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi. 1. „Davlat va huquq asoslari“ fanidan olgan bilimlaringizga tayanib davlat tushunchasiga izoh bering. 2. Xonliklarda markaziy hokimiyatning zaiflashuviga yo‘l ochilmasligi uchun nimalar qilinmasligi kerak edi? 3. Buxoro xonligida mavjud boTgan asosiy davlat lavozimlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Sizningcha, bobolarimiz davlat boshqaruvida joriy etgan davlat la- vozimlarining qaysi biridan hozir ham foydalanish mumkin? \ Bugungi kunda O'zbekistonda davlat boshqaruvining eng quyi or- gani qanday nom bilan atalishini va qanday shakllantirilishini aniq- lab keling. 10- §. Buxoro xonligid ish Xonlik qo‘shinining Ma’lumki, har qaysi davlatning siyosiy nu- tnzilishi fuzi ko‘p jihatdan qo‘shinining qudratiga bog‘liq ekanligi tarix isbotlagan haqiqatlardan biridir. Shuning uchun shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga mu- vaffaq bo‘lganlar. Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol- yarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan. Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, otliq va piyoda askarlardaa. iborat edi. Tuzilishiga ko‘ra, qalb, o‘ng va chap qanot, manglay (avangard), ilg'or, manglay qorovul, tug'chi, hirovul kabi qismlarga bo‘lingan. Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan. Qo‘shinning asosini o‘ng qanot (barong'or) va chap qanot (javong'or), hamda hirovul (orqa qism) bo‘linmalaridan iborat qalb, ya’ni markaziy qism tashkil etgan. Qo‘shin harbiy yu- rish boshlagan vaqtda uning oldida ilg‘or deb ataluvchi qism borgan. Uning vazifasi yo‘lning xavfsizligini, pistirma qo‘yilgan-qo‘yilmagan- ligini aniqlash edi. Ilg‘ordan so‘ng manglay (avangard) borgan. Unga qalbni dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash yukla- tilgan. Qo‘shinning qorovul qismi umumiy qo‘shinni qo'riqlab borgan. Katta va kichik g'ullar esa maxsus qism bo‘lib, Oliy bosh qo‘mon- don (xon) va sarkardalarni himoya qilgan. Chanoh esa qo‘shinning o‘ng va chap qanotlarini qo‘riqlovchi maxsus qism edi. Barcha qism- 31 lar o‘rtasida maxsus choparlik xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat Oliy bosh qo‘mondonning buyruq va ko'rsatmalarini sarkardalarga yetkazib turardi. Qo‘shin tarkibida tug'chi qism ham bo‘lib, u davlat bayrog‘ini qo‘riqlagan. Bundan tashqari, zabongiri (dushman tomonidan asir olib keluvchi) hamda xabargiri (razvedka) deb ataluvchi maxsus bo‘lin- malar ham bo‘lgan. Ba'zan vaziyat taqozo etganida bu maxsus xiz- matlar qo‘shinning ilg‘or yoki qorovul qismi tomonidan ham amal- ga oshirilgan. Harbiy harakat vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun maxsus rasmiy qabul marosimi o‘tkazadigan joy - borgoh ham tay- yorlangan. Borgoh xonning maxsus saralangan bo‘linmasi tomonidan qo‘riqlangan. Qo‘shinning boshqa- rilishi, harbiy mansablar Xon qo‘shinning Oliy bosh qo‘mondoni edi. Qo‘shinning o‘ng va chap qanotlari hamda qalb shayboniy sultonlar va shahzodalarga topshirilgan. Chunonchi, 1512-yilda G‘ijdu- bilan safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jangdavonda shayboniylar shayboniylar qo‘shinining qalb qismiga Ubaydullo Sulton, o‘ng qa- notga Shayboniyxonning o‘g‘li Muhammad Temur, chap qanotga Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abu Said Sultonlar qo‘mondonlik qilishdi. Qo‘shinda tavochi mansabiga tayinlangan amaldor harbiy askar- larni to‘plash, ularni harbiy yurishga tayyorlash masalasi bilan shu- g‘ullangan. Shuningdek, u qo‘shinning moddiy ta’minoti uchun ham mas'ul bo‘lgan. Jevachi mansabida xizmat qilgan amaldor esa qo‘shinni qurol-ya- rog‘ bilan ta’minlash masalasi bilan shug‘ullangan. Ayni paytda, u xonning qurol-yarog‘i uchun ham javobgar bo‘lgan. Oliy bosh qo‘mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlari ya- sovul deb ataluvchi zobit tomonidan bajarilgan. Xon qurchi tomonidan qo‘riqlangan. Yalovbardor esa rog‘ini ko‘tarib borgan. Qo‘rxona boshlig'i lavozimida xizmat qilgan harbiy qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan. An'anaga ko‘ra, karlar soniga qarab bo‘lingan. Ularga o‘nboshi, ellikboshi, yuzboshi va mingboshilar boshchilik qilishgan. davlat bay- esa harbiy qo‘shin as- 32 _ . t. Qo‘shin o'q va yoy, nayza, bolta, qilich, qalqon, cho'qmor kabi qurollar bilan qurollantirilgan. O‘q va yoy asosiy qurol edi. Ular hujum paytida ham, shahar yoki qal’a mudofaasida ham ishonchni to‘la oqlagan. Yoy (kamon) o‘qi joylashtirib qo‘yiladigan moslama sadoq deb atalgan. Askarning o‘zini o‘zi himoya qila olishida sovut va dubulg'a muhim rol o‘ynagan. Tofang (miltiq) bilan qurollantirilgan guruh tofandoz deb atal- gan. Qo‘shinda to‘fangni doimiy ravishda qo‘llash XVI asrning o‘rta- laridan boshlandi. Bu davr to‘fanglarining stvoli misdan tayyorlangan edi. Keyinchalik ular Usmonli davlatining stvoli temirdan yasalgan to‘fanglari bilan almashtirildi. Biroq butun XVII asrda ham o‘q-yoy otliq askar uchun asosiy qurol bo‘lib qolaverdi. Harbiy yurish chog‘- larida otlarni o'qlardan himoya qilish uchun otlar ustiga kejim deb ataluvchi maxsus yopinchiq yopishgan. Bunday yopinchiq Yevropadan ham olib kelingan. Harbiy harakatlarda naftandoz (neftni yondirib otuvchi) va man- janaq (tosh otuvchi) qurollar, asosan, shahar yoki qaPalarni qamal qilishda, shuningdek, dushman qo‘shinining safini to‘zg‘itib yubo- rishda qo‘llanilgan. Manbalarda qayd etilishicha, xonlik qo‘shinida zambarak\ax ham bo‘lgan. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida xonlikning iqtisodiy ta- raqqiyoti tobora pasayib bordi. Buning asosiy sababi markaziy ho- kimiyatning nihoyatda kuchsiz bo‘lib qolishi natijasida siyosiy paro- kandalik yuz berganligi edi. Iqtisodiy tanazzul oqibatida ashtarxoniylar davrida xonlik muntazam qo‘shin saqlay olmadi. 1. Qo'shin turlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Qo'shinda xizmat qilgan tug‘chi, yalovbardor, tavochi, yasovul va jevachi mansabidagi harbiylar qanday ishlar uchun mas'ul bo‘lish- gan? 3. Qo‘shin qurol-yarog‘larning qanday turlari bilan qurollantirilgan? Maktabingizdagi „Chaqiriqqacha bo'lgan boshlang'ich tayyorgarlik" o'qituvchisi yordamida bugungi 0‘zbekiston armiyasi qanday tar- kibiy qismlardan tashkil topganligini aniqlab keling! 3-O‘zbekiston tarixi, 8-sinf 33 11- §. Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Yer egaligi munosabatlari Shayboniylar Movarounnahrga yangi ishlab chi- qarish munosabatlarini olib kelgani yo‘q. Aksin- cha, temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy mu- nosabatlami qabul qildilar va unga moslashdilar. Xonlikda barcha yerlar davlat mulki edi. Bu mulk mamlakai pod- shoh yoki mamlakai sulton deb atalgan. Yemi tasarruf etish xonning ixtiyorida edi. Xon davlat yerlarini mulki xos, mulki xolis (mulki hur), mulk va vaqf yerlari shaklida taqsimlagan. Bevosita shaxsan xonning o‘ziga tegishli yerlar mulki xos deb atalgan. Bu yerdan olingan daromad xonning xarajatlariga hamda vaqflarga xayr-ehson uchun sarflangan. Mulki xolis davlatdan yer sotib olish orqali qaror topgan. Biroq bu oson emas edi. Chunki shartga ko‘ra, davlatdan yer sotib olgan kishi shu yeming 2/3 qismini davlat ixtiyorida qoldirgan. O‘ziga qol- gan 1/3 qism yer uning mulki hisoblangan va davlatga soliq to‘- lashdan ozod etilgan. Mulk yer esa suyurg'ol va tanho shaklida belgilangan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon temuriylarga, temuriylar davri amaldorlariga qarashli barcha yerlarni musodara qildi. Ularni faqat o‘z sulolasi va- killariga bo‘lib berdi. Yer egaligining suyurg'ol shakli dastlab xonga uning egalarini itoatda tutib turishning kuchli vositasi bo'lib xizmat qildi. Muhammad Shayboniyxon istagan vaqtda viloyat hokimlarining o‘mini almashtira olardi. Markaziy hokimiyatga ozgina itoatsizlik qilgan suyurg'ol ega- sini bunday huquqdan mahrum qilardi. Vaqtlar o'tishi bilan suyur- g‘olning otadan bolaga meros bo‘lib o'tishi belgilandi. 1512-yilda shayboniylar Movarounnahrni ikkinchi marta egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni shaybo- niylarning eng nufuzli vakili Jonibek Sultonga topshirdilar. Uning ra'yiga ko‘ra, Samarqand Ko‘chkunchixonga, Toshkent viloyati Su- yunchxo‘jaga, Buxoro va uning atroflari Ubaydulla Sultonga meros mulk qilib berildi. Miyonqol viloyati Jonibek Sultonning o‘ziga tegdi. Hududlarning yaqin qarindoshlariga boTib berilishi mamlakatda yagona sulola oila hukmronligini ta'minladi. Yurt egalari o‘z hudu- 34 didagi qo‘shinga ham qo‘mondonlik qilardilar. Binobarin, qo‘shin ham, oliy harbiy lavozimlar ham sulola vakillari qo‘lida to‘plandi. Lekin suyurg‘ol mulklar bora-bora markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishga intiluvchi kuchlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Vaqtlar o'tishi bilan esa ular xonga ham bo‘ysunmay qo'ydilar. Shayboniylar davrida mulk egaligining ikkinchi shakli - tanho ham qaror topdi. Shayboniylargacha mavjud bo‘lgan yer egaligining iqto turi yangicha nom — tanho (tanaxo) nomi bilan saqlab qolindi. U davlat arboblariga, harbiylarga, shuningdek, kichik davlat amaldorlariga davlat oldidagi sodiq xizmatlari uchun berildi. Tanho yer olganlar tanhodorlar deb atalgan. Tanhoning hajmi, tanhodoming xizmatiga yarasha bir necha xonadondan yoki bir necha qishloqdan iborat boTgan. Tanhoga faqat ekin ekiladigan yer emas, balki tanho hududida joylashgan tegirmon va moyjuvozlardan kela- digan daromadlar ham qo‘shib berilgan. Shu tariqa, yer egalarining yangi qatlami shakllandi. Biroq tanho tanhodorning xususiy mulki hisoblanmagan. Tanhodor davlat xizmatidan ketganida yoki vafot et- ganida tanho yerlari boshqa davlat xizmatchisiga berilgan. , ,,, Shayboniylar davrida vaqf yer-mulkining hajmi tobora ortib bordi. Yerlaming turli shakllarga boTinishi be- vosita davlat xazinasiga tushadigan soliq daromadlarining kamayishiga olib kela boshladi. Soliq tushumining kamayishi shayboniylami qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun qator chora-tadbirlar ko‘rishga majbur qildi. Soliqlar ogTrligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan, shuningdek, mamlakat ichkarisidagi notinchlikdan o‘zlari yashab kelgan joylardan qochib ketgan dehqonlar va mayda yer-mulk egalari topib kelindi hamda yerlari qaytarib berildi. Yemi ishlab chiqarishga ularga davlat tomonidan yordam berildi. Muhammad Shayboniyxon xonlik iqtisodiyotini tartibga savdoni rivojlantirish maqsadida 1507-yilda pul islohoti kazdi. Unga ko‘ra, to shu vaqtgacha muomalada boTgan cham va og‘irlikdagi tangalar o‘rniga vazni bir xil - 5,2 boTgan yangi kumush va mis tanga zarb qilindi. Temuriylar bitta kumush tanganing ogTrligi 4,8 gramm boTib, uning oltita mis tangaga teng edi. Islohotdan keyin 5,2 grammli tanganing qiymati 24 ta mis tangaga teng boTdi. Bu islohot, ayni 35 kiritishda solish va ham o‘t- turli oT- gramm davrida qiymati kumush Mis tanga. XVI asr paytda, dehqonlarning soliq to'lash imkoniyatini oshirishga, davlat mulkini ko‘paytirishga xizmat qildi. Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan bu va boshqa tadbirlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qildi. Shayboniy Abdullaxon II o‘tkazgan pul islohoti ham Buxoro xonligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. U mazkur islohotni o‘tkazishda kumush narxining ko‘tarilganini hisobga oldi. Islohotga ko‘ra, yangi kumush tanganing qiymati 30 ta, eskisi esa 27 ta mis tangaga tenglashtirildi. Abdullaxon II ning pul islohoti tufayli kumush tanga ko‘p miqdorda chiqarildi. Natijada, narxi ko‘tarilgan kumushning ko‘plab miqdorda boshqa davlatlarga chiqib ketishiga chek qo‘yildi. U oltin pul zarb etishni ham yo‘lga qo‘ydi va uning tarkibiga qiymati past bo‘lgan boshqa ma’danlar aralashtirilmasligini qattiq nazorat os- tiga oldi. Bu pullar xonlikning butim hududida muomalaga kirdi. Bu islohot, o‘z navbatida, hokimiyatning markazlashuviga, xazinaga katta daromad tushishiga olib keldi. Shuningdek, ichki va tashqi savdo-so- tiq yanada rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi. Iqtisodiy hayot Shayboniylar davrida ham dehqonchilik iqtisod- ning yetakchi tarmog‘i bo‘lib qolaverdi. Uning rivojlanishi sun’iy sug‘orish bilan bog‘liq muammolarning qancha- lik muvaffaqiyatli hal etilishiga bog‘liq edi. Shuning uchun ham bu masalaga jiddiy e’tibor bilan qaraldi. Sulola vakillari Sangzor, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg‘ob daryolari imkoni- yatlaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rdilar. Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug‘orish uchun 10 dan ortiq kanallar qazildi. Sun’iy sug'orish ishlari, ayniqsa, Abdullaxon II davrida keng rivojlandi. Masalan, 1556—1585-yillar oralig‘ida Zarafshon daryosida qator suv ayirg‘ichlari, ko‘plab suv omborlari bunyod etildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Bek- 36 Zarafshon daryosida qurilgan ko‘prik - suv ayirg'ich larsoy darasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o‘rnida ulkan to‘g‘on - Abdullaxon bandi qurildi. Uning ravoqlarini to‘g‘on te- pasida turib ocbish yoki berkitish mumkin edi. Abdullaxon bandiga 1 million 200 ming kub metr suv to‘plangan. Abdullaxon II karvon yo‘llarini qayta tiklash, sardobalar, bozorlar, karvonsaroylar qurish va ta’mirlash masalasiga ham alohida e’tibor berdi. Xususan, 1577-yilda Buxoroda yirik, usti berk bozor - tim qurildi. Bu inshoot Abdullaxon timi deb ataladigan bo‘ldi. Abdullaxon timi 37 „ ... „ Xonlikda asosiy soliq sug onladigan yerdanSoliq va maiburiyatlar .. ,. . . ,? ° , . __ohnadigan xiroj edt. U daromadnmg 30 foizdan 40 foizgachasini tashkil qilardi. Davlat muassasalari, qo‘shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan soliq ixrojot deb atalardi. Aholi mol-mulkidan olinadigan soliq - zakot, hukmdor uchun yig'iladigan maxsus soliq - zobitona, harbiy soliq - mada- di lashkar deb nomlangan edi. Davlat pulga muhtoj bo‘lganida fav- qulodda soliqlar ham joriy etilgan. Aholiga davlat oldida o‘tashi shart bo‘lgan yasoq deb ataluvchi mehnat majburiyati ham yuklatilgan. Bu majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishga, yo‘l va ko‘priklar qurishga, yem-xashak tayyor- lashga jalb etishni nazarda tutgan. O‘zaro urushlar ko‘payib ketgan yillari soliqlar bir necha yil uchun oldindan olinardi. Og‘ir yillarda aholiga hatto jizya - jon boshi solig‘i solinardi. 1. Buxoro xonligida yer egaligining qanday turlari bo'lgan va ular qanday shakllantirilgan? 2. Mulki xolis qanday tartibda shakllantirildi? 3. Suyurg‘ol yer egaligining salbiy oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Shayboniyxon va Abdullaxon II o‘tkazgan pul islohotlarini bir-biri bilan taqqoslang va xulosalaringizni bayon eting. 5. Buxoro xonligida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun amalga oshirilgan ishlarni qayd eting. Quyidagi savollarga javob topib keling: 1. O‘zbekiston Respublikasida pul islohoti qachon o'tkazildi? 2. Avvalgi zamonlarda bo'lganidek, hozirgi kunda ham hamma yer davlat mulki. 0‘zbekistcnda shu mulkdan hozirgi kunda qanday shakllarda foydalanilmoqda? 12- §. Buxoro xonligining tashqi siyosati Buxoro xonligi va Rossiya Buxoro xonligining Rossiya bilan mu- nosabati XVI asrning ikkinchi yar- midan rivojlana bordi. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali o‘z davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga ham erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan 38 Grozniy davrida Rossiyaning mavqeyi ko‘ta- rildi. Xususan, Qozon xonligi (1552-yil), Hoji- tarxon xonligi (1556), Volga bo‘ylari va G‘ar- biy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olindi. Bu hol Rossiyaga savdo yo‘llarini na- zorat qilish imkonini berdi. Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kel- gan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga eng yaqin qo‘shni mamlakat Rossiya bo‘lib qolgandi. Qolaversa, qozon tatarlari, orenburgliklar va boshqirdlar bilan din va til yaqinligi ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1557-1558-yillarda Buxoro xonligidan Mos- Ivan Grozniy kvaga elchi yuborildi. Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ish- larini rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik avvalo xon- liklarning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida edi. Ikkinchidan esa, Rossiya O‘rta Osiyo orqali Osiyoning boshqa mam- lakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lardi. Bu o‘rinda, birinchi navbatda, Hindistonga chiqish maqsadi hisobga olindi. 1555-yilda Moskvada ingliz-rus iqtisodiy aloqalari rivojiga xizmat qiluvchi „Moskva kompaniyasi“ tashkil etildi. 1558-yilda kompaniya Rossiya orqali Sharqqa yo‘l ochish uchun o‘z elchisi Antoniy Jenkinsonni Buxoroga yubordi. Elchi Abdullaxon II tomonidan qabul qilindi. Antoniy Jenkinson elchiligi natijasida Rossiya va Bu- xoro xonligi o‘rtasida yaxshi savdo va diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Rossiya bilan Buxoro munosabatlarida Ashtarxon (Astraxon) or- qali Buxoro xonligi fuqarolarining Makka shahriga Haj safariga bori- shi masalasi ham muhim o‘rin tutgan. Chunki Xuroson orqali haj safariga borishdagi eng qulay yo‘l Eron safaviylari nazoratiga o‘tib qolgan edi. Haj safariga Ashtarxon orqali borish masalasini hal qi- lish borasida Buxoro xonligi Usmonli davlati bilan birgalikda harakat qilishga qaror qildi. Bu bejiz emas edi. Chunki Usmonli davlati sul- tonlari musulmon olamining xalifasi hisoblanar edi. XVI asrda yevropaliklar tomonidan dengiz savdo yo‘lining ochi- lishi Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatini pasaytirdi. Shu tufayli Usmonli 39 davlati hech ho‘lmaganda Ashtarxon yo‘lini o‘z nazoratida saqlab qo- lishdan manfaatdor edi. Shuning uchun oxir-oqibat Rossiyaga qarshi harbiy harakat boshlashga qaror qildi. Tabiiyki, Usmonli sultoni buni Haj safari yoTini ochish uchun harakat deb eTon qildi. 1569-yilda Rossiya - Usmonli davlati o‘rtasida urush boshlandi. Urushda Usmonli davlati yengildi. Shunday boTsa-da, sulton Rossi- yadan Haj safari yoTini ochib qo‘yish talabini davom ettirdi. Oxir- oqibat Rossiya 1572-yilda sultonning talabini qondirdi. Rossiya — Buxoro manfaatlari Sibirda ham to‘qnashdi. Zero, Ja- nubi-g‘arbiy Sibir shaybon ulusi tarkibiga kirgan. 1563-yilda Abdullaxon II ning harbiy yordami bilan Shayboniy Ko‘chimxon Sibir xonligi taxtini egalladi. 1581-yilda Rossiya Sibir xonligiga qarshi Yermak boshchiligida qo‘shin yubordi. Dastlab u g‘alaba qozonsa-da, 1584-yilda magTu- biyatga uchrab halok boTdi. Abdullaxon II o‘z davlatidagi ichki ziddiyatlami bartaraf etish va harbiy yurishlar bilan band boTganligi uchun keyinchalik Ko‘chimxonga yordam bera olmadi. Shunday bo‘1- sa-da, u Ko‘chimxonga yuborgan xatida o‘zaro ichki ziddiyatlami va kurashlami tugatish orqali xonlikni halokatdan saqlab qolish mum- kinligini uqtirdi. Shundan so‘ng Rossiya bosib olgan hududlami qaytarib olish lozimligini ta’kidladi. Biroq 1598-yilda Rossiya va Sibir xonligi o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda ms qo‘shini g‘alaba qo- zondi. 1598-yilda Abdullaxon II va Ko‘chimxon vafot etgach, Buxoro xonligining Sibirdagi siyosiy ta’siri butunlay yo‘qqa chiqdi. Lekin savdo-sotiq ishlari davom etaverdi. XVII asrda Rossiyada markazlashgan davlat tarkib topa boshladi. Asr oxiriga kelganda Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Butunrossiya bozori shakllandi. Bu omillar Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklari bilan savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishni hayotiy zaruriyatga aylantirib qo‘ydi. Natijada, Rossiya 1620-yildan 1675-yilgacha o‘tgan davrda xonliklarga 4 marta elchilarini yubordi. XVII asrda O‘rta Osiyo va Rossiya o‘rtasida savdoda tovar ayirbosh- lash 100 ming mblni tashkil etdi. Rossiya elchilari Buxoro xonligi bilan faqat savdo aloqalarini ke- ngaytirish masalalarini hal etibgina qolmadilar. Xususan, 1620-yilda Buxoroga yuborilgan Rossiya elchisi I.D.Xoxlovga Buxoro xonligining tashqi siyosiy ahvoli to‘g‘risida maTumot to‘plash, Rossiyaning 40 kuch-qudratiga xonni ishontirish, Buxoro xonligi qurolli kuchlari, xonlikning xazinasi ahvolini batafsil o‘rganish, Buxoro—Xiva mu- nosabatlari masalalarini tahlil qilib chiqish kabi vazifalar ham yuk- latilgan. I. D. Xoxlov o‘ziga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ba- jardi. XVin asrda Buxoro- Rossiya munosabatlari XVIII asrda Buxoro xonligi va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davr boshlandi. Bu davrga kelib Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklari, jumladan, Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq aloqlarida kamsitish siyosati yuritila boshlandi. Xususan, boj to‘lovi miqdori oshirildi. Ayni paytda, siyosiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, tabiiy boy- liklarga ko‘z olaytirish kayfiyati kuchaya bordi. Rossiyani, ayniqsa, O‘rta Osiyo oltinlari ham qiziqtira boshladi. Pyotr I Buxoroni siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas deb hisobladi va amalda unga tazyiq o‘tkaza boshladi. Shu maqsadda 1718-yilda Irtish daryosi sohilida yetti qo‘rg‘ondan iborat shahar (Semipalatinsk) qurdirdi. Bu esa Buxoro xonligini tash- vishga solib qo‘ydi. Shuning uchun ham Abulfayzxon Rossiyaga elchi yubordi. U o‘z maktubida Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini ham so‘radi. Bunga javoban Rossiya hukumati 1721-yili Florio Be- nevenini elchi qilib jo‘natdi. Rossiya elchisiga O‘rta Osiyoga olib boriladigan suv va quruqlik yo‘llarini o‘rganish, rus savdosini ke- ngaytirish imkoniyatlarini aniqlash, Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko‘ndirish, xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish; qayerda qancha oltin konlari borligini aniqlash va ularni xaritaga tu- shirish; xonlikdagi qal’alar va qo‘shinning ahvolini o‘rganish hamda xonlikning ichki ahvolini, shuningdek, Eron, Xiva va Usmonli bilan o‘zaro munosabatlarini o'rganish vazifalari ham yuklatildi. F.Beneveni Buxoroda 3,5 yil turib o‘z oldiga qo'yilgan masala- lar bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va 1725-yilda Peterburgga qaytib ketdi. Pyotr I ning amalga oshmagan oshirildi. yurtimizni bosib olish niyati uning hayotligida bo‘lsa-da, keyinchalik vorislari tomonidan amalga Buxoro-Eron munosabatlari Buxoro va Eron manfaatlari to‘qnashgan aso- siy hudud Xuroson bo‘ldi. Buning sababi Xu- rosonning harbiy-siyosiy va savdo-iqtisodiy 41 jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligida edi. Bundan tashqari, Xuroson Buxoro xonligi, Eron va Hindiston yo‘nalishida o‘ziga xos darvoza vazifasini ham o‘tar edi. Xurosonni nazorat qilish masa- lasida shayboniylar va safaviylar o‘rtasida keskin kurash ketdi. Bu masalada Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronligi davrida shayboniylar ustunlik qildilar. Xususan, Ab- dullaxon II Xurosonning Marv, Nishopur va Mashhad kabi yirik shaharlarini egalladi. Abdullaxon II Eronga qarshi kurashda Usmonli davlati bilan itti- foq tuzishga urinib ko‘rdi. Biroq maqsadiga erisha olmadi va oxir- oqibat Eron Xurosonni Movarounnahrdan ajratib tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Ashtarxoniylar davrida ham Eron bilan munosabatlar keskinligicha qoldi. 1740-yilda esa Eron Buxoro xonligini qaram davlatga aylan- tirishga erishdi. Buxoro - Hindiston munosabatlari Hindistondagi Boburiylar saltanati bilan Bu- xoro xonligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar- ning o‘rnatilishi Bobur va Ko‘chkunchixonlar nomi bilan bog‘liq. Ko'chkunchixon hukmronligi davrida Buxoro xonligi Boburiylar davlatini tan oldi. U bilan savdo va elchilik mu- nosabatlarini o‘matdi. Akbarshoh Buxoro elchisi xon tomonidan Boburga Movarounnahming mashhur mayizlaridan, subhoni o‘riklaridan va boshqa noyob ne'matlaridan iborat sovg‘a-salomlari qatorida 200 ta yaxshi ot ham olib keldi. O‘z navbatida, Bobur ham Buxoro xonligiga elchilar yu- bordi. Ikki davlat o‘rtasidagi bunday mu- nosabatlar keyingi shayboniy va boburiy hukmdorlar davrida yanada kengaydi. Xu- susan, Abdullaxon II safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qi- lishga intildi. Shu sababdan Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga bir necha marta el- chilarini yubordi. Abdullaxon II Akbarshohga Eronni o‘zaro taqsimlab olishni taklif qildi. Lekin Akbarshoh bunga rozi bo‘lmadi. Chunki Akbarshoh fuqarolari turli din va 42 diniy yo‘nalishlarga e'tiqod qiluvchi davlatlaming bir-biriga toqat qilib yashashlari tarafdori hamda diniy bag‘rikenglikni davlat siyosati darajasiga ko‘targan hukmdor edi. Qolaversa, u Eron bilan yaxshi munosabatda ham edi. 1586-yilda Akbarshoh Abdullaxon II ga yo‘llagan maktubida Us- monli davlati Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishla- nayotganligini bayon etdi. Ayni paytda, Buxoro va Hindiston birgalik- da Eronga yordam ko‘rsatishi zarurligini ta'kidladi. Biroq Eron shayboniylar davlatini o‘zining asosiy raqiblaridan biri deb hisoblab kelayotgani uchun Abdullaxon II Akbarshoh taklifiga rozi bo‘lmadi. Boburiy hukmdorlar Shoh Jahon va Avrangzeb Olamgirlar hukm- ronligi davrida ashtarxoniylar bilan savdo-sotiq aloqalari davom etdi. 1. 2. 3. 4. 5. Qanday omillar Buxoro-Rossiya o‘rtasida savdoning rivojlanishiga xizmat qildi? Buxoro-Rossiya manfaatlari to'qnash kelgan masalalami qayd eting. XVIII asrda Rossiya-Buxoro munosabatlarida nima sababdan o‘z- garish yuz berdi? Buxoro—Eron munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? Buxoro—Hindiston munosabatiga oid asosiy jihatlami qayd eting. Bugungi kunda do'stona Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurishiga oid ma'lumotlarni to‘plab keling. 13- §. Buxoro xonligida madaniy hayot T1 , ... Shayboniy hukmdorlar orasida ham o‘qimishli,Ilm-fan rivoji . , , , , . , ,. TT. , ,ZLyoli davlat arboblan bor edi. Ular madrasa ta - limini olgan, dunyoviy va diniy bilimlarni egallagan shaxslar edi. Shuningdek, o‘zbek, fors va arab tillarini bilishgan. Ayniqsa, she’riyat borasida o‘ta iste’dodli bo‘lishgan. Forschani g‘azal yozish darajasida mukammal egallashgan. Ilm-fan, adabiyot, san’at va me’morchilikning ravnaq topishida sulola vakillarining xizmati katta bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, shay- boniylar temuriylar davrida yurtmizda yuksak rivojlangan va dunyo e’tirof etgan ilm-fanga munosib voris bo‘la olmadilar. 43 Shayboniylar davrida tibbiyot, matematika va astronomiya kabi fanlar maTum darajada rivojlandi. Tibbiyot ilmidagi rivojlanish o‘z zamonasida „tabiblar iftixori“ deb sharaflangan Muhammad Mazid, jarroh mavlono Baqo, ko‘z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, „Davolash bo‘yicha dastur“ asari muallifi Sultonali Samarqandiy, „Ko‘z kasalligiga doir asosiy kitob“ asarlari bilan mashhur boTgan Ubaydulloh Kahhol kabi alloma tabiblarning nomlari bilan bogTiqdir. Muhammad Amin, Bobokalon Samarqandiy, mavlono Kavkaviylar matematika, Muhammad Husayni Buxoriy „Qib- la tomonini topish ma’rifati“, Mahmud ibn Ahmad Faroziy esa „Oy fazolarining tengligi haqida risola“ asarlari bilan astronomiya fanlari rivojiga munosib hissa qo‘shdilar. Afsuski, ashtarxoniylar davrida jamiyat hayotida diniy mutaassiblik keng yoyildi. Barchadan diniy aqidalarga so‘zsiz itoat etish talab etildi. Bu omillar ilm-fan ravnaqiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Shunday boTsa-da, ilm-fan to‘xtab qolgani yo‘q. Xususan, Mir Arab madrasasining mudarrisi Muhammad Sharif Buxoriy tarix, fiqh, tilshunoslik, astronomiya va boshqa fanlarga oid 20 dan ortiq asar yozib qoldirgani buning dalilidir. Ular orasida „Xoqonga foydali maslahatlar“ asari alohida ahamiyatga ega. Subhonqulixon hukmronligi davrida tibbiyot ilmi rivojlandi. Uning tashabbusi bilan Buxoroda „Dor ush-shifo“ qurildi va bemorlarni da- volash ishi yoTga qo‘yildi. Tibbiyotga ixtisoslashgan madrasa qurilib, shifokorlar tayyorlandi. Subhonqulixonnmg tibbiyotga oid kitoblar jamlangan nodir kutubxonasi boTgan. U „Subhoniy tibbiyoti bo‘yicha davolash“ nomli kitob ham yozib qoldirdi. _ . .... Shayboniylar davrida tarix fani sohasida ko‘p- arixnavis 1 asar]ar yaratildi. Ular orasida Kamo- liddin Binoiyning „Shayboniynoma“, Muhammad Solihning „Shay- boniynoma“, Muhammad Haydaming „Tarixi Rashidiy“, Fazlulloh ibn Ro'zbexonxnng „Mehmonnomayi Buxoro“, Hofiz Tanish al-Buxoriyning „Abdullanoma“, („Sharafnomayi shohiy“), Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning „Tarixi jadidayi Toshkand“ kabi asarlari shular jum- lasidandir. K. Binoiyning „Shayboniynoma“ asari Dashti Qipchoq va Mova- rounnahming XV asr o‘rtalaridan XVI asr boshlarigacha boTgan davr voqealarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, shayboniylar bilan Eron safaviylari o‘rtasidagi munosabatlar haqida muhim maTumotlar beradi. 44 Muhammad Solihning „Shayboniynoma“si esa o‘zbek tilida yo- zilgan asar bo'lib, u Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag‘ish- langan. „Abdullanoma“ asari muallifi mazkur asarini Chingizxonning Mo- varounnahr istilosi, chingiziylar hukmronligining o'rnatilishi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil etilishi, Shayboniyxonning harbiy yurishlari, uning o‘limidan so‘ng Movarounnahrda vujudga kelgan ahvol, Abdullaxon II ning mamlakatni siyosiy jihatdan bir- lashtirish yoTida olib borgan kurashi tarixiga bag'ishlagan. XVII-XVIII asming birinchi yarmida ham Buxoroda tarix fani sohasida qator tarixiy asarlar yozildi. Xususan, Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“, Muhammad Amin Buxoriyning „Ubaydullanoma“ va Abdurahmon 7oZening „Abulfayzxon tarixi“ kabi asarlari shular jumlasidandir. . . . . Bu davr adabiyotida Muhammad Shayboniyxon, uning jiyani Ubaydullaxon, Kamoliddin Binoiy, Muhammad Solih va boshqalar alohida o‘rin tutadi. Umrining asosiy qismini jang-u jadallarda o‘tkazgan Muhammad Shayboniyxon, ayni paytda, she'riyat bilan ham shug‘ullandi. U o‘zi- dan yuqori saviyali badiiy asarni meros qilib qoldirdi. Uning asarlari dunyoning turli mamlakatlariga olib ketilgan. Masalan, uning yagona she'rlari to‘plami - „Devon“i kelinmoqda. Muhammad Shayboniyxon Buxoro shaharlarini eng ko‘p Samarqandni jannatga qiyoslaydi. U she’rlarining birida bunday deb kuylaydi: Istanbul shahri kutubxonasida saqlab she’rlarida, ayniqsa, Samarqand va madh etdi. Chunonchi, bir she’rida Ketmadi ko'ngildan hech diydori Samarqandning, Ko ‘zimdin uchar har dam guizori Samarqandning. Har negaki shahd o ‘isa dunyoda latif, ammo Barchadin erur yaxshi bemori Samarqandning. Buxoro shahrini esa Ka’ba darajasida ulug‘ladi. Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon o‘zining g‘azal, ruboiy, qit’a va tuyuqlari bilan she’riyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. U „Ubaydiy“, „Ubaydullo“ va „Qul Ubaydiy“ taxalluslari bilan ijod qildi: 45 Muhtojga qayishish — asli karomat shuldir, Bir ishki, yo‘q ortida malomat - shuldir. Har ikki jahonda, soliko, iymonni Qutqaruvchi chin ruhi salomat shuldir. U fors va arab tillarini yaxshi bilganligi uchun shu tillarda ham ijod etdi. O‘zbek, fors va arab tillaridagi she’rlarini uch devonda to‘pladi. Keyinchalik ular bitta muqova ichiga jamlandi va u „Kulliyot“ deb nomlandi. Ruboiynavislikning Bobur Mirzodan keyingi taraqqiyoti Ubay- dullaxon nomi bilan bog‘liq. U ayni paytda Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an’anasini rivojlantirdi. Undan 220 dan ortiq hikmat meros qoldi. Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxon 1—11 lar- ning kutubxonalari o‘z zamonasining ajoyib kitob xazinasi bo‘lgan edi. XVII-XVIII asr birinchi yarmi adabiy muhitida Bedil (asli ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721 )ning o‘rni katta. U asli keshlik (Shahrisabz) bo‘lib, Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari — „To‘rt unsur“ nasrda yozilgan bo‘lib, unda havo, suv, yer, olov haqida, shuningdek, o‘simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida o‘z qarashlari bayon etiladi. U she'rlarida jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlarni qoraladi. Bedil „Abulma’oniy“ („Ma’nolar otasi“) nomi bilan shuhrat qozondi. Bu davr adabiyotining yirik namoyandalaridan yana biri shoir Sayido Nasafiy edi. U Nasaf (Qarshi) shahrida tug‘ilgan. Zamon- doshlari uni „Buxoro shoirlari taxtida sulton“ deb ulug‘laganlar. Uni mashhur qilgan „Hayvonotnoma“ nomli majoziy munozara asari edi. Nasafiy mazkur asarida hayvonlar timsoli orqali zodagon va amaldorlaming mehnatkash xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini, ularning poraxo‘rligi va ma’naviy pastkashliklarini fosh etdi. Bo‘ri va sher timsolida zodagonlaming yirtqichlikdan iborat asl basharalarini ochib tashladi. Asarda sher barcha hayvonlar ustidan g‘alaba qozonsa-da, mehnatkash xalq timsoli bo‘lgan chumolidan yengiladi. Bu davr adabiyotida Turdi Farog'iy ham munosib o‘rin egallaydi. Turdi jamiyatdagi adolatsizliklarni, Subhonqulixonning xalqni og'ir soliqlarga duchor etganligini va buning oqibatida xalq tortayotgan azob-uqubatlarini ro‘yirost tanqid qila olgan jasoratli shoir edi: 46 Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini, G'asb ila molin olib, qo'ymadingiz bitini. Turdi xalqning tilidan mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tar- qoqlik, u keltirib chiqargan qirg‘inbarot urushlami la’natlagan. Urug‘ va qabilalarni birlashishga va o‘zaro hamkorlik qilishga da’vat et- gan. Urug‘ oqsoqollarini va beklarni bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirgan. Bu o‘rinda Turdining „Tor ko‘ngullik beklar“ she’ri alohida aha- miyatga ega: Tor ko 'ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling, To'qson ikki bovli o'zbek yurtidir, tenglik qiling... , ..... Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning e morc 11 atroflarini obod qilishga harakat qildilar. XVI asr davomida shu davming barcha muhandislik imkoniyatlari va jami- yatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko‘plab binolar, me’moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi. Ulaming orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Qulbobo Ko'- kaldosh, Nodir devonbegi, Ernazar elchi', Samarqandda qurilgan Shay- boniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ko'kaldosh madrasalari me'morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon mad- rasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘janing o‘g‘li Baroqxon tomo- nidan qurildi. Madrasa gumbazining balandligi 22 metrni tashkil etadi. Bu madrasada yurtimizning mustaqillik yillarida ham katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. XVII asrda Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi. XVI asrning birinchi yarmida Samarqand hokimi Ya- Nodir devonbegi 47 Registon maydoni langto‘sh Bahodir vayrona holatiga tushib qolgan Registon maydonida Ulug'bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida esa Tillakori madrasa-masjidizn o‘z mablag‘lari hisobidan bunyod ettirdi. Unga tilladan ishlov berildi. Samarqand Registon ansambli o‘zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor pesbtoqlari, ulkan gum- bazlari bilan O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi sifatida jahon jamoatchiligi va sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda. _ , ... Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohotBuxoro xonhg.darflim o’ Qundu- Bafxashi ko‘li 'Andxud ^a^x Ko ‘hna - Urganch □ Urgunch\& , I V Axj,VAfl“ fiazorasp 7 \Darpicfiavi-Neinefc L !-■'■■ u/ )-,"SS“" v,--< \ /7 ri 1 C1 S H A R T L I B E L G 1 L A R _____ XVII asr boshida ImomquLixon ’ 1 zamonida davlatlar chegaralari XVI11 asr oxirida Shohmurod ------- davrida daviatlar chegaralari ^SaY tr ? /e.; ■ t ' -iilSMHON t_ XVIII asrda kichik rnustaqil mulklarning bekliklarining taxniiniy chegaralari MASSHTAB 1:7 000 000 Shunday qilib, 1756-yili Buxoroda hokimiyat tepasiga yangi sulola - mang'itlar sulolasi keldi. Sulola davlatni 1920-yilgacha idora qildi. 1756-yildan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo'ldi. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash Amir Muhammad Rahim mamlakatda o'zining mutlaq hokimiyatini o'rnatish hamda ichki bosh- boshdoqlikni tugatish siyosatini yuritdi. Bu siyo- satdan ko‘zlangan maqsad - davlatni markazlash- tirish edi. Muhammad Rahim maqsadini ro‘yobga chiqarishga qat’iy kirishdi. Mustaqillikni da’vo etib yurgan Miyonqol, Nurota, Qo'bodiyon, Boysun, Shahrisabz hamda Urgut viloyatlarini to‘rt yil davomida bo‘ysundirdi. Ayni paytda, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urinayotgan qabilalarni yashab turgan joyidan ko'chirtirib yuborish amaliyotini ham qo'lladi. Doniyolbiy otaliq va Amir Shohmurod Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi (1758-1785). U qo‘shinni mustahkamlashga, unga tayanib ish ko‘rishga harakat qildi. Barcha mang'it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi. Xalqdan olina- digan soliqlarni ko‘paytirdi. Bundan norozi xalq qo‘zg‘olon ko‘tarar, Doniyolbiy esa ularni bostirishga ulgurmasdi. Uning davrida Balx, Hisor, Ko‘lob, O‘ratepa viloyatlarining mustaqillikka intilishlari ku- chaydi. Katta yer egalarining o‘zboshimchaligi haddan oshdi. Doni- yolbiy shunday sharoitda taxtni o‘g‘li Shohmurodga (1785-1800) topshirdi. Shohmurod darveshona hayot kechirar, shayx maslahati bilan sotib, yanib bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keytn esa pichoqqa qin yasab shu orqali ro‘zg‘or tebratdi. Shohmurod faoliyatida ommaga ta- ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. Shu jihatlari xalq orasida katta obro‘ qozongan edi. Amir Shohmurod yoshligidan xudojo‘y, porso (pokiza) bo‘lib o‘sdi. Madrasani bitirib, darveshlik jamoasi targ‘ibotchisidan biriga aylandi. Xalq uni hurmat bilan „amiri ma’sum“ (begunoh amir) deb atadi. Amir Shohmurod islohotlar o‘tkazib, davlatni mustahkamlashga erishdi. U mamlakat hayotida savdogar va hunarmand qatlamining 53 qanchalik ahamiyatga egaligini to‘g‘ri baholay oldi. Shuning uchun ham savdo va hunarmandchilikning o‘sishi uchun barcha zarur sharoit- larni ta’minlab berdi. Xususan, Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‘i yozib berdi. Unga ko‘ra, aholi savdo daromadidan to'laydigan boj solig‘idan ozod etildi. Hunarmandlardan pul yig‘ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi. Asosiy soliq - xiroj miqdori kamaytirildi. Shuningdek, urush kelib chiqqanida qo‘shinning xarajati uchun jul deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi. Zarafshon vodiysida, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida sug‘orish tizimlarini qayta tiklatdi. Ay- ni paytda markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan viloyat ho- kimlariga qarshi shiddatli kurash olib bordi. Rais (muhtasib) va qozi askar (harbiy sud) mansablarining nufuzini yanada orttirdi. Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda Shohmurod o‘tkazgan pul islohoti ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Islohotga ko‘ra, sof kumush tanga muomalaga kiritildi. Shuningdek, kimda kumush bo‘lsa, zarbxonaga kelib undan pul zarb ettirib olishiga ruxsat etildi. Bu kumush chayqovchiligining oldini oldi. Shohmurod joriy qilgan qonun bo‘yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat’i nazar qattiq jazoga tortilardi. Bu xalq manfaatlariga qarshi qilinadigan tajovuzlarning oldini oldi. Amir Shohmurod faoliyatiga yuksak baho bergan mashhur olim Ahmad Donish bunday deb yozgan edi: „ U amirlik qalamini kam- bag‘allik kiyimi bilan bezadi. Jahon bog'idan dushmanlik va yo- monlikni tomiri bilan sug‘urib tashladi va adolat nihollarini o‘tqazdi“. 1756-yil - ashtarxoniylar hukmronligi to‘la barham topdi. Hokimi- yat mang‘itlar sulolasi qo‘liga o‘tdi. 1. Buxoroning Eronga qaram davlatga aylanib qolishining sabablarini qayd eting. 2. Nima uchun Xiva xonligi Buxoroga yordam bera olmadi? 3. BuxoToning taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi BuxoTO-Eron shartnoma- sining mazmunini so‘zlab bering. 4. Buxoroda mang‘itlar sulolasi hokimiyatining o'rnatilishiga qanday omillar yordam berdi? 5. Amir Shohmurodning davlatchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirgan ishlari ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz? 54 22^ O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra, majburiy mehnat qaysi hollarda qo'llaniladi? 15- §. Amirlikda markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi „ . . , ... Amir Shohmurod vafot etgach, taxtgaAmir Haydar hukmronhgi Ayrim viloyatlar hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalanib, markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka urindilar. Biroq Amir Haydar katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, ulardan aksariyatining qarshiligini sindira oldi va markaziy hokimiyatga bo‘ysundirdi. Aksariyat viloyatlar mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari zaxirasini ko‘paytirdi. Bu esa davlat yerlarini ijaraga olib ishlovchilar sonining oshishiga olib keldi. Bu omil amirlik iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qildi. Ayni paytda, Amir Haydar qanchalik harakat qilmasin, amirlikda to‘la osoyishtalikni ta'minlay olmadi. Bunga bir tomondan markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining hara- kati, ikkinchi tomondan esa jamiyat shi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari Haydar Shahrisabz va Miyonqolni uchun kurash olib borishga majbur qolish uchun esa Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. Ayni paytda, o‘zi 1806-yilda Xiva xonligi hujumiga uchradi. Amir Buxoroning butun aholisini mamlakatni himoya qilishga da’- vat etdi. Xiva radi. Garchand katda tinchlik amaldorlarining Ayrim viloyat hokimlari va yirik zodagonlar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lish maqsadi yo‘lida foydalanib qolishga urindilar. Chu- nonchi, Amir Haydaming ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi 1804-yilda qo‘zg‘olon ko‘tardi. Amir Haydarga qarshi bo‘lgan kuchlar esa undan foydalanib, Dinnosirbekni amirlik taxtiga o‘tqazmoqchi bo‘ldilar. Biroq markaziy hukumat bunga qarshi keskin choralar ko'rishga majbur bo‘ldi. Amir Haydar ukasi Dinnosirbek boshliq qo‘zg‘olonchilarga qar- shi qo'shin yubordi. Qo'shin sarkardasining buyrug‘i bilan Marv vo- hayotidagi adolatsizliklarga qar- sabab bo‘ldi. Chunonchi, Amir amirlik tarkibida saqlab qolish bo‘ldi. O‘ratepani qo‘lda saqlab qo'shini Amudaryo qirg'oqlarida mag‘lubiyatga uch- Xiva qo‘shini quvib chiqarilgan bo‘lsa-da, mamla- qaror topgani yo‘q. Tez orada davlat va uning adolatsiz siyosatiga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi. 55 Amir Nasrullo hukmronligi hasini suv bilan ta’minlab turgan Sultonbandi to‘g‘oni buzib tash- landi. Suvsiz qolgan marvliklar o‘zlari yashab turgan joylardan boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Dinnosirbek esa Erondan boshpana topdi. Ilarbiy harakatlar oddiy mehnatkashlaming buningsiz ham og'ir ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Bu ham yetmaganidek, har- biy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik va yer solig‘ining mud- datidan oldin yig'ib olinishi 1821-yili Miyonqolda qo‘zg‘olon ko‘- tarilishiga olib keldi. Uni bostirishga qanchalik urinilmasin, amir qo‘shini qo‘zg‘olonchilarning kuchini sindirolmadi. Amir oxir-oqibat qo‘zg‘olonchilarga yon bosishga, ularning mulki va shaxsiy daxlsizligi xususida yorliq berishga majbur bo‘ldi. Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig'ida uning ikki o‘g‘li taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna qurboni bo‘lishdi. Nihoyat, taxtni uning uchinchi o‘g‘li Nasrullo egalladi (1826-1860). Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklami ya- gona davlatga birlashtirish yo‘lida qat'iyat bilan kurash olib bordi. Shahrisabz va Kitob bekliklarini to‘la bo‘ysundirish uchun kurash 30 yil davom etdi. Nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, mang‘it amirlari o‘zlarining mutlaq hokimiyatini qaror toptirishni bosh vazifalaridan biri deb hisobladilar. Shu maq- sadda ular amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar. Natijada, fu- qarolar jazoga tortilishdan qo‘rqqanlaridan uning nomini baland ovoz bilan ayta olmaydigan bo‘lib qoldilar. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo‘ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko‘rsatma kutib o‘tir- masdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amal- dor amiming, kichik amaldor o‘zidan katta amaldoming qahriga uch- rab qolishdan qo‘rqib yashardi. O‘zining bugungi mavqeyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo‘rquv muhiti vujudga keltirildiki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo‘la olmaydigan bo‘lib qoldi. Qo‘shni o'zbek xonliklari bilan munosabat Buxoro amirligining o‘z qo‘shnilari Qo'qon va Xiva xonliklari bilan munosabatida o‘zaro to- qatsizlik ustun edi. Bu toqatsizlikning asosida Buxoro amirligining mintaqada yetakchilikka erishish va bu ikki xon- lik hisobiga mustahkamlanib olish maqsadi yotardi. 56 Shuning uchun ham Buxoro amirligi 1842-yilda hatto Qo‘qon xonligini ham bosib oldi. Biroq Qo‘qon xonligining Buxoro amirligiga qaramligi uzoqqa cho‘zilmadi. Shu yilning o‘zidayoq Qo‘qonda Bu- xoro bosqiniga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xon- ligining mustaqilligi tiklandi. Tez orada bu ikki davlat o‘rtasida yana urush kelib chiqdi. 1843-yilda amir Nasrullo Xo‘jand va O‘ratepani qoTga kiritish uchun Qo‘qon xonligiga qarshi kurash boshladi. Bu ikki shahar o‘n yillar davomida qoTdan qoTga o‘tib kelardi. Nihoyat bu safar Buxoroning qoTi baland keldi. 1843-yilda Marv viloyati uchun talashayotgan Buxoro va Xiva o‘rtasida urush harakatlari kelib chiqdi. Xiva qo‘shini Hazorasp ya- qinida Buxoro qo‘shinini magTubiyatga uchratdi. Lekin Marv Buxoro amirligi tarkibida qoldi. Faqat 1845-yildagina Xiva xonligi Marvni egalladi. 1. Amir Haydar markaziy hokimiyatni mustahkamlash borasida qanday tadbirlarni amalga oshirdi? 2. Amir Nasrullo davrida qanday omillar amirlik hokimiyatining ku- chayishini ta’minladi? 3. Nega mangTtlar davrida ham o‘zbek davlatlari oTtasida keskinlik davom etdi? 16- §. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi Davlat tuzumi va ma’muriy boshqaruv islohotlari ayni paytda, davlatning Amirlik davlat tizimiga ko‘ra mutlaq mo- narxiya edi. Oliy hukmdor - amir chek- lanmagan huquqqa ega boTgan. Butun ho- kimiyat uning qoTida to‘plangan. Amir, ma'naviy rahnamosi ham edi. Chunki u eng oliy martabali amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning boshliqlari bilan maslahatlashib ish tutgan. Amirlikda davlat boshqaruvi sohasida ayrim islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, ashtarxoniylar davrida mavjud boTgan boshqaruvning dargoh va devonlar tizimi tugatildi. Davlat vazifalarini ijro etish to‘g‘ridan to‘g‘ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir nufuzli davlat arbobi qoTida to‘planuvchi tartib joriy etildi. Unga 57 Amirlikning ma'muriy bo'linishi ko‘ra, qo'shbegi lavozimiga davlat maqomi berildi, ya’ni u davlatda amirdan keyingi ikkinchi shaxsga aylandi. Shuning uchun ham u amir Arkida yashagan. Bundan tashqari, ashtarxoniylar hukmronligi davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan otaliq lavozimi oldingi mavqeyini yo‘qotdi. Bir so‘z bilan aytganda, amirlikda turli davlat lavozimlarining maqomi yo ko'tarildi, yo tushirildi. Shunga yarasha u yoki bu lavozim egasining vakolat doirasi kengaytirildi yoki cheklab qo‘yildi. Saroyda jami uch yuzga yaqin katta-kichik amaldorlar guruhi xizmat qilishgan. Ulardan 30 nafarga yaqini yuqori davlat lavozimlari sanalgan. Amirlik ma'muriy jihatdan viloyat va tu- wartlarga bo‘lingan. Adabiyotlarda mang‘itlar davrida amirlikda 27 ta viloyat (beklik) mav- jud bo‘lganligi qayd etilgan. Viloyatlami beklar - hokimlar boshqarishgan. Hokim lavozimiga, asosan, qabila sardorlari (amir) tayinlangan. Qolgan ma’muriy-hududiy birliklarga sug‘oriladigan yer miqdori asos qilib olingan. Jumladan, bir nechta ariq va kanal orqali sug‘oriladigan yuz ming tanob yer bir tumanni tashkil etgan, Bitta katta ariq bilan sug‘oriladigan ellik ming tanob yer hazora, yigirma besh ming tanob yer nim (yarim) hazora, 10-15 ming tanob sug‘oriladigan yerga ega qishloq obikori, 400 tanob yerga ega qishloq qoriya, 300 tanob va undan kam yeri bo‘lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa, marza deb atalardi. Ba’zi qishloqlar joylashgan hudud maydoni katta bo‘lmagan. Binobarin, ulaming har birini alohida-alohida boshqarish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamas edi. Shuning uchun ham bir nechta katta-kichik qishloqlar biriktirilib eng quyi ma’muriy birlik tashkil etilgan va u amlok deb atalgan. Uni amlokdor qishloq oqsoqollari, amin va mirobiwga taya- nib boshqargan. Amlokdor („mulk egasi“ degan ma’noni anglatadi) yetishtirilgan hosilning hisobini yuritgan va soliqlar hamda boshqa tushumlarning belgilangan muddatlarda yig‘ilib borishini nazorat qilgan. Amin („ishonchli“, „halol odam“ ma’nosini anglatadi)ning asosiy vazifasi soliq va boshqa tushumlami yig‘ish, aholi ustidan nazorat olib borish hamda ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo‘lgan. Qishloq mirobi esa suv inshootlarining o‘z vaqtida ta'mirlanishini, qishloqlar 58 uchun ajratilgan suvning ariqlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishini ta’- minlagan. Yuqori davlat lavozimlari Amirlik davlat muassasalari ma’muriy, moliyaviy, qozilik, mirshablik va harbiy idoralaridan tash- kil topgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, amirlikda oliy ijroiya hokimiyat - qo‘shbegi, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk ham deyilgan) qo'lida to‘plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalar- ni nazorat qilgan. Ayni paytda, barcha viloyatlar unga bo‘ysungan. Amirlikda qo‘shbegidan keyingi o‘rinda moliya vaziri (devonbegi) turgan. U quyi qo'shbegi deb ham atalgan. Moliya vaziri zakot masalasi bilan shug‘ullangan. Shayboniylar, ayniqsa, ashtarxoniylar davrida katta mavqega ega bo‘lgan otaliq lavozimiga tayinlangan amaldor endilikda Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish, shu- ningdek, suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul qilib qo‘- yildi. Parvonachi lavozimida ishlagan amaldoming asosiy vazifasi Buxo- ro xonligida bo‘lganidek oliy hukmdoming yorliqlarini u yoki bu amaldorga yetkazish bo‘lgani holda, amirlikda istiqomat qilib kelayot- gan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi. Ba’zi hollarda parvonachi lavozimida ishlayotgan amaldorga uning shaxsi, amirlik siyosiy hayotida tutgan o‘miga qarab, muhim vazi- falar ham yuklatilgan. Chunonchi, Amir Haydar Marvda unga qarshi ukasi Dinnosirbek boshchiligida ko‘tarilgan isyonni bostirish uchun Niyozbek parvonachini qo‘shinga qo‘mondon qilib jo‘natgani bunga dalildir, Yoki Amir Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni ishg‘ol etgach, u yerga Ibrohim parvonachi mang‘itni noib etib tayinlaganida, shubhasiz, uning amirlik hayotidagi mavqeyini hisobga olgan. Bir so‘z bilan aytganda, u yoki bu davlat lavozimining nufuzi shu lavozimda kim o‘tirganligiga ham bog‘liq bo‘lib qoldi. Bosh inoq lavozimiga tayinlangan amaldor amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, mazkur buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinla- nishi mumkin bo‘lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan. Kichik inoq esa chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan. Shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan. 59 Yana bir muhim davlat mansabi to'qsoba edi. U davlat bayrog‘ining daxlsiz saqlanishini ta'minlash, shuningdek, eng ishonchli shaxs sifa- tida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan. Vazifa nihoyatda mas’uliyatli bo‘lganligi uchun unga daromad manbai sifatida bitta tuman birik- tirib 40‘yilgan. Davlat boshqaruvida, shuningdek, ko'kaldosh (davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i), mehtar (soliq va boshqa yig‘imlardan tushgan mablag‘laming belgilangan o‘rinlarda qanchalik to‘g‘ri sarflanganligini nazorat qiluvchi amaldor), qutvol (davlat hisobidan amalga oshiriladi- gan qurilish ishlariga mas'ul amaldor), eshik og‘aboshi, miroxur (amir otxonasining boshlig‘i), qorovulbegi (shahar va yo‘llar posboni), shi- g‘ovul (chet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuv- chi), mushrif (amirga in'om etilgan sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor), dasturxonchi (amir huzu- rida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor), kitobdor (amir kutubxonasining boshlig‘i), dodxoh (jabrlanuvchi arizasini amirga yet- kazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas'ul amaldor) kabi yuqori davlat lavozimlari ham bor edi. . .... . Jamiyat va davlat hayotida shariat qo-Shariat talablanga rioya < ■ ■ , ... . • , , .... . ■ x-j x nunlanning amal qilishi shayxuhslom,etilishi ustidan nazorat i * -i. / • \qozikalon, mujtiy, muhtasib (rais) va sadrlar tomonidan ta'minlangan. Shayxulislom barcha musulmon ruhoniylar (diniy tashkilotlarda diniy lavozimda xizmat qiluvchilar)ning boshlig‘i bo‘lib, davlatda eng yuqori martabali ruhoniy, din arbobi sanalgan. Uning martabasi shu darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo‘lajak hukmdor ham shayxulis- lomning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan. U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat olib borgan. Shayxulislomga hatto Qozikalon - Oliy qozi (bugungi kun voqeligi bo‘yicha aytganda Oliy sud raisi) ham bo‘ysungan. Qozikalon lavozimi mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ik- kinchi lavozim edi. U sudlov ishlarini amalga oshirishdan tashqari, boquvchisini yo‘qotganlarning, beva-bechoralarning haq-huquqlari ne- chog‘lik himoya qilinayotganligi ustidan nazorat olib borgan. Amirlik- da viloyat, tuman va qishloqlarda ham sudlar tashkil etildi. Amirlikda muhtasib (rais)ning vakolati kengaytirildi. Ma'lumki, muhtasib bozorda qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘y- 60 maslik, og‘irlik (tosh-u tarozi) va uzunlik o‘lchovlarining to‘g‘riligi hamda aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari ustidan bevosita nazorat olib borgan. Masjidlarga borib namoz o‘quv- chilar ro‘yxatini tekshirgan. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilini- shiga hamda sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan. Shuningdek, bu tizimda muftiy va 5« Zl ,N- Qo‘ngbirot \ X I V A QORAQIJM iKaim Sirda J Xiva xonligi ri-ri Ruxnrnaniirligihilan Xiva xonligi LLL talashyerlar ITT Turkman qabilalariniug Xiva xnnlipiga vaqtineha qaram bo'lib qolgan yerlan n Qo'qon xontigi J Xiva xonligiga qaram bo'lgan quzoq yerlari □ Duxoro aniirligi ------ Xonliklaming taxtmniy chegaralari Shu tariqa, 1770-yilda xonlikda qo‘ng‘irotlar sulolasining hukm- ronligi o‘rnatildi. Biroq bu sulola chingiziylar avlodiga mansub bo'lmaganligi uchun taxtda awalgi sulola vakillarini saqlab keldilar. Ular aslida soxta xonlar bo'lib, amalda hech qanday hokimiyatga ega bo‘lmaganlar. 87 Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi. Muhammad Amin (1770-1790) ham, uning o‘g‘li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini inoq unvonida boshqardilar. Faqat Avazning o‘g‘li Eltuzar 1804-yilda o‘zini xon deb eTon qildi. Bu sana xonlik tarixiga qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligi rasman o‘rnatilgan sana sifatida kirdi. Sulola 1920-yilga qadar Xiva xonligini idora qildi. Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun harakat qildi. Biroq u 1806-yilda Xiva-Buxoro urushida halok Muhammad Rahimxon I , , n , , . davrida Xiva xonligi Eltuzarxon vafot etgach, taxtga unmg ukasi Muhammad Rahimxon I o‘tirdi. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. Bu juda muhim, kerak bo‘lsa, hayot-mamot masalasi edi. Chunki Rossiya tomonidan mustahkamlangan Orenburg liniyasining paydo bo‘lishi Xiva xonligiga bevosita tahdid solmoqda edi. Ikkinchidan, Buxoro amirligining hujumlariga qarshi tura olish ham zarur edi. Xonlikni siyosiy jihatdan birlashtirmasdan va markaziy hokimiyatni mustahkamlamasdan turib chet el davlatlari tahdidining kuchini kamaytirish qiyin edi. Birlashtirish jarayoni turkman qabilala- rini bo‘ysundirishdan boshlandi. Turkmanlaming turli qabilalari qan- chalik qattiq qarshilik ko‘rsatmasinlar, birin-ketin bo‘ysundirib boril- di. Bo‘ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko‘chib ketdi. Biroq Eron hukumatining tazyiqi ostida hamda yaylov maydoni yo‘q- ligi natijasida yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldilar. Endi ular Xiva xoni tomonidan ajratib berilgan hududga joylashishga majbur bo‘ldilar. Shu davrdan boshlab, yovmut qabilasining taqdiri Xiva xon- ligi bilan uzil-kesil bog‘landi va xonlik fuqarolari tarkibiga olindi. Ularga ham soliq to‘lash belgilandi. Shuningdek, xon qo‘shiniga bel- gilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi. Ular xon qo‘shinida sidqidildan xizmat qildilar. Muhammad Ra- himxon I o‘zbeklar va turkmanlardan tuzilgan „xon navkarlari" deb atalgan muntazam qo‘shinga tayanib yirik zodagonlar va Orolbo'yi o‘zbeklari qarshiligini sindirdi. 1811-yilda esa qoraqalpoqlar ham bo‘ysunishga majbur etildi. Shu tariqa, Muhammad Rahimxon I dav- rida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni paytda, uning hudud- lari yanada kengaytirildi. 88 Mamlakatda nisbiy barqarorlik ta'minlandi. MU1M,“7ohdotShimXOn Ayn’ Paytda’ davlat b0SManivi, soliq tizi- mida islohotlar o‘tkazildi. Bojxona xizmati va zarbxona tashkil etildi. 1809-yilda tilla tangalar zarb etish yo‘lga qo‘yildi. Davlat boshqaruvi sohasida o‘tkazilgan islohotga ko‘ra, xon huzurida yuqori boshqaruv organi - Oliy Kengash ta’sis etildi. Vakolati cheklangan bo‘lsa-da, Kengash xon farmonlarini tasdiq- lovchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini bajardi. Oliy Kengash- ga xonning o‘zi rahbarlik qildi. Oliy Kengash ishida xonning yaqin qarindoshlari, mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom, bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashganlar. Oliy Kengash majlisi haftada bir marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi si- yosatiga oid eng muhim masalalar muhokama etilgan. Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalami hal etish uchun Kichik Kengash ham ta’sis etildi. Bu kengash ishida xondan tashqari mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashganlar. Soliq tizimida o'tkazilgan islohotga ko‘ra, soliqlaming muntazam undirilishi ta’minlandi. Bunga yerdan olinadigan soliqning mahalliy hokimlar tomonidan yig‘ilishiga chek qo'yish, soliqlarning xon tomo- nidan tayinlangan davlat amaldorlari tomonidan yig‘ilishi tartibining o‘rnatilishi orqali erishildi. Ayni paytda, yer solig‘ining ancha qismi pul shaklida yig‘iladigan va ulaming hammasi umumdavlat xazinasiga topshiriladigan bo‘ldi. Shuningdek, bojxona xizmatining tashkil etil- ganligi va oltin tangalar zarb etilib muomalaga chiqarilganligi dav- lat xazinasiga tushumning ko‘payishiga xizmat qildi. Muhammad Ra- himxon I mamlakatda ichkilikni taqiqladi. 1809-yilda zarb etilgan oltin tanga (Xiva) Xiva xonligi Olloqulixon davrida Muhammad Rahimxon I 1825-yilda vafot et- gach, taxtni katta o‘g‘li Olloqulixon egalladi (1825-1842). U mamlakat iqtisodini yanada 89 ko‘tarish maqsadida yangi kanallar qazdirib, sug‘oriladigan yer may- donlarini kengaytirdi. Bundan tashqari, mamlakat obodonchiligi yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Chunonchi, Arabxon va Muhammad Amin inoq madrasalari qaytadan qurildi. Shuningdek, o‘zining nomi bilan ataluvchi madrasa, karvonsaroy, tim, 111 xona va bo‘lmali Toshhovli (Olloqulixon) saroyi va boshqa ko‘plab me’- moriy binolar bunyod ettirdi. Uning davrida koshinkorlik san’ati yuksak cho‘qqiga chiqdi. Bu san’at, ayniqsa, Pahlavon Mahmud maq- barasi va Ko‘hna arkni koshin bilan bezatishda o‘zining yorqin ifo- dasini topdi. Shuningdek, Xiva shahri atrofi mudofaa devori bilan o‘raldi. Shaharning ichki qismidan tashqarisida yashayotgan aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6250 metrli tashqi qal’a qurildi. Olloqulixon markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishga harakat qil- gan turkman va qoraqalpoqlarning qo‘zg‘olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. U 1842-yilda vafot etdi va hayotligida tayyorlab qo‘ygan Pahlavon Mahmud maqbarasiga dafn etildi. 1. Qo'ng'irotlar sulolasi hokimiyat tepasiga kelishi arafasida Xiva xonligidagi siyosiy ahvol haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Qo‘ng‘irotlar sulolasi qay tariqa hokimiyatni egalladi? 3. Muhammad Rahimxon I ning mamlakatda nisbatan siyosiy bar- qarorlikni ta'minlay olganligining sabablarini qayd eting. 4. Muhammad Rahimxon I o‘tkazgan iqtisodiy islohotlar qanday na- tija berdi? 5. Muhammad Rahimxon I davlat boshqaruvi sohasida qanday islohot o'tkazdi? 6. Olloqulixon amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida nimalami bilib oldingiz? 25- §. Xiva xonligida davlat boshqaruvi Xonlik hududi va aholisi Xiva xonligi tashkil topgan davrda uning hu- dudi katta bo‘lmagan. Xonlik g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda Orol dengizi havzasi, janubda esa Atrek daryosi (hozirgi Eron va Turkmanistondagi daryo, uzunligi 669 km, Kaspiy dengiziga quyiladi) hamda Saraxs (Turkmanistondagi shahar) atrofigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olar edi. 90 XIX asrning butun birinchi yarmi davomida xonlik hududi harbiy harakatlar natijasida tobora kengaytirilib borildi va shu asrning 40-yillarida uning hududi 19 ming km2 ni tashkil etdi. Xonlik qo- zoq juzlari, Eron va Buxoro amirligi bilan chegaradosh bo‘ldi. Ayni paytda, XVIII asrdan boshlab Rossiya chegarasining janubga siljib borishi natijasida ikki davlat chegaralari yaqinlashdi. Xonlik aho- lisining umumiy soni 800 ming kishiga yaqin edi. Uning 65 foizini o‘zbeklar, 26 foizini turkmanlar, qolgan qismini esa qoraqalpoqlar, qozoqlar, qisman arablar tashkil etardi. Bu raqamlar qat’iy bo‘lmagan. Chunki xonlik hududining kengayib borishi bilan aholi soni ham ortib bordi. Poytaxt Xiva shahrida 20 mingdan ortiq aholi yashagan. Xonlikning butun hududi urug‘-qabila tamoyili asosida taqsim- langan. Xususan, Abulg‘oziy Bahodirxon ko'chib kelgan 32 ta o‘zbek qabilalarini 4 ta guruhga bo‘ldi. Bular: Uyg‘ur—nayman, qo‘ng‘irot— qiyot, nukuz-mang‘it, qang‘li-qipchoq. Bo‘lish chog'ida qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qa- rindoshlik aloqalari hamda joylashgan yeri hisobga olindi. Har bir qabilani inoq boshqargan. Har bir qabilaviy guruhdan 4 nafar kishi eng yuqori davlat lavozimlariga tayinlangan. Xon inoqlar orqali qabi- lalar hayotiga tegishli masalalami hal qilardi. Inoqlar xonning eng yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar. Xonlik hududi 23 ta ma'muriy birlikka bo‘lingan. Shundan 20 tasi beklik (viloyat), 2 tasi noiblik edi. Yigirma uchinchisi esa poy- taxt Xiva shahri va uning atrofidagi hududlar edi. Viloyatlar esa shahar va masjid qavmlariga bo‘lingan. Boshqaruvning eng quyi ma'muriy birligi masjid qavmlari (qishloq) deb atalgan. Viloyatlarni beklar, noibliklarni noiblar, shaharlarni hokimlar va masjid qavmlarini esa oqsoqollar boshqarishgan. Oqsoqollar masjid qavmlari tomonidan saylangan va xon tomonidan tasdiqlangan. Qolgan ma’muriy birliklar boshliqlari - beklar, noiblar va hokimlar xon tomonidan tayinlangan. Xiva va uning atrofidagi hududlarni xonning o‘zi boshqargan. Davlat tuzumi va boshqaruv tizimi Xiva xonligi ham Buxoro amirligi singari mutlaq monarxiya edi. Oliy hukmdor - xon davlat boshlig‘i sanalardi. Xiva xonligi mutlaq monarxiya bo‘lsa-da, Buxoro amirligidan farqli o‘laroq xonlikda, av- valgi mavzularda ta'kidlanganidck, Oliy va Kichik Kengashlar faoliyat 91 koTsatgan. Oliy Kengash, ayni paytda, taxt vorisi masalasini ham hal ctgan. Taxt otadan katta o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tgan. Qo‘ng‘irotlar davrida ham boTajak xonni oq namat (kigiz)ga o‘tqazib, uning to‘rt uchidan xonlikning eng yuqori martabali a’yonlari taxtgacha ko‘- tarib olib borish an’anasi saqlanib qolgan. Bosh vazir mansabiga tayinlangan amaldor mehtar deb atalgan. Bu lavozimga o‘troq aholi vakillari orasidan tayinlangan. Shuningdek, u vaziri a’zam, dasturi mukarram, nizom al-mulk sifatlari bilan ulugTangan. Keyingi martabali mansabdor qo'shbegi esa xonlikda to‘planadigan soliqlarning davlat xazinasiga tushishini ta’minlagan hamda moliya ishlari uchun, shuningdek, qo‘shinning holati uchun javobgar boTgan. Barcha harbiy harakatlarda ishtirok etgan. U amir, „sohibi devoni a’lo“ sifatlari bilan ulugTangan. Qo‘shbegi ko‘chmanchi qabilalar vakillari orasidan tayinlangan. Markaziy hokimiyatning kuchayishi natijasida avvallari xonlikda juda katta nufuzga ega boTgan inoqlaming mavqeyi XIX asrning birinchi yarmidan boshlab pasayib bordi. Muhammad Rahimxon I saroydagi amaldorlar sonini 360 nafardan 100 nafarga tushirdi. Biy, otaliq va inoq mansablarini bekor qildi. Xonlikda 3 ta devon (vazirlik) faoliyat ko‘rsatdi. Bular xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy va harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi devonlar edi. Ularning fao- liyatiga devonbegi rahbarlik qilardi. Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o‘zlarining biylari, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilardi. Ularning lavozimi avloddan avlodga meros boTib o‘tsa-da, nomzodini xon tasdiqlashi shart edi. Oliy Kengash a’zosi yasovulboshi xonlik xavfsizlik xizmatini boshqargan. Xonning qoTiqlanishi va maxfiy davlat hujjatlarining saqlanishi uchun javob- gar boTgan. Urush harakatlari vaqtida qo‘shinga qo‘mondonlik qil- gan hamda turkman qabilalaridan tuzilgan harbiy qismni ham bosh- qargan. Xonlikda mirob, parvonachi, qutvol, shug'ovul (chet el davlatlari elchilarini qabul qiluvchi va ulaming ta’minoti uchun mas’ul amaldor), mahram (xonning maxfiy maslahatchisi, alohida top- shiriqlarini bajaruvchi, zarurat boTganida elchi qilib jo‘natiladigan mansabdor shaxs) kabi lavozimlar ham mavjud edi. . Xonlikda sud ishlari islom dini huquqshunoslari qo‘- u is ari Har bir beklikda 1 nafardan 4 nafargacha qozi boTgan. Qozilikka islom huquqining eng bilimdon vakillari 92 orasidan imtihon o‘tkazish yo‘li bilan saralab olingan. G'oliblar xon farmoni bilan taqdirlanganlar. G'olibning qozi etib tayinlangani to‘g‘- risida ularga xon yorlig‘i („Yorlig‘i xumoyun-u ali“) berilgan. Muftiy qozi hukmining shariatga qanchalik mos kelishi haqida fat- vo chiqargan. Sud qarori muftiy unga o‘zining muhrini qo‘yganidan so‘nggina rasmiy maqomga ega bo‘lgan. Xiva shahrida 7 nafar muftiy faoliyat yuritgan. Ularga islom huquqining eng obro‘li namoyandasi- a'lam rahbarlik qilgan. U muftiylar bergan xulosani ko‘rib chiqib uni yo tasdiqlagan, yo qaytargan. Sud ishi bo‘yicha shikoyatlar Xiva shahridagi 2 nafar Oliy qozilar tomonidan o‘rganib chiqilgan. Ular- ning biri qozi kalon, ikkinchisi esa qozi o‘rda edi. Ayni paytda, qozi xoss mansabi ham bo‘lib, u xon xonadoni a’zolari o‘rtasidagi masalalarni ko‘rib chiqqan. Qozi askar esa qo‘shinda sodir bo‘lgan islom qonunlarining bu- zilishi bilan bog‘liq ishlar ustidan hukm chiqargan. Naqiblar - pay- g‘ambar avlodlari jamoasi vakillari bo‘lib, jamiyatning diniy hayoti sohasi uchun mas’ul edilar. Ular xonning eng ishonchli kishilaridan sanalgan va harbiy harakatlar chog‘ida doimo unga hamrohlik qilgan. Shuningdek, ular taTim sohasi ishlari uchun ham javobgar edi. Rais (qozi rais) esa jamiyatda shariat qonun-qoidalariga qanchalik amal qilinayotganligi ahvolini, shuningdek, ota-onalaming bolalarini mak- tabga yuborayotganligini kuzatib borgan. Harbi ish Xiva xonligida Muhammad Rahimxon I davrida muntazam qo'shin tuzildi. Mazkur qo‘shin xon nav- karlari deb ataldi. Uning umumiy soni 2 ming askardan iborat edi. Qo‘shinning Bosh qo‘mondoni yasovulboshi deb atalgan. Tinchlik paytida xon navkarlari xon va uning oilasini ham qo‘- riqlagan. Qo‘shin va harbiy mansabdorlar Xiva shahriga yaqin at- rofdan ma’lum miqdorda yer maydoni hamda maosh bilan ta’min- langan. Xonlikda, shuningdek, nomuntazam qo‘shin — xalq lashkari ham mavjud edi. XIX asr o‘rtalarida ularning soni 9-10 ming ki- shini tashkil etgan. Biroq Buxoro qo‘shinidan farqli ravishda Xiva xonligi doimiy qo‘shini maxsus harbiy kiyim-boshga ega boTma- gan. Harbiylar, asosan, har xil chopon kiyishgan. Xonlikda davlat chegarasini qo‘riqlash uchun ham qo‘shin ajratilgan. Chegara qo‘- shiniga qorovulbegi qo‘mondonlik qilgan. 93 1. Xiva xonligining hududi va aholisining tarkibi haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Abulg‘oziy Bahodirxon nega Dashti Qipchoqdan ko‘chib kelgan qabilalarni guruhlarga bo‘lib joylashtirdi? 3. „Inoqlar boshqaruvi" dcyilganda nima tushuniladi va u qachondan boshlandi? 4. Xonlikdagl eng yuqori mansab - mehtar va qo‘shbegi lavozimlarini bir-biriga taqqoslang. 5. Xiva xonligida sudlovni amalga oshirish qanday tartibda olib bo- rilgan? Yasovul va mahram lavozimlarini bir-biri bilan taqqoslang, O‘x- shash va farq qiluvchi jihatlarini daftaringizga yozing.4 26-§. Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Shaharlar hayoti Yer egaligi munosabatlari Yer xonlikning asosiy boyligi edi. Barcha yer davlat mulki sanalgan. Egalik shakliga ko‘ra Xiva xonligi yerlari ham davlat (podshoh), mulk (xususiy yerlar) va vaqf yerlariga bo‘lingan. Davlat yerlarining bir qismi xon va uning qarindosh-urug‘lariga hamda oliy martabali ruhoniylarga tegishli Xonga tegishli yerlar mulki xolis, mulki xossa, amloki xossa, mulki maxsusa nomlari bilan atalgan. Xonga tegishli yerlardan davlat xazinasiga soliq to‘lanmagan. Yirik martabali amaldorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun tarxon yerlari berilgan. Tarxonni meros qoldirish, boshqaga o‘tkazish man etilgan. Undan faqat vaqtincha foydalanish mumkin edi. Davlat yerlarining bir qismi xususiy mulk shaklida sotilgan. Shu tariqa, yer egaligining mulk (xususiy yerlar) shakli vujudga kelgan. Yerning xususiy mulk qilib sotilganligi haqida davlat nomidan bitim imzolangan. Shundan so‘ng yerning sotib olinganligi haqida mulk egasiga vasiqa berilgan. Davlat yerlarining yana bir qismi mayda dehqon xo‘jaliklari qo‘lida bo‘lgan. Davlat xazinasiga daromad, asosan, ana shu yerlardan tush- gan. Chunonchi, 10 tanobdan ortiq yer berilgan xo‘jaliklar 3 tilladan, 5 tanobdan 10 tanobgacha yer berilganlar 2 tilladan, 5 tanobgacha 94 yer berilganlar yiliga 1 tilladan soliq to‘laganlar. Davlat yerini ijaraga oluvchilar bevatan, xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar koranda, vaqf yerlarini ijaraga oluvchilar esa vaqfchi deb atalgan. Ijaraga olingan 15 tanob yerga ishlov beruvchi yersiz dehqonlar 34, 10 tanob yerga 23 va 5 tanob yerga esa 12 kumush tanga miqdorida soliq to‘lagan. Xonlikda keng tarqalgani vaqf yerlari edi. Uning hajmi sug‘orila- digan va aholi yashaydigan yerlarning 40 foizga yaqinini tashkil et- gan. Vaqf yerlari ham yuqorida aytilganidek, ijaraga berilgan. Xiva xonligida shartli (vaqtincha) yer egaligining boshqa ikki o‘zbek davlatlarida mavjud bo‘lmagan otliq deb atalgan shakli ham mavjud edi. Xiva xonlari harbiy yurish chog‘larida, asosan, turkman qabilalarining otliqlariga tayanganlar. Harbiy harakatning qanday nati- ja bilan tugashi ko‘p jihatdan ularga bog‘liq edi. Shuning uchun ham har bir otliq hisobiga foydalanish uchun 30-50 tanob yer mulki berilgan. „Otliq“ olgan yer egasi xon talab qilgan vaqtda bir otliq askarni qurollantirib xon huzuriga yuborgan. Yerlar har uch yilda bir marta qayta xatlovdan o‘tkazilgan. Nihoyatda noqulay tabiiy sharoitda ekinzorlarga suv chiqarish va dehqonchilik qilish xonlikda ancha mashaqqatli mehnat talab etardi. Mehnatkash xalq bu mashaqqatlami mardonavor yengib o‘tgan. Mehnatkash xalq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini juda og‘ir tabiiy sharoitda yetishtirganlari uchun adolat yuzasidan ijaradorlaming ulushi yetishtirilgan hosilning 75% ini tashkil etgan. _ .. . Barcha davlatlarda bo‘lganidek, Xiva xon-Soliq va maiburiyatlar .. ., , ,. ,ligida ham aholi to laydigan soliqlar va ular o‘taydigan majburiyatlar belgilab qo‘yilgan. Xonlikdagi asosiy soliq yer solig'i bo‘lib, u salg‘ut deb atalgan. Hunarmandlar, tash- qi savdo bilan shug‘ullanuvchi savdogarlar, chorvadorlar zakot to‘- lashgan. Uning miqdori mulk qiymatining 2,5% ini tashkil etgan. Ba’zi hollarda barcha soliq yilning boshidayoq yoki bir necha yillik soliq avvaldan undirilishi mumkin edi. Soliqqa tortishning bu shak- li barot deb atalgan. Bundan tashqari, aholi begar deb ataluvchi rasman 12 kunlik davlat majburiyatiga jalb etilgan. Begar chog‘ida qishloqning har bir xonadonidan bir kishidan odam jalb etilgan. Ular har yili kanal qazishda, sug‘orish inshootlarini bunyod etishda yoki ta’mirlashda, yo‘llarni tuzatishda va turli binolar qurilishida mehnat qilganlar. 95 amirlik tashkil etildi. Amir Ma’mun ibn Muhammad shahridagi xorazmshohlar hokimiyatini ag‘dardi va hukmdori - Xorazmshoh deb e’lon qildi. Gurganj Xorazm davlatining poytaxtiga aylandi. Sha- Gur- keta sha- yur- (Ur- Xorazm davlati (keyinchalik Xiva xonligi) tarixida Ko‘hna Urganch, Vazir, Yangi Ur- ganch va Xiva poytaxt maqomiga ega bo‘lgan shaharlardir. Ko‘hna Urganch (asl nomi Gurganj, miloddan avvalgi I asrdagi manbalarda uchraydi) X asming ikkinchi yarmida Xorazmda markazi Gurganj shahri bo‘lgan 995-yilda Kot o‘zini Xorazm Shu tariqa, har tez sur’atlar bilan rivojlandi. Ilm-fan yuksaklikka ko‘tarildi. Xo- razmshoh ma’muniylar tashkil etgan ilm-fan markazi (Ma'mun aka- demiyasi)da zamonasining Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi o‘nlab allomalari shu ilm maskanida faoliyat yuritdilar. Ko‘hna Urganch Buyuk Xorazmshohlar davlatining ham poytaxti bo‘lgan. Biroq shahar Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan vayron qilindi. 22-mavzuda ta'kidlanganidek, Amudaryo o‘z o‘zanini o'zgartirib Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli ganj shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib boshladi. Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon 1646-yilda boshqa har - Yangi Urganch shahrini qurdirdi. Sarson-sargardon bo‘lib gan aholini shu shaharga ko‘chirtirib keldi. Avvalgi Gurganch ganch) shahri endi Ko‘hna Urganch deb ataladigan bo‘ldi. Abulg‘oziy Bahodirxonning o‘g‘li Anushaxon hukmronligi davrida Yangi Urganch yaqinida Shohobod nomi berilgan katta kanal qazildi. Kanal shahar obodonchiligida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Xiva Xorazmning eng mashhur va eng qadimiy iva s a n shahridir. U mil. avv. V asrda bunyod etilgan. Uning butun tarixi Xorazm tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib keldi. Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq bi- lan G‘arbni bog‘lovchi savdo yo‘li o‘tganligi bilan izohlanadi. Xiva XVII asrning birinchi choragidan 1920-yilgacha xonlikning poytaxti bo‘lib keldi. 1997-yilda (xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bi- lan) Xiva shahrining 2500 yilligi katta shodiyona va faxr bilan ni- shonlandi. Shahar dunyoda „Ming gumbaz shahri“ nomi bilan ham mashhurdir. 96 XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida ikkita xon saroyi, o‘n yettita masjid va yigirma ikkita madrasa mavjud bo'lgan. XIX asrda Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turuvchi ikki qism- ga - Ichan qal’a (Ichki shahar) va Dishan qal’a (Tashqi shahar)ga bo‘lindi. Tchan qal’a Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan O‘rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlikdir. Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismidir. Ichan qal'a Dishan qal’adan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog‘cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to‘rtta darvoza orqali kirilgan. Xorazm o‘lkasi me'morchiligining ajoyib obidalari - madrasa, masjid, xon saroyi, ma’muriy binolar, bosh maydon va minoralar Ichan qaTada joylashgan. Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon hukmronliklari davrida Ichan qal’ada keng ko‘lamli bun- yodkorlik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa va maqbaralar barpo etildi. Ko‘hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi. Muhammad Aminxon Ichan qal’aning g‘arbiy qismidagi Ko'hna ark yoniga Kalta minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi. Xiva. Ichan qal’a 7-O‘zbekiston tarixi, 8-sinf 97 Ichan qal'ani bunyod etishda Xiva me'morlari O‘rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana - inshootlarni ro‘parama-ro‘para qu- rish usulidan foydalanishgan. Bu usul „qo‘sh“ deb ataladi. Bundan tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an'analariga ham amal qilingan. Masalan, Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi. Noyob me’morchilik obidasi bo‘l- gan Ichan qal’a 1961-yilda me’moriy yodgorlik sifatida alohida mu- hofazaga olindi va muzey-qo'riqxonaga aylantirildi. Uning maydoni 26 ga. ni tashkil etadi. Unda 54 ta tarixiy-me’moriy obida joylashgan. 1969-yildan muzey-qo‘riqxona „Ichan qal’a muzey-qo‘riqxonasi“ deb ataldi. 1990-yilda Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Ichki va tashi savdo Dishan al’a Dishan qal'a — Tashqi qal’a Xiva shahrining rabod qismi hisoblanadi. Unda savdo va hunarmandchilik do‘konlari, mahallalar joylashgan. 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, qalinligi esa 5 — 6 metr bo‘lgan devor bilan o'ratgan. Ichan qal’a 4 darvozali boTsa, Dishan qal'a 10 darvozali boTgan. CXonlikning ichki va tashqi savdosi tobora ri- vojlanib bordi. Ichki savdo-sotiqda Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega boTgan. Xonlikdan, asosan, qorako‘1 teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Usmonli kabi davlatlarga eksport qilingan. Xiva xonligining Buxoro, Eron va Afg‘oniston bilan savdo qiluvchi savdogarlari „buxorochi“ deb atalgan. Xivaliklar Eronga ipak, qora- ko‘1 teri, barra qo‘zi terisi, kunjut, bug‘doy va turkman otlarini olib borishgan. Xiva savdogarlari Erondan murch, imbir kabi hind mollari bilan birga ipak mato, feruza, salla uchun ishlatiladigan kirmonshoh shollari olib kelishgan. Rossiya bilan boTgan savdo-sotiq Xiva xonligining iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega edi. Xiva Rossiyaga paxta, jun, ipak chiqarardi. Rossiyadan esa ip, gazlama, movut, qand-shakar, metall buyumlar, temir, mis, cho‘yan keltirardi. Savdo-sotiq tekis bormasa-da, lekin o‘sib borardi. 1844-yilda Xiva Rossiyaga 137 ming rublli, 1867-yilda 1,5 million rublli tovar eks- 98 port qildi. Rossiyadan tegishli ravishda 270 va 486 ming rublli to- var keltirildi. Bu Xivaning tovar chiqarishi 23 yil ichida 10 bara- var, tovar keltirishi esa 1,5 baravar ko‘payganini hildiradi. Rossiya, ayni paytda, Xivani jahon bozori bilan bog‘lay oladigan tayanchiga ham aylandi. Shuning uchun ham savdogarlar bu aloqani yanada mustahkamlashga intildilar. 7 1. Xiva xonligida yer egaligi shaklida Buxoro amirligida uchramay- digan jihatni toping. 2. Yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqlar miqdori nimaga 3. 4. 5. 6. bog‘liq edi? Davlat qanday soliqlar joriy etgan edi? Ko'hna Urganch va Vazir shahri haqida nimalarni bilib oldingiz? Xiva nimasi bilan dunyoni lol qoldirib kelmoqda? Xiva-Rossiya savdo aloqalarining ' 'langanligini tasdiqlovchi misollar keltiring. 27-§. Xiva xonligining tashqi siyosati Xonlikning Osiyo davlatlari bilan aloqalari XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining Buxoro, Qo‘qon, Afg‘oniston, Eron, Hindiston va Usmonli kabi davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va elchilik aloqalari rivojlandi. Bunga, bir to- mondan, Xiva xonligi hududining O‘rta Osiyo savdogarlari va Haj safariga boruvchilarning Kaspiy dengizi orqali muqaddas Makka va boshqa shaharlarga o‘tish manzilgohiga aylanganligi, ikkinchidan esa chet davlatlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish davlat xazinasiga da- romad keltirayotganligi sabab bo‘ldi. Avvalgi mavzulardan Sizga ma’lumki, Xiva-Buxoro munosabatlari har doim ham silliq kechmadi. Bu holat keyinchalik ham davom etdi. Chunonchi, ularning manfaati Marv viloyatida ham to‘qnash keldi. Chunki Marv O‘rta Osiyo davlatlarini Eron bilan bog‘lovchi muhim savdo yo‘li ustida joylashgan edi. Shuning uchun ham XIX asrning birinchi yarmida bu ikki davlat o‘rtasida bir necha bor o‘zaro urushlar yuz berdi. Chunonchi, Muhammad Rahimxon I 1822-yilda Marvni Buxorodan qaytarib oldi. Shundan keyin ham Marv uchun kurash to‘xtamadi. Ikki davlat o‘rtasida bir necha bor yuz bergan 99 urushlardan so‘ng, nihoyat, 1845-yilda Xiva xonligi Marvni uzil-kesil o‘ziga qo‘shib oldi. Biroq munosabatlar qanchalik keskin bo‘lmasin, o‘zaro savdo aloqalari to'xtab qolmadi. 1812-yilda Xivaga Eron va qozoqlarning O‘rta juz xonligidan el- chilar kelishdi. Ular bilan davlat chegaralari xavfsizligi va savdo- sotiq masalalarida kelishuvga erishildi. XIX asr boshlarida Xiva va Afg‘oniston o‘rtasida elchilik munosabatlari o'matildi. Muhammad Rahimxon I hatto Afg‘onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishida yordam ham berdi. Buning evaziga Afg‘oniston Xiva xonligi savdogarlariga Kobul bozorida erkin savdo qilish huquqini berdi. Xiva xonligi Qo‘qon xonligi bilan ham o‘zaro munosabatlami mustahkamlashga harakat qildi. Chunonchi, 1843-1844-yillarda Xi- vaga Qo‘qon xonligi elchilari keldi. Muzokaralar davomida ikki dav- lat o‘rtasida hamdo‘stlik va o‘zaro savdo aloqalarini yanada rivoj- lantirishga kelishildi. Tabiiyki, u yoki bu davlatga chet ellardan savdogarlarning muntazam kelishi ularga yaratiladigan qulay sharoit- ga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham Xiva xonlari chet ellik sav- dogarlarga shunday sharoit yaratish masalasiga katta e’tibor bergan- lar. Chunonchi, Olloqulixon ajoyib me’moriy obida, xonlik ustalari yuksak mahoratining ko‘zgularidan biri bo‘lgan Karvonsaroy maj- muasini bunyod ettirdi. Bu majmua 14 gumbazli tim (yopiq bo- zor), karvonsaroy va omborxonadan iborat qilib qurilgan. Bozorda Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya, Buxoro va Qo‘qon kabi davlatlardan keltirilgan mollar sotilardi. Karvonsaroy ikki qavatli bo'lib, 105 huj- rali edi. Xiva xonligining anori, qovuni, uzumi, nashvatisi, anjiri va o‘rigining shirinligi chet ellarda ham mashhur bo‘lgan. Xiva-Rossiya munosabatlarida muhim jihat shunda ediki, o‘zaro savdodan har ikkala dav- lat ham birdek manfaatdor edi. Xiva savdo- garlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo‘llari xavfsiz edi. Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya sanoatining tayyor iste’mol mahsulotlariga ehtiyoj baland edi. Ayni paytda, Ros- siya Xiva xonligiga o‘z mahsulotlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya mahsulotlari Yevropaning ilg‘or davlatlari tovarlari bilan raqobat qila olmayotgan bir davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan, Xiva - Rossiya munosabatlarining o‘ziga xos jihatlari 100 Xiva-Rossiya munosabatlarining keskinlashuvi Xiva xonligi Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o‘lka ham hisoblanardi. Xivadan Rossiyaga paxta, ipak, bo‘z, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari. quritilgan meva va boshqa mahsulotlar olib borilgan. Xiva savdogarlari Nijniy Novgorod shahrida o'tkaziladigan yarmarkalarda qatnashganlar. Rossiyadan esa Xivaga metall, to‘qimachilik mahsulotlari, turli rangli bo‘yoqlar, mo‘yna terilari, qurol-aslaha keltirilardi. Biroq har ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabat- larining qaror topishiga har ikki tarafning Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlami o‘z fuqarolari deb hisoblashlari, shuningdek, har ikki tomonning o‘zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida uzoq vaqt bir to‘xtamga kela olmaganliklari ham to‘sqinlik qilmoqda edi. Maqsadi O‘rta Osiyoni egallashdan iborat bo‘lgan Rossiya o‘zbek davlatlariga, xususan, Xiva xonligiga turli bahonalarni ro‘kach qi- lib, bosim o‘tkazishni kuchaytirib bordi. Rossiya 1822-yilda O‘rta juz va 1824-yilda esa Kichik juz xon- liklarini bo‘ysundirdi. Endi Rossiya chegarasi bevosita Xiva xonligi chegarasiga yaqinlashib qoldi. Bunday sharoitda Xiva xonligi qozoq cho‘llarining ikki davlat o‘rtasida bir-birini ajratib turuvchi hudud bo‘lib qolishi uchun harakat qildi. Biroq Rossiya buni istamadi. Oqi- batda, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat keskinlasha bordi. Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi o‘zbek davlatlariga suqilib kira boshladi. Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to‘l- dirish xavfl ham vujudga keldi. Shunday sharoitda Rossiya hu- kumati Xiva xonligiga nisbatan o‘z talablari ko‘lamini tobora ke- ngaytirib bordi. Chunonchi, u Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berilishini ham talab etdi. Bora-bo- ra Rossiya Xiva bilan munosabatni harbiy kuch orqali tartibga so- lish yo‘lini tanladi. Shu maqsadda 1839-yilda V. Perovskiy harbiy ekspeditsiyasi tashkil etildi. Biroq Ustyurtning qattiq sovug‘i, oziq- ovqat va yem-xashakning yetishmasligi oqibatida ekspeditsiya talafot ko‘rdi. Oqibatda, V.Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. Lekin ekspeditsiya izsiz ketmadi. V. Perovskiy ekspeditsiyasi Xiva xonini Rossiya bilan kelishuv yo'lini axtarishga majbur etdi. 101 Rossiya hukumati endi Xiva xonligiga o‘z „Majhuriyatlar akti‘‘ majburan 0ie KJio6yKn“ („qora qalpoqli- lar“) deb qayd etilgan. Qoraqalpoqlar tepa tomoni ingichkalashib chiqqan bosh kiyim — qalpoq kiyib yurganlari uchun shunday nom bilan atalganlar. qalpoq kiyib yurganlan uchun shunday nom bilan atalganlar. Chingizxon Xorazmshohlar davlati poytaxti Urganch shahrini egal- lagach, uni suvga bostirish maqsadida Amudaryo to‘g‘onini buzdirib tashlaganligi oqibatida Amudaryoning o‘zani ham o‘zgardi. Oqibatda, suvsiz qolgan Orolbo‘yi qoraqalpoqlarining bir qismi Volga va O‘rol (Yoyiq) daryolari bo'ylariga, Sirdaryo vohalariga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldilar. Oltin O‘rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlat- lar ajralib chiqdi. Bu davlatlarning biri - XIV asr oxirida tashkil topgan No‘g‘ay (Mang‘it) xonligi edi. Uning chegarasi — Volga dar- yosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo‘ylaridan Ka- ma daryosigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olardi. Binobarin, qoraqalpoqlar ko‘chib borib joylashgan hududlar XIV-XVI asrlarda No‘g‘ay xonligi hududiga kirdi. No‘g‘ay va qoraqalpoq xalqlari o‘za- ro siyosiy hamkorlikda, birlashma boTib yashadilar. Ayni paytda, qo- 110 raqalpoqlar No‘g‘ay xonligi tarkibida o‘zlarining boshqaruv tizimiga ega edi. Keyinchalik No‘g‘ay xonligi parchalangach, 1556-yilda qo- raqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga ko‘chib keldilar va qozoqlaming Kichik Juz xonligi tarkibiga kirdilar. Shunday bo‘lsa-da, ular poytaxti Jankent shahri boTgan o‘z davlatlariga ega edi. Qoraqalpoqlarning bir qismi esa Xiva xonligi hududi chegarasida Orolbo‘yi o‘zbeklariga yaqin hududda yashab qolgan qoraqalpoqlarga kelib qo‘shildilar. Bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga, yana bir guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar“ va „quyi qoraqalpoqlar“ga bo‘linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o‘rtasida bo‘sh yotgan yerlarga ham o‘rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug‘ullandilar. Qoraqalpoqlaming alohida bir xalq ekanligini 1598-yilda Buxoro rrtj xoni Abdullaxon II ning bir yorlig‘ida „qoraqalpoqlar“ degan so‘z qayd etilganligi ham tasdiqlaydi. „ , „ . 1723-yilda iung‘orlar bostirib kelib, Sir-Qoraqalpoq va Rossiya , . .... „ ’ munosabatlari daryoning o‘rta qismmi egallagach, qo- raqalpoqlar yana ko‘chishga majbur bo‘lishdi. Ko‘chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo‘linib ketdi. Qo- raqalpoqlar shunday sharoitda Rossiya bilan aloqa o'rnatishga harakat qildi. Chunki jung‘orlar hujumidan omon qolish juda muhim edi. Ikkinchidan, Rossiya bilan savdoni yoTga qo‘yish ham zarur edi. 1726-yilda qozoqlarning Kichik Juz xoni Abulxayrxon Peterburgga o‘z elchilarini jo'natdi. Uning tarkibida qoraqalpoqlar vakili ham bor edi. Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o‘z elchisi M.Tevkelevni Abulxayrxon huzuriga jo‘natdi. Muzokaralar natijasida Kichik Juz tar- kibidagi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi. Ayni payt- da, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik Juz xonligiga yasoq toTashi tan olindi. Qoraqalpoqlarning Rossiya fuqaroligiga qabul qi- linishi - ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi. Asta-sekin qoraqalpoqlaming Orolbo‘yi o‘zbeklari bilan yaqinlashu- vi yuz bera boshladi. Orolbo‘yi o‘zbeklari Xiva xonligi hokimiyatiga bo‘ysunishni ista- mas edi. Xon hukumati o‘z oldiga Orolbo‘yi o‘zbeklarini hamda 111 qoraqalpoqlarni bo‘ysundirish maqsadini qo‘ydi. Nihoyat, uzoq ku- rashlardan so‘ng, 1735-yildagina Orolbo‘yi o‘zbeklari va qoraqalpoq- lar Xiva xonligi hokimiyatini tan olishga majbur etildi. 1811-yilda esa qoraqalpoqlar Oydo‘stbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon Xiva xonligiga to‘la bo‘ysundirildi. 1827-yili Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqal- poqlar qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olonga qoraqal- poqlar biyi Oydo'stbiy boshchilik qildi. 1827-yil 25-iyul kuni Xiva xoni Olloqulixon Oydo‘stbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirish uchun qo‘shin jo‘natdi. Kuchlar noteng bo'lgan jangda qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilindi. Oydo‘stbiy esa qatl etildi. Qo‘zg‘olon bostirilsa-da, xalqning zulmga qarshi naf- rati kuchayib bordi. 1859-yilda Xiva xoni Said Muhammadxon qora- qalpoq xalqining qattiq bosimi ostida ularga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini berdi. Bu bilan Xiva xonligi tarkibida bo‘lsa-da, qoraqalpoq davlatchiligi amalda tiklandi. Butun hokimiyat Biylar og'asi qo‘lida to‘plandi. Uning maqomi xon maqomiga tenglashtirildi. j... . . . Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug‘chilik, qabilachilik munosabatlari ancha kuchli edi. Har bir urug‘ yoki qabilaga b/ylar boshchilik qilardi. Harbiy qism- larni botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo'ja- larning ham o‘mi katta edi. Ovul boshlang‘ich ma’muriy bo‘g‘in bo‘lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi. Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma’muriy mansablar ham bor edi. Biylar og'asi ilgari urug‘ yig‘inlarida saylangan bo‘lsa, qoraqal- poqlar Xiva xonligiga bo‘ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo‘ldi. Xon tomonidan tayinlangan Biylar og‘asiga urug‘ biylari bo'ysungan. Amudaryoning so‘l sohilidagi Qo‘ng‘irot, o‘ng sohilidagi Chimboy shaharlari qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga ay- landi. 4. . Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chor- o ja i ayoti vachilik bilan shug‘ullanib keldilar. Qoraqalpoqlar Orol bo‘ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi yerlarda dehqon- chilik bilan shug‘ullanardilar. Bug‘doy, arpa, tariq nsl boshqa ekinlar ekib, mo‘l hosil olganlar. Yangi (Jana)daryo va Quvondaryo havzalarida qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug‘orish inshootlari dehqonchilikning yetakchi o‘rinda turganligidan guvohlik beradi. XVIII 112 asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko‘1, Kegayli, XIX asr o‘rtalarida Chimboy, Qo‘ng‘irot dehqonchilik vohalari vujudga keldi. Dehqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o'roq kabi mehnat qurollaridan foydalanilgan. Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida chorvachilik ham muhim o‘rin tutgan. Chorvadorlar ho‘kiz va tuya qo‘shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yil davomida sero‘t yay- lovlarga ko'chib yurganlar. Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida baliqchilik va ovchilik ham mu- him ahamiyatga ega bo‘lgan. 9 2. 3. 4. 5. 6. Qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni haqida nimalarni bilib oldingiz? „Qoraqalpoq“ atamasi qanday kelib chiqqan? Yurtimizda dastlab „qoraqalpoqlar“ deb tilga olingan hujjat kimga tegishli edi? Qoraqalpoq-Rossiya, Qoraqalpoq-Xiva munosabatlariga oid faktlar ro‘yxatini tuzing. Oydo‘stbiy qo‘zg‘olonining sababi va oqibatlari haqida so'zlab be- ring. Nega Xiva xoni Qoraqalpoqlarga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini berishga majbur bo‘ldi? Ma'lumki, Qoraqalpog'iston Respublikasi bugungi kunda O‘z- bekiston tarkibidagi davlat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining qaysi bobi va moddalarida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar qanday tar- tibda hal etilishi belgilab qo‘yilganligini aniqlab, mazkur modda- laming mazmunini o'rganib keling. 31- §. Qoraqalpoqlarda madaniy va ma’naviy hayot , Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko'chman- urmus arzi chilik turmush tarzidan o‘troqlikka o‘tish jarayo- nini boshidan kechirdilar. Aholining asosiy qismi o'tov va paxsa wylardan iborat ovw/larda yashardi. Keyinchalik qo'rg'on (qal’a) va shaharlar vujudga keldi. Qoraqalpoqlar bir necha urug‘lardan iborat bo‘lib, har urug‘ a’zo- si o‘z urug‘ining mustahkamligini ta’minlashga intilardi. Bir urug‘ 8—O‘zbekiston tarixi, 8-sinf 113 ichida o‘zaro nikoh taqiqlangan. To‘yda haxshilar dostonlardan qo‘- shiqlar kuylashardi, aytishuvlar avjiga chiqardi. Polvonlar kurashga tushardi. Qoraqalpoqlar qishlovni ko‘pincha dengiz va daryo bo‘ylarida o‘tkazganlar. Arava, qayiq, sol va ot asosiy transport vositasi bo‘Igan. Qoraqalpoqlar kiyim-kechagida milliylikka alohida e’tibor berganlar. Bu narsa, ayniqsa, ayollar va qiz bolalar savkeli (qalin bo‘zdan tiki- lib, kumush va maijonlar bilan bezatilgan bosh kiyim)da yaqqol na- moyon bo‘lgan. Qoraqalpoqlar Qo'ng'irot, Chimboy, Xojayli kabi yi- Shaharlar shaharlami bunyod etganlar. Shulardan Qo‘ng‘irot va Chimboy qoraqalpoqlarning ma’muriy markazlari edi. Bu shaharlar XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida barpo etildi. Xo‘jayli shahri Orol va Xiva oralig‘idagi savdo markazi bo‘lib, bojxona shu shahar- da joylashgan. Shaharlar baland devorlar bilan o‘rab olingan. Sha- har ichkarisida ko‘rkam binolar, saroylar barpo etilgan. Janaqal'a, Oydo‘stqal’a, Ernazarqal'a, Ko‘ko‘zakqal’a, Eshonqal’a kabi qal’a shaklida qurilgan shaharlar qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan me’morchilik madaniyati yodgorliklari hisoblanadi. Shaharlarda XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon mavzelarida, Eshon- qal'ada madrasalar mavjud bo‘lgan. Hunarmandlar 12-13 yoshli bo- lalarni shogirdlikka qabul qilib, ularga hunar sirlarini o‘rgatganlar. Qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta’lim olgan- lar. . . Qoraqalpoqlarning xalq og‘zaki ijodi juda boy. Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligi- san a va musiqa nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular so‘z ustalari bo‘lgan chechanlami, baxshi (jirov)larni sevadilar. E1 oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. O‘zbeklaming Afandisi kabi qoraqalpoqlaming qiziqchisi - O‘mirbek laqqisi bor. O‘mirbek laqqi o‘z latifalarida jamiyatdagi kamchiliklar ustidan ku- luvchi xalq qahramoni sifatida gavdalanadi. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so‘zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylarning kirdikorlarini fosh qilib, mardlik, to‘g‘rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. Latifalarini yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilarni xursand qilgan. 114 Qahramonlik dostonlari „Qirqqiz“, „Alpomish“, „Qublon“, „Mast- poshsho“, „Edigey“ dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Masalan, .,Edigcy“ dostonida Amir Temur, To‘xtamish faoliyati bilan bog‘liq voqealar bayon etilsa, „Qirqqiz“da qoraqalpoq xalqining ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o‘z badiiy ifodasini topgan. Qoraqalpoqlarning xalq qo‘shiqlarida el-yurt yo‘lboshchilari, qahra- monlari — Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo‘stbiy, Emazarbiylar ulug‘lanadi. Qoraqalpoqlar tasviriy san’atidagi o‘ziga xoslik, ayniqsa, ular to‘- qigan gilam va kashta buyumlarda yorqin ifodasini topgan. Ularga tushirilgan naqshli bezaklar suv ramzini aks ettiruvchi to‘lqin ko‘ri- nishiga ega bo‘lgan. Bu bejiz emas edi. Chunki qoraqalpoqlar qadim- dan daryo va ko‘l bo‘ylarida yashab kelganlar. Bundan tashqari, qo- raqalpoq tasviriy san’atining yana bir o‘ziga xosligi uning qadama naqshli yog‘och o‘ymakorligida yaqqol namoyon bo‘ladi. Qoraqalpoqlar qo‘shiqchiligi mazmuniga ko‘ra xalq, tarixiy va ma- rosim qo‘shiqlariga bo‘lingan. Ular qo'biz, dutor, g'ijjak, surnay, no- g'ora kabi musiqiy cholg‘u asboblari yordamida ijro etilgan. Doston ijrochilari jirovlar, baxshilar va qissaxonlar deb ataluvchi uch guruhga bo‘linganlar. Ular bir-biridan aytadigan dostonlarining mazmuni, ijro etish uslublari, kuy va musiqiy cholg‘u asboblari bilan farq qilganlar. Masalan, jirovlar qahramonlik dostonlarini qo‘biz jo‘rligida, baxshilar esa dutor va g‘ijjak jo‘rligida ijro etganlar. Qissaxonlar esa doston qo‘lyozmalarini zo‘r mahorat bilan o‘qib yoki yoddan aytib berganlar. XVIII—XIX asrning birinchi yarmida qora- qalpoq adabiyotining ko‘zga ko‘ringan bir nechta namoyandalari qalam tebratganlar- bugungi kunda ham ardoqlanadi. Ulardan Qoraqalpoq yozma adabiyoti kim, ularning nomlari biri Jiyen Jirov (1730-1784) mashhur baxshi, hajvchi shoir sifati- da kamol topdi. „Hoy yigitlar, yigitlar" va „Yuragimda ko‘p do- g‘im“ kabi qator she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklami, hukmron tabaqalarning kirdikorlarini, xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini fosh etadi. Qoraqalpoqlar — erksevar xalq. Shuning uchun ham ular do- imo o‘z erklari uchun ozodlik kurashi olib borgan. Ma’lumki, qo- zoqlarning Kichik Juz xoni Abulxayrxonga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilgan edi. Bu mag‘lubiyat natijasida ular 115 azob-uqubatlarga duchor etildi. Xususan, Sirdaryo bo‘ylaridagi qo- raqalpoqlar har yoqqa tarqab ketdi. Ularning bir qismi Toshkent atrofiga (Chirchiq bo‘ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga (Orol dengizining janubiy sohillariga) ko'chib ketdi. Mana shu ko‘chishlarning guvohi boTgan Jiyen Jirov „Darbadar el“ nomli doston yozib, unda qoraqalpoqlarning mashaqqatli davri tarixini haq- qoniy bayon etdi. Baxshi sifatida „Alpomish“, „Qirqqiz“ kabi dos- tonlami zo‘r mahorat bilan kuyladi. Qoraqalpoq adabiyotining ko'zga ko‘ringan vakillaridan yana biri Kunxo‘ja Ibrohim (1799-1880) edi. Uning ayniqsa „O‘roqchilar“, „Cho‘ponlar“, „E1 bilan“ kabi she'rlari xalq orasida mashhur edi. Bu asarlarda qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi og‘ir ahvoli, erksiz turmushi va hukmron tabaqalar kirdikorlari katta mahorat bilan fosh etilgan. Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li (taxallusi Zevar) ham (1824—1878) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biridir. U boshlang‘ich taTimni Mo‘ynoqdagi eski maktabda o‘qidi. Keyin Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida ilm oldi. Ajiniyozdan yuz- dan ortiq she’r va dostonlar meros qoldi. She’rlarida Vatan, inson- parvarlik g‘oyalarini kuyladi. Shoirning „Bo‘za- tov“ dostonida esa qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko‘chib ketishga majbur etilganligi kat- ta mahorat bilan tasvirlangan. „Kerak“, „Bo‘- ladi“, „Bo‘lmasa", „Yaxshi“, „Yigitlar“ kabi asarlarida Ajiniyozning insonparvar g‘oyalari, falsafiy qarashlari ifodalangan. Asarlari xalq orasida keng tarqalgan, „Qiz Mengesh bilan ay- tishuv" (1878) asari mashhur. Uning hayoti ha- qida shoir Ibroyim Yusupov „AJiniyoz“ asarini yaratgan. Uning asarlari o‘zbek tilida nashr etil- gan („Tanlangan asarlar" va boshqalar). Aj iniyoz 1999-yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nu- kusda Ajiniyoz maydoni barpo etildi va unga haykal o'matildi. 116 Bcrdaq Qoraqalpoq adabiyotining asoschi- si Berdaq (1827-1900) (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg'aboy o‘g‘li) nomi bi- lan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida, so‘ngra madrasada tahsil oldi. Navoiy, Fuzuliy, Mahtumquli, Kunxo‘ja asarlarini mutolaa qilib, she’riyat san'atini ulardan o‘rgandi. Berdaq tarixni, xalq og‘zaki ijodini mukammal o‘zlashtirib oldi. Uning ijodi 18-19 yoshlarida do‘mbira chertib, she’r aytishdan boshlandi. 25 yoshida xalq ora- sida iste’dodli shoir sifatida xalqqa tanildi. Uning „Bo‘lgan emas", „Umrim“ va „Soliq“ kabi she’r- larida mehnatkash xalqning og‘ir hayoti, shuningdek, Xiva xonlari va amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi o‘z aksini topdi. „O‘g‘limga“, „Ahmoq bo‘lma“ kabi she’rlari orqali esa yoshlarni Vatanni sevishga, ma’rifat cho‘qqilarini egallashga chaqirdi. Berdaq xalq hayotini, uning ezgu orzu-istaklarini yaxshi bilgan shoir edi. Shuning uchun ham uning she’rlarida xalqparvarlik ruhi kuchli edi. Berdaq tarixiy mavzularda ham qalam tebratdi. U „Omongeldi“, „Oydo‘stbiy“, „Ernazarbiy“ kabi asarlarida xonlar zulmiga qarshi kurashgan xalq qahramonlarini faxr bilan kuyladi. „Avlodlar“ asari esa tarixiy voqealar solnomasi bo‘lib, unda xalqlarning kelib chiqishi, qoraqalpoq xalqining boshqa turkiy xalqlar bilan aloqasi, ularning hayotidagi umumiylik kabi jihatlar bayon etilgan. Xiva xonligi zul- miga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon „Ernazarbiy“ dostonida ham aks ettirildi. 1998-yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlarning biriga Berdaq nomi berildi va haykali o‘rnatildi. Shoir tug‘ilgan joy - Bo‘zatovda va Nukus shahrida ham haykal qo‘yildi. 1. Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Nega adabiyotning asosini she’riyat va dostonchilik tashkil etgan? 3. Jiyen Jirov, Kunxo‘ja va Ajiniyozlarning qanday asarlarini bilib oldingiz va ularning mazmuniga nisbatan o‘z munosabatingizni bil- diring. 4. Qoraqalpoq adabiyotining asoschisi - Berdaq asarlarida qanday g‘o- yalar ilgari surilgan? 117 iv bob. xvin-xrx asrning BIRINCHI YARMIDA QO‘QON XONLIGI 32- §. Qo‘qon xonligining tashkil topishi Shohruxbiy - xonlik asoschisi Farg‘ona vodiysi ashtarxoniylar hukmron- ligi davrida Buxoro xonligi tasarrufida edi. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida mar- kaziy hokimiyat ichki kurashlar oqibatida zaiflashdi. Bunday vazi- yatdan foydalangan jung‘orlar Farg'ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-taroj qila boshladilar. Ikkinchi tomondan Sin imperiyasi (Xitoy) ham xavf solmoqda edi. Vaziyat ichki kuchlami birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Shunday sharoitda vodiydagi o‘zbeklaming ming urug‘i oqsoqollari yig‘ilishib, Buxoro xonligidan alohida mustaqil davlat tuzishga qaror qildilar. _______________________________________________________________ 1709-yilda ming urug‘i vakillari Farg‘ona vodiysida hokimiyatni rfJJ o‘z qoTlariga oldilar. Shu tariqa, keyinchalik Qo‘qon xonligi deb atalgan yangi o‘zbek davlati vujudga keldi. Hukmdorlik taxtiga Shohruxbiy o‘tqazildi. Tepaqo‘rg‘on Shohruxbiyning qarorgohiga aylantirildi. To‘g‘ri, bu o‘zbek davlati hukmdorlari birdaniga xon unvonini olmaganlar. Ak- sincha, bu davlatga rasman Buxoro xonligining tarkibiy qismi deb qaralgan, Shuning uchun ashtarxoniy Abulfayzxon Shohruxbiyga „otaliq“ unvonini bergan. Qolaversa, mustaqil davlatning asosiy bel- gilaridan biri - pul zarb etilmagan. Aksincha, Buxoro xonligining puli muomalada saqlanib turdi. Biroq bu holat uzoq davom etmadi. Chunki ashtarxoniylarning Farg'onani o‘z qo‘1 ostilarida saqlab tu- rishga kuchi yetmas edi. Abulfayzxon hokimiyatining umri esa ni- hoyasiga yetib borardi. Xonlik Shohruxbiy vorislari davrida Endi minglar sulolasi oldida sulola hokimi- yatiga qonuniy tus berish muammosi ham turar edi. Chunki Farg‘ona vodiysida katta 118 nufuzga ega bo‘lgan qipchoqlar qabilasi minglar hokimiyatini tan olmadi. Shohruxbiy vafot etganidan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘g‘li Ab- durahimbiy otasi davrida boshlangan Qo‘qon shahrini obod qilish va keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini davom etdirdi va uni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shuningdek, davlatning hududini kengaytirish maqsadida Buxoro xonligi tasarrufida bo'lgan Xo‘jand, O‘ratepa vilo- yatlarini qo‘shib oldi. Afsuski, u fitna qurboni bo‘ldi. Taxtni ukasi Xo‘jand hokimi Abdulkarimbiy egalladi (1733-1750). U akasining Qo‘qon shahrini obodonlashtirish borasida olib borgan ishini davom ettirdi. Shuningdek, shahar atrofini devor bilan o‘ratdi. 1740-yilda Farg‘ona vodiysiga jung‘orlar hujum qildi. Hujum juda qiyinchilik bilan qaytarildi. Jung‘orlarga qarshi kurashda minglarga qipchoqlar yordam berishdi. 1745-yilda jung‘orlar yana hujum qildi. Dahshatli dushmanga qarshi minglar, yuzlar, qipchoqlar va qirg‘izlar birgalikda kurashdilar. Ularga o‘ratepaliklar ham yordam berishdi. Garchand xonlikning mustaqilligi saqlab qolingan boTsa-da, bu hujum xonlikning iqtisodiy va siyosiy ahvolini juda mushkul holatga solib qo‘ydi. Ayni paytda, jung‘orlarga qarshi birgalikda kurashgan o‘zbek qabilalarining ittifoqi uzoqqa cho‘zilmadi. Bunga qipchoqlaming zo‘ra- vonligi, talonchiligi sabab boTdi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay markaziy hokimiyat qipchoqlar isyonini bostirdi. Abdulkarimbiy vafo- tidan so‘ng toj-u taxt uchun boshlangan kurashda oxir-oqibat Ab- durahimbiyning o‘g‘li Erdonabiy g‘olib chiqdi (1751-1762). Tez orada Qo‘qon xonligi Xitoy hujumiga uchradi. Unda Qo‘qonning yengilishi Erdonabiyning hokimiyatini inqirozga uchratdi. To‘g‘ri, Erdonabiy hukmronligi davrida xonlikning ichki va tashqi siyosatda muvaffaqiyatlarga erishilgan davrlar ham boTdi. Chunonchi, u O‘sh va O‘zgan viloyatlarini ham bo‘sundirdi. Qo‘qonni Buxoro amirligi va Sin imperiyasi (Xitoy) ham aylantira oldi. Xonlik Norbo'tabiy hukmronligi davrida bilan tengma-teng kurasha oladigan davlatga 1763-yilda taxtga Abdulkarimbiyning nabi- rasi Norbo‘tabiy o‘tqazildi (1763-1798). Norbo‘tabiy tez orada Chust (hozirgi Na- mangan viloyatidagi tuman)ni bo‘ysundirdi. So‘ng o‘zining yana bir raqibi Namangan hokimi Irisqulibiyga qarshi qo‘shin tortdi. Bu yu- rish ikki tomon o‘rtasida sulh tuzish bilan yakunlandi. Norbo‘tabiy 119 o‘zidan norozi bo‘lgan shahzodalarni turli viloyat va tumanlar hokimi etib tayinladi. Shu yo‘l bilan muxolifatning qarshiligini susaytira oldi. 1776-yilda Norbo‘tabiy Qo‘qon xonlaridan birinchi bo‘lib xon- likning fals deb atalgan o‘z pulini zarb ettirdi. Manbalarda qayd eti- lishicha Norbo‘tabiyning bir falsiga bir bosh qo‘y sotib olish mumkin bo‘lgan. Xonlikning mustaqil ravishda o‘z pulini zarb etishining tarixiy ahamiyati bu davlatning amalda ham mustaqil davlat ekanligini anglatishi bilan belgilanadi. Norbo‘tabiy davrida ekinlardan mo‘l hosil olinishi evaziga bozorda narx-navo arzonlashdi. Xonlikning qudrati har tomonlama oshdi. Norbo‘tabiy siyosiy barqarorlikka erishgach, vafotidan oldin, katta o‘g‘li Muhammad Aminbekni Marg‘ilonga, o‘r- tancha o‘g‘li Olimbekni To‘raqo‘rg‘onga hokim etib tayinladi. Nor- bo‘tabiyning vafotidan so‘ng xonlikda bir-biriga muxolifatchi bir nech- ta guruh vujudga keldi. Ulardan biri Olimxon va ukasi Umarxonni, Norbo‘tabiyning o‘gay akasi Xo‘jibiy boshchiligidagi ikkinchi guruh esa Norbo‘tabiyning kenja o‘g‘li Rustambiyni qo‘llab-quvvatladilar. 1709-yil - O‘rta Osiyoda uchinchi o‘zbek davlati — Qo‘qon xonligi tashkil topdi. 1776-yil - Norbo‘tabiy xonlikda birinchi bo‘lib Qo‘qonning o‘z pulini zarb ettirdi. 1. Qanday omillar Farg'ona vodiysini yagona davlatga birlashtirishga zamin yaratdi? 2. Nima uchun Shohruxbiy davlatni „otaliq“ unvonida boshqargan? 3. Norbo‘tabiyning xonlik tarixidagi o‘rni uning qaysi xizmati bilan belgilanadi? 33- §. XVIII asrning ikkinchi yarmi - XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligida siyosiy ahvol _.. . _ x Avvalgi mavzularda qayd etilgan ikki guruh unxonnin^ ax ga kurashda Olimxonni qo‘llab-quvvat- lagan guruhning qo‘li baland keldi. Olimxon 1798-yilda taxtga o‘tqazildi. Uning hukmronligi davrida (1798-1810) xonlikning mavqeyi har qachongidan ham yuksaldi. Davlat endi Qo‘qon xonligi nomi bilan atala boshlandi. 1805-yilda Olimxon 120 o‘zining xonlik nomi yozilgan kumush tanga pul (dinor)ni zarb ettirdi va o‘zini xon deb e’lon qildi. Mazkur pul davlatning moliya va soliq tizimida tartib o‘rnatishga xizmat qildi. Olimxon minglar sulolasi hokimiyatining qonuniyligi e'tirof etilishi uchun sulolaning kelib chiqishi Bobur Mirzodan boshlanishi haqidagi rivoyatdan foydalandi. Rivoyat tarixiy kitoblarga „Oltin beshik" nomi bilan kirgan. Rivoyatga ko ‘ra, Bobur Mirzo shayboniylardan yengilib, Mova- rounnahrdan Farg'ona orqali chiqib ketadi. Yo'lda Bobur Mirzoning ayollaridan biri o'g'il farzand ko'radi. Biroq uni olib ketmaydilar, aksincha, qimmatbaho ziynat buyumlar bilan bezatilgan beshikka belaydi va xizmatkorlardan birini bola bilan birga qoldiradilar. Bola qoldirilgan joyda o'zbeklarning qirq, qipchoq, qirg'iz va ming urug'larining ovullari bor edi. Ular bolani topib oladilar va unga Oltinbeshik deb ism qo'yadilar. Oltinbeshik ming urug'i orasida tarbiyalanadi. Voyaga yetgach uylanadi. Ming urug'idan uylangan turmush o'rtog'i o'g'il farzandni durryoga keltiradi. Vnga Tangriyor deb ism qo 'yadilar. Rivoyatda qayd etilishicha, Tangriyor keyinchalik Farg'ona hukmdori bo'lgan. Davlatni esa biy unvonida boshqargan. Xalq orasida hukmron sulola shajarasining temuriylarga borib taqalishi mamnuniyat bilan qabul qilirtdi. Qolaversa, Olimxon nomi- ga „Sohibqiron" unvoni ham qo'shib yoziladigan bo'ldi. Bu ham minglaming kelib chiqishi temuriylarga borib taqalishini asoslashga xizmat qilishi lozim edi. Xonlik hududining kengaytirilishi Olimxon muntazam qo‘shin tuzish maqsadi- da harbiy islohot o‘tkazdi. Bu islohot unga xonlik hududini kengaytirish maqsadida keng miqyosda harbiy harakatlar olib borish imkonini berdi. Chunonchi, Ohangaron vohasi, Chimkent, Sayram, Turkiston bosib olindi. Rossiya bilan savdo aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Sirdaryo o‘rta oqi- mining deyarli barcha o‘ng qirg‘og‘i (Qurama)ni xonlik tarkibiga qo‘shib oldi. Bundan tashqari, O‘ratepa va Xo‘jand uchun Buxoro amirligi bilan ketma-ket urush harakatlari olib bordi. Bu ikki viloyat 121 goh u tomon, goh bu tomon tasarrufiga o‘tib turdi. Bir so‘z bilan aytganda, Olimxon hukmronligi davrida xonlik hududi deyarli ikki marta kengaydi. Olimxon ichki siyosatda markaziy hokimiyatni yanada mustahkam- lashga harakat qildi. Bu yo‘lda qattiqqo‘llikka ham yo‘l qo‘ydi. Bu esa turli qabila rahnamolarining, ayrim yuqori mansabdorlarning kes- kin noroziligiga sabab boTdi. Olimxon kambag'al va qalandarlarga yer hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb etdi. Olimxonga qarshi kuchlar taxtga uning ukasi Umarxonni o‘tqazish- ga zimdan tayyorgarlik ko‘rdilar. Olimxon bu xabarlarga dushmanlar tarqatayotgan ig‘vo deb qaradi. Yaqinlashib kelayotgan davlat to‘nta- rishining oldini olish o'rniga hozirgi Qozog‘iston Respublikasi hudu- didagi Chimkent, Sayram, Turkiston viloyatlariga 1810-yilning fevral oyida harbiy yurish uyushtirdi. Qishning sovug‘i qo‘shinda norozilik uyg'otdi. Qo'shinning noroziligi fitnachilar uchun ayni muddao bo‘ldi. Ular qo‘shin orasida Olimxon vafot etdi, degan uydirmani tarqatdilar. Taxtga esa ukasi Umarxonni o‘tqazdilar. Olimxon xiyonatdan xabar topgach, Qo‘qonga qaytdi. Biroq yo‘lda fitnachilar tomonidan otib tashlandi. Olimxon tarixda davlatni xonlik maqomiga ko‘targan jasur hukmdor sifatida nom qoldirdi. j, ■ ■ ■ ' ■ .... Xonlik L’marxon\ y hukmronligini davrid solishi mumkin boTga Umarxon ham barcha o‘tgan hukmdorlar qatori o‘z hokimiyatini mustahkamlashga ki- rishdi. Avvalo, kelgusida xonlik taxtiga xavf solishi mumkin bo'lgan shaxslarni o‘rtadan olib tashladi. So‘ng o‘zi- ning nomi bilan kumush dirham zarb ettirdi. 1817-yildan boshlab zarb etila boshlangan kumush va tilla pullarga „Musulmonlar amiri, Sayid Muhammad Umar sulton“ deb yozila boshlandi. Umarxon pul zarb etish orqali rasman o'zining hukmdorlik maqomini tasdiqlab oldi. Xonlik hududini yanada kengaytirish maqsadida 1812-yilda Buxo- roga qaramlikni e’tirof etgan Turkistonga ham qo‘shin jo‘natdi va uni ishg'ol etdi. Bu yurishdan keyin din peshvolari Umarxon hokimiyatining qonu- niyligini asoslash maqsadida „Qaysi hukmdor 12 ming lashkarni ke- rakli qurol-yarog‘ va anjomlar, otlarini esa yem-xashak bilan ta’- minlasa, uni musulmonlar amiri (Amir al-muslimin) deb atash joiz“ degan fatvo chiqardilar. 122 Hisob-kitoblar xonlik bo'yicha Umarxondan fatvoda qayd etilgani- dan ancha ko‘p kishi ta'minot olishini aniqlab berdi. Shundan so‘ng Umarxon o‘ziga Amir al-muslimin unvonini qabul qildi va bu haqda xutba ham o‘qildi. Usmonli davlati sultoni Qo‘qon xonligining Buxoro amirligidan toTa mustaqil davlat ekanligini tan oldi. Umarxon davrida xonlik hududi yanada kengaytirildi. Endilikda xonlik chegarasi shimolda Rossiya chegaralaridan Ko‘xiston va Qash- qargacha ulandi. Umarxon 1822-yilda vafot etdi. Taxtga katta o‘g‘li Muhammad Alixon (Madalixon) o‘tirdi. Muhammad Alixon Q°‘q°n xonligining hududi Umarxonning o‘g‘- li va vorisi Muhammad Alixon (Madalixon) davrida (1822-1841) yanada kengaydi. Qo‘qon qo‘shini Farg‘onaning janubida joylashgan, asosan, tojik o‘troq aholisi yashaydigan Qora- tegin, Darboz va Ko‘lobni ishg‘ol etdi. Biroq Madalixon tez orada ko‘ngli tusagan ishlarni qilaverishini qo‘llab-quvvatlovchi a'yonlar ta'siriga tushib qoldi. Yosh xon marhum otasining eng obroTi a’yon- larini ta'qib qila boshladi. Umarxon davrida xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida mustahkamlangan ittifoq buzila bosh- ladi. Amaldorlarning ayrimlari surgun qilindi, ba’zilari qatl etildi va ba’zilari esa Buxoroga qochib ketishdi. U hatto ammasi Oftob- oyimning oilasiga ham shafqat qilmadi. Uning turmush o‘rtog‘i, xon- likning shayxulislomi va o‘g‘li Hakimxonni badarg‘a qildi. Viloyat (beklik) hokimlari esa tez-tez almashtirib turildi. Bular aholining barcha tabaqalarini Madalixonga qarshi qilib qo‘ydi. Ruhoniylar xonni turli axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ‘ibot olib borishdi. Oxir-oqibat, 1841-yilda Madalixon o‘z ukasi Sulton Mahmudxon foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boTdi. Shuningdek, xondan norozi kuchlar Buxoro amiri Nasrullodan yordam so‘radilar. Amir Nasrullo qarshi safarbar etdi va Qo‘qonni Mahmudxon o‘z a'yonlari bilan rugTga binoan qatl etildi. Amir Nodirabegimga ham shafqat qilmadi. Amir Nasrullo istilosidan Nasrulloning keyingi siyosiy ahvol hukmronligr uzoqqa amirning Qo‘qondagi noibi Ibrohim dod- 123 1842-yilda o‘z qo‘shinini Qo‘qonga bosib oldi. Madalixon, ukasi Sulton tutib olindi va Nasrullo hatto Amir Nasrullo buy- Madalixonning onasi Qo‘qon xonligidagi cho‘zilmadi. Chunki xoh Qo‘qoo xonligi aholisini avval undirib kelingan soliqqa qo‘shim- cha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham to‘lashga majbur qildi. Natijada, butun Qo‘qon xonligi hududida 1842-yili katta qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uning oqibatida amirning Qo'qondagi noib va beklar hokimiyati tugatildi. Buxoro amiri hukmronligiga qarshi qo‘z- g‘olonni tashkil etgan mahalliy kuchlar qipchoqlar madadiga tayangan edilar. Qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xonligining mustaqilligi tiklandi. Taxtga Norbo‘tabiyning ukasi Hojibekning o‘g‘li Sheralixon (1842- 1845) o‘tqazildi. Qo‘qon xonligi mustaqilligini tiklashda minglar qa- bilasiga katta madad bergan qipchoqlar xonlikning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta mavqega ega boTib oldilar. Ulaming sardori Musulmonqul mingboshi etib tayinlandi. Qo‘qon- dagi magTubiyatga chiday olmagan Amir Nasrullo yana Qo‘qonga yurish qildi. U Qo‘qon shahrini 40 kun qamalda tutdi. Biroq Amir Nasrulloning qamalni davom ettirishiga Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro amirligiga qilgan hujumi xalaqit berdi. Amir Nasrullo Buxoro- ga qaytishga majbur boTdi. Musulmonqul 1845-yilda O‘sh aholisining soliqlarning haddan tashqari ogTrligidan norozi boTib ko‘targan qo‘zg‘olonini bostirish uchun qo‘shin bilan yuborildi. Bundan foydalangan Isfara hokimi Sa- marqandda istiqomat qilib turgan marhum Olimxonning o‘g‘li Mu- rodxonni olib kelib, Qo‘qon taxtiga o‘tqazdi. Biroq Musulmonqul Namanganga qaytib keldi va qizini marhum Sheralixonning o‘g‘li Xu- doyorga nikohlab berdi. 13 yoshli Xudoyorxon bu davrda Namangan hokimi edi. Shundan keyin Musulmonqul Murodxonni taxtdan ag‘dardi va kuyovi Xudoyorni oTqazdi. . . . Xudoyorxon yosh boTganligi tufayli xonlikni amalda qaynotasi Musulmonqul boshqarardi. Shunday qilib, xonlikda qipchoqlar hukmron- ligi davri boshlandi. Endilikda qipchoqlar Qo‘qonga yoppasiga ko‘chib kela boshladilar. Mahalliy aholini shahardan haydab chiqarib, ulaming uy-joylariga o‘rnashib ola boshladilar. Sug‘orish inshootlarini qoTga kiritdilar. Aholi endi suv uchun ham soliq toTaydigan boTdi. Bu siyosat mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab boTdi va xonlikda hukmronlarga qarshi qo‘zg‘olon koTarish xavfini tug‘dirdi. Bunday vaziyatda Musulmonqul o‘z mavqeyini yo‘qotmaslik uchun ruslar bilan aloqa o‘rnatishga intildi va rus qo‘mondonligi vakili 124 V. Velyaminov-Zernov bilan maxfly ravishda uchrashdi. Qaynotasining bu harakati Xudoyorxonni qattiq cho‘chitib qo‘ydi. Shuning uchun ham u endi qaynotasi Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligiga xo- tima bcrishga qaror qildi. 1852-yil 9-oktabr kuni Xudoyorxon Toshkentdan chaqirilgan qo‘- shin bilan qipchoqlar qirg‘inini uyushtirdi. Qaynotasi Musulmonqul asir olinib, qatl etildi. Qipchoqlaming mol-mulki musodara qilindi. Shu tariqa, Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligi barham topdi. Qipchoqlarning hokimiyatdan chetlashtirilishi mamlakat ichida si- yosiy barqarorlikka olib kelmadi. Aksincha, ichki beqarorlikdan foy- dalangan mahalliy bekliklar ayirmachilik harakatini kuchaytirdilar. Oqibatda shimoldan Rossiya imperiyasi bosqini xavfi ostonaga yaqin- lashib qolganiga qaramay ichki nizolarga barham bera olmadilar. Toj-u taxt uchun beayov kurash davom etdi. • 1798-yil - Olimxon taxtga o‘tirdi.tl ’ • 1805-yil - Olimxon o‘ziga xon unvonini qabul qildi va shu sanadan boshlab davlal ligi deb atala boshlandi. • 1842-yil - Ai li bosib oldi. • 1842-yil - xc alda qipchoqlar qoTiga o'tdi. • 1852-yil - X u qipchoqlar hokimiyatiga chek qo‘yildi. 1. Olimxonning xonlik tarixidagi o‘rni nima bilan belgilanadi? 2. Nima uchun hukmdorlarga o‘z hokimiyatining qonuniyligini asos- lash zarur sanalgan? 3. 0‘ylab ko‘ringl Nega Buxoro amirlari va Qo'qon xonlari Usmonli davlati sultonlariga murojaat qilardilar? 4. Nega Madalixon davrida davlat parokandaligi yuz berdi va u qan- day oqibatlarga sabab boTdi? 5. Xonlikda qipchoqlar hukmronligi o‘rnatilmasligi mumkin edimi? 6. Qipchoqlar hukmronligiga qay tariqa chek qo‘yildi? Aka-uka Olimxon va Umarxonlar o‘z hokimiyatlarining qonuniy- “ ligini qanday usullar bilan asoslaganliklarini taqqoslang. 125 34- §. Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi Dastlab faqat Farg‘ona vodiysi hududi bilan Xonlikning hududi cheklangan Qo‘qon xonligi hududi jihatdan XIX asming birinchi yarmida O‘rta Osiyoda eng katta davlatga aylandi. Xonlik shimolda Rossiya (ulami Bedpak- dala cho‘li ajratib turgan), sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Xiva xonligi va Buxoro amirligi bilan, janubda esa Madalixon davrida xon- likka qo‘shib olingan Qorategin, Darvoz, Ko‘lob va Shug‘nan bek- liklari bilan chegaradosh boTgan. Mazkur chegara Sirdaryo o‘rta oqi- mining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Qurama, Toshkent vohasi, Dashti Qipchoq (hozirgi QozogTstonning janub va janubi-g‘arbi), Yettisuv, shuningdek, Issiqko‘1 qirg‘oqlarigacha hududlarini o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasida qoTdan qoTga o‘tib turgan Xo‘jand va O‘ratepa ham ma’lum muddat xonlik hududi tarkibida edi. Bir so‘z bilan aytganda, Qo‘qon xonligi hudud jihatdan uch o‘z- bek davlati orasida eng kattasi edi. Qo‘qon xonligi ma’muriy jihatdan bekliklarga (viloyatlar), sarkorliklarga, oqsoqollikiarga va aminlikiarga boTingan. Xonlikda 15 ta beklik mavjud boTib, ularda 3 millionga yaqin aholi yashagan. Aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil et- gan. Shuningdek, tojiklar, qirgTzlar va qashqar (uyg‘ur)lar ham ya- shashgan. Oqsoqolliklar katta-katta qishloq yoki bir qancha kichik-kichik qishloqlar birlashmalari edi. Ularni aminlar, oqsoqollar va sarkorlar boshqarganlar. Yashash tarziga ko'ra, aholi oTroq, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilardan iborat edi. Xonlikda davlat Qo<9on xonligi ham Buxoro amirligi va Xiva boshqaruvi xonligi kabi davlat tuzumiga ko‘ra mutlaq mo- narxiya edi. Cheklanmagan huquqqa ega boTgan xon davlatni hukmron minglar urug‘i, shuningdek, boshqa qabilalaming nufuzli tabaqalari, yuqori mansablarga tayinlangan davlat amaldorlari, ruhoniylar va harbiylarga tayanib boshqargan. Buxoro amirligidan farqli oTaroq Qo‘qon xonligida harbiy lavozim egalarining, ayniqsa, qo‘shin Bosh qo‘mondoni - mingboshining nufu- zi nihoyatda yuqori boTgan. Mingboshi nafaqat qo'shinning Bosh 126 qo‘mondoni, ayni paytda, Bosh vazir ham hisoblangan. Butun ijro etuvchi hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Bundan tashqari, har bir ma'muriy birlik harbiy okrug ham sa- nalardi va hokimlar harbiy kuchlarning qo‘mondonlari ham edilar. Harbiy okrug hududida yashovchi barcha urug‘lar hamda ko‘chmanchi qabila a’zolari yashash joyi yoki manzili bo‘yicha okrugda yuritilgan ro‘yxatga yozib qo‘yilardi. Ro‘yxatga olinganlar xonning birinchi chaqirig‘idayoq belgilangan joyga yetib kelishi shart edi. Bu tartib xonga agar zarurat taqozo etsa 60 mingga yaqin askarni va oziq- ovqat ortilgan 12 ming aravani tezda yig‘a olish imkonini berardi. Mahalliy hokimlar amaldorlarni, soliq tushumini kuzatib boruvchi nazoratchilarni tayinlardi. Soliqlar miqdorini tasdiqlardi va moliya ishlarini boshqarardi. Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, qo‘shinga qo‘mondonlik ham qilardilar. Qo‘qon, Toshkent, Marg‘ilon, Shojixon, Andijon, Baliqchi, Chor- toq, Koson bekliklari yirik okruglar bo‘lib, ular orasida Toshkent eng muhim o‘rin tutgan. Shuning uchun ham xon Toshkentga o‘z qarindoshlarini yoki eng ishonchli kishilarini hokim etib tayinlagan. Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvining o‘ziga xos yana bir xu- susiyati shunda ediki, markaziy hokimiyat mamlakatda barqarorlikni saqlash uchun o‘troq va ko‘chmanchi turli urug‘ va qabilalar o‘rtasida manfaatlar muvozanatini hisobga olishga majbur edi. Umarxon va Madalixonlar bu omilni eng ko‘p darajada hisobga olgan hukmdorlar edi. Qo‘qon xonligi Buxoroga qaramlikdan ko‘chmanchi qipchoq va qirg‘iz qabilalari yordamida ozod etilgach, ular xonlik siyosiy hayo- tida yetakchi mavqega da’vo qila boshladilar va bunga erishdilar. Ularga xonlik taxti kerak emas edi. Aksincha, ular uchun taxtda minglaming balog‘atga yetmagan vakilini o'tqazish muhim edi. Chunki shunday qilinsa, ular regentlikni qo‘lga kiritgan bo‘lardilar. Regentlik ularga xonlikni istagan yo‘sinlarida boshqarish imkonini berardi. Avvalgi mavzuda bilib olganingizdek, amalda shunday bo‘ldi ham. Qipchoq va qirg‘iz qabilalarining ayrim yetakchilari madrasa ilmi nima ekanligini u yerda o‘qigachgina tushunib yetgan edi, xolos. Ulardan biri, keyinchalik xonlikda qo‘shin qo‘mondoni lavozimini 127 egallagan qipchoq qabilasidan bo‘lgan Aliquli „Diniy ta’lim menga o‘zimni tanitdi“, deb tan olganligi tarixiy kitoblarda qayd etilgan. Xonlik hayotining yana bir o‘ziga xos jihati - bu davlat ishlarida ruhoniylarning ta’siri Buxoro amirligidagidek sezilarli darajada bo‘l- maganligi edi. Xonlikda yuqori davlat lavozimlari Xonlikda boshqa o‘zbek davlatlari kabi man- sabdorlar ikki toifaga boTinganlar. Birinchi toifa umaro (dunyoviy ishlar masalalari bi- ikkinchisi esa ulamo (din ishlari bilan shu-lan shug‘ullanuvchilar), g‘ullanuvchilar). Umaro mansabdorlari ichida eng nufuzlisi mingboshi - Bosh va- zir, qo‘shinning Bosh qo'mondoni va tashqi siyosat masalalarida xon- ning bosh maslahatchisi edi. (Xiva xonligida Bosh vazir qanday nom bilan atalganligini eslang.) Devoribegi ham yuqori davlat mansabi bo‘lib, u xonlik devon- xonasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, moliya ishlarini boshqargan. Mirza xazinaga tushgan tushumning hisob-kitobini olib borgan. Dasturxonchi — xon dasturxoniga taom tortuvchi mansabdor edi. Tarixdan ko‘plab hukmdorlarning zaharlab o‘ldirilgani, zahar ko‘- pincha taomga yoki ichimlikka qo‘shib berilganligi ma’lum. Shuning uchun ham xon dasturxonchi lavozimiga eng ishonchli odamni qo‘y- gan. Xiva xonligida bo‘lganidek, Qo‘qon xonligida ham mehtar lavo- zimi boTgan. Biroq bu xonlikda u xonlikning moliya ishlariga mas'ul boTgan devonbegining o'rinbosari edi, xolos. Shuningdek, xonlikda shig'ovul, inoq, otaliq, dodxoh, qo'shbegi, parvonachi, xazinachi kabi yuqori martabali lavozimlar mavjud edi. Ulamo mansablari ichida shayxulislom, qozi kalon, xo'ja kalon (naqib), qozi askar, muftiy, qozi a’lam va rais lavozimlari alohida o‘rin tutardi. Ulamo mansablarini egallagan har bir shaxsning qanday masalalar bo‘yicha mas’ul ekanligini avvalgi mavzularda bilib ol- dingiz. 1. Xonlik joylashgan va egallab olgan hududlar haqida nimalami bilib oldingiz? 2. Xonlik hududi ma’muriy jihatdan qanday birliklarga boTingan? 128 3. Xonlikning davlat boshqaruvi qaysi jihatlari bilan Buxoro amir- ligiga o'xshaydi va qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 4. Xonlikdagi mavjud bo‘lgan yuqori davlat mansablarini Xiva xon- ligidagi shunday mansablar bilan taqqoslang. Mulohaza yuriting! Nima uchun o‘zbek xonliklarida davlat tuzumi boshqaruv shakli va yuqori davlat lavozimlari deyarli o‘xshash bo‘lgan? ,,0‘zbek davlatlarining siyosiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar, davlat boshqaruv shakli va davlat lavozimlari“ jadvalini to‘ldiring. Savollar Buxoro amirligi « Xiva xonligi Qo‘qon xonligi 1. XVIII asrda davlatlaming siyosiy hayo- tida ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar 2. Hokimiyat tepasiga kelgan sulolalaming nomlari 3. Davlat tuzumiga ko‘ra o‘xshashliklaT 4. Ma'muriy birliklarning soni 5. Eng quyi ma'muriy birliklaming nomi 6. Bosh vazirning atalishi 7. Moliya ishlariga javobgarlar 8. Qo‘shinning Bosh qo‘mondoni 35- §. Qo‘qon xonligida harbiy ish . . Qo‘qon xonlari ham ichki va tashqi siyo- Muntazam^qo^shinning satJa qo‘shinning ahamiyatini juda yaxshi anglaganlar. Shuning uchun ham Olimxon 1805-yilda birinchi bo‘lib xonlikda 10 ming kishilik muntazam qo‘- shin tuzdi. Bu qo‘shinning asosini tog‘li tojiklar tashkil etdi. Nav- kariya deb atalgan mazkur muntazam qo‘shin o‘qotar qurollar bilan qurollantirildi va tez orada barcha qo'shinning zarbdor kuchiga 9—O‘zbekiston tarixi, 8-sinf 129 aylandi. Umarxon davrida ularning soni 12 ming kishiga yetkazildi. Xudoyorxon esa Usmonli davlatidan sifatli tayyorlangan miltiq (vin- tovka) olib keltirdi. Ayni paytda, xonlikda qilquyruq, qoraqozon va qoracherik deb ataluvchi nomuntazam qo‘shin ham saqlab qolindi. Ular yordamchi bo‘linma hisoblanardi. Yordamchi bo‘linma zaruratga qarab aholi soniga va hududlarning iqtisodiy ahvoliga qarab to‘p- langan. XIX asming 30—40-yillarida xonlikda jami 30 ming askar bor edi. Xonlikdagi barcha mehnatga yaroqli erkaklar harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin edi. Qaysi hudud qancha askar yuborishini huku- mat oldindan belgilab qo‘yardi. Muntazam qo‘shinga olish meros tar- zida bo‘lgan. Ya’ni ota vafot etsa yoki harbiy xizmatga noloyiq bo‘lib qolsa, o‘miga o‘g‘li chaqirilgan. Askarlik ro‘yxatiga kiritilgan kishi o‘z xohishiga ko‘ra undan chiqa olmagan. Ayni paytda, oilaning yol- g‘iz erkagi xizmatga olinmagan. Tinchlik vaqtlarda har kuni askarlar- ning 1/10 qismiga oila a’zolari bilan ko‘rishib kelishga ruxsat etilgan. . . . . Qo‘shin tarkibiy jihatdan sipoh (otliq), to‘p- Qo shinning tarkibiy (artilleriya), sarboz (piyoda) va sara- qisnu va boshqansh . ' , ,7. , , ,langan maxsus bo hm (galabotit va mergan- lar) deb ataluvchi 4 qismdan iborat bo‘lgan. Tabiiyki, u davrda otliq qo‘shin qo‘shinning asosini tashkil etgan. Muntazam tartibda xizmat qiladigan har bir otliq askarga davlat to- monidan bahosi 80 tillagacha turadigan ot va egar-jabduq berilgan. Xonlikda 20 ming nafar otliq askar xizmat qilgan. Xudoyorxon nisbatan zamonaviy to‘pchi qo‘shirtn.1 tuzdi. Qo‘shin qo‘mondoniga harbiy harakat chog‘ida amiri lashkar unvoni berilgan. U qo‘shinning Bosh qo‘mondoni sanalib, harbiy harakat uchun shax- san mas’ul bo‘lgan. Qo'shinda mingboshi (oliy qo‘mondon), amiri lashkar, qo ‘shbegi (o‘z qo‘shiniga ega beklik hokimi), botirboshi (bekliklardagi harbiy ishning ahvoli uchun mas’ul), valiy (noib, artilleriya qo‘mondoni), qal’abon (harbiy qal’alar uchun mas’ul shaxs), qo ‘rboshi (qurol-aslaha ishlab chiqarish ustaxonasi va om- borxona boshlig‘i), yovar (amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshli- g‘i), to'pchiboshi (to‘pchilar bo‘linmasining boshlig‘i), to'qsoba (o‘z tug‘iga ega bo‘lgan harbiy bo‘linma boshlig‘i) va ponsadboshi (500 nafardan iborat harbiy qo‘shin qo‘mondoni) kabi oliy darajali har- biy mansablar mavjud edi. Harbiy harakatlar paytida xonning xos 130 Yuzlik boTmma esa Qo‘shin ta’minoti xarajat talab qilgan. soqchilarl askarlarni jangda ruhlantirib turgan, Chekinayotganlarga burch haqida eslatib turish ham ularning vazifalariga kirgan. Qozi askar harbiy harakat boshlanishidan oldin xon nomidan ji- hod e’lon qilgan. Bundan tashqari, o‘ljani baholagan va qo‘shinning ma’naviy qiyofasi uchun ham javobgar bo‘lgan. Qozi rais esa qo‘shin muftiysi bergan fatvo ijrosining ta’min- lanishini nazorat qilgan. Harbiy harakatlar chog‘ida har bir bo‘linmada 5 kishilik guruh ham faoliyat yuritgan. Ularning vazifasi yarador bo‘lgan askarlarni jang maydonidan olib chiqish hamda halok bo‘lganlami dafn etishdan iborat edi. Harbiy harakatlarni boshlashdan oldin qo‘shin ilg'or (oldingi qism), maymana (o‘ng qanot), maysara (chap qanot) va markaz qismlariga bo‘lingan. Xonlikda 1000 kishidan iborat qo‘shin bo‘linmasi tug‘ (minglik), 500-1000 tagacha qo'shin bo‘linmasi bayroq deb atalgan. elliklikka, elliklik esa o'nZzika bo‘lingan. Har bir davlatda, ayniqsa, kam taraqqiy et- gan davlatlarda qo‘shin saqlash juda katta Xarajatlarning bari soliq tushumlari hisobiga qoplangan, albatta. Shuningdek, harbiy xarajatlarni qoplash uchun aholiga „miltiq puli" deb ataluvchi soliq ham joriy etilgan bo‘lib, u o‘rtahol oilalar uchun 2,5 tilla, boy oilalar uchun 5 tilla miqdorida belgilangan. Harbiy xizmatchilarga unvoniga qarab bir yilga 200 tan- gadan 8 ming tangagacha pul, shuningdek, 20 botmondan 2 ming botmongacha g‘alla berilgan. Yuzboshiga bir yilda 147 kumush tanga, ellikboshiga 98 tanga, o‘nboshiga 65 tanga, oddiy askarga esa 43 tanga haq to‘langan. Har- biy harakatlar oldidan esa yuzboshiga 2 tilla, ellikboshi va oddiy askarga 1 tilladan berilgan. To‘g‘ri, xonlikning harbiy kuchlari, ular- ning harbiy tayyorgarlik darajasi juda past boTgan. Chunki qo'shin uchun zobitlar tayyorlaydigan maxsus harbiy bilim yurtlari tashkil etilmagan. Askarlarga harbiy ish maxsus harbiy ta’lim olmagan kishi- laming o‘z saviyalariga yarasha, to‘plagan tajribalariga tayangan holda o‘rgatilgan, xolos. Bunday kishilar shogirdpeshalar deb atalishgan. Muntazam qo‘shin yiliga ikki marta harbiy ko‘rikdan o‘tkazib turil- gan. 131 Xonlik sarhadlarining xavfsizligini mustahkam- lash uchun o‘sha davrda harbiy qal’a va is- tehkomlar qurilishi muhim bo‘lgan. Shuning uchun ham bu masalaga alohida c'tibor bilan qaralgan. Harbiy qaPalar ahamiyati va katta- guruhga bo‘lingan. bir necha ma’muriy birliklarning markazlarida Sarhadlarni mustahkamlash uchun ko‘rilgan choralar kichikligiga qarab 3 Birinchi guruh - joylashgan qaTalar (Toshkent, MargTlon, Qo‘qon, Andijon, Namangan shaharlari). Ikkinchi guruh - mahalliy boshqaruv ixtiyoridagi qal’alar (Turkis- ton, Chimkent, Avliyoota, O‘ratepa, Pishpak, Oqmasjid). Uchinchi guruh - yirik markazlami bir-biri bilan bogTovchi yo‘1- larda qurilgan kichik qal'alar. Qo‘qon shahri qaTasi ikkita himoya devori bilan o‘ralgan. Uning ichida yana devor bilan o'ralgan bir nechta binolar ham qurilgan. Binolarda askarlarning otlari, qurol-yarogTari, zaxirasi saqlangan. Ay- ni paytda, askarlarning yashashi uchun ham xonalar boTgan. Qal’alar xonlikning tashqi xavfsizliginigina emas, balki mamlakatni uzoq-yaqin hududlar, davlatlar bilan bogTovchi savdo yoTlarini qo‘riqlashda ham tayanch vazifasini bajargan. Xonlikning shimoliy qismi mustahkam himoyalangan boTib, bu yerda Turkiston, Chimkent kabi shahar-qal’alar, shuningdek, yirik iqtisodiy va siyosiy markaz - Toshkent shahri ham joylashgan edi. Ohangaron va Chirchiq vohasida Kerovchi, To‘ytepa va Bo‘ka istehkomlari bunyod etilgan. Xonlikning g‘arbiy qismida esa strategik jihatdan katta ahamiyatga ega 0‘ratepa, sharqiy qismida O‘sh va Pishpak (hozirgi Bishkek shahri, QirgTziston Respublikasi poytaxti) qaTalari bunyod etilgan edi. Qal’alarning barchasi devor bilan o‘ral- gan. Devorning tashqarisida chuqur xandaklar qazilib suv bilan to‘1- dirilgan. Qal’a himoyachilari dushmanga qarata o‘q otishlariga qu- laylik yaratish uchun maxsus teshiklar (burjlar) qo‘yilgan. Qal’a minorasidan tevarak-atrof kuzatib turilgan. To'plar qal’a darvozasi tepasiga hamda minoralar ustiga o‘rnatilgan. Botmon - og‘irlik oTchov birligi, 1 botmon taxminan 164 kg.ga teng. Strategik - umumiy maqsadga erishish uchun muhim boTgan. 132 1. Muntazam qo'shin bilan nomuntazam qo'shinni taqqoslang, xulo- salaringizni daftaringizga tushiring. 2. Qo'qon xonligida nomuntazam qo‘shin qanday nomlar bilan atalgan va ular qanday tartibda to‘plangan? 3. Xonlik qo'shinining tarkibiy qismlari haqida nimalarni bilib ol- dingiz? 4. Olly tnartabali harbiy lavozimlar ro'yxatini tuzing. 5. Qo'shin ta'minoti qanday amalga oshirilgan? Yurtimizda joriy etilgan „Safarbarlik chaqinrv rezervi" xizmati qan- day maqsadda joriy etilganligini va n qanday tartibda o‘talishini aniqlah keling. 36-§. Qo'qon xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Yer ali i Qo‘Qon xonligida ham barcha yer davlat mulki edi. 8 Ayni paytda, u egalik shakliga ko‘ra, amlok (davlat), xususiy va vaqf yerlariga bo‘lingan. Amlok yerning ma’lum qismi xonga tegishli bo‘lgan va u 3 qismga bo‘lingan. Birinchisi xos mulk deb atalgan. Undan olingan daromad saroy ahli va soqchilari xarajatlari uchun sarflangan. Ikkin- chi qismi esa taqiq yer (qo‘riq yer) deb atalgan va u yaylov, qa- mishzor va chakalakzorlardan iborat bo‘lgan. Uchinchi qismi esa chek yerlar deb atalib, bevosita xonga tegishli bo‘lgan. Xususiy yer egaligi yirik davlat amaldorlariga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer ajratib berish, shuningdek, xususiy kishilarga sotish (mulki hur xolis) orqali vujudga keltirilgan. Xususiy yer egasi bo'lgan birinchi toifa vakillari yerga emas, balki undan olinadigan daromadga hamda shu yerda qurgan imoratiga egalik qilganlar. Shuningdek, yetishtirilgan hosilning 1/5 qismi miqdorida soliq to‘laganlar. Yerni meros qilib qoldirish huquqiga ega bo‘lmaganliklari uchun hozircha egalik qilib turgan yerlarning ma’lum qismi farzandlarida saqlanib qolishi uchun vaqf avlod qilganlar. Ma’lumki, vaqf yerlar sotilmaydi, hadya qilin- maydi va meros qilib ham qoldirilmaydi. Shuning uchun diniy mu- assasalar ixtiyoriga vaqf avlod qilingan yerdan olinadigan daromad- ning vaqf hujjatida ko‘rsatilgan qismi yerni vaqf mulki ixtiyoriga o‘tkazgan amaldorning avlodlariga tegishli bo‘lardi. Ikkinchi toifa esa sotib olingan yerga bevosita egalik qilgan. Bunday yerlardan soliq 133 olinmagan. Davlat yerining sotilganligi va sotib olinganligi to‘g‘ri- sidagi hujjat qozixonalarda imzolangan. Unda yer sotuvchining, ya’ni xonning o‘zi ham ishtirok etgan. Xususiy yer-mulk egaligi harbiy xizmatchilarga yer berish orqali ham shakllantirilgan. Harbiylarga be- rilgan yerlar tanho yerlari deb atalgan. Mulklaming ko‘pchiligi 30 sotixdan 60 sotixgacha bo‘lgan. Yerlar ishlov berish uchun dehqonlarga ijaraga berilar edi. Dehqonlar xon yerlarida ham mehnat qilar edilar. Xon yerlarida ishlash uchun sa- farbar etilganlarning soni 10 ming nafargacha yetardi. Ular mardi- korlar, xususiy yerlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi yersiz, ot-ulovsiz kambag‘allar esa chorikorlar deb atalar edi. Bundan tashqari, korandalar deb ataluvchilar ham bo‘lib, ular hosilning 1/2 qismini olish sharti bilan yerlami ijaraga olib, o‘z mehnat qurollari, ot-ulovlari bilan yollanib ishlar edilar. Asosiy soliq - xiroj bo‘lib, uning miqdori ekin ekiladigan yer maydoni va ekin turiga qarab hosilning 1/3-1/5 qismigacha belgilanar edi. Ko‘chmanchi chorvadorlardan olinadigan zakotning turlari ko‘p edi. Ularning asosiylari „qo‘raboshi“, „tutun haqi“, „yig‘im soliq“ deb atalar edi. Soliq va majburiyatlar „Qo‘raboshi“ - ko‘chmanchi chorvadorlardan mol boshiga va qo‘- rasiga qarab olinadigan zakot. Bu zakot qishda mollar qo‘ralarda tur- ganida yig‘ib olingan. „Tutun haqi“ — bahor kelganda yangi o'tloqlarga ko‘chishdan ol- din xonadon boshiga bittadan qo‘y bilan olinadigan soliq (zakot). „Yig‘im soliq“ esa zakot to‘lamaydigan toifalarning bekka beradi- gan 9 buyumdan iborat in'omlari yig‘imi bo‘lgan. Mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq to‘lar edi. Chunki hamma qo‘riq yerlar, chakalakzorlar, to‘qaylar, daraxtzorlar, ko‘llar va barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi. Aholi qal’a devor- larini ta’mirlash, istehkomlar qurish, kanallar qazish, ariqlarni tozalash va yo‘l qurilishida ishtirok etish kabi majburiyatlarni o‘tagan. Qishloq xo‘jaligi, Qo‘qon xonligida ham Xiva xonligi va Bu- hunarmandchilik va xoro amirligida bo‘lgani kabi sun’iy sug‘o- savdo rish mahorati mukammal egallangan va suv- dan oqilona foydalanilgan. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekini bug‘doy va paxta edi. Shuningdek, meva, sabzavot va poliz ekinlarining deyarli 134 barcha turlari yetishtirilgan. Chorvachilikda makkajo‘xori va beda yetakchi o‘rinda turgan. Farg‘ona vodiysida paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Ros- siyaning o‘zbek davlatlaridan, jumladan, Qo‘qondan paxta sotib ola boshlashi bu ekin maydonlarining yanada kengayishiga sabab boTdi. Paxta savdosiga hatto boj ham bekor qilindi. Qo‘qonda hunarmandchilikning miskarlik, zargarlik, o'ymakorlik, kulolchilik, qog‘ozgar, to‘quvchi, do‘ppi tikuvchi, kashtachi, ko‘prik- soz, temirchi, novvoy, aravasoz, baxmalbof, bo‘yoqchi, dorukash, de- vorzan, degrez, ko‘nchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz, pillakash, po‘stindo‘z, taqachi, paranjido‘z, chevar, chitgar, gilamchi kabi turlari nihoyatda rivojlangan. Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro amirligi, Xiva xon- ligi, Qashqar, Hindiston, Afg‘oniston, Eron, Xitoy va Rossiya bilan olib borilgan savdo aloqalari katta o‘rin egallagan. 1832-yilda imzo- langan Qo'qon—Xitoy shartnomasiga ko‘ra, Qo‘qon xoni Qashqarda savdogarlardan boj yig‘ish huquqini olgan. „ ... .... Xonlikning bosh shahri - Qo‘qonga oid maTumotlar X asrdan boshlab uchraydi. Manbalarga ko‘ra, uning yoshi 2000 yildan ortiqdir. MaTumotlarda „Havoqand“, „Ho‘qand“ degan nomlar bilan qayd etilgan. Havoqand so‘zi „go‘zal“, „yoqimli“, „xushmanzara“, „shamol shahri“ degan ma’noni anglatadi, degan fikrlar ham mavjud. Mahalliy aholi o‘z shahrini Ho‘qandi latif yoki Qo‘qon deb ataganlar. Qo‘qon shahri XVIII-XIX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning, ayni paytda, O‘rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. 1842-yilda Qo‘qon mus- tahkam devor bilan o‘raldi. Shaharga 12 darvozadan kirilardi. Sha- harning 12 darvozali boTishiga sabab, uning ma’muriy jihatdan 12 dahaga boTinganligi edi. Bu davrda shaharda 30000 aholi yashagan. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qondagi madrasalar ichida Madalixon, Nor- bo‘tabiy, Jome, Hokimoyim, Hoja dodxoh, Mingoyim madrasalari alo- hida ajralib turadi. Ularning har birida 38 tadan 100 tagacha hujrasi boTgan. Andijon 0‘rta Osiyoning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Andijon „Buyuk ipak yo‘li“da bunyod etilgan. Arab- lar istilo qilgan davrda shahar „Andukon“ deb atalgan. Tarixchi olim, akademik A. Muhammadjonovning ta’kidlashicha, „Andijon“ soy 135 bo‘yidagi shahar, degan ma'noni anglatadi. Andijon XV asrdan bosh- lab Farg‘ona vodiysining markaziga aylandi. Zahiriddin Muhammad Bobur davrida Andijonda xo‘jalik, fan va madaniyat ravnaq topdi. U „Boburnoma“da Andijonga „Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qo- vun va uzumi yaxshi bo‘lur... Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo‘rg‘onidin so'ngra mundin ulug'roq qo'rg'on yo‘qtur. Uch darvo- zasi bor. To‘qqiz tarnov suv kirar", deya ta’rif bergan. Qo‘qon xonligi tashkil topgach, shahar Andijon bekligining mar- kazi bo‘lib qoldi. XIX asr o‘rtalarida Andijon 4 dahaga. bo‘lindi. Har dahaga qozi va mingboshi tayinlandi. Dahalar mahallaiazga bo‘lingan bo‘lib, ularni oqsoqol boshqargan. Toshkent 2009-yilda 2200 yilligi nishonlangan Toshkent ham O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlaridan biridir. U turli davrlarda Choch, Shosh, Binkat kabi nomlar bilan atalib kelindi. XI asrdan boshlab esa hozirgi nomi bilan atala boshlandi. Toshkent o‘z tarixida turli vaqtlarda yurtimizga bostirib kirgan davlatlarga qaramlik davrlarini boshidan kechirdi. 1503-yilda esa Shayboniylar davlati tarkibiga kiritildi. XVI asrda shaharda katta bun- yodkorlik ishlari amalga oshirildi. Chunonchi, Baroqxon, Ko‘kaldosh madrasalari kabi me'moriy obidalar bunyod etildi. 1723-yilda Tosh- kentni ko‘chmanchi jung‘orlar egallab oldilar. Jung‘orlarga qaramlik 1758-yilgacha davom etdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkentda to'rt hokimlik vujudga keldi (Shayxontohur, Beshyog‘och, Ko‘kcha va Sebzor). 1784-yilda to‘rt hokimlik tugatildi va yagona Toshkent bek- ligi tashkil etildi. 1810-yilda Olimxon hukmronligi davrida Qo‘qon xonligi tarkibiga qo‘shib olindi. Toshkent muhim xalqaro savdo yo‘li chorrahasida joylashgani sa- babli hunarmandchilik yuksak darajada rivojlandi. Chorsu shahar ha- yotining markazi edi. 1. Xonlikda yer egaligi munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Vaqf avlod tushunchasi nimani anglatgan? 3. Mardikor, chorikor, koranda tushunchalariga izoh bering. 4. Soliq turlarini qayd eting. 5. Rossiya-Qo‘qon, Qo'qon-Qashqar savdo munosabatlarining rivoj- lanib borganligiga misollar keltiring. 6. Xonlikning Toshkent va Qo‘qon shaharlarini bir-biri bilan taqqos- lang va xulosalaringizni daftaringizga qayd eting. 136 2019-yildan boshlab 0‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida fuqarolar toTaydigan soliq tizimida qanday o‘zgarishlar amalga oshirilganligini soliq to‘lovchi ota-onangiz yordamida aniqlab keling. 37-§. Qo‘qon xonligining tashqi siyosati Qo‘qon-Xitoy munosabatlari Qo‘qon xonligintng Sin imperiyasi bilan muno- sabatlari juda og‘ir kechdi. Bunga, bir tomondan, Xitoyning 1755-1759-yillar mobaynida Sharqiy Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirishi, ikkinchidan, Qo‘qon xonligini kuch- sizlantirishga urinishi sabab boTdi. Erdonabiy hukmronligi davrida Xitoy jung‘orlarni tor-mor etib, qozoq juzlari yeriga hujum boshladi va Toshkent chegaralariga ya- qinlashib keldi. Sharqda esa O‘sh viloyatini (hozirgi Qirg'iziston Respublikasi hududida) bosib oldi. Andijon, Marg‘ilon va Namangan bekliklari esa Xitoyga vassalligini tan oldilar. Shunday sharoitda Erdonabiy Xitoy bilan Qo‘qon xonligi uchun tahqirli shartnoma imzo- lashga majbur boTdi. Unga ko‘ra, Qo‘qon xonligi o‘zining Xitoyga qaram ekanligini tan oldi. Xitoyga katta tovon toTadi, imperatorga esa qimmatbaho sovg‘a-salomlar jo‘natdi. Sharqiy Turkiston (Qashqar) - uyg‘ur xalqining vatani. Uni Xitoy bosib olgach, Qashqar hukmdorlari Qo‘qondan boshpana topgan edilar. Xitoy hukumati Umarxonga ularni Qashqarga o‘tkazmaslik shartini qo‘ydi. Madalixon davrida Qo‘qon-Xitoy munosabatlari yanada kes- kinlashdi. Bunga Madalixonning Xitoyga umuman bo‘ysunmaslikka qaror qilganligi hamda davlat chegarasini tobora Sharqiy Turkiston tomon kengaytirib borayotganligi, shuningdek, 1825-yilda Qashqar aholisining Xitoyga qarshi ozodlik kurashini qoTlab-quvvatlagani sa- bab boTdi. Xitoy hukumati bunga javoban 1829-yilda Qo‘qonning Sharqiy Turkistonda yuritadigan savdo ishlarini taqiqladi. Qo‘qonlik savdogarlarning aksariyat qismini haydab, mol-mulklarini musodara qildi. Madalixon esa Sharqiy turkistonliklaming Xitoyga qarshi ozodlik kurashi rahbari Jahongirxo‘ja va uning ukasi Yusufxo‘ja ixtiyoriga yor- dam uchun qo‘shin jo‘natdi. Natijada, Yusufxo‘ja Qashqami egalladi va Yorkentni egallash uchun harbiy harakatni davom ettirdi. Bu esa Xitoy hukumatini qattiq tashvishga solib qo‘ydi va Yusufxo‘jaga qar- shi katta qo‘shin yubordi. 137 Qo‘zg‘oloiichilarning safida mustahkam birlik yo‘qligi hamda Bu- xoro-Qo‘qon munosabatlari yomonlashuvi oqibatida Qo‘qon xoni- ning Sharqiy Turkistonga yuborgan qo'shinini chaqirib olishi tufayli Yusufxo‘ja mag‘lubiyatga uchradi. Oqibatda, Yusufxo‘ja Sharqiy Turkistonni tashlab chiqdi. U bilan 70 ming uyg‘ur oilasi Farg‘ona vodiysiga ko‘chib keldi. Keyinchalik ham Qo‘qon xonligi o‘z chega- ralarini tobora Sharqiy Turkiston tomon kengaytirish siyosatini davom ettirdi. Ayni paytda, Xitoy moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Qo‘qon xonligiga qarshi ochiqdan ochiq urush harakatlari olib borishga qodir emas edi. Natijada, 1832-yilda Pekinda Xitoy-Qo‘qon shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, Qo‘qon Jahongirxo‘ja avlodlarini Sharqiy Tur- kistonga o‘tkazmaslik majburiyatini oldi. Bundan tashqari, Xitoy Shar- qiy Turkistonda qo‘qonlik savdogarlar faoliyatini taqiqlashni bckor qildi. Shuningdek, Qo‘qon savdogarlariga Sharqiy Turkistonda boj to‘lamasdan savdo qilish huquqi ham berildi. Sharqiy Turkistondan Qo‘qon savdogarlari chiqarib yuborilganda ulardan tortib olingan mol- mulklari evaziga Qo‘qon xonligiga tovon to‘landi. Va nihoyat, Sharqiy Turkistonda savdo qiluvchi o‘rtaosiyolik savdogarlar to‘laydigan boj- larni yig‘ib olish huquqi Qo‘qon xonligiga berildi. Ruarnrn amirl i ainino Cln‘nnn vnnlioi hndndi munosabatlari shayboniylar va ashtarxoniylar davrida Buxoro avvalo, ikki davlat munosabatlarida dushmanlik kayfiyatining ustunlik qilishiga sabab boTdi. Ikkinchidan, Buxoro amirligi o‘zini uchta o‘zbek davlati o‘rtasida yetakchi deb hisoblardi va bu maqomning qolgan ikki o‘zbek davlati tomonidan e’tirof etilishini istar edi. Uchinchidan, Qo‘qon xonligi o‘z hududini Buxoro amirligi ko‘z- lagan yoki uning hokimiyatini tan olgan viloyatlar hisobiga ham kengaytirib bordi. O‘zaro qurolli to‘qnashuvlarda goh Buxoro amirli- gining, goh Qo‘qon xonligining qoTi baland kelib turdi. Umarxon davrida Buxoro amiri Haydar hatto butun musulmon olamining xalifasi deb e’tirof etilgan Usmonli davlati sultoni Mahmud II ga Xiva va Qo‘qon xonliklari ustidan arz qilib xat ham jo‘natgan. U xatida Movarounnahr, Qo‘qon, Dashti Qipchoq, Marv, Balx, Ko‘- lob va Badaxshon avvaldan Buxoroga bo‘ysunib kelganligini, Qo‘- qon va Xiva xonlari esa Buxoro amirligining oliy hokimiyatini tan 138 olmayotganligini qayd etgan. Biroq sulton Mahmud II Qo‘qon xonli- gining Buxoro amirligi oldida mustaqil davlat maqomini tan olganligi Umarxonga katta ma’naviy quvvat bag‘ishladi. Madalixon ham Usmonli sultonligiga elchi jo‘natgan. Sulton no- miga yozilgan xatda Madalixon sultonning „musulmonlar xalifasi“ maqomini tan olishini, Xitoyga qarshi muqaddas urush olib bor- ganligini ma’lum qildi. Ayni paytda, sultondan Qo‘qonga qurol-aslaha ustalarini yuborishni so‘radi. Ustalarning yuborilishi Buxoro-Qo‘qon munosabatlari tobora keskinlashayotgan bir davrda juda muhim edi. Biroq bu iltimos rad etildi. o ( _R . Madalixon Sharqiy Turkistondagi musulmonlarni munosabatlari3 Xitoy tazyi(lidan lumoya qilishda Usmonli sul- tonidan zarur madad va qo‘shinni zamonaviy asosda qurollantirish uchun mutaxassislar yuborilishiga erisha olma- gach, endi Rossiya bilan munosabatlami yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Shu maqsadda 1831-yilda Rossiyaga elchi yubordi. Lekin elchilik muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Buning asosiy sababi har ikki davlatning ham O‘rta juz qozoqlari homiysi bo‘lishga da'vogarligi edi. Shuning uchun ham Rossiya hukumati Qo‘qon elchilarini Orenburgdan nariga o‘tkazmaslik haqida ko‘rsatma berdi. Tabiiyki, Madalixonning qurol-yarog‘ sotish va artilleriya zobitlari yuborish haqidagi iltimosi ham rad etildi. Nihoyat, oradan 10 yil o‘tgach, 1842-yilda Madalixondan keyin taxtga o‘tirgan ukasi sulton Mahmudxon Rossiyaga ikkinchi elchilar guruhini jo‘natdi. Chunki xonlikka Buyuk Britaniya xavf solishi ehtimoli aniq bo‘la boshlagan edi. Bu xavfga qarshi tura olish uchun Rossiyaning madadiga erishish juda muhim masala edi. O‘rta Osiyoda Rossiya-Buyuk Britaniya manfaatlari to‘qnash kelayotgan bir paytda Qo‘qon elchilari Rossiya imperatori Nikolay I tomonidan qabul qilindi. Ayni paytda, asosiy e’tibor ikki davlat o'rtasida savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, Qo‘qon xonligiga tog‘-kon mutaxassislarini yuborish ma- salasiga ham qaratildi. Biroq 1842-yilning bahorida Buxoro amir- ligining Qo‘qon xonligiga hujumi elchilik natijalarini yo‘qqa chiqardi. Endi Rossiya Qo‘qon xonligining zaiflashib qolganligidan foydalanib qolishga qaror qildi. Shuning uchun ham Qo‘qon xoni Xudoyorxonning Rossiya Qo‘- qonga nisbatan yuritayotgan siyosati xususida bildirgan e’tirozlari inobatga olinmadi. 139 Shunga qaramay, Xudoyorxon Qo‘qon chegarasida yangi istehkom- lar qurilganligidan norozi bo‘lib Rossiyaga elchi yubordi. Xudoyorxon Nikolay I ga yo‘llagan maktubida Qo‘qon xonligida jamoat tartibi tiklanganligini, savdo yo‘llari yaxshi qo‘riqlanayotganligini, rus sav- dogarlari uchun hech qanday xavf-xatar yo‘qligini bildiradi. Ayni paytda, Raim istehkomi qurilganligidan norozi ekanligini ham ma’lum qildi. Nikolay I javob maktubida Qo‘qonda tartib o‘rnatilganligidan mamnun ekanligini, ikki davlat o‘rtasida yaxshi munosabatlarni saq- lab qolinishini xohlashini bildirdi. Tashqi ishlar vaziri esa Raim is- tehkomi buzilmasligini maTum qildi. U o‘z fikrini Raim istehko- mining, avvalo, Rossiya hududida qurilganligi, ikkinchidan esa, bu istehkom u qurilgan hududda tartib va tinchlikni hamda savdo kar- vonlari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilayotganligi bilan asos- ladi. Biroq tez orada Qo‘qon qal’asi bo'lgan Oqmasjidni Rossiya bosib olishni mo'ljallayotgani maTum boTgach, Rossiya —Qo‘qon munosabatlari yanada keskinlashdi. Endi ertami-kechmi, Rossiyaning Qo‘qon xonligiga qarshi bosqinchilii shubha qolmadi. [inchilik yurishi boshlashi muqarrarligiga • 1759-yil - Xitoy Sharqiy Turkistonni bo‘ysundirdi. • 1825-yil - Madalixon Sharqiy Turkiston aholisining Xitoyga qarshi ozodlik kurashini qoTlab-quvvatladi. • 1832-yil - Pekinda Qo‘qon-Xitoy shartnomasi imzolandi. 1. Qo'qon—Xitoy munosabatlarida saqlanib turgan keskinlikning saba- bini qayd eting, 2. Erdonabiy va Umarxon davrida Qo‘qon-Xitoy munosabatlari ha- qida nimalarni bilib oldingiz? 3. Madalixon hukmronligi davrida Qo‘qon-Xitoy munosabatlarining keskinlashuviga nimalar sabab boTdi? 4. 1832-yilda Pekinda imzolangan Xitoy-Qo‘qon shartnomasining mazmuni haqida so‘zlab bering. 5. Nega Qo'qon-Buxoro munosabatlarida doimo keskinlik saqlanib turdi? 6. Qo'qon-Rossiya munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 141 38- §. Qo‘qon xonligida madaniy hayot TT , . Xonlikning savdo va hunarmandchihk mar- Umarxon va madaniy , . ■■ ~ t ,, t., * ... muhit kazl oo”gan Qo qon, Marg llon, Andijon, Namangan, Toshkent va boshqa shaharlari, ayni paytda madaniyat markazlari ham edi. Chunonchi, birgina Qo‘qon shahrida 120 ta maktabxona, 40 ta madrasa va masjid, Marg‘ilonda 80 ta maktabxona, 10 ta madrasa va masjid faoliyat ko'rsatgan. Bu yerda XVIII—XIX asrning birinchi yarmida ilm-ma'rifat sohasida mashhur ijodkorlar yetishib chiqdi. Qo‘qon xoni Umarxon esa ilm, madaniyat, adabiyot rivojiga, madrasalarda o‘qish-o‘qitish ishlarini yaxshilashga, turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e:tibor berdi. Umarxon va uning umr yoTdoshi, mashhur o‘zbek shoirasi Nodiraning sa’y-harakatlari natijasida XIX asr boshlarida Qo‘qon ilm-ma’rifat markaziga aylandi va bu yerda Qo‘qon adabiy muhiti shakllandi. Umarxonning o‘zi „Amiriy“ taxallusi bilan ko‘plab she'rlar yoz- di. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir to‘plandi. 1821-yilda Fazliy Namangoniy, Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she'rlarini o‘z ichiga olgan „Majmuayi shoirort“ to‘plamini tuzdi. 10 ming misradan ortiq o‘zbek, fors-tojik tilidagi g‘azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she’rlar to‘plangan devon yaratildi. Arab va fors tillaridagi kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. No- yob kitoblar iste'dodli xattotlar tomonidan ko‘chirildi va nozik tas- virlar bilan bezatildi. Maxmur va Gulxaniy Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug‘ilib, 1844-yili vafot etdi. Qo‘qondagi Madrasayi Mirda ta’lim oldi. Keyin qo‘shinda sipohilik qildi. Maxmurning hajviy she’r- lari devoni saqlangan boTib, unda 69 ta asar (3717 misra) jamlangan. U milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyani yuksak pog‘onaga ko‘tardi. Hajviy asarlarida xalqqa jabr yetkazgan amaldorlami keskin tanqid ostiga oldi. Xususan, „Hapalak“ she’rida Hapalak qishlog‘idagi xalq hayotining ayanchli manzarasini aks ettirsa-da, aslida bu she’r butun xonlik hududidagi xalq hayotining manzarasini ifodalar edi. Mazkur she’rda quyidagi satrlar bitilgan edi: 142 Xalqini ko ‘rsang agar, o 'lasi-yu, qoq-u xarob, Ochligidart egilib, qomati misli kamalak. Bori yo‘q uylarini, banda, bayon gar qilsam, Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to'rt katalak. O‘zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo‘nalishini rivojlantirgan Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajvgo‘ylik ijodiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Bu davr adabiyotining yana bir yirik na- moyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif) edi. U 1770-yilda hozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni qishlog‘ida oldi. Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qildi. Keyinchalik esa Qo‘qonda istiqomat qildi. Bu yerda hammomda go‘lax (o‘t yoquvchi) bo'lib ishladi. Shu boisdan „Gulxaniy“ taxallusi bilan ijod qilgan. Gulxaniy birinchi bo‘lib o‘zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida kiritgan ijodkor. Gulxaniyning butun sharq ada- biyotida mashhur hisoblangan asari „Zarbulmasal‘'dir. Asardagi „Maymun va Najjor", „Tuya bilan Bo'taloq", „Toshbaqa bilan Chayon" kabi masallari chuqur axloqiy-taTimiy ahamiyatga ega. Asardagi Yapaloqqush va Boyo‘g‘li, Ko‘rqush va Hudhud, Ku- lonkir Sulton va Malik Shohinlarning obrazlari orqali o‘sha davr ja- miyatidagi illatlarni, hukmron tabaqalaming xalqqa o‘tkazgan jabr- zulmlarini, xalqning og‘ir turmush sharoitini haqqoniy tarzda katta badiiy mahorat bilan ochib berdi. Qo‘qon adabiy muhitini Jahon otin (taxallusi Uvay- siy, 1779-1845) va Mohlaroyim (taxallusi Nodira) lar ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uvaysiy oilasi o‘z davrining il- g‘or va ma’rifatli oilalaridan edi. Otasi ham o‘zbek, ham tojik tilida qalam tebratgan. Oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga chiqardi. Uvaysiy Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodlarini qunt bilan o‘rgandi. Amir Umarxon Marg‘ilon hokimi bo‘lib turgan yillarda Uvaysiy el orasida tanilgan shoira edi. Undagi shoiralik iste'dodi Umarxonning xotini Nodirani o‘ziga rom etdi. Umarxon Qo‘qon taxtiga o‘tirgach, Uvaysiy Qo‘qonga taklif etildi va bu yerda u juda ko‘p yoshlarga murabbiylik qildi. Nodira bilan ijodiy hamkorligi qaror topdi. Uning ijodi xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Manbalarda ta’kidlanishicha, 143 Uvaysiydan to‘rtta lirik devon va uchta doston meros bo‘lib qolgan. Uvaysiy asarlarida insonni e’zozlash, do‘stlik, vafo, sadoqat g‘oyalari, el-yurt dardi, xalq hasrati kuylanadi. „ .. . _T .. O‘zbek shoirasi, ma'rifatparvar davlat arbo- Mohlaroym _ Nod.ru fe. Mohlaroyim _ Nodka (1792_1842) An- dijonda tug‘ildi. Otasi Rahmonqulibiy Andijon hokimi bo‘lib, Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi edi. Umarxon Marg‘ilonga hokim etib tayinlanganidan keyin Nodira bilan turmush qurdi. Nodira Uvaysiy bilan tanishgach, uni yosh qizlar va kanizaklami o‘qitish uchun mual- limlikka taklif etdi. Nodira o‘g‘li Muhammad Alixon taxtga o‘tir- gach, davlatni idora etishda faol ishtirok etdi, madrasalar qurdirdi. Olimlar, xattot va naqqoshlarni Qo‘qonga to‘pladi, ko‘p kitoblarni qayta ko‘chirtirdi. Kitob muqovasining did bilan ishlanishiga e’tibor berdi. Yaxshi xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg‘a qildi. Nodiraning o‘zi ham o‘zbek, ham tojik tillarida ijod qildi. Mohlaroyim Nodira taxallusida 180 she’r jamlangan devon, Komila taxallusida 19 g‘azal, Maknuna taxallusida 333 g‘azaldan iborat devon tuzdi. Nodiradan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy meros qoldi. She’rlarida muhabbat, sadoqat, mehr-vafo, ayni paytda, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, oh-fig‘onlari kuylanadi. Bundan tashqari, Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g‘azallariga muxammaslar ham yozgan. Boborahim MaGnl Q0^011 xonligida ijod qilgan iste’dodli shoir- lardan yana biri Boborahim Mashrab edi (1640-1711). U Namanganda tug‘ildi. 15 yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshladi. 18 yil davomida dunyoning juda ko‘p mam- lakatlarini kezib chiqdi. O‘z she’rlarida hukmron tabaqalaming mehnatkash xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini, ochko‘zligini, ba’zi soxta din peshvolarining, avom xalq ruhini do‘zax va oxirat azoblari bilan dahshatga solayotganligini ayovsiz fosh etdi. Xalqning og‘ir, ayanchli ahvoliga achindi. Mashrab bitgan quyidagi satrlar buning dalilidir: Dili tig'i sitamdin pora bo‘lg‘on xalqni ko'rdim, Tani dard-u alamdan yora bo ‘Ig ‘on xalqni ko ‘rdim. Mashrab g‘animlarning ig‘vosi bilan dinga shak keltirganlikda ayblanib, 1711-yilda o‘lim jazosiga hukm etildi. 144 Nod.ru Tarixnavislik XVIII-XIX asrlarda Qo‘qon xonligida ko‘plab ta- rixiy asarlar yaratildi. Mazkur davr tarixchilaridan Abdulkarim Fazliy Namangoniy 1822-yilda Umarxonning topshirig‘iga binoan, „ Umarnoma“ asarini yozib tugatdi. U 5000 baytdan iborat tarixiy asardir. Xon saroyida qozi askar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan „Shohnomayi nusratpayom“ („G‘alabadan xabar beruvchi shohnoma“) tarixiy asarini yozdi. Umarxon davrining ko‘zga ko‘ringan tarixchisi, Norbo‘tabiyning nabirasi Muhammad Hakimxon to‘ra ibn Ma'sumxon to‘radan (1802-1870) „Muntaxab ut-tavorix“ („Saralangan tarixlar“) asari me- ros qoldi. Bu asar Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi tarixiga doir muhim manbalardan biri sanaladi. Unda O‘rta Osiyo xalqlarining ijti- moiy-siyosiy va madaniy hayotiga doir qimmatli maTumotlar mavjud. Toshkentlik tarixchi olim Muhammad Solihning „ Tarixi jadidayi Toshkand“ („Toshkentning yangi tarixi“) asari Vatanimiz tarixini o‘r- ganishda muhim manba sanaladi. U XV-XIX asrlar Turkiston tarixi, jumladan, Toshkent tarixi, Qo‘qon xonligi tarixi ilmiy nuqtayi naza- ridan yozilgan qimmatli asardir. M , ..... Xonlikda me’morchilik ham juda rivojlangan. Bu- e morc 11 xoro(jail pjr gumh binokorlar taklif etilib, ko‘plab madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, ko‘prik va muhtasham binolar bunyod etildi. Xalq orasida Madrasayi Mir nomi bilan mashhur bo‘l- gan Norbo'tabiy madrasasi, Daxmayi Shohon ansambli va Norbo'tabiy daxmasi kabi hozirgacha saqlanib kelinayotgan me'moriy obidalar shular jumlasidandir. Norbo‘tabiy madrasasi XVIII asrning oxirida bunyod etilgan. U to‘g‘ri to‘rtburchakli, bir qavatli, hovlili va to‘rt minorali me’moriy obida. Madrasada gumbazli masjid va panjaralar o‘rnatilgan 12 ta derazali darsxona ham mavjud. Hovlisi atrofida esa peshayvonli hujralar joylashgan. Daxmayi Shohon (shohlar maqbarasi) esa XIX asrning birinchi choragida qurilgan. Unda Norbo‘tabiy va uning av- lodlari dafn etilgan. Daxmaga peshtoq orqali kirilgan. Daxmayi Shohonda xonning onasiga atab qurilgan Modarixon maqbarasi ham joylashgan. Xonlikda Madalixon, Kamol qozi, Tunqator, Haqquli 10-O‘zbekistcn tarixi, 8-sinf 145 Xudoyorxon o'rdasi mingboshi, Miyon hazrat, Mohlaroyim, Hakim To'ra, Xonxo'ja eshon, Buzrukxo ‘ja, Pirmuhammad yasovul, Xojabek, Oxund devonbegi, Mingoyim, Jome kabi madrasalar bunyod etildi. Xudoyorxon davrida xon saroyi - Xudoyorxon o 'rdasi bunyod on va Ko ‘kaldosh madrasalari qayta hur me’moriy majmuasi hozirgi ko‘- yniddin bobo uchun yangi maqbara qad etildi. Toshkentda esa ta’mirlandi. Shayx Xovandi rinishda shakllanti: ko‘tardi. 9 1. ,,Qo‘qon adabiy muhiti" deyilganda nima tushuniladi va u qanday vujudga keldi? 2. Umarxonning adabiyot sohasidagi ijodi haqida nimalarni bilib ol- dingiz? 3. Maxtnur va Gulxaniy ijodini taqqoslang: o'xshash va farq qiluvchi jihatlarini aniqlang. 4. Uvaysiy va Nodira ijodida qanday o‘xshashliklar mavjud? 5. Xonlikda yaratilgan tarixiy asarlarning nomlarini daftaringizga taT- tib bilan yozing. O‘zingiz „Qo‘qon xonligining madaniy hayoti“ jadvalini tuzing va uni to‘ldiring. 146 39- §. Qo‘qon xonligida ta’lim ,, ., , . . Maktabxona ta’limi boshlang‘ich ta’lim va tartib-qoidalari edl- Maktablar ko pincha bitta sinfxona- haqida dan iborat bo‘lganligi uchun maktabxona deb atalgan. Xonlikda 350 ta maktabxona faoliyat ko‘rsatgan. Boshlang‘ich maktab bolalarga umumiy ma’lumot beruvchi va xat-savod chiqarish maskani edi. Unda arab imlosida savod chiqarish, yozish va o‘qish ko‘nikmalari shakllantirilgan. Shu- ningdek, hisoblash qoidalari va ko‘nikmalari hosil qildirilgan. Tevarak- atrof, jamiyat, islom dini haqida bilim va tushunchalar berilgan. Shuningdek, odob-axloq me’yorlariga amal qilish o‘rgatilgan. O‘g‘il bolalar maktabxonalarining aksariyati masjidlar, madrasalar, qorixonalar qoshida, shuningdek, xususiy maktabdor xonalarida ochilgan. Qiz bolalar maktabxonalari otin ayollar uylarida yoki ba- davlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan. Ana shu otinlardan biri Dilshodi Rahimqul so‘fi qizi (taxallusi Dilshod Otin, Bamo, Dilshodi Barno) edi. XIX asrda Qo‘qonda ijod qilgan shoira. U, ayni paytda, maktabxona maktabdori boTib ham faoliyat yuritgan. O‘zining maktabdorlik (otinlik) faoliyati haqida, jumladan, shunday deb yozgan edi: „Mening suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste'dodli shoiralar edi. 51 yil davomida men maktabdorlik (o ‘qituvchilik) qildim va yiliga o ‘rtacha 20 na- fardan 30 nafargacha o'quvchilarim bo'lib, 890 nafar qizning savodini chiqardim. Bulardan deyarli to‘rtdan bir qismi she'riyatga qobiliyatli bo ‘lib, shoira va o ‘z davrining aqlli hamda dono odamlari edilar“. Xususan, Anbar Otin uning iqtidorli o‘quvchilaridan boTgan. Dilshod Otinning qalamiga mansub „Muhojirlar tarixi“, „Inson ma- tonati va muhojirlar tarixi“ lari" asarlari bizgacha yetib urushlar, uning xalq ommasi kabi masalalar o‘z ifodasini kunlar kelishiga ishonib asarlarining birida: „Bu jabr-u zulmat albat muvaqqat", deb yozgan. Shuningdek, turkistonliklami do‘st va inoq boTib yashashga ham da’vat etgan. Maktabxona maktabdorligiga (o‘qi- tuvchiligiga) masjid mutasaddilari ishga taklif etishgan. Maktabdorga maktabdan uzrsiz ketib qolmaslik sharti qo‘yilgan, Maktabxonalarda hamda „ Barnoning tanlangan kelgan. Asarlarida xonlikdagi turmushiga ko'rsatgan ayanchli topgan. Shoira, ayni paytda, she ’r- o‘zaro ta’siri yaxshi 147 o‘quvchilar soni 10-60 nafarni tashkil etgan. O‘qishga 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilingan va o‘qish 5-7 yil davom etgan. Kimning maktabxonada necha yil o‘qishi o‘qituvchining mahoratiga, o‘quvchining zehniga va oilasidagi muhitga bog‘liq edi. Maktabxonalarda dars mashg‘ulotlari quyosh chiqishidan to kech- gacha davom etgan. Juma va bayram kunlari dars mashg‘ulotlari bo‘lmagan. Yoz fasli va ramazon (ro‘za) oyida o‘quvchilarga ta’til berilgan. — . Dars mashg‘ulotlari avval kalimai shahodat va toyiba yod olinganidan so ng arab alit- bosini o‘rganishdan boshlangan, Alifbe darslarida dastlab harflarning yozilishi mashq qilingan. So‘ng harflarning turli o‘rinlardagi shakllari o‘rganilgan. Keyin esa zeru-zabar, ya’ni harflarning osti va ustiga qo‘yiladigan farqlovchi belgilar va ularning qo‘llanishi, shuningdek, ular yordamida bo‘g‘in tuzish qoidalari o‘rgatilgan. Maktabdor (o‘qi- tuvchi) harflami yog‘ochga yoki qattiq lavhalarga yozib devorga osib qo‘ygan. Unga qarab harflar yod olingan. Harflami bir-biriga qo‘shib yozish mashq qilingan. Duoyi salomni yoza olgan o‘quvchi „xati chiqqan“ hisoblangan. Alifbe o'rganilib bo‘lingach, „Haftiyak“ (muqaddas Qur’oni Karim- ning 1/7 qismi ko‘chirib yozilgan kitob)ni o‘rganishga kirishilgan. „Haftiyak“ tugallangach, „Tavjud“ (Qur’oni Karimni qiroat bilan o‘qish san'ati to‘g‘risidagi ilm)ga o‘tilgan. Undan so‘ng esa bevosita „Qur’oni Karim“ ning o‘zini o‘qitish boshlangan. Shundan so‘ng „Farzi ayn“, ya'ni shariatga ko‘ra barcha musul- monlarga buyurilgan va bajarilishi shart bo‘lgan amallar haqida tu- shunchalar berilgan. U o‘rganilib bo‘lingach, islom dinining asosiy qoidalari bayon etilgan „Chor kitob“ („To‘rt kitob“)ni o‘rganishga kirishilgan. Undan keyin kattaqo‘rg‘onlik So‘fi Olloyorning „Sabot ul-ojizin“ („Ojizlar saboti“) kitobi o‘qitilgan. Mazkur asarda islom dinining asosiy qoidalaridan tashqari, go‘zal insoniy fazilatlar, axloqiy tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalar, she’r va dostonlar o‘rin ol- gan. „Sabot ul-ojizin“dan so‘ng shu asaming fors tilida yozilgan va „Maslak ul-muttaqin“ („Taqvodorlar maslagi“) deb atalgan asl nusxasi o‘rganilgan. „Sabot ul-ojizin“ „Maslak ul-muttaqin“ning turkiy tilda qisqartirib yozilgan nusxasi bo‘lib 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy ma'rifatning she’riy talqinidir. 148 So‘fi Olloyor asari o‘rganib bo‘lingach, Sharq olamida mashhur bo‘lgan, XIII asrda yashab o‘tgan Sa'diy Sheroziyning „Bo'ston" va „ Guliston" asarlari o‘rganilgan. Sa’diy asarlari boshqa Sharq shoirlaridan hayratlanarli darajada hayotiyligi bilan alohida ajralib turadi. „Bo‘ston“ va „Guliston“ ha- yotiy hikoyalardan tashkil topgani, donishmand shoirning bu hiko- yatlar so‘ngida qissadan hissa tarzida keltirgan she’rlari kundalik tur- mushdan chiqarilgan xulosalar ekanligi bilan jahon ilm-u adab ahlini birday o‘ziga tortib kelmoqda. BMTning Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga „Guliston“ asari- dan olingan quyidagi misralar bitilgan: „Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino bo 'lganligi tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Bino- barin, zamon uning bir a'zosiga jarohat yetkazsa, boshqa a'zolari ham o 'z tinchini yo ‘qotadi Keyingi bosqichda Xo‘ja Hofiz Sheroziyning (1326-1389) „De- von‘‘ini o‘rganish boshlangan. Mazkur „Devon‘‘ lirik she’rlar to‘plami boTib, o‘quvchilaming axloqiy tarbiyasida asosiy qoTlanma sanalgan. Maktabxonalarda arab grammatikasi, Alisher Navoiyning she’riy to‘p- lamlari hamda husnixat, hisob-kitob (arifmetika) ham o‘qitilgan. . Qo‘qon xonligida madrasalar ham faoliyat ko‘r-Madrasa talimi . v -usatgan. Xususan, 1841-yilda Qo qon shahn madrasalarida 1000 nafar mulla taTim olgan. Ularning faoliyatiga mutavakkillar boshchilik qilishgan. Madrasalarga o‘quvchilar 13-15 yoshidan boshlab qabul qilingan. O‘qish muddati esa 15-20 yil da- vom etgan. Madrasalarda kalom (islom diniy taTimotini asoslab beruvchi ilm), qiroat, hadis (Muhammad s.a.v.ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari va ko‘rsatmalari), fiqh (islom huquqshunosligi) ilmlari, shuningdek, arab grammatikasi, mantiq, notiqlik, xattotlik, tijorat ilmlaridan ham saboq berilgan. Bundan tashqari, tarix, adabiyot, geografiya, matematika fanlari o‘qitilgan. Maktabxonada o‘qitilgan darsliklar materiallari madrasada yanada chuqurroq o‘rganilgan. TaTimning madrasa bosqichida, shu- ningdek, „Kalila va Dimna" hamda „Qobusnoma“ asarlari ham o‘qi- tilgan. 1. Qo‘qon xonligida maktabxona faoliyati qanday tashkil etilgan? • 2. Maktabxonalarda arab alifbosi qanday tartibda o‘rgatilgan? 149 3. „Qur’oni Karim“ni o'rganish qanday bosqichlardan tashkil topgan? 4. Maktabxonalarda So‘fi Olloyorning asarlari asosiy darsliklardan biri etib belgilanganligi nimalami anglatadi? 5. Nega Sa’diy SheToziyning darslik o‘mida foydalanilgan „Bo‘ston“ va „Guliston“ asarlarining mazmuni hali-hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda? 6. Xonlikdagi madrasa ta’limi haqida nimalami bilib oldingiz? 40-§. O'zbek davlatlarining taraqqiyotda orqada qolish sabablari va oqibatlari G‘arbiy Yevropaning ilg‘or mamlakatlarida Jahon taraqqiyotidagi sanoa^ jshlab chiqarishning yetakchi tar- mog‘iga aylanib bordi. XVI asming o‘rta- laridan boshlab to‘qimachilik, qog‘oz, shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo‘l hunari texnikasiga asoslangan korxona - manufakturalar (lotincha manus — qo‘l, faktura - tayyorlash)lar vu- judga keldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida asbob-uskunalami harakatga kel- tiruvchi bug‘ mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada, asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi fabrika-zavodlar vujudga keldi. Bug‘ mashinasi bilan harakatlanuvchi parovoz, paroxod, cho‘yan va po‘lat oluvchi domna pechlar yaratildi, temiryo‘llar qurildi. Yirik boy tabaqalarning tashqi savdodan, mustamlakalardan, manu- fakturadan orttirgan boyliklari sanoatni rivojlantirish uchun sarmoya sifatida qo‘yildi. Bu sanoatning rivojlanishida muhim omil bo‘ldi. Eng muhimi, xo‘jalik yuritish uchun zarur bo‘lgan mashinalami ish- lab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, og‘ir sanoat vujudga keldi. Biroq bu jarayon jahon mamlakatlarida nihoyatda notekis bordi. Ko‘pgina mamlakatlar, jumladan, o‘zbek xonliklari ham bu jarayondan chetda qolib, taraqqiyotda orqada qolib bordi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: „Nega jahonga Ahmad Farg'oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII—XIX 150 asrlarga kelib to shu chog'gacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so‘nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi?“ Asrlar davomida bir butun bo‘lib kelgan mam- Qoloqlik sabablari , , . . , ■ , .lakatmng, bir lqtisodiy va ma navLy-madamy makonda yashab kelgan o‘zbek xalqining uch davlatga bo‘linib ketishi, ular o‘rtasida davom etgan qarama-qarshiliklar, urushlar mamlakatni umumbashariy taraqqiyot jarayonidan uzilib, rivojlanishda orqada qo- lishga mahkum etdi. Har bir o‘zbek davlatida markaziy hokimiyatni egallash uchun ichki kurash, o‘zaro nizo-janjal, ig‘volarning doimiy tus olisbi mamlakatni xonavayron qilardi. Xonliklarning asrlar davomida o‘zgarmay kelayotgan davlat bosh- qaruv usuli taraqqiyotga g‘ov bo‘lib qolgan edi. Xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar, etnik nizolar urug‘-qabila jamoalarini bir joydan boshqa joylarga ko‘chishini keltirib chiqarardi. Yoki ular zo'rlik bilan yashab turgan joylaridan ko'chirilar edi. Bu jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi. Aholini bir butun xalq bo‘lib jipslashishiga xalaqit berardi. Davlat darajasida yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi. Turkistonni, xalqni birlashtirish g‘oyasi ostida uyushtira oladigan yoTboshchi, si- yosiy kuch topilmadi. \ Hukmdorlar va saroy amaldorlari eski ishlab chiqarish usulini himoya qiladilar. Xonliklarning asosiy boyligi boTgan yerga egalik qilishning, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida o‘zgarmadi. Yerning egasi hukmdor alohida xizmat ko‘rsatgan kishilarga bir ho- vuch yer hadya qilardi. Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqon yerning egasi emas edi. Shu boisdan dehqon yerni asrab-avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intilmadi, chunki u bundan manfaatdor emasdi. Ayni paytda, dehqon yer egasi boTmagani sababli boshqa joylarga ketaverardi. Aholi og‘ir soliqlardan, tinkani qurituvchi yigTm va majburiyat- lardan azob chekardi. Turmush darajasi past boTib, aholi iste’mol uchun eng zarur boTgan tor doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar bilan qanoatlanishga majbur edi. Ishlab chiqarish, asosan, iste'molga yo‘naltirilganligi uchun u iqtisodiyotning o‘sishi uchun turtki boTol- madi. 151 nochor ahvolda qoldi. Yerga ishlov berish o‘sha- ho‘kiz, so‘qa-omoch darajasida qolib ketdi. Sanoat rivojlantirilmadi. Rangli metallar, oltingugurt, mar- neft kabi tabiiy boyliklarga ega bo‘lgan konlar izlab topish, tog‘-kon ishlarini yo‘lga qo‘yishga Dehqonchilik o‘sha - bir juft ishlab chiqarishi mar, toshko‘mir, bo‘Isa-da, ularni e’tiborsizlik qilindi. O‘lkada yirik daryolar bo‘lsa-da, baliqchilikni sanoat darajasiga ko‘tarish, kemasozlikni yo‘lga qo‘yishga e’tibor be- rilmadi. Oqibatda tovar-pul munosabatlari rivojlanmadi. O‘rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani yetmaganidek, o‘zaro nizolar tufayli o‘zbek davlatlari o‘rtasida yagona ichki bozor ham tashkil topmadi. O'zbekistonning Birinchi Prezidenti LKarimov ta'kidlaganidek, „ Yurt hukmdorlari va amaldorlari xalqning taqdiri va kelajagi haqida qayg ‘urish o ‘rniga, o ‘z shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yib, jaholat va g'aflatga berilib ketishi oqibatida biz bugun ya- shayotgan mintaqa umumbashariy taraqqiyot jarayonlaridan uzilib, rivojlanishdan keskin orqada qolib ketdi". n . .... .. .. . O‘zbek davlatlarining iahon taraqiyotidan orqada qolishi o ta salbiy oqibatlarga olib keldi. Iqtisodiy qoloqlik va harbiy nochorlik, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik O‘rta Osiyoni o‘z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan davlatlarga qo‘l keldi. Abdulla Qodiriy o‘zining ,,0‘tkan kunlar“ romanida Yusufbek hoji tilidan quyidagi alamli so‘zlarni bayon qilgan edi: „Ittifoqning nima ekanligini bilmagan, yolg'iz o‘z manfaati, shax- siyati yo'lida bir-birini yeb-ichgan mansabparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog'idan yo'qolmasdan turib, bizning odam bojishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, bir- birimizning tagimizga suv quyadigan bo'lsak, yaqindirki, podsho is- tibdodi Turkistonimizni egallar". Haqiqatan ham shunday bo‘ldi. O‘zbek davlatlaridagi o‘zaro nizo va urushlar, parokandalik, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilishi uchun qulay imkoniyat yaratdi. Yurtimizning o‘zgalarga qaramligi 1991-yil 31-avgustgacha davom etdi. O‘tmish xotiralaridan zarur xulosalarni chiqargan yurt rahbarlari O‘zbekistonni rivojlantirish, mustaqilligini mustahkamlashning va ja- hon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘miga ega bo‘lishiga xizmat qiluvchi rejalarni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq eta oldi. 152 Bugungi kunda esa muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev rah- barligida xalqimiz 2035-yilga borih jahonning eng rivojlangan 50 ta davlati qatoridan joy olishdek ulug‘vor maqsadni ro‘yobga chi- qarish yo‘lida buyuk bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Siz ham hademay bu ulkan bunyodkorlik ishiga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shishingizga hech shubha yo‘q. 1. Nima sababdan o‘zbek davlatlari jahon taraqqiyotidan orqada qolib ketganligining sabablarini daftaringizda tartib bilan aks ettiring. 2. Bugungi O‘zbekiston o‘z oldiga qisqa muddatlarda (2035-yilda) jahonning eng rivojlangan 50 ta davlati qatoridan joy olishdek ulug'vor maqsadni qo'ygan. Bu maqsadni ro'yobga chiqarish borasida tumaningizda va mahallangizda qanday bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligi haqida axborot tayyorlab keling. Yakuniy dars (mustaqil ishlash) Darslik matnidan foydalangan holda quyidagi jadvallami to‘ldiring. l-jadval Buxoro xonligi Buxoro xonligi qachon tashkil topgan? Shayboniylar hukmronlik qilgan yillar Ashtarxoniy- lar hukm- ronlik qilgan yillar Mang‘itlar hukmronlik qilgan yillar Amirlikning yer may- doni, aholisi 1 2 3 4 5 153 Amirlikdagi yuqori davlat mansablari Yer egaligi shakllari Aholiga solingan aso- siy soliqlar Aholi o‘tashi ke- rak bo'lgan asosiy maj- buriyatlar Amirlikda ichki savdo rivojlanma- ganligining sabablari 6 7 8 9 10 -aJ 2- jadval Xiva xonligi tashkil topgan yil Xonlikning asoschisi Abulg‘oziy- xon hukm- ronlik qilgan yillar va u hitgan tarixiy asarlar Qo‘ng‘irot- lar sulo- lasining hokimiyat tepasiga kelishi Xonlik aholisining umumiy soni Aholining milliy tarkibi 1 2 3 4 5 6 154 Xonlikda Bosh vazir qanday nom bilan atalgan? Muhanunad Rahimxon o‘tkazgan islohotlar Aholiga solingan asosiy soliqlar Aholi o‘tashi ke- rak bo‘l- gan asosiy majburi- yatlar Ichan qal’a - nodir tari- xiy yod- gorlik Xiva xonligi ta- rixida yuz bergan eng muhim tarixiy voqealar 7 8 9 10 11 12 3-jadval on xonligi Xonlik tashkil topgan sana k Xonlikning asoschisi Olimxon- ning xonlik tarixidagi o‘rni Xonlik aholisining umumiy soni Aholiga solingan asosiy soliqlar „01tin beshik“ rivoyati- ning maz- muni 1 2 3 4 5 6 155 Xonlikda Bosh vazir qanday nom bilan atalgan? Qo‘qon xonligi ta- rixida yuz bergan eng muhim tarixiy voqealar Umarxon va Qo‘qon adabiy muhiti Yer egaligi shakllari, soliqlar va majburiyat- lar Buxoro - Qo‘qon munosabat- lari Qanday sababga ko‘ra qip- choqlar xonlik siyosiy hayotida katta mav- qega ega bo'lib ol- gan edilar? 7 8 9 10 11 12 156 MUNDARIJA Kirish .................................................................................................................3 I BOB. XV ASRNING OXIRI - XVI ASRNING BOSHLARIDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDAGI SIYOSIY VAZIYAT 1- §, Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat ................................................ 5 2- §. Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat .............................8 3- §. Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad Shayboniyxon munosabatlari .......................................................................11 4- §. Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi ......................................................................13 II BOB. BUXORO XONLIGI VA BUXORO AMIRLIGI 5- §. Buxoro xonligining tashkil topishi ................................................ 17 6- §. Abdullaxon II davrida Buxoro xonligining yuksalishi ................19 7- §. Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi ....................................................................... 21 8- §. Buxoro xonligida markaziy hokimiyatning zaiflashuvi .......................................................................................................25 9- §. Buxoro xonligida davlat boshqaruvi ..............................................28 10- §. Buxoro xonligida harbiy ish .........................................................31 11- §. Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot .................................34 12- §. Buxoro xonligining tashqi siyosati ..............................................38 13- §. Buxoro xonligida madaniy hayot .................................................43 14- §. Buxoro amirligining tashkil topishi .............................................50 15- §. Amirlikda markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi ..............55 16- §. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi ..........................................57 17- §. Buxoro amirligida harbiy ish ....................................................... 61 18- §. Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot ................................65 19- §. Amirlik shaharlari. Ichki va tashqi savdo ................................. 68 20- §. Buxoro amirligining tashqi siyosati ............................................ 71 21- §. Buxoro amirligida madaniy hayot ................................................75 157 III BOB. XIVA XONLIGI 22- §. Xiva xonligining tashkil topishi ....................................................80 23- §. XVII-XVIII asrning birinchi yarmida xonlikdagi siyosiy ahvol .............................................................................82 24- §. Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. XVIII asr oxiri - XIX asr birinchi yarmida xonlikning siyosiy ahvoli ........................................................................... 86 25- §. Xiva xonligida davlat boshqaruvi ............................................... 90 26- §. Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Shaharlar hayoti ............................................................................................94 27- §. Xiva xonligining tashqi siyosati .................................................. 99 28- §. Xiva xonligida madaniy hayot .....................................................103 29- §. Xiva xonligi tarixi bo‘yicha manbalar ...................................... 106 30- §. XVI—XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar ................ 110 31- §. Qoraqalpoqlarda madaniy va ma’naviy hayot ....................... 113 IV BOB. XVIII-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QO‘QON XONLIGI 32- §. Qo‘qon xonligining tashkil topishi ............................................. 118 33- §. XVIII asrning ikkinchi yarmi — XIX asrning btrinchi yarmida Qo‘qon xonligida siyosiy ahvol ............................................ 120 34- §. Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi ........................................ 126 35- §. Qo‘qon xonligida harbiy ish ...................................................... 129 36- §. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot .................................133 37- §. Qo‘qon xonligining tashqi siyosati ........................................137 38- §. Qo‘qon xonligida madaniy hayot .............................................. 142 39- §. Qo‘qon xonligida ta’lim .............................................................. 147 40- §. O‘zbek davlatlarining taraqqiyotda orqada qolish sabablari va oqibatlari ...............................................................................150 Yakuniy dars (mustaqil ishlash) ............................................................. 153 158 Jo‘rayev U. va boshqalar. 63.3(5O‘) O‘zbekiston tarixi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi U 73 uchun darslik / U.Jo‘rayev va boshq. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 4-nashri. - Toshkent: ,,O‘qituvchi“ NMIU, 2019. - 160 b. ISBN 978-9943-22-371-4 UO‘K: 94(575.1X075.3) KBK 63.3(5O‘) USMON JO‘RAYEV, QAMAR USMONOV, GULIRA’NO JO‘RAYEVA, NAIM NORQULOV O‘ZBEKISTON 8-sinf uchun darslik Qayta ishlangan va toTdirilgan 4-nashri „O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2019 Muharrir J. Yaxshiboyev Badiiy muharrir Q.Shomuratov Texnik muharrir N. Niyazmuhamedova Musahhihlar: E.Najimova, Sh.Jahonov Kompyuterda sahifalovchi O‘.Qurbonova Nashriyot litsenziyasi AI Xe012. 20.07.2018. Original-maketdan bosishga ruxsat ctildi 17.06.2019. Bichimi 70X901/,,;. Kegli 11, 12 shponli. „Tayms“ gamiturasi. Ofset bosma usulida bosildi. Ofset qog‘ozi. Shartli b.t. 11,70. Hisob-nashriyot t. 11,0. Adadi 506584 nusxa. Buyurtma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-206, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 1-uy. Shartnoma JVa 244-18. Ijaraga beriladigan darslik holatini ko'rsatuvchi jadval 0‘qu.vchming ismi va familiyasi O‘quv yili Darslikning olingandagi holati Sinfrah- barining imzosi Darslikning topshiril- gandagi holati Sinfrah- barining imzosi 1. 2. 3. 4. 5. 6. DarsLik ijaraga berilib, o'quv yili yakunida qaytarib olinganda yuqoridagi jadval sinf rahbarlari tomonidan quyidagi baholash mezonlariga asosan to'ldiriladi: Yangi Darslikning birinchi marotaba foydalanishga berilgandagi holati. Yaxshi Muqova butun, darslikning asosiy qismidan ajralmagan. Barcha varaqlari mavjud, yirtilmagan, ko‘chmagan, betlarida yozuv va chiziqlar yo‘q. Qoniqarli Muqova ezilgan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan, darslikning asosiy qismidan ajralish holati bor, foydalanuvchi tomonidan qoniqarli ta'mirlangan. Ko'chgan varaqlari qayta ta'mirlangan, ayrim betlariga chizilgan. Qoniqarsiz Muqovaga chizilgan, yirtilgan, asosiy qismidan ajralgan yoki butunlay yo‘q, qoniqarsiz ta’mirlangan. Betlari yirtilgan, varaqlari yetishmaydi, chizib, bo‘yab tashlangan. Darslikni tiklab bo‘lmaydi.