GEOGRAFIYA O‘RTA OSIYO TABIIY GEOGRAFIYASI O‘ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASI O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 7- sinfi uchun darslik sifatida tasdiqlagan Qayta ishlangan va to‘ldirilgan beshinchi nashri «O‘QITUVCHI» NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI TOSHKENT — 2017 UO‘K: 91(075.3) KBK 26.8(5)(ya72) G 35 Mualliflar: I bo‘lim. O‘RTA OSIYO TABIIY GEOGRAFIYASI P. G‘ulomov — geografiya fanlari nomzodi, dotsent; H. Vahobov — geografiya fanlari doktori, professor. II bo‘lim. O‘ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASI P. Baratov — geografiya fanlari nomzodi, professor; M. Mamatqulov — geografiya fanlari doktori, professor. Taqrizchilar: Sh. Zokirov — geografiya fanlari nomzodi, O‘zMU geografiya fakulteti dotsenti; V. Fedorko — Toshkent shahridagi 233- maktabning geografiya fani o‘qituvchisi; M. Avezov — Toshkent shahridagi 278- maktabning geografiya fani o‘qituvchisi; M. Mahmanazarova — Toshkent shahridagi 258- maktabning oliy toifali geografiya fani o‘qituvchisi; M. Tillaboyeva — RTM Tabiiy va aniq fanlar bo‘limi boshlig‘i. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. © P. G‘ulomov va b. © «O‘qituvchi» NMIU, 2005 © «O‘qituvchi» NMIU, qayta ishlangan ISBN 978-9943-22-056-0 va to‘ldirilgan nashri, 2017 KIRISH Aziz o‘quvchilar! Siz 6- sinfda «Materiklar va okeanlar tabi- iy geografiyasi» bilan tanishganingizda Yer yuzining rang-ba- rangligini, har bir materik, okean tabiati betakror ekanini, har bir qit'aning o‘rganilish tarixini bilib oldingiz, geografik kom- plekslarni o‘rgandingiz. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va ta'sirlar, insonning tabiatdan foydalanish masalalari, tabiatni muhofaza qilish muammolari bilan tanishdingiz. 7- sinfda Siz mamlakatimiz — O‘zbekiston Respublikasi joy- lashgan tabiiy geografik o‘lka — O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi bilan Vatanimiz tabiiy geografiyasini o‘rganasiz. O‘rta Osiyo- ning geografik o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, geologik tuzili- shi, relyefi, foydali qazilmalari, iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi, tabiatdan, uning boyliklaridan oqilona foydalanish masalalari bilan tanishasiz. Shu bilan bir- ga, geografiyani o‘rganishda xaritalardan foydalanishni, xari- talarning qanday ishlanishini, turlarini, topografik xaritalar, ulardan qanday foydalanishni bilib olasiz. Yana vaqt hisobi, soat mintaqalari, iqlim hosil qiluvchi omillar, tuproqlar haqi- da umumiy tushunchalarga ega bo‘lasiz. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasini o‘rganib bo‘lganingizdan keyin o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, jonajon Vata- nimiz — O‘zbekistonning tabiiy geografiyasini chuqur o‘rga- nishga kirishasiz. Bunda Siz Vatanimizning dunyo geografik xaritasida tutgan o‘rni, ma'muriy bo‘linishi, geologik tuzilishi, relyefi, foydali qazilmalari, iqlim xususiyatlari, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot olamini bilib olasiz. Mamlakatimizning tabiat komplekslarini o‘rganishda Siz Vata- nimizning turli hududlari tabiati bir-biridan qanday farq qilishi, u yerlarda tabiatdan, uning boyliklaridan qanday foydalani- layotgani, tabiat qanday qilib muhofaza qilinayotganini bilib olasiz. Siz bilishingiz lozim bo‘lgan tushuncha va atamalar alohida harflar bilan ajratib yozilgan. Siz har bir mavzuni qanchalik o‘zlashtirib olganligingizni tekshirib ko‘rish uchun «Savol va topshiriqlar» berilgan. Bu savollarga javob berishda, topshiriqlarni bajarishda 7- sinf uchun nashr qilingan geo- grafik atlasdan foydalaning. 3 I BO‘LIM O‘RTA OSIYO TABIIY GEOGRAFIYASI 1. Tabiiy geografik rayonlashtirish de- ganda nimani tushunasiz? 2. Hududlarni tabiiy geografik rayon- lashtirishda qanday tabiiy belgilar yoki tabiiy xususiyatlar asos qilib olinadi? 3. Yevrosiyoda qanday tabiiy geografik o‘lkalar ajratiladi? O‘RTA OSIYO TABIIY GEOGRAFIK O‘LKASI HAQIDA TUSHUNCHA Bolalar, Sizlar «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» kursini o‘rganganingizda tabiiy geografik rayonlashtirish ha- qida tushuncha olgan edingiz. Shunda Yevrosiyo joyning tabiiy xususiyatlariga qarab bir qancha tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linganligi bilan tanishgansiz (1- rasm). Endi biz ana shu ta- biiy geografik o‘lkalardan biri bo‘lgan O‘rta Osiyoni o‘rganamiz. O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasi o‘zining tabiiy sharoiti, tabiiy geografik xususiyatlariga ega bo‘lgan, boshqa o‘lkalardan tabiiy chegaralari bilan ajralib turadigan yirik tabiiy geografik kompleksdir. Bolalar, Siz Yevrosiyoning tabiiy xaritasidan O‘rta Osiyo joylashgan yerlarni e'tibor berib ko‘rib chiqing. Shunda O‘rta Osiyo yer yuzasining tuzilishiga ko‘ra uch qismga bo‘linga- nini ko‘rasiz. O‘lkaning g‘arbiy qismi cho‘llar egallagan keng pasttekisliklar, shimoliy qismi cho‘l, chalacho‘l va dashtlar- dan iborat qir va tekisliklar ekanini, sharqiy va janubiy qismla- rida osmono‘par baland tog‘lar ko‘tarilib turganini ko‘rasiz. (Qanday pasttekislik, past tog‘lar, qirlar, tog‘lar borligini xari- tadan aniqlang.) O‘rta Osiyo — Yevrosiyo materigining deyarli qoq o‘rtasida joylashgan juda katta berk havzali o‘lka. Iqlimi quruq va konti- 4 1- rasm. Yevrosiyoning tabiiy geografik o'lkalari. nental. Qishi ancha sovuq. Shimoli-sharqiy qismida—50°C sovuq kuzatilgan. Yozi esa juda issiq. Termizda harorat +50°C ga, Qoraqumda +54°C ga yetgani kuzatilgan. Suvsiz cho‘llar minglab kilometrga cho‘zilgan. Shu bilan birga, sharqdagi tog‘larda juda katta maydonlarni doimiy qor va muzliklar qoplab yotadi. O‘lkada tabiat turli xil o‘tlar o‘sadigan dasht- lardan, janubda quruq subtropiklargacha o‘zgaradi. O‘rta Osiyoda butun dunyoga dong‘i ketgan tarixiy me'mor- chilik yodgorliklari, muzey-shaharlar mavjud. Buxoro, Samar- qand, Xiva dunyoga mashhur shaharlardir. O‘rta Osiyo o‘lka- sidan jahon fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Ahmad al- Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino kabi olimlar, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Shayboniyxon kabi sarkardalar, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abu Abdulloh Rudakiy, Ahmad Yassaviy, Boborahim Mashrab kabi buyuk shoirlar, Imom al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi hadisshunos mutafakkirlar yeti- shib chiqqan. Savol va topshiriqlar 1. 1- rasmdan foydalanib, O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasiga chegaradosh o‘lkalar nomini ayting va daftaringizga yozing. 2. Yevrosiyoning tabiiy geografik o‘lkalari chegarasi qanday ta- biiy belgilarga qarab o‘tkazilgan? 3. Bu o‘lkadan yetishib chiqqan buyuk insonlardan kimlarni bilasiz? O‘RTA OSIYO TABIIY O‘LKASINING GEOGRAFIK O‘RNI, CHEGARALARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1. Xaritadan O‘rta Osiyo o‘lkasiga qo‘shni o‘lkalarni ko‘rsatib, nomlarini aytib bering. 2. Toshkentdan Hind, Atlantika va Shimoliy Muz okeanlarigacha bo‘lgan masofani xaritadan masshtab yordamida aniqlang. O‘rta Osiyo Yevrosiyo materigining o‘rtasida joylashgan. O‘l- kaning eng shimoliy nuqtasi 53,8° shimoliy kenglikda, Ayirtov yaqinida, eng janubiy nuqtasi Hindukush tog‘larining g‘arbiy tarmog‘i bo‘lgan Safedko‘h tog‘ tizmasi bilan Nishopur tog‘- 6 lari tutashgan joyda (34° shimoliy kenglik), g‘arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining Mang‘ishloq yarimorolidagi Tubqarag‘ay burnida (50,3° sharqiy uzunlik) va sharqiy nuqtasi Savir tog‘- larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85,6° sharqiy uzunlik) joylashgan. Shimoldan janubga 2200 km va g‘arbdan sharqqa 2750 km ga yaqin masofaga cho‘zilgan. O‘rta Osiyo o‘lkasining geografik kengligi Janubiy Yevropa o‘lkasi, Afrikadagi Atlas tog‘lari geografik kengligiga to‘g‘ri keladi. U yerlardagi mamlakatlar iliq mo‘tadil va subtropik tabiatli mamlakatlardir. O‘rta Osiyo yirik materikning o‘rta- sida, dengiz va okeanlardan uzoqda joylashganligi sababli juda qurg‘oqchil o‘lkadir. O‘lkaning chegarasi juda murakkab. Janub va sharq tomon- larida chegara tog‘larning suvayirg‘ichidan o‘tkaziladi. Chunki bu tog‘lar iqlimiy va gidrografik chegaralar hisoblanadi. Lekin shimoli-g‘arbiy, shimoliy va shimoli-sharqiy chegaralarni aniq- lash ancha murakkab. Bu yerda iqlimiy chegaralar yo‘q desa ham bo‘ladi. Shuning uchun bu yerda tektonik chegaralar asos qilib olinadi. Shunday qilib, O‘rta Osiyo o‘lkasi chegaralarini quyidagicha belgilash mumkin. G‘arb tomonda Kaspiy dengizi qirg‘oqlari chegara bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy chegara Emba daryosining quyar joyidan janubroqdan boshlanib, Ustyurt platosi shi- moliy chinklari bo‘ylab o‘tadi va Mug‘ojar tog‘larining ja- nubiy etaklarigacha boradi. Bu chegara Sharqiy Yevropa plat- formasi bilan yosh Turon platformasi chegarasiga to‘g‘ri keladi. Chegara 58° sharqiy uzunlik va 48° shimoliy kenglikka yetgandan keyin shimolga, shimoli sharqqa burilib Qusto- noygacha davom etadi va undan Ayirtovga boradi. So‘ngra chegara sharq va janubi sharqqa tomon Qozog‘iston past tog‘larining shimoliy etaklari bo‘ylab davom etib, Qozog‘is- ton — Xitoy chegarasida Savir tog‘larining shimoliy etagiga keladi. Sharqiy chegara Savir, O‘rkashar, Moylitog‘, Jung‘oriya, Boroxoro, Iren-Xabirga tizmalari, Adenkur dovoni, Qarat, Xoliqtog‘ tizmalari suvayirg‘ichi orqali o‘tib, Xontangri tog‘ tuguniga keladi. Undan so‘ng Ko‘kshag‘al, Otboshi tizmalari suvayirg‘ichi orqali o‘tib, Farg‘ona tizmasiga tutashadi, so‘ng- ra Oloy tog‘larining sharqiy qismi va Sariko‘l tizmasi bo‘ylab o‘tib, Hindukush tog‘lariga tutashadi. Janubiy chegara Hindukush, Safedko‘h, Nishopur tog‘ tizmalari suvayirg‘ichi bo‘ylab o‘tib, Kaspiy dengizi qirg‘og‘i bilan tutashadi. (Xaritadan bu chegaralarni ko‘rib chiqing.) 7 O‘rta Osiyoni alohida tabiiy geografik o‘lka sifatida ajra- tishga asos bo‘ladigan tabiiy xususiyatlari quyidagilar: 1. O‘rta Osiyo okeanlardan uzoqda, materikning o‘rtasida joylashgan. Eng yaqin okean—Hind okeanigacha bo‘lgan masofa 1000 km dan ortiq. 2. Iqlimi — qishi ancha sovuq, yozi issiq, yog‘in kam bo‘l- gan keskin kontinental iqlim. 3. Suvlari tashqariga chiqib ketmaydigan, gidrografik ji- hatdan yaxlit berk o‘lka (shimoli-sharqiy kichik qismidan tashqari). 4. Tabiatida o‘ziga xos keskinliklar mavjud, ya'ni bu yerda dengiz sathidan 132 m past bo‘lgan Qoragiyo botig‘i bilan birga, balandligi 7000 m dan oshadigan tog‘lar bor. Cho‘l- larda yog‘in miqdori 70—80 mm dan, tog‘larda 1000 mm gacha boradi. Qishda shimoli-sharqiy qismida —50°C li sovuq, yozda janubida +50°C li jazirama issiq kunlar kuzatiladi. 5. Janub va sharq tomonlari baland tog‘lar bilan o‘ralgan. Shimol va shimoli g‘arb tomonlari tekisliklardan iborat. G‘arb- dan iliq shamollar, shimoldan sovuq, quruq shamollar be- malol kirib kela oladi. G‘arbiy shamollar tog‘larning g‘arbiy yonbag‘irlariga anchagina yog‘in keltiradi. Baland tog‘larda qor, muz to‘planib, yoz davomida daryolarga suv berib turadi. 6. Bu yerda o‘simliksiz ko‘chma qumlar ham, o‘tish qiyin bo‘lgan chakalakzorlar ham, ekinzor va bog‘lardan iborat obod vohalar ham mavjud. 7. O‘rta Osiyoning gidrografik berk o‘lka ekanligi va sharq, janub tomonlardan baland tog‘lar bilan o‘ralganligi ekologik jihatdan noqulay vaziyat tarkib topishiga sabab bo‘ladi. Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan O‘rta Osiyoning chegaralarini ko‘rsating va ularga ta'rif bering. 2. O‘lkaning geografik o‘rni haqida nimalarni bilasiz? 3. Yevrosiyoning tabiiy o‘lkalari chizilgan yozuvsiz xaritaga Toshkentdan Hind, Atlantika, Shimoliy Muz va Tinch okeanlarigacha bo‘lgan masofani o‘lchab, yozib qo‘ying. 8 1. 2. 3. O‘RTA OSIYONING GEOGRAFIK O‘RGANILISH TARIXI «Buyuk ipak yo‘li» haqida nimalarni bilasiz? O‘rta Osiyo tabiatini o‘rgangan allomalardan kimlarni bilasiz? O‘rta Osiyo hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar- dan qaysilarini «O‘zbekiston tarixi» darsliklaridan o‘rgan- gansiz? O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganish juda qadim davrlardan bosh- langan. Chunki O‘rta Osiyo G‘arb va Sharq davlatlari o‘rta- sidagi muhim xalqaro savdo yo‘lida joylashgan. O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki ma'lumotlarni Gerodot, Strabon, Arrian, Ptolemey va boshqalarning asarlarida uchra- tish mumkin. O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganish tarixi bir necha bosqichdan iborat. Birinchi bosqich — «Buyuk ipak yo‘li» mavjud bo‘lgan davr. Ipak yo‘li miloddan avvalgi II asrdan milodning XVI asri- gacha asosiy savdo yo‘li hisoblangan. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiati xitoy, arab va mahalliy olimlar tomonidan o‘rganildi. Xitoy sayyohi Chjan-Syan 13 yil davomida (miloddan av- valgi 138—126-yillar) Issiqko‘l atrofi, Farg‘ona va Xorazm tabiatini, aholisi va xo‘jaligini o‘rgandi. Milodning VII asrida Syuan-Szan 16 yil davomida (629—645-yillar) Tyanshan, Yettisuv, Chu vodiysi, Toshkent, Samarqand va Pomir ta- biatini o‘rganib, muhim geografik asar yozib qoldirgan. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo tabiati arab olimlari tomonidan o‘rganilgan. Arab sayyohlari va olimlari tomonidan O‘rta Osiyo tabiati va uning tabiiy geografik o‘lkalari haqida juda ko‘p geo- grafik ma'lumotlar yozib qoldirilgan. Abul Hasan Ali Ma'su- diy (X asr) O‘rta Osiyo va Kavkaz geografiyasi haqida asar yozgan, Abu Is'hoq Istaxriy (X asr) «Iqlimlar kitobi», Yoqut ibn Abdulla (XII—XIII asrlar) «Mamlakatlarning alifbo tartibida ro‘yxati» nomli asar yozgan. O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga shu yerlik olimlar ham juda katta hissa qo‘shgan. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (IX asr) O‘rta Osiyo geografiyasiga asos solgan, uning «Yer tasviri» nomli asari o‘z zamonasida eng mukammal geografik asar bo‘lgan. Bu asar 1878-yilda rus tiliga tarjima qilingan. O‘rta Osiyo tabiati, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, xo‘jaligi, tarixi haqida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (X—XI asrlar) juda qimmatli ma'lumotlar yozib qoldirgan. 9 Uning dunyo xaritasida O‘rta Osiyodagi ko‘p joylar va ular- ning nomlari berilgan. Mahmud Koshg‘ariy (XI asr) ham O‘rta Osiyoni, uning tabiatini o‘rgangan bo‘lib, o‘zining mash- hur «Devon-u lug‘otit turk» asarida ko‘p joy nomlari va geo- grafik atamalar haqida yozib qoldirgan. Zahiriddin Muham- mad Bobur (XV—XVI asrlar) «Boburnoma» asarida O‘rta Osiyo tabiati, ayniqsa, Farg‘ona vodiysidagi joylar haqida muhim ma'lumotlar keltirgan. Ikkinchi bosqich — bu davr O‘rta Osiyoning Rossiya impe- riyasi tomonidan bosib olinishi arafasidan to oktabr to‘nta- rishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyo bu bos- qichda har tomonlama turli maqsadlarda, shu jumladan, harbiy maqsadda o‘rganildi. O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinguniga qadar uning tabiati I.Xoxlov (1620), B. Pazuxin (1669—1673), Benevini (1718—1725), F.Yef- remov, G.S.Karelin va boshqalar tomonidan o‘rganildi. Ular, asosan, Xorazm, Qoraqum, Qizilqum, Markaziy Qozog‘iston, Orol dengizi tabiatini o‘rgandilar. O‘rta Osiyo Rossiyaning mustamlakasiga aylantirilgandan keyin tabiiy boyliklaridan ko‘proq, to‘liqroq foydalanish maqsadida uning tabiatini o‘r- ganish yana ham kengaydi. Bu davrda uning tabiati, xo‘jaligini P. P. Semyonov-Tyanshanskiy (1856—1897), N.A.Seversov (1864—1878), A.P.Fedchenko (1868—1871), I.V.Mushketov (1877—1880), V.A.Obruchev, L.S.Berg va boshqalar o‘r- gandilar. Natijada, O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi haqida muhim ilmiy ma'lumotlar olindi. Uchinchi bosqich — oktabr to‘ntarishidan O‘zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo‘lgan davr. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiiy boyliklari tez sur'atlar bilan o‘zlashtirila boshlan- di. Uning geologiyasi, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuprog‘i, o‘simligi va hayvonot dunyosi, chuqur va har tomonlama o‘rganildi. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga N.L.Korjenevskiy, D. I. Sherbakov, D. V. Nalivkin, H.M.Ab- dullayev, Q. Zokirov, T. Zohidov, V. L. Shuls, L.N.Babushkin, N. D. Dolimov, M.Qoriyev, H. Hasanov, N.A.Kogay va boshqa olimlar katta hissa qo‘shdilar. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin geografik tadqiqotlar tabiatdan, uning boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, muhofaza qilish masalalarini o‘rganishga yo‘naltirildi. Ayniqsa, suv boyligimiz va uni muhofaza qilish, atrof-muhitni toza tutish, tabiiy geografik jarayonlarni, inson va tabiat muno- sabatlari masalalarini o‘rganishga e'tibor berilmoqda. 10 Savol va topshiriqlar 1. Mustamlakachilik davrida O‘rta Osiyo tabiati kimlar tomoni- dan o‘rganilganligini ayting. 2. Sobiq Ittifoq davrida O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishning o‘zi- ga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 3. Hozirgi geografik tadqiqotlar nimalarga yo‘naltirilgan? (4- §. O‘RTA OSIYO AHOLISI VA SIYOSIY XARITASI 1. Dunyoning siyosiy xaritasi deganda nimani tushunasiz? 2. O ‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlar va ularning poy- taxtlarini ayting. 1. Aholisi. O‘rta Osiyoning tub aholisiga o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, afg‘onlar, forslar kiradi. O‘rta Osiyo xalqlari jahon fani va madaniyatiga, davlat- chilik ilmiga katta hissa qo‘shgan buyuk allomalari, sarkarda- lari bilan faxrlanadi. (Shunday buyuk insonlardan kimlarni bilasiz?) O‘rta Osiyoda tub millatlardan tashqari turli vaqtlarda ko‘- chib kelib, o‘troq yashab qolgan ruslar, tatarlar, yahudiylar, ukrainlar, boshqirdlar, koreyslar, uyg‘urlar, turklar va boshqa millatlar ham mavjud. Hozirgi paytda O‘rta Osiyo aholisi 75 mln kishidan ortiq. O‘rta Osiyo cho‘l va chalacho‘l zonalarida joylashganli- gidan aholi azaldan vodiylarda, suv manbalari — daryo bo‘ylarida, vohalarda bir-biriga moslashib, yelkadosh bo‘lib yashashga o‘rgangan. O‘rta Osiyo tabiati, hayotning o‘zi bu yerdagi xalqlarni shu ruhda tarbiyalagan. O‘rtaosiyolik ulug‘ alloma-mutafakkirlar — Abdullo Rudakiy, Alisher Navoiy, Maxtumquli, Abay, To‘xtag‘ul xalqlarni mehr-oqibatli, do‘st, birodar bo‘lib yashashga da'vat qilishgan. Bunday da'vat hozirgi vaqtda yanada muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Siyosiy xaritasi. Siyosiy xarita deb jahondagi yoki uning qaysidir qismidagi davlatlarning ma'lum bir tarixiy davrdagi holati aks etgan xaritaga aytiladi. Siyosiy xaritalar inqiloblar, urush- lar va davlatlarning o‘zaro kelishuvlari asosida o‘zgarib, qayta tarkib topib turadi. O‘rta Osiyo siyosiy xaritasining keyingi ikki asr davomida- gi tarkib topishida bir necha bosqich ajratiladi: birinchi bos- qich O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib oli- 11 nishi arafasidagi davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda O‘rta Osiyoda uchta yirik davlat — Qo‘qon xonligi, Xiva xonligi va Buxoro amirligi mavjud bo‘lgan. Ikkinchi bosqich mustam- lakachilik davrini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda O‘rta Osiyoda Rossiya imperiyasining Turkiston general-gubernatorligi hamda Rossiyaning yarimmustamlakalariga aylantirilgan Xiva xonligi va Buxoro amirligi joylashgan edi. Uchinchi bosqich juda qisqa davrni (1917—1920/22) o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda O‘rta Osiyoda uchta mustaqil davlat paydo bo‘ldi: Turkiston (Qo‘qon) muxtoriyati, Buxoro va Xorazm respublikalari. To‘r- tinchi bosqich 1924—1991-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda O‘rta Osiyo hududida 5 ta ittifoqdosh respublika tashkil qilindi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turk- maniston. O‘lkaning janubi Afg‘oniston va Eron davlatlari tarkibiga kiradi. Beshinchi bosqich 1991- yildan boshlanadi. Bu davrda sobiq Ittifoqning parchalanishi oqibatida O‘rta Osiyo hududidagi ittifoqdosh respublikalar o‘rnida mustaqil dav- latlar— O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston tashkil topdi. Savol va topshiriqlar 1. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olmasdan avval uning hududida qanday davlatlar bor edi? 2. O‘rta Osiyo mustamlakaga aylantirilgandan keyin u qanday ma'muriy birliklardan iborat bo‘lgan? 3. O‘rta Osiyoning hozirgi siyosiy xaritasi paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘ldi? 4. Yevrosiyoning yozuvsiz xaritasiga O‘rta Osiyo davlatlari va ular- ga qo‘shni davlatlar chegaralarini chizib, nomlarini yozib qo‘ying. 1. Geografik xarita nima? Xaritalar mazmuniga ko‘ra bir-biridan qanday farq qiladi? 2. Xaritalar tasvirlangan hududining kattaligi va masshtabiga ko‘ra bir- biridan qanday farq qiladi? 3. Yer yuzasining xaritalar va globusda tasvirlanishi o‘rtasida qanday farqlar mavjud? GEOGRAFIK XARITALAR. XARITA ANDAZALARI (PROYEKSIYALARI) HAQIDA TUSHUNCHA Xaritalardagi xatoliklar. Xarita tuzish andazalari. Geogra- fiyani globus va dunyoning tabiiy xaritasisiz tasavvur qilish qiyin. Globus Yerning modeli ekanini bilasiz. Globusda Yer 12 yuzasi — quruqliklar, okeanlar, dengizlar, orollar sayyoramiz- da aslida qanday shaklda bo‘lsa, deyarli shunday shaklda, lekin juda kichraytirib tasvirlangan. Tabiatdagi obyektlar juda kichraytirib tasvirlanganda ko‘p narsalarni ko‘rsatish mumkin emas. Shu sababli Yer yuzini, undagi geografik obyektlarni tasvirlash uchun geografik xaritalardan foydalaniladi. Geo- grafik xaritalar Yer yuzidagi geografik obyektlarni tasvir- lashning asosiy usuli hisoblanadi. Biroq geografik xaritalarda Yerning qavariq yuzasi tekis yuzada tasvirlanadi. Buning oqibatida geografik xaritada Yer qavariq yuzasining ayrim qismlarini cho‘zib, ayrim qismlarini qisqartirib tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun globus va xaritalardagi geografik obyekt- larning qiyofalari bir-biridan farq qiladi. Qavariq Yer yuzasini tekis yuzada tasvirlash uchun xarita andazalaridan foydalaniladi. Xarita andazalari sayyoramizning qavariq yuzasini tekis yuzada tasvirlashning matematik usul- laridir. Yerning qavariq yuzasi tekis yuzaga tushirilayotganda tasvirda uzilishlar ro‘y beradi. Uzilishlarni to‘ldirish uchun, odatda, xaritadagi tasvirlarni cho‘zishga to‘g‘ri keladi. Buning oqibatida burchaklar, chiziqlar uzunligi, maydonlar, obyekt- larning shaklida xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Yerning qavariq yuzasini tekis sathga — xaritaga tushirish chog‘ida ana shunday xatoliklardan birontasini kamaytirishga yoki yo‘qotishga ha- rakat qilinadi. Shu maqsadda turli xil xarita andazalaridan foydalaniladi. Xarita andazalari, asosan, uch xil bo‘ladi: 1. Teng burchakli andazalar. Bunday andazalarda tuzilgan xaritalardagi burchaklar globusdagi, ya'ni joydagi burchak- larga teng bo‘ladi. Teng burchakli andazalar asosida tuzilgan xaritalarda yo‘nalishlarni aniqlash qulay, biroq maydonlar va masofalarni tasvirlashda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. 2. Teng maydonli yoki teng hajmli andazalardan foydalanil- ganda materiklar, davlatlar, dengizlar, orollar va boshqalar- ning maydonlari xatosiz tasvirlanadi. Lekin burchaklar, shakl- larni tasvirlashda ancha xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Teng may- donli xaritalardan geografik obyektlar maydoni o‘lchanadi. 3. Ixtiyoriy andazalar asosida tuzilgan xaritalarda burchaklar ham, maydonlar ham xatoliklar bilan tasvirlanadi, lekin xa- tolik kamroq bo‘ladi. Ixtiyoriy andazalar orasida teng masofali andazalar boshqalaridan ko‘ra ko‘proq ishlatiladi. Bunday xaritalarda uzunlik masshtabi bir meridian (odatda, o‘rtada- gi) yoki bir paralleldagina saqlanadi. 13 Meridianlar bilan qirqimlarga bo‘lingan globus yuzasi Qirqimlarni tutashtirish yo‘li bilan chizilgan dunyo xaritasi 2- rasm. Bu xarita globus bilan taqqoslansa, xatoliklar yaqqol ko‘rinadi. Qavariq Yer yuzasining meridianlar va parallellar to‘rini te- kis yuzaga (qog‘ozga) tushirishda yordamchi geometrik sirt- lardan, xususan, silindr, konus, tekislik va boshqalardan foy- dalaniladi. Xarita andazalari foydalanilgan yordamchi geometrik sirt- larning turiga qarab konussimon, silindrsimon, azimutli anda- zalarga bo‘linadi. Silindrsimon andazalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-biri bilan 90° li burchak os- tida kesishadigan to‘g‘ri chiziqlardan iborat to‘r hosil qiladi. Bunday andazalar yordamida, ko‘pincha, dunyo xaritalari tuziladi. Materiklar, ayrim davlatlar, asosan, konussimon an- daza yordamida tasvirlanadi. O‘rta Osiyo va O‘zbekiston xaritalari konussimon andazadan foydalanib tuzilgan. Savol va topshiriqlar 1. Quruqliklar, okeanlar, dengizlar va orollar globusda qanday tasvirlanadi? 2. Yerning qavariq yuzasi yassi yuza — xaritalarda tasvirlanganda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi? 3. Globusdagi va dunyoning tabiiy xaritasidagi Yevrosiyo mate- rigi shaklini qiyoslang va farqini aniqlang. 14 GEOGRAFIK XARITALAR VA ULARNING SHARTLI BELGILARI 1. Masshtab deb nimaga aytiladi? 2. Xaritalarning qanday turlarini bilasiz? | | 3. Daraja to‘ri, geografik kenglik va uzunlik nima? Geografik xaritalarda turli-tuman voqea va hodisalar tasvir- langani uchun ular juda xilma-xil bo‘ladi. Xaritalarni turlarga bo‘lishdan oldin ular to‘g‘risidagi umumiy tushunchalarni ko‘rib chiqamiz. Geografik xaritalarni yaxshi tushunish, ular bilan ishlashni bilish uchun joy plani, xarita, aerosurat, kosmosurat tushunchalari mazmunini yaxshi bilib olish kerak. Joy plani — joyning yirik masshtabda (1:5000 va undan yirikroq) tuzilgan chizmasidir. Planda maydoni uncha katta bo‘lmagan kichik-kichik joylar tasvirlanadi (3- rasm). Xarita — Yerning va boshqa sayyoralar yuzasining kichrayti- rilib va umumlashtirilib, shartli belgilar bilan tekis yuzaga tu- shirilgan tasviri. Xaritalarda tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi (4- rasm). Aerosurat—Yer yuzasi bir qismining samolyot va boshqa uchuvchi asboblar yordamida olingan tasviri. Kosmosurat — Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik ke- malar yordamida olingan tasviri. Ular fan va xalq xo‘ja- ligining turli sohalarida keng qo‘llaniladi (5- rasm). Har bir plan, xarita, aerosurat, kosmosurat ma'lum bir masshtabga ega bo‘ladi (masshtabning nima ekanligini 5- sinf geografiyasidan eslang). Xaritalarning shartli belgilari. Voqea va hodisalar hamma xaritalarda ham ma'lum shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Shartli belgilar xaritalarni boshqa geografik ma'lumot man- balaridan, ya'ni aerosurat, kosmosurat, jadval va hokazo- lardan ajratib turadigan muhim xususiyatlardan biridir. Shartli belgilarga qarab, voqea va hodisalarning joylanishini, miq- dorini, sifatini bilib olish mumkin. Shartli belgilar bir necha turga bo‘linadi. Masshtabli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalarning haqiqiy o‘lchamlari aks ettiriladi. Ular yordamida qum cho‘l- lari egallagan maydonni, muz qoplagan yerlar maydonini bilish mumkin. Masshtabsiz shartli belgilar bilan xaritalarning masshtabida ko‘rsatib bo‘lmaydigan voqea va hodisalar tasvirla- nadi. Masalan, turli xil shakllar, chizmalar, harfli belgilar, aholi yashaydigan joylar, GESlar, foydali qazilma konlari belgilari 15 3- rasm. Joy plani. 4- rasm. Mirzacho‘l va Toshkent voha- larining xaritada tasvirlanishi. 16 5- rasm. Mirzacho‘l va Toshkent vohalarining kosmosurati. masshtabsiz bo‘ladi. Chiziqli shartli belgilar bilan daryolar, yo‘llar, chegaralar ko‘rsatiladi. Tushuntirish belgilari bilan daryo oqimining yo‘nalishi, o‘rmondagi daraxtlarning turlari ko‘rsatiladi. Bulardan tashqari yozuvli, harfli, sonli shartli bel- gilar ham mavjud bo‘ladi (6—7-rasmlar). Savol va topshiriqlar 1. Geografik xaritalar masshtabi deganda nimani tushunasiz? 2. Aerosurat va kosmosuratlarning xaritalardan farqi nimada? 3. Xaritalarning qanday shartli belgilarini bilasiz? 4. 7- sinf geografik atlasidagi O‘rta Osiyo tabiiy xaritasida tog‘- lar, qirlar va pasttekisliklar qanday ranglar bilan tasvirlan- ganini ko‘rib chiqing. 5. Atlasning 10 —11- betlaridagi iqlim xaritalaridan havo harorati, yog‘in miqdori va shamollar qanday shartli belgilar bilan ko‘r- satilganini aniqlang. 2— Geografiya, 7- sinf uchun 17 XARITALARNING TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH 1. Dengizchilar, sayyohlar, uchuvchilar nima uchun o‘zlari bi- lan xarita olib yurishadi? 2. O‘rta Osiyoning qanday xaritalarini bilasiz? Ulardagi foy- dali qazilmalarning shartli belgilarini aytib bering. Xaritalarning turlari. Xaritalar masshtabiga, ularda tasvir- langan hududning katta-kichikligiga, mazmuni, vazifasi va tu- zilishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Xaritalar masshtabiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: yirik masshtabli — 1 : 1 0000 dan 1:200000 gacha, o‘rta mas- shtabli—1:200000 dan 1:1000000 gacha, mayda masshtabli — 1:1000000 dan kichik. Turli masshtabli xaritalarda voqea va hodisalar turli xil aniqlikda tasvirlanadi. Xaritalar ularda nima tasvirlanganligi va hududning katta- kichikligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: yulduzlar xari- tasi, sayyoralar va Yer xaritasi, yarimsharlar xaritasi, mate- riklar va okeanlar xaritalari, tabiiy geografik o‘lkalar va den- gizlar xaritasi, mamlakatlar xaritasi, ma'muriy birliklar xa- ritasi, maxsus hudud (qo‘riqxona, sayohatbop joy)lar xari- tasi, shahar, viloyat va tumanlar xaritasi. Mazmuniga ko‘ra xaritalar ikkita yirik guruhga bo‘linadi: umumiy geografik xaritalar va mavzuli xaritalar. Umumiy geografik xaritalarda joy geografik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari bir xil aniqlikda tasvirlanadi: relyef, daryo, ko‘l, muzliklar, tuproq va o‘simlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, xo‘jalik tarmoqlarining tarkibi, aloqa yo‘l- lari, chegaralar va h.k. Mavzuli xaritalar, o‘z navbatida, yana ikki guruhga — ta- biiy va iqtisodiy xaritalarga bo‘linadi. Tabiiy geografik xari- talarga Yer yuzasi va okean tagi relyefi, iqlim, tuproq, o‘sim- lik, hayvonlar, landshaft, tabiatni qo‘riqlash, foydali qazilma konlari xaritasi kiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar iqtisodiy, tarixiy, madaniy-siyosiy, siyosiy-ma'muriy xaritalardan iborat. Vazifasiga ko‘ra xaritalar yana ilmiy, madaniyat va targ‘i- bot, texnik, sayohat hamda o‘quv xaritalariga bo‘linadi. Geografik atlas va uning turlari. Atlas — to‘la va aniq ma'- lumotga ega bo‘lgan, yagona dastur asosida tuzilgan, tartibga solingan xaritalar to‘plamidir. «Atlas» atamasi fanga flamand xaritashunosi Merkator tomonidan kiritilgan. U o‘zi tuzgan 18 xaritalar to‘plamini (1595- yil) Livanning afsonaviy qiroli At- las nomi bilan ataydi. Birinchi xaritalar to‘plami II asrda Klavdiy Ptolemey tomonidan tuzilgan. Hozirgi zamon atlasla- rining asosiy xususiyatlari undagi xaritalarning bir butunligi, bir-biriga muvofiqligi va bir-birini to‘ldirishidir. Atlaslar ham xaritalarga o‘xshab juda xilma-xil bo‘ladi. Ular qamrab olgan maydoniga ko‘ra sayyoralar, dunyo, ma- teriklar, tabiiy geografik o‘lkalar, davlatlar, viloyatlar atlas- lariga; mazmuniga ko‘ra umumiy geografik va mavzuli at- laslarga bo‘linadi; vazifasiga ko‘ra ilmiy, ommabop (o‘lka- shunoslik), o‘quv atlaslari, sayohat va yo‘l atlaslariga bo‘li- nadi. Ilmiy atlaslar ma'lum bir joy haqida to‘la, ilmiy asoslan- gan ma'lumot beruvchi atlaslardir. Bunday atlaslarda shu joy- ning tabiiy sharoiti, xo‘jaligi, aholisi va madaniyati ko‘rsa- tiladi. Ommabop (o‘lkashunoslik) atlaslar keng o‘quvchilar om- masiga mo‘ljallangan bo‘lib, ular foydalanishga qulay va oson qilib tuziladi. Ularda rasmlar, chizmalar, ma'lum bir hudud to‘g‘risidagi ma'lumotlar, tarixiy yodgorliklar ko‘rsatiladi. O‘quv atlaslari maktablar va oliy o‘quv yurtlarida foydala- nish uchun mo‘ljallanadi. Hozirgi paytda xarita va atlaslar xalq xo‘jaligining turli so- halarida, tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi. Ulardan joyning aniq o‘rnini belgilashda, ilmiy tekshirish ishlarida, xalq xo‘- jaligi (dasturlar tuzish, loyihalashtirish, qurilish, yerlarni o‘z- lashtirish, foydali qazilma konlarini qidirish, ob-havoni ba- shorat qilish va h.k.)da, harbiy va o‘quv ishlarida foyda- laniladi. Xarita yordamida masofa, maydon va burchaklar ham o‘l- chanadi. Xaritada masofa masshtab yordamida quyidagi tartibda aniqlanadi: 1. Xarita masshtabidan xaritadagi 1 sm masofa joyda necha km ga teng ekani topiladi. 2. Berilgan ikki nuqta orasi xaritada necha sm ekani aniq- lanadi. 3. Bu ikki son (km va sm) ko‘paytirilsa, berilgan nuqtalar oralig‘i necha kmga teng ekani, ya'ni haqiqiy masofa chiqadi. Masalan, xaritaning masshtabi 1:1000 000, ya'ni 1 sm 10 kmga teng. Xaritada ikki nuqta oralig‘i 4,5 smga teng. Binobarin, 4,5 x 10 = 45km yoki 45 000 m. 19 Savol va topshiriqlar 1. Xaritalarning shartli belgisi nima? Nima uchun shartli belgi- lardan foydalaniladi? 2. Xaritalarning qanday turlarini bilasiz? 3. Siz geografiya darsida foydalanadigan atlas atlaslarning qaysi turiga kiradi? 4. O‘zbekiston tabiiy xaritasi masshtabidan foydalanib, Nukus- dan Andijongacha bo‘lgan masofani aniqlang. TOPOGRAFIK XARITALAR 1. Xaritalar yordamida qanday o‘lchash ishlarini bajarish mumkin? 2. O‘zbekistonning tabiiy, iqtisodiy, ma'muriy xaritalari aso- sida Farg‘ona vodiysiga geografik ta'rif bering. Topografik xaritalar haqida tushuncha. Odatda, geografik xaritalarning masshtabi juda kichik bo‘ladi, ularda Yer yuzasi tasviri million marta va undan ko‘proq marta kichraytirib ko‘r- satiladi. Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200 000 va undan kattaroq) xaritalar topografik xaritalar deb ataladi. Mazmuniga ko‘ra, ular umumiy geografik xaritalar hisoblanadi. Yirik masshtabli (1:25 000, 1:50 000, 1:100 000) topografik xaritalar joyda bajariladigan topografik o‘lchov ish- lari hamda aerosuratlar asosida tuziladi. Yirik masshtabli topografik xaritalarda katta maydonlar tasvirlanadigan bo‘lsa, xarita juda kattalashib ketadi. Shuning uchun bunday xaritalar ayrim-ayrim varaqlarga bo‘linadi va ular ko‘p varaqli bo‘ladi. Yirik masshtabli topografik xaritalarning har bir varag‘ida Yer yuzasining kichik qismi tasvirlanadi. Shuning uchun bun- day xaritalarda mayda masshtabli xaritalarga nisbatan xato- liklar juda kam bo‘ladi, chunki kichik maydon yuzasi tekis- likka yaqin bo‘ladi. Xaritaning masshtabi uning barcha qis- mida bir xil bo‘ladi. Topografik xaritaning har bir varag‘i yon tomonlarda me- ridian, yuqori va past tomonlarda parallellar bilan chega- ralanadi. Masalan, masshtabi 1:1000 000 bo‘lgan xaritaning har bir varag‘i har 6°dan o‘tkazilgan meridianlar va har 4°dan o‘tkazilgan parallellar bilan chegaralangan. Natijada, Yer yu- zasida uzunligi 6° va kengligi 4°ga teng bo‘lgan trapetsiyalar (trapetsiya shaklidagi hududlar) hosil bo‘ladi. Yirik masshtabli 20 FAYZIOBOD (U-34-37-V-v) y-J4-4y-A-a 1:25 000 1 santimetr 250 metr m 1000 750 500 250 0 1 km LuiujmJimmjiUiimmJimmil i I i I Uzluksiz gorizontallar har 5 metrdan o‘tkazilgan 6- rasm. Topografik xarita. 21 A 160,6 &159,7 Davlat geodezik shoxobchalari punktlari AHOLI YASHAYDIGAN PUNKTLAR VA ULARNING NOMLARI Ayrim binolar L fr Turar joylar va boshqa binolar E Alohida joylashgan hovlilar Masjidlar Dahalar O‘tga chidamsiz binolari “ " * ko‘proq FAYZIOBOD 2000 dan 10000 gacha aholi yashaydigan shaharlar 17__ 1,2 Q Kechuvlar tavsifi: 17 — kengligi, m; 1,2 — chuqurligi, m; Q —tubining materiali, qum. Tor izli temiryo‘llar Mukammallashtirilgan shosse yo‘llar ab a) Shamol sindirgan daraxtlar; b) Siyrak o‘rmonlar. ab 10 (14) B= Shosse 10 — to‘shamali qismining kengligi; 14 — umumiy kengligi, m hisobida; B — to‘shamasining materiali a) Kesilgan o‘rmonlar; b) Yongan va qurib qolgan o‘rmonlar. (B— beton). Yaxshilangan tuproq yo‘llar Trubalar YANGIKENT 2000 dan kam aholi yashaydigan shaharchalar Tuproq (qishloq) yo‘llar Qoraqishloq 20 dan kam xonadon bo‘lgan qishloqlar Zavod va fabrikalar Gidrografiya Daraxtlari kesilib ochilgan o‘rmon yo‘li (4—kengligi, metr hisobida) © Yoqilg‘i omborlari EL. -ST. Elektr stansiyalar Radiomachtalar va televizion machtalar Minora tipidagi inshootlar J_ L Qabristonlar Mashhur yodgorliklar Aloqa liniyalari Elektr uzatgich liniyalar Yo‘llar 2 ab a) Ko‘tarma; b) O‘yilma (2 — ko‘tarmaning balandligi, o‘yilmaning esa chuqurligi, metr hi- sobida). T 16 - 6 10 Ko‘priklar tavsifi: T — temir ko‘prik; 16 — uzunligi, m; 6 — kengligi, m; 10—yuk ko‘tarish qo- biliyati, t. Daryo va jilg‘alar; Ko‘llar; Suv sathining mutlaq balandligi. Relyef a) Asosiy yo‘g‘on gorizontallar; b) Asosiy gorizontallar; d) Qo‘shimcha gorizontallar; e) Gorizontallar qiymatining yozilishi, metr hisobida; f) Nishabni ko‘rsatuvchi chiziq (bergshtrix). 156,9 Balandlik belgilari O Q a) Qo‘rg‘ontepa; b) Chuqurlar Jarliklar (5 — balandligi, metr hisobida), jarlar, o‘pqonlar. O‘simlik qoplami va gruntlar a b d £0 £0 O‘rmonlar: a) ignabargli; b) bargli; d) aralash. Daraxtlar tavsifi, metr hisobida: 16 — balandligi; 0,30 — yo‘g‘onligi; 5 — daraxtlar oralig‘i. ab Butalar: a) alohida butalar; b) chakalakzorlar. II II II 4- a b a) o‘tloqlar; b) qamishzorlar. o o o o o o o o Mevazorlar O‘tib bo‘lmaydigan botqoqliklar (1,7 — chuqurligi, metr hisobida); O‘tib bo‘ladigan bot- qoqliklar. 7- rasm. Topografik xaritaning shartli belgilari. 22 topografik xaritalar uchun o‘lchami kichikroq bo‘lgan tra- petsiyalardan foydalaniladi. Masalan, masshtabi 1:100 000 bo‘l- gan xarita trapetsiyasining o‘lchami uzunlik bo‘yicha 30' va kenglik bo‘yicha 20' ga teng, masshtabi 1:25 000 li xarita tra- petsiyasining o‘lchami uzunlik bo‘yicha 7'30'', kenglik bo‘yicha 5' ga teng bo‘ladi (6-rasm). Topografik xaritalarning har bir varag‘i kilometrli katak- larga ham bo‘lingan bo‘ladi. Har bir katakning tomonlari 1000m (1km)ga teng qilib olinadi. Binobarin, xaritalar mas- shtabiga qarab kataklar har xil kattalikda bo‘ladi. Agar xarita masshtabi 1:100000 bo‘lsa, katak tomonlari 1sm, 1:50000 bo‘lsa, 2sm, 1:25000 bo‘lsa, 4 sm (6- rasm), masshtab 1:10000 bo‘lsa, katak tomonlari 10smga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, xaritaning pastki ramkasidan boshlab yuqori tomonga yo‘nalish x bilan, o‘ng tomonga gorizontal yo‘nalish esa y bilan belgilanib, ularning necha kilometrga teng ekanligi yozib qo‘- yiladi. Mana shu raqamlarga qarab, xaritadagi har bir nuqta- ning vertikali va gorizontali nechanchi kmlarda ekanligini aniq- lasa bo‘ladi. Topografik xaritalarning shartli belgilari. 6- rasmda kelti- rilgan topografik xaritaning mazmunini aniqlaymiz. Buning uchun topografik xaritaning shartli belgilarini ko‘rib chiqamiz va ularni quyidagi turlarga bo‘lamiz. Davlat geodeziya to‘ri tayanch nuqtalari. Ularning shartli belgisi—to‘g‘ri uchburchakdan iborat (7- rasm). Uning mar- kazida nuqta tasvirlangan, nuqta geodeziya tayanchining haqi- qiy o‘rniga to‘g‘ri keladi: uning geografik koordinatasi Yer yuzasidagi haqiqiy o‘rnini bildiradi (xaritada Kattatepa deb nomlangan). Shartli belgi yoniga yozilgan sonlar uning mut- laq balandligini bildiradi. Aholi manzilgohlari ular egallagan maydonlar qiyofasi bilan, aholi manzilgohlarining nomlari turli kattalikdagi harflar bilan beriladi va ularning katta yoki kichikligini ko‘rsatadi: masalan, shaharlar nomi yirik harflar va qishloqlar nomi kichikroq harflar bilan yoziladi. Aholi manzilgohlari nomi ostidagi raqamlar ulardagi xonadonlar sonini ifodalaydi (7-rasm). Masshtabsiz shartli belgilar bilan sanoat va madaniy bino- lar, korxonalar, ba'zi zavodlar, elektrostansiya, konlar ko‘r- satiladi. Daryolar, soylar hamda ularning irmoqlari ko‘k rangda, chiziqli shartli belgilar bilan, ko‘llar, suv omborlari, hovuz- lar havorang bilan tasvirlanadi. Ko‘k rangli raqamlar bilan daryo va ko‘llardagi suv sathining mutlaq balandligi, ko‘r- 23 0-30 1° 2° 3° 4° 5° 8° 10° 20° '"'o o >c -'o Sr 'Ko xo r ^C^JQ . X Kesishish hnlamlligi 10 iii bn'lgiimla f J LjTTTTTT—r—i 8- rasm. Balandliklar shkalasiga qarab yonbag‘irlar tikligini aniqlash. satkich chiziqlar va so‘zlar bilan daryo oqimining yo‘nalishi, tezligi, kengligi, chuqurligi, kechuv joylari ko‘rsatiladi. Maxsus shartli belgilar bilan esa paromlar, ko‘priklar va kema to‘xtash joylari ko‘rsatiladi. Yo‘llar turli xil qalinlikdagi va rangdagi chiziqlar bilan tasvirlanadi (temiryo‘llar, avtomobil yo‘llari, tosh- yo‘llar va h. k.). Shartli belgining shakli va rangi yo‘lning turini tasvir- laydi, maxsus belgilar bilan yo‘lning kengligi, temiryo‘lning raqami va yo‘l- ning nima bilan qoplanganligi ko‘r- satiladi. O‘simlik qoplami turli xil qalin- likdagi zangori-yashil ranglar bilan beriladi. Alohida belgilar bilan o‘tloqlar, bog‘lar, botqoqlar va hokazolar tasvirlanadi. Relyef topografik xaritalarda gorizontallar bilan ko‘rsatiladi. Yonbag‘ir qancha ko‘p gorizontallar bilan tasvirlansa, u shu qadar baland bo‘ladi. Gorizontallar bir-biriga qancha yaqin bo‘lsa, yonbag‘ir shuncha tik bo‘ladi. Binobarin, gori- zontallarga qarab, bir xil nuqtalarning boshqalardan baland yoki pastligini, qo‘shni gorizontallar orasidagi masofaga qarab esa yonbag‘irlarning qanchalik tikligini bilib olish mum- kin (8- rasm). Savol va topshiriqlar 1. Topografik xaritalar masshtablari qanday bo‘ladi? 2. Topografik xaritalar geografik xaritalardan nimasi bilan farqlanadi? 3. Topografik xaritalardagi km li to‘r nima? 4. Topografik xaritadan (6- rasm) A va B punktlari oralig‘ini km larda aniqlang. TOPOGRAFIK XARITALARDAN FOYDALANISH 1. Topografik xarita geografik xaritadan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 2. Topografik xaritalarda xatoliklar nega kam bo‘ladi? Topografik xaritalar bilan ishlash. Topografik xaritalarda be- rilgan joyning koordinatalarini aniqlash juda oson. Xaritaning pastki va yuqorigi ramkalari yoniga geografik uzunlik (y) ham 24 darajalarda, ham kilometrlarda yozib qo‘yiladi. Yon ramka- lari yoniga esa geografik kenglik (x) xuddi shunday yozib qo‘yiladi. Aniqlanishi lozim bo‘lgan nuqta kataklar ichida bo‘lsa, u millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich yordamida aniq- lanib, ramka yonida yozilgan raqamlarga qo‘shiladi (6- rasm). Rasmda ko‘rsatilgan xaritadagi M nuqtaning geografik koor- dinatasini kilometrlarda aniqlash kerak bo‘lsin. Buning uchun masshtab yordamida katakning janubiy va g‘arbiy yonlaridan M nuqtagacha bo‘lgan masofa necha metr ekanligi topiladi. Hosil bo‘lgan raqam tegishli kilometrli chiziqlarning ramka chekkasida ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘shiladi. Bunda M nuq- taning koordinatalari x =65750, y =13500 qiymatga ega bo‘ladi. Bu M nuqtaning 65—13-katakda joylashganini va katakning 65- raqamli gorizontal yonidan 750 m masofada, 13- raqamli vertikal yonidan 500 m masofada ekanini bildiradi. Topografik xaritalarda yonbag‘irlarning qiyaligi xaritaning pastki ramkasi ostida berilgan balandliklar shkalasi yordamida aniqlanadi (8-rasm). Shu shkala tagida yozib qo‘yilgan ra- qamlar yonbag‘irlarning necha daraja qiya ekanini bildiradi. Vertikal chiziqlar bo‘ylab qo‘shni gorizontallar orasidagi ma- sofa xarita masshtabiga muvofiq yozib qo‘yilgan. Yonbag‘irning qiyaligi necha daraja ekanligi xaritadagi ikki qo‘shni gorizontal oralig‘ini sirkul bilan o‘lchab, so‘ngra ba- landliklar shkalasiga qo‘yish bilan aniqlanadi. Xaritaga qarab azimutlarni aniqlash. Atrofi ochiq joydagi narsalar (predmetlar) ko‘rinib turadigan yerlarda topografik xaritaga qarab tomonlarni aniqlash mumkin. Lekin o‘r- monlarda, deyarli bir xil manzarali dasht, cho‘llarda ufq tomonlarini aniqlash, binobarin, bosib o‘tilgan yo‘llarni, bo- rish kerak bo‘lgan yo‘nalishlarni xaritaga aniq tushirish qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda xarita bilan birga kompasdan foy- dalaniladi. Kompas strelkasi magnit meridiani holatini ko‘r- satadi. Xaritada esa yo‘nalishlar geografik (haqiqiy) meridian- ga nisbatan belgilanishi kerak. Xaritada berilgan nuqta azimutini aniqlash va uni belgi- lash kerak deylik. Azimut shimolga yo‘nalish chizig‘i bilan berilgan nuqtaga yo‘nalish chizig‘i orasidagi burchak ekanini siz yaxshi bilasiz. Lekin azimutni aniqlash uchun haqiqiy meridian bilan magnit meridiani orasidagi burchakni, ya'ni magnit og‘ish burchagini aniq bilish kerak. Magnit og‘ish burchagi topografik xaritalar pastki ramkasi ostida chap to- monga yozilgan bo‘ladi. Magnit og‘ish burchagi g‘arbiy og‘ish burchagi yoki sharqiy og‘ish burchagi bo‘lishi mumkin. Agar 25 sharqiy og‘ish burchagi bo‘lsa, uning qiymati magnit me- ridianiga qo‘shilsa, haqiqiy meridian o‘rni aniqlanadi. Haqiqiy meridian bilan berilgan nuqta yo‘nalishi chizig‘i orasidagi bur- chak berilgan yo‘nalishning azimuti bo‘ladi. Endi matnda berilgan topografik xaritada A—B yo‘nalishning haqiqiy azimutini aniqlaymiz. Buning uchun: 1) xarita varag‘i- ning shimoliy va janubiy ramkalaridagi minutlarni ko‘rsa- tadigan raqamlardan foydalanib, A nuqta orqali haqiqiy me- ridian o‘tkazamiz; 2) A nuqtadan B nuqtaga yo‘nalish chi- zamiz; 3) A nuqta shimoliy yo‘nalishi bilan B nuqtaga yo‘na- lish orasidagi burchakni soat strelkasi yo‘nalishi bo‘ylab trans- portyor bilan aniqlaymiz. Bu haqiqiy azimut. Bizning misolda 59°ga teng. Savol va topshiriqlar 1. Darslikda berilgan topografik xaritadan (6- rasm) uning kilo- metrli to‘riga qarab 143,0 (13—66-katak) va 153,0 (12—64- katak) balandlik belgilarining koordinatalari va ular orasi- dagi masofa uzunligini aniqlang. 2. 7-sinf atlasidagi xaritalardan foydalanib, o‘z joyingiz tabiatini tavsiflang. 3. Kattatepaning qaysi yonbag‘ri tik, qaysi yonbag‘ri qiya ekanini gorizontallar yordamida aniqlang. VAQT O‘LCHOVI. SOAT MINTAQALARI. TAQVIMLAR 1. Yer Quyosh atrofida qancha vaqtda bir marta aylanib chiqadi? 2. Yer o‘z o‘qi atrofida necha soatda bir marta aylanib chiqadi? 3. Yer shari aylanasi necha daraja (gradus)dan iborat? Vaqt o‘lchovi. Vaqt o‘lchovi Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini kuzatishga asoslangan. Shuning uchun yul- duz vaqti, Quyosh vaqti va boshqa vaqtlar ajratiladi. Yulduz vaqtining asosiy birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. U, asosan, Yerning o‘z o‘qi atrofida bahorgi tengkunlik nuqtasiga nisbatan aylanish vaqtiga teng. Yulduz vaqtidan foydalanish noqulay, chunki u kun bilan tunning almashinishiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun amalda Quyosh vaqtidan foydalaniladi. Qu- yosh vaqti Yerning Quyoshga nisbatan harakatiga qarab aniq- lanadi. Quyosh vaqti, odatda, yarim tundan boshlab hisobla- nadi, bu vaqt o‘rtacha Quyosh vaqti deb ataladi. Turli meri- 26 dianlarda yarim tun turli paytlarda bo‘ladi, shu sababli turli meridianlarda joylashgan joylarda vaqt bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun vaqt o‘lchovidan xalqaro miqyosda foydala- nishni osonlashtirish maqsadida mahalliy vaqt, mintaqa vaqti va dunyo vaqti tushunchalari kiritilgan. Vaqt maxsus davlat tashkilotida, vaqt xizmati tomonidan aniq o‘lchab turiladi. Vaqt eng sezgir astronomik asboblar yordamida osmon yoritgichlari (yulduzlar va Quyosh)ga qarab tekshirib turiladi. Mahalliy vaqt. Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab bir kecha-kunduzda bir marta aylanib chiqadi. Glo- busda bosh meridiandan boshlab har 15°dan meridianlar o‘tkazilsa, har bir meridian qo‘shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh meridianda tush payti bo‘lganda, 180° meridianda yarim kecha, bosh meridiandan sharqdagi 90° uzunlikda kechqurun, g‘arbdagi 90° uzunlikda ertalab bo‘ladi. Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joy- lashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo‘ladi, ya'ni bitta meri- dianning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi. Ammo turli uzunliklarda joylashgan nuqtalar vaqti bir-biridan farq qiladi, bu esa xo‘jalik yuritishda noqu- laylik keltirib chiqaradi. Shuning uchun soat mintaqalarining vaqt hisobi joriy qilingan. Mintaqa vaqti. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, Yer yuzasi shart- li ravishda 24 soat mintaqasiga bo‘lingan (360°:24=15°). Mintaqaning hamma joyida shu mintaqaning o‘rta qismidan o‘tgan meridianning mahalliy vaqti qabul qilingan. Bir soat mintaqasidagi vaqt mintaqa vaqti deb ataladi. O‘rtasidan bosh meridian o‘tadigan soat mintaqasi nolinchi (yigirma to‘r- tinchi) mintaqa deb qabul qilingan. Mintaqalar hisobi ana shu meridiandan boshlanadi. Nolinchi mintaqadan sharqda 7°30' shq. u. bilan 22°30' shq. u. dagi meridianlar orasi birin- chi mintaqa, 22°30' va 37°30' uzunlikdagi meridianlar orasi ikkinchi mintaqa bo‘ladi va h.k. Har bir mintaqa vaqti qo‘shni mintaqa vaqtidan bir soatga farq qiladi. O‘rta Osiyo ikkita soat mintaqasida joylashgan (IV va V soat mintaqalarida) (9-rasm). Yangi sutkaning bosh- lanishi XII soat mintaqasi o‘rtasidagi 180° uzunlikdan bosh- lanadi, deb qabul qilingan. Bu chegara sana o‘zgarishi chizig‘i deb ataladi. Har bir yangi sutka ana shu chiziqdan boshlanadi. Bu chiziq ikki orol yoki ikki shahar oralig‘idan o‘tganda, bu 27 bJ oo Mintaqa vaqti qabul qilingan hududlar Mintaqa vaqti qabul qilinmagan hududlar 9- rasm. Yevrosiyoning soat mintaqalari xaritasi. orollar va shaharlarning g‘arbdagisida yangi sana bo‘lsa, sharq- dagisida kechagi sana bo‘ladi. O‘zbekistonning butun hududida bir xil — IV mintaqa vaqti qabul qilingan. Taqvim (kalendar). Aziz o‘quvchi, siz „Bugun oyning nechanchi kuni?“, „Bugun qaysi kun?“ degan savollarni ko‘p eshitgansiz. Biror voqea yoki hodisa qachon ro‘y bergani haqida odamlar so‘zlashib qolishadi. Xo‘sh, yil, oy, kunlar hisobining o‘zi nima? Insonlar shunday hisob yuritish uchun taqvim tizimini o‘ylab topishgan. Taqvim deb uzoq vaqt hisoblab boriladigan sana tizimiga aytiladi. Taqvimlar Yer, Quyosh va Oy harakatlari bilan bog‘lan- gan. Hozirgi vaqtda butun dunyoda rasmiy taqvim deb Gri- goriy taqvimi qabul qilingan. Bu taqvim 12 oydan iborat: yanvar—31 kun, fevral — 28 kun, mart—31 kun, aprel—30 kun, may—31 kun, sentabr—30 kun, oktabr—31 kun, noyabr—30 kun, dekabr—31 kun. Yangi yil 1-yanvardan boshlanadi. Fevral kabisa yilida 29 kun bo‘ladi. Quyoshning yillik ko‘rinma harakati bilan bog‘liq bo‘lgan quyosh (sham- siya) taqvimi, Oyning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan oy (qa- mariya) taqvimi mavjud. Hijriy-shamsiy yil 21- martdan boshlanadi. Hijriy-shamsiy yilda quyidagi oylar bor: hamal — 30 kun, savr—31 kun, javzo—31 kun, saraton—31 kun, asad—31 kun, sunbula — 30 kun, mezon—29 kun, aqrab — 29 kun, qavs—30 kun, jadiy—31 kun, dalv—31 kun, hut—31 kun bo‘ladi. Shamsiya taqvimida ham har 4 yilda 1 yil kabisa yili hisoblanadi. Bu taqvim payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning Makkadan Madinaga ko‘chgan, ya'ni hijr qilgan vaqtdan (milodiy 622- yildan) boshlangan. Shu sababli hijriy deyiladi. Xalqi musulmon diniga e'tiqod qiluvchi mamlakatlarda di- niy marosimlar hijriy-qamariy (oy) taqvimi asosida olib bori- ladi. Bu taqvim Oyning yillik ko‘rinma harakatiga asoslangan bo‘lib, bir yil 354 kunga teng. Hijriy-qamariy taqvimida quyi- dagi oylar bor: muharram — 30 kun, safar — 29 kun, rab- biulavval — 30 kun, rabbiulsoniy — 29 kun, jumodilavval — 30 kun, jumodiloxir — 29 kun, rajab — 30 kun, sha'bon — 29 kun, ramazon — 30 kun, shavvol — 29 kun, zulqa'da — 30 kun, zulhijja — 29 kun. Kabisa yilida zulhijja 30 kun hisob- lanadi. Bu yil hisobi ham milodiy 622- yildan boshlangan. 29 Savol va topshiriqlar 1. Vaqt o‘lchovi nimalarga asoslangan? 2. Nima uchun mintaqa vaqti har 15°da bir soatga farq qiladi? 3. Sana o‘zgarishi chizig‘i nima? 4. Yer yuzasida nechta soat mintaqasi bor? O‘rta Osiyo qaysi soat mintaqalarida joylashgan? O‘zbekiston-chi? *1- §. AMALIY MASHG‘ULOT 1. Xaritalardagi masofalarning haqiqiy qiymatini masshtab yor- damida aniqlash. Buning uchun avval xaritada berilgan ikki nuqta oralig‘i necha santimetrga teng ekani aniqlanadi. Masalan, 7-sinf geo- grafik atlasining 6-va7- betidagi tabiiy xaritada Toshkent bilan Dushanbe shahri oralig‘i 4,5 sm. Endi xarita masshtabini ko‘ramiz. Unda 1 sm da 77 km deb ko‘rsatilgan. Binobarin, 77 km x 4,5 = 346,5 km ekan. Vazifa: 1) atlasdagi O‘rta Osiyo tabiiy xaritasidan Toshkent bilan Ostona shaharlari orasidagi masofani aniqlang. 2) O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning devorga osiladigan tabiiy xaritasi masshtabini Toshkent bilan Ostona shaharlari ora- sidagi o‘zingiz hisoblab topgan masofa asosida aniqlang. 2. Soat mintaqalari orasidagi vaqt farqini aniqlash. Buning uchun biz vaqtini aniqlamoqchi bo‘lgan joylar (sha- har, qishloq va boshqalar) qaysi soat mintaqasida joylash- ganini va biz yashaydigan mintaqada soat necha ekanini bili- shimiz kerak. Masalan, Toshkentda (IV soat mintaqasi) soat 1200, Tokioda soat necha? Xaritada (9-rasm) Tokio IX soat mintaqasida joylashgan. Bu mintaqalar orasidagi vaqt farqi 5 soat, demak, Tokioda soat 1700. Biror joy vaqti biz yashaydigan joy vaqtiga nisbatan aniq- langanda u joy bizdan sharqda bo‘lganda mintaqa vaqtiga qo‘shiladi, g‘arb tomonda bo‘lsa, bizdagi mintaqa vaqtidan ayirib tashlanadi. Masalan, Toshkentda soat 1200, shu vaqtda Parijda (I soat mintaqasi) soat 900 bo‘ladi (12 — 3 = 9). Vazifa: Toshkentda soat 1500. Shu vaqtda Pekinda, Anqarada soat necha bo‘ladi? (9- rasmdan foydalaning.) 30 O‘RTA OSIYONING GEOLOGIK TUZILISHI. GEOLOGIK VAQT HISOBI 1. Tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 2. Cho‘kindi jinslarning qanday turlarini bilasiz? 3. Platforma va geosinklinallar nima? O‘rta Osiyo yer yuzasining hozirgi ko‘rinishi uzoq davom etgan geologik davrlar mobaynida yer ichki va tashqi kuchla- rining birgalikdagi ta'siri natijasida vujudga kelgan. Geologik sana. Geografik qobiqning hozirgi holatini, uning ayrim qismlarining kelib chiqishini tushunib olish va izohlab berish uchun yerning geologik tarixini bilishimiz kerak. Yer po‘stining hosil bo‘lishi va o‘zgarib, hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt geologik vaqt deyiladi. Geologik vaqt hisobi geologik sana deyiladi. Geologik sana yirik bosqich — eonlarga (kriptozoy, fanero- zoy), eralarga (arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kayno- zoy) va har bir era davrlarga bo‘linadi. Har bir era va davr- da Yer yuzasining relyefi, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan (1- jadval). Geologik vaqt davomida Yer po‘stida sodir bo‘lib turadi- gan harakatlar natijasida turli xil yoriq va siniqlar hosil bo‘l- gan. Ana shu yoriq va siniqlar orqali mantiyadan magma oqib chiqib, Yer yuzasiga lava sifatida yoyilgan, natijada, Yer po‘stining qalinligi asta-sekin oshib borgan. Magma Yer po‘s- tining yoriq va siniqlarida qotib, turli xil tog‘ jinslarini hosil qilgan. Suv havzalari ostida (okean, dengiz, ko‘l, daryo) va quruqlikning past joylarida o‘simlik va hayvonot qoldiqlari aralashgan cho‘kindi tog‘ jinslari qatlami vujudga kelgan. Yer geologik tarixining har bir davrida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan tog‘ jinslarining ma'lum bir turlari vujudga kelgan. Tog‘ jinslarining nisbiy yoshi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy xususiyati ularning qatlam-qatlam bo‘lib yotishidir. Shunday qatlamlarning yotish tartibini va ular tarkibi- dagi toshga aylangan o‘simlik va hayvon qoldiqlarini o‘rga- nish natijasida qaysi qatlamlar oldin, qaysilari keyin paydo bo‘lganini, ya'ni ularning nisbiy yoshini aniqlash mumkin. Tog‘ jinslari qatlami buzilmasdan qat-qat bo‘lib yotgan bo‘l- sa, pastda yotgan qatlam oldin, yuqorida yotgan qatlam ke- yin paydo bo‘lgan bo‘ladi. Eng ustki qatlam eng yosh qatlam hisoblanadi. Tog‘ jinslari tarkibidagi qadimgi o‘simlik va hayvo- not qoldiqlarini o‘rganish Yerning rivojlanish tarixidagi asosiy bosqichlarini, ya'ni era hamda davrlarni ajratishga imkon beradi. 31 UJ bJ 1- jadval Geoxronologik jadval Eon Era Davr Davom etgan vaqt Tog‘ hosil bo‘lish bosqichiari Hosil bo‘lgan tog'lar Kriptozoy (yopiq. yashirin. berk. organik dunyosiz) Arxey — 1 mlrd yil Proterozoy — 2 mlrd yil Fanerozoy (ochiq, aniq. organik dunyoli) 570 mln yil oldin Paleozoy 330 mln yil Kembriy 70 mln yil 1. Baykal Baykalbo‘yi, Sharq. Sayon, Taymir. Arabiston yarimoroli, Shim. Koreya, Jan.-sharq. Braziliya. Lunda-Katanga tog'lari Ordovik 60 mln yil Silur 30 mln yil Devon 70 mln yil 2. Kaledon Oltoy. Tyanshan. Qozog'iston past tog'lari. Shim. Skandinaviya, Shim. Appalachi Toshko'mir (Karbon) 55 mln yil 3. Gersin Ural, Markaziy Yevropa. Jan. Appalachi, Patagoniya, Sharq. Avstraliya, O‘rta Osiyoda - Sharqiy Qozog'iston, G'arbiy Tyanshan, Oloy. Turkiston tog'lari Perm 45 mln yil Mezozoy 173 mlnyil Trias Yura Bo‘r 45 mln yil 58 mln yil 70 mln yil 4. Mezozoy (Kimmeriy, Laramiy, Nevadiy) Yuqori Yana, Kolima, Chukotka, Sixote-Alin, Jan.-sharq. Osiyo, Sharqiy va Markaziy Kordilyera Kaynozoy 67 mln yil Paleogen Neogen Antropogen 41 mln yil 24 mln yil 2 mln yil 5. Alp Alp-Himolay mintaqasidagi tog‘lar, And tog'lari. G'arb. Kordilyera, Kamchatka, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya tog‘lari, 0‘rta Osiyoda Hisor. Pomir, Kopetdog', Hindukush, Safedko'h Tog‘ jinslarining mutlaq yoshi. Ma'lum bir tog‘ jinsining hosil bo‘lganidan hozirgacha o‘tgan vaqt uning mutlaq yoshi deb ataladi. Tog‘ jinslarining yoshi hozirgi paytda, asosan, radio- logik usul bilan aniqlanmoqda. Bu usul radioaktiv element- larning uzoq vaqt davomida parchalanishiga va natijada boshqa kimyoviy elementlarning hosil bo‘lishiga ketgan vaqtni aniqlashga asoslangan. Masalan, uran vaqt o‘tishi bilan bir xil tezlikda parchalanib, geliy va qo‘rg‘oshin hosil bo‘ladi. Geliy tarqalib ketadi, ammo qo‘rg‘oshin tog‘ jinslari tarkibida qoladi. Uranning parchalanish tezligini bilgan holda tarkibida uran bo‘lgan tog‘ jinslari yoshini hisoblab chiqish mumkin. 100 g urandan 74 mln yil davomida 1g qo‘rg‘oshin hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan turli xil tog‘ jinslarining yoshi aniqlanadi. Tar- kibida uran bo‘lmagan tog‘ jinslarining yoshi boshqa usullar, masalan, kaliy-argon, uglerod usullari bilan aniqlanadi. Tog‘ jinslarining yoshini aniqlab va o‘simlik hamda hayvonot dunyo- sining rivojlanishi uchun ketgan vaqtni hisoblab, olimlar geo- xronologik jadval tuzishgan (1- jadval). Savol va topshiriqlar | ---------------------------------------------------- 1. Geologik sana nima? 2. Tog‘ jinslarining nisbiy va mutlaq yoshi qanday aniqlanadi? 3. Qanday tog‘ hosil bo‘lish bosqichlarini bilasiz? 4. O‘rta Osiyodagi Pomir, Hindukush, Kopetdog‘, Tyanshan tog‘lari qachon paydo bo‘lganligini 1-jadvaldan aniqlang. 1. Zilzila o‘chog‘i nima? Zilzila markazi-chi? 2. Foydali qazilmalarning qanday turlarini bilasiz? ^3- §. O‘RTA OSIYO HUDUDINING RIVOJLANISH TARIXI. FOYDALI QAZILMALARI Rivojlanish tarixi. Yer yuzasining rivojlanish tarixi bir qan- cha bosqichlardan iborat (1- jadval). Proterozoy erasining oxiri, paleozoy erasining boshida baykal, paleozoy erasining birin- chi yarmida kaledon, ikkinchi yarmida gersin, mezozoy era- sida kimmeriy, laramiy va nevadiy, kaynozoy erasida alp burmalanishi sodir bo‘lgan. O‘rta Osiyo yer yuzasining ho- zirgi holati uzoq davom etgan geologik davrlarda dengiz va quruqlik sharoitida turli xil burmalanish bosqichlari davo- 3— Geografiya, 7- sinf uchun 33 mida, turli sur'atda ro‘y bergan tektonik harakatlar ta'sirida shakllangan. Arxey va proterozoy eralarida O‘rta Osiyo hududi dengiz ostida bo‘lgan va cho‘kindi jinslar to‘plangan. Paleozoy erasidan boshlab O‘rta Osiyoni qoplab yotgan Tetis dengizi ichida katta-kichik orollar ko‘rinishidagi quruqliklar hosil bo‘la boshlagan. Paleozoy erasining birinchi yarmida sodir bo‘lgan kaledon tog‘ hosil bo‘lishi bosqichida Qozo- g‘iston past tog‘larining g‘arbiy qismi va Shimoliy Tyanshan ko‘tarilgan. Paleozoy erasining ikkinchi yarmida gersin tog‘ hosil bo‘lish bosqichi ro‘y berishi natijasida quruqliklar maydoni kengaygan. Dengiz chekina boshlagan. Bu bosqichda Tyanshan tog‘ining qolgan qismlari, Qozog‘iston past tog‘larining shar- qiy qismi, Markaziy Qizilqum past tog‘lari ko‘tarilgan. Shun- dan keyin tog‘lar yemirila boshlagan. Paleozoy erasining oxiri va mezozoy erasining boshlarigacha bu tog‘lar yassitog‘larga aylanib qolgan. Mezozoy erasida burmalanish kuchsiz bo‘lgan. Kaspiy- bo‘yidagi past tog‘lar va balandliklar ko‘tarilgan. Bu davr mobaynida tog‘ oraliqlarida va botiqlarda ko‘llar, botqoqliklar va sayoz dengiz qo‘ltiqlari hosil bo‘lgan. Mezozoy erasining o‘rtalarida iqlim nam va issiq bo‘lgan, xilma-xil o‘simliklar o‘sgan. Ularning qoldiqlaridan toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir konlari hosil bo‘lgan. Mezozoy erasining oxirida iqlim juda quruq bo‘lgan, natijada, o‘rmonlar yo‘qolib ketgan. Kaynozoy erasining paleogen davrida dengiz qayta bostirib kelgan, tog‘lar yemirilib pasayib qolgan. Neogen davrida sodir bo‘lgan Alp burmalanishi natijasida Orqaoloy, Pomir, Kopetdog‘, Bolxon, Paropamiz, Safedko‘h, Hindukush, Bandi Turkiston tog‘lari ko‘tarilgan. Tyanshan tog‘i yana qaytadan ko‘tarilib, yoshargan. Janubda baland tog‘larning ko‘tarilishi natijasida O‘rta Osiyo Hind okeanidan to‘silib qolgan. Tog‘- larning hosil bo‘lishi hozir ham davom etmoqda. Zilzilalar. O‘ rta Osiyo hududida juda ko‘p yer qimirlashlar sodir bo‘lib turadi. Buning asosiy sababi Pomir va Tyanshan tog‘larining ikkita litosfera plitalari: Yevrosiyo va Hindiston- Avstraliya plitalari to‘qnashgan chegarada joylashganligi va bu tog‘larning to‘xtovsiz ko‘tarilishda davom etayotganligidir. Shuning uchun zilzilalar Pomir va Tyanshan tog‘lari hamda ularning atrofida ko‘proq ro‘y berib turadi. Kuchsiz zilzila- 34 lar yiliga 1000 dan ortiq marta sodir bo‘ladi. Kuchli zilzilalar juda katta moddiy va ma'naviy zarar keltiradi. Falokatli zil- zilalar 1930-yilda Dushanbe atrofida, 1946-yilda Qozonjiq- da, Chatqolda, 1948-yilda Ashxobodda, 1966-yilda Toshkent- da, 1976- yilda Gazlida va 1992- yilda To‘xtag‘ulda, 2008-yilda Oloy (Nura)da bo‘lgan. Foydali qazilmalari. O‘rta Osiyo foydali qazilmalarga juda boy. Bu yerda yoqilg‘i, rudali va rudasiz foydali qazilma konlari mavjud. Yoqilg‘i foydali qazilmalar ko‘mir, neft, gaz va yonuvchi slaneslardan iborat. Yuqori sifatli toshko‘mirning yirik koni Markaziy Qozog‘iston (Qarag‘anda, Ekibastuz)da, uncha katta bo‘lmagan toshko‘mir konlari Farg‘ona vodiysini o‘rab tur- gan tog‘lar (Ko‘kyong‘oq, Qizilqiya, Toshko‘mir)da, Surxon- daryo vodiysining shimoli (Sharg‘un va Boysun)da, qo‘ng‘ir ko‘mirning yirik koni Ohangaron vodiysida joylashgan. Far- g‘ona vodiysining sharqiy qismida ham qo‘ng‘ir ko‘mir kon- lari bor. O‘rta Osiyo neft va gazga ham boy. Birinchi neft koni Far- g‘ona vodiysida (Chimyon koni) 1880-yilda ochilgan va 1904- yilda ishga tushirilgan. Keyinchalik, Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida yana bir qancha neft konlari ochilib, ishga tushirildi (Polvontosh, Xo‘jaobod, Janubiy Olamushuk va h. k.). Yirik gaz va neft konlari, shuningdek, Qoraqumda, Qizil- qumda, Kaspiybo‘yida, Ustyurtda, Qarshi cho‘lida, Surxon- daryo vodiysida ochildi va ishga tushirildi. Keyingi paytlarda Qozog‘istonda Tengiz, O‘zbekistonda Ko‘kdumaloq yirik neft konlari ochildi. Rudali foydali qazilmalardan rangli va qora metall konlari keng tarqalgan. Yirik temir ruda konlari Qozog‘istonda ochil- gan va ishga tushirilgan. Ulardan eng yirigi To‘rg‘ay supasimon o‘lkasida joylashgan. O‘zbekiston va Qirg‘izistonda ham temir ruda konlari bor, ammo ular hali ishga tushirilganicha yo‘q. Rangli metall konlari Qozog‘iston past tog‘larida, Tyan- shan va Pomir tog‘larida, Markaziy Qizilqum past tog‘larida tarqalgan (Olmaliq, Jezqazg‘an, Muruntov, Uchquloch va b.). Fosforit konlari Qoratov, Qizilqum va boshqa joylardan to- pilgan. Zarafshon vodiysida, Qashqadaryo va Surxondaryo vo- diylarida, Kaspiybo‘yida tosh tuzi va osh tuzi konlari bor. Marmar konlarining eng yiriklari O‘zbekistonning Nurota tog‘ida (G‘ozg‘on), Omonqo‘ton va Oqtoshda joylashgan. 35 Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan qanday tog‘ paydo bo‘lish bos- qichlarini bilasiz? 2. Alp burmalanishi vaqtida O‘rta Osiyodagi qaysi tog‘lar vujudga kelganligini aytib bering. 3. Yoqilg‘i foydali qazilmalarga nimalar kiradi, ularning qan- day konlarini bilasiz? 4. O‘rta Osiyoda tez-tez zilzila bo‘lib turishi sababini tushuntiring. YER YUZASI TUZILISHINING ASOSIY XUSUSIYATLARI 1. Tektonik harakatlar deganda nimani tushunasiz? 2. Tog‘lar balandligiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 3. Mutlaq balandligi 200 m gacha bo‘lgan joylar nima deb ataladi? 4. Nurash deb nimaga aytiladi? O‘rta Osiyo hududi shakllanish tarixi va yer yuzasining ho- zirgi holatiga ko‘ra ikki qismga, ya'ni tekislik va tog‘larga bo‘- linadi. Tekisliklar O ‘rta Osiyoning markaziy, g‘arbiy va shimoliy qism- larida joylashgan. O‘rta Osiyoning anchagina qismini Turon te- kisligi egallagan. Bu tekislikda O‘rta Osiyoning yirik cho‘l- lari — Qoraqum hamda Qizilqum joylashgan. Bu yerlarda nurash va shamol relyef hosil qiluvchi asosiy omil hisobla- nadi. Shu sababli cho‘llarda asosiy relyef shakllari barxanlar, qum tepalari, qator qum balandliklaridir. Qizilqumning mar- kaziy qismida yemirilish natijasida pasayib qolgan bir qancha tog‘lar qad ko‘tarib turadi. Qoraqumning janubi-sharqiy qis- mida baland tekisliklar — Badxiz va Qorabel platolari joylashgan. Tekislikning shimoli va shimoli g‘arbida baland yassi tekis- likdan iborat Ustyurt va To‘rg‘ay platolari joylashgan. Ustyurt platosi Orol va Kaspiy dengizlari oralig‘ida joylash- gan. U atrofidagi tekisliklardan «chink» deb ataladigan ba- land, tik jarliklar bilan keskin ko‘tarilib turadi. Platoning shi- moliy qismi qumli tekislikdan, markaziy qismi qirlardan, ja- nubiy qismi qir va botiqlardan iborat. Platoning bu qismida Borsakelmas, Sariqamish, Qorniyoriq va boshqa botiqlar joy- lashgan. To‘rg‘ay platosi to‘lqinsimon tekislikdan iborat, uning markazida To‘rg‘ay botig‘i joylashgan. 36 10- rasm. Tabiat yodgorliklari: 1 — Tosh ustun. Zomin milliy bog‘i; 2 — «Dinozavrlar kurashi» qoyasi. O‘rta Osiyoda tog‘oldi va tog‘lar oralig‘ida joylashgan tekis- liklar ham keng maydonlarni ishg‘ol qilgan. Bu tekisliklar tog‘larda yemirilgan tog‘ jinslarini vaqtinchalik va doimiy oqar suvlar oqizib keltirib yotqizishidan hosil bo‘lgan. Bunday tekis- liklarga Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylarini misol qilib keltirish mumkin. Ularning yer yuzasi sal qiya bo‘lib, vohalarga aylantirilgan eng unumdor yerlar hisoblanadi. Tog‘lar. Tekisliklarni tog‘lar sharq va janub tomondan o‘rab turadi. Shimolda Qozog‘iston past tog‘lari joylashgan, ular- ning katta qismi yemirilib, qirli tekisliklarga aylanib qolgan. Faqat markaziy qismigina atrofdagi qir tekisliklardan biroz ko‘tarilib turadi. Qozog‘istonning sharqiy qismida yakka-yakka joylashgan Chingiztog‘, Torbog‘otoy va Jung‘oriya Olatovi cho‘zilib ketgan. O‘rta Osiyoning sharqiy qismida eng yirik Tyanshan tog‘lari tizimi joylashgan. Uning eng baland qismi muz bilan qop- langan Xontangri tog‘laridir (G‘alaba cho‘qqisi, 7439 m). Tyan- shan tog‘lari shimoliy, markaziy, g‘arbiy va janubiy qismlarga bo‘linadi. Pomir tog‘lari o‘lkaning janubida joylashgan. Uning eng ba- land nuqtasi Somoniy cho‘qqisi bo‘lib, balandligi 7495 m. Pomir tog‘larining eng baland joylari muz va doimiy qorlar bilan qoplangan. O‘rta Osiyodagi eng uzun muzlik (Fedchenko 37 muzligi) ham shu tog‘da joylashgan. Pomirning janubida shimoli sharqdan janubi g‘arbga yo‘nalgan Hindukush tog‘- lari bor. O‘rta Osiyoning janubiy qismi Turkman — Xuroson tog‘lari bilan o‘ralgan. Bu tog‘lar deyarli yoy shaklida joylashgan Kopetdog‘, Nishopur, BandiTurkiston, Safedko‘h va Paropamiz tog‘laridan iborat. Mazkur tog‘larda shamol va suv ta'sirida turli relyef shakllari hosil bo‘lgan (10- rasm). Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyodagi eng baland va eng past joylarni tabiiy xaritadan aniqlab, nomini daftaringizga yozib qo‘ying. 2. O‘rta Osiyo cho‘llarida relyef, asosan, qanday omillar ta'si- rida shakllanib, o‘zgarib turadi? 3. Nima uchun baland tog‘lar doimo qor va muz bilan qoplangan bo‘ladi? 4. O‘rta Osiyoning yozuvsiz xaritasiga o‘lkadagi eng yirik tog‘lar, platolar, tekisliklar, foydali qazilma konlari, botiq- larni tushirib, nomlarini yozib qo‘ying. ^5- §. O‘RTA OSIYO IQLIMI. IQLIMGA TA'SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR 1. Ob-havo va iqlim tushunchalari o‘rtasidagi asosiy tafovut ni- madan iborat? 2. O‘rta Osiyo qaysi iqlim mintaqalarida joylashgan, shu iqlim mintaqalariga xos xususiyatlar nimalardan iborat? 3. Kontinental iqlimning asosiy belgilarini ayting. O‘rta Osiyoning iqlimi juda rang-barang. O‘lkaning shimoliy qismida hali qish hukmron bo‘lib turgan vaqtda uning janu- bida va tog‘ oralig‘idagi vodiylarda daraxtlar gullab, bahor fasli boshlangan bo‘ladi. O‘rta Osiyo o‘lkasidagi iqlimiy sha- roit, asosan, quyidagi omillar ta'sirida vujudga kelgan: joyning geografik o‘rni va Quyosh radiatsiyasi, havo massalarining harakati, joyning relyef tuzilishi. O‘lkaning geografik o‘rni va Quyosh radiatsiyasi. O‘rta Osiyo Yevrosiyo materigining deyarli qoq markazida joylashgan. Bu uning aynan shu kenglikda joylashgan boshqa hududlarga nisbatan Quyoshdan ko‘proq radiatsiya olishiga sabab bo‘ladi. Quyoshning yer yuziga tushadigan nur energiyasi va issiqligi Quyosh radiatsiyasi deb ataladi. Quyosh radiatsiyasining miq- 38 11- rasm. Toshkentda 22- iyun (A) va 22- dekabr (B) kunlari Quyoshning ufqdan balandligiga qarab issiqligining taqsimlanishi. Shu kunlarda quyosh nuri bir xil miqdorda tushadigan maydonlarni (a—a va b—b) taqqoslang va xulosa chiqaring. 12- rasm. O‘rta Osiyoning shimoliy (A) va janubiy (B) chekkalarida 22- iyunda quyosh nurining tushish burchagi va bir xil miqdorda nur tushadigan maydon (a—a), (b—b). Bular orasidagi tafovutni aniqlang. 13- rasm. O‘rta Osiyoning shimoliy (A) va janubiy (B) chekkalarida 22- dekabrda quyosh nurining tushish burchagi va bir xil miqdorda nur tushadigan maydon (a—a), (b—b). Bular orasidagi tafovutni aniqlang. 39 dori muayyan vaqt mobaynida 1 sm2 yer yuzasiga kaloriya miq- dorida tushgan nurli energiya bilan ifodalanadi. Quyosh radiatsiyasining yer yuzasida taqsimlanishi geogra- fik kenglikka bog‘liq, chunki quyosh nurlarining yer yuzasiga qanday burchak ostida tushishi hamda turli yerlarda kunning uzoqligi geografik kenglikka bog‘liq. Quyosh nurlari yer yuza- siga qancha tik tushsa, xuddi shu joy muayyan vaqtda ko‘p is- siqlik oladi (11, 12, 13- rasmlar). O‘rta Osiyo shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasidagi kun- ning uzunligidagi eng katta farq yozgi va qishki quyosh tushishi kunlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, dekabrning oxi- rida o‘lkaning chekka janubiy qismlarida kun shimolga nis- batan taxminan 1 soat-u 10 minut uzun, iyun oyining oxirida esa, aksincha, 1 soat-u 50 minut qisqa bo‘ladi. Joyning geografik kengligi shu hududda joylashgan yer yuzasiga tushishi mumkin bo‘lgan quyosh energiyasi miq- dorini belgilaydi. Lekin quyoshdan keladigan energiyaning hammasi ham yer betiga yetib kelmaydi. Uning 20 foizga yaqin qismi yer yuziga tushmay, havo qobig‘idan yana fazoga qaytib ketadi. Quyosh nurlarining bir qismini havodagi suv bug‘lari, changlar, shuningdek, bulutlar yutadi va tarqatib yubo- radi. Natijada atmosferada tarqoq radiatsiya vujudga keladi. Quyoshdan yer betiga bevosita yetib kelgan radiatsiya to‘g‘ri radiatsiya deyiladi. Yer yuziga to‘g‘ri radiatsiya ham, tarqoq radiatsiya ham tushadi. Yer yuzasiga tushadigan tarqoq radiatsiya bilan to‘g‘ri radiatsiya birgalikda yalpi radiatsiya deb ataladi. Yalpi radiatsiya Qoraqum cho‘lining janubida 1 sm2 yuzada 150 kkal issiqlikka teng. Yalpi radiatsiya shimolga tomon kamayib boradi. Savol va topshiriqlar 1. Iqlimning tarkib topishiga ta'sir etuvchi qanday omillarni bi- lasiz? 2. To‘g‘ri radiatsiya nima? 3. Qanday radiatsiya tarqoq radiatsiya deyiladi? 4. 7- sinf geografik atlasining 10- betidagi xaritalardan o‘z joyi- ngizdagi yanvar va iyul oylaridagi havoning o‘rtacha haro- ratini aniqlang. 5. 11, 12, 13- rasmlarni tahlil qilib, gapirib bering. 40 ^6- §. HAVO MASSALARI. SIKLON VA ANTISIKLONLAR 1. Yer yuzida qanday asosiy havo massalari bor? 2. Dengiz havosi bilan quruqlik havosi (kontinental havo) bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Havo massalari. Atmosfera havosining qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan yer yuzasi bilan ham bog‘liq. Havoga turli changlar, tuz zarrachalari, suv bug‘lari, asosan, yer yuzasidan, okeanlardan, dengizlardan ko‘tarilib, uning tarkibiga qo‘shi- ladi. Havoning nam yoki quruq, chang-to‘zonli yoki tiniq bo‘lishi uning qanday joy ustida turganiga yoki harakat qil- ganiga bog‘liq. Atmosferaning quyi qatlami (8—10 km baland- likkacha) o‘z xususiyatlariga ko‘ra turli joylarda bir-biridan keskin farq qiladi. Atmosfera quyi qatlami — troposferaning katta hududlar ustidagi ana shunday bir-biridan farq qiluvchi katta ko‘lamdagi to‘plamlari havo massalari deyiladi. Havo massalari qaysi geografik kenglikda hosil bo‘lganiga qarab arktika, mo‘- tadil, tropik va ekvator havo massalariga bo‘linadi. Mo‘tadil va tropik havo massalari yana dengiz va kontinental (quruqlik) havo massalariga bo‘linadi. O‘rta Osiyo iqlimining shakllanishida arktika, mo‘tadil va tropik havo massalari juda faol ishtirok etadi. Arktika havo massalari qishda Shimoliy Muz okeanidan G‘arbiy Sibir va Ural orqali, shuningdek, shimoli sharq tomondan Sharqiy Sibir orqali O‘rta Osiyo hududiga kirib keladi. Bu havo sovuq, quruq va tiniq bo‘ladi. G‘arbdan va shimoli g‘arbdan, Volga- bo‘yi va Sharqiy Yevropa tekisligidan kontinental mo‘tadil 14- rasm. Havo frontlari: a) sovuq front; b) iliq front. Bularning farqini aniqlang. 41 15- rasm. Shimoliy yarimsharda siklon (a) va antisiklon (b) da havo bosimi hamda shamollar yo‘nalishi. Havo bosimi mm simob ustuni hisobida. havo massalari keladi. Bu havo ham ancha salqin bo‘ladi, lekin ko‘pincha yog‘ingarchilik keltiradi. Yoz oylarida o‘lka ustida turib qoladigan kontinental tropik havo massasi o‘lkaning tekisliklari ustida vujudga keladi, ha- rorati juda baland, quruq va g‘uborli bo‘ladi. O‘rta Osiyo iqli- mining ob-havo turlari, havoning harorati, namligi va tiniqlik xossalari ana shu havo massalariga bog‘liq. Havo frontlari. Siklon va antisiklonlar. Turli xususiyatlarga ega bo‘lgan havo massalari bir-biri bilan tutashgan joylarda oraliq zona, ya'ni havo fronti hosil bo‘ladi. Havo frontida ikki xil havo massasi o‘zaro ta'sir ko‘rsatadi. Natijada ob- havo tez o‘zgarib turadi. Front zonasi qaysi havo massasining kuchli ekaniga qarab iliq yoki sovuq front deb ataladi (14- rasm). Iliq frontda sovuq havo bilan qoplangan joyga iliq havo bostirib kirib, ob-havoning asta-sekin ilishiga sabab bo‘ladi. Sovuq front uchun, aksincha, ob-havoning tez o‘zgarishi, haroratning keskin pasayishi va yog‘in-sochin bo‘lishi xosdir. Havo frontlari juda katta hududlarni qamrab oladi. Front zonasining turli qismlarida atmosferada diametri bir necha yuz, hatto minglab kilometrga teng bo‘lgan juda katta havo girdoblari uchraydi. Ularning ba'zilari markazida havo bosi- mi past bo‘lib, atrofga tomon ortib boradi va havo atrof- dan markazga tomon soat strelkasi harakatiga teskari yo‘na- lishda harakat qiladi. Bunday havo girdoblari siklonlar deyiladi. Aksincha, front zonasida atmosfera bosimi markazdan atrofga tomon kamayib boradigan, shamollar soat strelkasi harakati yo‘nalishida esadigan havo girdoblari antisiklonlar deb ataladi (15-rasm). 42 Siklon va antisiklonlarda ob-havo qanday bo‘ladi? Sik- londa havo bosimi atrofdan markazga tomon kamayib kel- ganligi uchun uning markaziy qismlarida havoning yuqoriga ko‘tarilishi kuzatiladi. Yuqoriga ko‘tarilayotgan havo sovib, suv bug‘lariga to‘yinadi va yog‘ingarchilik bo‘ladi. Antisiklon (15-b rasm) markazida esa, havo yuqoridan pastga tushadi va yer betiga tarqaydi. Antisiklonda havoning to‘yinishi, bulut vujudga kelishi va yog‘ingarchilik bo‘lishi uchun sharoit yo‘q. Yozda antisiklon sharoiti havoning yanada qizishiga, qishda esa sovib ketishiga sabab bo‘ladi. Savol va topshiriqlar 1. Iqlim va ob-havo haqidagi bilimlarning insonlar uchun qanday ahamiyati bor? 2. Havo massasi nima? Havo massalari bir-biridan nimalariga ko‘ra farq qiladi? 3. Siklon nima? Unda ob-havo qanday bo‘ladi? 4. Antisiklonda ob-havo qanday bo‘lishini aytib bering. 5. Havo fronti nima? Qanday frontlar mavjudligini ayting. ^7- §. O‘LKA IQLIMINING TA'RIFI. TEKISLIK IQLIMI 1. O‘rta Osiyoga qishda qanday havo massalari keladi? Ular qanday xususiyatlarga ega? 2. Yozda qanday havo massasi bo‘ladi? Unda ob-havo qanday o‘zgaradi? 3. O‘rta Osiyoda yozda havo nima uchun juda isib ketadi? Yilning salqin faslida Sharqiy Sibir va Markaziy Osiyo hu- dudida atmosferada yuqori bosimli Markaziy Osiyo (Sibir) antisikloni vujudga keladi. Uning juda katta g‘arbiy tarmog‘i Qozog‘istonning markaziy va shimoliy qismlarini egallaydi. Bu vaqtda havo ochiq bo‘lib, kechalari yer yuzasi yanada soviy- di, kunduzlari esa quyosh nurlari uni biroz ilitadi. Ana shunday sovuq havo massasini Eron, Afg‘oniston hu- dudidagi iliq tropik havodan ajratib turadigan qutb fronti O‘rta Osiyoning janubiy chekkasi ustida joylashadi. Havo frontining ikki tomonida havo massalari haroratidagi tafovut katta bo‘lganligi sababli front atrofida siklonlar harakati ku- chayadi. Siklonlar Kaspiy dengizining janubidan, Murg‘ob va Tajan daryolari vodiylaridan yoki Amudaryoning yuqori oqim- 43 laridan boshlanib, O‘rta Osiyo hududiga janubi g‘arb va janub- dan kirib keladi hamda shimoli sharq tomonga qarab yo‘na- ladi. Siklonlar keltirgan iliq tropik havo tufayli harorat ol- dingisiga nisbatan +10 +20°C ko‘tarilib, bulut ko‘payadi. Yo- g‘inlar — yomg‘ir, ba'zan qor ana shu siklonlar o‘tganda yo- g‘adi. Bahorda ham shunday siklonlar kirib keladi va ko‘p miqdorda yog‘in yog‘ishiga sabab bo‘ladi. Siklonlar natijasida O‘rta Osiyo hududiga kirib kelgan iliq havo massalari sharqqa tomon harakat qilganda ular ketidan g‘arbdan mo‘tadil mintaqa havosi kirib keladi. G‘arbdan ke- ladigan bu iliq va sernam havo massalari Atlantika okeani, O‘rta dengiz, Qora dengiz ustida tarkib topganligidan ancha yog‘in beradi. O‘rta Osiyo hududiga shimoli g‘arb yoki shimoldan Arktika va mo‘tadil kengliklarning sovuq havo massasi kirib kelgan- da harorat (—10 — 20°C gacha) pasayib, qattiq sovuq bo‘ladi. Arktika havo massasi o‘lka hududida uzoq muddat turib qolishi natijasida o‘lkaning shimoli sharqida harorat —35—45°C gacha pasayadi. Yilning iliq davrida, ayniqsa, yoz oylarida O‘rta Osiyoda havo massalarining almashinuvi mutlaqo boshqacha ko‘ri- nishga ega. O‘lkada uzoq davom etadigan yoz oylarida havo juda isib, mahalliy Turon kontinental tropik havosi tarkib topadi. Bu havo massasi harorati jihatidan Eron, Afg‘onistondagi havodan deyarli farq qilmaydi. Havoning yoz oylaridagi o‘r- tacha harorati 30°C va undan biroz ortiqroq bo‘ladi. Qish fas- lida O‘rta Osiyodagi havoni Eron va Afg‘onistondagi havodan ajratib turadigan qutb fronti yoz oylarida shimolga, Qozog‘is- tonning shimoli, Ural, G‘arbiy Sibirga ko‘chadi. O‘rta Osiyo- ning juda katta qismida havo fronti bo‘lmagan bir xil ob-havo sharoiti vujudga keladi. O‘rta Osiyo tekislik qismida yoz oylarida havo bosimi pasa- yadi, ya'ni termik depressiya vujudga keladi. Havo bosimining pasayib ketishi shimoldan, g‘arbdan va shimoli g‘arbdan O‘rta Osiyo hududiga havo oqimlarining ku- chayishiga sabab bo‘ladi. Tekisliklarda qum bo‘ronlari avj oladi. Qish oylariga nisbatan yozda o‘lkamizga salqin havo oqimi ikki hissa ko‘p kirib kelsa ham, uning mahalliy ob-havoga ta'siri unchalik sezilmaydi, chunki kirib kelayotgan havoning pastki qatlamlari yer betiga tegib tezda isiydi, nisbiy namligi kamayadi, yog‘in bermaydi. 44 Yoz oylarida O‘rta Osiyoga salqin havoning kirib kelishi ha- roratni qisqa vaqtga biroz, bor-yo‘g‘i —3—10°Cga pasaytirishi mumkin. Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyo hududida yozda qanday havo massasi mavjud bo‘ladi va u ob-havoga qanday ta'sir ko‘rsatadi? 2. O‘rta Osiyo hududida qishda qanday havo massasi mavjud bo‘ladi va u ob-havoga qanday ta'sir etadi? 3. 7- sinf atlasining 10- va 11- betlaridagi xaritalarni ko‘rib chi- qing. Eng baland va eng past haroratlar qayerlarda kuza- tilishini aniqlang. O‘RTA OSIYO TOG‘LARINING IQLIMI 1. Balandlikka ko‘tarilganda havo harorati qanday o‘zgaradi? 2. Tog‘ vodiylariga xos qanday shamollarni bilasiz? 3. Tog‘lar ustida nima uchun yozda ham qor turadi? O‘rta Osiyo iqlimiga xos bo‘lgan eng muhim sifatlar: qu- yoshli kunlarning ko‘pligi, iqlimning issiqligi, kontinentallik va qurg‘oqchilik o‘lkaning asosiy qismini egallagan tekisliklarda yaqqol ko‘rinadi. O‘rta Osiyoning sharqi, janubi sharqi va janubida joylashgan tog‘larda ularning balandligi, yonbag‘irlarning quyoshga, aso- siy shamollarga nisbatan joylashuvi, tog‘ vodiylarining tor va kengligi, tog‘ning chekka yoki ichki qismida joylashganligi ka- bi xususiyatlar ta'sirida iqlimiy sharoit tekisliklardagiga nis- batan farq qiladigan xususiyatlarga ega. Balandlik ortishi bilan havoning tiniqligi oshadi, havo bo- simi pasayadi, quyoshning nurli energiyasi ortadi, havo ha- rorati esa pasaya boradi, namlik va yog‘in-sochin ko‘payadi. Tog‘larning turli yonbag‘irlarida iqlim va ob-havo elementla- rining o‘zgarishi turlicha. Tog‘lar janubiy va g‘arbiy havo oqim- larini to‘sib, ularni yonbag‘irlar bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilishga majbur etadi. Ko‘tarilayotgan havo soviydi, nisbiy namligi oshib, bulut ko‘payadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Bu tog‘larning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy yonbag‘irlarida yaqqol ko‘rinadi. Tog‘- larga yaqinlashgan sari yog‘in-sochin miqdori ortib boradi. Tog‘larda qish davri uzoq, yoz qisqaroq bo‘ladi. Baland tog‘- larda qor ko‘p yog‘ib, uzoq saqlanadi. Tog‘ vodiylarida va yonbag‘irlarida tog‘-vodiy shamoli esadi. Bu shamol kunduzi vodiy bo‘ylab pastdan yuqoriga esib, issiq havo keltirsa, kechasi 45 yuqoridan pastga esib, salqin havo olib keladi. Shu sababli tog‘ vodiylarida kechalari salqin bo‘ladi. Lekin tog‘li joylarning hammasida ham tekisliklarga xos bo‘lgan asosiy iqlimiy xususi- yatlar, umuman, saqlanib qoladi. Savol va topshiriqlar 1. Tog‘li hududlar iqlimi tekislik iqlimidan qanday farq qiladi? 2. 7- sinf atlasining 10- va 11- betlaridagi havo harorati va yillik yog‘in miqdori xaritalarini ko‘rib chiqing. Tog‘lar va tekis- liklarda yanvar hamda iyul oylarida harorat qanday bo‘lishini va yog‘in miqdori qanday taqsimlanganini gapirib bering. 3. O‘zingiz yashaydigan joyda iqlim qanday omillar ta'sirida hosil bo‘lishini 7-sinf atlasining 6—7 va 10—11-betlaridagi xaritalar yordamida aniqlang. O‘RTA OSIYODAGI IQLIMIY TAFOVUTLAR 1. Mo‘tadil mintaqa iqlimi haqida nimalarni bilasiz? 2. Subtropik iqlim haqida gapirib bering. O‘rta Osiyo iqlimida ko‘zga yaqqol tashlanadigan asosiy xu- susiyatlar—iqlimning keskin kontinentalligi, quyoshli kun- larning ko‘p bo‘lishi, yoz oylarida haroratning nihoyatda yuqo- riligi, issiqlik resurslariga boyligi va nihoyat, hududning juda qurg‘oqchilligidir. Ana shu umumiy iqlimiy xususiyatlar bilan birga, O‘rta Osiyoning shimoliy va janubiy qismlari iqlim- ning bir qator muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biridan an- cha farq qiladi. Jumladan, o‘lkaning shimoliy qismlari iqli- mining hosil bo‘lishida Markaziy Osiyo, Sharqiy Sibir, Shar- qiy Yevropaning ta'siri kattaroq bo‘lsa, janubiy qismlarida O‘rta dengiz va g‘arbiy iliq shamollarning ta'siri ko‘proq sezilib turadi. Shu sababli O‘rta Osiyo hududi 2ta iqlimiy kichik o‘lkaga ajratiladi: 1) Qozog‘iston iqlimi; 2) Turon iqlimi. Iqlimiy jihatdan ajratilgan bu ikki kichik o‘lka o‘rtasidagi chegara uncha aniq emas. Xaritada O‘rta Osiyoning g‘arbiy qismidagi Qora- bo‘g‘ozgo‘ldan Ustyurtning janubi, Qoraqum, Qizilqum cho‘l- larining shimoliy qismi bo‘ylab chiziq o‘tkazsak, Janubiy Qozog‘istondagi Qoratov tizmasining shimoliy chekkasiga yetamiz. Undan keyin chegara Qoratov, Talas Olatovi va Far- g‘ona tizmasi orqali o‘tadi. Ana shu shartli chiziq—che- garaning shimolida Qozog‘iston iqlimi, janubida esa Turon iqlimi bo‘ladi. 46 (Eron) (Tojikiston) (Xitoy) (Qozogiston) (Qozog'iston) balandligi U44ni balandligi 825 m balandligi 670 ni balandligi 353 m balandligi 67 m Turon iqlimida Qozog'iston iqlimida 16- rasm. Turon va Qozog'iston iqlimlarida yog'inlaming oylar bo'yicha taqsimlanishi va havo haroratining farqlanishi. Bu farqni grafiklardan aniqlang. Qozog‘iston iqlimi bilan Turon iqlimi o‘rtasidagi asosiy ta- fovutlar, eng avvalo, atmosferadagi harakat xususiyatlari ta'sirida vujudga kelgan. O‘rta Osiyoning janubiy qismini egallagan Turon iqlimiga yilning salqin faslida siklon faoli- yatining kuchli bo‘lishi va u bilan bog‘liq ravishda yog‘in- sochinlarning ko‘p tushishi, ob-havoning tez o‘zgaruvchan, nisbatan iliq kelishi xos bo‘lsa, yozda kuchli qizigan, quruq, kontinental Turon tropik havosining vujudga kelishi, jazirama issiq, haddan tashqari quruq va nisbatan sokin ob-havoning uzoq turishi xosdir. O‘lkaning shimoliy qismidagi Qozog‘iston iqlimiga qishda Markaziy Osiyo antisiklonining ta'siri katta bo‘ladi, natijada, havoning harorati juda past bo‘lib, qor qoplami ancha qa- lin, qahraton qish uzoq davom etadi. Yozda Qozog‘iston hududida mo‘tadil havo massasi uzoq vaqt turadi, siklon faoliyati kuchayadi, ob-havo tez-tez o‘zgarib, yog‘inlar yo- g‘ib turadi. Qozog‘iston iqlimi mo‘tadil iqlim mintaqasiga kiritiladi. Turon iqlimi subtropik iqlim xususiyatlariga ega. Turon iqlimida yillik yog‘inlarning 35—40 foizi qish va bahor oylariga, atigi 2—5 foizi yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Qozog‘iston iqlimida esa qishki va yozgi yog‘inlar miqdori deyarli teng bo‘ladi. Turon iqlimiga xos bo‘lgan qishda «iliq» kunlarning ko‘p bo‘lishi Qozog‘iston iqlimi uchun mutlaqo xos emas (16-rasm). Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyoda qanday iqlimiy o‘lkalar mavjud? 2. Bu o‘lkalar bir-biridan qanday farq qiladi? 3. Ostona va Dushanbe shaharlarining iqlim ko‘rsatkichlarini qiyoslab, farqlarini tushuntirib bering. O‘RTA OSIYO SUVLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 1. Daryoning gidrografik elementlari: daryo vodiysi, o‘zan, qayir, suvayirg‘ich, daryo tizimi, daryo havzasi tushun- chalarini esga oling. 2. Hududning ichki suvlari va ularning turlarini xaritadan mustaqil o‘rganib chiqing. O‘rta Osiyoda oqar suvlar juda notekis taqsimlangan. O‘lka maydonining salkam 70 foizga yaqin qismini egallagan te- kisliklarda suv, daryolar juda oz. Aksincha, tog‘ va tog‘oldi hududlarida juda keng daryo tarmog‘i mavjud. O‘rta Osiyo 48 hududida oqar suvlarning shu tarzda notekis taqsimlanishiga uning iqlimiy sharoiti va relyef tuzilishi sabab bo‘lgan. O‘rta Osiyoning tabiiy xaritasini yog‘in-sochinlarning taq- simlanish xaritasi bilan taqqoslang. Taqqoslaganingizda quyi- dagi manzarani ko‘rasiz: Orolbo‘yi, Betpaqdala, Mo‘yinqum, Amudaryo etaklari, Ustyurt, Qizilqum cho‘liga yil davomida bor-yo‘g‘i 100 mm atrofida yog‘in-sochin tushadi. Bu tekis- liklarning atrofidagi adirlar, qirlar va past-balandliklarga yog‘a- digan yog‘in-sochinlar miqdori ham unchalik ko‘p emas— 300mmdan oshmaydi. O‘rta Osiyoning 75—80 foiz qismida yog‘in-sochin ana shunday kam tushadi. Buning ustiga yilning ko‘p qismida havo haroratining yuqori bo‘lishi va yog‘gan yog‘in suvlarining tezda bug‘lanib ketishi sababli O‘rta Osiyo- ning tekislik va tog‘oldi hududlarida doimiy oqar suv man- balari yo‘q yoki juda kam. Tog‘larda yog‘in tekisliklarga nisbatan ancha ko‘p yog‘adi, havo haroratining past bo‘lishi esa bug‘lanishni kamaytiradi. Tog‘larning qish uzoq davom etadigan va yoz salqin kela- digan o‘rta va baland qismlarida katta qor dalalari va yirik muzliklar vujudga kelgan, chuqur soyliklarda tog‘ ko‘llari paydo bo‘lgan. Suv juda nishab tog‘ yonbag‘irlaridan oqib tushib, atrofdagi tekisliklardan o‘tadigan katta va kichik dar- yolarni hosil qilgan. Shuning uchun ham tog‘larda daryolar ko‘p va ularning suv to‘playdigan havzalari ham katta. Binobarin, O‘rta Osiyoning tekislik qismlarida oqadigan kat- ta va kichik daryolar, kanallar, anhorlarning suvlari, ko‘llar, suv omborlaridagi juda katta suv zaxiralarining asosiy man- bayi o‘lkani sharq va janubdan o‘rab turgan baland tog‘lardir. Shu sababli, tog‘lar yog‘in suvi to‘planadigan asosiy joy bo‘lib, tekisliklar esa ana shu suvni sarf qiladigan va bug‘- latadigan yerlardir. Bu O‘rta Osiyo hududining eng muhim gidrologik xususiyati hisoblanadi. Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyo nima sababdan gidrografik jihatdan berk o‘lka deyiladi? 2. O‘rta Osiyoning tabiiy xaritasini (atlasning 6—7-betlari) yillik yog‘in miqdori xaritasi (atlasning 11-beti) bilan taqqoslang va tekisliklarda daryolar nima uchun kam ekani haqida xulosa qiling. 3. O‘rta Osiyoning katta daryo va ko‘llari nomini yozuvsiz xaritaga yozib qo‘ying. 4— Geografiya, 7- sinf uchun 49 1-§. DARYOLARI 1. Daryo deb nimaga aytiladi? 2. Daryo havzasi nima? 3. Daryolarga suv qayerdan keladi? O‘rta Osiyoda 12 mingga yaqin daryo bor. Ular o‘lkada juda notekis joylashgan. 10 mingdan ortiq daryo tog‘larga to‘g‘ri keladi. Faqat yirik daryolargina cho‘llarni kesib o‘tgan. Daryolar yomg‘ir, qor, muzlik, yerosti suvlaridan to‘yinadi. O‘rta Osiyo daryolari to‘yinishiga, ya'ni qayerdan suv oli- shiga qarab 4 guruhga bo‘linadi. 1. Muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar (Amu- daryo, Zarafshon, So‘x, Isfayramsoy, Chu, Ili, Lepsa, Oqsuv). Bu daryolar Tyanshan, Pomir-Oloy tizmalaridagi muzlik va doi- miy qorlardan suv oladi, ular yozda sersuv bo‘ladi (17- rasm). 2. Qorva muzliklarning erishidan to‘yinadigan daryolar (Sirdaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo). Bu daryolar- ning suvi, asosan, iyun, iyul oylarida ko‘payadi. 3. Doimiy va mavsumiy qorlarning erishidan to‘yinadigan daryolar (Ohangaron, Qashqadaryo). Bu daryolarning suv oladigan manbalari past tog‘larda bo‘lib, suvi bahorda ko‘- payib, ba'zan toshadi, yozda esa sayozlanib qoladi. 4. Mavsumiy qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryo- lar (Murg‘ob, Tajan, Atrek, G‘uzordaryo, Sheroboddaryo, Sarisuv, Nura, To‘rg‘ay daryolari, Farg‘ona vodiysi va Nurota tog‘lari etagidagi adirlarda oquvchi daryolar, soylar). Bu daryolar, asosan, kichik, sho‘x va kam suvli daryolar bo‘lib, bahorda, ayniqsa, jala tarzida yog‘adigan yomg‘irlar vaqtida juda sersuv bo‘ladi. Yerosti suvlaridan to‘yinadigan daryo va soylar tog‘ etak- larida, adirlarda ko‘p uchraydi. Ayniqsa, ular Farg‘ona, Norin, Issiqko‘l vodiylari, Nurota, Zarafshon tog‘ etaklarida ko‘p. Amudaryo—O‘rta Osiyoning eng sersuv daryosi. U Pomir tog‘laridan oqib tushuvchi Panj va Vaxsh daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Uzunligi 2540km, suv to‘plash hav- zasining maydoni 309 ming km2. Amudaryo avvaliga chap tomondan Afg‘onistondan oqib keluvchi Qunduzdaryoni, o‘ng sohilda esa Kofirnihon va Surxondaryoni qo‘shib oladi. Xuddi ana shu o‘ng sohilda unga Sherobod daryosining suvi ham kelib qo‘shiladi. Shu yerdan to quyilish joyi—Orol dengiziga qadar (salkam 1500km masofada) tekislikda, Qo- raqum va Qizilqum cho‘llari orasidan keng o‘zanda oqib 50 17- rasm. Zarafshon daryosining irmog‘i — Fandaryoning yuqori oqimi. o‘tadi, bu qismida unga boshqa irmoqlar qo‘shilmaydi, bal- ki, aksincha, uning suvi juda ko‘p miqdorda sug‘orishga, bug‘lanishga sarf bo‘lib, yerga shimilib, kamayib qoladi. O‘z- bekiston va Turkmanistonda Qoraqum kanali, Amu-Qarshi, Amu-Buxoro kanallari, Xorazm vohasi va Qoraqalpog‘is- tonda ko‘p kanallar qurilgan. Amudaryo suvi bilan bir necha million gektar yer sug‘oriladi. Sirdaryo — O‘rt a Osiyodagi eng uzun daryo (uzunligi 3019 km ). Uning havzasi 219 ming km1 2 3. Markaziy Tyanshan tog‘laridan boshlanuvchi Norin daryosi Sirdaryoning bosh qismidir. Norin daryosi Namangan shahri yaqinida Farg‘ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Qoradaryo bilan qo‘shiladi va shu yerdan Sirdaryo nomini oladi. Farg‘ona vodiysidan chiqqach, daryo shimolga tomon oqa boshlaydi va shu yerda unga o‘ngdan Ohangaron, Chirchiq, Keles daryolari kelib qo‘shiladi. Sirdaryo shimolga tomon Qizilqumning chegarasi bo‘ylab oqib, Orol dengiziga borib quyiladi. 1. O‘rta Osiyo daryolari suv olish manbayiga qarab qanday turlarga bo‘linadi? 2. Daryolarning suvlari nimalarga sarf bo‘ladi? 3. O‘z joyingizdagi daryo haqida gapirib bering. Sirdaryoning deyarli barcha irmoqlari, asosan, qor va muz- liklardan suv oladi. Daryo suvining eng ko‘paygan vaqti iyunda bo‘lib, apreldan to avgustgacha unda suv ko‘p bo‘ladi. Ili daryosi Sharqiy Tyanshan tog‘lari tugunidan bosh- lanuvchi Kunges va Xoliqtog‘dan boshlanuvchi Tekes daryo- lari qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Tekes bilan birga uzunligi 1384 km. Havzasining maydoni 154 ming km2. Ili, asosan, qor va muzliklardan suv olib, Balxash ko‘liga quyiladi. Daryoning Qopchig‘ay darasidan o‘tgan joyida to‘g‘on qurilib, Qopchi- g‘ay suv ombori bunyod etilgan. Daryodan ko‘plab sug‘orish kanallari chiqarilgan. Savol va topshiriqlar 51 KO‘LLARI VA SUV OMBORLARI 1. Ko‘l deb nimaga aytiladi? 2. Tabiiy xaritadan O‘rta Osiyodagi katta ko‘llarni ko‘rsating. 3. Korizlar va sardobalar haqida nimalarni bilasiz? Ko‘llari. O‘ rta Osiyoda ko‘llar unchalik ko‘p emas. Ular ichida eng yiriklari Orol ko‘li (dengizi), Issiqko‘l, Balxash va Qorako‘ldir. Bu ko‘llar paydo bo‘lishiga ko‘ra tektonik ko‘llar hisoblanadi. Ko‘llarning ko‘pchiligi tog‘larda joylashgan. Ular tog‘ning o‘rta va baland qismlarida ko‘pincha daryo va soylar o‘zani- ning to‘silib qolishi natijasida vujudga kelgan kichikroq ko‘l- lardir. Ularning suvi nihoyatda tiniq, toza va sovuq bo‘ladi. Ko‘l atroflarida o‘ziga xos iqlim vujudga kelib, juda go‘zal tabiiy geografik manzara hosil bo‘ladi, Issiqko‘l va Sarichelak shunday ko‘llardir. Daryo vodiylarida, qayirlarida, deltalarida katta-kichik ko‘lchalar hosil bo‘lgan. Tashlama hamda sizot suvlar to‘planishidan hosil bo‘lgan ko‘llarga Arnasoy va Aydarko‘l misol bo‘ladi. O‘rta Osiyoning eng katta tabiiy ko ‘ li — Orol ko‘lidir. U kattaligi hisobga olinib Orol dengizi deb ataladi. Orol dengizi faqat O‘rta Osiyoda emas, balki Yer yuzidagi eng katta ko‘l- lardan biri edi. U kattaligi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi, jahonda esa to‘rtinchi o‘rinda turardi. Ko‘l Turon tekisligining mar- kazida, Ustyurt platosidan sharqda joylashgan, shimoli sharqdan janubi g‘arbga cho‘zilgan tektonik cho‘kmada hosil bo‘lgan. Unga ikki yirik daryo — Amudaryo va Sirdaryo quyiladi. 18- rasm. Orol dengizi sathining turli yillardagi holati. 52 Dengizning eng chuqur yeri g‘arbiy qismida 69mga yetgan. Biroq 1960-yildan boshlab O‘rta Osiyoda sug‘orish ishlari uchun Amudaryo va Sirdaryoning juda ko‘p suvi sarf bo‘lishi oqibatida Orolga quyiladigan suv miqdori keskin kamayib ketdi. Ayrim yillari, ayniqsa, 1983—1985- yillardan keyin Sir- daryo Orolga bir tomchi ham suv bermay qo‘ydi, Amu- daryoning suvi esa 7—9 kub km dan oshmadi. Shu tariqa Orol asta-sekin quriy boshladi. 35 yil ichida dengiz suvining hajmi kichrayib, uning sathi 16,5 m ga pasaydi, dengiz qirg‘oqdan 80—100 km ga, ayrim yerlarda esa 130—150 km ga chekindi. Orollar tutashib ketib, dengiz uchta alohida suv havzasiga bo‘- linib qoldi (18- rasm). Orol dengizi atrofida juda ko‘p qishloqlar, shaharlar bor. «Orolbo‘yi regioni» deb ataluvchi bu mintaqada 5 mlnga yaqin aholi yashaydi. (Xaritaga qarab, qaysi davlatlar, vilo- yatlar borligini aniqlang.) Ana shu aholining xo‘jalik faoliyati Orol dengizi bilan bog‘liq bo‘lgan. Dengizning kichrayishi, uning tagidagi tuzlarning shamol bilan tevarak-atrofga to‘zib ketishi, ichimlik suvi tanqisligi, bugungi kun Orolbo‘yi hudu- di ekologik tangligining ko‘rinishlaridandir. Orol va Orolbo‘yini bu tanglikdan qutqarib qolish uchun iloji boricha harakat qilinyapti. «Orolni qutqarish» xalqaro tashkiloti va fondi tuzilgan. Suv omborlari. Yozgi «chilla» davrida ekinzor va bog‘lar tez-tez sug‘orishni talab qiladi. O‘simliklarni namga eng chan- qoq davrlarida suv bilan muntazam ta'minlash maqsadida O‘rta Osiyoning katta va kichik daryolarida sun'iy ko‘llar — suv omborlari bunyod etilgan. O‘rta Osiyoning tabiiy geografik xaritasida suv omborlari juda aniq ko‘rsatilgan. Masalan, Ili daryosida — Qopchig‘ay, Irtish daryosida — Buxtarma, Norin daryosida — To‘xtag‘ul, Chirchiq daryosida — Chorvoq, Ohangaronda — Tuyabo‘g‘iz (Toshkent), Qoradaryoda — Andijon, Sirdaryoda — Qayroqqum, Chordara hamda Zarafshonda—Kattaqo‘rg‘on va Quyimozor, Qashqa- daryoda — Chimqo‘rg‘on, Qarshi kanalida—Tallimarjon, Surxondaryoda — Janubiy Surxon, Amudaryoda — Tuyamo‘yin, Vaxshda — Norak, Qoraqum kanalida — Hovuzxon suv ombor- lari qurilgan. O‘rta Osiyo suv omborlari ichida Buxtarma, Qopchig‘ay, To‘xtag‘ul, Tuyamo‘yin, Chordara va Qayroqqum suv om- borlari eng kattalari hisoblanib, ulardan keng miqyosda foy- dalaniladi. Chorvoq suv omborining maydoni nisbatan ki- chik, lekin suv hajmi ancha katta (2,0 mlrd m3). 53 Bu suv omborlari faqat yerlarni sug‘orish uchungina ishla- tilmasdan, ulardan GESlar qurish, daryo suv oqimini tar- tibga solish, rekreatsiya (sog‘liqni tiklash, dam olish, turizm) maqsadlarida ham foydalaniladi. Savol va topshiriqlar 1. Nima uchun Orol dengizi qurib bormoqda? 2. Tog‘lardagi ko‘llar, asosan, qanday hosil bo‘lgan? 3. Ko‘llarning qanday ahamiyati bor? 4. Suv omborlari qanday maqsadlarda quriladi? 5. Yirik ko‘llar va suv omborlari nomini yozuvsiz xaritaga yozib qo‘ying. YEROSTI SUVLARI 1. 2. 3. Yerosti suvlari qanday hosil bo‘ladi? Suvni yaxshi o‘tkazadigan, yomon o‘tkazadigan tog‘ jinslari haqida so ‘zlab bering. Buloqlar qanday hosil bo‘ladi? O‘rta Osiyo hududi yerusti suv zaxiralari bilan birgalikda juda katta yerosti suv boyliklariga ham ega. Iqlimining juda quruq bo‘lganligi sababli oqar suvlar bilan bir qatorda yer- osti suvlaridan ham aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashda, qishloq xo‘jaligi yerlarini va chorva mollarini sug‘orishda juda keng ko‘lamda foydalaniladi. O‘rta Osiyo hududida tabiiy geografik va geologik xususi- yatiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladigan 2ta gidrogeologik kichik o‘lka — janubi-sharqiy burmali tog‘lar va platforma- dagi artezian suvlari bo‘lgan tekislik kichik o‘lkalari mavjud. O‘rta Osiyoning barcha burmali tog‘laridagi yerosti suvlari- ning asosiy qismi tog‘ jinslari yoriqlaridan va karst yo‘lakla- ridan chiqadigan suvlardir. Ularning manbayi yog‘in-sochin suvlari hisoblanadi. (Yerosti suvlarining paydo bo‘lishini esga oling.) Bu suvlar tog‘larda ko‘pincha buloqlar tarzida chiqib, tog‘larning o‘rta va yuqori qismlarida daryo suvlariga qo‘shi- ladi, qisman, sug‘orishda foydalaniladi. Tekisliklardagi yerosti suvlari artezian havzalaridan iborat. Bu suvlarning manbayi daryo o‘zanlaridan shimilgan va tog‘ yonbag‘irlaridagi suvlarning shimilishi natijasida vujudga kel- gan suvlardir. O‘rta Osiyoning yirik cho‘llari — Qizilqum va Qoraqumning yerosti qatlamlari ichimlik suv zaxiralariga juda boy. Chorva 54 mollarini sug‘orish va ichish maqsadida bu yerda juda chuqur (200—250 m gacha) artezian quduqlari qazilgan. Yerosti suvlari chuqurda, yer yoriqlarida joylashgan bo‘l- sa, ko‘pincha issiq, tarkibida turli mineral moddalar erigan bo‘ladi. Bunday suvlar termal suvlar deyiladi. O‘rta Osiyo hudu- di ana shunday termal (issiq) va mineral suvlarga boy. Bu suvlarning kimyoviy tarkibi insonga shifobaxsh ta'sir etadi. O‘lkada tarkibida yod, vodorod sulfat, radon va boshqa ba'zi mineral moddalar bo‘lgan bir qancha yerosti suv manbalari bor va ular asosida Qozog‘istonning Shimkent viloyatida Qorasuv, Farg‘ona vodiysida — Chimyon, Polvontosh, Janu- biy Olamushuk, Chortoq, Surxondaryoda — Jayronxona, Tojikistonda—Obigarm mineral suvli shifoxonalar bunyod etilgan. Savol va topshiriqlar 1. Mineral va termal suvlar qanday suvlar hisoblanadi? 2. Artezian suv deb qanday suvga aytiladi? 3. O‘rta Osiyoda mineral va termal suvlar asosida qanday shifo maskanlari bunyod etilgan? 4. Siz yashaydigan joyda yerosti suvidan qanday foydalanilishini gapirib bering. TUPROQLAR HAQIDA TUSHUNCHA 1. Tuproq nima? Uning qanday ahamiyati bor? 2. Sizlar yashaydigan joyda qanday tuproqlar tarqalgan? 3. Unumdor tuproq, unumsiz tuproq deyilganda nimalarni tushu- nasiz? 4. Tuproqlarning unumdorligini oshirish uchun nimalar qilish kerak? Tuproq — unumdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan murakkab ta- biiy hosila. Odamlar qanday tuproqlar unumdor bo‘lishini juda qadim zamonlardayoq bilishgan. Tuproqning hosil bo‘lishi yer yuzida qattiq tog‘ jinslarining yemirilib (nurab), mayda- lanishidan boshlangan. Tog‘ jinslari yemirilib, hosil bo‘lgan mayda, g‘ovak tog‘ jinslari hali tuproq emas. Ular tuproqning ona jinsi, tuproq hosil qiluvchi jinslar deyiladi. Bularga urug‘ sepsangiz ko‘karib chiqsa ham, lekin o‘smaydi, hosil ber- maydi. Ona jinslarga tirik va o‘lgan organizmlar tushib, tog‘ jinslari orasida chirisa, issiqlik, nam, havo va boshqalar ta'sir ko‘rsatsa, ona jinslar o‘zgarib, asta-sekin tuproqqa aylanib bora- di. Tuproqqa tushgan o‘simlik va jonivorlarning qoldiqlari 55 zamburug‘lar, bakteriyalar, ishqorlar ta'sirida parchalanadi va yangi modda — chirindi (gumus)ga aylanadi. Tuproqda yashaydigan chuvalchanglar, turli qurt-qumurs- qalar, yer qaziydigan hayvonlar tuproqqa tushgan organik modda va chirindilarni tuproq ona jinsi bilan aralashtiradi. Mikroorganizmlar faoliyati va suvning erituvchanlik xususiyati ta'sirida kimyoviy moddalar (azot, fosfor, temir, kaliy, kalsiy va boshqalar) o‘simlik ildizlari so‘rib oladigan eritmalar hosil qiladi. Shunday qilib, tuproq hosil bo‘lish jarayoni to‘xtovsiz davom etadi. Tuproqlar tarkibi, asosan, uch qismdan iborat: 1) tuproqning ona jinsi — har bir joyda tarqalgan tog‘ jinslari; 2) tuproqning organik moddalari —o‘simlik, hayvon qoldiqlari, mikroorga- nizmlar, tuproq hasharotlari, chirindi; 3) tuproq eritmasi — o‘simliklar uchun zarur moddalar erigan suv (eritma). Har qanday tuproqning unumdorligi ana shularga bog‘liq. Tup- roqlarning eng muhim xususiyati ularning unumdorligidir. Tuproq qatlami shartli ravishda to‘rt qavatga ajratiladi (19- rasm). Tuproq qatlamining qalinligi, qavatlarining holati ular- ning turlariga bog‘liq. Tuproqlarning hosil bo‘lish jarayoniga yana iqlim sharoiti (issiqlik, namlik), relyef va tog‘ jinslarining xususiyatlari ham katta ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham turli xil tog‘ jinslari ustida va har xil iqlim sharoitida turli xil tuproqlar tarkib topadi. Tuproqlarning ona jinsi (noorganik tarkibi — mayda tog‘ jinslari) katta-kichikligi turlicha bo‘lgan zarra- lardan iborat bo‘ladi. Bularning hammasi birgalikda tuproq- ning mexanik tarkibi deyiladi. Tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘- ra gilli tuproq, qumoq tuproq, qumli tuproq, shag‘alli, chag‘ir toshli tuproqlarga bo‘linadi. Tuproq tarkibidagi gil va chirindilar bir-biriga yopishib, mayda kesakchalar hosil qiladi. Shunday kesakchalar bor tuproqlar donador bo‘lib, unumdorligi oshadi. Kesakchasiz tuproqlar mayda zarrali bo‘lib, havo va suvni yaxshi o‘tkaz- maydi, chirindilarning minerallarga aylanishi qiyin bo‘ladi. Tuproqlarga organik va mineral o‘g‘itlar solish, o‘z vaqtida ishlov berish, sug‘orib turish bilan ularning unumdorligini oshirish mumkin. Shunday yo‘llar bilan unumdorligi oshi- rilgan tuproqlar madaniy tuproqlar deyiladi. O‘rta Osiyo voha- larining tuproqlari asrlar davomida haydalib, turli o‘g‘itlar soli- nib, sug‘orilib, vaqtida sho‘ri yuvilib, ishlov berilib, madaniy tuproqlarga aylantirilgan. Lekin tuproqlar suv yuvib ketishi- 56 dan, shamol uchirishidan, sho‘r bosib ketishdan, ifloslanish- dan saqlanmasa, ularning tarkibi buzilib, unumdorligi yo‘qoladi. Turli tabiat zonalarining o‘ziga xos iqlim sharoitida tarkib topgan tuproqlar bir-biridan farq qiladi. Yer yuzida arktika tuproqlari, tundra tuproqlari, kulrang, sur, qora, kashtan, qo‘n- g‘ir, bo‘z, sariq, jigarrang, qizil tuproqlar mavjud. Tog‘li o‘lka- larda tekislikdan tog‘larga ko‘tarilgan sari, tabiiy sharoitning o‘zgarishi bilan birga, tuproqlar ham o‘zgaradi. Savol va topshiriqlar 1. Tuproq nima? U tog‘ jinslaridan nimasi bilan farq qiladi? 2. Tuproqlar qanday hosil bo‘lishini tushuntirib bering. 3. Chirindi nima? U qanday hosil bo‘ladi? 4. Tuproq tarkibi nimalardan iborat? 5. Tuproq mexanik tarkibiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? O‘RTA OSIYO TUPROQLARI 1. Siz yashaydigan joyda qanday tuproqlar tarqalgan? 2. Bu tuproqlar qanday tog‘ jinslari (ona jins) ustida tarkib topgan? 3. O‘rta Osiyo hududida qanday zonal tuproqlar tarqal- ganligini tuproqlar xaritasidan aniqlang. O‘rta Osiyoda tarqalgan tuproqlar hosil bo‘lishi va unum- dorlik darajasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganiladi: 1) cho‘l tuproqlari; 2) bo‘z tuproqlar; 3) tog‘-o‘rmon-dasht tuproqlari; 4) baland tog‘ tuproqlari. Cho‘l tuproqlari. O‘rta Osiyoning cho‘l zonasi Turon tekis- ligini egallagan bo‘lib, u shimolda qo‘ng‘ir tuproqli chala- cho‘l zonasi bilan, janub va sharq tomonlarda esa Kopetdog‘, Pomir-Oloy va Tyanshan tog‘larining bo‘z tuproqli etaklari bilan chegaralanadi. Cho‘l zonasida, asosan, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlar, cho‘l qumli tuproqlar va o‘tloq-alluvial tuproqlar tarqalgan. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar qadimgi qoldiq qirlar va tog‘ etaklaridagi toshloq yerlarda paydo bo‘lgan. Bu tuproqlar tarkibida shag‘al va toshlar ko‘p. Tuproq hosil qiluvchi ona jins uncha qalin emas (1—2 m), tuproq tagida shag‘al qat- lamlari joylashgan. Tuproqning yuza qatlamida 0,2 — 0,3 foiz chirindi bor. Chi- rindili qatlamning qalinligi 25—35 sm. Tuproqda azot kam, 57 ammo fosfor ko‘p. Karbonat esa 5—7 foizga boradi. Bu tuproqlar, odatda, 20—30 sm chuqurlikdan boshlab sho‘rlangan. Surqo‘ng‘ir tuproqlar unumdor- ligi past bo‘ladi. Suv chiqarib, loyqa yotqizish, sho‘rini yuvish, o‘g‘itlash bilan tuproq unumdorligi oshiriladi. Taqir va taqirli tuproqlar qadimgi alluvial tekisliklarda, ayniqsa, daryo- larning delta tekisliklarida, tog‘ etakla- ridagi qiya tekisliklarda tarqalgan. Taqirda chirindi juda oz (0,3—0,7 foiz) bo‘ladi. Chirindili qatlamning qalinligi 15—25 sm keladi, tarkibida azot kam. Taqirli tuproqlar tarkibida chirindi- ning ko‘pligi (0,7—1,2 foiz) hamda chirindi qatlamining qalinroq (50 sm gacha) bo‘lishi bilan taqirlardan farq qiladi. Ularning ostki qatlami yerosti suvining tarkibi va joylashishiga qarab birmuncha sho‘rlangan bo‘ladi. 19- rasm. Tuproq kesmalari: a) och bo‘z tuproq; b) oddiy bo‘z tuproq; A1 — chirindi yig‘ila- digan qavat; A2 — yuvilib turadi- gan qavat; B — moddalar to‘pla- nuvchi qavat; D — tuproq ona jinsi — lyoss. Cho‘llarning qumli tuproqlari qum bilan qoplangan tekisliklar va qumtepalarda tarqalgan. Qumli tuproqlarda chirindi va oziqa moddalar kam, biroq tegishli agrotexnika tadbirlarini qo‘llash orqali bu tuproq- larning unumdorligini oshirish mumkin. O‘tloq-alluvial tuproqlar Amudaryo, Sirdaryo, Ili kabi yirik daryolarning deltalarida katta maydonlarni ishg‘ol etadi. Bu maydonlar qadimdan sug‘orilib, dehqonchilik qilib kelinayot- ganligidan yerosti suvi yuzada (1—2 m) joylashgan, ko‘pin- cha sho‘rlangan bo‘ladi. Bu tuproqlarda chirindi miqdori 1—1,5 foizni tashkil etadi. O‘tloq-alluvial tuproqlar ancha unumdor bo‘lsa-da, tez sho‘rlanadi. Bo‘z tuproqlar Tyanshan, Pomir-Oloy, Kopetdog‘ tizma tog‘lari etaklarida va tog‘ etagidagi qiyaliklarda hosil bo‘lgan. Bu xil tuproqlar tog‘ etaklarida dengiz sathidan 250—300 m dan shimolda 1000—1100 m gacha, janubda 1400—1500 m gacha bo‘lgan balandliklarda tarqalgan. 58 Bo‘z tuproqlar mintaqasida yoz issiq bo‘ladi. Tog‘ga ko‘ta- rilgan sari harorat biroz pasayadi. Yog‘in ham cho‘ldagidan ko‘proq: bir yilda tog‘ning quyi qismida 200—300 mm dan yuqori qismida 300—500 mm gacha yog‘in tushadi. Bu bahori g‘alla yetishtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Bo‘z tuproqlar mineral tarkibining asosiy qismini lyoss jinslar tashkil etadi (19- rasm). Tog‘larda yuqoriga ko‘tarilgan sari tuproq tarkibidagi chi- rindi miqdori oshib borib, tuproq unumdor bo‘la boradi. Masalan, och bo‘z tuproqlarda chirindi 1,0—1,5 foiz bo‘lsa, oddiy bo‘z tuproqlarda 1,5—2,5 foizga boradi, to‘q bo‘z tuproqlarda esa 2,5—4,0 foizgacha yetadi. O‘rta Osiyo o‘l- kasining asosiy sug‘oriladigan dehqonchilik yerlari mana shu bo‘z tuproqlar mintaqasida joylashgan. Tog‘-o‘rmon-dasht tuproqlari 1100—1400 m dan 2500— 2600 m gacha balandlikda joylashgan. Daraxtsiz yerlarda eng ko‘p tarqalgan tuproqlar qora tuproqsimon tog‘-dasht tup- roqlaridir. Bunday tuproqlarda chirindi juda ko‘p (4—6 foiz), sho‘rlanish bo‘lmaydi, vegetatsiya davri mobaynida yer yuzasi qalin o‘t o‘simliklari bilan qoplanib yotadi. Bu tuproqlar eng unumdor tuproqlar hisoblanadi. Odatda, bu tuproqlar mevali daraxt o‘simliklari, tokzorlar bilan band bo‘ladi. Baland tog‘ tuproqlari. Baland tog‘ mintaqasi tog‘ yay- lovlaridan iborat. Bu mintaqa 2 ta kichik mintaqa: subalp va alp mintaqalariga ajratiladi. Subalp mintaqasi tuproqlari G‘arbiy Tyanshanda 2500 — 2600 m, Hisor tizmasida 3100 — 3200 m, Pomirda esa 3500 m dan balandda tarqalgan. Alp mintaqasi tuproqlari 3000—3500 m va undan ham balandda joylashadi. Savol va topshiriqlar 1. Geografik atlasdan foydalanib, O‘rta Osiyo hududida tarqal- gan asosiy tuproq turlarini aniqlang. 2. Siz yashab turgan joyda qanday tuproq turlari mavjud, ular- ning hosil bo‘lishida tabiiy omillardan qaysilari ko‘proq ta'sir etgan? 3. Turar joyingizdagi tuproqlar nimalardan muhofaza qilinadi? 59 O‘RTA OSIYO O‘SIMLIKLARI 1. O‘rta Osiyoning yer yuzasi tuzilishi xaritasi bilan o‘simliklar xaritasini bir-biriga taqqoslab, o‘simlik qoplamining tarqa- lishiga yer yuzasining ta'sirini tushuntiring. 2. O‘rta Osiyo tabiatining umumiy ta'rifidan olgan bilimingizga asoslanib, tuproq-o‘simlik qoplami tabiatning qanday kom- ponentlari bilan ko‘proq bog‘liq (aloqador) ekanligini eslang. O‘rta Osiyo o‘lkasida 9000 ga yaqin o‘simlik turi bor. Lekin tekisliklarda o‘simlik turlari kam — 1000 turga yaqin. Tog‘larda esa qalin va turlarga boy 8000 dan ortiq o‘simlik mavjud. O‘rta Osiyoning relyef va o‘simlik xaritalariga nazar tashla- sangiz, uning yerusti tuzilishida 4 ta mintaqa — tekislik-dasht, chalacho‘l, cho‘l hamda adir, tog‘ va yaylov tabiiy geografik komplekslari ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ana shu komplekslar- ning har biri o‘ziga xos agroekologik sharoitga ega bo‘lib, ularni bir-biridan yaqqol ajratuvchi eng asosiy tabiiy kompo- nent o‘simliklar dunyosidir. O‘rta Osiyoning barcha tog‘larida yagona qonuniyat saqlanib qoladi — 3 ta balandlik mintaqasi — adir (tog‘oldi), tog‘ va yaylov yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘rta Osiyoning shimoliy tekislik qismlarini dasht va cha- lacho‘l zonalari egallagan. Ular Orol dengizining shimoliy kengliklarida cho‘llar bilan almashinadi. Dasht o‘simliklari O‘rta Osiyoda Qozog‘iston past tog‘la- rining 52° shimoliy kenglikdan shimoldagi yerlarda tarqalgan. Bu yerda janubiy qora tuproqlar ustida boshoqli o‘t o‘sim- liklari o‘sadi. Bular orasida qizg‘ish chalov, betaga, yaltirbosh va qo‘ng‘irbosh ko‘p bo‘lib, quruqroq toshloq tuproqlarda shuvoq o‘sadi. Butachalardan qarag‘an, tobulg‘i, itbodom va boshqalar uchraydi. Chalacho‘l o‘simliklari shimolda 52° shimoliy kenglikdan janubda 48° shimoliy kenglikkacha bo‘lgan yerlarda tarqalgan. Bu yerda cho‘l o‘simliklarini ham, dasht o‘simliklarini ham uchratish mumkin. Bu yerda boshoqli o‘tlardan shuvoq, izen, chalov, qo‘ng‘irbosh aralash o‘sgan yerlar ko‘p. Sho‘rlangan qo‘ng‘ir tuproqlarda oq shuvoq, boyalich, qora shuvoq, burgan o‘simliklari keng tarqalgan. Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyo o‘lkasida necha ming tur o‘simlik mavjud? 2. O‘rta Osiyo o‘simliklari misolida iqlim, tuproq va o‘simliklar o‘rtasidagi o‘zaro uzviy bog‘liqliklar mavjudligini ko‘rsating. 60 11- §. CHO‘L O‘SIMLIKLARI Cho‘l o‘simliklari. O‘ rta Osiyo hududining g‘arbiy qismi juda katta tekislikdan iborat bo‘lib, u yerda qumli, toshloq (gipsli), gilli cho‘llar tarqalgan. Ko‘p yerlarni, ayniqsa, past- roq gilli yerlarni sho‘ra o‘simliklar o‘sadigan sho‘rxoklar egal- lagan. Qumli cho‘l o‘simliklari. O‘rta Osiyoda qumli cho‘llar Bo‘rsiq cho‘llari, Mo‘yinqum, Qoraqum, Sariqsuv va Bal- xashbo‘yi qumlari, Orolbo‘yi Qoraqumi, Unguzorti Qora- qumi hamda Qizilqumning katta maydonlarini egallaydi. Qumli cho‘llarning katta qismida qumda o‘suvchi o‘sim- liklar: daraxtlardan oq saksovul (ba'zan bo‘yi 6—7 metrga yetadi), yirik juzg‘un ko‘p. Butalardan qum akatsiyasi, chala butalardan shuvoq, pechak va sho‘raklar juda ko‘p tarqalgan. Bu yerda o‘tlar orasida iloq, lola, boychechak, gulsapsar, boshoq- lilardan qo‘ng‘irbosh, arpag‘on ko‘p. Toshli, ya'ni gipsli cho‘llar kichikroq maydonni egallaydi. Ular Ustyurt, Qorsoqboy, Betbaqdala, Mang‘ishloq, Qora- qum, Qizilqumdagi qoldiq tepalik va past tog‘ etaklarida keng maydonlarni egallagan. Toshli cho‘llarda o‘simliklar siyrak bo‘lib, faqat shuvoq, chala buta shaklidagi sho‘raklar, tuyatovon, kermak, toshbaqatol, kavrak kabi o‘simliklar o‘sadi. Shuvoq ko‘p uchraydi. Sho‘rxok cho‘l o‘simliklari. Sho‘rxok yerlarda, asosan, sho‘ralarning ba'zi turlari: bir yillik sho‘rak, qorabargo‘t, qizil sho‘ra, yer bag‘irlab o‘sadigan chala buta sarisazan, shuningdek, ajriq, qora saksovul, burgan o‘sadi (20-rasm). Lyossli cho‘l yoki efemer cho‘l o‘sim- liklari. Efemer cho‘llar O‘rta Osiyo- ning qalin soz tuproq (lyoss) qatlam- lari mavjud bo‘lgan sharqi va janubi- dagi tog‘ etaklaridagi tekisliklarda tar- qalgan. Ular Mirzacho‘lda, Zarafshon vodiysida, Badxiz cho‘lida, Kopetdog‘ oldida, Murg‘ob—Amudaryo oralig‘i- da, Toshkent yaqinidagi Keles tekis- ligida, shuningdek, Qashqadaryo ham- 20- rasm. Cho‘llarning buta- simon daraxti — saksovul. 61 da Surxondaryoning tog‘oldi hududlaridagi qalin lyossli yer- larda uchraydi. O‘rta Osiyoning efemer cho‘llarida rang va qo‘ng‘irbosh boshqa o‘simliklarga qaraganda ko‘p uchraydi. Bu yerda boy- chechaklar, ayiqtovon, arpag‘on, mortuq, chitir, lolalar va boshqa ba'zi o‘simliklar o‘sadi. To‘qay o‘simliklari. O‘rta Osiyoning tekislik qismidagi daryo vodiylarida, ko‘llar bo‘yida to‘qay o‘simliklari ko‘p o‘sadi. Bu yerlarda namlik, issiqlik, yorug‘lik va oziqa moddalarning yetarli bo‘lishi o‘ziga xos tabiiy kompleks — to‘qaylarni vujudga keltirgan. To‘qaylarda o‘simliklarning 3 turi: daraxt, buta va o‘t o‘sim- liklari o‘sadi. Daraxtlardan, asosan, turang‘il, tol va jiyda eng ko‘p tarqalgan. Butalar yulg‘un, jing‘il va oqtikandan iborat. Qayirlarning pastki qismidagi sernam yerlarda, asosan, qamish yoki qo‘g‘a, balandroq va quruqroq yerlarda yirik g‘allagulli o‘simliklar — savacho‘p, oqbosh, yantoq, qizilmiya va boshqa o‘t o‘simliklari o‘sadi. Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyo cho‘llarining turlari va ularga xos o‘simliklarni alohida jadval tarzida ifodalang. 2. Cho‘l o‘simliklari cho‘l sharoitida o‘sishga qanday moslash- gan? So‘zlab bering. 3. Efemer o‘simliklarning xususiyatlari nimalardan iborat? 4. To‘qaylarda nima sababdan o‘simlik turlari ko‘p? 28- §. ADIR, TOG‘ VA YAYLOV O‘SIMLIKLARI Adir o‘simliklari. Adirlar cho‘l va tog‘lar o‘rtasidagi oraliq zona hisoblanadi. Adirlar dengiz sathidan 500—700 m dan 1200—1600 m ga- cha baland bo‘lgan tog‘oldi qirlaridir. Adirlar o‘simligi, asosan, rang o‘simliklaridan tarkib topgan. Rang o‘simliklari orasida ko‘pincha ko‘p yillik yirik o‘tlar — qo‘ziquloq va oqquray, qizil shuvoq, bug‘doyiqlar ham tez-tez uchrab turadi. Adirlarning toshli va shag‘alli baland yerlarida butalar o‘sadi. Bular ora- sida, odatda, pista, bodom, qizilcha, shuningdek, kampirchopon va bo‘tako‘z o‘sadi. O‘rta Osiyo tog‘lari Elbrus tog‘larining sharqiy qismidan Torbog‘otoy tog‘ining sharqigacha cho‘zilgan. Bu hududda tabiiy sharoiti va paydo bo‘lgan davriga ko‘ra bir-biridan farq 62 qiladigan Tyanshan, Pomir, Badaxshon, Kopetdog‘, Jun- g‘oriya Olatovi, Torbog‘otoy, Hindukush, Safedko‘h, Bandi Turkiston tog‘lari bor. Tog‘ mintaqasi dengiz sathidan 1200—1500m dan 2800— 3000m balandlikkacha bo‘lgan yerlarda joylashgan. Tog‘larning iqlimi adirlar iqlimiga nisbatan ancha salqin. Hatto iyul oyida ham havoning o‘rtacha harorati 17—19°C dan oshmaydi. Yog‘in miqdori ancha ko‘p (600—800mm, ayrim joylarda 1000 mm ga yetadi). Tog‘ o‘simliklarini ularning agroekologik sharoitiga ko‘ra ikki asosiy tipga: tog‘-dasht va tog‘ o‘rmonlari (daraxt-buta) o‘simliklariga ajratish mumkin. Tog‘-dasht o‘simliklari, asosan, tog‘ mintaqasining quyi qismlarida o‘sadi. Ular, asosan, bug‘doyiq, har xil o‘tlar, qo‘zi- quloq, astragal, bo‘tako‘z, yovvoyi beda va boshqalardir. Bu min- taqada na'matak, yovvoyi olcha, zirk (qoraqand) kabi buta- larning bir necha xillarini uchratish mumkin. Butalar orasida na'matak juda keng tarqalgan bo‘lib, na'matakzorlarni hosil qiladi. Shu xildagi na'matakzorlarni ko‘pincha G‘arbiy Tyan- shan tog‘lari, Zarafshon, Turkiston tog‘lari hamda Janubiy Tojikistondagi 1500—2300 metr balandliklarda ko‘p uchra- tish mumkin. Tog‘ mintaqasida daraxt-buta o‘simliklari ko‘p, ular ayrim joylarda qalin o‘rmonlarni hosil qiladi. Bular yakka o‘sayotgan archa, zarangning ayrim turlari, yong‘oq, yovvoyi olma, tog‘olcha va do‘lanalardir. Dengiz sathidan qariyb 2000 m dan 2800 m gacha ba- landlikda, ayniqsa, Shimoliy Tyanshan va Torbog‘otoy, Jun- g‘oriya Olatovi tog‘larida ignabargli va keng bargli daraxt- lardan iborat katta-katta o‘rmonlar mavjud. Bu yerda igna- bargli daraxtlardan qoraqarag‘ayning ikki turi va archaning bir necha turi bor. O‘rta Osiyo tog‘larida keng bargli o‘rmonlar, asosan, G‘ar- biy Tyanshan, Hisor va Janubiy Tojikiston tog‘larida (g‘arbiy va janubiy yonbag‘irlarida) tarqalgan. Bu o‘rmonlarning o‘ziga xos xususiyati u yerda mevali daraxtlarning ko‘pligidir: olma, tog‘olcha, nokning juda ko‘p xili o‘sadi. Bu yerda yong‘oq, bodom va do‘lananing turli xillari bor. Janubdagi tog‘ o‘rmon- larida anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tok o‘sadi. Yong‘oqzorlar eng nam va issiq joylarda, G‘arbiy Tyanshan- ning ayrim qismlarida va, asosan, Farg‘ona tog‘ tizmasida joylashgan. 63 Yaylov o‘simliklari. Tog‘ mintaqasidan yuqoridagi (dengiz sathidan 2700—2800 m va undan baland) joylarni tog‘ yay- lovlari egallagan. Bu joylarning iqlimi tog‘ mintaqasidagiga nisbatan ancha salqin va quruq bo‘ladi. Qisqa yoz faslida ba'zan havo harorati kechalari —5°C gacha pasayishi mumkin. Qishda sovuq —40°C va undan past bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 400—600 mm atrofida o‘zgarib turadi. Tog‘ yaylovlari mintaqasi tabiiy va ekologik sharoitiga ko‘ra 2 qismdan — subalp va alp o‘tloqlaridan iborat. Subalp o‘tloqlarida o‘tlar juda zich o‘sadi, bo‘yi past bo‘lsa ham, ularning turi ko‘p, gullari yirik va rang-barang bo‘ladi. Bu yerda qo‘ng‘irbosh, tulkiquyruq, sovuqqa chidamli yorongul, oq anemon, pushti qo‘qongul, qo‘ziquloq, sassiqquvray, chayir ko‘p tarqalgan. Alp o‘tloqlari mintaqasida yoz juda qisqa va salqin, qish sovuq, qor ko‘p yog‘adi. Bu yerda qiyoqning bir turi — to‘ng‘izsirt o‘sadi. Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyo adir, tog‘ mintaqalariga xos bo‘lgan o‘simlik tur- larini aniqlab, nomlarini daftaringizga yozib oling. 2. Tog‘ o‘simliklari bilan yaylov o‘simliklarining farqi nimada? 1. 2. 3. HAYVONOT DUNYOSI Siz yashayotgan joyda qanday yovvoyi hayvonlar bor? Sudralib yuruvchilarga qaysi hayvonlar kiradi? Qanday qushlar O‘rta Osiyoga yozda uchib kelib, qishda yana janubga uchib ketadi? Qishda qanday qushlar uchib keladi? O‘rta Osiyoning tabiiy sharoiti xilma-xil bo‘lganligi tufayli uning hayvonot dunyosi ham o‘ziga xos va rang-barangdir. O‘rta Osiyo hayvonlari chalacho‘llarda, cho‘llarda, tog‘oldi va tog‘lar oralig‘idagi tekisliklarda, tog‘larda hamda suv hav- zalarida yashaydi. Chalacho‘llarning hayvonot dunyosi mavsumlar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Yozda janubdan issiqsevar hayvonlar, ya'ni kaltakesaklar va ayrim qushlar (to‘rg‘ay, loyxo‘rak) kirib ke- lib, chalacho‘llarning ichkari qismlariga yetib boradi. Kal- takesaklar bu yerlarga moslashib, rangini o‘zgartiradi. Qish juda sovuq bo‘lganligi tufayli yozda kelgan hayvonlar janubga yana qaytib ketadi, ko‘p hayvonlar (qo‘shoyoq va boshqalar) 64 21- rasm. Turkiston kiyiklari: 1 — morxo‘r; 2 — jayron; 3 — Tyanshan qo‘yi. uyquga ketadi, qishga oziq-ovqat yig‘uvchi turli xil sichqon- lar va kalamushlar inlariga kirib ketadi. Shimoldan qishda pu- nochka, oq kaklik, qutb boyqushi uchib keladi. Bulardan tashqari, qishda bu yerlarda chopqir hayvonlardan oqquyruq ham yashaydi. Bu yerda eng ko‘p tarqalgan hayvon turi yum- ronqoziqlardir. Yumronqoziq bilan birga, chalacho‘llarda qo‘sh- oyoqlar, cho‘l olasichqoni, dala sichqoni, qum sichqoni, kalamush va ko‘rsichqon ham tarqalgan. Chalacho‘llarning o‘zlashtirilmagan joylarida, Betpaqdala, Orolbo‘yi, Shimoliy Ustyurt, To‘rg‘ay o‘lkasi, Balxashbo‘yida tuyoqli hayvonlar: oqquyruq, jayron, yovvoyi qo‘y, morxo‘r, qulon va boshqalar yashaydi (21-rasm). Hasharotlardan chayon, qoraqurt va boshqa o‘rgimchaksimonlar ko‘p. Chalacho‘llardagi hayvonot olami issiqqa va suvsizlikka tur- licha moslashgan. Ba'zilari, umuman, suv ichmaydi, ba'zilari kechasi hayot kechiradi, ba'zilari salqin joylarda yashaydi, ba'zilari ildizlarni yeb, undagi suv bilan qanoatlanadi. 22- rasm. O‘rta Osiyo qushlari: 1 — oddiy sor; 2 — oqbosh qumoy; 3 — kaklik; 4 — oqqush; 5 —qora laylak; 6 — o‘rdak. 5— Geografiya, 7- sinf uchun 65 23- rasm. O‘rta Osiyoning yirtqich hayvonlari: 1 — Tyanshan ayig‘i; 2 — yo‘l-yo‘l sirtlon; 3 —qor qoploni; 4 — qoraquloq; 5 — leopard; 6 — gepard. Sudralib yuruvchilardan toshbaqa va kaltakesak nihoyatda ko‘p. Kaltakesaklardan dumaloqbosh kaltakesak, qum kaltake- sagi, echkemar, agama kaltakesagi yashaydi. Ilonlardan bo‘g‘ma ilon, o‘qilon, zaharli charxilon va ko‘lvorilon, ko‘zoynakli ilonlar ko‘p. Yirtqich hayvonlardan tulki, chiyabo‘ri, qum mushugi va bosh- qalar yashaydi. Qizilqumdagi saksovulzorlarda Buxoro kiyi- gi — xongul bor. Qushlardan saksovul to‘rg‘ayi, cho‘l moyquti, cho‘l qarg‘asi, cho‘l qarqunog‘i, saksovul chumchug‘i va boshqalar uchraydi. Tog‘ hayvonlari balandlik mintaqalariga bog‘liq holda tar- qalgan. Chalacho‘l balandlik mintaqasining hayvonot dunyosi chalacho‘l hayvonot dunyosi bilan bir xil (kemiruvchilar, yirtqichlar). Tog‘ quruq cho‘llarida tulki, bo‘ri, jayron, sirtlon yashaydi, ammo bu mintaqada cho‘lga xos bo‘lgan hayvon- lar (qo‘shoyoq, qum sichqoni, ingichka barmoqli yumron- qoziq) uchramaydi. Keng bargli o‘rmonlarda jayron, ayiq, to‘ng‘iz, bo‘rsiq uch- raydi. To‘ng‘iz, asosan, daryo bo‘ylarida ko‘proq tarqalgan. Bu mintaqada qushlardan jannat hasharotxo‘ri, kabutar, mayqut, oq boshli sa'va, bulbul va boshqalar bor. Ignabargli o‘rmonlarda elik (kiyik), Jung‘oriya Olatovida maral (bug‘u), yirtqich hayvonlardan silovsin, O‘rta Osiyo latchasi, ayiq, manul (Yettisuvda) uchraydi. Archazorlarda o‘rmon sichqonlari, tog‘ sichqonlari, qushlardan boltatumshuq, tog‘ sariq chumchug‘i, chittak va tog‘ kakligi mavjud. 66 Baland tog‘ yaylovlarida (subalp va alp mintaqasi) tog‘ takasi, tog‘ kiyigi, tog‘ qo‘yi (arxar), qor qoploni, kemiruv- chilardan sug‘ur tarqalgan. Qushlardan Himolay qorakurkasi, tog‘ zog‘chasi, tog‘ to‘rg‘ayi, alp chumchuqsimon qushi va boltayutar tarqalgan. To‘qay hayvonlari Sirdaryo, Amudaryo, Ili, Chu va boshqa dar- yolar qayirlaridagi to‘qaylarda va daraxtzorlarda yashaydi. Asosiy hayvonlari to‘ng‘iz, bug‘u, to‘qay mushugi, quyon, o‘rdak, g‘oz, qirg‘ovul, loyxo‘rak, qoravoy (baklan), birqozon, saqoqush, flamingo va boshqalardir (21, 22, 23-rasmlar). O‘rta Osiyoda chalacho‘l va cho‘llarning o‘zlashtirilishi, tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida tog‘-kon sanoatining rivojlanishi, buning oqibatida ekologik sharoitning o‘zgarishi hamda ovchilik xo‘jaligi ishlarida qat'iy tartibning bo‘lmaganligi natijasida hayvonot olamiga zarar yetdi. Ko‘p hayvonlar kamayib qoldi. Bu ahvol tabiatni, shu jumladan, hayvonot olamini muho- faza qilishni qat'iy talab qiladi. Savol va topshiriqlar 1. Cho‘llarda sudralib yuruvchi hayvonlardan qaysilari ko‘p tarqalgan? 2. To‘qaylar uchun xos bo‘lgan hayvonlarni ayting. 3. Qor qoploni va arxar qayerlarda uchraydi? 4. Siz yashaydigan joyda qanday xonaki hayvonlar boqiladi? 5. Turli tabiat zonalari va balandlik mintaqalarida uchraydigan hayvonlarni daftaringizga yozib qo‘ying. 1. 2. TABIAT ZONALARI Tabiat zonalari qanday hosil bo‘ladi? Nima uchun bitta iqlim mintaqasining ichida bir necha tabiat zonasi hosil bo‘ladi? Tekislik tabiat zonalari. O‘rta Osiyoning turli qismlarida qu- yoshdan keladigan yalpi radiatsiya miqdori turlicha, shimolida kamroq (100 kkal/sm2), janubida ko‘proq (160 kkal/sm2). Bu esa haroratning, namlikning notekis taqsimlanishiga va iqlim mintaqalarining hamda har bir iqlim mintaqasi ichida o‘ziga xos tabiat zonalarining hosil bo‘lishiga olib keladi. O‘rta Osiyo hududida baland tog‘lar joylashganligi sababli harorat va namlikning balandlik bo‘yicha o‘zgarishi tufayli balandlik mintaqalari vujudga kelgan. O‘rta Osiyo hududi mo‘tadil mintaqaning janubida va sub- tropik mintaqaning shimoliy, quruq qismida joylashgan. 67 24- rasm. O‘rta Osiyoning ayrim kemiruvchi hayvonlari: 1 — tipratikan; 2 — ingichka barmoqli yumronqoziq. Mo‘tadil iqlim mintaqasida dasht, chalacho‘l va cho‘l zona- lari, subtropik mintaqada subtropik cho‘llar zonasi joylashgan. Dasht zonasiga To‘rg‘ay platosining shimoliy qismi, Qozo- g‘iston past tog‘larining shimoliy va markaziy qismlari kiradi. Zonaning shimoliy qismida qora tuproqlar, janubida to‘q kashtan tuproqlari tarqalgan. Dasht o‘simliklari, asosan, paka- na qiyoq, chalov, betaga, zig‘ir, yo‘ng‘ichqa, ayiqtovon, yaltirbosh va boshqalardan iborat. Hayvonlardan kemiruvchilar ko‘proq tarqalgan. Dasht zonasi hozirgi paytda deyarli to‘liq haydab yuborilgan va ekinzorlarga aylantirilgan. Chalacho‘l zonasiga To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining juda katta janubiy qismi kiradi. Havo harorati yozda yuqori, namlik yetishmaydi, qishi qattiq. Asosan, kashtan tuproqlar tarqalgan, qatlami yupqa, chirindi miqdori qora tuproqqa nisbatan kamroq. Dehqon- chilikka nam yetishmasligi xalaqit beradi. Ayrim joylarda tuproq sho‘rlangan. Asosiy o‘simliklari burgan, qora shuvoq, ko‘kpek. Cho‘l zonasiga Turon tekisligi va Balxashbo‘yi tekisliklari kiradi. O‘rta Osiyoda, asosan, qumli, toshli, gilli cho‘llar tar- qalgan. Cho‘llarning hosil bo‘lishiga asosiy sabab haroratning yuqoriligi, yog‘in miqdorining kamligi, oqar suvlarning yo‘q- ligi. O‘simlik qoplami siyrak, massasi kam, tezda qovjirab qoladi va chirindi hosil bo‘lmaydi. Tuproqlari, asosan, qum- li, sur-qo‘ng‘ir, gilli, toshloq va bo‘z tuproqlar. Bo‘z tuproq- lar sug‘orilganda yaxshi hosil beradi. Past joylarda sho‘r- xoklar va sho‘rtoblar ham uchrab turadi. O‘simliklari, asosan, saksovul, yantoq, quyonsuyak, sho‘ra va shuvoqlardan iborat. Hayvonlardan chayon, falanga, gekkon kal- takesagi, bo‘g‘ma ilon, ko‘zoynakli ilon, efa iloni, echkemarlar yashaydi (25-rasm). Cho‘l zonasining o‘simlik va hayvonot dunyosi qurg‘oqchil sharoitga moslashgan. O‘simliklarning 68 25- rasm. O‘rta Osiyoning ayrim sudralib yuruvchi hayvonlari: 1 — turkman ko‘lvoriloni; 2 — O‘rta Osiyo ko‘zoynakli iloni; 3 — echkemar. ildizi uzun, bargi kichik, ignasimon yoki butunlay yo‘q. Hay- vonlar inlarida yashaydi yoki qum orasiga kirib ketadi, ba'zi- lari kunduzi uxlab, kechasi ovga chiqadi, ba'zilari yozda butun- lay uyquga ketadi. Subtropik iqlim mintaqasi tabiat zonalari. Bu mintaqaga, aso- san, Turkman-Xuroson tog‘lari va Atrek vodiysi kiradi. Bu yerlarda quruq subtropik iqlim vujudga kelgan. Tuproqlari bo‘z, tog‘ yonbag‘irlarida changalzorlar, archazorlar va pis- tazorlar tarqalgan. Vodiylarda dehqonchilik qilinadi. Balandlik mintaqalari. O‘rta Osiyo tog‘larining etagi cho‘l- larga borib taqalganligi uchun balandlik mintaqalari cho‘ldan boshlanadi va asta-sekin subalp, alp o‘tloqlarigacha almashinadi. Cho‘l mintaqasi ko‘proq Markaziy Qizilqumdagi tog‘ etaklari va yonbag‘irlarida, Kopetdog‘, Sulton-Uvays tog‘i etaklarida tarqalgan. Chalacho‘l mintaqasi. Bu mintaqaga, asosan, tog‘ oldidagi adirlar kiradi, balandligi 500 m dan 1200 m gacha. Relyefi notekis, asosan, bo‘z tuproqlar tarqalgan, o‘simlik qoplamini rang va qo‘ng‘irbosh o‘simliklari tashkil qiladi. Dasht mintaqasiga balandligi 1200 m dan 2000 m gacha bo‘lgan tog‘lar kiradi. Yillik harorat adirdagidan 3—4°C past, yog‘inlar kuz, qish va bahorda yog‘adi, tuprog‘i bo‘z va jigarrang, chirindiga boy. Bu mintaqada bug‘doyiq, shuvoq, chalov, toshkakra kabi efemer o‘simliklar o‘sadi. O‘rmon-dasht va o‘rmon mintaqasiga dengiz sathidan 2000 m dan 2700 m gacha balandlikda bo‘lgan joylar kiradi, tog‘- qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari tarqalgan. O‘simlik qoplami buta va daraxtlardan iborat. Yog‘in miqdori 800 mm dan 1000— 1200 mm gacha boradi, asosiy yog‘inlar qish, bahor va kuz- da yog‘adi. Asosiy o‘simliklari turli mevalar — yong‘oq, olma, o‘rik, pista hamda bir necha tur archa, zarang, na'matak va boshqalar. Subalp va alp o‘tloqlari mintaqasiga balandligi 2700 m dan yuqori bo‘lgan yaylovlar kiradi. Bu mintaqadan faqat yozda 69 go‘shtdor Hisor qo‘ylari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Yillik o‘rtacha harorat 6—8°C, yog‘in miqdori 600—1000 mm, issiq kunlar kam, havo iyul-avgust oylarida isiydi. Subalp o‘tloqlariga balandligi 2700—2800 m dan 3000—3200 m gacha bo‘lgan joylar kiradi. Tuprog‘i och jigarrang va och qo‘ng‘ir rangda. Boshoqlilar va chim hosil qiluvchi o‘simliklar ko‘p tarqalgan. Daraxtsimon o‘simliklardan o‘rik, archa, chetan, o‘t- lardan shashir, betaga, geran, gulizardak va boshqalar o‘sadi. Alp o‘tloqlari 3200 m dan baland bo‘lgan joylarda tarqalgan. Tuprog‘i to‘q jigarrang, qo‘ng‘ir. Kserofit o‘simliklar ko‘p. Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lib turadi. Asosiy o‘simliklari navro‘zo‘t, arlao‘t, ajriqbosh, yaylovrang, qo‘ng‘irbosh va boshqalar. Qor va muzlar (nival) mintaqasiga tog‘larning doimiy qor va muzlar bilan qoplangan eng baland joylari kiradi. Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyoda qanday kenglik zonalari mavjud? 2. O‘rta Osiyoda qaysi tabiat zonasi katta maydonni egallagan? 3. Subtropik mintaqada qaysi tabiat zonasi tarqalgan va qayer- larda? 4. O‘rta Osiyo tog‘larida qanday balandlik mintaqalari mavjud? 1. 2. 3. TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda nimani tushunasiz? Tabiiy geografik rayonlar chegarasi qanday o‘tkaziladi? Yevrosiyo qanday tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linadi? Siz O‘rta Osiyo o‘lkasining tabiatini o‘rganish davrida o‘l- kaning turli qismlarida tabiiy sharoitning xilma-xilligini bilib oldingiz. Tabiatdan xalq xo‘jaligining turli sohalarida foyda- lanishda, tabiatni muhofaza qilishda, insonning yashash sha- roiti—ekologik sharoitning buzilib, ifloslanib ketishidan saq- lab qolishda har bir hududning o‘ziga xos tabiiy sharoitini yax- shi bilish va tabiatga bu xususiyatlarni hisobga olib ta'sir ko‘r- satish zarur. Ana shu maqsadda yirik tabiiy geografik o‘lkalar yanada maydaroq qismlarga — tabiiy geografik kichik o‘lka, tabiiy geografik rayonlar guruhi va tabiiy geografik rayonlarga ajratib o‘rganiladi. Tabiiy geografik o ‘Ikalarni kichikroq qismlarga ajratishda har bir hududning tabiiy xususiyatlari hisobga olinadi. O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasida iqlim ta'sirida vujudga keladigan o‘ziga xos xususiyatlarga qarab ikkita tabiiy geografik kichik o‘lkani ajratish mumkin: Turon tabiiy geografik kichik o‘lkasi va Qozog‘iston tabiiy geografik kichik o‘lkasi (26- rasm). 70 26 - r as m . O ‘rt a O si yo ni ng tab iiy ge og ra fik ray on la sh tir is h ti zi m i. 71 bJ Balxash k. Olmaota < anbeAshxobod Tenniz ushkal Toshken ■'-.<^-'10 V (f JO Buxoro. =X =>- = 27- rasm. O‘rta Osiyoning tabiiy geografik rayonlari. I. Turon tabiiy geografik kichik o'lkasi: 1). G'arbiy Tyanshan togTari; 2). Janubiy Tyanshan tog'lari; 3). Pomir va Badaxsbort; 4). Janubiy yosh tog‘lar, 5}. Qoraqum; 6). Qizilqum: 7). Kaspiybo'yi; 8). Xorazm tekisligi (Quyi Amudaryo); 9). Badxiz- Qorabel qirlari; 10), Togtoldi va tog’ oralig'i tekisliklari: 11). Yuqori Amudaryo. Urganch i s ' X. / 6 i < I II. Qozog'iston tabiiy geografik kichik o‘Ikast: 1) . Sharqiy QozogTston togTari; 2) . Shimoliy Tyanshan; 3). Markaziy Tyanshan; 4). Qozog‘iston past tog*la- ri; 5). Ustyurt platosi va Mang'ishloq y. o.; 6). To*rg‘ay supasimon o'lkasi; 7). Orolbo'yi qumli cho'llari; 8). Janu- biy QozpgTston choTlari. Turon tabiiy geografik kichik o‘lkasi iqlimida subtropik iqlimga xos xususiyatlar mavjud. Ayrim yillari qish yumshoq kelib, ba'zi o‘simliklar, ayniqsa, o‘t va buta o‘simliklari ko‘ka- rib turaveradi. Boshqacha qilib aytganda, vegetatsiya to‘xta- maydi, yog‘in kam yog‘sa ham, uning ko‘p qismi bahor oylariga to‘g‘ri kelgani uchun bahorda qisqa muddatda unib- o‘sib, meva berib qurib qoladigan o‘simliklar—efemer va efemeroid o‘simliklar barq urib o‘sadi. Yoz kelishi bilan ular qurib qoladi. Bundan tashqari, yozda yog‘in deyarli yog‘- maydi, jazirama issiq bo‘ladi. Qishda esa Qozog‘iston kichik o‘lkasida kuzatiladigan qattiq sovuq bo‘lmaydi. Qozog‘iston tabiiy geografik kichik o‘lkasining iqlimi mo‘- tadil. Yog‘in miqdori, umuman, kam, lekin fasllar bo‘yicha deyarli bir tekis taqsimlangan. Shuning uchun yil bo‘yi nam yetishmaydi. Natijada, efemer va efemeroid o‘simliklar o‘s- maydi. Qishda Markaziy Osiyo antisiklonining ta'siri kuchli bo‘lib, havo juda sovib ketadi. Yoz ancha issiq bo‘lsa ham, Turon kichik o‘lkasidagidek juda yuqori harorat kuzatilmaydi. Qozog‘iston va Turon kichik o‘lkalari o‘rtasidagi chegara Qorabo‘g‘ozgo‘l janubi, Ustyurtning janubiy chinklari orqali o‘tib, Qo‘ng‘irotgacha keladi. Undan sharq tomonga davom etib, Qizilo‘rdagacha boradi. So‘ngra Qoratov, Talas Olatovi va Farg‘ona tog‘ tizmalarining suvayirg‘ichlari bo‘ylab o‘tib, Otboshi, Oloy, Farg‘ona tog‘ tizmalari tutashgan joyga boradi. Tog‘larda bahor va yoz fasllari kechikadi, kuz, qish erta tushadi. Yoz qisqaroq, kuz uzoqroq davom etadi. Shamolga ro‘para yonbag‘irlarda yog‘in miqdori ortadi. Havoning ha- rorati yuqoriga ko‘tarilgan sari pasayadi. Tog‘larga xos bo‘lgan tog‘-vodiy, yonbag‘ir shamollari esadi. Vodiylar og‘zida ma- halliy shamollar vujudga keladi. Farg‘ona vodiysi Mirzacho‘l tekisligi bilan tutashib turadigan «Xo‘jand yo‘lagi»da mahalliy Bekobod va Qo‘qon shamollari vujudga keladi. Iqlimdagi bu o‘zgarishlar boshqa tabiat komponentlarida ham o‘zgarishga sabab bo‘ladi. Tog‘larda balandlik mintaqalari yuzaga keladi. Yonbag‘irlarning qaysi tomonga qaraganiga bog‘liq holda, tabiat manzarasi o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlar tekisliklarda kuzatilmaydi. Tekislik va tog‘lardagi ana shu xususiyatlarni hisobga olib, har bir tabiiy geografik kichik o‘lkadagi tog‘li va tekislik hududlar alohida-alohida tabiiy rayon guruhlariga ajratiladi (26, 27-rasmlarga qarang). 73 Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasida kichik o‘lkalar qanday xususiyatlariga qarab ajratiladi? 2. Tabiiy geografik kichik o‘lkalar hududida tabiiy rayon gu- ruhlari qanday tabiiy xususiyatlariga qarab ajratiladi? 3. O‘rta Osiyoning yozuvsiz xaritasiga O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasi, Qozog‘iston va Turon kichik o‘lkalari, tabiiy rayon guruhlari chegarasini atlasdan foydalanib tushiring va kichik o‘lkalar, tabiiy rayon guruhlari nomini yozib qo‘ying. O‘RTA OSIYONING KICHIK O‘LKALARI VA TABIIY RAYONLARI 1. O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasining o‘ziga xos tabiiy xusu- siyatlari nimalardan iborat? 2. Turon va Qozog‘iston kichik o‘lkalarini ajratib turuvchi tabiiy chegaraning qayerlardan o‘tganini xaritadan ko‘rib chiqing. Turon kichik o‘lkasiga g‘arbda Kaspiy dengizi sohillaridan sharqda Farg‘ona va Ko‘kshag‘altog‘ tizmalari tutashgan yer- gacha, shimolda Qizilo‘rdadan janubdan 34° shimoliy keng- likkacha yoyilgan juda katta hudud kiradi. Shimoliy chegaralari Ustyurtning janubiy chinklari va Qizilqumning shimolidagi tekisliklar orqali o‘tsa, sharqiy va janubiy chegaralari Qora- tov, Talas Olatovi, Farg‘ona, Sariko‘l, Hindukush, Safedko‘h, Nishopur, Elbrus tog‘larining suvayirg‘ichlaridan o‘tadi. Ki- chik o‘lka hududining taxminan yarmini tashkil etadigan shimoli-g‘arbiy qismi yer yuzasi dengiz sathidan 200m gacha baland bo‘lgan pasttekisliklardan iborat. Kaspiy dengizi sohil- lari esa dengiz sathidan ham past. Yer yuzasi sharqqa tomon ko‘tarilib borib, Hindukush tog‘larida 7690 m (Tirichmir cho‘qqisi)ga yetadi. Yer yuzasi balandligida farqlar katta bo‘li- shiga qaramay, butun kichik o‘lka hududida iqlimdagi subtro- piklarga xos xususiyatlar saqlanib qoladi. Iqlim quruq bo‘lganligidan cho‘l va chalacho‘l landshaftlari ancha balandlikka (900—1000 m) ko‘tariladi, yanada balandga ko‘tarilsa, tabiiy landshaftlar o‘zgaradi. Shuning uchun te- kislik landshaftlari bilan tog‘ landshaftlari orasidagi chegarani shimolda 600—700 m, janubda 900—1000 m balandlikdan o‘tkazgan ma'qul. Turon tabiiy geografik kichik o‘lkasi hududida ikki guruh tabiiy geografik rayonlar ajratiladi: 74 1. Tog‘li tabiiy rayonlar guruhi — G‘arbiy Tyanshan, Janubiy Tyanshan, Pomir va Badaxshon, janubiy yosh tog‘lar. 2. Tekislik tabiiy rayonlar guruhi — Qoraqum cho‘li, Qizilqum cho‘li, Kaspiybo‘yi tekisligi, Xorazm tekisligi (Quyi Amudaryo), Badxiz-Qorabel qirlari, tog‘oldi va tog‘ oralig‘i tekisliklari (Mir- zacho‘l, Farg‘ona, Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari), Yuqo- ri Amudaryo vodiysi (Surxondaryo, Vaxsh vodiylari, Shimoliy Afg‘oniston). Qozog‘iston kichik o‘lkasiga g‘arbda Ustyurt yassi qirlarining Kaspiybo‘yi tekisliklaridan sharqda Savir tog‘ining Muztog‘ cho‘qqisigacha, shimolda Qozog‘iston past tog‘larining shi- moliy chekkasidagi Ayirtovdan janubda Ustyurtning janubiy chinklari va Qizilqumning shimolidagi tekisliklargacha keng yoyilgan hudud kiradi. Kichik o‘lka hududining taxminan to‘rtdan bir qismini dengiz sathidan 200 m baland bo‘lgan yerlar—Orolbo‘yi qum tekisliklari, To‘rg‘ay supasimon o‘lkasi, Kaspiybo‘yi tekisliklari egallagan. Hududning katta qismi past tog‘lar, qir- lardan iborat. Janubi-sharqiy va sharqiy qismlarida yoshargan baland tog‘lar (Tyanshan, Jung‘oriya Olatovi) joylashgan. Balandliklar Tyanshan tog‘ida 7439 m (G‘alaba cho‘qqisi) gacha yetadi. Qirlar, past tog‘lar va tekisliklarda yog‘in Turon kichik o‘lkasidagiga nisbatan ko‘proq yog‘ishiga qaramasdan, chalacho‘l va cho‘l landshaftlari eng ko‘p uchraydi. Qumli cho‘llar ham katta maydonlarni egallagan. Qozog‘iston tabiiy geografik kichik o‘lkasi hududida ham Turon tabiiy geografik kichik o‘lkasidagiga o‘xshab ikki guruh tabiiy geografik rayonlar ajratiladi: 1. Tog‘li tabiiy rayonlar guruhi — Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari, Shimoliy Tyanshan, Markaziy Tyanshan, Qozog‘is- ton past tog‘lari. 2. Tekislik tabiiy rayonlar guruhi — Ustyurt platosi va Mang‘ishloq yarimoroli, To‘rg‘ay supasimon o‘lkasi, Orol- bo‘yi qumli cho‘llari, Janubiy Qozog‘iston cho‘llari. Savol va topshiriqlar 1. O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasi chegaralarini Yevrosiyoning tabiiy xaritasidan ko‘rib chiqing. 2. O‘rta Osiyoning yozuvsiz xaritasiga tabiiy rayonlar chegara- sini tushirib, bu rayonlar nomini yozib qo‘ying. 3. Har bir rayonda tarqalgan tuproqlar, o‘simliklar va hayvon- larni atlasning 13, 14, 15- betlaridagi xaritalardan aniqlab, nomlarini daftarga yozib oling. 75 O‘RTA OSIYONING EKOLOGIK MUAMMOLARI VA TABIATINI MUHOFAZA QILISH 1. Inson o‘ziga kerakli narsalarni qayerdan oladi? 2. Tabiatni muhofaza qilish nima uchun kerak? Inson o‘ziga kerakli hamma narsani tabiatdan oladi. Ishlatib bo‘lgan, keraksiz chiqindilarni esa tabiatga chiqarib tashlaydi. Shuning uchun ham tabiat bilan inson o‘rtasida o‘zaro ta'sir to‘xtovsiz davom etadi. Inson hayotining farovonligi, odam- larning sog‘lig‘i, ishlab chiqarishning rivojlanishi tabiiy sha- roitga, tabiat boyliklariga, ayniqsa, inson bilan tabiat o‘rta- sidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning qanday ekanligiga, ya'ni inson tabiat va uning boyliklaridan qanday foydala- nayotganiga, tabiatni qanday muhofaza qilayotganiga bog‘liq. O‘rta Osiyo — juda katta Yevrosiyo materigining deyarli o‘rta qismida joylashgan, suvlari tashqariga chiqib ketmaydi- gan berk tabiiy geografik o‘lka. Shu bilan birga sharq va janub tomonlardan baland tog‘lar bilan o‘ralganligi sababli havoga chiqarilgan ifloslovchi moddalar ham tashqariga chiqib keta olmaydi. Binobarin, O‘rta Osiyo ekologik jihatdan ham noqu- lay, berk o‘lka hisoblanadi. O‘rta Osiyoda juda qadimdan obikor dehqonchilikning ri- vojlanganligi cho‘llardagi vohalar atrofida (ayrim vohalarda ham) tuproqlarni sho‘r bosishiga, sho‘r ko‘llarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Chorvachilikda yaylovlardan tartibsiz foydalanish oqibatida qumli cho‘llar maydoni kengaygan. Cho‘llarda uchrab turadigan qadimgi shaharlarning qoldiqlari qadimda vohalar inson xo‘jaligi ta'sirida cho‘llarga aylanganini bildiradi. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo hududida yirik neft, gaz, temir rudasi, rangli metall konlarining ishga tushirilganligi ham bu yerlarda buzilgan yerlarning kengayishiga sabab bo‘l- moqda. Yaqin o‘tmishda O‘rta Osiyoda paxta yakka hokimligi davrida yerga bir xil ekin — paxta ekilaverishi va qishloq xo‘jaligida turli xil kimyoviy zaharlar — gerbetsid, pestitsid va defo- liantlarning ko‘plab ishlatilishi oqibatida aholining sog‘lig‘iga zarar yetdi — sariq, kamqonlik kasalliklari juda ko‘paydi. O‘rta Osiyodagi respublikalar mustaqillikka erishgandan so‘ng paxta yakka hokimligi tugatildi, havo, tuproq ancha tozalandi. O‘rta Osiyoda suv tanqisligi ham mavjud. Ayniqsa, O‘zbe- kiston, Turkmaniston, Qozog‘istonda bu muammo keskin tus olgan. Shuning uchun suvni ifloslanishdan muhofaza qilish, undan tejab foydalanish eng muhim vazifalardan biridir. Suvdan 76 unumli foydalanish uchun daryolarga suv omborlari quril- gan, sug‘orish kanallari qazilgan (bularni Qozog‘iston va O‘rta Osiyo tabiiy xaritasidan topib, nomlarini daftaringizga yozib oling). O‘rta Osiyo o‘lkasi uchun Orol dengizining qurib bora- yotgani bir fojia bo‘ldi. Amudaryo va Sirdaryo suvi yangi yerlarni sug‘orishga ko‘plab olinganligi sababli XX asrning 70- yillaridan boshlab Orol sathi pasaydi, maydoni kichraydi. 2010- yilga kelib, dengiz 3 ta kichik ko‘lga aylanib qoldi (18- rasm). Suvi qurigan yerlar sho‘rxok va qumli cho‘l yerlarga aylandi. Bu yerdan shamol sho‘r, chang va qumlarni uchirib, yuzlab km masofadagi yerlarga olib boradigan bo‘ldi. Hozirgi vaqtda Orol va Orolbo‘yini, u yerlardagi aholining ekologik sharoitini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. O‘rta Osiyo tabiiy geografik va ekologik jihatidan bir butun tabiiy o‘lka bo‘lganligi bu hududdagi davlatlarning tabiatdan o‘zaro kelishib, hamkorlikda foydalanishlarini, tabiatni, eko- logik muhitni muhofaza qilishlarini talab qiladi. O‘rta Osiyoda XIX asr oxiri hamda XX asrning birinchi yarmida hayvonlar rejasiz va shafqatsiz ov qilinishi natijasida ularning bir qancha turlari yo‘qolib ketishi xavfi tug‘ildi. Cho‘llardagi saksovul, yulg‘un o‘tin qilib yoqilishi natijasida bu o‘simliklar kamayib, to‘zima qumlar ko‘paydi. Tog‘lar yonbag‘ridagi archa va boshqa daraxtlar ko‘plab kesilib, bu yerlarda tuproq yuvilishi kuchaydi. O‘rta Osiyoda tabiatni, uning boyliklarini, noyob tabiat obyektlarini, o‘simlik hamda hayvonlarning yo‘qolib bora- yotgan turlarini saqlab qolish maqsadida XX asrning 2- yar- midan boshlab qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalar tashkil etildi. Savol va topshiriqlar 1. Nima uchun tabiatni, uning boyliklarini avaylab-asrash kerak? 2. O‘rta Osiyo o‘lkasi ekologik jihatdan qanday o‘lka? 3. Tabiatni, tabiat boyliklarini avaylab-asrash zarurligi haqida qanday maqollarni bilasiz? <4-§. TAKRORLASH I bo‘lim mavzulari yuzasidan takrorlash. Savol-javob, test tuzish va uni yechish orqali o‘tkaziladi. 77 II BO‘LIM O‘ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASI biy nuqtasi Termiz O‘ZBEKISTONNING GEOGRAFIK O‘RNI, CHEGARALARI VA MAYDONI Yevrosiyo xaritasidan O‘zbekistonning geografik o‘rni va chegaralari uzunligini aniqlang. O‘zbekiston O‘rta Osiyoning mar- kaziy qismida, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. O‘zbe- kistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli sharqida bo‘lib, 45° 36' shimoliy kenglikdadir. Eng janu- shahri yonida, Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37°11' shimoliy kenglikda. Eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt platosida bo‘lib, 56°00' sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida, 73°10' sharqiy uzunlikdadir. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan janu- biy nuqtasi orasidagi masofa 925 km ga, eng g‘arbiy nuqtasi bilan sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa 1400 km ga teng. O‘zbekiston geografik o‘rniga ko‘ra O‘rta dengiz bo‘yidagi Ispaniya, Italiya, Gretsiya kabi mamlakatlar bilan taxmi- nan bir geografik kenglikda joylashgan. Lekin O‘zbekiston Yevrosiyo materigining ichki qismida okean va dengizlardan uzoqda joylashganligi tufayli subtropik okrugdan farq qiladi. Buning ustiga Hind okeanidan kirib keladigan nam va iliq havo oqimlarini tog‘lar to‘sib turadi. Aksincha, shimoliy qismi ochiq bo‘lganligi tufayli sovuq havo oqimi bemalol kirib ke- ladi. Natijada, O‘zbekiston subtropik mintaqada joylashsa-da, cho‘lga xos bo‘lgan tabiiy sharoit (yozi bulutsiz, serquyosh, jazi- rama issiq va quruq, qishi esa nisbatan sovuq) vujudga keladi. O‘zbekiston chegarasining ko‘p qismi tekisliklar, ozroq qis- mi adir va tog‘lar orqali o‘tadi. Respublikamiz shimol va shi- moli g‘arbda Qozog‘iston bilan, sharqda Qirg‘iziston bilan, janubi sharqda Tojikiston bilan, janubi g‘arbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Janubda O‘zbekiston Surxon-Sherobod vo- diysida Afg‘oniston bilan (Amudaryo orqali) chegaradoshdir. 78 O‘zbekiston maydoni 448,9 ming kv km bo‘lib, kattaligi jihatidan O‘rta Osiyoda Qozog‘iston va Turkmanistondan ke- yingi o‘rinda turadi. O‘zbekiston maydoni Yevropadagi Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlar hududidan katta. O‘zbekiston hududi Belgiya, Niderlandiya va Daniya kabi davlatlarning yer maydonini qo‘shib hisoblasak ham, ulardan 4 marta, Shveysariyadan 10 marta, Belgiyadan 14 marta katta. Aholisi va ma'muriy-hududiy bo‘linishi. O‘zbekiston O‘rta Osiyoda aholisi zich joylashgan respublika bo‘lib, unda 32,1 mlndan ortiq kishi yashaydi. Uning aholisi Shveysariya aho- lisidan 4 marta, Qozog‘iston aholisidan 2 marta, Turkma- niston aholisidan 6,5 marta ko‘pdir. O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,7foiz atrofida bo‘lib, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga o‘sib bormoqda. O‘zbekiston aholisining 51 foizi shaharlarda, 49 foizi esa qishloqlarda yashaydi. O‘zbekiston aholisining asosiy qismi o‘zbeklar bo‘lib, ular- dan tashqari, qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqalpoq, koreys, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur, turk, yahudiy va boshqa millatlar yashaydi. O‘zbekiston 1924- yilda sobiq Ittifoq tarkibiga kiruvchi res- publika tarzida tashkil topgan. 1991- yil 31- avgustda mustaqil deb e'lon qilindi va O‘zbekiston Respublikasi deb nomlana boshlandi. Hozir poytaxtimiz Toshkent shahrida 2mln 400 ming dan ortiq aholi yashaydi. O‘zbekiston ma'muriy-hududiy jihatidan 12 viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekiston geografik o‘rni jihatidan qaysi mintaqada joylash- gan va uning o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat? 2. O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan chegaradosh? 3. O‘zbekiston qachon mustaqillikka erishgan, ma'muriy-hu- dudiy jihatdan nechta viloyatga bo‘lingan? Siz qaysi viloyatda yashaysiz? 79 YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI O‘zbekiston tabiiy xaritasini ko‘zdan kechiring. Respublika- miz hududidagi asosiy tekislik, vodiy va tog‘larni toping. YER YUZASINING ASOSIY XUSUSIYATLARI Yer yuzasining tuzilishi jihatidan O‘zbekiston hududi ikki qismga bo‘linadi, katta (78,7 foiz) qismi tekislikdan, qolgan (21,3 foiz) qismi tog‘lardan va tog‘ oralig‘idagi botiqlardan iboratdir. Respublikamiz yer yuzasi g‘arb va shimoli g‘arbdan sharq va janubi sharq tomon ko‘tarilib boradi (28- rasm). Tekisliklari. O‘zbekistonning tekislik qismi Turon tekisligi- ning bir qismi bo‘lib, uning g‘arbi va shimoli g‘arbini egal- lagan. Tekislikning shimoli-g‘arbiy chekkasida Ustyurt platosi joylashgan. U atrofidagi tekisliklardan va Orol dengizi yuza- sidan tik ko‘tarilib turadigan yonbag‘irlar bilan o‘rab olin- gan, ular chinklar deb yuritiladi. Platoning O‘zbekiston joy- lashgan qismining okean sathidan balandligi 120—180 m atrofida bo‘lib, uning eng yuqori nuqtasi Qorabovur qirida (292 m). Ustyurtning yer yuzasi butunlay tekis bo‘lmasdan bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Asaka-Ovdon va bosh- qalar) uchraydi, platoning janubi-sharqiy qismida esa Sari- qamish botig‘i joylashgan. Amudaryoning quyi oqimida juda katta delta hosil bo‘lgan. Uning yuzasi daryoning qadimgi (Ko‘hnadaryo, Daryoliq) va hozirgi o‘zanlari bilan kesilgan. Uning o‘rta qismida tub tog‘ jins- laridan tuzilgan kichik-kichik balandliklar ko‘zga tashlanadi. Amudaryo deltasidan sharqda Qizilqum cho‘li boshlanadi. Yer yuzasining tuzilishi juda xilma-xil. Bu yerda past tog‘lar — 28- rasm. Mingbuloq botig‘i bilan Hazrat Sulton cho‘qqisi orqali o‘tkazilgan yer yuzasi kesimi. 5000 -1 tj 5. □ M TJ 2 O Q* -O . - C ,2PSS o 6 — *2 | cZ X — X C/3 1-5000z—s = 4000 - -4000 — 3000 ■ -3000 = 2000 ■ ■2000— 02 1000 ■ -1000 in*-E---- 1— ■ i —i—i— ■ 1 i— 1 120 240 360 480 600 720 840 960 1080 km 80 oo G eografiya, 7- sinf uchun 29- rasm. 0‘zbekistonning orograflk chizmasi. Bo‘kantov, Tomditov, Ovminzatov, Quljuqtov, Yetimtov, uning g‘arbiy qismida esa Sulton Uvays tog‘i qumli va gilli tekisliklar orasida qad ko‘tarib turibdi. Qizilqumning katta qismini qumli tekisliklar egallagan. Past tog‘lar orasida esa botiqlar (Mingbuloq, Oyoqog‘itma, Qoraxotin va boshqalar) joylashgan. Ulardan Mingbuloq botig‘ining tubi okean sathi- dan 12 m pastda joylashgan. Qizilqum hududida Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining qadimgi o‘zanlari ham uchraydi. Qizilqum cho‘lidan sharq va janubi sharqda Mirzacho‘l, Qarnob, Qarshi, Malik gilli cho‘llari joylashgan. Tog‘lari. Tyanshan va Hisor-Oloy tog‘ tizmalarining g‘arbiy va janubi-g‘arbiy tarmoqlari O‘zbekiston hududida joylashgan. Ularning okean sathidan balandligi janub va g‘arb tomon asta- sekin pasayib borib, tekisliklarga tutashib ketadi (29- rasm). O‘zbekistonning shimoli-sharqiy qismida G‘arbiy Tyanshanning bir qancha tog‘ tizmalari (Qorjontov, Ugom, Piskom, Chat- qol, Qurama) joylashgan. Bular Talas Olatovidan boshlanadi. Bu tog‘ tizmasida Manas nomli cho‘qqi bo‘lib, uning okean sathidan balandligi 4484 m dir. Chatqol tog‘ tizmasining O‘zbekiston hududida joylashgan qismida esa Katta Chimyon nomli cho‘qqi bo‘lib, uning balandligi 3309 m ga yetadi. Chatqol va Qurama tog‘ tizmalari orasida Ohangaron platosi joylashgan. G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmasining okean sathidan balandligi 2500—4000 m bo‘lib, uning yuqori qismlarida muz- liklar uchraydi. Farg‘ona botig‘ining markaziy qismi O‘zbekistonda joylash- gan bo‘lib, g‘arbdan Qurama, shimoldan Chatqol, sharqdan Farg‘ona, janubdan Oloy, Turkiston tog‘ tizmalari o‘rab olgan. Turkiston tog‘idan shimoli g‘arbga qarab Morguzar va Chumqor tog‘lari ajralib chiqqan. Chumqor tog‘ining faqat shimoliy yonbag‘rigina O‘zbekistonga qaraydi. Morguzar tiz- masining shimoli g‘arbida Nurota tog‘ tizmalari o‘rin olgan bo‘lib, ular bir-biridan Sangzor daryosining «Amir Temur darvozasi» darasi bilan ajralib turadi. Nurota ikki qismdan — Shimoliy va Janubiy Nurota tizmalaridan iborat. Shimoliy tog‘ tizmasidagi Hayotboshi cho‘qqisining balandligi 2169 m ga yetadi. Janubiy Nurota alohida ko‘tarilmalar (Oqtov, Qora- tov, Qarachatog‘, G‘ubdintog‘)dan iborat. Zarafshon daryosi vodiysining janubida Zarafshon tizma tog‘lari joylashgan bo‘lib, u O‘zbekiston hududida Chaqil- kalon va Qoratepa nomlari bilan ataladi va ancha pasayib qoladi. Bu tog‘larning g‘arbida esa Zirabuloq, Ziyovuddin nomli 82 past tog‘ tizmalari bo‘lib, ularning eng baland qismi 1115 m ga yetadi. Zarafshon tizma tog‘larining janubida Hisor tog‘ tizma- sining janubi-g‘arbiy tarmoqlari (Yakkabog‘, Surxontog‘, Ko‘hitang va boshqalar) joylashgan. O‘zbekistonning eng baland cho‘qqisi Hazrat Sulton (4643 m) Hisor tog‘ida joylashgan. Janubiy O‘zbekistonda Bobotog‘ tizmasi ko‘tarilgan bo‘lib, Zar kosa cho‘qqisining balandligi 2289 m dir. Tog‘ oraliq botiqlari. O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oraliq botiqlari alohida o‘rin egallaydi. Bularning paydo bo‘lishi tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi bilan bog‘liqdir. Hamma tog‘ oraliq botiqlarining yer yuzasi deyarli tekis bo‘lib, faqat daryo o‘zanlari bilan kesilgan. Ularning yer yuzasi tog‘ tiz- malariga yaqinlashgan sari ko‘tarilib boradi. O‘zbekiston hududida katta tog‘ oraliq botiqlaridan biri Chirchiq-Ohangaron botig‘idir. Uni sharqda G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmalari o‘rab olgan, g‘arbda esa Mirzacho‘l bilan tuta- shib ketadi. Uning o‘rtacha balandligi 300—500 m ga teng. Chirchiq-Ohangaron botig‘ining janubi sharqida Farg‘ona tog‘ oraliq botig‘i (vodiysi) joylashgan. Botiqni Sirdaryo kesib o‘tgan. Vodiyning okean sathidan o‘rtacha balandligi 300—400 m orasida. Mirzacho‘lning janubi g‘arbida Nurota, Qo‘ytosh tog‘lari joylashib, uning janubida esa Sangzor-Nurota tog‘ oraliq botig‘i bor. U shimoli sharqda Morguzar va shimolda Nurota, janubda Janubiy Nurota va Chumqor tog‘lari bilan o‘rab olingan. Uning okean sathidan balandligi janubi sharqdan shimoli g‘arbga tomon 800m dan 300 m gacha pasayib boradi. Janubiy Nurota hamda Zarafshon va Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘ tizmalari orasida Zarafshon botig‘i joylashgan. Bu bo- tiqdan Zarafshon daryosi oqib o‘tadi va Samarqand shahri yaqinida ikkiga — Oqdaryo va Qoradaryoga ajraladi. Xatirchi qishlog‘i yaqinida yana birlashadi va uzunligi 100 km, kengligi 15 km ga yaqin Miyonqol orolini hosil qiladi. Botiqning okean sathidan balandligi sharqiy qismida 900 m, g‘arbida esa 300 m. Zarafshon tizma tog‘larining janubida Kitob-Shahrisabz tog‘ oraliq botig‘i joylashgan bo‘lib, u janubi sharqdan Hisor tog‘ining janubi-g‘arbiy tarmoqlari bilan o‘ralgan, g‘arb to- moni esa ochiqdir. Uning okean sathidan balandligi g‘arbida 500 m, sharqida esa 1000 m gacha ko‘tarilgan. O‘zbekistonning janubiy qismida Surxon-Sherobod botig‘i shimoli sharqdan janubi g‘arbga qarab cho‘zilgan. U shimol, shimoli g‘arb va g‘arbdan Hisor tog‘i va uning tarmoqlari 83 bilan o‘rab olingan. Botiqning o‘rta qismidan Surxondaryo va Sherobod daryolari kesib o‘tadi. Surxondaryo vodiysining okean sathidan balandligi janubi g‘arbida 300 m, shimoli sharqida esa 700 m. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekistonning yer yuzasi qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega? 2. Respublikamizning tekislik qismida qanday plato, delta, bo- tiq (vodiy)lar va past tog‘lar bor? 3. Siz yashayotgan joyda qanday tog‘ tizmalari joylashgan? C _§ GEOLOGIK TUZILISHI VA YER YUZASINING [ §. TARAQQIYOTI O‘zbekistonning geologik tuzilishi xilma-xil bo‘lib, uning hududi, asosan, ikkita katta tektonik tuzilma, ya'ni Tyanshan orogeni tarqalgan yerlar va Turon plitasidan iborat. Respublikamizning Tyanshan orogen qismi har xil katta- kichiklikdagi tektonik tuzilmalardan iborat bo‘lib, ulardan eng kattalari Chatqol, Qurama, Turkiston, Zarafshon burmali tu- zilmalari hisoblanadi. Turon plitasi ham har xil tektonik tuzilmalar (ko‘tarilma- lar va botiqlar)dan tashkil topgan. Orogen va plitali tektonik tuzilmalar gersin va alp tog‘ paydo bo‘lish davrlarida vujudga kelgan. Yer yoriqlari orqali bo‘lib turadigan harakatlar ta'sirida mazkur tektonik tuzil- malar har xil balandliklarga ko‘tarilgan, ba'zilari esa cho‘k- kan, natijada, palaxsasimon tuzilmalar hosil bo‘lgan. Yuqorida nomlari tilga olingan tog‘ paydo bo‘lish davrlarida tektonik harakatlar bilan bir qatorda, vulqon jarayonlari ham sodir bo‘lgan. Vulqon va yer yoriqlarida sodir bo‘layotgan jarayon- lar natijasida O‘zbekistondagi mavjud rudali, rangli, nodir, qimmatbaho foydali qazilmalar hosil bo‘lgan. O‘zbekiston hududining yer yuzasi rivojlanib hozirgi ko‘ri- nishini olguncha uzoq va murakkab bosqichlarni bosib o‘tgan. Gersin burmali tog‘ paydo bo‘lish davrida baland tog‘ tizma- lari vujudga kelgan. Keyingi geologik davrlarda denudatsiya jarayonlari natijasida tog‘lar yemirilib, ularning o‘rnida tekis- lik va qirlar paydo bo‘lgan. Bular yura, bo‘r va paleogen davr- larida dengiz va ko‘llar ostida qolib, ularning tagida qalin cho‘kindi tog‘ jinslari to‘plangan. O‘zbekiston hududi paleo- gen davrida chuqurligi 200 metrdan oshmagan oxirgi dengiz 84 ostida bo‘lgan. O‘zbekistonning tog‘li qismida dengiz ostidan kichik-kichik orolchalar ko‘tarilib turgan. Neogen davrida res- publika hududida, ayniqsa, uning tog‘li qismida yangi tektonik harakatlar boshlanganligi sababli paleogen dengizi chekinib, uning o‘rnida mavjud tog‘ tizmalari ko‘tarila boshlagan. Boshlangan yangi tektonik harakatlar juda ham turli-tuman bo‘lgan. O‘zbekiston tog‘li qismining bir joyi ko‘tarilsa, ikkin- chi bir joyi esa cho‘ka boshlagan. Ko‘tarilgan joylarda tog‘ tizmalari, cho‘kkan joylarda esa tog‘ oralig‘idagi botiqlar hosil bo‘la boshlagan. Ko‘tarilayotgan joylardan yemirilgan tog‘ jins- lari cho‘kayotgan joylarda to‘plana boshlagan. Bu jarayon butun neogen davrida davom etgan. Natijada, tog‘ oralig‘i- dagi botiqlarda qalinligi 1000 metrdan ortiq cho‘kindi tog‘ jinslari to‘plangan. Yer tarixining antropogen davri boshlangandan keyin yangi tektonik harakatlar birmuncha o‘zgargan. Shu davrdan boshlab tog‘ tizmalari bilan bir qatorda, tog‘ oralig‘idagi botiqlar ham sekinlik bilan ko‘tarila boshlagan. Natijada, neogen davrida yotqizilgan cho‘kindi qatlamlarni daryolar yuva bosh- lagan, shu bilan birga, daryo vodiylarida qator daryo ter- rasalari hosil bo‘la boshlagan. Tog‘ oralig‘idagi botiqlarning ko‘tarilishi ularning chekka, ya'ni tog‘ tizmalariga yaqin qism- larida birmuncha kuchliroq bo‘lgan. Shu sababli botiqlarning bu qismlarida past tog‘lar (adirlar) hosil bo‘lgan. O‘zbekiston hududining katta qismida yangi tektonik hara- katlar faol davom etayotganligi natijasida kuchli zilzilalar bo‘lib turadi. Ularning kuchi 8—9 ballga yetadi. Respublikamiz hududida oldingi asrlarda ham kuchli zil- zilalar sodir bo‘lganligi tarixiy ma'lumotlardan ma'lum. Jum- ladan, 1240- yil Urganchda, 1797- yilda Urgutda, 1818, 1821- yillarda Buxoroda, 1868- yil Samarqandda kuchli zilzilalar bo‘lib o‘tganligi tarixiy hujjatlarda qayd qilingan. ASOSIY FOYDALI QAZILMALARI O‘zbekiston turli foydali qazilmalarga boy bo‘lib, ulardan biri yoqilg‘i-energetika boyliklaridir. Bularga neft, gaz va ko‘mir konlari kiradi. Neft va gaz konlari Farg‘ona tog‘ oralig‘i botig‘idagi Shimo- liy So‘x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Sho‘rsuv- da dastlab 1880- yilda ochilgan. 1992- yilda Mingbuloq, 1993- yilda esa Ko‘kdumaloq neft konlari ochildi. 85 Neft va gazning katta zaxirasi Hisor tizmasining janubi- g‘arbiy tarmoqlaridagi Odamtosh, Pachkamar, Omonota, Xov- dog‘, Uchqizilda mezozoy erasi karbonat tog‘ jinslarida aniq- langan. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarining tekislik qismida ham bir qator neft va gaz konlari ochilgan. Bulardan aso- siylari Sho‘rtan, Muborak, Oqjar, Sariqtosh, Jarqoq, Qoro- vulbozordir. Bundan tashqari, gaz Ustyurt platosidagi Shohpaxta va Kua- nish nomli joylarda ochilgan. O‘zbekiston hududida ko‘mirning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan bir nechta katta konlari mavjud. Bulardan Ohangaron (Angren) qo‘ng‘ir ko‘mir koni, Surxondaryo viloyatining tog‘li qismida yuqori sifatli Sharg‘un toshko‘mir koni joy- lashgan. Bu joyda Boysun ko‘mir koni ham ochilgan. O‘zbekiston hududida bir necha qora (temir, titan, mar- ganes, xrom), rangli (mis, qo‘rg‘oshin volfram, molibden, qalay, vismut), qimmatbaho (oltin, kumush) metall konlari ham bor. Bulardan eng asosiylari Toshkent viloyatidagi Qal- moqqir, Sariqcheku hamda Dalneye mis konlaridir. Qizil- qumdagi Muruntov, Ko‘kpatas va boshqa yerlarda oltinning katta zaxirasi ochilgan bo‘lib, uzoq yillardan buyon keng doi- rada qazib olinmoqda. O‘zbekiston fosforitlarga ham boydir. Uning katta zaxirasi Markaziy Qizilqumda ochilgan. Kimyoviy xomashyolardan osh va kaliy tuzlari, oltingugurt Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlaridagi Oqbosh, Laylimkon, Xo‘jaikonda mavjuddir. O‘zbekiston hududi qurilish materiallariga (qum va shag‘al- tosh, soz tuproq, kvars qumlari, ohaktoshlar, marmar) hamda yerosti suvlariga juda boydir. O‘zbekiston hududida ko‘plab mar- mar konlari ochilgan. Ularning ko‘pchiligi yuqori sifatli va rangli marmarlar guruhiga kiradi. Qazib olinayotgan marmar- dan respublikamiz shaharlaridagi hashamatli binolarni, masa- lan, Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri, «Istiqlol» san'at saroyi, Toshkent metrosi bekatlarini va turli yodgorlik- larni bezashda foydalanilmoqda. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekiston hududi qaysi tektonik tuzilmalarda joylashgan? 2. O‘zbekiston yer yuzasining shakllanishida yangi tektonik harakatlar qanday rol o‘ynagan? 3. Siz yashab turgan hududda qanday qazilma boyliklari bor? 86 O‘ZBEKISTON IQLIMI O‘zbekiston qaysi iqlim mintaqasida joylashgan va uning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? O‘zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo mate- rigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinental iqlimga ega. Kontinental iqlimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar- dan iborat: osmon ochiq va quyoshli; harorat nihoyatda yuqori, yillik yog‘in miqdori kam, aksincha, mumkin bo‘lgan (po- tensial) bug‘lanish katta; yoz uzoq vaqt davom etib, jazira- ma issiq, qish esa shu geografik kenglik uchun birmuncha sovuq; yillik va sutkalik haroratning farqi katta. O‘zbekiston iqlimi- ning bu xususiyatlari, eng avvalo, iqlim hosil qiluvchi omil- larga bog‘liq. Iqlim hosil qiluvchi omillar. O‘zbekiston iqlimining vujudga kelishiga uning geografik o‘rni va u bilan bog‘liq quyosh ra- diatsiyasi, atmosfera sirkulatsiyasi, relyefi ta'sir etadi. O‘zbe- kiston hududi shimoldan janubga 925 km cho‘zilganligi tufayli quyoshning nuri uning hamma qismiga bir xil tushmaydi. Agar shimoliy qismiga yozda (22- iyunda) quyosh 71 —72° burchak hosil qilib tushsa, janubida 76° ni tashkil etadi. Bino- barin, shimolda quyosh yiliga 2500 —2800 soat nur sochib tur- sa, janubda 3000 —3100 soat nur sochib turadi. Shu sababli O‘zbekiston «serquyosh o‘lka» deb ataladi. O‘zbekiston iqlimining vujudga kelishida atmosfera sirkulatsi- yasining ahamiyati katta. Qishda O‘zbekiston hududiga shimoli sharqdan, shimoldan havo massalari kirib kelib, uning janubiy qismlarigacha yetib boradi. Natijada, havo ochiq bo‘ladi, lekin harorat pasayib, sovib ketadi. Qishda O‘zbekiston hududiga o‘rtacha kengliklardagi havo massalari ham kirib kela oladi, tropik oqimlari bilan to‘q- nashishi oqibatida ob-havo o‘zgarib, havo biroz ilib, yomg‘ir yoki qor yog‘ishi kuzatiladi. Yozda O‘zbekiston hududi, xususan, uning tekislik qismi juda isib ketishi oqibatida termik o‘choq vujudga keladi. Na- tijada, havo o‘ta qizib, siyraklashib, mahalliy kontinental Tu- ron tropik havosi shakllanadi. Bu bo‘shliqni (past bosimni) to‘l- dirish uchun shimoli g‘arbdan va g‘arbdan salqin havo mas- sasi esadi. Lekin havo qizib ketganligi tufayli bu havo mas- salari yog‘in keltirmaydi. Bu havo oqimi O‘zbekiston tog‘- larida nisbatan salqin bo‘lganligi tufayli yomg‘ir va qor yog‘adi. 87 O‘zbekiston iqlimining tarkib topishida relyef ham ta'sir etadi. Respublikaning shimoli, shimoli g‘arbiy qismi ochiq. Natijada, qishda shimoldan, shimoli g‘arbdan esuvchi sovuq havo massalari bemalol kirib keladi. Aksincha, janubiy qismi tog‘lar bilan o‘ralganligi tufayli iliq tropik havo massa- larining kirib kelishiga to‘siq bo‘ladi. Tog‘larda yozda tekislikka nisbatan havo salqin bo‘lib, yomg‘ir ko‘proq yog‘adi, qish esa sovuq bo‘lib, uzoq davom etadi. Haroratning taqsimlanishi. O‘zbekiston hududida issiqlik- ning taqsimlanishi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun yillik o‘rtacha haroratni bilish kerak. O‘rtacha yillik harorat Nukusda +10,8°C, Toshkentda +11,9°C, Termizda +17,0°C. O‘zbekistonda yoz quruq va issiq bo‘lib, uning tekislik qis- mida iyulda o‘rtacha harorat +26 +30°C ga yetsa, janubda +31 +32°C ga yetadi. Eng yuqori harorat Toshkentda +44°C, Termizda +50°C gacha yetadi. Qumlar yuzasi esa +75 +80°C gacha qiziydi. Qishda—yanvarda o‘rtacha harorat O‘zbekistonda shimoli g‘arbdan (Ustyurtda —10—11°C) janubi sharqqa qarab (Tosh- kentda +0,9°C, Samarqandda +0,3°C, Termizda +2,8°C) ilib boradi. Ba'zan Arktika va Sibir havo massalarining kirib kelishi va turib qolishi natijasida qish sovib ketadi, eng past harorat Surxondaryoda — 20°C, Toshkentda — 30°C, Ustyurtda —38°C gacha pasayadi. Umuman, tog‘larda, xususan, O‘zbekiston tog‘larida yuqo- riga ko‘tarilgan sari harorat pasaya boradi. Yog‘inlarning taqsimlanishi. O‘zbekistonda yog‘inlar asosiy suv manbayi hisoblanib, hudud va yil fasllari bo‘yicha no- tekis taqsimlangan. Bu, asosan, havo massalarining xusu- siyatiga, yerusti tuzilishiga, tog‘larning yo‘nalishiga va balandli- giga bog‘liq. Yog‘inlarni, asosan, Atlantika okeanidan esuvchi nam havo massalari keltiradi. O‘zbekistonda eng kam yillik yog‘in miqdori Ustyurt, Quyi Amudaryo va Qizilqumga to‘g‘ri kelib, 100 mm atrofida bo‘ladi. Yog‘inlar miqdori sharq va janubi sharqqa tomon relyefning balandlashishi tufayli ortib boradi. O‘zbekistonning adir va tog‘oldi qismiga yiliga o‘rtacha 300—550 mm, G‘ar- biy Tyanshan, Hisor-Zarafshon tog‘larining janubi-g‘arbiy nam havoga ro‘para bo‘lgan yonbag‘irlariga 800—900 mm yog‘in tushadi. O‘zbekistonda eng ko‘p yillik yog‘in G‘arbiy Tyanshan va Hisorning nam havoga ro‘para bo‘lgan qismlariga to‘g‘ri keladi. Yog‘inlarning asosiy qismi qishda (yillik yog‘in- ning 30 foizi) va bahorda (40 foizi) yog‘adi. 88 O‘zbekistonning tekislik qismida bir yilda 35—40 kun yog‘inli bo‘lsa, bu ko‘rsatkich tog‘larda 70—90 kunni tashkil etadi. Yog‘inning bir qismi qor holida tushadi. Lekin hududning tekislik qismida qor qoplami turg‘un bo‘lmasdan, shimoli g‘arbida 40—50 kun, janubi sharqida 10—15 kun, tog‘larda 90—100 kun saqlanib turadi. Qorning o‘rtacha qalinligi tekislik qismida 1—8 sm (eng qalini 30 sm), tog‘oldida 10—20 sm (eng qalini 60 sm), tog‘larda 60 sm (eng qalini 1,5—2,0 m)ni tashkil etadi. O‘zbekiston tekislik qismida yillik yog‘inga nisbatan mum- kin bo‘lgan bug‘lanish bir necha marta (Toshkentda 3,5 mar- ta, Nukusda 27 marta) ko‘p. Shamollar. O‘zbekiston hududiga yil davomida shimoli- g‘arbiy, shimoliy va g‘arbiy shamollar esib turadi. O‘zbekis- tonning shimoliy qismida shimoli-g‘arbiy, shimoliy va shimo- li-sharqiy shamollar, Janubiy qismida esa ko‘proq janubi- g‘arbiy shamollar harakat qiladi. Yozda O‘zbekistonga shimoli g‘arbdan, shimoldan va g‘arb- dan shamollar esadi. Ammo tekislik qizib ketganligi tufayli yog‘in vujudga kelmaydi, aksincha, tog‘ tomon ko‘tarilgan sari havo sovib borishi oqibatida bulutlar hosil bo‘lib, yog‘in yog‘adi. O‘zbekistonda yana mahalliy tog‘-vodiy, Bekobod (Xovos), Qo‘qon, afg‘on shamollari esib turadi. Tog‘-vodiy shamollari O‘zbekistonning barcha vodiylarida kuzatiladi. Bunda kunduzi vodiydan tog‘ga, kechasi tog‘dan vodiyga tomon esadi. Bekobod shamoli qishda Farg‘ona vodiysida bosim yuqori, g‘arb tomonda bosim past bo‘lganda «Xo‘jand» darvozasi orqali Mirzacho‘l tomonga esadi, tezligi sekundiga 30—40 m ga yetadi, undan xo‘jalikka zarar yetmoqda. Qo‘qon shamoli bahor va kuzda Farg‘ona vodiysida bosim past bo‘lganda g‘arbdan vodiy tomonga esib, tezligi sekundiga 15 —25 m ga yetadi. Surxon-Sherobod vodiysiga janubi g‘arbdan chang-to‘zonli va quruq afg‘on shamoli esib, tezligi 15—20 m ga yetadi, bir necha kun esib turadi. Afg‘on shamoli qishloq xo‘jaligi ekinlariga, mevali daraxtlarga zarar yetkazmoqda. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekiston iqlimi qanday omillar ta'sirida vujudga keladi? 2. Quyosh radiatsiyasi qanday omillarga bog‘liq? 89 3. O‘zbekiston hududida yillik o‘rtacha harorat hamda yog‘in miqdori qanday taqsimlangan? 4. O‘zbekiston hududiga esuvchi mahalliy shamollar haqida gapirib bering. ^9-§. YIL FASLLARI VA IQLIM RESURSLARI O‘zbekistonda yil fasllari shu geografik kenglikda joylashgan boshqa hududlardan farq qiladi (30- rasm). Qish. O‘zbekistonda qish shu kengliklarda joylashgan O‘rta dengiz atrofidagi hududlarga nisbatan sovuq. Qishda ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi, havo ko‘pincha ochiq bo‘ladi va so- vuq kunlar ba'zan iliq bulutli va yog‘inli kunlar bilan alma- shinib turadi. Qishda yillik yog‘inning 20—40 foizi tushadi. Qish dekabr oyining ikkinchi yarmidan boshlanadi. Qishda eng sovuq kunlar «qish chillasi» (25- dekabrdan 5- fevralgacha, 40 kun)da sodir bo‘ladi. Chunki bu davrda hududga Arktika havosi va Sibir antisikloni ko‘proq yetib kelib, turib qoladi. Natijada, harorat pasayib, Ustyurtda —38°C gacha, Surxon- daryoda —20°C gacha pasayadi. Tog‘larda qish davomli bo‘lib, 3—4 oy davom etadi. Bahor. Taqvim bo‘yicha bahor mart, aprel va may oylari hisoblansa-da, aslida fevral oyidan, o‘rtacha sutkalik harorat +5°C dan oshganda boshlanadi. Bahorda ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi, goh isib, goh soviydi, yog‘in ko‘p (o‘rtacha yillik yog‘inning 40 foizi) tushadi. Ba'zan yog‘in jala tari- qasida yog‘ib, tog‘ va tog‘ etaklarida selni vujudga keltiradi. Bahorda aprel oyining oxiri, may oylarida harorat ko‘tari- ladi, havo ochilib, yog‘in kamayib, haqiqiy yoz boshlanadi. 30- rasm. Toshkent shahrining iqlim ko‘rsatkichlari. 90 Bahorda 21-martda kun bilan tun teng bo‘ladi va bu kun O‘zbekistonda «Navro‘z» bayrami sifatida nishonlanadi. Yoz. O‘zbekistonda yoz taqvim bo‘yicha iyun, iyul, avgust oylari hisoblansa-da, aslida o‘rtacha sutkalik harorat +20°C dan oshganda boshlanib, +20°C dan pasayganda tugaydi. Binobarin, yoz uzoq besh oy davom etadi. Yozning eng issiq kunlari 25- iyundan 5- avgustgacha davom etadi (40 kun) va u «yoz chillasi» deb yuritiladi. Yozda hududning tekislik qismida iyulning o‘rtacha harorati +26 +32°C atrofida o‘zgarsa, ba'zan isib ketib, eng issiq harorat +41 +48°C ga, Termizda esa +50°C gacha ko‘tarilgan. Kuz. Sentabr oyi kuz fasli hisoblansa-da, ob-havo ochiq, issiq, nisbatan quruq bo‘ladi. Shu sababli iqlimshunos olim- lar kuzni o‘rtacha sutkalik harorat +20°C dan pasayganda boshlanib, +5°C dan pasayganda tamom bo‘ladi, deb hisob- laydilar. Binobarin, haqiqiy kuz O‘zbekiston sharoitida oktabr oyidan boshlanadi. Chunki oktabrdan boshlab harorat pasa- yib, ob-havo o‘zgara boshlaydi, kunlar qisqarib, salqin tu- shadi, ba'zan tunda qirov tushib, yog‘ingarchilik boshlanadi. Iqlim resurslariga issiqlik resurslari, gelioresurs, shamol ener- giyasi kiradi. Ularning davolashdagi ahamiyati katta. Bu jihatidan O‘zbekiston qulay imkoniyatga ega, chunki uning hududida 225 — 266 kun sovuq bo‘lmaydi; +10°C dan yuqori bo‘lgan haroratlarning yillik yig‘indisi 4500 — 5900°C ga yeta- di, quyosh bir yilda 2500 — 3000 soatgacha nur sochib isitib, yoritib turadi. Bunday iqlimiy sharoitda ingichka tolali paxta, shirin-shakar qovun, tarvuz, qand moddasiga boy bo‘lgan mevalar, subtropik o‘simliklarni yetishtirish mumkin. O‘zbekistonda quyosh uzoq vaqt nur sochib turishi tufayli uni elektr energiyaga aylantirib, foydalanish imkoniyati katta. O‘zbekistonning issiq, quruq va serquyosh iqlimidan ko‘p kasalliklarni, xususan, buyrak, o‘pkaning bronxit, astma kabi- larni davolashda hamda dam olish (rekreatsiya) maqsadida foy- dalaniladi. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekiston hududida yil fasllari qanday omillarga qarab ajratilgan? 2. Nima uchun qishda ba'zan havo sovib, harorat pasayib ketadi? 3. Iqlim resurslariga nimalar kiradi va uning xo‘jalikdagi aha- miyati nimalardan iborat? 91 O‘ZBEKISTONNING ICHKI SUVLARI VA SUV BOYLIKLARI 1. Qanday suvlar ichki suvlar hisoblanadi? Xaritadan respub- likamizdagi eng muhim daryolar, ko‘llar va suv omborlarini toping. 2. O‘zbekiston atlasining iqlim va ichki suvlari xaritalarini bir-biriga taqqoslab, daryo tarmoqlari zichligi iqlimga qan- day bog‘liq ekanligini aniqlang. Ichki suvlarga daryolar, ko‘llar, muzliklar, yerosti suvlari kiradi. O‘zbekiston ichki suvlari orasida inson hayoti va xo‘jalik faoliyati uchun eng muhimi daryolardir. Daryolari. Respublikamiz daryolari berk havzaga kiradi va ular hudud bo‘yicha notekis taqsimlangan. Daryolar, asosan, tog‘lardan boshlanadi, tekislikka chiqqach, sug‘orishga sarf- lanib, yerga shimilib, bug‘lanib, suvi kamayib qoladi, ayrim- lari cho‘llarda tugaydi. O‘zbekiston daryo tarmoqlarining zichligi hudud bo‘yicha bir xil emas. Tekislik qismida daryolar juda siyrak bo‘lib, har kvkm maydonga daryoning 20 m uzunlikdagi qismi to‘g‘ri keladi. Aksincha, tog‘ va adirlarda daryolar tarmog‘i zich. Bunga asosiy sabab, tog‘larda tekislikdagiga nisbatan yog‘inlar ko‘p tushadi, harorat pastligidan mumkin bo‘lgan bug‘lanish va shimilish kam bo‘ladi. Natijada, yog‘inning ko‘p qismi daryo oqimiga aylanadi. O‘zbekistonning tog‘ daryolari tor o‘zanda tez, shiddat bi- lan oqadi. Ular, asosan, tagini yuvib, sharshara va ostonalar hosil qiladi. Tekislikka chiqqach esa keng vodiyda tarmoqlanib, sekin oqadi. O‘zbekiston daryolari to‘yinish jihatidan ham bir xil emas. Respublikamizdagi Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Norin, So‘x, Isfara kabi daryolarning bosh qismi 4500 m dan baland tog‘lardagi muzliklar va doimiy qorlarning eri- shidan to‘yinadi. To‘linsuv davri iyul — avgustga to‘g‘ri kela- di, chunki yoz oylarida havo haroratining ko‘tarilishi tufayli muz va qorlar tez eriydi. O‘zbekistonning 3400 m balandlikdan boshlanuvchi Sir- daryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo kabi daryo- lari qor va muz suvlaridan to‘yinadi. Bu daryolarda suv may — iyun oylarida ko‘payib ketadi. Suvining kamayishi de- kabr—fevral oylariga to‘g‘ri keladi. Respublikamizda Qashqadaryo, G‘uzordaryo, Sangzor, Ohan- garon, G‘ovasoy kabi daryolar balandligi 3400 m dan ort- 92 maydigan tog‘lardan boshlanadi. Bu daryolarning suvi erta- roq, ya'ni aprel—may oylarida, qorlarning erishi natijasida ko‘payadi va yillik oqimning 60 foizi shu oylarga to‘g‘ri keladi. Yozda daryolar suvi kamaya boshlaydi. O‘zbekistonning 2000 m dan past tog‘laridan boshlanuv- chi Zominsuv, Sheroboddaryo, To‘sunsoy kabi daryolari, ko‘plab soylar, qor-yomg‘ir va yerosti suvlaridan to‘yinadi. Shu sababli bu daryolarning suvi bahorda—aprel—may oylarida ko‘payadi va yillik oqimning 80 foizini tashkil etadi. Aksincha, yozda daryolar suvi juda kamayib, ba'zi soylarning suvi qurib qoladi. O‘zbekiston daryolari tog‘li qismida shiddat bilan oqishi sababli ularning ko‘p qismi muzlamaydi. Faqat nishab kam bo‘lgan keng vodiylardagina qisman yoppasiga muzlashi mumkin. Tekislik qismidagi daryolari esa bir-ikki oy muzlaydi, lekin respublikaning janubiy qismidagi daryolar muzlamaydi. Amudaryo O‘rta Osiyoning eng sersuv va suv yig‘adi- gan maydoni juda katta bo‘lgan daryosidir. Daryoni qadimda arablar Jayxun, yunonlar Oks, mahalliy xalqlar Omul deb atagan. Sirdaryo O‘rta Osiyodagi eng uzun (Norin daryosining boshlanish joyidan — 3019 km) daryo hisoblanib, sersuvligi jihatidan Amudaryodan so‘ng, ikkinchi o‘rindadir. Sirdaryoni arablar Sayxun, yunonlar Yaksart deb atagan. Chirchiq daryosi — Sirdaryoning eng sersuv o‘ng irmog‘idir. U Chatqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi. Chirchiq daryosining uzunligi Chatqol bilan birga 397 km ni tashkil etadi. Chirchiq qor-muz suvlaridan to‘yinadi. Shu sababli uning to‘lin suv davri mart—iyun (53 foiz) oylariga, eng kam suv davri esa dekabr — fevral oylariga to‘g‘ri keladi. Daryoning yillik o‘rtacha ko‘p suv sarfi Xo‘jakent yonida sekundiga 224 m3, eng ko‘pi bahorda sekundiga 2100 m3, eng kami qishda se- kundiga 22 m3. Chirchiq daryosi suvining o‘rtacha loyqaligi Xo‘jakent yoni- da 0,275 kg/m3. Zarafshon. Bu daryo Turkiston va Zarafshon tog‘lari tutashgan Ko‘ksuv tog‘ tugunidagi Zarafshon muzligidan Mastchoh nomi bilan boshlanadi. U Ayniy qishlog‘i yonida Fandaryo bilan qo‘shilgach, Zarafshon nomini oladi. Zarafshon ilgari Amudaryoga 20 km yetmasdan Sandiqli cho‘li qumlariga shimilib ketar edi. Zarafshon daryosining uzunligi muzlikdan Sandiqli qumlarigacha 877 km edi. Hozirda 93 uning suvi ko‘plab sug‘orishga sarflanishi sababli u yerlarga yetib bormayapti. Zarafshon daryosining tog‘li qismi Tojikistonga, quyi qismi O‘zbekistonga qaraydi. Zarafshon muz-qorlarning erishidan to‘yinib, to‘linsuv dav- ri iyun — avgustga, eng kam suv davri esa qishga to‘g‘ri keladi. Daryoning o‘rtacha suv sarfi Ravothoji to‘g‘onida sekundiga 165 m3, eng ko‘p suv sarfi sekundiga 930 m3, eng kam suv sarfi sekundiga 24 m3. Zarafshon daryosining bir yillik suv miqdori 5,4 km3 bo‘lib, shundan 5,2 km3 Tojikiston hududida vujudga kelgan oqimga, 254 mln m3 esa O‘zbekiston hududidan boshlanuvchi (uzunligi 10 kmdan ortiq bo‘lgan 137 ta) irmoq soylariga to‘g‘ri keladi. Bu soylarning suvi bahorda ko‘payib, yozda juda kamayib ketadi. Zarafshon daryosi o‘rtacha yillik oqimining 55 foizi iyul— sentabr oylariga to‘g‘ri keladi va bu davrda u juda loyqa bo‘lib oqadi. Zarafshon daryosi tog‘li qismida tez oqqanligidan muzla- maydi. Tekislik qismida qish sovuq kelganda 76 kungacha, iliq kelganda esa 2—3 kun muzlashi mumkin. Qashqadaryo — Hisor tizmasining g‘arbiy qismidan boshlanadi va Muborakka yetmasdan qurib qoladi. Daryoning uzunligi 373 km. Qashqadaryo qor suvlaridan to‘yinishi sababli eng ko‘p suv sarfi may oyiga, eng kam suv sarfi esa oktabr — dekabr oylariga to‘g‘ri keladi. Qashqadaryoning o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi Varganza qishlog‘i yonida sekundiga 5,46 m3 ni tash- kil etadi. Qashqadaryo havzasida (barcha irmoqlarini hisobga olganda) yiliga o‘rtacha sekundiga 51,5 m3 oqim vujudga kelib, shuning 58,3 foizi mart — iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Surxondaryo—Hisor tog‘ tizmasi g‘arbiy qismining ja- nubiy yonbag‘ridan boshlanuvchi To‘polondaryo bilan Qora- tog‘daryoning qo‘shilishidan vujudga keladi. So‘ng 196 km masofada oqib Amudaryoga kelib quyiladi. Surxondaryo, asosan, qor va muz suvlaridan to‘yinadi. Shu sababli to‘lin suv davri mart — iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda yillik daryo suvining 65,2 foizi oqib o‘tadi. Eng kam suv sarfi sentabr — oktabr oylariga to‘g‘ri keladi. Surxondaryoning o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi (Qorovul- tepa qishlog‘i yonida) sekundiga 70,2 m3 ni tashkil etadi. Surxondaryo loyqa daryolardan bo‘lib, Morguzar qishlog‘i yonida har m3 suvida 2,9 kg loyqa bor. Ohangaron daryosi Chatqol va Qurama tog‘laridan suv 94 to‘plovchi soylarning qo‘shilishidan vujudga kelgan Oqtosh- soy (Chovlisoy) nomi bilan boshlanadi va 236 km masofada oqib, Sirdaryoga quyiladi. Daryo tog‘li qismida chuqur va tor o‘zanda oqib, Obliq qishlog‘idan o‘tgach, o‘zani kengayib, oqimi sekinlashadi. Ohangaron daryosining to‘yinishida qor suvlarining salmog‘i katta. Shu sababli uning to‘lin suv davri aprel — may oylari- ga, eng kam oqimi dekabr — yanvar oylariga to‘g‘ri keladi. Ohangaron daryosining Turk qishlog‘i yonida yillik o‘rtacha ko‘p suv sarfi sekundiga 23,5 m3 ni tashkil etadi. O‘zbekistonda suv boyliklari quyidagicha taqsimlangan: res- publika hududiga yiliga 95,642 km3 daryo oqib kiradi. Shuning 52,291 km3 Amudaryo havzasiga, 43,351 km3 esa Sirdaryo hav- zasiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, O‘zbekiston amalda yiliga o‘rtacha 57,781 km3 atrofida suvdan foydalanadi. Bu suvning 41,472 km3 Amu- daryo havzasiga, 16,309 km3 Sirdaryo havzasi ulushiga to‘g‘ri keladi. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekistonning eng yirik daryolarini yozuvsiz xaritaga tu- shirib, nomlarini bilib oling. 2. O‘zbekiston daryolarining hududiy notekis taqsimlanganligi qaysi tabiiy omillarga bog‘liq? 3. Zarafshon, Chirchiq, Qashqadaryo, Surxondaryo va Ohanga- ron daryolarini xaritadan topib, ularning qiyaligini aniqlang. 4. Siz yashab turgan hududda qanday daryolar oqadi? KO‘LLARI, SUV OMBORLARI VA YEROSTI SUVLARI 1. Ilgari olgan bilimlaringiz asosida ko‘l tushunchasiga ta'rif bering. 2. Tabiiy geografiya kursidan olgan bilimlaringizga tayanib, yerosti suvlarining paydo bo‘lishi va tarqalishi haqida so‘z- lab bering. O‘zbekistonda ko‘llar hududi bo‘yicha notekis taqsimlangan. Ularning aksariyati kichik ko‘llar bo‘lib, ko‘proq daryo vo- diylari bo‘ylab joylashgan. Ko‘llar paydo bo‘lishi jihatidan xilma-xildir. Tog‘lardagi ko‘llar tektonik, to‘siq (to‘g‘on) va morena ko‘llar, tekislikdagilari esa qoldiq ko‘llar yoki zovur- drenaj suvlarining to‘planishidan vujudga kelgan. O‘zbe- kistondagi tektonik yo‘l bilan vujudga kelgan eng katta ko‘l Orol ko‘lidir. 95 Respublikamizning tekislik qismidagi asosiy ko‘llari Orol, Mirzacho‘ldagi Arnasoy, Aydarko‘l, Tuzkon, Zarafshon daryo- sining quyi oqimidagi Dengizko‘l, Qoraqir, Sho‘rko‘l, Farg‘ona vodiysidagi Axsikentko‘l, Damko‘l, Quyi Amudaryodagi Sari- qamish, Sudochye, Ulug‘sho‘rko‘l va boshqalar. Bu ko‘llar kichik bo‘lib, ular suv yuzasining maydoni bir necha yuz gek- tardan bir km1 2 3 gachani tashkil etadi. 1. O‘zbekistondagi ko‘llar qanday paydo bo‘lgan? 2. Xaritadan Arnasoy, Aydar, Tuzkon, Sudochye, Sariqamish ko‘llarini toping va ular qanday vujudga kelganligini bilib oling. O‘zbekistonda sun'iy suv havzalari — suv omborlari ham ko‘p. Ularning eng muhimlari Tuyamo‘yin, Chordara, Chor- voq, Kattaqo‘rg‘on, Tuyabo‘g‘iz va boshqalardir. Bu suv omborlari, asosan, daryo suv rejimini tartibga solib, ba- horgi, qishki, kuzgi suvlarni to‘plab, yozda ekin dalalariga berish maqsadida qurilgan. Respublikamizda yerosti suvlari — grunt (sizot suvlari), artezian (qatlamlar orasidagi) suvlaridan va mineral suv- lardan iborat. Artezian suvlari ko‘pincha toza va chuchuk bo‘ladi. Grunt suvlari yer betiga yaqin joylashgan paytda buloq bo‘lib oqib chiqadi yoki quduq qazib olinadi. Grunt suvlari yog‘inlar, daryo, ariq, ko‘l, suv omborlarining suvi yerga shimilishidan hosil bo‘ladi. Qatlamlar orasidagi suv ancha chuqurda joylashgan bo‘lib, bosimli va bosimsiz bo‘ladi. Qatlamlar orasidagi suv ko‘proq botiqlarda to‘planadi va bosim ostida bo‘lganligi sababli otilib chiqadi. Bunday suvlar artezian suvlari deyiladi. Qatlamlar orasidagi suv grunt suviga qaraganda toza, chu- chuk va tiniq bo‘ladi. Paleozoy va mezozoy davr yotqiziqlari orasidagi 1500— 3000m chuqurliklarda issiq mineral suvlar joylashgan. Bu suvlarning harorati +40 +70°C ga yetadi. Bu suvlar tarkibida turli xil minerallar (karbonat kislota, vodorod sulfid, yod, brom, litiy, bariy va h.k.) bor. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda 60 dan ortiq shifobaxsh mineral suv manbayi aniqlandi. Bularning eng muhimlari Toshkent, Chortoq, Farg‘ona, Chimyon, Jayronxona, Oltiariq va boshqa mineral suvlaridir. Savol va topshiriqlar 96 3. O‘zbekistonda yerosti suvlarining qanday turlari mavjud? 4. Artezian suvi nima uchun minerallashgan bo‘ladi? 5. Qanday sabablarga ko‘ra Orolning suv sathi pasayib ketmoqda? O‘ZBEKISTONNING SUV BOYLIKLARIDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISH Inson hayotida suv boyliklari qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘zlab bering. Suv boyliklari qishloq xo‘jaligi, aholi hamda sanoatni suv bilan ta'minlash, elektr energiyasi olish, baliq ovlash va dam olish maqsadlarida foydalaniladigan yerusti va yerosti suvla- ridan iborat. Suv boyliklari orasida daryolarning ahamiyati ayniqsa katta. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda daryo suvlari bilan 4,2 mln ga yer sug‘orilmoqda. O‘zbekiston daryolari sanoat va maishiy xo‘jalikning suvga bo‘lgan talabini qondirishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki biror sanoat tarmog‘i yo‘qki, unda suv ishlatilmasin. O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 57,781 km3 suvdan foyda- lanilmoqda. Shundan yerosti suvlari 0,5 km3 ni tashkil etadi. Mavjud ishlatilayotgan suvlarning 90,1 foizi sug‘orishga, qol- ganlari sanoat, maishiy-kommunal va boshqa sohalarga ish- latilmoqda (31- rasm). Respublikamiz hududidagi daryolarning potensial energiya resurslari 8,8 mln kVt bo‘lib, O‘rta Osiyo daryolari energiya resurslarining 13 foiziga teng. O‘zbekiston daryolari energiya resurslari jihatidan O‘rta Osiyoda Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda turadi. Sanoat 2,2 % Baliq xo‘jaligi 1,5 % Xo‘jalik — ichimlik Sug‘orish 90,1 % 31- rasm. O‘zbekistonda ishlatiladigan suvning taqsimlanishi. 7— Geografiya, 7- sinf uchun 97 Kommunal xo‘jalik 4 % Sanoat 18% 32- rasm. O‘zbekistonda suvni ifloslovchi asosiy tarmoqlar. Sug‘oriladigan yerlar 78% Respublikamizda gidroenergiya resurslaridan foydalanish maq- sadida Chirchiq daryosida — Chorvoq, Xo‘jakent, G‘azal- kent, Sirdaryoda — Uchqo‘rg‘on, Farhod, Qoradaryoda — Andijon GESlari qurilgan. O‘zbekiston daryolaridan baliq ov- lashda ham foydalaniladi. So‘nggi yillarda sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatining yaxshilanishi sababli zovur suvlarining ko‘payishi, sanoatdan, maishiy xo‘jalikdan, transport korxonalaridan, chorvachilik va fermalardan chiqqan iflos (tarkibida har xil zaharli kimyoviy moddalar, bakteriyalar, neft mahsulotlari bo‘lgan) suvning bir qismi daryolarga tashlanmoqda. Natijada, daryo suvlari ifloslanib, undagi organik hayotga salbiy ta'sir etmoqda. Shu sababli O‘zbekiston suv boyliklarini toza saqlash, ularga tash- lanadigan suvlarni iloji boricha tozalash lozim. Sug‘oriladigan zonadan chiqadigan va tarkibida zaharli kimyoviy moddalar, ya'ni har xil tuzlar bo‘lgan zovur suvlarini daryolarga oqizish- ga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Daryo yoqalarida sanitar zonalar tashkil etish lozim. O‘zbekistonda ishlatilayotgan suvlardan qishloq xo‘jaligida noratsional foydalanish, sanoat va maishiy-kommunal xo‘ja- likdan chiqayotgan ifloslangan suvlarni to‘la tozalamasdan tabiiy havzalarga oqizish oqibatida suv boyliklari ifloslanmoq- da. Ifloslangan suvlarning 78 foizi sug‘oriladigan yerlarga, 18foizi sanoat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda (32- rasm). <0> Savol va topshiriqlar 'T 1. Suv boyliklariga nimalar kiradi? Siz yashab turgan joyda qaysi turdagi suv boyliklari mavjud? 2. Daryolarning xo‘jalikda qanday ahamiyati bor? 3. Daryo suvlarini toza saqlash uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish kerak? 98 4. 5. Q O‘zbekistonda suv boyliklari qanday taqsimlangan va ulardan qaysi sohalarda ko‘proq foydalanilmoqda? O‘zbekistonda suvni ifloslovchi xo‘jalik tarmoqlari haqida nimalarni bilasiz? O‘ZBEKISTON TUPROQLARI, O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI Dunyo zonalari xaritasidan O‘zbekiston qaysi tabiat zonalarida joylashganligini aniqlang. O‘zbekistonning tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyo- si juda xilma-xil bo‘lib, ular tabiatning boshqa element- lariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog‘liq holda joylashgan. K. Z. Zokirov tavsiya etgan to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘ va yay- lov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qop- lami, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega. Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining 70 foizini ishg‘ol qiladi. Cho‘l tuproqlari xilma-xil bo‘lib, unda sur-qo‘ng‘ir, qumli cho‘l, o‘tloq-botqoq, taqir va bo‘z tuproqlar uchraydi. Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog‘lar va Nurota tog‘ etaklaridagi toshloq cho‘llarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tar- qalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam (0,3 —1 foiz) bo‘ladi. Qizilqum, Markaziy Farg‘ona va Mirzacho‘ldagi qumli tekis- liklarda qumli cho‘l tuproqlari tarqalgan bo‘lib, chirindi miq- dori 0,3 — 0,6 foizni tashkil etadi. Gilli jinslardan tarkib topgan cho‘llarda taqirlar ham uch- raydi, ular tarkibidagi chirindi miqdori 0,5—1 foizga yetadi. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan Mirzacho‘l, Mar- kaziy Farg‘ona, Qarshi cho‘llari va Amudaryo etagida sho‘rxok va sho‘r tuproqlar tarqalgan. O‘zbekistonning yirik daryo vodiylarida o‘tloq va botqoq tuproqlari uchraydi. Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Quyi Amu- daryo va Surxondaryo vodiylaridagi bo‘z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida tabiiy xususiyatini o‘zgartirib, madaniy bo‘z tuproqlarga aylangan. O‘simliklari. Cho‘l mintaqasining yozi quruq, jazirama issiq, yog‘inga nisbatan potensial bug‘lanish ko‘p bo‘lgan- ligi tufayli, o‘simliklar shu sharoitga moslashgan. 99 Cho‘lda bahorda arpag‘on, lola, lolaqizg‘aldoq, qorabosh, boychechak, binafsha, chuchmoma, tariqbosh, chig‘ir, isfarak, iloq, kovrak kabilar o‘sadi. Bu o‘tlar yozda sarg‘ayib, qurib qoladi, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar esa o‘saveradi. Ularning eng muhimlari qumli yerlarda o‘suvchi saksovul, selin, juzg‘un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq. O‘zbekistonning sho‘rxok joylarida yulg‘un, sho‘ra, sho‘r ajriq, shuvoq, sarisazan, baliqko‘z o‘ssa, toshloqli yerlarida siyrak holda burgan, qora bayalich, isiriq o‘sadi. O‘zbekiston cho‘l mintaqasining daryo vodiylarida (Amu- daryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq va b.) to‘qayzorlar joy- lashib, qizilmiya, yantoq, qamish, qo‘g‘a, kendir, turang‘il, tol, jiyda, yulg‘un, chakanda (oblepixa) kabi o‘simliklar o‘sadi. Cho‘l hayvonlari. Cho‘l hayvonlari mahalliy sharoitga mos- lashgan bo‘lib, aksariyatining rangi qum rangidadir. Cho‘llar- dagi ba'zi hayvonlar (yumronqoziq, qo‘shoyoq, ko‘rsichqon) jazi- rama issiq va quruq yozga moslashgan. Yozda kunduzi qumlar +75 + 80°C qizib ketganligi tufayli, ba'zi hasharotlar, kaltakesak, ilon va boshqalar salqin joy- larda yoki inlarida bekinib, kech kirishi bilan faollashadi. Cho‘l mintaqasida sutemizuvchilardan cho‘l mushugi, jay- ron, oqquyruq, qoraquloq, qoplon, xongul, tulki va bo‘rilar yashaydi. Shuningdek, kemiruvchilardan yumronqoziqlar, qum- sichqon, qo ‘shoyoq, ko ‘rsichqon va tipratikan uchraydi. Cho‘llarda sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi), chipor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi yashaydi. Kaltakesak- lar ichida eng kattasi echkemar bo‘lib, uzunligi 1,5 m ga yetib, mayda kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar bilan oziq- lanadi. Cho‘lda hasharotlardan qoraqurt, chayon, falanga (biy), chi- girtka kabilar mavjud. Bular ichida qoraqurt o‘ta zaharli o‘r- gimchaksimonlar turiga kiradi. Cho‘l mintaqasi to‘qayzorlarida chiyabo‘ri, tulki, bo‘ri, to‘qay mushugi, to‘ng‘iz, qirg‘ovul, qarqara, birqozon, g‘oz, o‘rdak va boshqalar yashaydi. Adir mintaqasi. Okean sathidan 400—500 m dan 1000—1200 m gacha bo‘lgan balandliklarda joylashgan. Oddiy bo‘z tuproq tog‘ etaklarida, 500—600mdan1000m ga- cha bo‘lgan balandliklarda tarqalgan, tarkibida chirindi 1,5—2,5 foizni tashkil etadi. Okean sathidan 1000—1600 m balandliklarda to‘q tusli bo‘z 100 tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tarkibidagi chirindi miqdori 3—4 foizga boradi, ko‘pincha bahorikor ekinlar ekiladi. Adir mintaqasida cho‘lga nisbatan o‘simliklar ko‘proq bo‘lib, bahorda qizil, sariq rangdagi lolalar va chuchmomalar bilan qoplanadi. Shuningdek, qo‘ng‘irbosh, rang, sasir, yantoq, kavrak va gulxayrilar o‘sadi. Adirlarda zirk, na'matak, do‘lana kabi buta va chinor, terak, qayrag‘och kabi daraxtlar o‘sadi. Adir mintaqasida cho‘lga xos sudralib yuruvchilardan kal- takesak (agama, gekkon)lar, ilon (kapchabosh ilon, zaharli ko‘k ilon)lar, hatto falanga, chayon kabi hasharotlar ham uchraydi. Adirda tulki, bo‘ri, toshbaqa, yumronqoziq, jayra, bo‘rsiq va tipratikanlar uchraydi. Qushlardan pushtirang chug‘urchuq (asalarilar kushandasi), ko‘k qarg‘a, kaklik, zog‘cha, kalxat, qir- g‘iy va burgut kabilar yashaydi. Adir vohalarida musicha, chumchuq, bulbul, mayna, qaldirg‘och va sassiqpopishak va boshqalar mavjud. Tog‘ mintaqasi. Okean sathidan 1000 — 1200 m dan 2700— 2800 m gacha bo‘lgan balandlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi. Tog‘larda tog‘-qo‘ng‘ir va tog‘-jigarrang tuproqlari tarkib topgan bo‘lib, tarkibida chirindi miqdori 4—6 foizgacha yetadi. Tog‘ mintaqasining daryo vodiylari va qayirlarida o‘tloq, botqoq-o‘tloq tuproqlari uchraydi. Tog‘larda betaga, rovoch, tog‘ yalpizi kabi o‘tlar, na'matak, zirk, dukcho‘p va irg‘ay kabi butalar o‘sadi. Tog‘da bodom, pista, do‘lana, o‘rik, olma, olcha, nok, xandon pista kabi mevali da- raxtlar ham uchraydi. Tog‘ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan ba- landliklarida archa, yong‘oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o‘rmonlar uchraydi. O‘rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo‘tadillashtiradi, havodagi zararli moddalarni yutib, kis- lorod chiqaradi. Tog‘ mintaqasida hayvon turlari adirga nisbatan ko‘p. Lekin havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo‘lib, Oloy tog‘ iloni, Turkiston agamasi uchraydi. Tog‘ mintaqasida o‘rmon sichqoni, oq sichqon, ko‘rshapalak, oq suvsar, qunduz, o‘rmon olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, to‘ng‘iz yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‘a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabilar mavjud. 101 Yaylov mintaqasi. Yaylov mintaqasi 2700—2800 m dan ba- landda joylashgan bo‘lib, iqlimi sovuq va nam. Bunday sha- roitda och qo‘ng‘ir va o‘tloq tuproqlar hosil bo‘ladi. Yaylov mintaqasi subalp va alp o‘tloqlaridan iborat. Ayrim, quyoshga teskari yonbag‘irlarda yil bo‘yi qor saqlanishi mumkin. Subalp o‘tloqlarda, asosan, baland bo‘yli o‘tlar, shuningdek, boshoqlilardan yovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar o‘sadi. Alp o‘tloqlarida to‘ng‘izsirt, qoqio‘t, tipchoq, binafshalar o‘sadi. Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan alqor, bug‘u (elik), qo‘ng‘ir ayiq, tog‘ takasi, muflon, qoplon, qor barsi, kiyiklar, kemiruvchilardan — sug‘ur yashaydi. Yaylovdagi oq tirnoqli ayiq «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan. O‘zbekistonning yuqorida qayd qilingan balandlik mintaqala- ridagi suv havzalarida baliqlarning bir necha turlari yashaydi. Ularning eng muhimlari laqqabaliq, zog‘orabaliq, shohbaliq (oybaliq), marinka, cho‘rtanbaliq kabi baliqlardir. Amudaryo va Sirdaryoda yashovchi qilquyruq balig‘i noyob tur bo‘lib, «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan. Savol va topshiriqlar 1. Nima sababdan adir mintaqasidagi tuproqlar nisbatan chirin- diga boy? 2. Cho‘l va tog‘ mintaqalarining o‘simlik va hayvonot dunyosiga qiyosiy tavsif bering. 3. Tog‘ va yaylov mintaqasida qanday hayvonlar uchraydi? O‘ZBEKISTONNING TABIIY BOYLIKLARI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH 1. Tabiiy boylik (resurs) nima? Tabiiy boyliklarning turlarini bilasiz? 2. Qo‘riqxonaning milliy bog‘dan nima farqi bor? qaysi Inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar — yer- osti boyliklari, suv, havo, tuproq, o‘simliklar, hayvonot ola- mi va boshqalar tabiiy resurs (boylik) hisoblanadi (33- rasm). O‘zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini muhofaza qilish — inson uchun zarur bo‘lgan qazilma boyliklardan oqilona foy- dalanish, suv va havoni toza saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash, o‘simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib, qayta tiklashni hamda xushmanzara joylar (sharshara, shovva, ajoyib manzaralar, buloq va boshqalar)ni tabiiy ho- licha saqlash kabilarni o‘z ichiga oladi. 102 33- rasm. Tabiiy resurslar va ularning turlari. Lekin hozir tabiatga inson xo‘jaligi faoliyatining ta'siri nati- jasida respublikamizning ba'zi okruglari (Orolbo‘yi, Surxon vodiysi, Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryo)da ekologik holat yomonlashib bormoqda. O‘zbekiston havosining ifloslanishida energetika, neft-gaz sa- noati, transport, kimyo sanoati, metallurgiya sanoati, mai- shiy-kommunal xo‘jalikning hissasi katta. O‘sha korxonalar chiqarayotgan zararli birikmalarni 100 foiz desak, ular quyi- dagicha taqsimlangan (34- rasm). O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari va transportdan yiliga 2000 tonna atrofida iflos chiqindi (birikma)lar chiqarilib, uning 1300,1 tonnadan ortig‘i transport hisobiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, 103 Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Andijon kabi katta shaharlar havosi ifloslanishining 80 foizi avtotransport hissasiga to‘g‘ri keladi. Yirik sanoat obyektlari joylashgan shaharlarda havoning ifloslanishida sanoatning hissasi katta. Natijada, Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlar havosi oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vo- dorod ftorid va boshqa gazlar bilan ifloslangan. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari ha- vosi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi aluminiy zavodidan chiqqan zaharli ftor gazi bilan ifloslangan. Natijada, tuman- larda bolalar o‘limi ko‘paymoqda, uzum va mevali daraxt- larning bargi sarg‘ayib, qoramollar kasallanib, tishi to‘kilib ketmoqda. Respublikamiz havosini toza saqlash uchun korxonalarda zamonaviy tozalovchi inshootlar qurish zarur. Bunda havoni ifloslovchi moddalarni ushlab qolib, ulardan qayta foyda- lanish imkoniyati vujudga keladi. Respublikamiz daryolari sanoat korxonalari, maishiy xiz- mat ko‘rsatish, sog‘lomlashtirish tashkilotlari, parrandachilik majmuyi va chorvachilik fermalaridan chiqqan suvlar hamda zovur suvlari bilan ifloslanmoqda. Suv boyliklarini toza saqlashdagi asosiy vazifa o‘sha kor- xonalardan chiqayotgan iflos suvlarni tozalab, zararsizlantirib, so‘ngra suv havzalariga tashlashga erishishdan iborat. O‘zbekistonning tuproq qatlamini eroziyadan saqlash, uning unumdorligini tiklash uchun kurashish kerak. Buning uchun ekinlarni sug‘orish qoidasiga rioya qilish, sug‘orishning ilg‘or usullaridan foydalanishga o‘tish zarur. Ekinlarning hosildor- ligini oshirish uchun ko‘proq organik o‘g‘itlar (go‘ng) dan foy- dalanib, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan kurashishga erishish zarur. Respublikamiz havosining musaffo, xushmanzara yerlarining ko‘p bo‘lishi, avvalo, yashil o‘simliklarga, ayniqsa, o‘rmon- larga bog‘liq. Aholining o‘rmonlarga, ayniqsa, mevali (yong‘oq, pista, bodom, do‘lana va hokazo) va dorivor (zira, piyoz, anzur, qoraqand, oqqayin, yetmak va boshqa) o‘simliklarga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishi tufayli ular kamayib ketmoqda. Shu sababli dam oluvchilar, sayyohlar, o‘quvchilarga o‘simlik- larni nobud qilmaslik, ularning mevasini, urug‘ini ruxsatsiz yig‘maslik kabi tushuntirish va targ‘ibot ishlarini keng olib bo- rish zarur. 104 So‘nggi yillarda insonning xo‘jalik faoliyati ta'sirida (yerlarni haydash, yangi turar joylar barpo etish, yaylovlardan no- to‘g‘ri foydalanish, noto‘g‘ri ov qilish) hayvonlar soni va tu- ri kamayib ketmoqda. Chunonchi, oqquyruq, jayron, laylak, xongul, arxar, burama shoxli echki (morxo‘r), qirg‘ovul, kaklik miqdori keskin kamayib ketdi. Ba'zi hayvonlar, jumladan, Turon yo‘lbarsi butunlay yo‘qolib ketdi. O‘zbekiston tabiatining ko‘rkamligi uning hududida nodir tabiat go‘shalari (ajoyib soy, jilg‘a, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, har xil jinslar, ochilib qolgan qoyalar, g‘or- lar, korizlar, sardobalar va hokazolar)ni tabiiy holicha saqlab qolishga bog‘liq. O‘zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o‘sim- lik va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli «O‘zbekiston Qizil kitobi» nashr etilgan. Uning birinchi jildiga noyob o‘simlik turlaridan Korovin shirachi, Turkiston yovvoyi noki, yovvoyi anor, Zarafshon piyozi, tog‘piyoz, O‘zbekiston lolasi, yovvoyi anjir, Omonqora va Buxoro astragali, yovvoyi uzum, chinnigul, mingdevona, sumbul, chi- lonjiyda, Chimyon lolasi, guli salim kabi o‘simliklar kiritilgan. «Qizil kitob»ning ikkinchi jildidan shalpangquloq ko‘rshapalak, ko‘k sug‘ur, katta qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston qunduzi, sirtlon, qoplon, gepard, xongul, jayron, Ustyurt qo‘yi, Buxoro qo‘yi, arxar, oq va qora laylak, qizil g‘oz, lochin, burgut, oq turna, echkemar, kapcha ilon kabilar o‘rin olgan. O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilishda qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalarning ahamiyati juda katta. O‘zbekiston hududida 2016- yil holatiga ko‘ra 8 ta davlat qo‘riqxonasi, 3 ta milliy bog‘, 12 ta buyurtmaxona, 1 ta biosfera rezervati hamda 3 ta parvarishxonalar mavjud. Savol va topshiriqlar 1. Tabiiy boyliklarga nimalar kiradi? Siz yashab turgan joyda tabiiy boyliklarning qaysi turlari bor? 2. Atmosfera nima uchun ifloslanmoqda? Uni toza saqlash uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish zarur? 3. O‘zingiz yashab turgan joyda tuproq eroziyasiga qarshi qanday ishlar qilinmoqda? 4. «O‘zbekiston Qizil kitobi» nima uchun chop etilgan? 5. Qo‘riqxona va buyurtmaxonalar nima maqsadda tashkil etiladi? Yozuvsiz xaritaga qo‘riqxonalarni tushiring. 6. Nima sababdan katta shaharlar havosi har xil zararli birikmalar bilan ifloslangan? 105 TABIAT KOMPLEKSLARI TAVSIFI. O‘ZBEKISTONNING TABIIY GEOGRAFIK OKRUGLARI Q 1. O‘zbekiston hududi qanday tabiiy omillarga ko‘ra ikki qismga bo‘lingan? 2. O‘zbekiston tabiiy xaritasi bilan 35- rasmdagi chizmani taqqoslab, tabiiy geografik o‘lkalarning chegarasi qaysi hududlardan o‘tganligini aniqlang. O‘zbekiston hududi tabiiy geografik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Agar respublikamizning shimoli-g‘arbiy, g‘arbiy qismi tekislikdan iborat bo‘lsa, aksincha, sharqiy va janubi- sharqiy qismi tog‘lardan, ular orasidagi vodiylar (botiqlar)- dan iborat. Respublikaning tekislik va tog‘li qismi faqat geologik tuzilishi va relyefi jihatidan emas, balki hozirgi zamon tabiiy geografik xususiyatlari jihatidan ham bir-biridan farqlanadi. Tog‘larda denudatsiya va eroziya jarayoni kuchli bo‘lib, nuragan jinslar tekislik qismida to‘planadi. Tekislik qismi esa uzoq vaqt dengiz tagida qolib qalin cho‘kindi jinslar bilan qoplangan. Tog‘li qismi esa, asosan, paleozoy va mezozoy jinslaridan tarkib topib, gersin va so‘nggi tektonik jarayonlar ta'sirida ko‘tarilib qolgan. O‘zbekistonning tekislik qismi iqlimi 35- rasm. O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari. 106 qurg‘oqchil bo‘lib, yozi juda isib ketsa, tog‘oldi va tog‘larda harorat nisbatan salqin bo‘lib, yog‘in ortib boradi. Natijada, tuproq va o‘simlik jihatidan ham bir-biridan farqlanadi. Ana shuning uchun O‘zbekiston hududining tekislik qismi bilan tog‘oldi va tog‘ qismi orasidagi tafovutlarni hisobga olib, uni quyidagi ikki qismga — tekislik qismi hamda tog‘oldi va tog‘ qismiga bo‘lamiz. Tekislik qismi respublikamizning shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy hududlarini o‘z ichiga oladi. Tekislik qismining yer yuzasi okean sathidan taxminan 100—250 metr baland bo‘lib, O‘zbekistonning eng qurg‘oqchil qismidir. Tekislik, asosan, cho‘llardan iborat bo‘lib, unda shu sharoitga moslashgan o‘simlik va hayvonot dunyosi mavjud. Tog‘oldi va tog‘ qismi O‘zbekiston hududining janubi-sharqiy va sharqiy qismlari (adirlar, tog‘oldilari, tog‘- lar, tog‘ oraliqlaridagi vodiylar)ni o‘z ichiga oladi. Tog‘oldi va tog‘ qismi tabiat unsurlari (geologik tuzilishi, yer yuzasi, iqlimi, suv- lari, tuproq-o‘simlik qoplami, hayvonot dunyosi) tekislikdan tog‘ga tomon o‘zgarib boradi va balandlik mintaqalanishi vujudga keladi. O‘zbekistonning tekislik qismi ham, tog‘oldi va tog‘li qismi ham tabiiy sharoiti jihatidan farqlanuvchi yirik tabiiy hududiy kompleks — okruglarga bo‘linadi (35- rasm). O‘zbekiston hududini tabiiy geografik okruglarga ajra- tishning ular orasidagi tafovutlarni ilmiy jihatdan bilib olish- dan tashqari, amaliy ahamiyati ham bor. Chunki tabiiy boyliklardan oqilona foydalanib, ularni muhofaza qilish, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini ixtisoslashtirish, eng avvalo, har bir okrug tabiati ichidagi tafovutlarni puxta bilishni taqozo etadi. O‘zbekistonning tekislik qismi 5 ta tabiiy geogra- fik okrugga bo‘linadi: 1) Ustyurt, 2) Quyi Amudaryo, 3) Qizil- qum, 4) Quyi Zarafshon, 5) Orol. O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li qismi esa 6 ta tabiiy geografik okrugga bo‘linadi: 1) Surxondaryo, 2) Qashqadaryo, 3) O‘rta Zarafshon, 4) Mirzacho‘l, 5) Chirchiq-Ohangaron, 6) Farg‘ona. Mazkur tabiiy geografik okruglar yuqorida qayd qilin- ganidek ayni vaqtda tabiiy hududiy komplekslardan iborat bo‘lib, ular kompleks tabiiy sharoiti (yer yuzasining tuzili- shi, iqlimi, suvlari, tuproq-o‘simlik qoplami va boshq.)ga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik okrugi O‘zbe- kistonning shimoli sharqida, Sirdaryo bilan G‘arbiy 107 Tyanshan tog‘lari orasida joylashgan. Yer yuzasi Sirdaryo sohillaridan shimoli sharq tomon balandlashib borib, G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizimiga tutashib ketadi. Hudud, asosan, gersin tog‘ hosil bo‘lish jarayonida ko‘tarilib, so‘nggi tektonik jara- yonlar ta'sirida turli katta-kichik yo‘nalishdagi yer yoriqlari vujudga kelgan. Bulardan tashqari, hozir ham davom eta- yotgan yangi tektonik harakatlar ta'sirida pasaygan yuza turli balandliklarga ko‘tarilgan, ba'zi yerlari cho‘kkan, natijada biz hozir ko‘rib turgan okrugdagi tog‘ tizmalari (Chatqol, Pis- kom, Qorjontov, Qurama tog‘i va boshq.) va ular orasida joylashgan botiqlar (Chirchiq va Ohangaron vodiylari) paydo bo‘lgan. Bu okrugda yangi tektonik jarayon hozir ham davom etayotganligi tufayli zilzilalar bo‘lib turadi. Iqlimi ham tog‘ tomon o‘zgarib, iyulning o‘rtacha harorati +26 +27°C, yan- varniki esa —2—14°C atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 300—550 mm, G‘arbiy Tyanshan tog‘larida 800—900 mm atrofida bo‘ladi. Okrugdan Sirdaryoning o‘ng irmoqlari — Chirchiq, Ohangaron daryolari oqib o‘tadi. Tuproq-o‘simlik qoplami jihatidan balandlik mintaqalanish qonuniyatiga ega bo‘lib, o‘z ichiga adir, tog‘ va yaylov mintaqalarini oladi. O‘zbekistonning eng shimoli g‘arbida joylashgan Ustyurt okrugining yer yuzasi dengiz sathidan 100—250 m baland- likdagi platodan iborat. Platoning yerusti tuzilishi bir xil bo‘l- masdan, kichik balandliklardan, ular orasidagi botiqlardan iborat bo‘lib, atroflicha tikka jarliklar (chinklar) hosil qilib tushadi. Ustyurt okrugi O‘zbekistonning shimoli g‘arbida joylashib, atrofi ochiq bo‘lganligi tufayli sovuq havo oqimi to‘siqsiz kirib keladi. Natijada, yanvarning o‘rtacha harorati —10—11°C ga tushib, ba'zan eng past harorat —38°C ga tushadi. Yozi issiq, quruq, davomli bo‘lib, eng yuqori haro- rat +44°C ga yetadi. Okrug tipik cho‘l landshafti bilan tav- siflanadi. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekiston hududi tabiiy sharoitiga ko‘ra necha qismga bo‘linadi? 2. Nima sababdan respublikamiz tabiiy geografik okruglarga bo‘linadi? 108 1. 2. CHIRCHIQ-OHANGARON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI O‘zbekiston tabiiy xaritasidan Chirchiq-Ohangaron okru- gining geografik o‘rnini aniqlang. Okrugdagi tog‘lar qaysi tog‘ tizmasiga mansubligini bilib oling. Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik o‘krugi respublikamiz- ning shimoli-sharqiy qismida, Sirdaryo bilan G‘arbiy Tyan- shan tog‘lari oralig‘ida joylashgan (36- rasm). Okrugning shimoli-g‘arbiy qismi Qozog‘iston bilan O‘zbe- kiston orasidagi chegaraga to‘g‘ri kelib, Qorjontov bilan Ugom tizmalaridan o‘tadi. Sharqiy chekkasidagi Qirg‘iziston bilan chegara Talas Olatovi, Piskom va Chatqol tog‘lari orqali o‘tadi. Qurama tizmasi okrugni Farg‘ona vodiysidan ajratib turadi. Janubi-g‘arbiy chegarasi Sirdaryo bo‘ylab o‘tadi. Tabiiy geografik okrug G‘arbiy Tyanshan tog‘larining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangaron vodiylarini, shuning- dek, Dalvarzin cho‘lini o‘z ichiga oladi. YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Bu tabiiy geografik okrugning yer yuzasi ancha murakkab bo‘lib, shimoli sharqdan janubi g‘arbga, Sirdaryoga tomon asta-sekin pasayib boradi. Chirchiq-Ohangaron vodiysidagi tog‘lar paleozoy, mezo- zoy va kaynozoy eralari jinslaridan tarkib topgan. Tog‘larda granit, paleozoy ohaktoshlari, qumtosh va slaneslar, tog‘ etaklari va daryo vodiylarida paleogen, neogen va antropogen davrlarining shag‘al, qum va gil qatlamlari keng tarqalgan. Okrug yer yuzasining tarkib topishi paleozoy erasidan boshlangan. Tog‘lari dastlab kaledon, keyin gersin burmala- nishida ko‘tarilgan, so‘ngra tashqi kuchlar ta'sirida yemirilgan. Chirchiq va Ohangaron daryo vodiylarini mezozoy erasida dengiz qoplagan. Chirchiq-Ohangaron okrugining hozirgi relyefi vujudga kelishida antropogen davrida sodir bo‘lgan jarayonlar, xu- susan, neotektonik jarayonlarning ahamiyati katta. Zilzilalar natijasida daryo qayirlarining o‘zgarib turishi buning yorqin ifodasidir. Chirchiq-Ohangaron okrugidagi tog‘lar G‘arbiy Tyanshan- ning bir qismi hisoblanadi. Ular Talas Olatovidan janubi g‘arbga qarab panjasimon yo‘nalishga ega bo‘lib, bir-biridan 109 SARIOC Mavclbntdl do<’ i/a ]0 ‘ < jWHA^LAROX s 1 V 1’ong'ozdov. 7 iLmaliq \ <$- ..v< _ kAj a'aMhyer ' 2>—i------y ' &'•* /U 765 G'isht-cherepitsa xomashyosi Granit Kaolin (tuproq) □ Qurilish toshi □ Og ] Sement xomashyosi t.............................. SHARTLI BELGILAR Qo'ng'ir ko'mirfu] Qum-shag'al materiallari ■■ Mis rudalari © Oltin S Fluorit 13 Ohaktosh o Marmar □ Oyna, chinni,kvars qumi Mineral suv buloqlari •Q Tabiatning qiziqarli obyektlari BALANDLIK SHKALASI METRLARDA past 500 800 1400 2400 3400 baland I I 'III TTTS— 300 4(M> 600 1000 2000 3000 4(MH> Masshtab 1:1 100 000 1 smda 11 km XT/I t '1 - z Z fojIKISTONtJ 875 T .--T* 1 ]Chorvoi/ suv omb. 36- rasm. Chirchiq-Ohangaron tabiiy-geografik okrugi 110 daryo vodiylari orqali ajralib turadi. Ularning eng muhimlari Qorjontov, Ugom, Piskom, Ko‘ksuv, Chandalash, Chatqol tizmalari hisoblanadi. Chirchiq-Ohangaron okrugining eng g‘arbida Ugom tizma- si joylashib, Talas Olatovidan Manas cho‘qqisi (4484 m) yaqinidan janubi g‘arbga qarab davom etadi. Uning eng baland Sayram cho‘qqisi 4236 m. Ugom tizmasining janubi g‘arbida Qorjontov joylashgan. Undagi Mingbuloq cho‘q- qisining balandligi 2834 m. Ugom va Qorjontovlarning shi- moli-g‘arbiy yonbag‘irlari yotiq va keng, janubi-sharqiy yon- bag‘irlari tik va qisqa. Ugom tog‘ining sharqida unga parallel holda Piskom tizmasi joylashgan. Uning eng baland cho‘qqisi — Beshtor 4299 m. Piskom tog‘ining janubi sharqida, Chatqol daryosi bilan Ko‘ksuv daryosi orasida Ko‘ksuv tog‘i joylashgan. Piskom tog‘ining janubi sharqida Chatqol tizmasi joy- lashgan. Chatqol tizmasidan shimoli g‘arbga qarab Kichik Chimyon va Katta Chimyon (3309 m) tog‘lari, janubi g‘arbga qarab esa Qurama tog‘i ajralib chiqadi. Uning eng baland Boboiob cho‘qqisi 3769 metrga yetadi. Qurama tog‘ining Qamchiq dovoni (2267 m) dan Farg‘ona vodiysiga tunnel orqali avtomobil va temiryo‘llari o‘tkazilgan (36- rasm). Chirchiq-Ohangaron okrugi xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Ohangaron vodiysida mis, oltin, volfram, qo‘rg‘oshin kabi ma'dan konlari mavjud. Ohangaron vodiysi va Qorjontov etaklaridan aluminiy xomashyosi — alunit topilgan. Ohangaron vodiysida chinni xomashyosi — kaolin konlari mavjud. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekiston tabiiy xaritasidan Chirchiq-Ohangaron okrugi- ning geografik o‘rnini aniqlang va yer yuzasining tuzilishiga tavsif bering. 2. Tabiiy geografik okrugda qanday foydali qazilma konlari bor? 3. Chirchiq-Ohangaron okrugidagi tog‘lar qaysi burmalanishda ko‘tarilgan? Siz yashayotgan hududda qaysi tog‘lar joylash- gan? 111 IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI O‘zbekistonning tuproq va o‘simlik xaritalaridan foyda- lanib, Chirchiq-Ohangaron okrugida qanday tuproq va o‘simlik turlari mavjudligini bilib oling. Iqlimi. Chirchiq-Ohangaron tabiiy okrugining iqlimi bir xil emas. Uning tekislik qismiga ko‘proq Arktikaning sovuq hamda g‘arbdan esadigan iliq va nam havo massalarining oqimi kirib keladi. Uning yozi issiq va quruq, iyul oyining o‘rtacha ha- rorati +27°C. Aksincha, tog‘li qismi nisbatan salqin va nam- roq bo‘lib, iyulning o‘rtacha harorati +20°C atrofida. Yozning eng issiq kunlarida harorat tekislik qismida +44°C gacha, tog‘- larda esa undan past. Qish okrugda unchalik sovuq emas (tog‘larning baland qismi bundan mustasno). Yanvarning o‘rtacha harorati tekisliklarda —1 —2°C, eng sovuq harorat —30°C atrofida bo‘ladi. Okrugning tog‘li qismida qish tekislikka nisbatan sovuq, yoz esa salqin, yanvarning o‘rtacha harorati —2 —14°C (Chor- voqda —2,1°C, Chatqolda — 14,2°C), iyulning o‘rtacha harorati +17+24°C (Chorvoqda +24,5°C, Chatqolda +17,3°C). Eng sovuq harorat —32°C, eng issiq harorat +42°C. Yog‘in okrug bo‘yicha notekis taqsimlangan, eng kam yog‘in tekislik qismining janubi g‘arbiga to‘g‘ri kelib, 250— 300 mm bo‘lsa, shimoli sharq tomon ortib borib, 550 mm dan G‘arbiy Tyanshan tizmalarining nam havoga ro‘para yon- bag‘irlariga 2000 mm gacha yog‘in tushadi. Yog‘inning asosiy qismi bahor va qish oylariga to‘g‘ri keladi. Suvlari. Chirchiq okrugning eng yirik daryosi hisob- lanadi. Chirchiq daryosi Talas Olatovi, Chatqol, Piskom, Qor- jontov va Ugom tog‘laridan suv oladi, Chatqol va Piskom daryolarining qo‘shilgan joyidan Chirchiq deb ataladi. Chirchiq daryosining Chatqol, Piskom, Ko‘ksuv va Ugom kabi irmoqlari mavjud. Chirchiq daryosi tekislikka chiqqach, unga o‘ng tomondan Qizilsuvsoy, Qoraqiyasoy, Oqtoshsoy, chap tomondan Qoranqulsoy, Glavasoy, Oqsoqotasoy, Par- kentsoy, Zarkentsoylar qo‘shiladi. Chirchiq daryosi suvini 100 foiz desak, shuning 55 foizi Chatqolga, 36 foizi Pis- komga, 9 foizi Ugom va boshqa irmoqlariga to‘g‘ri keladi. Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik okrugida kichik ko‘llar ko‘p. Ularning eng kattalari Shovulko‘l (maydoni 0,4 km2, 112 suv hajmi 3,9 mln m3) va Katta Arashon ko‘li (maydoni 0,12 km2, suv hajmi 0,56 mln m3) hisoblanadi. Tuproqlari. Chirchiq-Ohangaron tabiiy okrugining tuproq- lari xilma-xil. Ular tekislik qismidan tog‘ga tomon o‘zgarib boradi. Chirchiq va Ohangaron vodiylarining quyi qismida bo‘z tup- roqlar tarqalgan. Ular o‘zlashtirilgan bo‘lib, madaniy bo‘z tuproqqa aylangan. Okrugning 300 — 500 m gacha baland bo‘lgan joylarida och tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan, ular tarkibidagi chirindi miqdori 1 —1,5foiz. 500—1200 m balandliklarda tipik va to‘q bo‘z tuproqlar tarqalgan. Ularning tarkibidagi chirindi miqdori 4—6 foizga boradi. Okrugning 1200—2500 m balandliklarida qo‘ng‘ir tog‘-o‘r- mon va jigarrang tog‘-o‘rmon tuproqlari tarqalgan bo‘lib, uning tarkibida chirindi miqdori 10 foizga boradi. 2500 m dan yuqorida tog‘-o‘tloq, tog‘-botqoq, toshloq-shag‘alli tup- roqlar tarqalgan. O‘simliklari. Chirchiq-Ohangaron vodiysida 300—500 m ba- landlikda, asosan, efemer va efemeroid o‘simliklar—lola, lolaqizg‘aldoq, rang, qo‘ng‘irbosh, bug‘doyiq, javdar, oq kavrak kabilar o‘sadi. Okrugning 500— 1200 m balandliklarida qo‘ng‘irbosh, bug‘- doyiq, kakra, bo‘tako‘z, marmarak, sariqchoy, butalardan do‘lana, tog‘olcha, achchiq bodom uchraydi. 1200—2500 m balandliklarda har xil o‘tlar (bug‘doyiq, cha- lov, betaga, shirach va h.k.), bodom, do‘lana, zirk, archa, yong‘oq, zarang, Tyanshan yeli, qayin, tol, terak, olma, olcha va boshqalar o‘sadi. 2500 m dan yuqoridagi subalp va alp o‘tloqlarida mushuk- quyruq, taran, qiziltikan, Alp lolasi va boshqalar o‘sadi. Qolgan balandlik mintaqalaridagi o‘simliklarni darslikning umumiy tavsif qismidan va xaritalardan aniqlang. Hayvonot dunyosi. Daryo sohillaridagi to‘qaylarda chiyabo‘ri, quyon, qushlardan o‘rdak, g‘oz va qirg‘ovullar yashaydi. Tekislik va tog‘ etaklarida sudralib yuruvchilar (kaltakesak va ilon), ke- miruvchilar (yumronqoziq, toshbaqa, hasharotlar), shuningdek, tulki, bo‘ri, bo‘rsiq, qushlardan kaklik uchraydi. Tog‘larda ayiq, to‘ng‘iz, kiyik, hatto qor barsi ham yashaydi. Qushlardan bedana, kaklik va kalxat, ulor va burgut bor. Daryolarida laqqabaliq, cho‘rtanbaliq, marinka, suv ombor- larida zog‘orabaliq, olabug‘a uchraydi. Okrugning o‘simlik va hayvonlarini muhofaza qilish uchun Chatqol biosfera qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Bu qo‘riqxonada 8— Geografiya, 7- sinf uchun 113 bug‘u, oq va ko‘k kabutar, g‘urrak, bedana, tirnoqli ayiq, qor barsi, malla sug‘ur, to‘ng‘iz, yelik yashaydi. Ulardan qor barsi (irbis) va malla sug‘ur (Menzbir sug‘uri) Xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan. Okrugda Chatqol biosfera qo‘riqxonasi va Ugom-Chatqol davlat milliy tabiat bog‘i tashkil etilgan bo‘lib, u tog‘oldi va tog‘ tabiiy komplekslarini saqlash va rekreatsiya hududi hisob- lanadi. Savol va topshiriqlar 1. Chirchiq-Ohangaron okrugi iqlim ko‘rsatkichlarini O‘z- bekiston iqlim xaritasidan aniqlab, havo harorati va yog‘in- lar miqdorining g‘arbdan sharqqa o‘zgarib borish sababla- rini tushuntiring. 2. Chirchiq-Ohangaron okrugida qaysi tuproq xillari uchraydi va qaysi o‘simlik turlari mavjud? O‘simliklari tekislikdan tog‘ga tomon qanday o‘zgaradi? 3. Tabiiy geografik okrugda qaysi qo‘riqxona joylashgan? FARG‘ONA TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI O‘zbekiston tabiiy xaritasidan Farg‘ona okrugi atrofini o‘rab turgan tog‘ tizmalarini aniqlang. Farg‘ona tabiiy geografik okrugi Farg‘ona vodiysida joylash- gan bo‘lib, atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Vodiy tabiati go‘zal va maftunkor, noz-ne'matlarga boy, jannatmakon okrug bo‘lib, uni «O‘rta Osiyo durdonasi» deb atashadi. Vodiyning xaritadan ko‘rinishi bodom shaklida bo‘lib, shi- moli g‘arbdan Mo‘g‘ultog‘, Qurama tog‘ tizmalari, shimoldan Chatqol tizmasi, sharqdan Farg‘ona tizmalari, janubdan esa Oloy va Turkiston tizmalari o‘rab turadi. Uning uzunligi g‘arbdan sharqqa 370 km ga cho‘zilgan, kengligi o‘rtacha 190km, eng tor yeri—g‘arbida eni 9 km bo‘lib, «Xo‘jand dar- vozasi» deyiladi. YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Farg‘ona vodiysining tekislik qismi Farg‘ona botig‘i deyi- ladi. Uning atrofini adir hamda tog‘lar o‘rab turadi. Okrug tektonik botiqda joylashib, neogen davrining oxiri va quyi antropogen davrida dengizdan bo‘shab, quruqlikka 114 aylangan. So‘ngra atrofidagi tog‘lardan boshlanadigan daryo- lar olib kelgan qum, gil, lyossimon jinslar bilan qoplangan. Farg‘ona botig‘ining atrofini adir va tog‘lar o‘rab olgan bo‘lib, ular geologik tuzilishi jihatidan farqlanadi. Tog‘lar, asosan, paleozoy erasida sodir bo‘lgan gersin tog‘ hosil qilish jarayonida quruqlikka aylangan. Ular, asosan, paleozoy era- sining slanes, ohaktosh kabi jinslaridan iborat. Farg‘ona vodiy- sida qazilma boyliklaridan neft, gaz, oltingugurt, tog‘ mumi, o‘tga chidamli gil, gips konlari mavjud. Okrug yerusti tuzilishi jihatidan, markaz tomon hamda sharqdan g‘arbga pasayib boradi. Atrofini o‘rab olgan adir- larning balandligi 600—1200 m bo‘lsa, Farg‘ona shahrida 578 m ga, Andijonda 496 m ga, Namanganda 449 m ga tushib qoladi. Okrugning sharqida mutlaq balandlik (Uchqo‘r- g‘onda) 500 m bo‘lsa, g‘arbidagi Qo‘qon shahrida 405 m ga, Xo‘jandda 320 m ga tushib qoladi (37-rasm). Farg‘ona okrugining markaziy qismi botiqdan iborat bo‘lib, nisbatan tekis. Undan Sirdaryo oqib o‘tib, uchta eski qayir hosil qilgan. Botiqning markaziy qismida Yozyovon va Qora- qalpoq cho‘llari bo‘lib, qum relyef shakllari — do‘nglar, o‘sim- lik bilan mustahkamlangan tepaliklar va kichik ko‘chib yuruv- chi qumlik (barxan)lar mavjud. Hozir o‘sha qum do‘nglari va tepaliklarning ko‘p qismi tekislanib, ekinzorlarga aylantirilgan. Farg‘ona vodiysining tog‘oldi qismida daryolar tog‘lardan keltirgan yotqiziqlardan paydo bo‘lgan konussimon yoyil- malar keng tarqalgan. Eng katta yoyilmani So‘x daryosi hosil qilgan. Konussimon yoyilmalar qadimdan dehqonchilik uchun o‘zlashtirilgan. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekiston tabiiy xaritasidan foydalanib, Farg‘ona tabiiy okrugining geografik o‘rnini aniqlang hamda yerusti tuzili- shining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib oling. 2. Farg‘ona botig‘i, adirlar atrofini o‘rab olgan tog‘lar qaysi geologik davrlarda paydo bo‘lgan va ular bilan bog‘liq qan- day qazilma boyliklari vujudga kelgan? 115 Qurania tizniasi bo ‘ylab ('hapchima <|ov ISFARA'- c .K()XIB()I)()M 37- rasm. Farg'ona tabiiy- 116 Podshoota daryosi TOSHKO-MI (joraunR"' Andijon suv ombori '1’OVTtX Qoraibir^ * □ Q □ 0 t '^ZUHTl »■■ 300 400 600 1000 2000 3000 4000 Masshtab 1:1 100 000 1 sm da 11 kin SHARTLI BELGILAR MarmarA Neft A Neft va tabiiy gaz A Tabiiy gaz C Oltin 0 Kumush rni Keramzit xomashyosi □ Gips Ohaktosh Qum-shag'al materiallari Granit G'isht-cherepitsa xomashyosi Qurilish toshi Sement xomashyosi Vermikulit Mineral suv buloqlari BALANDLIK SHKALASI METRLARDA past jWO SOOJ400 2400 3400 baland x ■** . 2876 idi / ~ A \ l Jr J gegrafik okrugi. 117 Farg‘ona tabiiy okrugi iqlimining shakllanishida atrofini o‘ragan tog‘lar qanday ta'sir etadi va iqlimning o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat? O‘zbekiston tuproq va o‘simlik xaritasi yordamida okrugda qanday tuproq hamda o‘simlik turlari mavjudligini aniqlang. ^9- §. IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI 1. 2. Iqlimi. Farg‘ona tabiiy geografik okrugi turli tomondan tog‘- lar bilan o‘ralganligi tufayli shimoldan, shimoli sharqdan esuv- chi sovuq va g‘arbdan esuvchi nam havo massalarining be- vosita o‘tishiga to‘siq bo‘ladi. Shu sababli uning iqlimi issiq, quruq, davomli yoz hamda mo‘tadil qish bilan tavsiflanadi. Qishda tabiiy okrugning atrofini o‘rab olgan tog‘lardan esa- digan sovuq havo Farg‘ona botig‘ining markaziy qismida to‘p- lanib qoladi. Okrugda qishin-yozin havo harorati g‘arbdan sharqqa to- mon hamda markaziy qismidan adirlar tomon pasayib bora- di: Qo‘qonda yanvarning o‘rtacha harorati —2,2°C, iyulniki +27,5°C bo‘lsa, Kampirravotda yanvarniki — 4,8°C, iyulniki +24,9°C ni tashkil etadi. Ba'zi yillari shimol va shimoli sharqdan sovuq havo mas- salari esib, tog‘lardan oshib o‘tishi natijasida okrug harorati pa- sayib ketadi. Ana shunday paytda eng sovuq harorat —26 —30°C ga tushadi. Okrugda yoz issiq va quruq bo‘lib, iyul oyining o‘rtacha harorati +26+27°C, eng issiq harorat esa +43+44°C ga yeta- di. Okrugda o‘simliklarning barq urib rivojlanish davri (vege- tatsiya) 230—240 kun davom etib, harorat yig‘indisi 4400— 4500°C ga yetadi. Farg‘ona tabiiy geografik okrugining g‘arbiy qismida yog‘in miqdori 80—250mm. Okrugning sharqidagi tog‘oldi va adirlar qismiga yiliga 300—400 mm yog‘in tushadi. Okrugda yog‘inning asosiy qismi bahor va qish oylariga to‘g‘ri keladi. Yog‘inning bir qismi qor holida yog‘ib, u bir yilda 30—38 kun erimay turishi mumkin. Bahor oylarida ba'zan jala yog‘adi va bu selni vujudga keltirib, xo‘jalikka zarar keltiradi. Okrugda qishda kuchli Bekobod shamoli vodiydan Mir- zacho‘l tomon essa, bahor va kuzda Mirzacho‘ldan vodiy tomon Qo‘qon shamoli esib turadi. Suvlari. Okrugdagi eng katta va sersuv daryolar— Norin, Qoradaryo va Sirdaryo hisoblanadi. 118 Norin daryosining uzunligi 578 km bo‘lib, qor-muz suv- laridan to‘yinadi. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi Uchqo‘rg‘on yaqinida sekundiga 427 m3. Suv sarfining 80 foizi mart— sentabr oylariga to‘g‘ri keladi. Qoradaryo Farg‘ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Tor va Qora G‘ulja daryolarining qo‘shilishidan vujudga kelib, Baliqchi qishlog‘ida Norin bilan tutashadi. Uning uzunligi 180km bo‘lib, qor-muz suvlaridan to‘yinadi. Yillik o‘rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog‘i yonida sekundiga 123 m3 bo‘lib, suv sarfining 46,4 foizi mart—iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Tabiiy geografik okrugning sharqidagi Farg‘ona tizmasidan Yassi, Ko‘gart, Qorao‘ngur, Moylisuv kabi daryo va soylar boshlanadi. Ular qorlarning erishidan to‘yinadi, eng ko‘p suv oqimi bahorda sodir bo‘ladi. Okrugni shimol va g‘arb tomonidan o‘rab olgan Chatqol va Qurama tog‘laridan Chodaksoy, Kosonsoy, Namangansoy, Chortoqsoy, Podshoota, Qorasuv kabi daryolar boshlanadi. Ularning suvi may—iyun oylarida ko‘payadi. Okrugning janubidagi Oloy va Turkiston tog‘laridan Xo‘ja- baqirg‘on, Isfara, So‘x (uzunligi 130 km, suv sarfi sekundiga 42 m3), Shohimardon, Isfayramsoy, Aravonsoy, Oqbura, Qurshab kabi daryolar boshlanadi. Bu daryo va soylar muz va qorlardan suv oladi, yillik oqimining 60 foizga yaqini iyul— sentabr oylariga to‘g‘ri keladi. Tuproqlari. Farg‘ona okrugining geologik va yer yuzasining tuzilishi, iqlimi, yerosti suvlarining xususiyatlari bir xil bo‘l- maganligi sababli uning tuproqlari ham xilma-xil. Uning markaziy past qismida, Sirdaryo qayirlarida o‘tloq, o‘tloq- botqoq, grunt suvi yuza joylarda botqoq-sho‘rxok, sho‘rxok, Yozyovon va Qoraqalpoq cho‘lida qumoq, qumli tuproqlar hosil bo‘lgan. Okrugning yerosti suvlari chuqur bo‘lgan tekis- lik qismida va adirlarda och tusli, oddiy (tipik) va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. O‘lkaning 300 — 500 m balandliklarida och tusli bo‘z tup- roqlar (chirindi miqdori 1—1,5 foiz), 500—800 m baland- liklarda oddiy bo‘z tuproq (chirindi miqdori 1,5—2,5 foiz) tarqalgan. Okean sathidan 800 — 1400 m balandliklarda to‘q tusli bo‘z tuproqlar (chirindi miqdori 3,5—4 foiz) tarqalgan. O‘simliklari va hayvonot dunyosi. Okrugning markaziy qis- midagi sho‘rxok yerlarda pashmak, baliqko‘z, seta, sho‘ra, yulg‘un, qumli yerlarida esa juzg‘un, quyonsuyak, saksovul o‘sadi. Sirdaryo qayirlarida yantoq, yulg‘un, qamish, tol, yovvoyi jiyda uchraydi. Adirlarda bahorda rang, qo‘ng‘irbosh, shaytonkavush 119 o‘sadi, ular yozda qurib qoladi, so‘ngra oq kavrak, oq shuvoq, qizil burgan, chalov o‘sishni davom ettiradi. Okrugga tutashgan tog‘ yonbag‘irlarida archa, terak kabi da- raxtlar ham o‘sadi. Okrugning markaziy qismidagi qumli yerlarda kaltakesak, yumronqoziq, qo‘shoyoq, ilonlar hamda har xil hasharotlar ya- shaydi. To‘qaylarida chiyabo‘ri, qirg‘ovul, g‘oz va o‘rdak uchraydi. Adirlarda toshbaqa, ilon, sichqon, yumronqoziq uchrasa, tog‘larida bo‘rsiq, bo‘ri, tulki kabi hayvonlar yashaydi. Suv havzalarida zog‘orabaliq, laqqabaliq, cho‘rtanbaliq, daryolarning tog‘li qismida qorabaliq (oybaliq) uchraydi. Savol va topshiriqlar 1. Okrug iqlimining tashkil topishida relyef ta'siri qanday? Nima uchun uning qishi nisbatan sovuq, yozi issiq va quruq? 2. Nima uchun va qanday sabablarga ko‘ra yog‘inlar g‘arbdan sharqqa, tog‘ va adirlar tomon o‘zgaradi? 3. O‘zbekiston tabiiy xaritasidan foydalanib, asosiy daryo va soylar ro‘yxatini tuzib, ular qaysi tog‘ tizmalaridan boshla- nishini bilib oling. 4. Nima sababdan qishda vodiydan Mirzacho‘l tomon Bekobod shamoli, bahor va kuzda Mirzacho‘l tomondan Farg‘ona vodiysi tomon Qo‘qon shamoli esadi? MIRZACHO‘L TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI O‘zbekiston tabiiy xaritasidan Mirzacho‘lning geografik o‘r- nini aniqlab, tabiatining o‘ziga xos tomonlarini bilib oling. Mirzacho‘l tabiiy geografik okrugi, asosan, Sirdaryo bilan Arnasoy ko‘li oralig‘ida joylashgan. U shimolda Qozog‘iston bilan, janubi sharqda Tojikiston bilan, shimoli g‘arbda Qizilqum okrugi bilan chegaradosh. Okrugning janubi va janubi g‘arbda Turkiston, Morguzar, Nurota tog‘ tizmalari joylashgan. Turkiston, Morguzar, Nurota tog‘larining shimoliy yonbag‘ri Mirzacho‘l, janubiy yonbag‘ri O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugiga kiradi, chegara ularning suvayirg‘ich qismlari orqali o‘tadi. Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Mirza- cho‘l okrugining yer yuzasi bir xil emas. U janubi sharqdan shimoli g‘arbga tomon pasayib boradi. Mirzacho‘l okrugi geo- logik tuzilishi jihatidan ham bir xil emas. Uning janubidagi tog‘ 120 tizmalari paleozoy erasining gersin tog‘ hosil bo‘lishi jarayonida ko‘tarilgan. Bu davrda Mirzacho‘lning tekislik qismi dengiz suvi ostida bo‘lgan. So‘ngra ko‘tarilgan tog‘lar yemirilib pasaygan, natijada, ularning quyi qismlarini dengiz suvi bosgan. Alp tog‘ hosil bo‘lish jarayonida o‘sha pasaygan tog‘lar qayta ko‘tarilib, dengiz suvi chekinib, okrugning tekislik qismi ham quruqlikka aylangan. Okrugning tekislik qismi shimoli g‘arbga nishab bo‘lib, o‘rta- cha balandligi 250 — 300 m. Uning shimoli g‘arbining balandligi 260 m, janubi sharqiniki 350 m, Sirdaryo sohillarida 250 m. Janubidagi tog‘ etaklarida balandlik 450—530 m ni tashkil etadi. Turkiston tizmasining davomi hisoblangan Morguzar tog‘i okrug hududida joylashgan bo‘lib, o‘rtacha balandligi 1500— 2000 m, eng baland qismi esa 2621 m ga yetadi. Morguzar tog‘i g‘arbga davom etib, Sangzor daryo vodiysi orqali Nurota tog‘idan ajraladi. Sangzor vodiysining eng tor joyi Amir Temur (Ilono‘tdi) darvozasi (kengligi 120—130m) deyiladi. Nurota o‘rtacha balandlikdagi tog‘ bo‘lib, eng baland cho‘q- qisi Hayotboshi — 2169 m ga yetadi. Nurota tog‘ining sharqiy qismini Qo‘ytosh tog‘i deb atashadi. Qo‘ytosh tog‘i etagida Pistalitog‘, uning janubi sharqida Baliqlitog‘ joylashib, eng baland yerlari 500—580 m atrofida o‘zgarib, soylar bilan par- chalangan (38-rasm). Turkiston-Nurota tog‘lari asta-sekin pasayib, Mirzacho‘l tekisligiga tutashib ketadi. Mirzacho‘l tekisligining yuzasi past- balandliklardan iborat bo‘lib, markaziy qismida Sirdaryoning qadimiy o‘zanlarida Yettisoy, Sardoba, Qorasuv, Yog‘ochota, Sho‘ro‘zak kabi botiqlar joylashib, Arnasoy tomon pasayib boradi. Bu o‘zansimon botiqlar orasida Boyovut, Mirzaobod, Mirzacho‘l, Yerijar kabi balandliklar (tepachalar) joylash- gan. Mirzacho‘l tekisligining shimoli sharqida Sirdaryoning uchta terrasasi joylashib, bir-biridan 2—3 m balandlikda turadi. Foydali qazilmalar ko‘p emas. Asosiy qazilma boyligi mar- mar, asbest, ohaktosh, polimetall rudasi, tuzlar va boshqalar. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekistonning tabiiy xaritasidan foydalanib, okrugning yer yuzasiga tavsif bering. 2. Mirzacho‘l okrugi janubidagi tog‘lar qaysi davrda ko‘ta- rilgan, tekislik qismi esa qachon quruqlikka aylangan? 3. O‘lkaning tekislik qismidagi Sirdaryoning qadimiy o‘zanlari o‘rnida vujudga kelgan qanday botiqlar bor? 121 Turkiston tizmasi Sangzor daryosi [] Sement xomashyosi fm Keramzit xomashyosi @ Asbest <|> Bazalt ! Mineral suv buloqlari I X?’ x' \ / JSurota ' Z^i^laviat ' q&rtqxqnasi. SHARTLI BELGILAR Polimetall rudalari * Temir rudalari Marmar |H] Qum-shag'al materiallari O Qurilish toshi QG'isht-cherepitsa xomashyosi •jJj- Tabiatning qiziqarli obyektlari ) i ' Ovga'dov. 1701 38- rasm. Mirzacho‘l tabiiy 122 Amir Temur darvozasi ARAFSHOX Zoniin Aydarko ‘l \\7.omin 'suv omb. )RI)ARA I P' \ ' geografik okrugi. 123 IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI Arktika va Sibirdan esuvchi sovuq havo massalari okrug iqlimiga qanday ta'sir etadi? Iqlimi. Mirzacho‘l okrugining tekislikdan iborat ekanligi va janubida tog‘ tizmalarining mavjudligi natijasida iqlimi o‘ziga xosdir. Qishda Arktika va Sibir sovuq havo massalari bemalol to‘siqsiz tekislikka kirib keladi. Bu sovuq havo massalari ok- rug janubidagi tog‘lardan o‘ta olmay, tekislik qismida to‘p- lanadi. Natijada, qishda havo harorati pasayib, yanvarda o‘rtacha harorat —1 — 3°C bo‘lsa, ayrim kunlarda havo haro- rati —30 —35°C gacha pasayadi. Aksincha, yozda termik dep- ressiya ta'sirida bo‘ladi va havo quruq, jazirama issiq bo‘lib, iyulning o‘rtacha harorati +26 +28° C bo‘ladi, ba'zida harorat +44+45°C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Mirzacho‘lning tekislik qismida yillik yog‘in miqdori 200— 350 mm atrofida bo‘lib, tog‘larga tomon orta boradi. Okrugning janubiy qismidagi Nurota tizmasi va Morgu- zarning shimoliy yonbag‘rida yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 350—400mm ni tashkil etadi. Turkiston tog‘ tizmasining shimo- liy yonbag‘rida esa 600 mm dan ortadi. Tog‘larda qor ko‘p yog‘adi, uning qalinligi 50 sm dan 1 m gacha yetadi. Mirzacho‘lning tekislik qismida o‘rtacha yillik yog‘in miq- dori 250 mm atrofida bo‘lgani holda mumkin bo‘lgan bug‘- lanish 1000—1200 mm. Demak, bug‘lanish yog‘in miqdoriga nisbatan 4—4,5 baravar ko‘p. Suvlari. Okrugning eng yirik va asosiy suv manbayi — Sirdaryo. Sirdaryo Mirzacho‘lning shimoli sharq tomonidan oqib o‘tadi. Sirdaryo vodiysining Mirzacho‘l okrugi hududidagi keng- ligi 15 km ga yetadi. Daryo o‘zanining qirg‘oqlari tik. Vodiyda qoldiq o‘zanlar uchraydi. Qoldiq o‘zanlarning ayrimlari ko‘l va botqoqliklardan iborat. Sangzor Turkiston tizmasidagi qor suvidan to‘yinadi, yoz- da suvi ko‘payib, qishda kamayadi. O‘rtacha bir oydagi suv sarfi sekundiga 6,1 m3, eng ko‘p suv sarfi sekundiga 12,2 m3 ni tashkil etadi. Daryoning uzunligi 123km. Uning suvini tartibga solish maqsadida Jizzax shahri yaqinida suv sig‘imi 100 mln m3 bo‘lgan Jizzax suv ombori qurilgan. 124 Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘ridan boshlanuv- chi Zominsuv, Rovotsoy, Sayxonsoy, Turkmansoy, Achisoy, Qushchisoy, Jalairsoy kabi soylar mavjud. Bularning suvi bahorda ko‘payib, yozda kamayib qoladi. Okrugning shimoli-g‘arbiy qismida O‘zbekistondagi eng yirik ko‘llar tizimi —Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi joylashgan. Bu ko‘llar 1969—1970-yillarda Sirdaryo nihoyatda sersuv bo‘lgan paytda Chordara suv omboridan juda katta hajmda suv tashlanganligi natijasida vujudga kelgan. Okrug markaziy qismining yuzasi nisbatan tekis bo‘lganligi tufayli grunt suvining siljishi qiyin bo‘lib, yuzada (1—5 m chuqurlikda) joylashib, sho‘r, ichishga yaroqsiz. Tekislikning Sirdaryo qayirlarida esa grunt suvining chuqurligi 1—3 m atrofida bo‘lib, sho‘rlashgan. Tekislikning shimoli g‘arbi (Ay- dar-Arnasoy ko‘li) tomon grunt suvi yer betiga (0,5—1m chu- qurlikda) yaqin bo‘lib, o‘ta sho‘rlangan. Lekin Mirzacho‘l tekis- ligidan tog‘oldi tomon grunt suv sathi chuqurlashib (10—20 m) va chuchuklashib boradi. Okrug tekislik qismining 200—300 m chuqurliklarida chu- chuk suv qatlami, 1500—3000 m chuqurliklarda esa mineral termik suv qatlami mavjudligi aniqlangan. Tuproqlari. Okrugda geografik o‘rniga ko‘ra, och va tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan bo‘lib, ular orasidagi chegara tax- minan 450 m mutlaq balandlikdan o‘tadi. Mirzacho‘l okrugining asosiy qismini sug‘orma och bo‘z va bo‘z-o‘tloq tuproqlar egallagan. Mirzacho‘l okrugining shimoli g‘arbida qumliklar mavjud bo‘lib, ular orasida sho‘rxoklar, gilli taqirlar uchraydi. Arna- soy, Aydar va Tuzkon ko‘llari atrofida sho‘rxoklar, botqoq- lashgan yerlar mavjud. Mirzacho‘l tekisliklaridagi qadimiy Sir- daryo o‘zanlari hisoblangan Yettisoy, Sardoba kabi botiqlarda sho‘rxoklar joylashgan. Tog‘ yonbag‘ri bo‘ylab tipik, to‘q bo‘z va jigarrang tuproqlar tarqalgan. O‘simliklari. Mirzacho‘l tabiiy okrugida cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalariga xos o‘simliklar uchraydi. Cho‘l o‘simliklari, asosan, efemerlar — sho‘ro‘zak, qora- bosh, burgan, lolaqizg‘aldoqlardan iborat bo‘lib, ular jazirama issiq boshlanishi bilan qovjiray boshlaydi. So‘ngra issiq va qurg‘oqchilikka chidamli shuvoq, chalov, sho‘ra, yulg‘un va yan- toqlar yozda ham o‘saveradi. Sho‘rxok joylarda tatir, burgan, sho‘rajriq, yulg‘un, tuyaqorin kabi o‘simliklar o‘sadi. Mirzacho‘lning tog‘ etaklari va undan yuqorida na'matak, irg‘ay, zirk, pista, bodom, olma, olcha kabi buta va mevali 125 daraxtlar o‘sadi. Nurota tog‘larida yong‘oqlar, Turkiston tog‘ tizmasining 1500—2500 m balandlik qismida archazorlar uchraydi. 2800—3000 metrdan balandda qo‘ng‘irbosh, rang, yovvoyi arpa kabi o‘tlar o‘suvchi yaylov mintaqasi boshla- nadi. Sirdaryo bo‘yidagi to‘qaylarda yulg‘un, tol, turang‘il, jiyda kabi o‘simliklar o‘sadi. Hayvonot dunyosi. Okrugning katta qismida cho‘l hayvonlari yashaydi, ulardan eng muhimlari kemiruvchilardan qo‘shoyoq, yumronqoziq, quyon, sudralib yuruvchilardan kaltakesak va ilon, yirtqichlardan bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, hasharotlardan chayon, fa- langa, sutemizuvchilardan tulki, bo‘ri, jayron uchraydi. Qush- lardan to‘rg‘ay, so‘fito‘rg‘ay, boyo‘g‘li yashaydi. Sirdaryo to‘- qaylarida to‘qay mushugi, to‘ng‘iz, chiyabo‘ri, qushlardan qirg‘ovul, o‘rdak va g‘ozlar, Sirdaryoda ondatralar yashaydi. Mirzacho‘l janubidagi tog‘larda yirik sutemizuvchi hayvon- lardan kiyik, tog‘ takasi, olqor, yirtqichlardan bo‘ri va tulki, shuningdek, qushlardan bedana, bulbul, kaklik, ulor, kalxat, lochin, qirg‘iy, burgut yashaydi. Daryo va suv havzalarida zog‘orabaliq, olabug‘a, laqqabaliq, cho‘rtanbaliq, qorabaliqlar uchraydi. Savol va topshiriqlar 1. Mirzacho‘l okrugiga xos iqlim nimalardan iborat va u qanday omillar ta'sirida vujudga kelgan? 2. O‘zbekiston relyef va iqlim xaritalarini taqqoslab, iqlim un- surlarining shimoldan janubga qarab o‘zgarishi sabablarini bilib oling. 3. O‘lka hududida qanday daryo va soylar mavjud, ularning o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat? 4. Nima sababdan Mirzacho‘l tekisligida grunt suvlari yuzada joylashib sho‘rlangan? 5. Tuproq va o‘simlik qoplami o‘lkaning shimolidan janubiga tomon qanday o‘zgaradi? Sababini tushuntirib bering. O‘RTA ZARAFSHON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI O‘zbekiston tabiiy xaritasidan foydalanib O‘rta Zarafshon okrugining chegaralarini aniqlab, unda qanday tog‘lar, balandliklar va botiqlar borligini bilib oling. Okrug O‘zbekistonning markaziy qismini, yer po‘stining tektonik jarayonlar ta'sirida cho‘kkan Zarafshon vodiysining respublikamizga qaraydigan o‘rta qismini o‘z ichiga oladi. Okrug aniq tabiiy chegaraga ega bo‘lib, uni shimol tomondan 126 Nurota tog‘lari, janubdan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari o‘rab tursa, sharqdan Tojikiston bilan che- garadosh. G‘arbda Quyi Zarafshon okrugidan Xazar yo‘lagi bilan ajralib turadi. YER YUZASI VA GEOLOGIK TUZILISHI, IQLIMI Zarafshon okrugi Turon plitasining cho‘kkan qismida joy- lashib, neogen davrida dengiz suvining cho‘kindisi tufayli quruqlikka aylangan, so‘ngra daryo o‘zanini yuvib, chuqur- lashtirib, qator qayirlar hosil qilgan. Bu qayirlar gil, qumoq va lyossimon jinslardan tashkil topgan. O‘rta Zarafshon okrugini har ikki tomonidan o‘rab turgan tog‘lar esa paleozoy erasining ohaktosh, kristall va slanes kabi tog‘ jinslaridan tarkib topgan. Bu jinslar gersin tog‘ hosil bo‘lish jarayonida burmalangan. Natijada okrug shimolida Nurota, Oqtov va Qoratov, janubida esa Qoratepa, Ziyo- vuddin hamda Zirabuloq tog‘lari ko‘tarilib qolgan. Bu tog‘lar so‘nggi nurash oqibatida pasayib, Zarafshon daryosining ir- moqlari va soylar hamda fizik nurash ta'sirida yassilanib, qiy- malanib, hozirgi qiyofasi shakllangan. Relyefi. O‘rta Zarafshon okrugining relyefi bir xil emas, uning vodiysi tekislikdan iborat bo‘lib, sharqdan g‘arbga pa- sayib boradi: Samarqand shahri yaqinida balandlik 700—750 m bo‘lsa, Kattaqo‘rg‘onda 450m, Navoiyda 347m ga tushib qoladi. Okrug markaziy qismidan ham shimolga, ham janubga ba- landlashib boradi. Okrugning shimolida Nurota tizmasi joylashib, o‘rtacha balandligi 1500 m, eng baland cho‘qqisi — Hayotbo- shi 2169 m. Nurota tog‘ining janubida balandligi 500—600 m bo‘lgan Nurota-Qo‘ytosh botig‘i o‘rnashgan, uning janubida G‘ubdintog‘, Qaroqchitog‘, Oqtov, Qoratov, Baxiltog‘ joy- lashgan. Zarafshon vodiysining janubida Qoratepa, Zirabuloq, Ziyo- vuddin tog‘lari joylashib, ular orasida Qarnob va Jom botiq- lari o‘rnashgan. Okrug hududidagi Zarafshon vodiysining o‘ziga xos xusu- siyati shundaki, u goh kengayadi, goh torayadi. Zarafshon vodiysining ana shunday kengaygan joyida Samarqand botig‘i joylashgan. Uning, yerusti tuzilishi yassi tekislikdan iborat bo‘lib, g‘arbda to Xazar yo‘lagigacha 220km ga cho‘zilgan. Uning kengligi 50—60km bo‘lib, shimol va janubdan past tog‘lar o‘rab olgan. Okrugning bu qismida Zarafshon daryo- sining uchta ko‘hna qayirlari bo‘lib, ular lyossimon yumshoq jinslardan tuzilgan. Shu sababli soy va mavsumiy suvlar yuvib, juda ko‘p jarlar hosil bo‘lgan. 127 'JQdako'l . suV'mtfb. .Jayijon" Kespujdika r komiirkaxi 1^X3 0 Oyoqog'Jm Sultonjagt) C3 d. Kattasho'r k.J\ y\ \ i i >h}i \ ./. ---------- f Q a s li c s.( \ 5^1 v"t_/K, ] 2M \ | Qoratepa do'ng. Nurota etagi GAZLI A A 209. ■ ■ 182 zXo'ja do'ng^S 'Ji X, 'r' ( ***. rsg?' '"yuMs. i<£ZT*3PC 39- rasm. O‘rta va Quyi Zarafshon 128 Zarafshon vodiysi r o V -J V A ** ▲ Neft /\ Neft va tabiiy gaz A Tabiiy gaz 0 Volfram rudalari O Oltin 0 Vollastonit ra Dolomit SHARTLI BELGILAR HD Keramzit xomashyosi UJ Gips Kl Ohaktosh Marmar H Oyna, chinni, kvars qumi M Dala shpati xomashyosi & Granit Bentonit tuproqlari [J Sement xomashyosi Q G'isht-cherepitsa xomashyosi □ Qurilish toshi Bazalt t Mineral suv buloqlari BALANDLIK SHKALASI METRLARDA 250 500 800 1400 2400 3400 i i iii i i i i i past 100 200 300 400 600 1000 2000 3000 4000 baland Masshtab 1:1900 000 1 sm da 19 km tabiiy geografik okruglari. 9— Geografiya, 7- sinf uchun 129 Samarqand botig‘i g‘arbga tomon torayib, pasayib boradi. Chunki Qoratov va Ziyovuddin tog‘larining g‘arbiy davomi hisoblangan Avtobach hamda Azkamar platolari yaqinlashib, Xazar yo‘lagini hosil qiladi. Bu yerda Zarafshon vodiysi tar- qalib, uning kengligi 8—10km bo‘lib qoladi. Xazar yo‘lagi- dan g‘arbga o‘tgach, Zarafshon vodiysi yana kengayib, pa- sayib, Buxoro vohasini hosil qiladi (39-rasm). Savol va topshiriqlar 1. Nima sababdan okrugning har ikki tomonidagi tog‘oldi tekisliklari qiymalangan va jarlar vujudga kelgan? 2. Okrugda qanday tog‘lar joylashgan va ular qaysi tektonik jarayonda burmalangan? IQLIMI, ICHKI SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIK QOPLAMI VA HAYVONOT DUNYOSI Iqlimi. O‘rta Zarafshon okrugi iqlimi O‘zbekiston tekislik qismidagiga o‘xshash bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq va quruq, yog‘in kam. Okrug janubda joylashganligidan hamda shimol, shimoli sharqdan tog‘lar bilan o‘ralganligidan qishda havo haddan tashqari sovib ketmaydi. Yanvarning o‘rtacha harorati —0,9—1,9°C. Ba'zan Arktika havosi kirib kelganda eng past ha- rorat —24 —35°C gacha pasayadi. Yozda esa havo ochiq bo‘lib, +26 +28°C atrofida bo‘lib, eng yuqori harorat +40+44°C ga yetadi. O‘rta Zarafshon okrugida sovuq bo‘lmaydigan kunlar bir yilda 213—215 kunni tashkil etadi. Vegetatsiya davridagi ijobiy haroratning yig‘indisi 4300—5000°C ga yetadi. O‘rta Zarafshon okrugida yog‘in miqdori g‘arbdan sharq tomon ortib boradi: Navoiyda (mutlaq balandligi 347m) o‘r- tacha yillik yog‘in miqdori 177mm, Kattaqo‘rg‘onda (465m) 282mm, Samarqandda (695m) 328mm. Vodiyni o‘rab olgan tog‘larda yillik yog‘in miqdori ortib, Omonqo‘tonda 881mm ni tashkil etadi. Yillik yog‘inning ko‘p qismi bahorda (49 foiz) va qishda (33 foiz) yog‘adi, yozda bor-yo‘g‘i 4 foizni tashkil etadi. Okrugda yog‘inning bir qismi qor tarzida yog‘adi. Lekin haroratning iliq bo‘lishi tufayli uzoq turmay erib ketadi. Tog‘- larda esa haroratning pastligi tufayli nisbatan uzoq vaqt erimay turadi. Ichki suvlari. Okrugning asosiy daryosi Zarafshon bo‘lib, u Turkiston va Zarafshon tog‘larining tutashgan qismida 130 joylashgan Ko‘ksuv tog‘ tugunidagi Zarafshon muzligidan Mastchoh nomi bilan boshlanadi. Mastchoh daryosi Fandaryo bilan qo‘shilgach Zarafshon nomini oladi. Zarafshon daryosi tog‘li qismida tor va chuqur o‘zanda tez oqib, 200 ga yaqin irmoqlarni qo‘shib oladi. Okrug hududiga o‘tgach, Zarafshon daryosining oqimi sekinlashadi. Samar- qand shahri yaqinida ikkiga, Oqdaryo (shimoldagisi) va Qora- daryoga (janubdagisi) ajralib, Xatirchi qishlog‘ida birlashadi. Ular orasida uzunligi 100 km, kengligi 15km bo‘lgan Miyon- qol oroli vujudga kelgan. Zarafshon daryosi Xazar yo‘lagidan o‘tgach Quyi Zarafshon okrugi boshlanadi. Zarafshon daryosiga okrug hududida doimiy quyiluvchi bironta irmoq yo‘q. Lekin sug‘orishga sarflanib, Zarafshon daryosiga quyilmaydigan 120ta soy mavjud. Ularning eng mu- himlari Urgutsoy, Omonqo‘tonsoy, Oqsoy, To‘sunsoy, Kat- tasoy, Tasmachisoy va boshqalar bo‘lib, ular mavsumiy qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinib, suvi bahorda ko‘payib, yozda juda kamayib qoladi. Zarafshon daryosi muz-qorlarning erishidan to‘yinadi. Shu sababli daryo suvi yozda ko‘payib, yillik oqimining 61 foizini aynan ekinlarni sug‘orish kerak bo‘lgan davrda oqizadi. Zarafshon daryosi sersuv bo‘lib, o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 165 m3, eng kami 30—35m3, eng ko‘pi sekundiga 930 m3. Zarafshon suvining bir qismi Eski Tuyatortar kanali orqali Sangzor daryosiga, Eski Anhor kanali orqali Qashqadaryo hav- zasiga oqizilsa, bir qismi okrug hududida sug‘orishga sarflanadi. O‘rta Zarafshon okrugida suvlardan oqilona foydalanish maqsadida Kattaqo‘rg‘on suv ombori qurilgan bo‘lib, suv si- g‘imi 1mln m3. Okrugda yerosti suvlarining zaxirasi katta bo‘lib, bo‘r, pa- leogen, neogen va antropogen davrlarning yotqiziqlari orasida joylashgan. Bo‘r davri yotqiziqlari orasida joylashib, 400— 500 m bo‘lgan chuqurliklardan chiquvchi yerosti suvlari chuchuk bo‘- lib ichishga yaroqli; paleogen va neogen yotqiziqlarining 90— 100m chuqurligida joylashgan suvlar ham sho‘r emas. Lekin antropogen davr jinslari orasida 1—20m chuqurliklarda joy- lashgan suvlar biroz sho‘rlashgan. Okrug hududining chuqur qismida issiq minerallashgan yerosti suvlari mavjud. O‘rta Zarafshon okrugida tuproqlar uning relyefiga, yot- qiziqlariga va yerosti suvlariga bog‘liq holda joylashgan. Okrug- ning sug‘oriladigan qismida chirindisi 1—2 foiz bo‘lgan o‘t- loq-voha tuproqlari tarqalgan. Zarafshon daryosining yuqori 131 qayirlarida esa qadimdan sug‘oriladigan bo‘z-voha tuproqlari joylashgan. Daryolarning quyi qayirlarida grunt suvi yuza bo‘lgan joylarda biroz sho‘rlashgan botqoq-o‘tloq tuproqlari uchraydi. O‘rta Zarafshon okrugining 350—400m balandlikkacha bo‘lgan tekisliklarida och bo‘z tuproqlar tarqalib, chirindi miqdori 1,5—1,7foiz, 350—400m dan baland bo‘lgan tog‘oldi tekisliklarida esa tipik bo‘z tuproqlar joylashib, chi- rindi miqdori 1,7—2,5foiz ga boradi, 400—1000m ba- landliklarda to‘q bo‘z tuproq joylashib, chirindi miqdori 2,5—3,5 foizga boradi. Okrugni o‘rab olgan tog‘larda bo‘z- qo‘ng‘ir, jigarrang tuproqlar tarqalgan. O‘rta Zarafshon okrugining ko‘p qismi yumshoq lyossimon yotqiziqlardan tashkil topgan. Shu sababli tog‘lardan boshla- nuvchi soylar, vaqtli suvlar ularni yuvib, jarlarni hosil qil- gan. Bundan tashqari, yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, o‘simliklarga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish, yerlarni noto‘g‘ri sug‘orilishi tufayli shamol va irrigatsiya eroziyalari sodir bo‘lmoqda. O‘simliklari. O‘ rta Zarafshon okrugining tabiiy o‘simliklari insonlarning xo‘jalik faoliyati tufayli ancha o‘zgargan. Shu sa- babli sug‘oriladigan yerlarda, asosan, madaniy o‘simliklar o‘sadi. Okrugning quyi qayirlarida qamish, ro‘vak, yulg‘un, tol, yantoq, ajriq, chakanda, chuchukmiya kabi to‘qay o‘simliklari uchraydi. O‘rta Zarafshon okrugining qadimiy qayirlari va tog‘oldi tekisliklarida bahorda rang, qo‘ng‘irbosh, lolaqizg‘aldoq, chuchmoma kabilar o‘sadi. Ular yozda sarg‘ayib, quriy bosh- laydi. Lekin qoqiquloq, shuvoq, chalov, mingbosh kabi o‘sim- liklarning o‘sishi davom etaveradi. Okrugni o‘rab olgan tog‘larning quyi (adir) qismida (400— 1000m balandliklarda) bahorda efemer va efemeroid o‘sim- liklari, shuningdek, shuvoq, yovvoyi bug‘doy, yovvoyi arpa, cho‘l yalpizi, chalov, mingbosh, yetmak o‘sadi. Tog‘larning 1000m baland qismida oqso‘xta, gulxayri, shuvoq, tog‘yalpiz, chalov, lola, astragal, daraxtlardan archa va har xil butalar mavjud. Hayvonlari. O‘rta Zarafshon okrugi aholi zich yashaydigan hududlardan biri bo‘lib, tabiiy faunaga salbiy ta'sir ko‘rsat- gan. Shu sababli tabiiy holda yashovchi hayvonlar xalq xo‘jaligida o‘zlashtirilmagan hududlarda uchraydi. Ularning eng muhimlari sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; sut- emizuvchilardan yumronqoziq, sichqon, ko‘rsichqon, kalamush, 132 bo‘ri, tulki, quyon, bo‘rsiq; qushlardan so‘fito‘rg‘ay, chumchuq, zarg‘aldoq, bedana, kaklik, boyo‘g‘li (ukki), qirg‘iy va b. yashaydi. O‘rta Zarafshon okrugi to‘qayzorlarida qurbaqa, suv iloni, o‘rdak, qirg‘ovul, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi, ondatra, quyon uchraydi. O‘rta Zarafshon to‘qay landshaftini va u yerda yashovchi o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida 1975- yili Zarafshon qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Bu qo‘riqxonada o‘sim- liklardan chakanda (oblepixa), hayvonlardan Zarafshon to‘ng‘izi himoya qilinadi. Savol va topshiriqlar 1. Nima sababdan okrugda qish shu geografik kenglikda joy- lashgan Qizilqum okrugidan iliq? 2. Okrugda yillik yog‘in miqdorining g‘arbdan sharqqa borgan sari ortib borishi sababini tushuntirib bering. 3. Zarafshon daryosi nima uchun yozda eng ko‘p suv oqizadi? 4. Okrug yerosti suvlari nima sababdan Quyi Zarafshon okru- gidagi yerosti suvlariga nisbatan chuchuk? 5. O‘zbekiston tabiiy, iqlim va o‘simlik xaritalarini bir-biriga taqqoslab, nima uchun okrug hududida tuproq turlari bir xil joylashmaganligini tushunib oling. 6. Okrugdagi to‘qay o‘simlik turi bilan tog‘oldi tekisliklarida o‘suvchi o‘simliklar orasidagi farq nimalardan iborat? 7. Zarafshon qo‘riqxonasi nima maqsadda tashkil etilgan va unda qaysi o‘simlik turi muhofaza qilinadi? ^4-§. QASHQADARYO TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI 1. O‘zbekiston atlasidagi geologik va tektonik xaritalarni o‘rganib, bu okrugda qaysi davr jinslari ko‘p tarqal- ganligini va ular qaysi tog‘ paydo bo‘lish jarayonida vu- judga kelganligini aniqlang. 2. Bu okrugda qanday tog‘lar borligini va ular qaysi tog‘ tizmasiga tegishli ekanligini belgilang. Qashqadaryo okrugi O‘zbekistonning janubida joylashgan bo‘- lib, uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovud- din tog‘lari orqali, g‘arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko‘l balandliklari orqali o‘tadi. Janubi va janubi g‘arbida Sandiqliqum okrugni Turkmanistondan ajratib turadi. Okrug sharqidagi Hisor tog‘lari, janubi sharqidagi Boysun tog‘lari uni Surxondaryo okrugidan ajratib turadi. 133 Samarqand '/.arafshon tizinasi ROVl LB0; SHARTLI BELGILAR Neft Neft va tabiiy gaz Tabiiy gaz Kaliy tuzi Osh tuzi Dolomit Ohaktosh J) Tallimarjon ■ suv omb. TALLLMARJOJi.. 793 oQiosir .. 1115 Zirabuloq lu&flarL ■ Marmar 'X/V s £ / G Bentonit gillari , \ [ ■n G'isht-cherepitsa \ v M xomashyosi \\\ [H] Qum-shag‘al materiallari ] Sement xomashyosi QD Keramzit xomashyosi t Mineral suv buloqlari * Tabiatning qiziqarli obyektlari BALANDLIK SHKALASI METRLARDA 250 500 S00 1400 2400 3400 4400 : ■ i : : : : : i i : : i i : past 200 300 400 600 1000 2000 3000 4000 ba Massbtab 1:1 100 000 1 sm da 11 km 40- rasm. Qashqadaryo tabiiy 134 Ilisor tivuasi bo ‘ylab QAMASH Oqsuv daryosi KATTA / Zaxana, dov. • L ■ ' \ AXJIKENtV* i'aclikoniarL os/ivbaiRy A •'&l wv oiub.\Ji Kvmkutan t. x > !197 “V \\?) Hi \ 2024- /‘ / vix- / / / geografik okrugi. 135 YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi yer yuzasi tuzilishi jiha- tidan bir xil emas. Uning shimoli, shimoli-sharqiy va sharqiy qismida Zarafshon, Hisor va Boysun tog‘lari joylashgan. Qashqadaryo okrugining shimoli sharqida Zarafshon tiz- masining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari joylashgan. Chaqilkalonning eng baland Zebon cho‘qqisi 2336 m ga yetadi. Bu tog‘ g‘arb- ga davom etib, Taxtaqoracha dovonida (1630 m) tugab, so‘ngra Qoratepa tog‘i boshlanib, eng baland yeri 2197 m ga yetadi. Qoratepa tog‘i Jom cho‘lida tugab, so‘ngra g‘arbga qarab Zirabuloq (Zindontog‘ cho‘qqisi — 1115 m) va Ziyovuddin tog‘lari davom etadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining sharqiy qismida Hisor tizmasi va uning davomi hisoblangan Hazrat Sulton, Chaqchar, Boysun tog‘lari joylashgan. Chaqchar tog‘idan ja- nubi g‘arbga tomon yo‘nalgan Osmontarash, Beshnov, Eshon- maydon kabi tog‘lar joylashgan. Chaqchar va Hisor tog‘lari tutashgan joylarda Botirboy, Seversev kabi kichik muzliklar mavjud. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tog‘li qismi g‘arb- ga va janubi g‘arbga pasayib, Kitob-Shahrisabz botig‘iga, so‘ng- ra adirlarga va tekisliklarga tutashib ketadi. Okrugning tekis- lik qismi yuzasi bir xil emas, unda onda-sonda qoldiq tog‘lar va platolar uchrab turadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining g‘arbiy qismida Qarshi cho‘li va vohasi joylashgan. Bu cho‘lda sho‘rxok- lardan iborat nisbatan pastqam joylar bo‘lib, ularning eng muhimlari Do‘ltalisho‘r, Sho‘rsoy, Suxtasho‘r, Yonboshsho‘r va boshqalar hisoblanadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida bir necha cho‘llar bo‘lib, Qarshi cho‘lining shimoli va shimoli g‘arbida Qarnob, Jom cho‘llari, janubi sharqida Nishon cho‘li joylashgan. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi geologik tuzilishi jiha- tidan bir xil emas. Uning tog‘li qismi paleozoy erasining gersin tog‘ hosil bo‘lishi jarayonida burmalangan bo‘lib, kris- talli slanes, ohaktosh, marmar, granit kabi jinslardan tashkil topgan. Zarafshon tog‘ining g‘arbiy davomi hisoblangan Cha- qilkalon ko‘proq gips, mergel, ohaktoshlardan tashkil topganligi tufayli karst jarayoni rivojlangan. O‘sha tog‘da O‘rta Osiyodagi eng chuqur — Kili (1082 m) g‘ori joylashgan (40-rasm). 136 Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tekislik qismi Turon plitasining sharqiy chekka qismi ustida joylashgan. Uning ustini esa qum, gil, konglomerat kabi jinslar qoplab olgan. Tekislikdagi qoldiq tog‘lar (Olovuddintog‘, Kosontog‘ va boshqalar) paleozoy va mezozoy jinslaridan tashkil topgan. Qashqadaryo okrugida gaz, neft, marmar, gips, dala shpati, har xil qurilish material konlari bor. Savol va topshiriqlar 1. Qashqadaryo geografik okrugining o‘ziga xos xususiyatlari ni- malardan iborat? Okrug tabiat elementlari g‘arbdan sharqqa qarab o‘zgarishini tushuntiring. 2. Qashqadaryo atrofidagi tog‘lar qaysi tog‘ paydo bo‘lish jarayonida vujudga kelgan? 3. Okrugda qanday foydali qazilmalar bor? 4. Nima sababdan Zarafshon tizmasining o‘rta qismida g‘or va karst jarayoni vujudga kelgan? IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI VA HAYVONOT DUNYOSI Iqlimi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining yozi issiq, quruq va davomli, qishi nisbatan iliq. Okrug shimol va sharq tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Bu esa Arktika va Sibirdan keladigan sovuq havo massalarining yo‘lini to‘sadi. Aksincha, g‘arbiy qismi ochiq bo‘lib, mo‘tadil dengiz va subtropik havo massalarining to‘siqsiz kirib kelishiga imkon beradi. Shu sa- babli qishda, yanvarning o‘rtacha harorati tekislik qismida 0+2°C, G‘uzorda +1,9°C, Kitobda +0,8°C, Qarshida +0,2°C. Ba'zan tabiiy sovuq havo massasi kirib kelib, turib qoladi va hududni sovitib yuboradi. Natijada, harorat G‘uzorda —23°C, Kitobda —26°C, Qarshida —27°C, Dehqonobodda —29°C gacha pasayadi. Yoz okrugning tekislik qismida issiq, quruq va quyoshli bo‘- lib, uzoq davom etadi. Iyul oyining o‘rtacha harorati +28 +29°C atrofida (Qarshida +28,8°C, Kitobda +28,4°C, G‘uzorda +29,4°C, Dehqonobodda +28,4°C) bo‘ladi. Ba'zan yozda eng yuqori harorat Qarshida +46°C, Kitobda +43°C, Dehqonobodda +43°C ga ko‘tariladi, bahor erta, kuz esa kech boshlanadi. Okrugning g‘arbiy qismida yillik yog‘in 131—155 mm bo‘lsa, shimoli sharqida 368—545 m. Tog‘li qismida 700—800 mm yog‘in tushadi. 137 Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida sovuqsiz kunlar 210—242 kun davom etadi (Qarshida 209 kun, Dehqonobodda 216 kun, Kitobda 219 kun, G‘uzorda 242 kun). Suvlari. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida yerusti suv- lari ichida eng muhimi daryolardir. Okrugda uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 33 ta daryo mavjud. Daryolari ichida eng kattasi Qashqadaryodir. Qashqadaryo Hisor tizmasining Tog‘tosh dovoni yaqinidan boshlanib, Muborakka yetmasdan qumlarga singib ketadi. U tog‘li qismida tor o‘zanda tez oqadi, Oqsuv irmog‘i qo‘shil- gandan so‘ng vodiysi kengayib tekislikka chiqqach, Tanxoz, Yakkabog‘daryo, Langar, G‘uzordaryo kabi irmoqlarini qo‘- shib oladi. Qashqadaryo qor suvidan to‘yinsa-da, uning Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabog‘ va Tanxoz irmoqlari qor-muzlik suvidan to‘yinadi. Chunki ularning havzasida umumiy maydoni 20,3 km2 maydonga ega bo‘lgan kichik muzliklar joylashgan. Jinnidaryo Hisor tizmasining Oqota va Sherdog‘ tog‘lari orasidagi buloqlardan boshlanib, uzunligi 57 km ni tashkil etadi. U qor va muz erishidan to‘yinib, suvi mart — iyun oylarida ko‘payadi. Oqsuv. Uzunligi 115 km bo‘lib, Hisor tizmasidagi Botirboy va Seversev muzligidan boshlanuvchi Botirboy bilan Xonaqasuv irmog‘ining qo‘shilishidan vujudga keladi. U qor- muzliklarning erishidan to‘yinadi. Tanxozdaryo. Uzunligi 104 km, Hisor tizmasidagi G‘o- ziko‘ldan boshlanib, qorlarning erishidan va yerosti suvlaridan to‘yinadi. Yakkabog‘daryo. Uzunligi 108 km bo‘lib, Hisor tiz- masining janubi-g‘arbiy yonbag‘ridan boshlanadi. U qorlarning erishidan to‘yinib, 61,6 foizi mart—iyun oylarida oqadi. G‘uzordaryo. Uzunligi 68 km bo‘lib, Chaqchar tog‘i- dan boshlanadi. U qorlarning erishidan va yerosti suvlaridan to‘yinib, o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 5,90 m3 bo‘lib, uning 63,9 foizi mart—iyun oylarida oqadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida yerosti suvining katta zaxirasi bor. Bu yerda to‘rtlamchi davr yotqiziqlari orasidan chiqadigan suvlar ichishga yaroqli bo‘lib, hozirgi paytda aholini va chorvachilikni suv bilan ta'minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Bulardan tashqari bo‘r, paleogen davr yotqiziqlari orasidan shifobaxsh issiq mineral suvlar topilgan. Qashqadaryo okrugida bir necha suv omborlari qurilgan. Ulardan Chimqo‘rg‘on suv omborini suv bilan ta'minlashni 138 yaxshilash uchun Zarafshondan boshlanuvchi Eski Anhor kanali xizmat qiladi. Shuningdek, G‘uzordaryodagi Pach- kamar, Qarshi magistral kanalida qurilgan Tallimarjon suv omborlari bor. Qarshi magistral kanalining uzunligi 200 km bo‘lib, kuchli nasoslar yordamida Amudaryo suvini 150—200 m balandlikka ko‘tarib beradi. Tuproqlari. Qarshi cho‘lida ko‘proq och bo‘z tuproq tar- qalgan. Uning g‘arbida esa cho‘l sur-qo‘ng‘ir qumli, sho‘rxok va o‘tloq tuproqlar uchraydi. Sandiqli cho‘lining katta qismi qumliklardan iborat. Qashqadaryoning qadimiy o‘zanlarida o‘tloq va sho‘rxok tuproq uchraydi. Okrug tekislik qismining atroflaridagi nisbatan baland joy- larda och bo‘z tuproq keng tarqalgan. Adirlarda esa oddiy va to‘q bo‘z tuproqlar uchraydi. Bu tuproq turlari 1200 m gacha bo‘lgan baland joylarda tarqalgan. Ular tarkibida chi- rindi miqdori 1,5—2,5 foizga boradi. 1200—2500 m baland- liklarda tog‘-jigarrang va tog‘-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Okrugdagi tog‘larning 2500 m dan baland qismlarida qo‘n- g‘ir tog‘-o‘tloq, torfli-o‘tloq va o‘tloq tuproqlar tarqalgan. Qashqadaryo okrugidagi sug‘oriladigan yerlarda madaniy voha tuprog‘i uchraydi. O‘simliklari. Okrugning g‘arbiy tekislik qismida hamda janubi g‘arbidagi Sandiqli qumligida qurg‘oqchilik va qumga moslash- gan o‘simliklar — juzg‘un, iloq, selin, kavrak, qizil qandim, yet- mak, bulduruq o‘ti va saksovul o‘sadi. Mustahkamlangan qum- larda shuvoq va efemerlar ko‘proq. Gilli cho‘llarda shuvoq, sho‘ra o‘tlar, mingbosh, juzg‘un va boshoqli o‘simliklar o‘sadi. Qashqadaryo adirlarida shuvoq, burg‘un, bug‘doyiq, kavrak, oqquray, qo‘ziquloq, qurg‘oqchil va toshloq yerlarda bir yillik astragal, chiy kabilar o‘sadi. Adirlarda, shuningdek, bodom, zirk, do‘lana kabilar ham uchraydi. 1500—2500 mbalandliklarda o‘tlardan bug‘doyiq, shuvoq, tip- choq, javdar, shirach, daraxtlardan archa, yong‘oq, zarang, qayin, tol, terak, bodom, pista, olcha, do‘lana o‘sadi. Hayvonot dunyosi. Uning tekislik qismida cho‘lga moslashgan hayvonlar — sariq yumronqoziq, qo‘shoyoq, sichqon, kaltakesak, echkemar, ilon, bo‘ri, tulki va jayron kabilar yashaydi. Daryo vodiylaridagi to‘qaylarda chiyabo‘ri, qirg‘ovul, to‘qay mushugi uchraydi. Okrugning tog‘li qismida ayiq, tog‘ takasi, tog‘ qo‘yi, bo‘rsiq, bo‘ri, to‘ng‘iz, silovsin, o‘rmon kalamushi, qizildum sug‘ur, kulrang 139 sassiqko‘zan, suvsar, jayra, burgut, kabutar hamda shunga o‘xshash hayvon va parrandalar yashaydi. Okrug hududida Hisor qo‘riqxonasi barpo etilgan. Bu qo‘- riqxona Hisor tizmasining g‘arbiy qismida joylashgan. Uning maydoni 78 ming gektar bo‘lib, archazorlar va u yerda uch- rovchi oq tirnoqli Hisor ayig‘i, qor qoploni, tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, kaklik, Turkiston silovsini, olqor, kiyik kabilar muhofaza qilinadi. Qashqadaryo okrugida diqqatga sazovor joy va geografik obyektlar ko‘p. Shularning eng mashhurlaridan biri Kitob shahridagi kenglik stansiyasi hisoblanadi. Bu ilmiy maskan dunyodagi 5 ta kenglik stansiyasidan biri bo‘lib, Yerning magnit qutblarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Savol va topshiriqlar 1. Qashqadaryo iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari nimalar- dan iborat va uni vujudga keltiruvchi qanday omillarni bilasiz? 2. O‘zbekiston iqlim xaritasi yordamida harorat va yog‘in- larning hudud bo‘yicha o‘zgarish sababini aniqlang. 3. Tabiiy xaritadan asosiy daryolarni topib, ularning to‘yinish turini aniqlab, suv rejimini bilib oling. 4. Qashqadaryo okrugida nima sababdan tuproq va o‘simliklar xilma-xil? Ular sharoitga qanday moslashgan? 5. Okrugning qumli, tekislik va tog‘li qismida qanday hayvon- lar yashaydi? SURXONDARYO TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI O‘zbekiston tabiiy xaritasidan Surxondaryoning geografik o‘rni va chegaralarini aniqlang va uni qanday tog‘lar o‘rab turganligini bilib oling. Surxondaryo okrugi O‘zbekistonning eng janubida joylash- gan. U o‘z ichiga Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘larni oladi. Okrug sharqdan va shimoli sharqdan Bobotog‘ va Hisor tog‘lari orqali Tojikiston bilan, shimoli g‘arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Boysun tog‘lari orqali o‘tadi. G‘arbda Turk- maniston bilan bo‘lgan chegara Ko‘hitang tog‘ining suvayir- g‘ich qismidan o‘tadi. Janubda chegara Afg‘oniston bilan Amudaryo orqali o‘tgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi. 140 Iskaitd'arko ‘l Uchqizil suv ombori Zaxana dov. Hoysuntog ‘ darasi iiwoinbi llisor tizmasi etaklarida 4425 Xo‘japiryox • ' ;>■ TERMIZV SHARTLI BELGILAR ko'mir [3 Ohaktosh [•'•] Qoplama qumlari /a tabiiy gaz Granit tn Bentonit, olovga' gaz chidamli tuproqlar letall rudalari pj G'isht-cherepitsa [UZj xomashyosi Sement xomashyosi t Mineral suv ishyosi ' buloqlari 3686 Osmontarasli t. 1,062 / ■ ° ' Xa Si > Ayribobot.*ai37 ~ Surxon davlat , qo'riqxonasi SHEROBOP V i r r ■ \ * Navoiy t. 3838 © > » ’ r 14 RSl 'NZODA ■ Q , <■ TW.T ■ S Zarkosa t. * 2289 ' K Zf 41- rasm. Surxondaryo tabiiy geografik okrugi. 141 YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Okrugni shimol tomonidan Hisor tizmasi o‘rab turadi. Bu tizmaning balandligi 4500—4600 metrga yetadi. O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqi — Hazrat Sulton (4643 m) ham shu tog‘da joylashgan. Hisor tizmasi janubi g‘arbida Chaqchar, Boysun, Surxon- tog‘ kabi tarmoqlari joylashgan bo‘lib, gersin tog‘ hosil bo‘lishida burmalangan. Chaqchar tog‘ining eng baland cho‘qqisi Xuroson hisobla- nib, 3749 metrga yetadi. Boysuntog‘ ancha baland bo‘lib, ayrim cho‘qqilari shimoli sharqida 3700 metrga yetadi. Boy- suntog‘ning janubi g‘arbida Ko‘hitang tog‘i joylashgan. Ko‘- hitang janubi g‘arbga 50 km cho‘zilgan va balandligi 3137 metrga yetadi. Boysuntog‘ning sharqida unga yonma-yon holda Surxontog‘ joylashgan, u qisqa, lekin ancha baland (3882 m) tog‘dir. Bu tog‘ning janubida Sherobod-Sariqa- mish past tog‘lari (1126 m) joylashgan. Sherobod-Sariqa- mish past tog‘ining janubi g‘arbida Klif-Sherobod past tog‘i joylashgan. Surxondaryo tabiiy geografik okrugining sharqida Bobotog‘ joylashgan. Bu tog‘ ancha yemirilib, pasayib qolgan bo‘lib, eng baland Zarkosa cho‘qqisi 2289 metrga yetadi. Bobotog‘ g‘arbga, Surxondaryo vodiysiga va janubga qarab asta-sekin pasayib ketadi. Okrugda, yuqorida qayd qilingan tog‘lar ora- sida botiqlar joylashib, neogen va antropogen davri yotqiziqlari bilan to‘lgan. Surxondaryo vodiysi shimoli sharqdan janubi g‘arbga tax- minan 170 km cho‘zilgan bo‘lib, shu yo‘nalishda pasayib boradi. Shakliga ko‘ra vodiy uchburchakka o‘xshash. Uning janubi-g‘arbiy qismi keng bo‘lib, 110—115 km ga, shimoli sharqi tor bo‘lib, 15—20 km ga teng. Okrugda qazilma boyliklardan neft va gaz, ko‘mir, polime- tall, alumin rudasi, gips, tuz, har xil qurilish material kon- lari mavjud. Neft va gaz, asosan, Lalmikor, Ko‘kaydi, Xovdog‘dan, toshko‘mir Sharg‘undan qazib olinadi. Sari- osiyoda polimetall rudasi, aluminiy rudasi, gips, ohak kon- lari bor. O‘zbekistondagi eng katta Xo‘jaikon tuz koni shu okrugda joylashgan. Surxondaryo janubida tarkibida har xil erigan moddalar saqlovchi bir necha mineral suvlar topilgan. Ularning eng muhimi Jayronxona mineral suvi hisoblanadi (41- rasm). 142 K7-§. IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI VA HAYVONOT DUNYOSI Iqlimi. Surxondaryo vodiysining iqlimi quruq subtropik. Lekin atrofidagi tog‘larga ko‘tarilgan sari iqlim o‘zgaradi. Okrugning tekislik qismida yoz serquyosh, issiq va quruq, tog‘ga tomon harorat pasayib boradi. Qish qisqa va iliq, lekin atrofidagi tog‘larda sovuqroq bo‘ladi. Yozda okrugning tekislik qismi juda isib ketadi. Iyulning o‘rtacha harorati Denovda +28,2°C, Sherobodda +32,1°C ga yetadi. Yozda havo harorati Termizda +50°C ga ko‘tarilganligi kuzatilgan (1914-yil 21-iyulda). Bu respublikamizda qayd qilingan eng yuqori haroratdir. Qish okrugning tekislik qismida iliq bo‘lib, yanvarning o‘rta- cha harorati Sherobod va Termizda +2,8°C ga teng. Lekin atrofidagi tog‘larning 2500—3000 m balandliklarida yanvar- ning o‘rtacha harorati —6°C dir. Ba'zan qishda sovuq havo massalari tog‘lardan o‘tib, tekislik qismi haroratini pasaytirib yuboradi. Shunday kezlarda havo harorati —20 —25°C gacha pasayadi. Surxondaryo okrugida yog‘inlar notekis taqsimlangan. Okrug- ning janubidagi tekisliklarga eng kam yog‘in (yiliga 133— 230 mm) tushadi. Lekin tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘taril- gach, yog‘in miqdori ortib, 500—600 mm ga yetadi. Hisor tog‘larining janubiy yonbag‘irlariga 800—900 mm gacha yog‘in tushishi mumkin, yillik yog‘inning ko‘p qismi qishda (46—48 foiz) va bahorda (43—44 foiz) yog‘adi. Kuz oylariga yillik yog‘inning 8—10 foizi, yozga esa atigi 1—2 foizi to‘g‘ri keladi. Suvlari. Surxondaryo tabiiy geografik okrugida uzunligi 20km dan ortiq bo‘lgan 35 ta daryo mavjud. Bu daryolar ichida eng kattalari Surxondaryo va Sheroboddaryo hisoblanadi. Surxondaryo To‘polondaryo bilan Qoratog‘ daryolarining qo‘shilishidan vujudga keladi. To‘polondaryo Surxondaryoning eng katta va eng ser- suv irmog‘i, Hisor tog‘ining eng baland qismidan Qorasuv nomi bilan boshlanib, G‘ova irmog‘ini qo‘shib olgach, To‘po- londaryo nomini oladi. Uning uzunligi 124 km bo‘lib, qor- muzlarning erishidan to‘yinadi. Uning o‘rtacha yillik suv sar- fi sekundiga 54,6 m3, eng ko‘pi sekundiga 470 m3, eng kami 5,7 m3. Qoratog‘ daryosi Hisor tog‘ining 4200 m balandlik- dagi janubiy yonbag‘ridan shu nom bilan boshlanadi. Uning 143 uzunligi 100 km atrofida. Qoratog‘ daryosi qor-muzlarning erishidan to‘yinadi, binobarin, eng ko‘p suvi may—iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi se- kundiga 23 m3, maksimal suv sarfi sekundiga 239 m3, minimal 2,5 m3. Surxondaryo To‘polon bilan Qoratog‘ daryolarining qo‘shilgan yeridan Amudaryogacha 196 km. Shu masofada o‘ng tomondan Sangardak va Xo‘jaipok irmoqlarini qo‘shib oladi. Surxondaryo, asosan, qor-muzlarning erishidan to‘yinib, o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi Qorovultepa qishlog‘i yonida sekundiga 70,2 m3 ni tashkil etadi, eng katta suv sarfi sekun- diga 600 m3, eng kami sekundiga 0,1 m3. Sheroboddaryo Boysun tog‘i va uning davomi hisob- langan Ko‘hitang tog‘ining sharqiy yonbag‘ridan boshlanuv- chi Irg‘oyli va Qizilsoy daryolari qo‘shilishidan vujudga keladi. U Sherobod shahridan quyida Qorasuvdaryo deb yuritiladi. Uning uzunligi 186 km bo‘lib, o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi sekundiga 7,5 m3. Sheroboddaryo qor-yomg‘ir suvlaridan to‘yin- ganligi tufayli eng ko‘p suvi aprel—may oylarida oqadi. Yerosti suvlari har xil davr yotqiziqlari orasida uchraydi. Paleogen va neogen davri yotqiziqlari orasidagi 140—150 m chuqurlikdan chuchuk suv chiqadi. Bo‘r davri yotqiziqlari orasidagi 1000—2000m chuqurlikdan chiquvchi mineral shifo- baxsh suv harorati +60+70°C ga yetadi. Surxondaryo tabiiy geografik o‘lkasida suv ta'minotini yax- shilash maqsadida Janubiy Surxon (suv sig‘imi 800 mln m3), Uchqizil (suv sig‘imi 16 mln m3) suv omborlari qurilgan. Tuproqlari. Surxondaryo tabiiy geografik okrugining okean sathidan 500 m balandlikkacha bo‘lgan joylarida och bo‘z tuproq tarqalgan. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘rlash- gan bo‘z tuproq uchraydi. Surxondaryo va Sherobod daryo- larining qayirlarida alluvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar uch- rasa, janubiy qismidagi qum massivlarida qumli va qumloq tuproqlar uchraydi. Okrugning 500 m dan 1200 m balandlikkacha bo‘lgan qismida oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar ko‘p joylarda o‘zlashtirilib, madaniy bo‘z tuproq- qa aylantirilgan. Surxondaryoning 1500—2500 m dan balandda bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida tog‘-jigarrang tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tar- 144 kibidagi chirindi 4—6 foizga boradi. 2500 m dan yuqorida yaylov mintaqasi boshlanib, tog‘-o‘tloq, o‘tloq, o‘tloq-bot- qoq tuproq uchraydi. O‘simliklari. Okrugning 500 m balandlikkacha bo‘lgan qismida cho‘l mintaqasiga oid o‘simliklardan rang, iloq, qo‘ng‘irbosh, no‘xatak, shuningdek, shuvoq va boshqa o‘simliklar o‘sadi. Yirik daryo qayirlarida to‘qay o‘simliklari mavjud. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘ralar o‘sadi. Surxondaryo vodiysining janubiy qismidagi qumloq- larda juzg‘un, qum ilog‘i, quyonsuyak kabi o‘simliklar uchraydi. Adirda ko‘proq efemer o‘simliklar hamda shuvoq, kavrak, qo‘ziquloq, bir yillik astragal, javdar, bug‘doyiq kabilar mavjud. Shuningdek, adirlarda butasimon o‘simliklardan itburun, bo- dom, zirk kabilar ham o‘sadi. Surxondaryo tog‘larida (1500—2500 m) bug‘doyiq, javdar, tipchoq, yovvoyi arpa, shirach; qurg‘oqchil va toshloq yerlarda astragul o‘sadi. Butalardan bodom, irg‘ay, itburun, zirk, daraxt- lardan archa, zarang, xandonpista, yong‘oq, do‘lana, terak kabilar o‘sadi. Surxondaryo okrugining sharqida joylashgan Bobotog‘ o‘zining xandonpistalari bilan mashhurdir. Surxondaryo ok- rugining 2500 m dan baland qismida yaylov mintaqasi joy- lashib, unda subalp va alp o‘tloqlari mavjud. Surxondaryo vodiysida quruq subtropik iqlim tufayli anor, anjir, xurmo, shakarqamish, sitrus va boshqa issiqsevar mevali daraxtlar va mevalar yetishtiriladi. Jumladan, Denov sub- tropik o‘simliklar maskanida issiq mamlakatlarda o‘suvchi da- raxt va mevalar yetishtirilmoqda. Hayvonot dunyosi. Surxondaryo tabiiy geografik okrugida bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, kiyik, tog‘ takasi, tog‘ qo‘yi, Hindiston may- nasi, qaldirg‘och, kemiruvchilardan kalamush, qo‘shoyoq, yumron- qoziq yashaydi. To‘qaylarida to‘qay mushugi, qirg‘ovul, yovvoyi cho‘chqa, chiya- bo‘ri, tulki, g‘oz, o‘rdak uchraydi. Sudralib yuruvchilardan o‘qilon, Turkiston kapcha iloni, gek- kon kaltakesagi bor. Bulardan tashqari, yana jayra, tasqara, chil va kakliklar ham yashaydi. Surxondaryo okrugi tabiatini, xususan, Amudaryo to‘qay- zorlarini va Ko‘hitang tog‘ landshaftini himoya ostiga olish uchun Surxondaryo qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Bu qo‘riq- xona ikki qismdan iborat. Birinchi qismi Payg‘ambarorol qo‘riqxonasini o‘z ichiga oladi. Unda to‘qay landshafti hamda o‘simliklardan baland bo‘yli qamishzorlar, ilonpechak, yovvoyi jiyda, tol va teraklar; hayvonlardan xongul, to‘ng‘iz, tulki, to‘qay mushugi, chiyabo‘ri, quyon, tojdor tustovuq, ilon va boshqalar himoya qilinadi. 10— Geografiya, 7- sinf uchun 145 Qo‘riqxonaning ikkinchi qismi sobiq Ko‘hitang buyurt- maxonasi hududini o‘z ichiga olib, tog‘ landshafti hamda morxo‘r, Buxoro tog‘ qo‘yi, burgut himoya ostiga olingan. Shuningdek, qo‘riqxona hududida Zarautkamar arxeologik yodgorligi ham joylashgan. Savol va topshiriqlar 1. Surxondaryo okrugi geografik o‘rnining o‘ziga xos xu- susiyatlari nimalardan iborat? 2. Tog‘lar va foydali qazilmalarni bilib oling. 3. Surxondaryo iqlimiga qanday omillar ta'sir etadi? Nima sababdan quruq subtropik iqlim vujudga kelgan? 4. Nima sababdan Surxondaryo vodiysida quruq subtropik landshaft vujudga kelgan? 5. Surxondaryo okrugida tuproq va o‘simlik turlari nima uchun tekislikdan tog‘ga tomon o‘zgaradi? 6. Okrugning hayvonot dunyosini tasvirlang. 7. Surxondaryo qo‘riqxonasi nima maqsadda tashkil etilgan? QUYI ZARAFSHON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI O‘zbekiston tabiiy xaritasidan Quyi Zarafshon ok- rugi respublikamizning qaysi qismida joylashganligini aniqlab, uning atrofida qanday qumliklar mavjudli- gini bilib oling. Quyi Zarafshon okrugi shu nom bilan ataluvchi daryoning quyi qismida joylashib, o‘z ichiga Buxoro va Qorako‘l vo- halarini oladi. Okrug sharqda kengligi 8—10km bo‘lgan Xazar yo‘lagi orqali O‘rta Zarafshon okrugidan ajralib turadi. Okrug shimol va g‘arbdan Qizilqum okrugi, janubi g‘arbdan Sandiqli qumligi orqali Turkmaniston Respublikasi, sharqdan Qashqadaryo okrugi bilan chegaralanadi. Bu yerda chegara Azkamar, Quyimozor, Jarqoq balandliklari orqali o‘tadi. Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari Quyi Zarafshon okrugi tektonik botiqda joylashib, negizi paleozoy erasi ohaktosh slaneslaridan iborat bo‘lib, uning ustini mezozoy va kaynazoy eralarining cho‘kindi jins hamda mergellari, gillari va qumtoshlari qoplab olgan. Mezozoy era- sining yura va bo‘r davr jinslari (ohaktosh, dolomit va bosh- qa) ko‘proq okrugning sharqida joylashgan balandliklarda uchraydi. 146 Quyi Zarafshon okrugida nisbatan ko‘p tarqalgan jinslar — bu kaynozoy erasining neogen va paleogen yotqiziqlari hi- soblanib, ular asosan, Gazli atrofida, Jarqoq, Saritosh, Qi- ziltepa balandliklarida, Buxoro vohasining janubida, Qorako‘l vohasida, Dengizko‘l atrofida joylashib, sarg‘ish, sur, jigarrang qum va qumtoshlardan iborat. Quyi Zarafshonda eng ko‘p tarqalgan jinslar to‘rtlamchi davrga xos bo‘lib, ular genetik jihatdan Zarafshon daryosi, vaqtincha oqar suvlar, ko‘l va shamol natijasida vujudga kelgan shag‘al, qum, qumoq, lyoss gillaridan iborat. Quyi Zarafshon okrugidagi Dengizko‘l va boshqa ko‘llar atrofida ko‘l yotqiziqlari — to‘q surrangli gil, qumoq, Buxoro va Qorako‘l vohalari atrofida esa eol yo‘l bilan vujudga kelgan qumliklar joylashgan. To‘rtlamchi davr boshlarida Qashqadaryo va Sangzor daryo- lari Zarafshonga quyilgach, sersuv bo‘lib, Qoraqum tomon oqqan. To‘rtlamchi davr o‘rtalarida Amudaryo shimoli g‘arb (Orol tomon)ga oqishi tufayli Zarafshon daryosi Amudaryoga quyila boshlagan. To‘rtlamchi davr oxirida ham Zarafshon vaqt-vaqti bilan Amudaryoga quyilib turgan. Lekin, so‘ngra Qashqadaryo va Sangzor daryolarining Zarafshonga quyilmay qo‘yishi natijasida Zarafshon tarmoqlanib oqib, Qorako‘l deltasini hosil qilgan. Qashqadaryo esa janubga burilib, tarmoqlanib, katta delta hosil qilgan bo‘lsa, Sangzor daryosi shimol tomon burilib, Mirza- cho‘l tomonga oqa boshlagan, natijada Zarafshon suvi kamayib, Amudaryoga yetib bormagan. Quyi Zarafshon okrugida daryolarning tarmoqlanib oqishi va zilzilalar sodir bo‘lib turishi neotektonik jarayonlar bilan bog‘liq. Yaqin davrgacha O‘rta Osiyoning tekislik qismi, shu jumladan, Quyi Zarafshon okrugi ham seysmik jihatidan birmuncha tinch deb hisoblanar edi. Lekin Zarafshon okrugi hududida so‘nggi yillarda zilzilalar (Buxoroda 1821—1822- yillarda 8 balli, Gazlida 1976- va 1987- yillari 9—10 balli) bo‘lib turishi bu hududni ham seysmik rayonga kiritilishiga asos bo‘ldi. Quyi Zarafshon okrugi va uning atrofi neft-gaz zaxirasiga boy hudud hisoblanib, eng muhim konlari Gazli, Jarqoq, Qorovulbozor, Shodi, Dengizko‘l va boshqalar hisoblanadi. Shuningdek, okrug hududida bir nechta tuz hamda har xil qurilish xomashyo konlari mavjud. Yerusti tuzilishi. Quyi Zarafshon okrugi yerusti tuzilishi jihatidan O‘rta Zarafshondan farqlanadi. Chunki O‘rta 147 Zarafshon okrugini ikki tomondan tog‘lar o‘rab olgan bo‘lsa, aksincha, Quyi Zarafshon Xazar yo‘lagidan o‘tgach, janubi g‘arbga qarab kengayib, pasayib, Buxoro va Qorako‘l vohasini hosil qiladi. Buxoro vohasini shimoli g‘arbdan Qizilqum o‘rab olsa, sharqda Qiziltepa (362 m), Quyimozor (216 m), Qumsulton kabi balandliklar, janubi g‘arbdan Qorako‘l baland- ligi o‘rab olgan. Buxoro vohasining uzunligi 102 km atrofida, kengligi 50— 70 km, mutlaq balandligi 200—250 m bo‘lib, janubi g‘arbga biroz nishab tekislik hisoblanadi. Buxoro vohasida Zarafshon daryosining to‘rtta qayiri (ter- rasasi) joylashgan. Birinchi qayir daryoning har ikki qismida joylashib, nisbiy balandligi 1—1,5 m, kengligi 1,5—2,0 km. Ikkinchi qayirining nisbiy balandligi (daryo o‘zanidan) 2—5 m. Uchinchi qayiri uncha keng bo‘lmay, bilinar-bilinmas holda ikkinchi qayirdan ko‘tarilib turadi. To‘rtinchi — eng qadimiy qayiri vohani o‘rab olgan platolarining quyi qismida joylash- gan. Buxoro vohasidagi qayirlarning ko‘p qismi yerlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish natijasida tekislab yuborilgan. Buxoro vohasi janubi g‘arbga qarab pasayib, torayib, Qorako‘l platosiga tutashib ketadi. Qorako‘l platosidan o‘t- gach, okrug hududi yana kengayib, Qorako‘l vohasini hosil qiladi. Qorako‘l vohasi janubi sharqda Sandiqli qumligi, janubda Eshakchi qumligi bilan o‘ralgan. Qorako‘l vohasining uzunligi 100 km atrofida, kengligi 50km. Yer yuzasi tekis bo‘lib, janubi g‘arbga — Amudaryo vodiysi tomon nishablikda joylashgan. Mutlaq balandligi shimoli sharqida 200 m, janubi g‘arbida 180 m, Amudaryo vodiysiga tutashgan qismida 178 m ga teng. Qorako‘l vohasi Buxoro vohasidan sho‘rxoklar, sho‘rxokli bo- tiqlar, sho‘r ko‘llarning ko‘pligi va qumliklar o‘rab olganligi bilan farqlanadi (39- rasm). Savol va topshiriqlar 1. 7- sinf atlasidagi geologik xaritadan foydalanib okrug hudu- dida eng ko‘p tarqalgan jins (yotqiziq)lar qaysi era va davrga mansubligini aniqlab, yozuvsiz xaritaga tushiring. 2. Zarafshon daryosining to‘rtlamchi (antropogen) davridagi tarixi haqida gapirib bering. 3. Quyi Zarafshon okrugi relyefi jihatidan O‘rta Zarafshon okrugidan qanday farqlanadi? 4. Buxoro va Qorako‘l vohasi atrofida qanday balandliklar joy- lashgan? 148 § IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI . VA HAYVONOT DUNYOSI Iqlimi. Quyi Zarafshon okrugi qisqa va beqaror qish bilan, quruq, seroftob, jazirama yoz bilan tavsiflanadi. Qishda okrug hududiga shimoldan sovuq, quruq shamollarning esishi tufayli hamma qismida yanvarning o‘rtacha harorati 0°C dan past bo‘ladi. Quyi Zarafshon okrugiga yozda shimoli g‘arbdan nam havo massalari esib tursa-da, lekin haroratning yuqoriligi tufayli yog‘in yog‘maydi. Quyi Zarafshon okrugi O‘zbekistonning eng issiq hudud- laridan hisoblanib, yillik o‘rtacha harorati +14,2 +15°C, iyulning o‘rtacha harorati +28 +29,6°C, yanvarning o‘rtacha harorati Qorako‘lda +0,4°C, Shofirkonda +1,5°C hisoblanadi. Okrugda ba'zan qishda Sibir antisiklonining kirib qolishi va Arktika havo massasining u bilan bir davrga to‘g‘ri kelishi tufayli harorat —20 —25°C gacha pasayadi. Aksincha, yozda havo qizib, eng yuqori harorat +44 +45° C ga ko‘tariladi. Quyi Zarafshon okrugida sovuq bo‘lmaydigan davr 204—214 kun davom etib, vegetatsiya davridagi haroratlar yig‘indisi 5000°C ga yetadi. Bunday iqlimiy sharoitda ingichka tolali paxta, shirin-shakar mevalar, poliz ekinlarini yetishtirish mum- kin. Quyi Zarafshon okrugida yog‘inlar hudud va fasllar bo‘yicha notekis taqsimlangan. Buxoro va Qorako‘l vohalariga bir yilda 100—200 mm yog‘in tushadi. Yillik yog‘inni 100 foiz desak, 44—48 foizi bahorga, 36—44 foizi qishga, 2—3 foizi yozga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p yog‘in mart—aprel oylariga, eng kam yog‘in iyul — avgust oylariga to‘g‘ri keladi. Quyi Zarafshon okrugida qor har yili yog‘adi, lekin uzoq turmay (5—10 kungacha) erib ketadi. Qorning qalinligi 5 sm atrofida bo‘ladi. Suvlari. Quyi Zarafshon okrugining suv manbayi Amu- daryo va Zarafshon hisoblanadi. Okrug hududida Zarafshon daryosining suvlari Shofirkon, Vobkent, Romitan, Shohrud va boshqa magistral kanallar orqali sug‘orishga sarflanib, tabiiy o‘zandan faqat sizot suvlari oqadi, xolos. Ilgari Zaraf- shon suvi Quyi Zarafshon okrugidan oqib o‘tib, Amudaryoga 20km yetmasdan qumlarga shimilib ketar edi. Quyi Zarafshon okrugi hududiga kelguncha Zarafshon daryosining suvi O‘rta Zarafshon okrugida ishlatilishi tufayli Buxoro va Qorako‘l vohasiga suvi to‘la yetib kelmaydi. Shu sababli yerlarni sug‘orishni yaxshilash, aholini suv bilan 149 ta'minlash maqsadida uzunligi 268 km bo‘lgan Amu-Buxoro magistral kanali qurildi. Amu-Buxoro kanalidan keladigan suvdan sug‘orishda foydalanishdan tashqari To‘dako‘l va Qu- yimozor suv omborlari ham to‘ldirilib turibdi. Buxoro va Qorako‘l vohasida vujudga kelgan zovur suvlarini sug‘orila- digan hududdan chetga chiqarib tashlash oqibatida Sho‘rko‘l, Qorako‘l, Parsanko‘l, Moxonko‘l, Qoraqir kabi ko‘llar vujudga keldi. Quyi Zarafshon okrugida yerosti suvlari relyefga bog‘liq holda hudud bo‘yicha bir xil joylashgan emas. Okrug sharqidagi balandroq bo‘lgan yerlarning grunt suvlari nis- batan chuchuk va yaxshi siljiydi. Okrugning janubi g‘arbida, Buxoro va Qorako‘l vohalarida grunt suvi yuza (2—3 m) bo‘lib, sho‘r, ichishga yaroqsiz. Bo‘r davri yotqiziqlari orasida bosimli yerosti suvlari mav- jud bo‘lib, sho‘r emas, binobarin, ulardan ichimlik suvi si- fatida foydalanish mumkin. Quyi Zarafshon okrugining 1000 — 1500 m chuqurliklarida issiq mineral suvlar mavjud bo‘lib, ulardan davolanishda foydalanilmoqda. Quyi Zarafshon okrugida yerusti tuzilishi, yotqiziqlar tar- kibi va yerosti suvlarining xususiyatlariga bog‘liq holda turli xil tuproqlar tarqalgan. Okrugda sur-qo‘ng‘ir, qumoq, taqir, sho‘r- xok, o‘tloq kabi tuproqlar eng ko‘p tarqalgan. Quyi Zarafshon okrugining chetlaridagi qumliklarga (Qizil- qum, Sandiqli qumligi) tutashgan qismlarida qumoq va qumli tuproqlar tarqalgan. Buxoro va Qorako‘l vohasining chetlarida taqir tuproqlar joylashgan bo‘lsa, pastqam grunt suvi yuza bo‘lgan qismida sho‘rxok tuproqlar mavjud. Quyi Zarafshon okrugining ichki qismida sug‘oriladigan o‘tloq, o‘tloq-alluvial tuproqlari joylashib, ularga ishlov be- rish tufayli tabiiy xususiyatini o‘zgartirib, o‘tloq-voha tup- rog‘iga aylangan. O‘simliklari. O‘simliklari ham tabiiy unsurlarga bog‘liq holda bir xil tarqalgan emas. Okrugni o‘rab olgan qumli cho‘llarda, asosan, juzg‘un, quyonsuyak, cherkaz, iloq o‘ssa, Buxoro vohasining sharqida, Qorako‘l vohasining janubi sharqidagi kichik marza qumliklarida juzg‘un, quyonsuyak, selen, oq saksovul, shuvoq, iloq kabilar mavjud. Qorako‘l vohasi janubida joylashgan harakatdagi qumlik- larda quyonsuyak, oq saksovul, cherkez, juzg‘un, erkaksimon iloq o‘sadi. Okrugning gipsli cho‘llarida partek, shuvoq, tatr (yer tezak), boyalish mavjud. 150 Quyi Zarafshon okrugida eng ko‘p tarqalgan o‘simlik turi shuvoq hisoblanadi. Shuvoq, asosan, sur-qo‘ng‘ir tuproq tarqalgan yerlarda uchraydi. Buxoro va Qorako‘l vohalarining qadimiy sug‘oriladigan taqirli tuproqlar tarqalgan qismida shuvoq, tatr, boyalish kabi o‘simliklar o‘ssa, biroz sho‘rlashgan qismida tatr, yantoq, qora saksovul, bir yillik sho‘ra uchraydi. Zarafshon daryosining qadimiy qayirlarida, deltasida, ko‘l- lar atrofida to‘qay o‘simlik turlari bo‘lib, ular turang‘il, jiyda, tol, lox, qamish, chingil, yantoq, yulg‘un kabilardir. Okrugda antropogen omillar ta'sirida to‘qayzorlar maydoni kamayib ketmoqda. Shu sababli ayrim joylarda qo‘riqlanadigan to‘qay- zorlar tashkil etish zarur. Hayvonlari. Quyi Zarafshon okrugi hayvonlari cho‘lga xos bo‘lgan vakillar bilan tavsiflanib, jazirama, quruq, seroftob yozga moslashgan. Okrugda kalamush, yumronqoziq, qo‘shoyoq, kaltakesak, echkemar va ilonlar uchraydi. Shuningdek, cho‘l qismida tulki, bo ‘ri, jayron, tipratikan, jayra, bo ‘rsiq, to ‘qaylarda chiyabo‘ri, to‘ng‘iz, to‘qay mushugi, qirg‘ovul kabilar yashaydi. To‘dako‘l, Quyimozor kabi suv havzalari hamda ko‘llarda o‘rdak, g‘oz va baliqlar yashaydi. Okrugning cho‘l qismida hasharotlardan qoraqurt va falanga uchraydi. Quyi Zarafshonda kamayib ketayotgan ayrim hayvonlarni muhofaza qilib, ko‘paytirish uchun „Jayron ekomarkazi“ par- varishxonasi tashkil etilgan. Bu yerda xalqaro „Qizil kitob“ga kirgan jayronlar muhofaza etiladi. Savol va topshiriqlar 1. Nima sababdan Quyi Zarafshon okrugi eng issiq hudud- lardan biri hisoblanadi va uning xo‘jalikdagi ahamiyati qan- day? 2. Qaysi havo massasi yog‘in olib keladi va ular fasllar bo‘yicha qanday taqsimlangan? 3. Amu-Buxoro kanali nima uchun qurildi, uning ahamiyati nimalardan iborat? 4. Okrug hududida yerosti suvlarining qanday turlari mavjud? 5. Tuproq xaritasidan foydalanib, okrugda qanday tuproq tur- lari tarqalganligini aniqlang. 6. To‘qay o‘simlik turlari qumli cho‘l o‘simlik turlaridan qan- day farq qiladi? 7. Okrugda qanday parvarishxona mavjud va qaysi hayvon mu- hofaza ostiga olingan? 151 QIZILQUM TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI 1. O‘zbekiston tabiiy xaritasidan foydalanib, Qizilqum tabiiy geografik okrugi uning qaysi qismida joylashganligini aniqlang. 2. Cho‘l deganda qanday tabiiy landshaft ko‘z oldingizga keladi? 3. Tabiiy xaritadan Qizilqumning eng baland va eng past joylarini toping. Geografik o‘rni. Qizilqum okrugi, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. Lekin Qizilqum tabiiy geografik okrugiga Qizilqum cho‘lining O‘zbekiston hududida joylashgan qismi kiradi. Qizilqum okrugi shimoli g‘arbda Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi sharqda Zarafshon okrugi bilan, sharqda Mirzacho‘l okrugi bilan chegaralanadi. Okrugning janubi g‘arbi Turkmaniston, shimoli sharqi Qozog‘iston bilan bo‘l- gan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi. YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Qizilqum yer yuzasi tuzilishi jihatidan janubi sharqdan shimoli g‘arbga qarab pasayib boradi. Uning o‘rtacha mutlaq balandligi 200 — 300 m bo‘lsa, janubi sharqida 350 — 400 m, shimoli g‘arbida esa 100 m ga tushib qoladi. Eng past yeri okrugning markaziy qismidagi Mingbuloq botig‘i hisoblanib, dengiz sathidan 12 m past. Eng baland qismi esa Tomdi- tovning Oqtov cho‘qqisi bo‘lib, balandligi 974 m. Binobarin, Qizilqum okrugi yerusti tuzilishi jihatidan har xil bo‘lib, tekisliklar, qoldiq tog‘lar va ular orasidagi botiq- lardan iborat. Qizilqumning ko‘p qismini mutlaq balandligi 200 m bo‘lgan qumli tekisliklar ishg‘ol qiladi. Tekisliklarning aksariyat qismini esa relyef shakllari — qum marzalari, qum do‘nglari, barxanlar va taqirlar egallaydi. Qum marzalari va do‘ng qumlar o‘simliklar bilan mustahkam- langan. Barxanlar nisbatan kam bo‘lib, asosan, Amudaryo sohil- larida, quduqlar atrofida joylashgan. Taqirlar esa marza qum- lar orasidagi past joylarda uchraydi, ular bahorda suv bilan to‘lib, yozda suvi qurib, taqirga aylanadi. Qizilqumning markaziy qismlarida past tog‘lar joylashgan. Ularning eng muhimlari Quljuqtov (785 m), Yetimtov (51 1 m), Tomditov (974 m), Ovminzatov (695 m), Bo‘kantov (764 m), Sulton Uvays tog‘i (473 m). Bu tog‘lar orasida esa Ming- buloq, Qoraxotin, Mullali, Oyoqog‘itma kabi botiqlar joy- lashgan. Bu botiqlarda sho‘rxok, taqir va qumlar mavjud. 152 ko‘ ko‘ ho che Qizilqum Turon plitasida joylashgan. Plita zamini paleozoy qattiq jinslaridan (kristalli slanes, granit, ohaktosh va boshq.) tashkil topgan bo‘lib, ustini so‘nggi davr qalin (qumtosh, mergel, gil, qum, konglamerat va boshq.) jinslari qoplab olgan. Qizilqum neogen davrigacha Tetis dengizi ostida bo‘l- gan, lekin paleozoy qoldiq tog‘lari orol kabi suvdan tarilib turgan. Chunki ular gersin tektonik jarayonida tarilib, so‘ngra ekzogen kuchlar ta'sirida pasayib, hozirgi latga kelib qolgan. Neogen davriga kelganda dengiz suvi kinib, Qizilqum quruqlikka aylangan. Qizilqum okrugida oltin (Muruntov, Ko‘kpatas), uran (Uchquduq), gaz (Gazli, Toshquduq, Xo‘jaqazg‘an), oltingu- gurt, simob, grafit, fosfor, asbest, korund, mis, feruza kabi binokor- lik materiali konlari mavjud (42- rasm). & Savol va topshiriqlar 1. 2. 3. 4. Qizilqumning yer ustida qanday relyef shakllari bor? Okrug qachon quruqlikka aylangan va qanday yotqiziqlardan tuzilgan? Nima uchun Qizilqumda zilzila bo‘lib turadi? Okrugda qanday qazilma boyliklari kanali bor? Ularni yozuvsiz xaritaga tushiring. g61 § IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, 1^§. O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI Qizilqum iqlimi kontinental bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq, quruq, serquyoshdir. Qizilqumning shimoliy qismi ochiq bo‘lganligi tufayli Arktika va Sibir sovuq va quruq havo massasi tez-tez ta'sir etib turadi. Natijada, qishda okrug sovib ketib, izg‘irinli sovuqlar vujudga keladi. O‘sha vaqtlarda harorat —31 —35°C gacha pasayadi. Lekin g‘arbdan esuvchi nisbatan iliq va nam havo massasining kirib kelishi natijasida harorat ko‘tarilib, yog‘in yog‘adi. Qizilqumda yanvarning o‘rtacha harorati shimoliy qismida —5 —10°C, o‘rta qismida —2 —4°C, janubida esa —1 —2°C. Okrug hududida yoz jazirama issiq, quruq, havosi ochiq bo‘lib, iyulning o‘rtacha harorati markaziy va janubiy qismlarida +30°C, qolgan qismlarida +26+28°C. Eng issiq harorat +48°C ga yetadi. Lekin qumlar yuzasi +75+80°C gacha qizib ketadi. Qizilqumda yog‘in juda kam tushib, yillik yog‘in miqdori 75—100 mm atrofida bo‘ladi. Yog‘inning asosiy qismi bahorda 153 Tomditov 158 Asuqor; 119 Ko'lboy do*ng. ■139 Qum o ‘simliklari . '\'s. S'luyumo'yiil v ' . J \ ------- 224 .- • Qoratcpa do' ng. 261 >—''#• •,, I CHQl Garatdo'ng. K 12g «•z \’167 ■219 *'•><<;. ■ 1 o Ovminzatov 42- rasm. Qizilqum tabiiy 154 Chayon dlORDA A Tabiiy gaz □ Volfram rudalari O Oltin 0 Kumush | Grafit Talk toshi ■2 G'isht-cherepitsa xomashyosi 5 Bentonitgillari □ $nn ■ 1 i * i i 303 / To'r'tquduq-Nurasi tJ /252 SHARTLI BELGILAR /\ Neft va tabiiy gaz O Fosforitlar A Vermikulit K Ohaktosh <1> Marmar M Oyna, chinni, 1—1 kvars qumi & Granit □ Qurilish toshi Sement xomashyosi Mineral bo'yoqlar Keramzit xomashyosi . Mineral suv ’ buloqlari Tabiatning qiziqarli obyektlari BALANDLIK SHKALASI METRLARDA 150 500 800 —■dzi i i i nm past 0 50 100 200 300 400 600 baland Masshtab 1:2 700 000 1 sin da 27 kni Yetimtov sii □ su r 4»m7V-*-g, .BOZOR ■/ geografik okrugi. 155 (yillik yog‘inning 48 foizi) va qishda (30foiz) tushadi. Lekin mumkin bo‘lgan bug‘lanish 1000—1500 mm ga yetadi. Qizilqum iqlimining quruq bo‘lganligi, qumliklarning ko‘pligi tufayli doimiy oquvchi suvlar yo‘q. Faqat uning janubi g‘arbidan tranzit Amudaryo oqib o‘tadi. Lekin bahorda yog‘in ko‘p yog‘ganda, qorlar eriganda qoldiq tog‘larda vaqtli soylar vujudga kelib, so‘ngra qurib qoladi. Aksincha, yerosti suvlari zaxirasi ko‘p. Ma'lumotlarga ko‘ra, yerosti suvlarining dinamik miqdori sekundiga 58—60 m3 ni tashkil etadi. Grunt suvlari yomg‘ir va qor erishidan to‘yinsa-da, bug‘lanishning kattaligi tufayli sho‘r. Mezozoy erasi va paleo- gen davr yotqiziqlari orasida bosimli, chuchuk suvlar mavjud. Shuningdek, paleozoy yotqiziqlari orasida mineral, termik suv- lar aniqlangan. Qizilqumning tekislik qismida qumoq va qumli, tog‘lari atrofida hamda janubi sharqida sur-qo‘ng‘ir, botiqlarida sho‘r- xok, sho‘rxok-botqoq tuproqlar tarqalgan. Qizilqumda 600 dan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Ular ichida keng tarqalganlari bahorda o‘suvchi efemer va efeme- roidlar — rang, qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, lola, boychechak, chuch- moma, kavrak. Yozning boshlanishi bilan ular sarg‘ayib qo- ladi, qurg‘oqchilik va sho‘rxok yerlarga moslashgan o‘simliklar esa o‘saveradi. Okrugning mustahkamlangan qumliklarida juzg‘un, oq sakso- vul, quyonsuyak, qum akatsiyasi, qandim, selin kabi o‘simliklar o‘sadi. Sur-qo‘ng‘ir tuproqli yerlarda shuvoq, burgan, toshburgan kabilar tarqalgan. Okrugning sho‘rxok, sho‘rxok-botqoq yerlarida qorasaksovul, yulg‘un, baliqko‘z, sarisazan, taqirlarda donasho‘r o‘sadi. Amu- daryo sohillarida to‘qayzorlar bor. Qizilqumning qumli cho‘llarida yumronqoziqlar, qum sichqoni, shalpangquloq, qo‘shoyoq, kaltakesak, echkemar, o‘qilon, qum bo‘g‘ma iloni, charxilon yashaydi. Sutemizuvchilardan cho‘l mu- shugi, jayron, xongul, sayg‘oq, bo‘ri, tulki, quyon uchraydi. Ha- sharotlardan chayon, qoraqurt, falanga, chigirtkalar bor. Amu- daryo sohillaridagi to‘qaylarda to‘ng‘iz, qirg‘ovul, qizil g‘oz, xon- gul kabi hayvonlar yashaydi. Amudaryo sohillarida to‘qay landshafti va u yerdagi hayvonlarni muhofaza qilish uchun Qizilqum qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Savol va topshiriqlar 1. Nima uchun Qizilqumning shimoli bilan janubiy qismi orasida qishki va yozgi harorat o‘rtasida farq mavjud? 156 2. Qizilqumda nima uchun doimiy oqar suvlar yo‘q? 3. Nima sababdan okrugda har xil tuproq turlari tarqalgan? 4. Qumli cho‘llarda qanday o‘simlik va hayvonlar bor? QUYI AMUDARYO TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI O‘zbekiston tabiiy xaritasi yordamida Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugining geografik o‘rni va mutlaq balandligini bilib oling. Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi Amudaryoning qadimiy va hozirgi deltalarini o‘z ichiga oladi. Okrug g‘arbda Ustyurt, janubi g‘arbda Turkmaniston, sharqda Qizilqum, shimolda esa Orol okruglari bilan chegaralanadi. Maydoni 50 ming km2 atrofida. YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Quyi Amudaryo okrugi janubi sharqdan shimoli g‘arb to- monga cho‘zilgan bo‘lib, shu tomon kengayib, pasayib boradi. Okrug janubi sharqda Tuyamo‘yin tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom etadi. Shu masofada uning uzunligi 400 km bo‘lib, kengligi bir xil emas. Pitnak balandligida (mutlaq balandligi 200 m atrofida) Amudaryo vodiysi juda torayib, Tuyamo‘yin tangligini hosil qiladi. Tuyamo‘yin tangligidan o‘tgach, okrugning kengligi kattalashib, taxminan 10—12 km, mutlaq balandligi 150 m ni tashkil etadi. So‘ngra Amudaryoning qadimiy deltasi bosh- lanib, kengayadi (75—80 km). Taxiatosh tangligidan shimoli g‘arbga qarab Amudaryoning hozirgi zamon deltasi boshlanadi. Delta bu qismda kengayadi (140—150 km) va pasayib, mutlaq balandligi 60—95mga tushib qoladi. Bu deltaning maydoni Orol suv sathining pa- sayishi hisobiga kengayib bormoqda. Orolning qurigan o‘rnida ulkan sho‘rqum, sho‘rxokli landshaftlar majmuasidan iborat tipik cho‘l tarkib topdi. Bu cho‘lni Orolqum deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shamol ta'sirida o‘sha qumlar uchib, Quyi Amudaryoga tuz yog‘ini yog‘moqda. Mo‘ynoq shahri atrofidagi har gektar maydonga 1000 kg tuzli changlar tushmoqda. Quyi Amudaryo yer yuzasi tekis bo‘lganligidan Amu- daryo tarmoqlanib, ilonizi bo‘lib oqib, bir nechta o‘zanlar hosil qilgan. Eng muhim qadimiy o‘zanlari o‘ng qirg‘oqdan 157 Qarqara Mustalikainlaiiqan !) .1 □czn r: r etj 0 50 100 200 300 400 baland Masshtab 1:1 900 000 lsmdal9km (771 Silikat buyumlar 1—1 uchun qum rj G'isht-cherepitsa xomashyosi □ Qurilish toshi Mineral suv buloqlari Glaukonit Keramzit xomashyosi t BALANDLIK SHKALASI METRLARDA 150 250 •1117 143 \ AflVLALv 'jKemej k\ SHARTLI BELGILAR Tabiiy gaz Osh tuzi K()‘L L ° 101 Asliibuloq t. Beltov qirlari / Qakitereii)(~tr\'' OTi L ' \\ ; / /ciiiii A>-r "7-J. • / 'z'b\M;kSl\\ U 1 /AK a ; s i / . ..... 43- rasm. Quyi Amudaryo va Orol tabiiy geografik okruglari. 158 Orol tomon yo‘nalganlari Qora O‘zak, Shertanboy, Kin- diksoy, Qorako‘lsoy kiradi. Chap qirg‘oqdan boshlanuvchi va Sariqamish tomon yo‘nalgan eng qadimiy o‘zanlari esa Ko‘hnadaryo, Daryoliq, Davdan hisoblanadi. Ana shu qa- dimiy o‘zanlar orasida nisbiy balandliklari 60—80 m ga ye- tuvchi bir nechta tepalik va qoldiq tog‘lar joylashgan. Ularning eng muhimlari Quyonchiq, Qoratov, Jumirtov, Barlitov va boshqalardir. Quyi Amudaryo okrugi negizida bo‘r davri yotqiziqlari joylashgan. Uning ustilarini paleogen, neogen va antropogen alluvial yotqiziqlari (gil, gilli qum, qumoq va boshqalar) qoplab olgan. Okrugda qazilma boyliklardan har xil tuzlar, qurilish materiallari, Sulton Uvays tog‘ida marmar, temir koni mavjud (43- rasm). Savol va topshiriqlar 1. Quyi Amudaryo tabiiy okrugi qayerda joylashgan va uning yer yuzasi qanday tuzilgan? 2. Quyi Amudaryo hududida qaysi davr yotqiziqlari mavjud? IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI Quyi Amudaryo okrugining iqlimi kontinental bo‘lib, qishi davomli va sovuq, yozi nisbatan quruq va issiq. Okrugning shimoliy qismi tekis bo‘lganligidan qishda shimoli sharqdan Sibir antisikloni, shimoldan Arktika havosi to‘siqsiz kirib ke- ladi. Natijada, qishda harorat pasayib, yanvarning o‘rtacha harorati —4,5 —7,6°C atrofida o‘zgaradi. Ba'zan sovuq havo massalarining turib qolishi natijasida eng past harorat —32 —33°C ga tushib qoladi. Iyulning o‘rtacha harorati +27,0+28,0°C. Eng yuqori harorat +44+46°C. Quyi Amudaryo hududi O‘zbekistonda eng kam yog‘in tu- shadigan joy. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 80—100 mm. Bunga asosiy sabab, okeanlardan uzoqda, yerusti tekis, yozgi haroratining yuqoriligidir. Yog‘in, asosan, bahorga to‘g‘ri ke- ladi. Chunki bu davrlarda g‘arbdan va shimoli g‘arbdan nam havo massalari esib turadi. Qor qoplami uncha qalin emas. Lekin mumkin bo‘lgan bug‘lanish yog‘inga nisbatan 20 marta ko‘p bo‘lib, yillik miqdori 2000 mm ga yetadi. 159 Quyi Amudaryo okrugining yagona daryosi — Amudaryodir. Bundan yarim asr avval daryo sersuv bo‘lib (1961- yilgacha), Orolga yiliga 30,98 km3 suv quygan edi. So‘ngra Amudaryo havzasida suvdan xo‘jalikda betartib foydalanish tufayli daryo Orolga yil sayin kam suv quya boshladi. Amudaryo suvi Shovot, Toshsaqa, Qizketgan, Suyenli kabi magistral kanal- lar orqali sug‘orishga sarflanadi. Sug‘oriladigan mintaqada vujudga kelgan zovur suvlari Daryoliq, Ko‘llar (Ozerniy) ma- gistral zovurlari orqali yiliga 4,5—5,5 km3 qaytarma suvlar Sariqamish ko‘liga oqizilmoqda. Quyi Amudaryo okrugining shimoliy qismida vujudga kelgan zovur suvlarining bir qismi (yiliga 1,0 km3) Orolga yo‘naltirilgan, qolgan qismi tabiiy chuqurliklarga oqizish tufayli bir necha ko‘llar vujudga kelgan. O‘sha ko‘llarning eng muhimlari — Sudochye, Qorategin, Xo‘jako‘l, Sho‘rko‘l, Ziyko‘l, Abilko‘l va boshqalardir. Quyi Amudaryo okrugida suv ta'minotini yaxshilash maqsadida Tuyamo‘yin suv ombori (suv sig‘imi 8,6 km3) qurilgan. Amudaryoda yerosti suvlari yuza joylashgan bo‘lib (yer yuzasi tekis bo‘lganligi tufayli), siljishi qiyin. Binobarin, ularning suvi sho‘r bo‘lib, chuqurligi sug‘oriladigan min- taqada1,0—2,5m, sug‘oriladigan mintaqadan tashqaridagi yerlarda 5—10m ni tashkil etadi. Quyi Amudaryo hududida eng keng tarqalgan tuproq — o‘tloq-voha tuprog‘idir. Bu tuproq alluvial yotqiziqlar ustida vujudga kelgan bo‘lib, chirindi miqdori 2 foiz atrofida. Amudaryo qayirlarida o‘tloq-botqoq, botqoq-sho‘rxok, to‘- qayzorlarida esa botqoq tuproqlar mavjud. Amudaryodan uzoqlashgach, tuproq turlari o‘zgarib, o‘t- loq-tuproq o‘rnini sho‘rxok va taqir tuproqlar egallaydi. Balandlik va kichik past tog‘larda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar, Orol dengizining quruqlikka aylangan qismida sho‘rxoklar mavjud. Shunday qilib, Quyi Amudaryo okrugining ko‘p qismini o‘tloq-qayir alluvial, sug‘oriladigan o‘tloq (o‘tloq-voha) tup- roqlari tashkil qiladi. O‘tloq-qayir alluvial va o‘tloq-botqoq tuproq turlari ko‘proq Amudaryoning hozirgi zamon deltasi quyi qismida joylashgan. Bu tuproq turlari hamma qismida sho‘rlashgan. Sug‘oriladigan o‘tloq (o‘tloq-voha) tuprog‘i, asosan, Amu- daryoning qadimiy deltasida, qisman hozirgi zamon del- tasining yuqori qismidagi o‘tloq-qayir alluvial va o‘tloq-bot- qoq tuproqlar tarqalgan mintaqaning o‘ng va chap tomon- 160 larida joylashgan. Quyi Amudaryoning Qoraqum va Qizilqumga tutashgan yerlarida qumoq, qumli tuproqlar tarqalgan. Quyi Amudaryo okrugidagi ko‘llar atrofida botqoq-sho‘r- xok va sho‘rxok tuproqlar mavjud. Uning to‘qaylarida qamish, yantoq, qo‘g‘a, turang‘il, yovvoyi jiyda, yulg‘un, chingil, qiyoq, tal kabi o‘simliklar o‘sadi. O‘tloq tuproqli yerlarda bug‘doyiq, ajriq, ro‘vak kabilar mavjud. Quyi Amudaryoning o‘zlashtirilgan qismlarida uy sichqoni, ko‘rsichqon, kalamush, tipratikan va har xil qushlar (chumchuq, mayna, zarg‘aldoq, bedana) yashaydi. Daryo qayirlari, ko‘llar atrofi hamda to‘qayzorlarda g‘oz, o‘rdak, oqqush, qirg‘ovul, qo‘ton, jingalakdor birqozon, qorabuzov, saqoqush, ondatra, tulki, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi, to‘ng‘iz va bo‘rsiq uchraydi. Quyi Amudaryoning o‘zlashtirilgan cho‘llarida yumronqo- ziqlar, kulrang gekkon, qum sichqoni, kaltakesaklar, o‘qilon, efa, cho‘l mushugi, tulki yashaydi. Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugidagi to‘qay land- shafti va u yerdagi hayvon hamda qushlarni (Buxoro bu- g‘usi, to‘ng‘iz, qirg‘ovul, olachipor va boshq.) muhofaza qilish uchun Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati tash- kil etilgan. Shuningdek, Amudaryo deltasidagi faunani saq- lash uchun Sudochye buyurtmaxonasi mavjud. Savol va topshiriqlar 1. Quyi Amudaryo iqlimining o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat? 2. Okrugda yog‘inning eng kam tushishiga, aksincha, mumkin bo‘lgan bug‘lanishning kattaligiga sabab nima? 3. Quyi Amudaryo okrugiga kirib kelayotgan Amudaryo suvlari qaysi magistral kanallar orqali sug‘orishga sarflanmoqda, qaytarma suvlar esa qaysi zovurlar orqali tashqariga chiqa- rib tashlanmoqda? 4. Nima sababdan Quyi Amudaryoga yiliga 80—100 mm yog‘in tushgan holda mumkin bo‘lgan bug‘lanish 1500—2000 mm ni tashkil etadi? 5. Nima sababdan okrugda ko‘proq botqoq-o‘tloq, botqoq- sho‘rxok tuproqlar sho‘rlashgan? 6. To‘qayda qanday o‘simlik va hayvon turlari mavjud? 7. Quyi Amudaryo biosfera rezervati nima maqsadda tashkil etilgan? 11— Geografiya, 7- sinf uchun 161 USTYURT TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI O‘rta Osiyo tabiiy xaritasi yordamida Ustyurt tabiiy geo- grafik okrugidagi asosiy botiq va balandliklarni toping va ularning geografik o‘rnini bilib oling. Ustyurt platosining faqat janubi-sharqiy qismi O‘zbekis- tonga qaraydi. O‘zbekistonga qaraydigan Ustyurt respublika- mizning eng shimoli g‘arbida joylashgan hudud hisoblanadi. Ustyurt tabiiy geografik okrugi shimol va g‘arbda Qozog‘is- ton, janubda Turkmaniston, sharqda Orol va Quyi Amudaryo okruglari bilan chegaralanadi. YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Ustyurt arid-denudatsion plato hisoblanib, mutlaq balandligi 100—200 m bo‘lib, atrofi chinklar bilan o‘ralgan. Chinklarning balandligi Orol dengizi qirg‘oqlarida 190 m ga yetadi. Ustyurt Turon plitasida joylashib, negizi paleozoy yotqi- ziqlaridan iborat bo‘lib, ustini qalin — 3—4,5 km mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari (ohaktosh, mergel, gil va boshqalar) qoplab olgan. Ustyurt platosi kimmeriy burmalanishida vujudga kelib, so‘ngra pasayib, dengiz suvi bosgan. Neogenning oxiri, to‘rt- lamchi davr boshlarida quruqlikka aylangan. Ustyurt okrugi geomorfologik tuzilishi jihatidan kenglik bo‘ylab yo‘nalgan bir necha bukilma va ko‘tarilmalardan iborat. Platoning shimoliy qismida Shimoliy Ustyurt bukilmasi, uning janubida Kassarma ko‘tarilmasi, undan janubda Borsakelmas bukilmasi, uning janubida Markaziy Ustyurt (Qorabovur) ko‘tarilmasi, nihoyat, platoning eng janubida Asaka-Ovdon bukilmasi joylashgan. Bu geologik strukturalarning negizi qattiq jinslardan, usti esa cho‘kindi jins (gil, mergel, tuz, ohaktosh, gips va boshqa)lardan iborat. Ustyurt tabiiy geografik okrugining relyef (yer yuzasi) shakl- lari uning geologik strukturalariga, ya'ni balandliklar ko‘taril- malarga, botiqlar esa bukilgan yerlarga to‘g‘ri keladi. Ustyurt shimolidagi bukilmada (mutlaq balandligi 100m) sho‘rxoklar, kichik-kichik botiqchalar joylashgan. Kassarma ko‘tarilmasi (antiklinali)da hudud balandlashib, shu nom bilan ataluvchi va mutlaq balandligi 219m ga yetuvchi balandlik o‘rnashgan. Kassarma balandligining janubidagi bukilmada Borsakelmas botig‘i joylashib, mutlaq balandligi 100 m, eng past joyida 63 m ga tushib qolgan. Uning markazi bot- 162 i Sho‘rxok hotiq (hiiiilini Ko‘ksangir t. 127 , x V. \ jy y SHARTLI BELGILAR A Tabiiy gaz 1® Sulfattuzi d Osh tuzi __ -182' 2 t* Yumronqouq ■ s'. iiHuinii#— v \A I |> ( 0 / Borsakelnias shoTi, , X',0 I \ I 150 1 X. i X A ; 180 Tuzelboy t. Oqmeshit do'ngl iq 290 S BALANDLIK SHKALASI METRLARDA 150250 past 0 50 100 200 baland Masshtab 1:1 900 000 1 sm da 19 km 14.y' ,166 Asaka-Ovdan botig'i 1 ’**- < ■ / i. 44- rasm. Ustyurt tabiiy geografik okrugi. 163 qoqlashgan sho‘rxoklardan iborat. Borsakelmas botig‘i janub tomon balandlashib, Qorabovur balandligiga aylanadi va mutlaq balandligi 292 m ga yetadi. Qorabovur balandligining janubidagi bukilmada Asaka-Ovdon botig‘i dengiz sathidan 29 m balandda joylashgan. Uning janubi-g‘arbiy qismida Sari- qamish ko‘li joylashgan. Ustyurtda neft va gaz, har xil tuzlar va qurilish material konlari mavjud (44- rasm). Savol va topshiriqlar 1. Ustyurt okrugida qanday balandlik va botiqlar mavjud? 2. Okrug qaysi davr jinslaridan tashkil topgan va qachon qu- ruqlikka aylangan? 3. Ustyurtda qanday qazilma konlari bor? Siz yashaydigan hududda qazilma boyliklarning qaysi turi joylashgan? /J5-§ IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI ^^ §. VA HAYVONOT DUNYOSI 1. 2. O‘zbekiston iqlim xaritasi yordamida Ustyurtda iyul va yanvar oylari o‘rtacha harorati va yog‘inlari taqsimotini bilib oling. O‘zbekiston tuproq va o‘simlik xaritalaridan Ustyurtda uch- raydigan asosiy tuproq va o‘simlik turlarini bilib oling. Ustyurt okrugi keskin kontinental iqlim xususiyatiga ega bo‘lib, qishi quruq va sovuq, yozi issiq va quruq. Ustyurt O‘zbekistonning qishi eng sovuq hududidir. Buning sababi u eng shimolda joylashgani bo‘lib, tabiiy to‘siqlarning yo‘qligi tu- fayli Arktika va Sibir sovuq havo massalarining bemalol kirib kelishidir. Shu tufayli yanvarning o‘rtacha harorati —10 —11°C, ba'zan sovuq havo massalarining turib qolishi natijasida haro- rat —38°C gacha pasayadi. Yozi qisqa va uncha jazirama issiq emas, iyulning o‘rtacha harorati +26 +27° C , ba'zan eng yuqori harorat +44°C ga yetadi. Okrug ancha shimolda joylashganligi tufayli, oktabr- ning boshlaridan sovuq tusha boshlaydi, binobarin, sovuq bo‘lmaydigan kunlar O‘zbekiston bo‘yicha eng qisqa bo‘lib, 153 kunni tashkil etadi. Bunga yana bir sabab, Ustyurtning shimol tomoni ochiq bo‘lganligi tufayli sentabrning boshi- dan may oyigacha shimoli-sharqiy shamollarning esib turishidir. Ustyurtda yog‘in kam tushadi, uning o‘rtacha yillik miq- dori 100—120 mm. Yog‘inni, asosan, g‘arbiy va shimoli- g‘arbiy havo massalari olib keladi. Eng ko‘p yog‘in bahorga, 164 eng kami qishga to‘g‘ri keladi. Qor juda kam yog‘ib, izg‘irinli shamollar uni uchirib ketishi natijasida yer yuzasi muzlaydi. Ustyurt tabiiy geografik okrugiga tushadigan yillik yog‘in miqdorini 100 foiz desak, uning 17 foizi qishga, 34 foizi bahorga, 23 foizi yozga, 26 foizi kuzga to‘g‘ri keladi. Ustyurt O‘zbekistonning eng shimoliy qismida joylashganligi tufayli, qishi quruq sovuq bo‘ladi, chunki antisiklon ob-havosining uzoq vaqt turib qolishi sababli yog‘in kam tushadi, aksin- cha, yozda O‘zbekiston bo‘yicha eng ko‘p yog‘in yog‘adi. Bunga asosiy sabab haroratning nisbatan pastligi, g‘arbiy havo massalari va Kaspiy dengiziga yaqinligidir. Ustyurt tabiiy geografik okrugida doimiy oqar suvlar yo‘q. Bahorda berk botiqchalar va pastqam yerlar yomg‘ir va erigan qor suvlari bilan to‘lib, kichik (efemer) ko‘lchalarni hosil qiladi. Yozda bu ko‘lchalardagi suvlar bug‘lanib ketib, sho‘rxok-botqoq yerlarga aylanib qoladi. Yerosti suvlari mavjud bo‘lib, ularning chuqurligi 20—50 m atrofida, lekin aksariyati sho‘r, ichishga yaroqsiz. So‘nggi paytlarda bu davr yotqiziqlari orasida ichishga yaroqli suvlar mavjudligi aniq- landi. Asosiy tuprog‘i sur-qo‘ng‘ir bo‘lib, chirindi miqdori oz (0,5—0,8 foiz), sho‘rlashgan. Shuningdek, botiqlarda sho‘r- xoklar, sho‘rxok-botqoq tuproqlar va qumli tuproqlar tar- qalgan. Ustyurt o‘simligi, asosan, shuvoq va sho‘ralardan iborat. Bundan tashqari, iloq, qora saksovul, burgan, sarisazan, tetir o‘sadi. Bahorda efemer va efemeroid o‘simliklar o‘sib, ular yozda qurib qoladi. Ustyurtda jayron, sayg‘oq, bo‘ri, tulki, yumronqoziq, qo‘sh- oyoqlar, qushlardan to‘rg‘ay, xo‘jasavdogar, quzg‘un uchraydi. Ustyurtda „Qizil kitob“ga kirgan katta shalpangquloq, qoplon (gepard), Ustyurt qo‘yi kabi hayvonlar yashaydi. Yo‘qolib ketayotgan sayg‘oqlarni muhofaza qilish maq- sadida Ustyurt platosida „Sayg‘oqli“ buyurtmaxonasi tashkil etilgan. OROL TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI O‘rta Osiyo tabiiy xaritasidan foydalanib, Orol ta- biiy geografik okrugi chegaralarini aniqlang. Orol tabiiy geografik okrugi Turon tekisligining markaziy qismida, Ustyurt okrugi bilan Qizilqum okrugi orasida joylash- gan. U shimolda Qozog‘iston bilan, janubi sharqda Qizilqum, 165 janubda Quyi Amudaryo, g‘arbda Ustyurt okruglari bilan che- garalanadi. Tabiiy geografik o‘rganilish va paydo bo‘lish tarixi. Orol va Orolbo‘yi haqidagi dastlabki ma'lumotlarni miloddan avvalgi II asrda yashagan geograf Klavdiy Ptolemey yozib qoldirgan. U tuzgan „Dunyo xaritasi“da hozirgi Orol dengizi o‘rnida „Oks“ ko‘li tasvirlangan. IX asrda yashagan arab olimi Ibn Xurdodbex Amu-Sirdaryo „Kurdor“ ko‘liga quyilgan desa, X asrda yashagan Al-Mas'udiy hozirgi Orol ko‘lini „Jurjoniya“, Beruniy esa „Xorazm“ ko‘li deb atagan. Fransuz geografi Delil 1723- yili tuzgan xaritasida Orol botig‘ida joylashgan suv havzasini birinchi marta „Orol“ deb nomlagan. Orol dengizining tubi tektonik harakatlar ta'sirida cho‘ki- shi natijasida paydo bo‘lgan. Orol cho‘kmasining ilk Amu- daryo va Sirdaryo suvi bilan to‘lishi eramizdan avvalgi 1- ming yillikning birinchi yarmida ro‘y bergan. So‘ngra tabiiy omillar ta'sirida (Amudaryo va Sirdaryo suvining ko‘payib, ozayib turishi ta'sirida) Orol dengizi suv sathi goh pasayib, goh ko‘- tarilib turgan. So‘nggi 200 yil (1961- yilga qadar) ichida Orol dengizining suv sathi uch marta ko‘tarilib, ikki marta pasaygan. Orol suv sathining pasayishi va uning salbiy oqibatlari. Orol havzasida 1961- yildan boshlab sug‘oriladigan yerlar maydonining muttasil ravishda ortib borishi, suv omborlar barpo etilishi, shaharlar va sanoat obyektlarining ko‘payishi, aholi sonining o‘sishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo yil sayin Orolga kam suv quya boshladi, aksincha, ko‘l yuza- sidan bug‘lanish miqdorining ortib borishi oqibatida ko‘l suv sathi pasayib, asosiy qismi quruqlikka aylandi. 2005- yildan so‘ng Orolga Amudaryo suvining yetib bor- masligi oqibatida 50 ming km2 qismi quruqlikka aylanib, eol qum relyefi shakllanib, ko‘l qismida tipik sho‘rxoklar min- taqasi vujudga keldi. Shunday qilib, sobiq dengizning qurigan qismida o‘ziga xos tabiiy komponentlarga ega bo‘lgan yangi „Orolqum“ cho‘li paydo bo‘ldi. Orolning qurigan qismida bir- biridan ajralib qolgan uchta — Shimoliy, Sharqiy va G‘arbiy Orollar saqlanib qolgan edi. Lekin so‘nggi yillarda bug‘lanish tufayli Sharqiy Orol suv sathi pasayib, hozir qurib qolib, o‘rni sho‘rxok, sho‘rxok-botqoqqa aylanib qoldi. G‘arbiy qismidagi nisbatan chuqur ko‘l ma'lum vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin. Orol dengizining qurigan qismi tuz makoniga aylanib, atrof muhitga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Shamol tuzlarni to‘zitishi oqibatida Orolbo‘yi hududlariga tuz yog‘ini yog‘- 166 moqda. Bu esa iqtisodiyotga, aholi salomatligiga salbiy ta'sir etmoqda. Orolning qurigan qismidan tuz aralash chang-to‘zon uzoq masofalarga, hatto, O‘rta Osiyo tog‘laridagi muzliklar yuzasiga tushib, uning erishini tezlashtirmoqda. Tuz yomg‘iri, ayniqsa, unga yaqin bo‘lgan hududlarga katta iqtisodiy va ekologik zarar keltirmoqda. Okrugning yerusti tuzilishi. Orolning qurigan qismi yerusti tuzilishiga ko‘ra atrofidagi Orol botig‘i tomon pasayib boruv- chi tekislikdan iborat. Lekin botiqning o‘rta qismida joylashgan sobiq Vozrojdeniye va Borsakelmas orollari Orolning qurigan qismidan terrasasimon shaklda ko‘tarilib turuvchi qadimiy te- kislik hisoblanadi (43- rasm). Orolning qurigan qismi yerusti tuzilishi jihatidan eng yosh tekislik bo‘lib, eol qumliklari va sho‘rxoklardan iborat. Eol qumliklari barxanlardan, egri-bugri shakldagi qumliklardan iborat bo‘lib, sho‘rxoklar orasida chuqurligi 0—1 m ga ye- tuvchi botiqchalar mavjud. Orolning qurigan qismida hozir 200 ming gektar may- donga saksovul, juzg‘un va boshqa o‘simliklar barpo etilib, qum ko‘chishining oldi olinmoqda. Iqlimi, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Orol tabiiy geografik okrugi kontinental iqlim xususiyatiga ega bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq va quruq, yillik o‘rtacha harorat 7,5— 10,5°Cni tashkil etadi. Qishda okrug shimoli-sharqiy va shi- moliy sovuq va quruq shamollar ta'sirida bo‘lib, harorati pasayib ketadi. Orol okrugida yanvarning o‘rtacha harorati Mo‘ynoqda —5 —7°C ni tashkil etadi. Qishda ba'zi yillari eng past harorat —32°C ga yetadi. Yozda iyulning o‘rtacha harorati Mo‘ynoqda +28°C bo‘lib, issiq harorat +38+42°C ga yetadi. So‘nggi yillarda Orol suv sathining pasayishi natijasida qish sovib, yozda harorat ko‘tarilib bormoqda. Mo‘ynoqda 1960-yili yanvarning o‘rtacha harorati —4°C bo‘lgan bo‘lsa, hozir —8°Cni tashkil etmoqda. Okrugda may oyidan boshlab shimoli g‘arbdan, g‘arbdan esuvchi havo massasi ta'sirida havo ilib, yog‘ingarchilik bosh- lanadi. Okrugga yiliga o‘rtacha 80—100 mm atrofida yog‘in yog‘ib, uning 45 foizi bahorga, 10—11 foizi yozga to‘g‘ri keladi. Tuproqlari. Orol dengizi o‘rnida suvdan bo‘shagan hu- dudlarning tuproq qoplami o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu o‘ziga xoslikni tuproqda tuzlarning yig‘ilishi, ularning sho‘rlashganligi va katta hududda sho‘rxoklarning mavjudligida ko‘rish mumkin. Okrug hududining 80—90 foiz qismidagi tuproqlar o‘ta darajada sho‘rlashgan. Orolning chekinishi 167 tufayli eng avval quruqlikka aylangan, eol qum relyefi mav- jud bo‘lgan hududlarida qumli cho‘l, qumoq va taqirsimon sho‘rxoklar joylashgan. O‘simlik va hayvonlari. Okrugda tuproq turi va uning tuz rejimiga bog‘liq holda o‘simlik rivojlangan. Shu sababdan eol qum relyefi mavjud bo‘lgan joylarda qora saksovul, cherkez, yul- g‘un hamda bir yillik sho‘ralar tarqalgan. Taqirsimon sho‘r- xoklarda yulg‘un, sarisazan, bir yillik sho‘ralar o‘ssa, sho‘r- xoklarda yulg‘un, qorabaroq, kermek, bir yillik sho‘ralar; o‘tloq sho‘rxoklarda bir yillik sho‘ralar tarqalgan. 1990- yildan buyon dengiz suvidan xoli bo‘lgan Orol tubida, oppoq tuz bilan qoplangan sho‘rxoklarda o‘simlik deyarli o‘smaydi. Orol okrugi cho‘l zonasida joylashganligi tufayli ko‘plab sudralib yuruvchi va kemiruvchi hayvonlar yashaydi. Lekin Orol sathining pasayishi tufayli vujudga kelgan noqulayliklar, xususan, sho‘rxoklar, sho‘rxok-botqoqli yerlarning ko‘pligi hamda hayvonlar uchun zarur bo‘lgan chuchuk suvning yo‘qligi, o‘simliklarning kamligi tufayli hayvonlar soni va turi juda kam. Okrugda yumronqoziq, qumsichqon, qo‘shoyoq, toshbaqa, tulki, bo‘ri va qushlar uchraydi. Okrug tabiatini muhofaza qilish. Orolning chekinishi oqi- batida vujudga kelgan quruqlik yuzasidan qum ko‘chkilari va tuz aralash chang-to‘zonlar tarqalib, havoni ifloslab „tuz yomg‘iri“ yog‘dirmoqda. Bu, o‘z navbatida, atrof-muhit tabiatini ifloslab, ham iqtisodiy, ham ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli bu jarayonning oldini olib, tabiatni muhofaza qilish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak: qum ko‘chkilarining oldini olish uchun sha- mol kuchi ta'sirini kamaytirish maqsadida har xil to‘siqlar, xususan, ixotalar, kulisalar barpo etish; eol relyefi mavjud bo‘lgan va tuz to‘zishi mumkin bo‘lgan hududlarda fito- melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish; yaylovlardan chor- vachilikda foydalanishdan oldin muhofaza choralarini amalga oshirish; Orolning qurigan qismi landshaftini ma'lum joyda tabiiy holicha muhofaza qilish hamda alohida hudud sifatida (kelajak avlod uchun) saqlab qolish. Orol tabiiy geografik okrugidan samarali foydalanishning quyidagi imkoniyatlari mavjud: Orol tubida juda katta neft, gaz, fosforit, har xil qurilish materiallari va osh tuzi (zaxi- rasi 6,0 mlrd t) konlari bor; quruqlikka aylangan hududdagi balchiq va balchiqli tuzlardan davolanish maqsadida va turistik obyekt sifatida foydalanish; Orolning qurigan qismidagi hu- dudlardan yaylov sifatida foydalanish. 168 Savol va topshiriqlar 1. Orol haqida dastlabki ma'lumotlar qachon va qaysi olimlar asarlarida keltirilgan va Orol qanday nomlar bilan atalgan? 2. Orol dengizi „qozon“i (tubi) qanday yo‘l bilan paydo bo‘l- gan va u birinchi marta qachon suv bilan to‘lgan? 3. Orol dengizi suv sathining pasayishiga sabab bo‘lgan omil- larni aytib bering. 4. Nima sababdan okrugda qish sovuq va davomli, yozi esa quruq, yog‘in kam? 5. Okrug hududidan foydalanishning istiqbollari haqida nima- larni bilasiz? AMALIY MASHG‘ULOT. 67-§. O‘ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGLARIGA QIYOSIY TAVSIF BERISH 1. Ustyurt va Surxondaryo tabiiy geografik okruglariga quyidagi reja asosida qiyosiy tavsif bering: — Okruglarning geografik joylashuvidagi farqlar nimalardan iborat? — Yerusti tuzilishlari qay darajada o‘xshash? — Okruglarning iqlimi nimalari bilan farq qiladi va bunga geografik o‘rni bilan relyefning o‘ziga xos xususiyatlari qanday ta'sir ko‘rsatadi? — Hududlarning ichki suvlaridagi farqlarga relyef va iqlim- ning ta'siri; — Okruglarning tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi qay darajada farqlanadi va bunga qanday omillar sabab bo‘ladi? 2. Qizilqum va Farg‘ona tabiiy geografik okruglariga yuqo- ridagi reja asosida qiyosiy tavsif yozing. 3. O‘rta va Quyi Zarafshon tabiiy geografik okruglariga yu- qoridagi reja asosida qiyosiy tavsif yozing. ^8- §. UMUMLASHTIRUVCHI TAKRORLASH II bo‘lim mavzulari yuzasidan takrorlash. Savol-javob, test tuzish va uni yechish orqali o‘tkaziladi. 169 ILOVA O‘zbekiston qo‘riqxonalari Nomi va tashkil etilgan yili Geografik o‘rni, maydoni va relyefi Iqlimi Nimalar muhofaza qilinadi 1 2 3 4 Quyi Amu- daryo davlat biosfera re- zervati (sobiq Badayto‘qay) Qoraqalpog‘is- tonda, Amudaryo deltasida, maydoni 1000 ga. Deltada hosil bo‘lgan to‘lqinsimon tekislik. Mo‘tadil, yozi issiq va quruq, qishi o‘rtacha sovuq. Yillik o‘r- tacha harorat +11°C, qishda -5°C, yozda +26°C, yog‘in 80 mm atrofida. Qayirbo‘yi to‘qaylari landshafti, arid va ko‘k bargli terak, jiyda, tol, chingil, qamish, har xil hasharot turlari, Turkiston ola-bula qanotli kapalagi, qora qanotli ninachi, ko‘plab qushlar, jumladan, ilonxo‘r, sapsan, uzun dumli burgut, qora kalxat, fazan (tustovuq), xongul yoki Buxoro bug‘usi, to‘ng‘iz. Zarafshon, 1975- yil O‘zbekistonda, Zarafshon daryosining o‘rta oqimida, maydoni 2330 ga. Daryo qayiri va qayirusti terrasasi, tekislik, mutlaq balandligi 620 —900 m. Kontinental, subtropik, o‘rtacha yillik harorat +13,8°C, iyulda +27,4°C, yanvarda - 0,9°C, yillik yog‘in 300 mm. Cho‘l zonasidagi daryo o‘zanlari to‘qay ekotizimi; noyob o‘simliklardan ko‘p yillik piyozsimon sovrinjon, shafran, ko‘kterak, Turkiston do‘lanasi, chakanda; hay - vonlardan har xil kemiruv - chilar — yumronqoziq, jayra, qunduz; qushlardan tustovuq va boshqalar. Zomin, 1959- yil O‘zbekistonda, G‘arbiy Turkiston tizmasining shi- moliy yonbag‘rida. Maydoni 15 600ga, 1978- yili O‘zbe- kiston Milliy bog‘i tashkil etilib, uning maydoni 31500 gektarga yetkazilgan. 1700 —3500 m mutlaq balandda joylashgan tog‘lar, daryo vodiylari, ko‘plab daralar mavjud. Iqlimi mo‘tadil, o‘rtacha yillik harorat +46,8°C, iyulda +15,9°C , yanvarda -5,9°C, yog‘in miqdori 400 mm. O‘simlik va daraxtlardan archa, qora terak, tog‘ piyo- zi, sirach, bir nechta tur tog‘ lolasi, zirk, marmarak va boshqalar; hayvonlardan «Qizil kitob»ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq, silovsin, qor barsi, tog‘ echkisi; qushlardan qora laylak, burgut, hasharotlar, jumladan, noyob kapalaklar. 170 1 2 3 4 Kitob geo- logik qo‘- riqxonasi, 1979- yil O‘zbekistonda, Zarafshon tog‘i yonbag‘ri, Hojiqo‘r- g‘on soyining chap qirg‘og‘ida joylashgan. Maydoni 5378 ga. Yer yuzasi o‘rta balandlikdagi (1500-2000 m) tog‘lar. Quruq subtropikka xos, ancha kontinental, yanvar —5°C, iyul + 18°C. Yillik yog‘in miqdori 600 mm atrofida. Turkistondagi yagona geologik qo‘riqxona. 300-400 mln yil ilgari yashagan hayvon izlari, tog‘ jinslari, «Qizil kitob»ga kiritilgan noyob o‘simlik turlari - ulug‘vor yunona, ulug‘ tog‘ lolasi, sharq chinori, anzur piyoz, Zarafshon archasi, qizilcha, sirach; hasharotlardan beshiktervatar, Turkiston ko‘zoynakli iloni, echke- mar, toshbaqa, burgut, kaklik va boshqalar. Surxon- daryo davlat qo‘riq- xonasi O‘zbekistonda, Ko‘hitang tog‘ tizmasi yonbag‘irlarida. O‘rtacha balandlikdagi quruq mintaqada joylashgan tog‘ relyef shakllari keng tarqalgan. Quruq subtropik. O‘rtacha yillik harorati +15 +18°C atrofida, yanvar 0°C atrofida, iyul +28 +30°C. Yillik yog‘in miqdori 300-400 mm. Bu hudud ko‘plab noyob, endemik o‘simliklar vatani. Gulli o‘simliklar ko‘pchi- likni tashkil etadi. «Qizil kitob»ga kiritilgan burama shoxli echki, Turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, qoplon, kapcha ilon, burgut; qadimgi hayvon izlari, jumladan, dinozavr izi, bir qator arxeologik yodgorliklar, g‘orlar. Nurota, 1975- yil O‘zbekistonda, Nurota tog‘larining markaziy qismida, 400-2000 m mutlaq balandliklarda. Umumiy maydoni 22 135 ga. Past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar relyefi. Kontinental, quruq va issiq. O‘rtacha yillik harorat +15,2°C, yanvar -1,8°C, iyul +29,4°C. Yillik yog‘in miqdori 250-550 mm. Bir qator hayvon turlari: Qizilqum qo‘yi, jayra, burgut, qirg‘iy, echkemar, qora grif, ilonxo‘r va bosh- qalar; daraxtlardan bodom, yong‘oq, archa. Chatqol, 1947- yil O‘zbekistonda, G‘arbiy Tyanshan Chatqol tizmasida. Maydoni 35 000 ga, 800-3500 m baland- liklarda. O‘rta va baland tog‘ relyefi. Kontinental, 1200 m balandlik- da, yanvar —16°C, iyul +23,5°C. Yillik yog‘in miqdori 680-900 mm. Qo‘riqxonada mingdan ortiq o‘simlik turi bor. «Qizil kitob»ga kiritilgan tog‘ lolasi, Piskom piyozi, beresklet, archa va hayvon- lardan Sibir tog‘ echkisi, bug‘u, oq tirnoqli ayiq. Hisor qo‘riqxo- nasi Hisor tog‘ tizmasining g‘arbiy yonbag‘rida joylashgan. Kontinental, yanvar -10 -18°C, iyul +20 +22°C. Yillik yog‘in miqdori 900-1000 mm. Baland tog‘ landshafti. Archa, zirk, na'matak va itburun; hayvonlardan esa ayiq, qor qoploni, silovsin, to‘ng‘iz, jayra hamda qizil sug‘ur. 171 MUNDARIJA Kirish ....................................................................................................................................... 3 I bo‘lim O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi 1-§. O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi haqida tushuncha .................................. 4 2-§. O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasining geografik o‘rni, chegaralari va o‘ziga xos xususiyatlari ............................................................... 6 3-§. O‘rta Osiyoning geografik tekshirilish tarixi .................................................... 9 4-§. O‘rta Osiyo aholisi va siyosiy xaritasi ............................................................ 11 5-§. Geografik xaritalar. Xarita andazalari (proyeksiyalari) haqida tushuncha.................................................................................................. 12 6-§. Geografik xaritalar va ularning shartli belgilari.......................................... 15 7-§. Xaritalarning turlari va ulardan foydalanish ................................................ 18 8- §. Topografik xaritalar.................................................................................................20 9- §. Topografik xaritalardan foydalanish....................................................................24 10- §. Vaqt o‘lchovi. Soat mintaqalari. Taqvimlar.................................................... 26 11- §. Amaliy mashg‘ulot..................................................................................................30 12- §. O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi. Geologik vaqt hisobi.............................31 13- §. O‘rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi. Foydali qazilmalari............................................................................................................... 33 14- §. Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari............................................... 36 15- §. O‘rta Osiyo iqlimi. Iqlimga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar............................. 38 16- §. Havo massalari. Siklon va antisiklonlar...........................................................41 17- §. O‘lka iqlimining ta'rifi. Tekislik iqlimi...........................................................43 18- §. O‘rta Osiyo tog‘larining iqlimi...........................................................................45 19- §. O‘rta Osiyodagi iqlimiy tafovutlar..................................................................... 46 20- §. O‘rta Osiyo suvlari haqida umumiy tushuncha............................................ 48 21- §. Daryolari...................................................................................................................50 22- §. Ko‘llari va suv omborlari....................................................................................52 23- §. Yerosti suvlari..........................................................................................................54 24- §. Tuproqlar haqida tushuncha.............................................................................. 55 25- §. O‘rta Osiyo tuproqlari..........................................................................................57 172 26- §. O‘rta Osiyo o‘simliklari...................................................................................... 60 27- §. Cho‘l o‘simliklari.................................................................................................61 28- §. Adir, tog‘ va yaylov o‘simliklari.................................................................... 62 29- §. Hayvonot dunyosi.................................................................................................64 30- §. Tabiat zonalari...................................................................................................... 67 31- §. O‘rta Osiyoning hududiy tavsifi...................................................................... 70 32- §. O‘rta Osiyoning kichik o‘lkalari va tabiiy rayonlari....................................74 33- §. O‘rta Osiyoning ekologik muammolari va tabiatni muhofaza qilish...................................................................................................... 76 34- §. Takrorlash................................................................................................................77 II bo‘lim O‘zbekiston tabiiy geografiyasi 35- §. O‘zbekistonning geografik o‘rni, chegaralari va maydoni...................................................................................................................78 36- §. Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari...............................80 37- §. Geologik tuzilishi va yer yuzasining taraqqiyoti........................................84 38- §. O‘zbekiston iqlimi................................................................................................87 39- §. Yil fasllari va iqlim resurslari........................................................................... 90 40- §. O‘zbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari........................................92 41- §. Ko‘llari, suv omborlari va yerosti suvlari................................................... 95 42- §. O‘zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish.................................................................................... 97 43- §. O‘zbekiston tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi.................................................................................................99 44- §. O‘zbekistonning tabiiy boyliklari va ularni muhofaza qilish..................................................................................................... 102 45- §. Tabiat komplekslari tavsifi. O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari..................................................106 46- §. Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik okrugi............................................ 109 47- §. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.................................................................................................................... 112 48- §. Farg‘ona tabiiy geografik okrugi..................................................................... 114 49- §. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.................................................................................................................... 118 50- §. Mirzacho‘l tabiiy geografik okrugi................................................................120 51- §. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi................................................................... 124 52- §. O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugi...................................................... 126 173 53-§. Iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi ................................................................................................ 130 54-§. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi..............................................................133 55- §. Iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi .................................... 137 56- §. Surxondaryo tabiiy geografik okrugi .......................................................... 140 57- §. Iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi .................................... 143 58- §. Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi..................................................... 146 59- §. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi............................................................................................ 149 60-§. Qizilqum tabiiy geografik okrugi.................................................................... 152 61- §. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi............................................................................................ 153 62- §. Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi ....................................................157 63- §. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi........................................................................................... 159 64- §. Ustyurt tabiiy geografik okrugi..................................................................... 162 65- §. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi ...................................................................164 66- §. Orol tabiiy geografik okrugi ......................................................................... 165 67-§. Amaliy mashg‘ulot. O‘zbekiston tabiiy geografik okruglariga qiyosiy tavsif berish.......................................................................169 68- §. Umumlashtiruvchi takrorlash .......................................................................169 Ilova.......................................................................................................................... 170 26.8(5) G 35 Geografiya [Matn] : O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi: umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 7- sinfi uchun darslik / P. G‘ulomov [va boshq.]. — Qayta ishlangan va toTdirilgan 5- nashri. — Toshkent; „O‘qituvchi“ NMIU, 2017. — 176 b. ISBN 978-9943-22-056-0 UO‘K: 91(075.3) KBK 26.8(5)(ya72) POTIHKAMOL G‘ULOMOV HURBOY VAHOBOV PATTOH BARATOV MUROD MAMATQULOV GEOGRAFIYA Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 7- sinfi uchun darslik Qayta ishlangan va to‘ldirilgan beshinchi nashri «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2017 Muharrirlar: T. Mirzayev, N. Ergashev Badiiy muharrirlar: Sh. Odilov, B. Ibragimov Texnik muharrir S. Nabiyeva Kompyuterda sahifalovchi Sh. Ahrorova, O. Sava Musahhih M. Mirsolihov Nashriyot litsenziyasi AI N° 291. 04.11.2016. Original-maketdan bosishga ruxsat etildi 01.05.2017. Bichimi 70x1001/16. Kegli 11 shponli. Times TAD garniturasi. Ofset bosma usulida bosildi. Ofset qog‘ozi. Bosma t. 11,0. Shartli b. t.14,19. Hisob-nashriyot t. 9,92. Adadi 441433 nusxa. Buyurtma N° O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent —206, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 1-uy. Shartnoma N° 22-17. Ijaraga beriladigan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval T/r O‘quvchining ism-sharifi O‘quv yili Darslikning olingandagi holati Sinf rahbari- ning imzosi Darslikning topshiril- gandagi holati Sinf rahbari- ning imzosi 1 2 3 4 5 Darslik ijaraga berilib, o‘quv yili yakunida qaytarib olinganda yuqoridagi jadval sinf rahbarlari tomonidan quyidagi baholash mezonlariga asosan to‘ldiriladi: Yangi Darslikning birinchi marotaba foydalanishga berilgandagi holati. Yaxshi Muqova butun, darslikni ng asosiy qismidan ajralmagan. Barcha varaqlari mavjud, yirtilmagan, ko‘chmagan, betlarida yozuv va chiziqlar yo‘q. Qoniqarli Muqova ezilgan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan, darslikning asosiy qismidan ajralish holati bor, foydalanuvchi tomonidan qoniqarli ta'mirlangan. Ko‘chgan varaqlari qayta ta'mirlangan, ayrim betlariga chizilgan. Qoniqarsiz Muqova chizilgan, yirtilgan, asosiy qismidan ajralgan yoki butunlay yo‘q, qoniqarsiz ta'mirlangan. Betlari yirtilgan, varaqlari yetishmaydi, chizib, bo‘yab tashlangan. Darslikni tiklab bo‘lmaydi.